IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#ict_news #internet #mulohaza_uchun

IT Park rezidentlari tomonidan oʻzbek tilidagi matnlarni bexato yozish uchun platforma yaratilganligi haqida ⌨️

1989-yilning 21-oktyabr sanasida “Davlat tili toʻgʻrisidagi” Qonun qabul qilindi va buning sharofati bilan Oʻzbekiston mustaqil davlatga aylanishga yanada yaqinlashdi. Tez orada oʻzbek tili mamlakatimizning rasmiy davlat tili boʻlganiga 31 yil toʻladi.

Bugungi kunga kelib oʻzbek tili bizning IT hamjamiyatimizda alohida oʻrin egallaydi va uni nafaqat oʻzbek millati vakillari, balki Oʻzbekistonda yashovchi koʻplab boshqa millat vakillari ham biladi. Qolaversa, oʻzbek tilini bilish Oʻzbekistonda qiyinchiliksiz biznes yuritish, muzokaralar oʻtkazish va yurtimizning turli nuqtalaridan boʻlgan tadbirkorlar bilan suhbatlashish imkoniyatini beradi.

IT Park rezidentlari va startaplari tomonidan oʻzbek tilini ommalashtirish maqsadida koʻplab IT loyihalar amalga oshirilmoqda. Matn.uz – IT Park rezidenti “Project Managers” hamda Mass-mediani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan platforma boʻlib, shunday loyihalardan biri hisoblanadi.

Matn.uz platformasi – bu barcha xohlovchilar uchun oʻzbek tilini bexato ishlatish va oʻrganish uchun onlayn markazdir. Loyihaning bosh maqsadlarida biri – oʻzbek tilidagi matnlarni toʻgʻri va bexato yozishga koʻmaklashish, shuningdek aholining barcha qatlamlarida davlat tilida toʻgʻri va aʼlo darajada yozuvchi insonlar salmogʻini oshirish, ona tiliga boʻlgan muhabbatni uygʻotish va bexato koʻrinishdagi davlat tilida foydali suhbatlar evaziga turmush tarzini yaxshilash hisoblanadi.

Matn.uz platformasi tufayli endi insonlarda matnni lotin alifbosidan bir lahzada kirill alifbosiga oʻtkazish, bir deganda 5000 tagacha belgiga ega matnlarni tahrirlash, qiziq boʻlgan soʻzlarni toʻliq izohini topish va koʻplab foydali amallarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Ushbu platformaning qanday afzalliklari bor?

Platforma “mashinaviy oʻrganish” texnologiyasiga asoslangan, yaʼni siz qancha koʻp xatolarni tekshirib borsangiz, tizim shuncha koʻp oʻz ustida ishlaydi va yanada yaxshiroq natija koʻrsatishga harakat qiladi. Platformada dasturchilar uchun REST-API servisi yaratilgan, shuningdek tizim moderatorlari bilan tun va kunning istalgan paytida aloqa qilish imkoniyati koʻzda tutilgan. Shuningdek, foydalanuvchilar lugʻat bazasiga qoʻshimchalar qoʻshib borgan holda, uni keyingi foydalanuvchilar uchun boyitishlari mumkin.

Oʻzbek tilini bilish Oʻzbekistondagi turmush tarzining asosiy faktorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bilim inson uchun koʻplab eshiklarni, imkoniyatlarni ochadi, yaxshi insonlar bilan tanishtiradi va koʻplab yangiliklarni koʻrsatadi. Oʻzbek tilini bilish faqat bunday imkoniyatlar uchun emas, balki insonning ichki sifatlari, vatanparvarlik tuygʻusi va madaniyatini rivojlantirgani hamda uni koʻp qirrali qilgani tufayli ham juda ham muhim va darkordir.

🏷 Ma’lumot uchun:

Project Managers IT
- kompaniyasi O‘zbekistondagi 80 dan ortiq loyihaning muallifi va hammuallifi, shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan “Mangu Sarkarda” o‘yin sanoati sohasidagi loyihaning asosiy hamkori (tez kunlarda treylerning premyerasi kutilmoqda). Bundan tashqari, Project Managers “Birga Yengamiz” loyihasi muallifi hamdir - birgayengamiz.uz, @colearninguz (Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda IT sohasida bepul o‘qitish), Colearning Academy (@colearningacademy) onlayn platformasi, GDG Tashkent (Google kompaniyasi bilan hamkorlikda dasturchilar uchun festival) va boshqa ko‘plab ijtimoiy loyihalari mavjud.

Kompaniya haqida ko‘proq ma’lumotni quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: http://projectmanagers.uz

📝 Manba: IT-park.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Professional yozuvchilikdan tortib kundalik yozishmalargacha…
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Listning ma’lum bir qismini chop etishga berish 🖨

Ba’zida hujjatda joylashgan ma’lumotning atigi ma’lum bir bo‘lagini chop etish zarurati yuzaga kelib qoladi. Bunda sizga quyidagi algoritm yordamga keladi:

— 1-qadam
Ma’lumotlarning kerakli diapazonini belgilaymiz va Файл → Печать bo‘limiga o‘tamiz.

— 2-qadam
Qoida bo‘yicha Параметры bandi Напечатать активные листы holatida bo‘ladi, uning ustiga bosamiz va Напечатать выделенный фрагмент’ni tanlaymiz.

— 3-qadam
Endi chop etish oldidan ko‘rish sohasida siz belgilagan diapazon aks etib turadi. Shunda Печать tugmasiga bosish yoki boshqa parametrlarni sozlash qoladi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavishlar kombinatsiyasi sichqoncha bilan birgalikda listni gorizontal bo‘ylab o‘ngga-chapga o‘tkazish imkonini beradi?
Anonymous Quiz
24%
SHIFT + R
30%
ALT + PAGE DOWN
26%
CTRL + SHIFT
19%
CTRL + PAGE DOWN
#mulohaza_uchun #it_humor

⬅️ Juma kuni kechasi

➡️ “Gap bo‘lishi mumkin emas, deyarli qilinadigan ish qolmadi! Qolganini Dushanba kuni oxiriga yetkazib qo‘yaman”.

⬇️ Dushanba kuni ertalab
“Bu yerga nima balo yozilgan o‘zi?!”

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

💰 Dunyoda faqatgina 18 ta davlat Bill Geytsdan ko‘ra boyroq.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Onlayn va oflayn 🤔

Mana bu yerda inglizcha online so‘zini onlayn shaklida yozish kerakligi aytilgan edi. Uning zid ma’noli offline so‘zini ham shu tarzda yozishimiz kerak: oflayn.

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, bu so‘z bitta f harfi bilan yoziladi:
Offlayn | Offlayn
Oflayn | Oflayn

Bu ikki so‘zdan tashkil topgan murakkab so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: onlayn-muloqot, onlayn-axborot markazi, onlayn-so‘rovnoma, oflayn-brauzer, oflayn-savdo, onlayn- va oflayn-ta’lim.

Bu so‘zlar gapning boshida kelmasa, doim kichik harflarda yoziladi.

📝 Manba: @xatoliklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Yaqin kunlardan boshlab, Telegram foydalanuvchi kanalga aynan qachon obuna bo‘lganligini ko‘rsatishni boshladi.

Obunaning aniq sanasi va vaqti haqidagi ma'lumotni kanal a’zolari ro‘yxatida ko‘rish mumkin.

📌 P.S.: Sizchi, Telegram tarmog‘ida o‘z kanalingizni yuritasizmi yoki shunchaki kuzatuvchimisiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #operatsion_tizim #game

“Сапёр” o‘yinidan qanday qilib tez o‘tish mumkin? 🧩

“Сапёр” — Windows’ning standart o‘yinlaridan biri. Yutish uchun minasiz barcha katakchalarni ochish lozim, ammo bu oson emas va buni hamma ham uddalay olmaydi. Biroq sozlamalarga o‘zgartirish kiritish orqali o‘yindan qisqa vaqt mobaynida o‘tish mumkin:

1. O‘yinni ishga tushiring.
2. Yuqori chap tomonda “Игра” ustiga bosing.
3. “Параметры”ni tanlang.
4. “Особый” rejimini faollashtiring.
5. “Высота” (bo‘yi) maydoniga 24, “Ширина” (eni)ga — 30, “Число мин” (minalar soni)ga — 10 qiymatlarini kiriting.
6. “OK”ni bosing.
7. Maydonning istalgan joyiga bosing.

Qariyb butun xarita ochiladi, o‘yinni o‘tish uchun sizga shunchaki bir nechta katakchalarni ochish qoladi. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Ilovaning asosiy menyusining o‘zidan turib kungi va tungi mavzuga bemalol o‘tishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Kodimni tekshirish vaqtida muhim xatolikka duch kelgan paytimda...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #operatsion_tizim

Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak? 🤔

Hayrli kun aziz do‘stlar! Bugun biz siz bilan sarlavhadan tushunganingiz kabi Windows razryadligi haqida so‘z yuritamiz.

Windows’da x32/x86 va x64 kabi razryadliklar borligi haqida ko‘p kompyuter foydalanuvchilarining xabarlari bo‘lmasligi mumkin, shu bilan birga juda kam sonli foydalanuvchilar real holatda buning nimaligini, buni qayerdan olish/almashtirish va nima uchun kerakligini bilishadi. Hattoki ushbu razryadliklar bilan ko‘p sonli afsonalar ham bog‘liq.

Yaqin kunlarda Internetda qiziq bir narsaga ahamiyat berdik – ushbu masala borasida qandaydir bir mazmunli ma’lumotning o‘zi yo‘q, aynan shuning uchun ushbu maqolamizni shu mavzuga bag‘ishlashga ahd qildik.

👉🏻 Batafsil matn va video.

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
#bilasizmi #smartfon #mulohaza_uchun

Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video) 📱

Taniqli bloger Markus Braunli (Marques Brownlee) yaqinda Facebook asoschisi Mark Sukerberg bilan intervyu uyushtirdi. Suhbatda bu milliarderning qanday smartfon ishlatishi haqida ham savol berilgan.

Mark Sukerbergning tan olib aytishicha, u Samsung smartfonlarining fanati ekan. Shu bilan birga, u o‘zining Android ishqibozi ekanligini ham aytib o‘tgan.

Braunli undan qanday smartfon ishlatishini so‘raganida, Facebook asoschisi bir necha yildan beri faqat Samsung telefonlarini tutib kelayotganini aytgan.

🎞 Videoni ko‘ring (ingliz tilidagi suhbatdan lavhalar).

Lekin eng qiziqarlisi – Sukerberg hozir Samsung kompaniyasining aynan qaysi rusumdagi smartfonini ishlatayotganini aniq aytmagan. Tabiiyki, u biror flagman modeldagisini tutayotgan bo‘lsa kerak, lekin qay biri ekanligi noma’lum.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram’da individual tarzda avtomatik yuklanuvchi media fayllar o‘lchamini sozlash mumkin.

“Данные и память” bo‘limida tarmoq turini tanlang (mobil, Wi-Fi yoki rouming) va video hamda boshqa fayllar uchun istalgan chegara hajmini o‘rnating.

📌 P.S.: Mobil yoki uyga ulangan internet uchun tanlagan tarifingizda oyiga qancha mablag‘ sarflaysiz, 100 ming so‘mdan ko‘proqmi yoki kamroq?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ushbu kod aynan qanday vazifa bajarishini bilmay, o‘chirishga qo‘rqqaningda...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

Windows 10’da virtual ishchi stollari o‘rtasida tezkor o‘tish ↔️

Virtual ishchi stollari — Windows 10’dagi alohida bir nechta ishchi maydonlarni boshqarish imkonini beruvchi qulay vositadir.

💻 Agar sizda tachpad (ingl. touchpad) bo‘lsa, unda siz quyidagi imo-ishoralar yordamida ishchi stollari o‘rtasida tezkor o‘tishingiz mumkin:

4 barmoq bilan yuqoriga svayp – ishchi stollari ro‘yxatini ochish.
4 barmoq bilan chapga svayp – joriy ishchi stolidan o‘ngda joylashgan ishchi stoliga o‘tish.
4 barmoq bilan o‘ngga svayp – chapki ishchi stoliga o‘tish.
4 barmoq bilan pastga svayp – joriy ishchi stolni ko‘rsatish.

Agar imo-ishoralar ishlamasa:
1️⃣. “Настройки -> Устройства -> Сенсорная панель”ga o‘ting.
2️⃣. Pastga qarab tushing va “Жесты четырьмя пальцами”ni toping.
3️⃣. “Свайпы” menyusida “Переключение рабочих столов”ni tanlang.

📌 P.S.: Windows 10’dagi ushbu vositadan foydalanib ko‘rganmisiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #ict_news

Diqqat, UZIMEI bo‘yicha muhim yangilik!!! 📱

Endi siz bloklangan yoki ro‘yxatdan o‘tmagan telefonning IMEI-kodlarini mutlaqo bepul ro‘yxatdan o‘tkaza olasiz. Bu qachongacha bilmayman.

Buning uchun 2 ta SIM-kartani joylash kerak, shunda bir vaqtning o‘zida 2 ta IMEI ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Hatto pasportida boshqa telefon raqami qayd etilganligi sababli imkoniyati bo‘lmaganlar ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. SIM-kartani qo‘ygandan so‘ng, telefonni o‘chirib qo‘yib, 5 daqiqa kutishingiz kerak. Keyin yoqsangiz ishlayapti.

👉🏻 Do‘stlarga tarqating!

📝 Manba: @Zafarbek_Solijonov

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word #maslahat

Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi? 🗜🤔

1-qadam
Agar hujjatingiz eski formatda bo‘lsa, unda uni .docx formatiga o‘tkazing. Ushbu format diskda nisbatan kamroq joy egallaydi.

2-qadam
Agar hujjatda rasmlar mavjud bo‘lib, ularni siqishni istasangiz — saqlash vaqtida Сервис tugmasi va Сжать рисунки bandiga bosing.

3-qadam
Hujjatdan shaxsiy va berkitilgan ma’lumotni o‘chirib tashlang. Buning uchun yuqoridagi menyu satrining Файл varaqa (вкладка)si → Сведения → Найти проблемы → Проверить документ’lar bo‘ylab o‘ting.

Tekshiruv tugallanganidan so‘ng — Удалить всё tugmasini bosing.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram’da animatsion stikerlarning siklik harakatlanib turishini o‘chirib qo‘yish imkoniyati bor.

Buning uchun “Настройки” -> “Настройки чатов” -> “Стикеры и маски” bo‘ylab o‘tiladi va “Зациклить анимацию” bandi faolsizlantiriladi.

Shundan so‘ng animatsiyalar faqat bir martalik siklda bajarilib, ortiq qaytarilmaydi.

📌 P.S.: Siz uchun qanday emojilarni qo‘llash qulay?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👏1
#mulohaza_uchun #it_humor

👈🏻 Ishga kirish uchun o‘tkazilayotgan suhbat davomida bosim ostida ishlay olishimni namoyish etyabman. 😎
👉🏻 Bosim ostida ishlaganimda esa aslida... 😭

📍P.S.: Asosiysi ishga olishdiku! 🙃

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

📋 Tarkibida markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlari mavjud bo‘lgan taqdimotlarda ENTER klavishining har bosilishi ro‘yxatning yangi elementini yaratish uchun xizmat qiladi. Agarda yangi raqam yoki bandni yaratib o‘tirmay, matnni shunchaki keyingi satrga olib o‘tkazish lozim bo‘lsa, unda satrni o‘tkazish (перенос строки) funksiyasi bizga yordamga keladi.

Ushbu foydali funksiya SHIFT+ENTER klavishlari birikmasi orqali amalga oshiriladi. Batafsilroq esa yuqoridagi videoda 👆🏻.

ℹ️ Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija