IT specialist
9.69K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #iOS #android #iPhone #mulohaza_uchun

Smartfonlarning yildan-yilga kattalashib borishini to‘xtata olamizmi? 🤔

So‘nggi o‘n yildan buyon smartfonlar hajm jihatidan kattalashib bormoqda, ammo ularni ishlatadigan qo‘llarimiz kattalashayotgani yo‘q. Qizig‘-a?! Keling, quyida Android Authority sayti kolumnisti Saymon Xillning shaxsiy fikrlarini keltirish asnosida shu haqda suhbatlashamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (1-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (2-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (3-qism).

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

Xonaki o‘simliklarni parvarish qiluvchi va ular uchun doimo quyoshli joylarni izlab yuruvchi ajoyib robot-bog‘bon.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat

Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish 🗓

Odatda, Windows operatsion tizimining quyi o‘ng tomonida soat va sana ko‘rinib turadi, misol uchun:
19:10
04.09.2020

Biz shu ma’lumotga hafta kunlarini ham qo‘shishni ko‘rib chiqamiz, ba’zan shu ma’lumot ham kerak bo‘lib qoladi. Windows operatsion tizimida qaysi tilni o‘rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.

Hafta kunlarini 2 xil ko‘rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan (Чт) va to‘liq (четверг).

Ko‘pchilik tizimni rus tilida o‘rnatganligi sababli, hafta kunlarining o‘zbekcha tarjimasini eslatib o‘tamiz:
Dushanba - Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)

Soat oldida qo‘shimcha hafta kunini chiqarish uchun quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:
1️⃣. Win + Rcontrol va Enter yoki ПускПанель управления;
2️⃣. Ochiluvchi menyu yoki oynadan “Региональные стандарты” tanlanadi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning quyi qismidagi “Дополнительные параметры” tugmasi bosiladi.
4️⃣. Yuqorida oxirgi turgan “Дата” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.
5️⃣. “Форматы даты” bo‘limidagi “Краткая дата:” qarshisidagi maydonga quyidagini kiritamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To‘liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6️⃣. “Применить” va “OK” tugmalari bosiladi.

Shundan so‘ng vaqt va sana haqidagi ma’lumot bilan birga – hafta kunlari ham ko‘rinib turadi. 😉

☝️Windows 10 operatsion tizimida tekshirildi.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash;
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun #bilasizmi

Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi 🎉

Bugun kimga internetda nima kerak bo‘lsa, uni qidirish uchun albatta Google saytidan foydalanadi. Shubhasiz, internetni Google’siz deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozir bundan yigirma ikki yil oldin, 1998-yil 4-sentabr kuni paydo bo‘lgan Google’dan muvaffaqiyatliroq kompaniyani ham tasavvur qilish qiyin. “Daryo” sana munosabati bilan Google tarixi va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar;
Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida;
Djeff Bezos haqida postlar;
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #maslahat

Smartfondagi bu sozlamalarga tegmang! 📱⚙️

Smartfon sozlamalari bilan ishlashda ehtiyotkorlik zarar qilmaydi, ayniqsa, tushunmagan narsangizni o‘zgartirishga urinmang. Masalan, SIM-karta sozlamalarini bilib-bilmay o‘zgartirish aloqa va internet sifatining pasayishidan tortib, butunlay yo‘qolishigacha olib keladi, dedi “Sinergiya” universiteti axborot texnologiyalari instituti direktori Stanislav Kosarev “Praym”ga bergan intervyusida.

📍Ekspert: “Sozlamalar orqali smartfon buzilmagani bilan uning ish sifati buzilishi mumkin”.

Avvalo, telefonning SIM-kartasi sozlamalariga kirish tavsiya etilmaydi. Qilayotgan o‘zgartirishlaringiz to‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, mutaxassisga quloq tuting. Aks holda, noto‘g‘ri o‘zgartirishlar ovozli va internet aloqasi batamom yo‘qolishiga olib keladiki, keyin o‘z holiga qaytarish uchun ko‘p vaqtingiz ketadi. Aksariyat operatorlar SIM-karta menyusiga kiritadigan pulli xizmatlarga obuna bo‘lishda ham xuddi shunday: avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

“Maxsus imkoniyatlar, masalan, ko‘rish qobiliyati past insonlar uchun rejim mavjud. Undan noto‘g‘ri foydalansangiz telefonning interfeysi o‘zgarib qoladi, bunda ham avvalgi holatiga qaytarish uchun ko‘p urinishingizga to‘g‘ri keladi”, — ogohlantirdi Kosarev.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

📹 Simmetriya muxlislari uchun dron yordamida olingan ajoyib tasvir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#word #bilasizmi

Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin? 📄

Hujjat bilan ishlagan paytingizda ba’zida shunday holat yuzaga keladiki, matnning bir bo‘lagini albomli sahifa ko‘rinishiga o‘zgartirib, qolgan matnni kitobli sahifa ko‘rinishda qoldirishga to‘g‘ri keladi.

Buning uchun ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Kerakli abzats(lar), jadval, ro‘yxat elementi, xullas matn qatnashgan fragmentni dastlab belgilab oling, so‘ngra “Макет”“Параметры страницы”ga o‘ting.

— 2-qadam
Kerakli sahifa ko‘rinishini tanlang (bizning holatimizda — albomli).

— 3-qadam
Muloqot oynasi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Применить к выделенному тексту” bandini tanlang va “OK” tugmasini bosing.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Dasturni oddiy 👈🏻 va 👉🏻 administrator nomidan ishga tushirish haqida qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak...

👉🏻 2-misol 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim

⌚️📅 Windows 7 operatsion tizimidagi vazifalar panelida vaqt va sana ko‘rinmay qolgan taqdirda bajariladigan ishlar ketma-ketligi aks etgan video ko‘rsatma.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

Android qurilmalarining aksariyatida “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasi qo‘shildi 📱🆕

Kerakli faylni tanlang va tizim uni qaysi qurilmalarga yuborishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.

Google kompaniyasi rasman, “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) yoki “Nearby Sharing” deb nomlangan Android qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus texnologiyani taqdim etdi.

U Android 6.0 va undan yuqori tizimdagi smartfonlarda mavjud bo‘lib, atrofingizdagi odamlar bilan fayllar, havolalar va rasmlarni tez ulashishga imkon beradi (alohida ilova ko‘rinishida qo‘lda o‘rnatilmaydi, yuqori panelda belgisi avtomatik qo‘shiladi).
Ushbu funksiya ishlashi uchun Wi-Fi, Bluetooth va mobil Internet ulanishidan foydalanishi mumkin.

Yuborish jarayoni juda oddiy: Biror ilovada faylni yoki havolani tanlagandan so‘ng, “Ulashish” (Поделиться) menyusini oching, “Yaqin-atrofga yuborish” belgisini bosing va qabul qiluvchini tanlang. Fayllarni qabul qiladigan qurilmada shu nomdagi elementni tanlang va keyin ochilgan xabarnomada “Qabul qilish” (Принять) tugmasini bosing.

“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi qanday faollashtiriladi?
1️⃣. Smartfoningizda Bluetooth va joylashuv (geolokatsiya)ni yoqing.
2️⃣. “Sozlamalar” (Настройки)ni oching.
3️⃣. Google -> Qurilma ulanishlari (Подключения устройства) -> Yaqin-atrofga yuborish (Обмен с окружением) -> Yoqish (Включить)ni tanlang.
4️⃣. “Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasini o‘chirish uchun “Sozlamalar” (Настройки) belgisini bosing va “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasini o‘chiring.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🐟 Ushbu akvarium bolalar chizgan rasmlarni raqamlashtiradi va ularni 3D modelidagi baliqlarga aylantiradi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #smartfon #android

“Ismlar ma’nosi” mobil ilovasi 👶🏻

Chiroyli dizayn va foydalanish uchun qulay bo‘lgan ilova orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz ismlarining to‘liq o‘zbek tilidagi ma’nolarini bilib oling:

🔅Ilovada 18000dan ortiq ismlarning o‘zbek tilidagi ma’nolari jamlangan;
🔅Ilova lotin va kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida ishlaydi;
🔅Bo‘lajak farzandingiz uchun ism tanlashda o‘g‘il bolalar ismlari va qiz bolalar ismlari bo‘limidan foydalanishingiz mumkin;
🔅Ilova orqali yaqinlaringiz ismlarini ularning ma’nolari bilan birgalikda chiroyli rasm ko‘rinishida hadya etishingiz mumkin.

📲 Ilovani ko‘chirib oling va yaqinlaringizga ham ulashing: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mobiler.ismlarmanosi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #IT_humor #game

🙍🏻‍♀️ Onam: Telefoningdagi o‘yin o‘ynashni bas qilda, borib ko‘chani aynalib kel bolam!
👦🏻 Men ko‘chada: 🙄

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #ict_news

Android 11’ga yangilanishi kutilayotgan 63 ta Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati e’lon qilindi. 📱🔄

• Galaxy A01
• Galaxy A10
• Galaxy A10e
• Galaxy A10s
• Galaxy A11
• Galaxy A20
• Galaxy A20e
• Galaxy A20s
• Galaxy A21
• Galaxy A21s
• Galaxy A30
• Galaxy A30s
• Galaxy A31
• Galaxy A40
• Galaxy A41
• Galaxy A42 5G
• Galaxy A50
• Galaxy A50s
• Galaxy A51
• Galaxy A51 5G
• Galaxy A60
• Galaxy A70
• Galaxy A70s
• Galaxy A71
• Galaxy A71 5G
• Galaxy A80
• Galaxy A8s
• Galaxy A90 5G

• Galaxy M01
• Galaxy M11
• Galaxy M21
• Galaxy M30s
• Galaxy M31
• Galaxy M40
• Galaxy M51

• Galaxy Xcover 4s
• Galaxy Xcover FieldPro
• Galaxy Xcover Pro
• Galaxy S10e/S10/S10+/S10 5G
• Galaxy S10 Lite

• Galaxy Note 10 / Note 10+
• Galaxy Note 10 Lite
• Galaxy Note 20/Note 20 Ultra
• Galaxy S20/S20+/S20 Ultra
• Galaxy Fold
• Galaxy Z Flip
• Galaxy Z Fold 2

• Galaxy Tab S5e
• Galaxy Tab S6
• Galaxy Tab S6 Lite
• Galaxy Tab S7/Tab S7+
• Galaxy Tab A7
• Galaxy Tab A 8.0 2019
• Galaxy Tab A 10.1 2019
• Galaxy Tab Active Pro

📍Yuqoridagi smartfonlar va planshetlarga Android 11 operatsion tizimi kompaniyaning yangi – One UI 3.0 grafik qobig‘i bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda. Lekin bular hozircha norasmiy ma’lumot ekanini eslatib o‘tamiz, Samsung hozircha bu borada o‘zi bayonot bermagan.

📝 Manba: @texnologiyait

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #game

🧩 Numpuz — raqamlar va geometrik shakllar ishtirok etuvchi qiziqarli jumboqlar to‘plami. Android 4.4+. Reklama kesib tashlangan.

📎 Numpuz v3.9501 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Hujjatni ochish paytida so‘raladigan parolni o‘rnatish uchun vositalar qaysi menyu varaqa (вкладка)sida joylashgan?
#maslahat

👉 @tutorialsuz - axborot texnologiyalarining Web-dasturlash sohasiga oid boʻlgan professional bepul darslar platformasi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija