IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Linux foydalanuvchisi “Windows'ing “tormoz”, Linux'ni o‘rnatish kerak edi”, deyishdan 15 daqiqa jimib qolsa...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #bilasizmi #internet #maslahat

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — aholi uchun qulay onlayn xizmatlar majmuidir 📋

Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron platforma orqali amalga oshirish, ya’ni davlat o‘z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko‘rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ana shu maqsadda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) ishlab turibdi.

Bugungi kunda ushbu portal orqali 208 ta elektron davlat xizmatlari taqdim etib kelinmoqda. Ular bo‘yicha yil boshidan beri 1,4 millionta ariza kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshdi. Yil yakuniga qadar umumiy xizmatlar turi 230 tadan oshiriladi.

Jumladan, ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish, ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnoma olish xizmatlari joriy qilinishi hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish, kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish xizmatlarining takomillashtirilishi rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash axborot tizimi doirasida “Elektron poliklinika” axborot tizimi joriy etildi. Poliklinikaga kelgan bemorlarni ro‘yxatga olish, navbatni boshqarish, shifokorlar reyestrini yuritish kabi jarayonlar avtomatlashtirilgan.

Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimi (dshk.uz) joriy qilinib, respublika hududida yuritilayotgan davlat shaharsozlik kadastri to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni onlayn shaklda olish imkoniyati yaratildi.

“E-Mehmon” tizimi joriy etilib, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni internet orqali masofadan turib ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

Karantininfo.uz tizimi joriy etilib, pandemiya davrida koronavirus bilan infeksiyalangan bemorlarni va aloqada bo‘lgan shaxslarni onlayn qayd etish, vaqtinchalik karantin markazida bo‘lgan shaxslarni elektron ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2020 yil avgust oyi uchun ommabop xizmatlar Top-10 taligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, avgust oyi davomida:

— farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish uchun — 105,8 mingta ariza;

— soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini aniqlash uchun — 97,9 mingta ariza;

— fuqarolarning davlat pensiya (nafaqa)si haqida ma’lumot olish uchun — 56 mingdan ortiq ariza;

— tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnoma) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish uchun — 45,6 mingta ariza;

— O‘zbekiston Respublikasi hududidaga temiryo‘l transport vositasi orqali olib kirilayotgan yuk haqida ma’lumot olish uchun — 44,2 mingta ariza;

— ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish uchun – 35,7 mingta ariza;

— jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchilarning identifikatsion raqamini olish uchun — 34,7 mingta ariza;

— ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun — 34 mingdan ortiq ariza;

— dafn marosimini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish uchun — 32,9 mingta ariza;

— narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun fuqarolardan 32,4 mingta elektron arizalar kelib tushgan.

Kun sayin aholining elektron xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan talablari ortib bormoqda. Bu esa elektron hukumat tizimining rivojlanishidagi muhim omildir.

📝 Manba: Mitc.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar 💸

56 yoshli Amazon asoschisi Jeff Bezos dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Quyida Bezos qanchalar boy ekanini ko‘rsatuvchi 11 ta hayratlanarli faktlarni siz bilan o‘rtoqlashamiz.

Bloomberg Milliarderlar Indeksiga ko‘ra, sof boyligi 183 milliard dollar bo‘lgan Jeff Bezos dunyodagi eng boy odam hisoblanadi.

2020 yilning avgust oyida Bezos sof boyligi 200 milliard dollarga yetgan tarixdagi birinchi shaxsga aylangan, biroq uning boyligi keyin yana kamaydi.

• Mart oyidan beri dunyoning aksariyat milliarderlari pandemiya sabab katta mablag‘ yo‘qotib kelmoqda. Bezos esa hozirgacha 67 milliard yo‘qotdi.

• Bezos Britaniya monarxiyasidan ikki baravar boyroq.

• Bezos soniyasiga 2,219 dollar topadi. Bu esa amerikalik oddiy ishchiga bir haftada to‘lanadigan haqdan ikki baravar ko‘p.

Bezos 2019 yilda rafiqasi Makkenzi Bezos (hozirda Makkenzi Skott) bilan ajrashib, ancha mablag‘ yo‘qotib ham, dunyoning eng boy odami bo‘lib qolaverdi. Makkenzi Bezos Amazon'ning 4% lik aksiyalariga ega bo‘ldi. Bu esa qariyb 35.7 milliard dollarga teng mablag‘ hisoblanadi. Shunday qilib, turmush o‘rtog‘idan ajralgan xonim dunyodagi uchinchi eng boy ayolga aylangan.

Bezosning yillik maoshi atigi (bu “atigi” ham, aslida katta pul) 81,140 dollarni tashkil qiladi. Biroq milliarderga asosiy boylik Amazon aksiyalaridan keladi.

Mana, Bezos haqidagi asosiy ma’lumotlardan xabar topdik. Endi, quyida va’da qilingan 11 ta faktga to‘xtalib o‘tamiz.

1. Yillik maoshi atigi 81,840 AQSh dollari bo‘lsa-da, Bezosning sof boyligi 183 milliard dollarga teng. Bezosga to‘lanadigan yillik maosh, aslida, Qo‘shma Shtatlar senatorlarining maoshidan ham kamroq.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Jeff Bezosning boyligiga Amazon aksiyalari sabab — uning oyligi emas. 2018 yilda Business Insider nashri Bezosning yillik sof boyligidagi o‘zgarishlarga tayanib uning yiliga aslida qancha pul topishini hisoblab chiqqan. 2019 yil sentyabr oyi o‘rtalaridan beri Bezos 70 milliard dollarga boyigan.

Bu raqam kun, soat va soniya kesimida ifodalansa, ayniqsa, kishini yoqa tishlashga majbur qiladi.

2. Bezos soniyasiga 2,219 dollar topadi. Bu Qo‘shma Shtatlardagi ishchilarga to‘lanadigan bir haftalik maoshdan ikki baravar ko‘p. Bir daqiqada kelgan daromadi esa 133,181 dollarni tashkil qiladi. Business Insider nashri jurnalisti Xillari Xoffauerning yozishicha, bir daqiqada Bezos topgan pul AQShlik oddiy ishchi bir yilda topgan 47,000 dollarlik daromaddan uch barobar ko‘p. Bu hisob-kitoblar AQSh Mehnat Byurosi statistikasiga tayanib amalga oshirilgan.

3. Makkenzi Skott bilan ajrashgani bois Amazon aksiyalarining 25% idan ayrilgan bo‘lishiga qaramay, Bezos dunyodagi eng boy odam mavqeyini saqlab qolgan.
Makkenzi Skott esa, Devid Koxdan beva qolgan Julia Flesher Kox, L'Oreal kompaniyasi merosxo‘ri Fransuaza Bettankur-Mayers, Walmart merosxo‘ri Elis Uoltonlardan keyingi dunyodagi to‘rtinchi eng boy ayol hisoblanadi. Amazon’ning ilk xodimlaridan bo‘lgan Makkenzining boyligi 59.6 milliard dollar ekanligi taxmin qilinadi.

4. Jeff Bezosning boyligi 180 millard dollar. Bu esa Qo‘shma Shtatlardagi top 100 universitetlar endaumentining 40% ini tashkil qiladi.

2018 yildagi endaumenti (maqsadli kapital)ga ko‘ra AQShdagi eng boy uchta universitetlar Garvard Universiteti (38.3 milliard), Texas Universiteti (30.9 milliard) va Yel Universitetlari (29.4 milliard) bo‘lgan.

Bezosning boyligi bu uchala universitet endaumentlaridan ham ko‘proq.

5. Bezos shunchalar boyki, u uchun 1.9 million dollar xuddi 1 dollardek gap.
6. Bezos Britaniya monarxiyasidan ikki baravar boyroq.

Forbes'ga ko‘ra, 2017 yilda Britaniya qirollik oilasining sof boyligi 88 milliard dollar deb taxmin qilingan.

7. Bezosning boyligi Islandiya, Lyuksemburg va Shri Lanka davlatlarining jami YaIMidan ham ko‘proq.

Islandiyaning YaIMi 24.2 milliard, Lyuksemburgniki 71.1 milliard, Shri Lankaniki esa 84 millardga teng. Ularning uchalasi qo‘shilsa, 179 millard dollar bo‘ladi.

8. 2017 yil oktyabr oyida Bill Geytsni ortda qoldirib, dunyodagi birinchi raqamli milliarderga aylanganidan buyon Amazon rahbarining boyligi deyarli ikki baravar ko‘paydi.

Bill Geytsni dog‘da qoldirgan paytida Bezosning boyligi 92.8 milliard edi.

9. AQSh Ijtimoiy xavfsizlik administratsiyasiga (IXA) ko‘ra, bakalavr darajasiga ega oddiy amerikalik erkak butun umri davomida 2.2 million dollar ishlab topadi. Bezos esa bu pulni atigi 17 daqiqada topadi.

IXA ma’lumotlariga qaraganda, bakalavr darajasiga ega oddiy amerikalik ayol umri davomida 1.3 million dollar ishlab topadi.

Lekin istisno holatlari har doim uchrab turadi. Chunki Prinston Universitetini bitirgan Jeff Bezos daqiqasiga 133,3181 dollarni o‘ziniki qiladi. Bu Business Insider'ning 2019 yilgi hisob-kitoblarida aniqlangan.

10. 2018 yil oxirida Bezosning sof boyligi 160 milliard dollar edi.

Amerikada 40 yil oldin o‘rtacha boylik solig‘i joriy qilingan taqdirda ham, Bezos dunyodagi ikkinchi eng boy odam bo‘lgan bo‘lardi.

2018 yil oxirida Bezosning boyligi 160 milliard dollar edi. Brookings Papers tomonidan Economic Activity jurnalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, agar 1982 yilda (xuddi shu yili Amerika billionerlari ro‘yxati bo‘lgan ilk Forbes 400 reytingi e’lon qilingan) AQShda boylik solig‘i joriy qilinganda ham, uning boyligi 86.8 milliard dollar bo‘lardi. Bu mablag‘ bilan Bezos fransiyalik biznesmen Bernand Arnaultdan keyingi ikkinchi eng boy odam bo‘lgan bo‘lardi.

2020 yilgi AQSh Prezidentligi saylovlarida boylik solig‘ini joriy qilish masalasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Demokrat Benri Sanders va Yelizaveta Uarrenlar o‘ta boylar to‘laydigan soliqni oshirish taklifini kiritgan.

11. 2019 yilda Bezos dunyo milliarderlari orasida eng ko‘p mablag‘ yo‘qotgani bo‘lgan, biroq, shunga qaramay, u eng boy odam mavqeyini saqlab qolgan.

O‘tgan yildan beri Amazon rahbari 10 milliarddan ko‘p pul yo‘qotdi, biroq hali ham boylik borasida birinchilikni egallab turibdi.

📝 Mirzoxidbek @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Djeff Bezos haqida;
Djeff Bezosning 1999 yil Amazon ofisida olingan rasmi;
Djeff Bezosning 2019 yil yanvar holatiga ko‘ra mablag‘i;
Djeff Bezos turmush o‘rtog‘i bilash ajrashdi;
Dunyodagi eng boy insonning boyligi birinchi marotaba 200 milliarddan oshdi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

🗒 Telegram’da matnning bir qismini nusxalash uchun belgilab olish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Dastlab xabarni belgilab oling, so‘ngra biror so‘z ustiga uzoqroq bosib turgan holda uni belgilang va kerakli sohani ajratish uchun kursorning ikki chetini siljiting.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish 📄

Shunday holatlar bo‘ladiki, atigi 1-3 satrlik matn tufayli hujjatni sahifaning ikki betiga yoki ikki alohida sahifaga chop etishga to‘g‘ri keladi. Bundan ham yoqmaydigan jihati, bu matnni doimiy tarzda qisqartirish va tahrirlashdir.

Biroq Word’da buning uchun maxsus funksiya mavjud.
Algoritmi quyidagicha: ФайлПараметрыПанель быстрого доступаВыбрать команды из blokida Все команды’ni tanlaysiz → u yerda Сократить на страницу’ni izlab topasiz va Добавить’ni bosasiz.

Yuqoridagi harakatlar muvaffaqiyatli bajarilgan taqdirda, yuqoridagi tezkor murojaat etish panelida sahifani qisqartirish belgisi paydo bo‘ladi. Matnni belgilaysiz, belgi ustiga bosasiz — tayyor!

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Onlayn yoki online? 🤔

Onlayn so‘zi allaqachon muomalaga kirib ulgurdi, shu bois bu so‘zni ingliz tilida online shaklida yozishni bas qilib, o‘zbek tilida yozishni boshlashimiz kerak.

Online
Onlayn

❗️"Dislike" bosayotganlar uchun eslatma, bu o‘zbek tilida matn tayyorlash paytida shunday yozilishi lozim, deb nazarda tutilgandi, ingliz tilidagi matn orasida emas! 🤦🏻‍♂️

📝 Manba: @xatoliklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram’ga yana 5 ta animatsiyali emodzilar qo‘shildi: 🤬 🥵 😤 😛 🤪

Xohishga ko‘ra Настройки чатовКрупные эмодзи’ga o‘tgan holda animatsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Sayt yaratish uchun kirishsang-u, bunda faqat HTML’dan xabardor bo‘lsang...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #internet #mulohaza_uchun

IT Park rezidentlari tomonidan oʻzbek tilidagi matnlarni bexato yozish uchun platforma yaratilganligi haqida ⌨️

1989-yilning 21-oktyabr sanasida “Davlat tili toʻgʻrisidagi” Qonun qabul qilindi va buning sharofati bilan Oʻzbekiston mustaqil davlatga aylanishga yanada yaqinlashdi. Tez orada oʻzbek tili mamlakatimizning rasmiy davlat tili boʻlganiga 31 yil toʻladi.

Bugungi kunga kelib oʻzbek tili bizning IT hamjamiyatimizda alohida oʻrin egallaydi va uni nafaqat oʻzbek millati vakillari, balki Oʻzbekistonda yashovchi koʻplab boshqa millat vakillari ham biladi. Qolaversa, oʻzbek tilini bilish Oʻzbekistonda qiyinchiliksiz biznes yuritish, muzokaralar oʻtkazish va yurtimizning turli nuqtalaridan boʻlgan tadbirkorlar bilan suhbatlashish imkoniyatini beradi.

IT Park rezidentlari va startaplari tomonidan oʻzbek tilini ommalashtirish maqsadida koʻplab IT loyihalar amalga oshirilmoqda. Matn.uz – IT Park rezidenti “Project Managers” hamda Mass-mediani rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan platforma boʻlib, shunday loyihalardan biri hisoblanadi.

Matn.uz platformasi – bu barcha xohlovchilar uchun oʻzbek tilini bexato ishlatish va oʻrganish uchun onlayn markazdir. Loyihaning bosh maqsadlarida biri – oʻzbek tilidagi matnlarni toʻgʻri va bexato yozishga koʻmaklashish, shuningdek aholining barcha qatlamlarida davlat tilida toʻgʻri va aʼlo darajada yozuvchi insonlar salmogʻini oshirish, ona tiliga boʻlgan muhabbatni uygʻotish va bexato koʻrinishdagi davlat tilida foydali suhbatlar evaziga turmush tarzini yaxshilash hisoblanadi.

Matn.uz platformasi tufayli endi insonlarda matnni lotin alifbosidan bir lahzada kirill alifbosiga oʻtkazish, bir deganda 5000 tagacha belgiga ega matnlarni tahrirlash, qiziq boʻlgan soʻzlarni toʻliq izohini topish va koʻplab foydali amallarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Ushbu platformaning qanday afzalliklari bor?

Platforma “mashinaviy oʻrganish” texnologiyasiga asoslangan, yaʼni siz qancha koʻp xatolarni tekshirib borsangiz, tizim shuncha koʻp oʻz ustida ishlaydi va yanada yaxshiroq natija koʻrsatishga harakat qiladi. Platformada dasturchilar uchun REST-API servisi yaratilgan, shuningdek tizim moderatorlari bilan tun va kunning istalgan paytida aloqa qilish imkoniyati koʻzda tutilgan. Shuningdek, foydalanuvchilar lugʻat bazasiga qoʻshimchalar qoʻshib borgan holda, uni keyingi foydalanuvchilar uchun boyitishlari mumkin.

Oʻzbek tilini bilish Oʻzbekistondagi turmush tarzining asosiy faktorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bilim inson uchun koʻplab eshiklarni, imkoniyatlarni ochadi, yaxshi insonlar bilan tanishtiradi va koʻplab yangiliklarni koʻrsatadi. Oʻzbek tilini bilish faqat bunday imkoniyatlar uchun emas, balki insonning ichki sifatlari, vatanparvarlik tuygʻusi va madaniyatini rivojlantirgani hamda uni koʻp qirrali qilgani tufayli ham juda ham muhim va darkordir.

🏷 Ma’lumot uchun:

Project Managers IT
- kompaniyasi O‘zbekistondagi 80 dan ortiq loyihaning muallifi va hammuallifi, shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan “Mangu Sarkarda” o‘yin sanoati sohasidagi loyihaning asosiy hamkori (tez kunlarda treylerning premyerasi kutilmoqda). Bundan tashqari, Project Managers “Birga Yengamiz” loyihasi muallifi hamdir - birgayengamiz.uz, @colearninguz (Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda IT sohasida bepul o‘qitish), Colearning Academy (@colearningacademy) onlayn platformasi, GDG Tashkent (Google kompaniyasi bilan hamkorlikda dasturchilar uchun festival) va boshqa ko‘plab ijtimoiy loyihalari mavjud.

Kompaniya haqida ko‘proq ma’lumotni quyidagi havola orqali topishingiz mumkin: http://projectmanagers.uz

📝 Manba: IT-park.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Professional yozuvchilikdan tortib kundalik yozishmalargacha…
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Listning ma’lum bir qismini chop etishga berish 🖨

Ba’zida hujjatda joylashgan ma’lumotning atigi ma’lum bir bo‘lagini chop etish zarurati yuzaga kelib qoladi. Bunda sizga quyidagi algoritm yordamga keladi:

— 1-qadam
Ma’lumotlarning kerakli diapazonini belgilaymiz va Файл → Печать bo‘limiga o‘tamiz.

— 2-qadam
Qoida bo‘yicha Параметры bandi Напечатать активные листы holatida bo‘ladi, uning ustiga bosamiz va Напечатать выделенный фрагмент’ni tanlaymiz.

— 3-qadam
Endi chop etish oldidan ko‘rish sohasida siz belgilagan diapazon aks etib turadi. Shunda Печать tugmasiga bosish yoki boshqa parametrlarni sozlash qoladi.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavishlar kombinatsiyasi sichqoncha bilan birgalikda listni gorizontal bo‘ylab o‘ngga-chapga o‘tkazish imkonini beradi?
Anonymous Quiz
24%
SHIFT + R
30%
ALT + PAGE DOWN
26%
CTRL + SHIFT
19%
CTRL + PAGE DOWN
#mulohaza_uchun #it_humor

⬅️ Juma kuni kechasi

➡️ “Gap bo‘lishi mumkin emas, deyarli qilinadigan ish qolmadi! Qolganini Dushanba kuni oxiriga yetkazib qo‘yaman”.

⬇️ Dushanba kuni ertalab
“Bu yerga nima balo yozilgan o‘zi?!”

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

💰 Dunyoda faqatgina 18 ta davlat Bill Geytsdan ko‘ra boyroq.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

Onlayn va oflayn 🤔

Mana bu yerda inglizcha online so‘zini onlayn shaklida yozish kerakligi aytilgan edi. Uning zid ma’noli offline so‘zini ham shu tarzda yozishimiz kerak: oflayn.

Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, bu so‘z bitta f harfi bilan yoziladi:
Offlayn | Offlayn
Oflayn | Oflayn

Bu ikki so‘zdan tashkil topgan murakkab so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: onlayn-muloqot, onlayn-axborot markazi, onlayn-so‘rovnoma, oflayn-brauzer, oflayn-savdo, onlayn- va oflayn-ta’lim.

Bu so‘zlar gapning boshida kelmasa, doim kichik harflarda yoziladi.

📝 Manba: @xatoliklar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Yaqin kunlardan boshlab, Telegram foydalanuvchi kanalga aynan qachon obuna bo‘lganligini ko‘rsatishni boshladi.

Obunaning aniq sanasi va vaqti haqidagi ma'lumotni kanal a’zolari ro‘yxatida ko‘rish mumkin.

📌 P.S.: Sizchi, Telegram tarmog‘ida o‘z kanalingizni yuritasizmi yoki shunchaki kuzatuvchimisiz?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #operatsion_tizim #game

“Сапёр” o‘yinidan qanday qilib tez o‘tish mumkin? 🧩

“Сапёр” — Windows’ning standart o‘yinlaridan biri. Yutish uchun minasiz barcha katakchalarni ochish lozim, ammo bu oson emas va buni hamma ham uddalay olmaydi. Biroq sozlamalarga o‘zgartirish kiritish orqali o‘yindan qisqa vaqt mobaynida o‘tish mumkin:

1. O‘yinni ishga tushiring.
2. Yuqori chap tomonda “Игра” ustiga bosing.
3. “Параметры”ni tanlang.
4. “Особый” rejimini faollashtiring.
5. “Высота” (bo‘yi) maydoniga 24, “Ширина” (eni)ga — 30, “Число мин” (minalar soni)ga — 10 qiymatlarini kiriting.
6. “OK”ni bosing.
7. Maydonning istalgan joyiga bosing.

Qariyb butun xarita ochiladi, o‘yinni o‘tish uchun sizga shunchaki bir nechta katakchalarni ochish qoladi. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Ilovaning asosiy menyusining o‘zidan turib kungi va tungi mavzuga bemalol o‘tishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Kodimni tekshirish vaqtida muhim xatolikka duch kelgan paytimda...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija