IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram #telegramda_kanal_yuritish #rasm_bilan_ishlash

🏞🔁 Agar siz chat, guruh yoki kanalga tasodifan noto‘g‘ri rasmni yuborgan bo‘lsangiz, unda uni ostida keltirilgan matni bilan birgalikda o‘chirishingiz shart emas. Ushbu media faylni shunchaki boshqasiga almashtirish mumkin.

Xabar yoki postni tahrirlash vaqtida biror papkada joylashgan boshqa rasmni ko‘rsatish uchun “Изменить медиа” ustiga bosing.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Yangi dasturlash tilini o‘rganishni boshlaganingda... 🖥👀

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel #security

Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin? 🔐

Agar sizdan hujjatni qabul qiluvchilar unda qanday funksiyalarni qo‘llaganingizni bilishlarini istamasangiz – ularni osonlikcha berkitishingiz mumkin.

Buning uchun formulasi berkitilishi lozim bo‘lgan yacheykalarni belgilang, belgilangan fragment ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan “Формат ячеек”ni tanlang. Ochilgan oynaning “Защита” varaqa (вкладка)sida “Скрыть формулы” bandi qarshisiga maxsus belgini o‘rnating va “OK” tugmasini bosing.

Ushbu usul ishlashi uchun tanlangan list ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va “Защитить лист” bandini tanlagan holda, yuzaga keluvchi oynachada parol o‘rnatish lozim (oynachaning qolgan bandlari o‘zgartirilmaydi).

🎞 Ushbu videoda esa buni vizual tarzda ko‘rishingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel ruknidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Agar siz chatlar, kanallar va guruhlar ro‘yxatidagi xabarlarda ko‘proq ma’lumotni ko‘rishni istasangiz, unda ikki satrli ko‘rish rejimidan uch satrlisiga o‘tib olsangiz bo‘ladi.

Buning uchun “Настройки” - “Настройки чатов”ga o‘ting va “Список чатов” bo‘limida uch satrli rejimni faollashtiring.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Barcha tillar o‘tarda-ketar, lek C ... 👩🏻‍🦳

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #internet

Latifa.uz rasmiy ilovasi — Eng sara latifalar! 🤣😂🤪

Latifa.uzhar kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim etadi. Turli mavzularda eng zo‘r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do‘stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko‘plab mavzularda latifalar birinchi bo‘lib shu ilovada chiqadi.

Ilovani yuklab oling va yaqinlaringizga ham ulashing!

📥 Ilovani yuklab olish uchun havola:👇
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.latifauz

⌨️ Ilovani ishlab chiqargan: @uzmobiler

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim

C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish 💻

Microsoft Windows 8 - 8.1 yoki Windows 10 operatsion tizimini o‘rnatganimizdan so‘ng Этот компьютер oynasini ochgan paytimizda quyidagi papkalarga duch kelamiz👇🏻.

Rasmdagi 6 ta papkalar tarkibida saqlab boradigan ma’lumotlarimiz kompyuterimizning C diskida joylashadi va bizga kerakli fayllar endi kelajakda ushbu diskdagi makonni egallab borishda davom etadi.

Ushbu maqolada rasmdagi va umuman “Users” papkasidagi muayyan foydalanuvchining barcha papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish haqida so‘z yuritiladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👏2
#excel

MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida 🔢

Odatda filtr qo‘llanganida ba’zi satrlar butunlay berkitiladi. Agar jadvalda satrlar numeratsiyasi mavjud bo‘lsa, u holda uning tartibi buziladi, lekin bu muammoning ham yechimi mavjud.

👉🏻
Batafsil...

📎 Namuna uchun fayl.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi? 💻🎞

Yaqinda Android’da video montaj uchun 10 ilova haqida yozgan edik. Bu gal ham videolar tayyorlashda qo‘l keladigan manbalardan biri — FlexClip haqida ma’lumot bermoqchimiz.

FlexClip turli maqsadlardagi videolar tayyorlash uchun mo‘ljallangan yangi sayt bo‘lib, unda kuchli tahrirlash uskunalaridan foydalanib, videolar yaratish mumkin. Bunda, tayyor andaza (shablon)lardan foydalaniladi. Saytning quyidagi afzalliklari ayniqsa e’tiborga molik:
🔹Foydalanishga oson va tekin;
🔸Yuqori sifatli rasm, video lavha va musiqalardan birini tanlash imkoniyati mavjud;
🔹Tayyor shablonlardan foydalanib video qirqish, matn va musiqa qo‘shish, ekranni yozib olish, kabi funksiyalar bilan istalgan foydalanuvchi bir necha daqiqada kerakli videoni yarata oladi;
🔸Tayyor bo‘lgan videoni turli rezolyutsiyalarda, jumladan, 1080p, 720p va 480p'da saqlab olish mumkin.

Saytda quyidagi mavzularda shablonlar mavjud: biznes, slayd-shou, tug‘ilgan kun tabrigi, onalar kuni tabrigi, Facebook uchun reklama, Twitter uchun reklama, ta’lim va trening, korporativ, restoran va oziq-ovqat, sport va fitnes, jonzotlar va uy hayvonlari, sayohat, tabiat, avtomobil, koronavirus, promo va savdolar, sayohat va tadbirlar, to‘y marosimi, YouTube, Instagram, YouTube uchun reklama, Instagram uchun reklama, Instagram hikoya, ko‘chmas mulk, mahorat darslari, moda va go‘zallik, san’at va madaniyat, oila, kundalik turmush, texnologiya, otalar kuni tabrigi.

FlexClip.com saytiga hoziroq kirib, o‘zingizga kerakli bo‘lgan videoni BEPUL tayyorlang. Eng asosiysi, video yaratish uchun qurilmangizga maxsus ilova yuklash shart emas. Hammasi saytning o‘zidan turib amalga oshiriladi.

E’tibor bering, video tayyorlash o‘ta murakkab jarayon bo‘lgani bois, saytga smartfon bilan kirilganda xizmatlardan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, ushbu saytdan kompyuter orqali foydalanishni maslahat beramiz.

📝 Mirzoxidbek @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🦾 Buyurtmaga tayyorlangan ushbu protezlar barmoqsiz amputantlarning kundalik vazifalarini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

💻 Telegram'ning kompyuterlar uchun mo‘ljallangan "Telegram Desktop" ilovasida emodzilarning to‘rt to‘plamidan birini tanlash mumkin. Qoida bo‘yicha ilovada Apple emodzilari o‘rnatilgan, biroq shuningdek Android, Twitter va JoyPixels’dan yuklab olish uchun smayliklar mavjud.

Buning uchun “Настройки чатов”ga o‘ting va “Выбрать набор эмодзи” ustiga bosing. Yodda tuting, tanlangan emodzilar faqat o‘zingizda aks etib turadi, boshqa foydalanuvchilardagi emodzilar ulardagi sozlamalarga muvofiq ko‘rinishda bo‘ladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Hujjat ustida qancha vaqt ish olib borilganini qanday aniqlash mumkin? 🤔

Word'da hujjatni ochishingiz zahoti, dastur avtomatik ravishda hujjat bilan ishlagan vaqtingiz hisobini yuritishni boshlaydi.

Uni ko‘rish uchun menyu satridagi ФайлСведения’ga o‘ting. Ishlash vaqti Общее время правки bo‘limida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

❗️Yodda tuting, bu siz hujjat bilan faol tarzda ishlagan vaqt emas, balki hujjat ochiq turgan paytdagi vaqt oralig‘idir.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#operatsion_tizim

Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish 📁🔁

“Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papka qanaqa?
Istalgan usul orqali “Проводник” oynasi ochilganda, qaysi papka namoyon bo‘lsa, shu doimiy papka hisoblanadi.

Aksariyat foydalanuvchilar, kompyuter diskidagi fayllar bilan ishlash uchun, ish stolidagi “Мой компьютер” belgisidan foydalanishadi. Bu oynani ochishning esa tezkor usuli bor:
🔹“Win (bayroqcha) + E” tugmalarini bosgan holda;
🔸“Пуск” menyusi joylashgan “Панель задач”, ya’ni odatda ekranning quyi qismidagi gorizontal menyuda joylashgan papka belgisi orqali.

Windows 10’da yuqoridagi usullardan foydalansangiz “Мой компьютер” oynasi ochilmaydi balki, “Быстрый доступ” papkasiga o‘tiladi.
Biz buni Windows 7’dagi singari “Мой компьютер”ning standart oynasini ochadigan holatga keltiramiz.

1️⃣. “Win (bayroqcha) + R”control va “Enter” yoki “Пуск”“Панель управления”.
2️⃣. Kompyuterni sozlovchi menyusi orqali “Параметры проводника” (Параметры папок) menyusiga kiriladi.
3️⃣. Hosil bo‘lgan oynaning “Общие” varaqa (вкладка)sida, eng yuqorida joylashgan “Открыть проводник для:” qismi — “Этот компьютер”ga o‘zgartiriladi.
4️⃣. “Применить”“OK”.

Endi, “Win (bayroqcha) + E” klavishlari birgalikda bosilsa, “Мой компьютер” oynasi ochiladi. Bu tugmalarni ishlatish juda qulay, chunki istalgan joyga borganda, ish stolidan “Мой компьютер” belgisini izlab yurmaysiz, masalan, ba’zi mutaxassislarning ishchi stolida bu belgini umuman ko‘rmaysiz. 😉

☝🏻O‘zimizdan qilib misol keltiradigan bo‘lsak, ancha yillardan buyon “Мой компьютер” oynasini ochish uchun, “Win + E” va boshqa ko‘plab funksiyalarni amalga oshiruvchi foydali klaviatura kombinatsiyalari va buyruqlaridan foydalanib kelamiz.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Linux foydalanuvchisi “Windows'ing “tormoz”, Linux'ni o‘rnatish kerak edi”, deyishdan 15 daqiqa jimib qolsa...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#ict_news #bilasizmi #internet #maslahat

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — aholi uchun qulay onlayn xizmatlar majmuidir 📋

Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron platforma orqali amalga oshirish, ya’ni davlat o‘z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko‘rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ana shu maqsadda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) ishlab turibdi.

Bugungi kunda ushbu portal orqali 208 ta elektron davlat xizmatlari taqdim etib kelinmoqda. Ular bo‘yicha yil boshidan beri 1,4 millionta ariza kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshdi. Yil yakuniga qadar umumiy xizmatlar turi 230 tadan oshiriladi.

Jumladan, ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish, ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnoma olish xizmatlari joriy qilinishi hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish, kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish xizmatlarining takomillashtirilishi rejalashtirilgan.

Sog‘liqni saqlash axborot tizimi doirasida “Elektron poliklinika” axborot tizimi joriy etildi. Poliklinikaga kelgan bemorlarni ro‘yxatga olish, navbatni boshqarish, shifokorlar reyestrini yuritish kabi jarayonlar avtomatlashtirilgan.

Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimi (dshk.uz) joriy qilinib, respublika hududida yuritilayotgan davlat shaharsozlik kadastri to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni onlayn shaklda olish imkoniyati yaratildi.

“E-Mehmon” tizimi joriy etilib, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni internet orqali masofadan turib ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

Karantininfo.uz tizimi joriy etilib, pandemiya davrida koronavirus bilan infeksiyalangan bemorlarni va aloqada bo‘lgan shaxslarni onlayn qayd etish, vaqtinchalik karantin markazida bo‘lgan shaxslarni elektron ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2020 yil avgust oyi uchun ommabop xizmatlar Top-10 taligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, avgust oyi davomida:

— farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish uchun — 105,8 mingta ariza;

— soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini aniqlash uchun — 97,9 mingta ariza;

— fuqarolarning davlat pensiya (nafaqa)si haqida ma’lumot olish uchun — 56 mingdan ortiq ariza;

— tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnoma) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish uchun — 45,6 mingta ariza;

— O‘zbekiston Respublikasi hududidaga temiryo‘l transport vositasi orqali olib kirilayotgan yuk haqida ma’lumot olish uchun — 44,2 mingta ariza;

— ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish uchun – 35,7 mingta ariza;

— jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchilarning identifikatsion raqamini olish uchun — 34,7 mingta ariza;

— ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun — 34 mingdan ortiq ariza;

— dafn marosimini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish uchun — 32,9 mingta ariza;

— narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun fuqarolardan 32,4 mingta elektron arizalar kelib tushgan.

Kun sayin aholining elektron xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan talablari ortib bormoqda. Bu esa elektron hukumat tizimining rivojlanishidagi muhim omildir.

📝 Manba: Mitc.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar 💸

56 yoshli Amazon asoschisi Jeff Bezos dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Quyida Bezos qanchalar boy ekanini ko‘rsatuvchi 11 ta hayratlanarli faktlarni siz bilan o‘rtoqlashamiz.

Bloomberg Milliarderlar Indeksiga ko‘ra, sof boyligi 183 milliard dollar bo‘lgan Jeff Bezos dunyodagi eng boy odam hisoblanadi.

2020 yilning avgust oyida Bezos sof boyligi 200 milliard dollarga yetgan tarixdagi birinchi shaxsga aylangan, biroq uning boyligi keyin yana kamaydi.

• Mart oyidan beri dunyoning aksariyat milliarderlari pandemiya sabab katta mablag‘ yo‘qotib kelmoqda. Bezos esa hozirgacha 67 milliard yo‘qotdi.

• Bezos Britaniya monarxiyasidan ikki baravar boyroq.

• Bezos soniyasiga 2,219 dollar topadi. Bu esa amerikalik oddiy ishchiga bir haftada to‘lanadigan haqdan ikki baravar ko‘p.

Bezos 2019 yilda rafiqasi Makkenzi Bezos (hozirda Makkenzi Skott) bilan ajrashib, ancha mablag‘ yo‘qotib ham, dunyoning eng boy odami bo‘lib qolaverdi. Makkenzi Bezos Amazon'ning 4% lik aksiyalariga ega bo‘ldi. Bu esa qariyb 35.7 milliard dollarga teng mablag‘ hisoblanadi. Shunday qilib, turmush o‘rtog‘idan ajralgan xonim dunyodagi uchinchi eng boy ayolga aylangan.

Bezosning yillik maoshi atigi (bu “atigi” ham, aslida katta pul) 81,140 dollarni tashkil qiladi. Biroq milliarderga asosiy boylik Amazon aksiyalaridan keladi.

Mana, Bezos haqidagi asosiy ma’lumotlardan xabar topdik. Endi, quyida va’da qilingan 11 ta faktga to‘xtalib o‘tamiz.

1. Yillik maoshi atigi 81,840 AQSh dollari bo‘lsa-da, Bezosning sof boyligi 183 milliard dollarga teng. Bezosga to‘lanadigan yillik maosh, aslida, Qo‘shma Shtatlar senatorlarining maoshidan ham kamroq.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Jeff Bezosning boyligiga Amazon aksiyalari sabab — uning oyligi emas. 2018 yilda Business Insider nashri Bezosning yillik sof boyligidagi o‘zgarishlarga tayanib uning yiliga aslida qancha pul topishini hisoblab chiqqan. 2019 yil sentyabr oyi o‘rtalaridan beri Bezos 70 milliard dollarga boyigan.

Bu raqam kun, soat va soniya kesimida ifodalansa, ayniqsa, kishini yoqa tishlashga majbur qiladi.

2. Bezos soniyasiga 2,219 dollar topadi. Bu Qo‘shma Shtatlardagi ishchilarga to‘lanadigan bir haftalik maoshdan ikki baravar ko‘p. Bir daqiqada kelgan daromadi esa 133,181 dollarni tashkil qiladi. Business Insider nashri jurnalisti Xillari Xoffauerning yozishicha, bir daqiqada Bezos topgan pul AQShlik oddiy ishchi bir yilda topgan 47,000 dollarlik daromaddan uch barobar ko‘p. Bu hisob-kitoblar AQSh Mehnat Byurosi statistikasiga tayanib amalga oshirilgan.

3. Makkenzi Skott bilan ajrashgani bois Amazon aksiyalarining 25% idan ayrilgan bo‘lishiga qaramay, Bezos dunyodagi eng boy odam mavqeyini saqlab qolgan.
Makkenzi Skott esa, Devid Koxdan beva qolgan Julia Flesher Kox, L'Oreal kompaniyasi merosxo‘ri Fransuaza Bettankur-Mayers, Walmart merosxo‘ri Elis Uoltonlardan keyingi dunyodagi to‘rtinchi eng boy ayol hisoblanadi. Amazon’ning ilk xodimlaridan bo‘lgan Makkenzining boyligi 59.6 milliard dollar ekanligi taxmin qilinadi.

4. Jeff Bezosning boyligi 180 millard dollar. Bu esa Qo‘shma Shtatlardagi top 100 universitetlar endaumentining 40% ini tashkil qiladi.

2018 yildagi endaumenti (maqsadli kapital)ga ko‘ra AQShdagi eng boy uchta universitetlar Garvard Universiteti (38.3 milliard), Texas Universiteti (30.9 milliard) va Yel Universitetlari (29.4 milliard) bo‘lgan.

Bezosning boyligi bu uchala universitet endaumentlaridan ham ko‘proq.

5. Bezos shunchalar boyki, u uchun 1.9 million dollar xuddi 1 dollardek gap.
6. Bezos Britaniya monarxiyasidan ikki baravar boyroq.

Forbes'ga ko‘ra, 2017 yilda Britaniya qirollik oilasining sof boyligi 88 milliard dollar deb taxmin qilingan.

7. Bezosning boyligi Islandiya, Lyuksemburg va Shri Lanka davlatlarining jami YaIMidan ham ko‘proq.

Islandiyaning YaIMi 24.2 milliard, Lyuksemburgniki 71.1 milliard, Shri Lankaniki esa 84 millardga teng. Ularning uchalasi qo‘shilsa, 179 millard dollar bo‘ladi.

8. 2017 yil oktyabr oyida Bill Geytsni ortda qoldirib, dunyodagi birinchi raqamli milliarderga aylanganidan buyon Amazon rahbarining boyligi deyarli ikki baravar ko‘paydi.

Bill Geytsni dog‘da qoldirgan paytida Bezosning boyligi 92.8 milliard edi.

9. AQSh Ijtimoiy xavfsizlik administratsiyasiga (IXA) ko‘ra, bakalavr darajasiga ega oddiy amerikalik erkak butun umri davomida 2.2 million dollar ishlab topadi. Bezos esa bu pulni atigi 17 daqiqada topadi.

IXA ma’lumotlariga qaraganda, bakalavr darajasiga ega oddiy amerikalik ayol umri davomida 1.3 million dollar ishlab topadi.

Lekin istisno holatlari har doim uchrab turadi. Chunki Prinston Universitetini bitirgan Jeff Bezos daqiqasiga 133,3181 dollarni o‘ziniki qiladi. Bu Business Insider'ning 2019 yilgi hisob-kitoblarida aniqlangan.

10. 2018 yil oxirida Bezosning sof boyligi 160 milliard dollar edi.

Amerikada 40 yil oldin o‘rtacha boylik solig‘i joriy qilingan taqdirda ham, Bezos dunyodagi ikkinchi eng boy odam bo‘lgan bo‘lardi.

2018 yil oxirida Bezosning boyligi 160 milliard dollar edi. Brookings Papers tomonidan Economic Activity jurnalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, agar 1982 yilda (xuddi shu yili Amerika billionerlari ro‘yxati bo‘lgan ilk Forbes 400 reytingi e’lon qilingan) AQShda boylik solig‘i joriy qilinganda ham, uning boyligi 86.8 milliard dollar bo‘lardi. Bu mablag‘ bilan Bezos fransiyalik biznesmen Bernand Arnaultdan keyingi ikkinchi eng boy odam bo‘lgan bo‘lardi.

2020 yilgi AQSh Prezidentligi saylovlarida boylik solig‘ini joriy qilish masalasi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Demokrat Benri Sanders va Yelizaveta Uarrenlar o‘ta boylar to‘laydigan soliqni oshirish taklifini kiritgan.

11. 2019 yilda Bezos dunyo milliarderlari orasida eng ko‘p mablag‘ yo‘qotgani bo‘lgan, biroq, shunga qaramay, u eng boy odam mavqeyini saqlab qolgan.

O‘tgan yildan beri Amazon rahbari 10 milliarddan ko‘p pul yo‘qotdi, biroq hali ham boylik borasida birinchilikni egallab turibdi.

📝 Mirzoxidbek @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Djeff Bezos haqida;
Djeff Bezosning 1999 yil Amazon ofisida olingan rasmi;
Djeff Bezosning 2019 yil yanvar holatiga ko‘ra mablag‘i;
Djeff Bezos turmush o‘rtog‘i bilash ajrashdi;
Dunyodagi eng boy insonning boyligi birinchi marotaba 200 milliarddan oshdi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

🗒 Telegram’da matnning bir qismini nusxalash uchun belgilab olish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Dastlab xabarni belgilab oling, so‘ngra biror so‘z ustiga uzoqroq bosib turgan holda uni belgilang va kerakli sohani ajratish uchun kursorning ikki chetini siljiting.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish 📄

Shunday holatlar bo‘ladiki, atigi 1-3 satrlik matn tufayli hujjatni sahifaning ikki betiga yoki ikki alohida sahifaga chop etishga to‘g‘ri keladi. Bundan ham yoqmaydigan jihati, bu matnni doimiy tarzda qisqartirish va tahrirlashdir.

Biroq Word’da buning uchun maxsus funksiya mavjud.
Algoritmi quyidagicha: ФайлПараметрыПанель быстрого доступаВыбрать команды из blokida Все команды’ni tanlaysiz → u yerda Сократить на страницу’ni izlab topasiz va Добавить’ni bosasiz.

Yuqoridagi harakatlar muvaffaqiyatli bajarilgan taqdirda, yuqoridagi tezkor murojaat etish panelida sahifani qisqartirish belgisi paydo bo‘ladi. Matnni belgilaysiz, belgi ustiga bosasiz — tayyor!

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija