IT specialist
9.67K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#operatsion_tizim

Windows 10’da virtual ishchi stollari o‘rtasida tezkor o‘tish ↔️

Virtual ishchi stollari — Windows 10’dagi alohida bir nechta ishchi maydonlarni boshqarish imkonini beruvchi qulay vositadir.

💻 Agar sizda tachpad (ingl. touchpad) bo‘lsa, unda siz quyidagi imo-ishoralar yordamida ishchi stollari o‘rtasida tezkor o‘tishingiz mumkin:

4 barmoq bilan yuqoriga svayp – ishchi stollari ro‘yxatini ochish.
4 barmoq bilan chapga svayp – joriy ishchi stolidan o‘ngda joylashgan ishchi stoliga o‘tish.
4 barmoq bilan o‘ngga svayp – chapki ishchi stoliga o‘tish.
4 barmoq bilan pastga svayp – joriy ishchi stolni ko‘rsatish.

Agar imo-ishoralar ishlamasa:
1️⃣. “Настройки -> Устройства -> Сенсорная панель”ga o‘ting.
2️⃣. Pastga qarab tushing va “Жесты четырьмя пальцами”ni toping.
3️⃣. “Свайпы” menyusida “Переключение рабочих столов”ni tanlang.

📌 P.S.: Windows 10’dagi ushbu vositadan foydalanib ko‘rganmisiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #ict_news

Diqqat, UZIMEI bo‘yicha muhim yangilik!!! 📱

Endi siz bloklangan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan telefonning IMEI-kodlarini mutlaqo bepul ro‘yxatdan o‘tkaza olasiz. Bu qachongacha bilmayman.

Buning uchun 2 ta SIM-kartani joylash kerak, shunda bir vaqtning o‘zida 2 ta IMEI ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Hatto pasportida boshqa telefon raqami qayd etilganligi sababli imkoniyati bo‘lmaganlar ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. SIM-kartani qo‘ygandan so‘ng, telefonni o‘chirib qo‘yib, 5 daqiqa kutishingiz kerak. Keyin yoqsangiz ishlayapti.

👉🏻 Do‘stlarga tarqating!

📝 Manba: @Zafarbek_Solijonov

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #maslahat

Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi? 🗜🤔

1-qadam
Agar hujjatingiz eski formatda bo‘lsa, unda uni .docx formatiga o‘tkazing. Ushbu format diskda nisbatan kamroq joy egallaydi.

2-qadam
Agar hujjatda rasmlar mavjud bo‘lib, ularni siqishni istasangiz — saqlash vaqtida Сервис tugmasi va Сжать рисунки bandiga bosing.

3-qadam
Hujjatdan shaxsiy va berkitilgan ma’lumotni o‘chirib tashlang. Buning uchun yuqoridagi menyu satrining Файл varaqa (вкладка)si → Сведения → Найти проблемы → Проверить документ’lar bo‘ylab o‘ting.

Tekshiruv tugallanganidan so‘ng — Удалить всё tugmasini bosing.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram’da animatsion stikerlarning siklik harakatlanib turishini o‘chirib qo‘yish imkoniyati bor.

Buning uchun “Настройки” -> “Настройки чатов” -> “Стикеры и маски” bo‘ylab o‘tiladi va “Зациклить анимацию” bandi faolsizlantiriladi.

Shundan so‘ng animatsiyalar faqat bir martalik siklda bajarilib, ortiq qaytarilmaydi.

📌 P.S.: Siz uchun qanday emojilarni qo‘llash qulay?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👏1
#mulohaza_uchun #it_humor

👈🏻 Ishga kirish uchun o‘tkazilayotgan suhbat davomida bosim ostida ishlay olishimni namoyish etyabman. 😎
👉🏻 Bosim ostida ishlaganimda esa aslida... 😭

📍P.S.: Asosiysi ishga olishdiku! 🙃

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

📋 Tarkibida markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlari mavjud bo‘lgan taqdimotlarda ENTER klavishining har bosilishi ro‘yxatning yangi elementini yaratish uchun xizmat qiladi. Agarda yangi raqam yoki bandni yaratib o‘tirmay, matnni shunchaki keyingi satrga olib o‘tkazish lozim bo‘lsa, unda satrni o‘tkazish (перенос строки) funksiyasi bizga yordamga keladi.

Ushbu foydali funksiya SHIFT+ENTER klavishlari birikmasi orqali amalga oshiriladi. Batafsilroq esa yuqoridagi videoda 👆🏻.

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10’da barcha oynalarni pastga tushirish va joyiga qaytarish 🖥 ↕️

Agar shaxsiy kompyuterda ishlash paytida sizda ko‘plab oynalar ochilib turgan bo‘lsa, unda bu sizga xalaqit berishi va kompyuter bilan ishlash samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Bunda barcha oynalarni yopishingiz yoki ularning hammasini birdaniga pastga (vazifalar paneliga) tushirishingiz mumkin. Barcha oynalarni pastga tushirish uchun “Win (bayroqcha) + M” birikmasini bosing. Agar barchasini yana o‘z joyiga qaytarmoqni istasangiz, unda “Win + Shift + M”ni qo‘llang.

Ushbu foydali klaviatura birikmalari sichqonchadan foydalanish imkoniyati vaqtincha mavjud bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun as qotishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Yaqin-atrofdagi odamlar (Люди рядом, People Nearby) 👥

Agar sizga yon atrofingizda turgan insonlar bilan tezkor tarzda kontakt almashish kerak bo‘lsa, “Люди рядом” opsiyasidan foydalaning.

Bu “Контакты” - “Найти людей рядом” (Yaqin-atrofdagi odamlarni topish, Find People Nearby) bo‘limida joylashgan. Ushbu funksiyani qo‘llashdan oldin, uning ba’zi jihatlarini hisobga olish kerak:

1️⃣. Bir-biri bilan bog‘lanishi uchun har ikki foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida ushbu bo‘limga kirgan bo‘lishi lozim. Agar kimdir undan chiqsa, ro‘yxatdan g‘oyib bo‘ladi.
2️⃣. Ilova yon-atrofingizdagi 100 metr radiusda joylashgan odamlarni ko‘rsatadi.
3️⃣. Yanada aniq qidiruv uchun GPS (geolokatsiya) faollashtirilgan bo‘lishi lozim.

⚠️ E’tibor bering, opsiya faqatgina siz “Люди рядом” bo‘limida bo‘lgan paytingizda ishlaydi. Qolgan holatlarda Telegram sizning joylashuvingizni oshkor etmaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

Dunyoga mashhur brendlar logotiplarining o‘zgarish evolyutsiyasi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#tarmoq #security #internet #operatsion_tizim

Ushbu videoko‘rsatmada Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish to‘g‘risida so‘z boradi.

🎞 Videoni ko‘rish uchun havola.

📌 P.S.: Bizga murojaat etgan yosh vloger ukamiz Nodirbekka esa yangi videoko’rsatmalar yaratishida zafarlar tilab qolamiz! 🤝

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Kartondan mexanik 7 segmentli displey 💡

Yetti segmentli displey (Seven Segment Display, SSD), yoki yetti segmentli indikator o‘nlik raqamlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan elektron displey qurilmasining shakli bo‘lib, bu yanada murakkab sanaluvchi matritsali displeylarning analogi hisoblanadi.

Yetti segmentli displeylar raqamli soatlarda, elektron hisoblagichlarda, oddiy kalkulyatorlarda va raqamli ma’lumotlarni aks ettiruvchi boshqa elektron qurilmalarda keng qo‘llaniladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#learn_english_with_software #smartfon #android

🌐📱Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+. Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin).

📎 Duolingo Max v6.41.4 ilovasini yuklab olish.

❗️Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi! 😉

📌 P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

ℹ️ Tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍5😁4👎1🔥1👌1
#smartfon #android

Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz (+video) 📱🚀

“Yashil robotchali” smartfon va planshetlarning keshini yalpi tozalash hamda ilovalar keshlarini tozalash haqida yo‘riqnoma kanalimizda e’lon qilingandi. Bugun esa gadjetning ishlashini tezlashtirish va xotirasini tozalashning qo‘shimcha usulini ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 O‘QING: Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?

Android tizimida ko‘rilgan suratlar, skrinshotlar va hokazo rasmlarning eskizlari saqlanib turadi. Bu xuddi brauzer keshiga o‘xshab, o‘sha rasmni keyingi gal ochganda tezkorlikda ko‘rsatish uchun kerak, ammo suratlarni har kuni tomosha qilib o‘tirmaysiz-ku, to‘g‘rimi? Demak – ular saqlanadigan papkani bemalol o‘chirish mumkin.

Mazkur papka esa smartfon xotirasidagi (agar qurilmangizda fleshka ishlatayotgan bo‘lsangiz – unda ham) “DCIM” papkasi ichida joylashgan va “.thumbnails” deb nomlangan. Tizim papkasi bo‘lgani uchun u odatda yashirilgan bo‘ladi, lekin keltirilgan ushbu tavsiyadagi fayl-menejerlar orqali uni topib o‘chirish qiyin emas.

Ta’kidlash kerakki, “.thumbnails” papkasining ichidagi barcha fayllarni yoki hatto shu papkaning o‘zini ham bemalol o‘chirish mumkin, bundan tizimga yoki suratlaringizga hech qanday zarar yetmaydi. Bundan tashqari, smartfoningizni o‘chirib-yoqqaningizda u yana paydo bo‘lib, qaytadan rasmlaringiz eskizlarini yig‘a boshlaydi. Vaqti-vaqti bilan uni o‘chirib turish esa gadjetingiz xotirasida joy ochishga va uning ishlashini tezlashtirishga xizmat qildi.

🎞 Ushbu postimiz mavzusiga doir quyidagi videoko‘rsatmani tomosha qilishni tavsiya etamiz. 😉

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #it_humor

Tushungan tushundi... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

Full Qr Code Scanner and Generator v1.0.6

QR-kodlarni skaner qilib, unga yashiringan havolani olib beruvchi maxsus foydali ilova.

Ilovani yuklab oling va yaqinlaringizga ham ulashing!

📥 Ilovani yuklab olish uchun havola:👇
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.qrcodereader

⌨️ Ilovani ishlab chiqargan: @uzmobiler

📌 P.S.: Ha, aytgancha, DTM javobini bilishga qiynalyapsizmi?

1. Ushbu ilovani smartfoningizga o’rnating;
2. DTM varaqasidagi keltirilgan QR-kodni skaner qiling;
3. Sizga aniq javobingizni ko‘rsatishga xizmat qiluvchi havola taqdim etiladi;
4. Ushbu havola orqali siz o‘zingiz to‘plagan ballarni bilib olasiz.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Barcha manfiy qiymatlarni tezkor o‘chirish 🗑

Agar barcha yacheykalardagi manfiy qiymatlarni jadvaldan olib tashlash lozim bo‘lsa, buning uchun maxsus formulalar yoki VBA’dan foydalanishning umuman keragi yo‘q.

Buning uchun shunchaki CTRL + H (Найти и заменить) klavishlari birikmasini bosish, so‘ngra Найти maydoniga “-*”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritish, Заменить на maydoniga esa — 0 ni kiritish yoki ushbu maydonni bo‘sh qoldirish va Заменить все tugmasini bosish lozim.

Natijada manfiy qiymatli barcha yacheykalar 0 ga almashtiriladi yoki mos tarzda, — o‘chiriladi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram barcha emodzilarga nisbatan animatsiyani qo‘llab bo‘lmaguncha to‘xtamaydigan ko‘rinadi.

Bu safar animatsiya quyidagi emodzilarga nasib etdi: 😇🥶🤯🌕🌖🌓🌘🌒🌔🌞🌝🌚

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavishlar birikmasi yacheykaga nisbatan foizli formatni qo‘llash uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
16%
CTRL + P
48%
CTRL + SHIFT + 5
26%
SHIFT + F5
10%
ALT + P
#mulohaza_uchun #IT_humor

Dastlabki dasturlash tili 1956-yilda yaratilgan. Ushbu yilga qadar esa dasturchilar… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

ES File Explorer — Google Play’da ortiq mavjud bo‘lmagan o‘sha mashhur fayl menejeri. Android 4.2+. Barchasi blokdan chiqarilgan, ortiqcha elementlar olib tashlangan.

📎 ES File Explorer v4.4.2.2.1 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
KillApps
🛠 SD Maid Pro
🎨 Colorize It
📋
Tasks
📲 Auto Move
🧭 Компас
↔️ Photo & Picture Resizer
👤 Reface (Doublicat)
👨🏻
Anyface
📽 ADV Screen Recorder
📽 AZ Screen Recorder
AudioLab
🎞 Intro Maker
🎞 MX Player
🎞 NewPipe (YouTube)
🎞 Snaptube (YouTube)
🎞 YouTube Vanced
🎞 VideoShow
🎞 VivaCut
🎞 GIF Maker
🎞 Film Maker Pro
🎞 YouCut
🎞 FilmoraGo
🎞 ActionDirector
📻 MyTuner Radio
🎙 Smart Recorder
🎼 SoundHound
🏟 365 Scores
🤸🏻‍♂️ Height Increase
🚴🏻‍♂️ BikeComputer Pro
🥗 Lifesum
🖱 Remote Mouse
📐 Геометрия
🔢 Математические хитрости
🧮 Photomath
⌨️ SoloLearn
⌨️ Mimo
⌨️ Основы HTML и CSS
🩻 Human Anatomy Atlas 2023
🇬🇧 Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

📌 Ushbu ro‘yxatning 1-qismi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥2👍1
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

Microsoft kompaniyasi ma’lumotni shishada saqlashni tadqiq etdi – bunda u lazer yordamida 75 Tb ma’lumotni yozishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday “shisha bo‘laklari”ning ustiga zarb berish, qirish va hattoki qaynoq suv to‘kish mumkin, biroq ulardagi ma’lumotlar butligi buzilmaydi va ming yillab saqlanib qoladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija