IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android #ict_news

Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari 📱🆕

Google kompaniyasi kecha Android 11 tizimini yakuniy versiyada taqdim etgan va o‘zining Pixel smartfonlariga tarqata boshlagan. Xo‘sh, boshqa kompaniyalarning qaysi modellari ushbu apdeytni qabul qiladi?

AndroidCentral nashri turli kompaniyalarning yakuniy versiyadagi Android 11 operatsion tizimi asosidagi proshivkalarni qabul qilishi aniq bo‘lgan smartfonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular bilan quyida tanishamiz:

1️⃣. Samsung:
• Galaxy S10
• Galaxy S10+
• Galaxy S10e
• Galaxy S10 Lite
• Galaxy S20
• Galaxy S20+
• Galaxy S20 Ultra
• Galaxy Note 10
• Galaxy Note 10+
• Galaxy Note 20
• Galaxy Note 20 Ultra

2️⃣. OnePlus:
• OnePlus 8 Pro
• OnePlus 8
• OnePlus Nord
• OnePlus 7T Pro McLaren Edition
• OnePlus 7T Pro
• OnePlus 7T
• OnePlus 7 Pro 5G
• OnePlus 7 Pro
• OnePlus 7
• OnePlus 6T McLaren Edition
• OnePlus 6T
• OnePlus 6

3️⃣. Xiaomi:
• Xiaomi Mi 10
• Xiaomi Mi 10 Pro
• Xiaomi Mi 10 Youth Edition
• Xiaomi Mi Note 10
• Xiaomi Mi Note 10 Pro
• Xiaomi Mi Note 10 Lite
• Xiaomi Mi 9
• Xiaomi Mi 9 Pro 5G
• Xiaomi Mi 9 SE
• Xiaomi Mi 9 Lite
• Xiaomi Mi 9T
• Xiaomi Mi 9T Pro
• Xiaomi Mi A3
• Redmi K30 Pro
• Redmi K30
• Redmi K30 5G
• Redmi K30i 5G
• Redmi K20 Pro
• Redmi K20
• Redmi Note 9
• Redmi Note 9 Pro
• Redmi Note 9 Pro Max
• Redmi 10X Pro
• Redmi 10X 5G
• Redmi 9
• Redmi 9C
• Redmi 9A
• Poco F2 Pro
• Poco X2
• Poco M2 Pro

4️⃣. Oppo:
• Find X2
• Find X2 Pro
• Reno 3
• Reno 3 Pro

5️⃣. Realme:
• Realme X50 Pro 5G
• Realme X50 Pro
• Realme X50
• Realme X3
• Realme X2 Pro
• Realme X2
• Realme XT
• Realme X
• Realme 7 Pro
• Realme 7
• Realme 6 Pro
• Realme 6
• Realme 6i
• Realme 6S
• Realme 5
• Realme 5 Pro
• Realme 5i
• Realme 5s
• Realme 3 Pro
• Realme 3
• Realme Narzo 10
• Realme Narzo 10A

6️⃣. Huawei:
• Huawei P40 series
• Huawei P30 series
• Huawei Mate 30 series
• Huawei Mate 20 series
• Huawei Mate X/Xs

7️⃣. Motorola:
• Motorola Edge+
• Motorola Edge
• Motorola RAZR
• Moto G Stylus
• Moto G Power
• Moto G Fast
• Motorola One Fusion+
• Motorola One Hyper

8️⃣. LG:
• LG Velvet
• LG G8
• LG G8X
• LG V60
• LG V50
• LG V50S

9️⃣. Nokia:
• Nokia 9 PureView
• Nokia 8.3
• Nokia 8.1
• Nokia 7.2
• Nokia 6.2
• Nokia 5.3
• Nokia 4.2
• Nokia 2.3
• Nokia 1.3

Yuqoridagi ro‘yxatda ayrim smartfonlarning butun boshli turkumlari bitta bandda sanalganini hisobga olsak, jami 110 dan ortiq rusumdagi mobil qurilmalar Android 11 talqinigacha yangilanadi.

Yana bir jihatiga e’tibor bering: mazkur ro‘yxat to‘liq emas, ya’ni bular – o‘n birinchi avlod “yashil robotchali” tizimni qabul qilishi ANIQ bo‘lgan modellardir. Ishlab chiqaruvchilar bulardan boshqa smartfonlarini ham yangilashlari turgan gap.

O‘QING: Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#test #excel

To‘g‘ri mantiqiy ifodaning natijasi qanday bo‘ladi?
Anonymous Quiz
32%
ИСТИНА
18%
ДА
46%
ВЕРНО
4%
НЕВЕРНО
#operatsion_tizim #smartfon #android

Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish 📱🖥🖱

Buni “scrcpy” kengaytmasi yordamida ushbu ko‘rsatmaga ko‘ra amalga oshirish mumkin:

1. “scrcpy” kengaytmasi arxivini kompyuteringizga yuklab oling va arxivdan alohida papkaga ajrating.
2. O‘z Android’ingizda sozlamalarga o‘ting.
3. Pastga qarab tushing va “О телефоне” ustiga bosing.
4. Eng pastida o‘zingizdagi “Номер сборки”ni toping.
5. “Номер сборки” maydoni ustiga 7 marta ketma-ket bosing.
6. Buni amalga oshirganingizdan so‘ng “Теперь вы разработчик!” xabari yuzaga kelganini ko‘rasiz.
7. “Настройки”da “Параметры разработчика”ga kiring.
8. “Отладка по USB” opsiyasini yoqing.
9. Telefoningizni USB-kabel yordamida ulang.
10. Shaxsiy kompyuteringizda “scrcpy.exe” fayli ustiga ikki marta bosing.
11. Telefonda yuzaga kelgan “Разрешить отладку по USB?” xabarini tasdiqlang.
12. Android telefoningizning ekrani ishchi stolida oyna ko‘rinishida paydo bo‘ladi.

🏷 Izoh: Ushbu kengaytma faqat 64 razryadli Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar uchun mo‘ljallangan va 32 razryadli Windows'larda ishlamaydi.

Agar siz “scrcpy” kengaytmasini Android telefonisiz ishga tushirsangiz, sizga shunchaki xatolik to‘g‘risidagi xabar ko‘rsatiladi.

📌 Eslatma: Smartfon turi va proshivkasiga qarab, sozlamalarning joylashuvi va nomlanishi farqlanishi mumkin.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ilon Mask: Men inson miyasini kompyuterga ulamoqchiman.
Front-end dasturchi: 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Telegram’da xabarlarga tezkor javob berish 🚀

Messenjer javob berish satri bilan sizib chiquvchi bildirishnomalarni faollashtirish imkonini berishi mumkinligini bilasizmi?

Bunday bildirishnomalar boshqa ilovalarning ustidan va hattoki bloklangan ekranda ham yuzaga keladi. Siz bu bilan tezkor tarzda xabarning tarkibini ko‘rishingiz va Telegramni ochib o‘tirmasdan unga javob berishingiz mumkin.

Buning uchun “Настройки” - “Уведомления и звук”ga o‘ting, “Личные чаты” yoki “Группы” bo‘limini oching va “Всплывающие уведомления” opsiyasini yoqing.

Shuningdek istisnolar (исключения) bo‘limida ushbu funksiyani alohida chatlar uchun yoqish/o‘chirish mumkin.

📌 Ushbu tavsiya messenjerning mobil versiyasiga tegishli.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #smartfon #ict_news

Android 11’ning “shirin” nomi ma’lum bo‘ldi 🤖🍰

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining o‘ninchi avlodidan boshlab, ularni shirinliklar nomi bilan atashdan voz kechgan. Ungacha esa Android’ning har bir talqini turli shirinliklar nomi bilan atalib kelinardi: Gingerbread, Ice Cream Sandwich, Jelly Bean, KitKat, Lollipop, Marshmallow, Nougat, Oreo, Pie,...

Shunga qaramasdan, Google xodimlari operatsion tizimning yangi versiyalarini kompaniya ichida shirinliklar nomlari bilan atab kelishayotgan ekan. Bu xususda All About Android podkastida Android vitse-prezidenti Devid Berk aytib o‘tgan.

Unga ko‘ra, Android 11 talqinining “shirin” nomi Red Velvet Cake ekan. Bu – “Qizil baxmal” nomli tort turidir, deb yozadi XDA resursi.

Shuningdek, tizimning rasman “shirin” nomdan mahrum etilgan ilk talqini – Android 10 versiyasining ham “shirin” nomi aytilgan. Bu – Quince Tart nomli pirog ekan.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #tarmoq #internet

Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi? 📶🚫

Boshqa qurilmalar bilan Internet aloqasini baham ko‘rish uchun foydalanuvchilarga qurilmangizni Wi-Fi ulanish nuqtasiga aylantirishga imkon beradigan xususiyatni o‘chirib qo‘yishni istasangiz, unda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:

1. “Выполнить” oynasini ochish uchun “Win + R”ni bosing.
2. “Открыть” maydoniga “Regedit”ni kiriting.
3. Reyestr muharriri’ni ochish uchun “OK”ni bosing.
4. Reyestr muharririda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: “HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Policies\Microsoft\Windows\Network Connections”.
5. “NC_ShowSharedAccessUI” reyestri qiymatini 1 dan 0 ga o‘zgartiring.

Funksiya o‘chgan paytida, u avvalgidek “Сети и Интернет” sozlamalarida aks etib turadi, biroq uni yoqib yoki sozlab bo‘lmaydi.

🏷 Izoh: Ushbu funsiyani yoqish uchun shunchaki “NC_ShowSharedAccessUI” reyestri qiymatini 0 dan 1 ga o‘zgartiring va u yana faollashadi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish
Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
Windows 10’ga kirishda so‘raladigan parolni olib tashlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor #tarmoq

Korxonamizning tarmoq administratori hisoblanmish G‘ishmatning tushida... 😴💭

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #bilasizmi

Siz profilingiz uchun ilgari qo‘llagan har qanday rasm yoki videotasvirni qayta qo‘llashingiz mumkin.

Buning uchun akkaunt sozlamalaridagi profilingiz rasmi keltirilgan joyini oching, ilgari qo‘llanganlari orasidan kerakli rasmga o‘ting va uch nuqta orqali ochiluvchi menyudan “Сделать основной”ni tanlang.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#smartfon #android #maslahat

🏎 Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha video ko‘rsatma.

📍Izoh: Tajribasi bor foydanaluvchilar uchun, aks holda ushbu sozlamalar bilan ehtiyotkor bo‘lganingiz ma’qul!

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Hujjatning rezerv nusxasini avtomatik saqlash 📑

Agar siz katta fayllar bilan tez-tez ishlab tursangiz, tahrirlashlar kiritsangiz yoki shunchaki hujjatning bir nechta versiyalarini saqlashni istasangiz — rezerv nusxalarni saqlash opsiyasini faollashtiring.

Buning uchun quyidagi qadamlar amalga oshiriladi:

— 1-qadam
Menyu satridagi “Файл” varaqasi → ПараметрыДополнительно bo‘ylab o‘ting.

— 2-qadam
Сохранение
bo‘limida Всегда создавать резервную копию’ning qarshisiga maxsus belgini o‘rnating, tayyor.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Qaysi klavisha listdagi imloviy xatoliklarni tekshirish (проверка орфографии) uchun xizmat qiladi?
#internet #telegram #bilasizmi #maslahat

Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash 🔍

Hozirgi kunda aynan O‘zbekistonda Telegram messenjeri ancha ommabop, shu sababli uni to‘liq ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishni davom etamiz.

Bu messenjer faqat siz yozgan matnlarni jo‘natish uchun emas, balki kerakli kontentlarni saytlar orqali ham izlashi mumkin:

1️⃣. YouTube orqali izlash. Odatda biz, youtube.com saytiga kiramiz va kerakli videoni qidiruv tizimiga yozib uni topamiz. Endi siz bu saytga kirishingizni hojati yo‘q, bu ishni Telegram orqali bajarishingiz mumkin. Buning uchun matn yozadigan joyga @vid kalit so‘zi kiritiladi, bu orqali siz YouTube qidiruv tizimiga o‘tgan bo‘lasiz. So‘ngra kerakli video nomi yoziladi.
Misol uchun: @vid Windows operatsion tizimi haqida

2️⃣. Wikipedia orqali izlash. Bu saytning qanchalik katta kutubxona hisoblanishi barchaga ma’lum. Ushbu sayt orqali ko‘plab tushunchalarni o‘zlashtirishingiz mumkin. Telegram orqali ushbu saytning qidiruv tizimiga o‘tish uchun @wiki so‘zi yoziladi va bo‘sh joy tashlab, kerakli kalit so‘z kiritiladi. Bu holatda ingliz tilidagi qidiruv ishga tushadi, agar sizga ruscha qidiruv tizimi kerak bo‘lsa, ru so‘zini ham qo‘shib qo‘yishingiz kerak.
Misol uchun: @wiki ru процессор

Yana bir bor qaytarib o‘tamiz, Telegram messenjeri orqali YouTube va Wikipedia saytlarining qidiruv tizimiga o‘tish mumkin, buning uchun matn yozadigan joyga, mos ravishda @vid va @wiki so‘zlarini kiritish lozim. Davomiga esa nima kerakligini yozasiz. Yakuniy natijani esa URL-manzili ko‘rinishida olishingiz mumkin.

☝️Bu juda qulay imkoniyat, ham tez, ham qulay, ham vaqtingiz ancha tejaladi. Muammo bo‘lsa guruhga o‘ting.

📝 Manba: @planetait

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #it_humor

SQL-dasturchisi kunining odatiy boshlanishi... 💻

🎉 P.S.: Aytgancha, dasturchilar, biroz kech qolgan bo‘lsak-da bayramingiz bilan, yangi marralar, loyihalar sari olg‘a! ✊🏻

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

Stiv Jobs “Pixar” kompaniyasini 10 million dollarga sotib olgan va Disney kompaniyasiga 7,5 mlrd dollarga sotgan.

“Nega buncha qimmat”, degan savolga Stiv Jobs: “Men kompaniyaga qadriyat olib kirdim, qadriyatlar esa materiallardan ko‘ra doimo qimmat turgan”, deb javob bergan.

Har qanday kompaniya o‘z qadriyatlari va prinsiplarini yaratishi kerak, aks holda ichi qurib bitgan va faqat savlati qolgan daraxtdan farqi qolmaydi!

📝 Manba: @tentakminds

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #maslahat

Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi? 📱🔋😫

Akkumulyator hajmi kattalashgani sababli, smartfonlar energiya samaradorligi yaxshilanmoqda. Ammo haligacha akkumulyator avtonomlik vaqti ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun muammoli vaziyat bo‘lib qolmoqda.

Qani, ekran o‘chib qolmasidan oldin bu tavsiyalar bilan tanishib chiqamiz!

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

Dastlabki SMS-xabar 1992-yilda yuborilgan va u Rojdestvo bilan tabriklash matni bo‘lgan. 📱

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

⌨️ Kodimdagi izohlar (комментарии) taxminan ana shunday ko‘rinishda...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
top-100-websites-1200-2.jpg
679 KB
#bilasizmi #internet

Dunyo bo‘ylab eng ko‘p tashrif buyuriluvchi veb-saytlar infografikasi bilan tanishing (iyun oyi, 2019 y.)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija