IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#word

Sonlarni kasrli ko‘rinishda kiritish 🔢

Sonlarni simvollarni qo‘shish/joylashtirish (вставка символов)siz ham kasrli ko‘rinishga keltirish mumkin. Buning uchun:

1-qadam
Sizga kerakli raqamlarni oddiy "/" belgisi orqali kiriting (masalan 22/8)

2-qadam
Suratdagi 22'ni belgilang va "CTRL + SHIFT + =" klavishlari birikmasini bosing

3-qadam
Maxrajdagi 8'ni belgilang va "CTRL + =" klavishlari birikmasini bosing, tayyor!

Matnni oddiy tarzda kiritishda davom etish uchun o‘ngga qaratilgan strelkali klavishni, 3-qadamda keltirilgan klavishlar birikmasini va Probel klavishini bosing.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #word #IT_humor

MS Word yoki shu kabi matnli dasturlardagi fayllar bilan ishlaganda… 🙄

📌 P.S.: Ochig‘ini ayting, siz buni necha marta bosasiz? 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

MS Word’da menyu tasmasi (лента)ni sozlash ⚙️

Dasturning yuqori qismidagi tugma (кнопка)lari bilan keltirilgan tasma (лента)ni o‘zingizga mos tarzda sozlab olishingiz mumkin.

Buning uchun menyu satridagi ФайлПараметрыНастроить ленту bo‘limiga o‘ting.

Bu yerda avval tasmada bo‘lmagan funksiyalarni qo‘shish va sizga kerak bo‘lmaganlarini o‘chirib qo‘yish (faolsizlantirish) mumkin. Bundan tashqari, siz funksiyalari keltirilgan o‘z varaqa (вкладка)ngizni yaratishingiz yoki o‘chirishingiz ham mumkin.

Qolgan foydali sozlamalarni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ushbu matn va video orqali bilib olishingiz mumkin (video ovozsiz yozilgan bo‘lsa-da, barcha harakatlar intuitiv tarzda tushunarli keltirilgan).

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
MS Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

μTorrent - endi to‘liq yuklanishini kutib o‘tirmasdan torrent video va audioni tomosha qilishingiz yoki tinglashingiz mumkin. Oqimli videoning yuklanishini boshlash uchun shunchaki torrentni ilovaga qo‘shib qo‘ying. Android 6.0+. Pro-versiya

📎 μTorrent Pro v6.8.0(7278) mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

📄 Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (2):

WPS Office (Kingsoft Office) mobil ilovasi
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Ajratib yozaymi yo qo‘shib?
Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari: 1-qism | 2-qism
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Word'da Ikkitalik probellarni tezkor almashtirish
Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish
Hujjatdagi arab raqamlarini rim raqamlariga o‘girish
Hujjatni himoyalashning ilg‘or usuli
PDF-faylni Word'ga o‘girishning 15 ta bepul usuli
Word'da matn ostiga probelsiz chiziq tortish
Matnni ustunlar yordamida ajratish
Hujjatga matn yoki rasm sifatida Emoji'ni joylashtirish
Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
Microsoft Office: 2007-yildan beri ilk marta qoida boʻyicha o‘rnatilgan shrift almashadi
“Автозамена” (avtomatik almashtirish)ning foydali imkoniyatlari
1-3 harfdan iborat so‘zlarni yangi satrga o‘tkazishning tezkor usuli
Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
Word'ning yangi hujjatlarida kolontitulni avtomatik qo‘llash
Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
Word hujjatidagi qisqa tirelarni uzunlariga almashtiramiz
Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin?
Hujjatdagi matnni qanday berkitish mumkin?
MS Office dasturlarida yangi hujjatni tezkor yaratamiz
Qo‘shtirnoqlarning avtomatik almashtirilishini qanday bekor qilish mumkin?
Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
Qiymatlarni tezkor hisoblash
Hujjatga ramka qo‘shamiz
Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
Hujjatni Word dasturida ochishning o‘ziga xos ikki xususiyati
Rasmlar bilan ishlashda badiiy effektlardan foydalanish
Hujjat sahifasiga ko‘proq matn sig‘dirish
Hujjatni butunlay tarjima qilish
Hujjatdan shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin?
Hujjatda sahifalar rangi qanday o‘zgartiriladi?
O‘z matn uslubimizni yaratamiz va sozlaymiz
Hujjatga noyob simvol/belgilarni qanday qo‘shish mumkin?
Matnni alifbo tartibida saralash
Word'da chiziqlarni o‘chirish
Hujjatda sarlavhalar bo‘ylab tezkor o‘tish
Matnni qanday qilib ikki qismga ajratish mumkin?
So‘zlarni avtoalmashtirish (Автозамена)
Satr oxirida kelishi mumkin bo‘lgan uzun so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib, yangi satrga o‘tkazish
Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar
Matnni oynadagi aksi ko‘rinishida aylantiramiz (Зеркальный текст)
Faqat chop etish jarayonida ko‘rinuvchi yashirin bo‘sh sahifani qo‘shish

📌 P.S.: Ro‘yxatning 1-qismi | 3-qismi.

🔠 Agar MS Word bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Word) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Word bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#bilasizmi #mulohaza_uchun #dizayn #grafika

Logotip anatomiyasiga ko‘ra – ko‘p logotiplar geometrik shakllar asosida yaratiladi.

🎯Dunyodagi eng taniqli brendlardan biri — Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi logotipining ko‘rinishi ham geometrik qoidalarga bo‘ysunadi.

📝 Manba: @ESEgroup

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Bloger yoki blogger? 🤔

Bu so‘z ingliz tilida blogger shaklida yozilsa ham, o‘zlashganda bitta g bilan yoziladi: bloger.

Lekin banner, plotter so‘zlari ikkita undosh harf bilan yoziladi. Sababi shundaki, tilga bu so‘zlarning o‘zagi bitta undosh tovush bilan alohida so‘z sifatida kirib kelmagan.

Skan, shop, spam, rep so‘zlari esa kirib kelgan, shu bois ular bitta undosh tovush bilan yozilishi belgilab qo‘yilgan:
Scannerskaner
Shoppingshoping
Spammerspamer
Rapperreper

Bu qoida bo‘lmasidan avval o‘zlashib bo‘lgan so‘zlar ham bor, ular ikkita undosh tovushi bilan yoziladi: stopper, kontroller, pressing.

Umuman olganda, bunday so‘zlarni to‘g‘ri yozish uchun eng zamonaviy o‘zlashma so‘zlar lug‘atlariga murojaat qilaverish kerak. Bizda bunaqasi yo‘q, shu bois tilshunoslik borasida yaxshiroq faoliyat olib boradigan ruslarning lug‘atlariga tayanishdan boshqa choramiz qolmaydi.

📝 Manba: @xatoliklar

📌 P.S.: Shaxsiy yozishmalaringiz yoki, masalan, guruh yoki kanal yuritayotgan bo‘lsangiz, bu so‘zni qanday shaklda yozib kelayotgandingiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram

💻 Agar “Telegram Desktop” dasturida akkaunt ustiga sichqoncha kursorini olib borib, ALT + SHIFT + Sichq. o‘ng tugmasi bosilsa, barcha chatlarni o‘qilgan sifatida belgilash imkoniyati yuzaga keladi.

📌 P.S.: Bundan Sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬

Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.

Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).

📍Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #rasm_bilan_ishlash

Android'da uzun skrinshot qanday yaratiladi? 📱

Shunday holatlar bo‘ladiki, siz uchun qandaydir kerakli ma’lumot keltirilgan sahifa ekranning standart o‘lchamiga sig‘maydi va undan bir necha bosqichda skrinshot olishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda siz Android uchun mo‘ljallangan LongShot mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin.

1. Ilovani PlayMarket'dan yuklab oling va ishga tushiring.
2. Uzun skrinshotni tasvirga olish rejimini tanlang: avtomatik o‘tkazish (Автопролистывание), qo‘lda boshqarish (Ручной захват) yoki tezkor rejim (Скоростной режим).
3. Rejimlar ro‘yxatidan o‘ng tomonda joylashgan ko‘k rangli belgi ustiga bosing.
4. Ilova fonda ishlash holatiga o‘tadi, so‘ngra asosiy ekran ochiladi, chap tomonda esa “Старт” (“Boshlash”) va “Отмена” (“Bekor qilish”) tugmalari paydo bo‘ladi.
5. Sizga kerakli bo‘lgan ilovaga o‘ting.
6. “Старт” (“Boshlash”) tugmasini bosing.
7. Ekranda qizil hoshiya paydo bo‘ladi. Skrinshotni yaratish uchun ekranni pastdan yuqoriga, hoshiyaga qadar siljiting.
8. Jarayonni yakunlash uchun chap tomonda joylashuvchi “Готово” (“Tayyor”) tugmasini bosing.
9. Keyingi bosqichda ilova yana ekranga chaqiriladi va unda skrinshotning tayyor variantini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
10. Rasm telefon xotirasida saqlanishi uchun “Сохранить” (“Saqlash”)ni bosing.

Shuningdek siz bir nechta rasmlarni bitta uzun skrinshotga birlashtirishingiz mumkin. Parametrlarda esa rasmning saqlanadigan joyi va formatini o‘zgartirish mumkin hisoblanadi.

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram

Telegram’ning rasmiy mobil ilovasida guruhdagi foydalanuvchining rasmini to‘liq o‘lchamida ko‘rish uchun chatdagi kichik rasmining ustiga bosib, biroz ushlab turing.

Shundan so‘ng yuqoriga qarab svayp qilinganida qo‘shimcha menyu yuzaga keladi, u orqali foydalanuvchining profilini ochish, unga yozish yoki uni chatda eslatib o‘tish mumkin.

📌 P.S.: Bundan Sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #telegram

🎉 Pavel Durov 36 yoshda!

Bugun, biz foydalanib turgan messenjerning asoschisi Pavel akaning tugʻilgan kuni ekan.

Pavel Valeryevich Durov 1984-yil 10-oktyabrda Sankt-Peterburg shahrida, ziyolilar oilasida tavallud topgan. Koʻrinishidan kinoaktyorlarga oʻxshaydigan Durov, bugun 36 yoshni qarshi oldi.

Rossiyalik “Mark Sukerberg” Telegram va VKontakte ijtimoiy tarmogʻi asoschisi Pavel Durov, hozirda BAA'ning Dubay shahrida yashaydi. Telegram'ning shtab kvartirasi ham shu yerda joylashgan.

©️ IT specialist kanali nomidan bratni tabriklab qolamiz. Happy birthday Pavel bro! 🎂

📝 Manba: @Uzbek_Developers

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida
Nega aynan Telegram? TG kelajagi
Telegram asoschisi Durov: “Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?”
Telegram asoschisi Durov: “Smartfoningizdan bu ilovani o‘chirib tashlang!”
Pavel Durovdan sog‘lom va yosh ko‘rinishga ega bo‘lish uchun 7 maslahat

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
📱 Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3):

Smartfondagi ilovalarga parol o‘rnatish
“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi orqali endi ilovalarni ham ulashish mumkin
Android'ga o‘rnatilgan ilovalarni ulashish uchun Skit ilovalar menejeri
Nox App Player dasturi
Android 10'dagi sirli o‘yinni qanday ochish mumkin?
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash
Android'da reklamani to‘liq o‘chiramiz
Smartfonda matnni o‘chirishning yana bir qulay usuli
Android'dagi quloqchinlarning tovush sifatini yaxshilaymiz
Smartfonning quvvati kam qolganida asqotadigan 9 tavsiya
Android'dan kompyuterning ikkinchi monitori sifatida foydalanamiz
Jazirama issiqning smartfonga zarari qanday?
YouTube'ni fon rejimida va reklamasiz tomosha qilish (bepul)
Xonada yo‘qolib qolgan quloqchinni izlaymiz
Oddiy tasmadan smartfon uchun ushlagich sifatida foydalanish usuli
Ilovalar bilan Android smartfonini “bug‘ish”ga chek qo‘yamiz
Google-xaritalaridan internetsiz foydalanish
Kuni kecha Android operatsion tizimining tavallud ayyomi bo‘lib o‘tdi. Eng mashhur mobil OS qanday paydo bo‘lgan?
Noutbukni tezkor quvvatlash
ShK va smartfon o‘rtasidagi umumiy almashinish buferi
Android'da barcha ilovalarni tezkor yangilash
Smartfon dinamiklariga tushgan suvni tozalash
“OK, Google” o‘tmishda qolmoqda: yordamchi endi bizni tez-tez eshitib turadigan bo‘ladi
Rubik kubikini yig'ish sxemalarini taqdim etuvchi 9 mobil ilova
Android smartfon o‘g‘irlatib qo‘yilganda undagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib yuborish usuli
Smartfon uchun USB kabelni qanday tanlash kerak va u zaryadlash tezligiga ta’sir qiladimi?
Xiaomi smartfonlarida reklamani bloklaymiz
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
Smartfon operativ xotirasini 3 Gb'ga oshirish
Qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatib o‘tirmasdan smartfon yoki kompyuterdagi fayllar bilan ishlash
Remote Mouse mobil ilovasi
Smart Recorder mobil ilovasi
Android'da ilovalarga internetdan foydalanishni cheklash (batareya va trafikni tejaymiz)
Smartfonga suvga tushganida nima qilmaslik lozim?
Smartfonlar uchun ixcham dizayndagi va moslashuvchan tashqi akkumulyator
Zaryadsiz bir hafta: smartfonlarda quvvatni tejash rejimlari haqida
Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
Play Market'dagi xatolikni to‘g‘rilaymiz
Xarid qilish oldidan ikki smartfonni barcha xususiyatlari bo‘yicha vizual solishtirish
APK fayl formati haqida
Do‘kondagi mahsulot joylashuvini aniqlash uchun yechim
Wi-Fi tarmog‘ingizdan kim foydalanayotganini aniqlang
Google Translate'dan yaxshiroq: dunyodagi eng aniq tarjimon
Suzuvchi soatlar: Android'dagi sirli sozlamani faollashtirish
Samsung Galaxy S22 Ultra smartfoni reklama roligi
Smartfonni quvvatlash uchun ajoyib g‘oya
Internet talab etmaydigan xaritalar
Kimyoni zerikishsiz o‘zlashtirish va kimyoviy tajribalarni laboratoriyasiz vizuallashtirish
Barcha yumushlarni barajarishga ulgurish uchun ko‘maklashuvchi rejalashtirgich
Qurilmani root-huquqlari bilan boshqarish imkonini taqdim etuvchi besh ilova
Proksini o'rnatmagan holda Android'dagi bloklanishlarni chetlab o‘tish
Android analitikasi tizimning ishini sekinlashtirib, foydalanuvchini nazorat qiladi: josuslik ilovasini o‘chirib qo'yamiz
Smartfon va uning g‘ilofi bilan bog‘liq layfxak
Chrome brauzeri foydalanuvchilari uchun foydali maslahatlar

📌 P.S.: Kanalga smartfonlardan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 4-qismi.

💡 Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2😁1
#bilasizmi #operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash #grafika

Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz! 🎨

Adobe, Inc. (o‘qilishi “edoubi”) — dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi amerika kompaniyasi. Shtab-kvartirasi San-Xose (Kaliforniya)da joylashgan. Bu nom Kaliforniyadagi aholi punktlaridan o‘tgan anhor nomi “Adobe Creek”dan kelib chiqqan.

🗓 Asos solingan: 1982-yil 28-fevral
👥 Asoschilari: Charlz Geshke va Jon Uornok
👨🏻‍🎨 Ishchilar soni: 22 569 (2019 yilgi statistikaga ko‘ra)

Adobe Systems PDF (Portable Document Format, elektron hujjatlarning universal platformalararo formati) va TIFF (Tagged Image File Format, rastrli grafik tasvirlarni saqlash formati) formatlari egasi hisoblanadi.

Bu yerda sanab o‘tiluvchi dasturlar – Adobe kompaniyasining mahsulotlari hisoblanadi, umid qilamizki, ushbu maqolamiz orqali dasturlar borasida o‘zingiz uchun qisqa va lo‘nda tasavvur hosil qila olasiz.

👉🏻 Batafsil matn va video.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Let’s Enhance piksellari soni (разрешение) kam bo‘lgan fotorasmlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi
Rasmning sifatini yaxshilaymiz
Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10'ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi
Photoshop'da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Photoshop dasturidan foydalanish bo‘yicha video darslar
Adobe Photoshop CS6 dasturi (kuchsiz kompyuterlar uchun)
• Adobe Photoshop CC 2018 (Portable) dasturi x32-(x86) / x64
Photoshop'ning ishlashini tezlashtirish
Photoshop'da rasmni masshtablashning to‘g‘ri usuli
Photoshop'dagi “Patch Tool” vositasi sehri
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET'dan boshlaymiz!
Photoshop'dagi Generative Fill
Onlayn grafik muharriri
Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
Har qanday rasmni sifatini yo‘qotmagan holda siqamiz
Neyron tarmog‘i yordamida realistik rasmlarni yaratish
Rasmda yuzni almashtirish - Reflect.tech
O‘z yuzingiz tushirilgan kupyurani yaratishni istaysizmi?
Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Pikseliga qadar aniqlikdagi jozibador skrinshotlarni qanday yaratish mumkin? (Ksnip dasturi)
Windows 7/8/8.1'lardagi odatiy rasmlarni tomosha qilish vositasini Windows 10/11'ga qaytaramiz
Algoritm selfini “selfisizlantirdi”
Telegram'da post yuqorisida biriktirilgan rasmni o‘zgartirish
Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Rasmlarni photostock'lardan suvli belgilarsiz yuklab olish
Rasmdagi shrift nomini aniqlaymiz
Rasmni Telegram'dan chiqmagan holda yaxshilaymiz
Istalgan rangning kodini bilib olamiz
Rasmdagi matnni tahrirlanuvchi formatga o‘tkazish uchun eng yaxshi mobil ilova
CMYK rang modeli nimalardan iborat?
Picture Colorizer Pro dasturi
PDF fayllaridan rasmlarni tezkor ajratib olish (1-usul)
Neyrotarmoq yordamida oq-qora fotosuratlarni rangli ko‘rinishga keltirish
Mem yoki gifkani ikki soniyada yaratamiz

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
1👍1
#excel

MS Excel dasturida xatolik turlari ⚠️

Formulani kiritish yoki tahrirlashda, shuningdek funksiyada qatnashuvchi qiymatlardan biri o‘zgartirilganida, Excel formula qiymatining o‘rniga xatoliklardan birini ko‘rsatishi mumkin. Dasturda sakkiz turdagi xatoliklar ko‘zda tutilgan:

1️⃣. ######## — agar yacheyka butunlay panjara belgisi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bunda ikki variantdan biri, ya’ni yacheykadagi qiymat unga sig‘may turgani yoki unda manfiy vaqt qiymati (yacheyka formati – Время, ya’ni vaqt bo‘lganida yuzaga keladi) kiritilganini anglatadi. Birinchi holatda ustunni kengaytirish yoki shriftni kichraytirish yetarlidir, ikkinchisida – vaqt qiymati o‘zgartiriladi. Masalan, formulada kichik vaqt birligidan katta vaqt birligi ayirilgan bo‘lsa, unda buni aksincha amalga oshirish kerak bo‘ladi.

2️⃣. #ДЕЛ/0! — ushbu xatolik deyarli har doim yacheykadagi formula qandaydir qiymatni nolga bo‘lishga urinayotganini anglatadi. Ko‘pincha bu ushbu yacheyka bilan bog‘langan boshqa yacheykada nol qiymati mavjudligi yoki umuman qiymat yo‘qligi holatida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun, barcha bog‘langan yacheykalarni bunday qiymatlar mavjudligiga qarshi tekshirib chiqish lozim bo‘ladi.

3️⃣. #Н/Д — ushbu xatolik “недоступно”, ya’ni “mavjud emas” ko‘rinishida talqin qilinadi va u funksiya yoki formulaning qiymatga murojaat eta olmayotganini anglatadi. Muammoni bartaraf etish uchun, qiymat kiritilgan yacheykalarni xatoliklarga qarshi tekshirish lozim bo‘ladi, tekshirilayotgan yacheykalarda ham ushbu xatolik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

4️⃣. #ИМЯ? — ushbu xatolik formulada yacheyka, diapazon yoki formulaning nomini noto‘g‘ri ko‘rsatayotganingizda yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun formuladagi barcha nomlar va nomlanishlarni yana bir bor ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

5️⃣. #ПУСТО! — kamdan kam holatda uchraydigan xatolik, chunki ushbu xatolik yuzaga kelishiga sabab hisoblanuvchi kesishish operatoridan har kim ham foydalanavermaydi. Xususan, diapazonlar kesishmaganida yuzaga keladi. Muammoni bartaraf etish uchun kesishuvchi diapazonlarni ko‘rsatib o‘ting.

Masalan: =СУММ(A1:B5 A6:B10) formulasi xatolikka olib keladi.

=СУММ(A1:B5 A5:B10) formulasi esa xatosiz ishlaydi va A5:B5 diapazonini qaytaradi.

6️⃣. #ЧИСЛО! — ushbu xatolik formulada qabul qilingan doiradan tashqarida turuvchi noto‘g‘ri sonli qiymatlar mavjud bo‘lganida yuzaga keladi.

7️⃣. #ССЫЛКА! — ushbu xatolik formulada ko‘rsatib o‘tilgan yacheykalar o‘chirilgan taqdirda yuzaga keladi.

8️⃣. #ЗНАЧ! — ushbu holatda funksiya uchun noto‘g‘ri turdagi argument (ma’lumot) turi qo‘llanilgani haqida so‘z bormoqda.

📎 Ushbu postga qo‘shib ilova qilinayotgan faylda har bir xatolikka izohlari bilan birga misollar keltirilgan.

📌 P.S.: Excel dasturida xatoliklarga doir kanalimizdagi ushbu testlarni ishlab, o‘z bilimingizni sinab ko‘ring: 1️⃣ | 2️⃣ | 3️⃣ | 4️⃣ | 5️⃣

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Veb-saytlar va veb-ilovalar qanday optimizatsiya qilinadi? 🤔

Veb-saytlarning ishlash tezligi nimalarga bog‘liq? Ularning tezkorligini kliyent va server tarafdan qanday qilib samarali oshirish mumkin? Kirish imtihoni natijalari e'lon qilinganida nima sababdan DTM-saytlarida uzilishlar bo‘ldi?

Yuqoridagi savollarga quyidagi suhbatda batafsil tushuntirishlar berilgan, o‘tkazib yubormang:

https://www.youtube.com/watch?v=pJwBgiI_8tc

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

CTRL + ALT + DELETE 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #telegram #telegramda_kanal_yuritish

Balki e’tibor berishga ulgurmagandirsiz, Telegram'ning rasmiy ilovasida kanalga biriktirilgan guruhga o‘tish uchun xizmat qiluvchi “Обсудить” tugmasi endi kanalning profilida joylashgan.

📌 P.S.: Administratormisiz yoki foydalanuvchi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#so‘rovnoma

Aziz do‘stlar, tobora sonimiz ortib bormoqda, shuning uchun sizlar bilan yaqindan tanishish istagidamiz. Bugundan boshlab so‘rovnomalar seriyasini boshlaymiz. Sizdan iltimos, bunda faolroq ishtirok eting! 📍 Yoshingiz nechida?
Anonymous Poll
11%
7 - 16 yosh oralig‘ida
51%
17 - 22 yosh oralig‘ida
25%
23 - 30 yosh oralig‘ida
10%
31 - 40 yosh oralig‘ida
2%
41 - 50 yosh oralig‘ida
1%
51 va undan katta yoshda