IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Loyihada avval payqalmagan funksionalga duch kelgan paytingda... 😮

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📚 WPS Office (Kingsoft Office) — MS Office'ning standart formatdagi fayllarini yaratish, tahrirlash va shunchaki o‘qish uchun zo‘r ilova. Android 5.0+. Premium-версия (Premium imkoniyatlaridan foydalanish uchun akkauntga Twitter, Facebook, Dropbox yoki elektron pochta orqali kirish lozim).

📎 WPS Office v18.17.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Formulani noto‘g‘ri kiritishda qanday turdagi xatolik yuzaga keladi?
Anonymous Quiz
19%
34%
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

😣 Hayotimizdagi yirik-yirik muammolar biz ahamiyat bermaydigan mayda unsurlardan kelib chiqadi!

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Assalomu alaykum aziz do‘stlar, boshlangan yangi haftamiz barchamiz uchun hayrli va mazmunli bo‘lsin!

📝 Manba: @ziyonetofficial

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Telegram’da rejalashtirilgan xabarlar yuborish 🗓

Telegram’da shaxsiy chatlar, guruhlar va kanallarga xabarlarni oldindan rejalashtirgan holda kelajakda yuborish imkoniyati mavjud.

📱Xabarning kelajakda yuborilishini rejalashtirish uchun “Отправить” (Yuborish) tugmasini bosib, biroz ushlab turing, so‘ngra “Отправить позже” (Xabarni rejalashtirish) bandiga o‘tish orqali kerakli sana va vaqtni tanlang.

💻 Kompyuterda “Отправить” (Yuborish) tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali qo‘shimcha menyu bandlari chaqiriladi.

Keyinga qoldirilgan xabarlarni boshqarish uchun matn kiritish maydonining yon tomonida hosil bo‘lgan kalendar belgisi ustiga bosing. Bu yerda siz o‘z xabarlaringizni ko‘rishingiz, o‘chirishingiz yoki yangilarini yaratishingiz mumkin.

📌 P.S.: Telegram’ning ushbu qulay imkoniyatidan foydalanasizmi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #smartfon

Smartfon uchun 3D-printerda chop etilgan stedikam.

📹 Steadicam - 🇬🇧 EN | RU 🇷🇺.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #security #maslahat

🚫 Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash

Hozirda Firefox’da saytlarni bloklash uchun o‘rnatilgan (ya’ni brauzer bilan birga keluvchi) vosita mavjud emas, biroq ushbu ko‘rsatmamizga muvofiq qo‘shimcha kengaytmani o‘rnatib, ushbu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin:

1. Firefox brauzerini ishga tushiring.
2. Brauzerning menyusiga o‘ting.
3. “Дополнения” menyu bandini tanlang.
4. Ochilgan qidiruv satriga “BlockSite”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.
5. Qidiruv tugmasini bosing, tizim bir nechta plaginlar variantlarini taklif etadi.
6. “BlockSite” plaginini tanlang va o‘ng tomonda joylashgan “+ Добавить в Firefox yoki Установить” tugmasini bosing.
7. So‘ngra plagin tavsifi yuqorisida sizib chiquvchi panelda keltirilgan “Добавить” tugmasini bosish orqali usbu vositaning yuklab olishini lozimligini tasdiqlang.
8. Keyingi yuklangan oynada “Принимаю” tugmasini bosing.
9. Yana menyu ro‘yxatini oching va “Дополнения” bandiga o‘ting.
10. “Расширения” ustiga bosing va “BlockSite” plaginini toping.
11. Undan o‘ng tomonda joylashgan “Настройки” ustiga bosing.
12. Ochilgan sozlamalarda birinchi satrdagi barcha bandlarga maxsus belgilarni (qushcha, галочка) o‘rnating va o‘ng tomondagi “Blacklist”ni tanlang.
13. “Add”ni bosing.
14. Ochilgan oynadagi “Location” bandida sayt manzilini kiriting.
15. Shundan keyin sayt “Blacklist” qora ro‘yxatida paydo bo‘ladi.
16. “OK”ni bosing.

Sayt brauzeringizda bloklanadi. Shuningdek qora ro‘yxatda siz bloklanayotgan sayt uchun izoh keltirishingiz mumkin. Unda, masalan, bloklash sababini keltirib o‘tsangiz bo‘ladi.

🎞 Ushbu jarayon bo‘yicha Google Chrome brauzeri uchun keltirilgan video ko‘rsatmani esa bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

ℹ️ Internet rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Dastlabki sahifa uchun kolontitulni o‘chirish 📄

Kolontitul yaratishda (sahifaning yuqori yoki pastki qismiga ikki marta bosiladi) kiritilgan matn barcha sahifalarda bir xil aks etadi.

Biroq agar kolontitulni dastlabki sahifadan olib tashlab, qolgan sahifalarda esa qoldirish lozim bo‘lsa, quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:

1-qadam
Kolontitulni yarating va menyu satridagi yuzaga kelgan Конструктор varaqa (вкладка)siga o‘ting.

2-qadam
Параметры
bo‘limida Особый колонтитул для первой страницы bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.

3-qadam
Dastlabki sahifaga o‘ting va kolontitulni o‘chiring yoki tegishli o‘zgartirish kiriting.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #tarmoq #IT_humor

Yigitlar, baho bering, men Moodle serverini qayta yukladim (ishga tushirdim)
Yana ishlamayapti... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Guruhlarda endi qoldirilgan xabarlarga nisbatan keltirilgan javoblarni tredlar ko‘rinishida ko‘rish mumkin.

Xabarlar menyusini oching va izohlar zanjirini ko‘rish uchun “Посмотреть ответы” bandini tanlang.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavishlar birikmasi yordamida ishchi kitobi statistikasi oynasini ekranga chaqirish mumkin?
#learn_english_with_software #smartfon #android

🇬🇧 English Level Checker – ingliz tili bo‘yicha bilim darajangiz qanday? Buni ushbu mobil ilova yordamida tez fursatda aniqlab olishingiz mumkin:
Quick testing (Grammar and Vocabulary check);
Full testing (Grammar, Reading, Writing, Vocabulary);
Reading tests;
Grammar tests;
Writing tests;
Vocabulary tests.

📎 English Level Checker v7.32 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #game

Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi? 🕹

Agar kompyuterda o‘yinlarning samaradorligini oshirmoqni istasangiz, unda o‘yin rejimi funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

1. “Параметры”ga o‘ting (Win + I).
2. “Игры” bandi ustiga bosing.
3. Ochilgan oynada “Игровой режим” varaqa (вкладка)siga o‘ting.
4. “Режим игры” funksiyasini toping.
5. Tugma holatini “Вкл”ga o‘tkazing.

Windows 10’da o‘yin rejimi kompyuterning fonida ishlab turgan jarayonlarni to‘xtatib turadi, samaradorlik esa shuning evaziga ta’minlanadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

MS Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish 🔄

Word’dagi standart shrift — Calibri, biroq ko‘pincha hujjatni boshqa shriftlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi: Times New Roman, Verdana, Arial va boshq.

Har doim sizga kerak bo‘lgan shriftni o‘zgartirib o‘tirmaslik uchun, uni shunchaki qoida bo‘yicha shrift sifatida o‘rnatib qo‘ying. Bu esa quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

1. Главная varaqa (вкладка)siga o‘ting;
2. Шрифт sozlamalariga o‘ting (CTRL + D);
3. Ro‘yxatdan o‘zingizga kerakli bo‘lgan shriftni tanlang (aksariyat holatlarda bizda bu Times New Roman);
4. Oynaning pastki chap burchagidagi По умолчанию tugmasini bosing;
5. Ochilgan oynachada ikkinchi band, ya’ni “всех документов, основанных на шаблоне Normal”ni tanlang;
6. Joriy oynacha ostidagi OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang.

Endi MS Word dasturida har safar yangi hujjat yaratganingizda, u tarkibida qoida bo‘yicha Siz tomondan tanlagangan shrift bilan yaratiladi.

Qolgan foydali sozlamalarni o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ushbu matn va video orqali bilib olishingiz mumkin (video ovozsiz yozilgan bo‘lsa-da, barcha harakatlar intuitiv tarzda tushunarli keltirilgan).

ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤯1
#telegram

Guruhlardagi anonim administratorlar 👤

Telegram maxfiylikni oshirish ustida ishlashni davom etmoqda. So‘nggi yangilanish guruh administratorlariga anonim bo‘lish imkoniyatini ta’minladi.

Adminni ishtirokchilar ro‘yxatidan berkitish uchun – admin huquqlari ro‘yxatida “Отправить анонимно” / “Анонимность” opsiyasini faollashtiring. Ushbu holatda uning xabarlari, xuddi kanallardagi kabi guruh nomidan nashr qilinadi.

Shuni yodda tutish lozimki, guruhning boshqa adminlari guruh yaratuvchisini ko‘ra oladilar.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Manzil R1C1 ko‘rinishida aks etganida D3 yacheykasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Anonymous Quiz
26%
R4C3
34%
R3C4
34%
RDC3
6%
R7C0
#ict_news

Toshkent viloyatida TATU filiali tashkil etiladi 🆕

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarori qabul qilindi (2020 yil 6 oktabr).

Qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan Toshkent viloyatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona filiallari faoliyat ko‘rsatadi.

📝 Manba: @tuituz_official

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Sendan masalaga baho berishni so‘rab, unga aniq tavsif berishmaganida… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #internet

Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi! 🔜

““Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrdan barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.

Shuningdek, ushbu Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan:

• fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

• tajriba tariqasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda davlat organlari bilan elektron munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;

• barcha uchun ochiq bo‘lgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasi yaratiladi;

2021 yil 1 iyuldan Ochiq ma’lumotlar portalida davlat xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalarini ro‘yxatga olish va boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar onlayn joylashtirib boriladi;

2021 yil 1 sentabrga qadar har bir tuman va shaharlarda mavjud infratuzilma obyektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi;

2022 yil 1 yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi;

2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s'dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi;

2023 yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet

Maqollar.uz – o‘zbek maqollarining katta to‘plami ⚖️

O‘zbek maqollari va naqllarining eng katta to‘plamini Maqollar.uz sayti va mobil ilovasidan topishingiz mumkin. Maqollar haqida qiziqarli ma’lumotlar, batafsil izohlari bilan. Ota-ona, vatan, mehnat, ilm, do‘stlik, sevgi, baxt va yana turli mavzulardagi maqollar jamlangan. Har bir maqol o‘zbek, rus va ingliz tilida keltirilgan. Maqollarga qo‘shimcha yozilgan izohlarda ularning asl mazmuni, ishlatish joiz bo‘lgan holatlar yoritilgan.

Ilovani yuklab oling va yaqinlaringizga ham ulashing!

📥 Ilovani yuklab olish uchun havola:👇🏻
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.maqollar

⌨️ Ilovani ishlab chiqargan: @uzmobiler
“Ismlar ma’nosi” mobil ilovasi
“Latifa.uz” mobil ilovasi
“Full Qr Code Scanner and Generator” mobil ilovasi

📲
Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija