IT specialist
9.69K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Dasturni oddiy 👈🏻 va 👉🏻 administrator nomidan ishga tushirish haqida qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak...

👉🏻 2-misol 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim

⌚️📅 Windows 7 operatsion tizimidagi vazifalar panelida vaqt va sana ko‘rinmay qolgan taqdirda bajariladigan ishlar ketma-ketligi aks etgan video ko‘rsatma.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

Android qurilmalarining aksariyatida “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasi qo‘shildi 📱🆕

Kerakli faylni tanlang va tizim uni qaysi qurilmalarga yuborishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.

Google kompaniyasi rasman, “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) yoki “Nearby Sharing” deb nomlangan Android qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus texnologiyani taqdim etdi.

U Android 6.0 va undan yuqori tizimdagi smartfonlarda mavjud bo‘lib, atrofingizdagi odamlar bilan fayllar, havolalar va rasmlarni tez ulashishga imkon beradi (alohida ilova ko‘rinishida qo‘lda o‘rnatilmaydi, yuqori panelda belgisi avtomatik qo‘shiladi).
Ushbu funksiya ishlashi uchun Wi-Fi, Bluetooth va mobil Internet ulanishidan foydalanishi mumkin.

Yuborish jarayoni juda oddiy: Biror ilovada faylni yoki havolani tanlagandan so‘ng, “Ulashish” (Поделиться) menyusini oching, “Yaqin-atrofga yuborish” belgisini bosing va qabul qiluvchini tanlang. Fayllarni qabul qiladigan qurilmada shu nomdagi elementni tanlang va keyin ochilgan xabarnomada “Qabul qilish” (Принять) tugmasini bosing.

“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi qanday faollashtiriladi?
1️⃣. Smartfoningizda Bluetooth va joylashuv (geolokatsiya)ni yoqing.
2️⃣. “Sozlamalar” (Настройки)ni oching.
3️⃣. Google -> Qurilma ulanishlari (Подключения устройства) -> Yaqin-atrofga yuborish (Обмен с окружением) -> Yoqish (Включить)ni tanlang.
4️⃣. “Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasini o‘chirish uchun “Sozlamalar” (Настройки) belgisini bosing va “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasini o‘chiring.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🐟 Ushbu akvarium bolalar chizgan rasmlarni raqamlashtiradi va ularni 3D modelidagi baliqlarga aylantiradi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #smartfon #android

“Ismlar ma’nosi” mobil ilovasi 👶🏻

Chiroyli dizayn va foydalanish uchun qulay bo‘lgan ilova orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz ismlarining to‘liq o‘zbek tilidagi ma’nolarini bilib oling:

🔅Ilovada 18000dan ortiq ismlarning o‘zbek tilidagi ma’nolari jamlangan;
🔅Ilova lotin va kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida ishlaydi;
🔅Bo‘lajak farzandingiz uchun ism tanlashda o‘g‘il bolalar ismlari va qiz bolalar ismlari bo‘limidan foydalanishingiz mumkin;
🔅Ilova orqali yaqinlaringiz ismlarini ularning ma’nolari bilan birgalikda chiroyli rasm ko‘rinishida hadya etishingiz mumkin.

📲 Ilovani ko‘chirib oling va yaqinlaringizga ham ulashing: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.ismlarmanosi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor #game

🙍🏻‍♀️ Onam: Telefoningdagi o‘yin o‘ynashni bas qilda, borib ko‘chani aynalib kel bolam!
👦🏻 Men ko‘chada: 🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #ict_news

Android 11’ga yangilanishi kutilayotgan 63 ta Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati e’lon qilindi. 📱🔄

• Galaxy A01
• Galaxy A10
• Galaxy A10e
• Galaxy A10s
• Galaxy A11
• Galaxy A20
• Galaxy A20e
• Galaxy A20s
• Galaxy A21
• Galaxy A21s
• Galaxy A30
• Galaxy A30s
• Galaxy A31
• Galaxy A40
• Galaxy A41
• Galaxy A42 5G
• Galaxy A50
• Galaxy A50s
• Galaxy A51
• Galaxy A51 5G
• Galaxy A60
• Galaxy A70
• Galaxy A70s
• Galaxy A71
• Galaxy A71 5G
• Galaxy A80
• Galaxy A8s
• Galaxy A90 5G

• Galaxy M01
• Galaxy M11
• Galaxy M21
• Galaxy M30s
• Galaxy M31
• Galaxy M40
• Galaxy M51

• Galaxy Xcover 4s
• Galaxy Xcover FieldPro
• Galaxy Xcover Pro
• Galaxy S10e/S10/S10+/S10 5G
• Galaxy S10 Lite

• Galaxy Note 10 / Note 10+
• Galaxy Note 10 Lite
• Galaxy Note 20/Note 20 Ultra
• Galaxy S20/S20+/S20 Ultra
• Galaxy Fold
• Galaxy Z Flip
• Galaxy Z Fold 2

• Galaxy Tab S5e
• Galaxy Tab S6
• Galaxy Tab S6 Lite
• Galaxy Tab S7/Tab S7+
• Galaxy Tab A7
• Galaxy Tab A 8.0 2019
• Galaxy Tab A 10.1 2019
• Galaxy Tab Active Pro

📍Yuqoridagi smartfonlar va planshetlarga Android 11 operatsion tizimi kompaniyaning yangi – One UI 3.0 grafik qobig‘i bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda. Lekin bular hozircha norasmiy ma’lumot ekanini eslatib o‘tamiz, Samsung hozircha bu borada o‘zi bayonot bermagan.

📝 Manba: @texnologiyait

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game

🧩 Numpuz — raqamlar va geometrik shakllar ishtirok etuvchi qiziqarli jumboqlar to‘plami. Android 4.4+. Reklama kesib tashlangan.

📎 Numpuz v3.9501 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Hujjatni ochish paytida so‘raladigan parolni o‘rnatish uchun vositalar qaysi menyu varaqa (вкладка)sida joylashgan?
#maslahat

👉 @tutorialsuz - axborot texnologiyalarining Web-dasturlash sohasiga oid boʻlgan professional bepul darslar platformasi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

Bunday gadjet nafaqat mashinaga, balki ofis yoki uydagi kompyuter kreslosi uchun ham juda mos tushadi, o‘zingizni Mersedes-Benz mashinasi o‘rindig‘ida o‘tirgandek his qilasiz. 😊

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #ict_news

Android 11 yakuniy versiyada chiqdi – ayrim smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatsa bo‘ladi! 📱🆕

Google iyun oyida Android 11 tizimini taqdim etib, sakkizta smartfon uchun uning ilk ommaviy beta-versiyasini tarqata boshlagan edi. Bugun – 9 sentyabrga o‘tar tunda esa kompaniya ushbu operatsion tizim talqinining barqaror yakuniy versiyasini chiqardi.

O‘QING: Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Xabarga ko‘ra, yangi tizimni Google Pixel smartfonlarining ikkinchi avlodidan boshlab barcha vakillariga o‘rnatish mumkin. Shu jumladan, Pixel 3a/3a XL va Pixel 4a kabi modelarga ham.

Android 11 versiyasida ko‘plab yangi funksiyalar va imkoniyatlar mavjud, ulardan asosiylari sifatida hozircha quyidagilarni sanab o‘tish mumkin. Avvalo, yangi operatsion tizimda chatlarning “pufakcha”lari paydo bo‘lgan – ular vositasida o‘sha chatlarga tezkor o‘tish mumkin. Qolaversa, endi smartfon ekranidan video yozib olish imkoni paydo bo‘lgan. Undagi quvvatlanish menyusida aqlli uy tizimlarini boshqarish belgichalari ham mavjud. Tabiiyki, yangi tizimning xavfsizlik darajasi ham oshirilgan.

Interfeys yuqorisidan tortib tushiriluvchi pardacha – shtorkada ayrim bildirishnoma turlariga ustunlik berib qo‘yish mumkin. Buning evaziga o‘sha turdagi bildirishnoma kelsa, Always On Display rejimida ekranda ko‘rinadi.

Endi Android 11 tizimli barcha smartfonlar simsiz Android Auto rejimini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Albatta, buning uchun avtomobilning o‘zi ham mazkur tizimni dasturiy ta’minot va apparat qismi darajasida qo‘llab-quvvatlashi lozim.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #security

⚡️ Diqqat, Telegram’da virus tarqalmoqda

Telegram’ning kanal va guruhlarida (.scr) kengaytmasiga ega bo‘lgan va xuddi fotosurat fayliga o‘xshash virus tarqalmoqda.

Foydalanuvchi uni bilmasdan ochib yuborishi natijasida smartfoni (kompyuteri)ga zararli dastur o‘rnatilishi, ma’lumotlar o‘g‘irlanishi yoki shunga o‘xshash noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilishi mumkin.

Shu tufayli foydalanuvchilarni quyidagi tavsiyalarga amal qilishlarini so‘raymiz:

Notanish odamlardan kelgan yoki kanallarda tarqalayotgan .scr kengaytmali faylni ochmang!

Telegram ilovasining sozlamasida “fayllarni avtomatik yuklash”ni taqiqlab qo‘ying!

📍Ogohsiz, demak hotirjamsiz, do‘stlaringizni ham ogohlantirishni unutmang!

📝 Manba: @MarkaziyTV

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #bilasizmi #dasturlash #freelance

“Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi 💻

Bugungi kunda “frilans” so‘zi tobora tez-tez uchramoqda. Uni deyarli barcha xodimlar yig‘ilishida, ayniqsa yoshlardan iboratlarida, shuningdek kompaniya, tashkilot va maktab o‘quvchilari, talabalar orasida ham quloqqa chalinib qoladi.

Bilmaydiganlar uchun frilans – bu odamni jismoniy va psixologik jihatdan cheklamaydigan o‘ziga xos onlayn ish platformasi. Frilanser – mustaqil mutaxassis bo‘lib, u dasturchi, kopirayter, tarjimon, dizayner va hatto advokat bo‘lishi mumkin.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi
“Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #smartfon #iOS #iPhone

📱 Yangi iPhone’larni 15 sentabr kuni kutib olamiz: Apple o‘zining asosiy kuzgi taqdimoti sanasini ma’lum qildi.

Boshlanishi — mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da.

📝 Manba: @NovostiUZ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram #telegramda_kanal_yuritish

Telegram’dagi shaxsiy yozishmalarda xabarlarni 48 soat mobaynida tahrirlash imkoniyati mavjud, Buning uchun xabar ustiga bosiladi va “Изменить” bandi tanlanadi. Tahrirlanganidan so‘ng matn ostidagi soat yonida “Изменено” tamg‘asi paydo bo‘ladi.

Telegram Desktop, ya’ni Telegram’ning kompyuter uchun versiyasida “Изменено” tamg‘asi ustiga sichqoncha olib borilganida matnning tahrirlangan vaqtini bilib olish mumkin.

Ilgari kanal va superguruhlarga joylashtirilgan postlar va matnlar bilan ham shunday cheklov mavjud edi, lekin hozirda bu cheklov butunlay olib tashlangan, bu esa kanal va superguruhlar administratorlari uchun xushxabar bo‘lgani aniq! 😊

📌 Telegram’dagi limitlar haqida ushbu postimizga biriktirilgan rasm orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #ict_news

Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari 📱🆕

Google kompaniyasi kecha Android 11 tizimini yakuniy versiyada taqdim etgan va o‘zining Pixel smartfonlariga tarqata boshlagan. Xo‘sh, boshqa kompaniyalarning qaysi modellari ushbu apdeytni qabul qiladi?

AndroidCentral nashri turli kompaniyalarning yakuniy versiyadagi Android 11 operatsion tizimi asosidagi proshivkalarni qabul qilishi aniq bo‘lgan smartfonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular bilan quyida tanishamiz:

1️⃣. Samsung:
• Galaxy S10
• Galaxy S10+
• Galaxy S10e
• Galaxy S10 Lite
• Galaxy S20
• Galaxy S20+
• Galaxy S20 Ultra
• Galaxy Note 10
• Galaxy Note 10+
• Galaxy Note 20
• Galaxy Note 20 Ultra

2️⃣. OnePlus:
• OnePlus 8 Pro
• OnePlus 8
• OnePlus Nord
• OnePlus 7T Pro McLaren Edition
• OnePlus 7T Pro
• OnePlus 7T
• OnePlus 7 Pro 5G
• OnePlus 7 Pro
• OnePlus 7
• OnePlus 6T McLaren Edition
• OnePlus 6T
• OnePlus 6

3️⃣. Xiaomi:
• Xiaomi Mi 10
• Xiaomi Mi 10 Pro
• Xiaomi Mi 10 Youth Edition
• Xiaomi Mi Note 10
• Xiaomi Mi Note 10 Pro
• Xiaomi Mi Note 10 Lite
• Xiaomi Mi 9
• Xiaomi Mi 9 Pro 5G
• Xiaomi Mi 9 SE
• Xiaomi Mi 9 Lite
• Xiaomi Mi 9T
• Xiaomi Mi 9T Pro
• Xiaomi Mi A3
• Redmi K30 Pro
• Redmi K30
• Redmi K30 5G
• Redmi K30i 5G
• Redmi K20 Pro
• Redmi K20
• Redmi Note 9
• Redmi Note 9 Pro
• Redmi Note 9 Pro Max
• Redmi 10X Pro
• Redmi 10X 5G
• Redmi 9
• Redmi 9C
• Redmi 9A
• Poco F2 Pro
• Poco X2
• Poco M2 Pro

4️⃣. Oppo:
• Find X2
• Find X2 Pro
• Reno 3
• Reno 3 Pro

5️⃣. Realme:
• Realme X50 Pro 5G
• Realme X50 Pro
• Realme X50
• Realme X3
• Realme X2 Pro
• Realme X2
• Realme XT
• Realme X
• Realme 7 Pro
• Realme 7
• Realme 6 Pro
• Realme 6
• Realme 6i
• Realme 6S
• Realme 5
• Realme 5 Pro
• Realme 5i
• Realme 5s
• Realme 3 Pro
• Realme 3
• Realme Narzo 10
• Realme Narzo 10A

6️⃣. Huawei:
• Huawei P40 series
• Huawei P30 series
• Huawei Mate 30 series
• Huawei Mate 20 series
• Huawei Mate X/Xs

7️⃣. Motorola:
• Motorola Edge+
• Motorola Edge
• Motorola RAZR
• Moto G Stylus
• Moto G Power
• Moto G Fast
• Motorola One Fusion+
• Motorola One Hyper

8️⃣. LG:
• LG Velvet
• LG G8
• LG G8X
• LG V60
• LG V50
• LG V50S

9️⃣. Nokia:
• Nokia 9 PureView
• Nokia 8.3
• Nokia 8.1
• Nokia 7.2
• Nokia 6.2
• Nokia 5.3
• Nokia 4.2
• Nokia 2.3
• Nokia 1.3

Yuqoridagi ro‘yxatda ayrim smartfonlarning butun boshli turkumlari bitta bandda sanalganini hisobga olsak, jami 110 dan ortiq rusumdagi mobil qurilmalar Android 11 talqinigacha yangilanadi.

Yana bir jihatiga e’tibor bering: mazkur ro‘yxat to‘liq emas, ya’ni bular – o‘n birinchi avlod “yashil robotchali” tizimni qabul qilishi ANIQ bo‘lgan modellardir. Ishlab chiqaruvchilar bulardan boshqa smartfonlarini ham yangilashlari turgan gap.

O‘QING: Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#test #excel

To‘g‘ri mantiqiy ifodaning natijasi qanday bo‘ladi?
Anonymous Quiz
32%
ИСТИНА
18%
ДА
46%
ВЕРНО
4%
НЕВЕРНО