#smartfon #android
📽 ADV Screen Recorder — ekrandan videoni yozib olish uchun ilg‘or ilova. Yozib olish paytida ekranda rasm chizish funksiyalari mavjud.
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📽 ADV Screen Recorder — ekrandan videoni yozib olish uchun ilg‘or ilova. Yozib olish paytida ekranda rasm chizish funksiyalari mavjud.
Pro-versiya.
📎 ADV Screen Recorder Pro v4.3.1 mobil ilovasini yuklab olish.📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish 🚫
Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini o‘rnatdingiz.
Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.
Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.
Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!
Buning uchun klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida
Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz:
📎 Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. 👇🏻
ℹ️ Kanalga Internet rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish 🚫
Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini o‘rnatdingiz.
Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.
Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.
Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!
Buning uchun klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida
regedit buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz.Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz:
HKEY_CURRENT_USER → Software → DownloadManager → LstCheck (REG_SZ) → oynachadagi kodni 31/12/99’ga o‘zgartirasiz → “OK”ni bosasiz.📎 Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. 👇🏻
ℹ️ Kanalga Internet rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel #operatsion_tizim
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi? 🧮
Agar siz dasturning o‘zidan turib, bevosita kalyulyatorga murojaat etmoqchi bo‘lsangiz — quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:
— 1-qadam
Menyu tasmasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan Настройка ленты... bandini tanlang.
— 2-qadam
Ochilgan oynadagi Настроить ленту bo‘limidagi Выбрать команды: bandi ostida Команды не на ленте’ni ko‘rsating va ushbu ro‘yxatdan kalkulyatorni toping.
— 3-qadam
Добавить (o‘ngda), so‘ngra OK tugmalarini bosing.
Tayyor, endi bosh sahifaning o‘zida turaturib, kalkulyatorni ochishingiz mumkin. 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri

👍1
#mulohaza_uchun #it_humor
👨🏻🏫 “Sen oliy ma’lumotsiz yuqori maoshli ishga erisha olmaysan!”.
📍

• Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi

O‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlagan dasturchilar bu payt: 👆🏻ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
🎽 Abs 21 – 21 kun ichida press ustida ishlashni istagan har qayday havaskor uchun tayyor mashqlardan iborat qulay to‘plam. Mashq qilish tarixi va taqvimi. Animatsion illyustratsiyalar.
📎 Abs 21 v2.2.0.0 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• 7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
• RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
• Fitify Workouts mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz! ⚙️💡
Google brauzeri kompyuteringiz yoki noutbukingizni “og‘irlashtirib” tashlashining oldini olishdagi ikkita samarali usul bilan tanishing. Ikkinchisi sizni hatto og‘ir reklamalardan ham qutqaradi.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish;
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli;
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши).

#mulohaza_uchun
“Italiyaliklarning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlari, iqtisodiyotni raqamlashtirish...” Arduino kompaniyasidagi amaliyotchi hamyurtimiz bilan suhbat 👨🏻🎓
Navbatdagi suhbatdoshimiz Nodir Yusufov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlagan. Bugungi kunda Italiya Respublikasidagi Turin politexnika universiteti “Muhandislikda boshqaruv” yo‘nalishi magistratura bosqichida tahsil oladi.

Dasturchilar serverga ulana olmagan paytlari odatda yuqoridagi kabi ikki toifaga bo‘linadi. 🙄

#smartfon #iOS #android #iPhone #mulohaza_uchun
Smartfonlarning yildan-yilga kattalashib borishini to‘xtata olamizmi? 🤔
So‘nggi o‘n yildan buyon smartfonlar hajm jihatidan kattalashib bormoqda, ammo ularni ishlatadigan qo‘llarimiz kattalashayotgani yo‘q. Qizig‘-a?! Keling, quyida Android Authority sayti kolumnisti Saymon Xillning shaxsiy fikrlarini keltirish asnosida shu haqda suhbatlashamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (1-qism);
• Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (2-qism);
• Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (3-qism).

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #internet #mulohaza_uchun
Brauzerlar va ularning bozordagi ulushi, 1994–2019 📊
📝 Manba
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Brauzerlar va ularning bozordagi ulushi, 1994–2019 📊
📝 Manba
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya
Xonaki o‘simliklarni parvarish qiluvchi va ular uchun doimo quyoshli joylarni izlab yuruvchi ajoyib robot-bog‘bon.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Xonaki o‘simliklarni parvarish qiluvchi va ular uchun doimo quyoshli joylarni izlab yuruvchi ajoyib robot-bog‘bon.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish 🗓
Odatda, Windows operatsion tizimining quyi o‘ng tomonida soat va sana ko‘rinib turadi, misol uchun:
Hafta kunlarini 2 xil ko‘rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan
Ko‘pchilik tizimni rus tilida o‘rnatganligi sababli, hafta kunlarining o‘zbekcha tarjimasini eslatib o‘tamiz:
Dushanba -
1️⃣. Win + R → control va Enter yoki Пуск → Панель управления;
2️⃣. Ochiluvchi menyu yoki oynadan “Региональные стандарты” tanlanadi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning quyi qismidagi “Дополнительные параметры” tugmasi bosiladi.
4️⃣. Yuqorida oxirgi turgan “Дата” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.
5️⃣. “Форматы даты” bo‘limidagi “Краткая дата:” qarshisidagi maydonga quyidagini kiritamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To‘liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6️⃣. “Применить” va “OK” tugmalari bosiladi.
Shundan so‘ng vaqt va sana haqidagi ma’lumot bilan birga – hafta kunlari ham ko‘rinib turadi. 😉
☝️Windows 10 operatsion tizimida tekshirildi.
📝 Manba: @planetait
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash;
• Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish 🗓
Odatda, Windows operatsion tizimining quyi o‘ng tomonida soat va sana ko‘rinib turadi, misol uchun:
19:10
04.09.2020
Biz shu ma’lumotga hafta kunlarini ham qo‘shishni ko‘rib chiqamiz, ba’zan shu ma’lumot ham kerak bo‘lib qoladi. Windows operatsion tizimida qaysi tilni o‘rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.Hafta kunlarini 2 xil ko‘rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan
(Чт) va to‘liq (четверг).Ko‘pchilik tizimni rus tilida o‘rnatganligi sababli, hafta kunlarining o‘zbekcha tarjimasini eslatib o‘tamiz:
Dushanba -
Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)
Soat oldida qo‘shimcha hafta kunini chiqarish uchun quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:1️⃣. Win + R → control va Enter yoki Пуск → Панель управления;
2️⃣. Ochiluvchi menyu yoki oynadan “Региональные стандарты” tanlanadi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning quyi qismidagi “Дополнительные параметры” tugmasi bosiladi.
4️⃣. Yuqorida oxirgi turgan “Дата” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.
5️⃣. “Форматы даты” bo‘limidagi “Краткая дата:” qarshisidagi maydonga quyidagini kiritamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To‘liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6️⃣. “Применить” va “OK” tugmalari bosiladi.
Shundan so‘ng vaqt va sana haqidagi ma’lumot bilan birga – hafta kunlari ham ko‘rinib turadi. 😉
☝️Windows 10 operatsion tizimida tekshirildi.
📝 Manba: @planetait
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash;
• Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun #bilasizmi
Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi 🎉
Bugun kimga internetda nima kerak bo‘lsa, uni qidirish uchun albatta Google saytidan foydalanadi. Shubhasiz, internetni Google’siz deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozir bundan yigirma ikki yil oldin, 1998-yil 4-sentabr kuni paydo bo‘lgan Google’dan muvaffaqiyatliroq kompaniyani ham tasavvur qilish qiyin. “Daryo” sana munosabati bilan Google tarixi va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Bill Geyts haqida postlar;
• Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida;
• Djeff Bezos haqida postlar;
• Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar.

#smartfon #maslahat
Smartfondagi bu sozlamalarga tegmang! 📱⚙️
Smartfon sozlamalari bilan ishlashda ehtiyotkorlik zarar qilmaydi, ayniqsa, tushunmagan narsangizni o‘zgartirishga urinmang. Masalan, SIM-karta sozlamalarini bilib-bilmay o‘zgartirish aloqa va internet sifatining pasayishidan tortib, butunlay yo‘qolishigacha olib keladi, dedi “Sinergiya” universiteti axborot texnologiyalari instituti direktori Stanislav Kosarev “Praym”ga bergan intervyusida.
📍Ekspert: “Sozlamalar orqali smartfon buzilmagani bilan uning ish sifati buzilishi mumkin”.
Avvalo, telefonning SIM-kartasi sozlamalariga kirish tavsiya etilmaydi. Qilayotgan o‘zgartirishlaringiz to‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, mutaxassisga quloq tuting. Aks holda, noto‘g‘ri o‘zgartirishlar ovozli va internet aloqasi batamom yo‘qolishiga olib keladiki, keyin o‘z holiga qaytarish uchun ko‘p vaqtingiz ketadi. Aksariyat operatorlar SIM-karta menyusiga kiritadigan pulli xizmatlarga obuna bo‘lishda ham xuddi shunday: avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
“Maxsus imkoniyatlar, masalan, ko‘rish qobiliyati past insonlar uchun rejim mavjud. Undan noto‘g‘ri foydalansangiz telefonning interfeysi o‘zgarib qoladi, bunda ham avvalgi holatiga qaytarish uchun ko‘p urinishingizga to‘g‘ri keladi”, — ogohlantirdi Kosarev.
📝 Manba: Xabar.uz

#mulohaza_uchun #texnologiya
📹 Simmetriya muxlislari uchun dron yordamida olingan ajoyib tasvir.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
📹 Simmetriya muxlislari uchun dron yordamida olingan ajoyib tasvir.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#word #bilasizmi
Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin? 📄
Hujjat bilan ishlagan paytingizda ba’zida shunday holat yuzaga keladiki, matnning bir bo‘lagini albomli sahifa ko‘rinishiga o‘zgartirib, qolgan matnni kitobli sahifa ko‘rinishda qoldirishga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun ushbu ko‘rsatmaga amal qiling:
— 1-qadam
Kerakli abzats(lar), jadval, ro‘yxat elementi, xullas matn qatnashgan fragmentni dastlab belgilab oling, so‘ngra “Макет” → “Параметры страницы”ga o‘ting.
— 2-qadam
Kerakli sahifa ko‘rinishini tanlang (bizning holatimizda — albomli).
— 3-qadam
Muloqot oynasi ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan “Применить к выделенному тексту” bandini tanlang va “OK” tugmasini bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

#bilasizmi #internet
YouTube’da o‘z kanalingizni yaratishingiz uchun batafsil qo‘llanma🧾📽
Qani, videokanal ochishni hoziroq boshlaymizmi? Buning uchun siz professional bo‘lishingiz ham shartmas, videokamera ham kerak bo‘lmaydi, yana pul topish ham mumkin...
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Youtube.com saytidan videoni yuklab olish
• Google siz haqingizda nimalarni biladi?
• YouTube qaynoq klavishlari
• Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi?
• Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi
• YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun qancha vaqt ketadi?
• YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan yulduzlari qancha mablag‘ to‘plashdi va buni qanday sarf qilishni maqsad qilishdi?
• YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!
• Videomontaj oson bo‘lishi kerakmi?
• Telegram orqali YouTube'dan media fayllarni yuklab olish uchun botlar ro‘yxati
• Snaptube ilovasi
• "Kompyuter Akademiyasi" YouTube-kanali

#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor
Dasturni oddiy 👈🏻 va 👉🏻 administrator nomidan ishga tushirish haqida qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak...
👉🏻 2-misol 😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Dasturni oddiy 👈🏻 va 👉🏻 administrator nomidan ishga tushirish haqida qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak...
👉🏻 2-misol 😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizim
⌚️📅 Windows 7 operatsion tizimidagi vazifalar panelida vaqt va sana ko‘rinmay qolgan taqdirda bajariladigan ishlar ketma-ketligi aks etgan video ko‘rsatma.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
⌚️📅 Windows 7 operatsion tizimidagi vazifalar panelida vaqt va sana ko‘rinmay qolgan taqdirda bajariladigan ishlar ketma-ketligi aks etgan video ko‘rsatma.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
Android qurilmalarining aksariyatida “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasi qo‘shildi 📱🆕
Kerakli faylni tanlang va tizim uni qaysi qurilmalarga yuborishingiz mumkinligini ko‘rsatadi.
Google kompaniyasi rasman, “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) yoki “Nearby Sharing” deb nomlangan Android qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus texnologiyani taqdim etdi.
U Android 6.0 va undan yuqori tizimdagi smartfonlarda mavjud bo‘lib, atrofingizdagi odamlar bilan fayllar, havolalar va rasmlarni tez ulashishga imkon beradi (alohida ilova ko‘rinishida qo‘lda o‘rnatilmaydi, yuqori panelda belgisi avtomatik qo‘shiladi).
Ushbu funksiya ishlashi uchun Wi-Fi, Bluetooth va mobil Internet ulanishidan foydalanishi mumkin.
Yuborish jarayoni juda oddiy: Biror ilovada faylni yoki havolani tanlagandan so‘ng, “Ulashish” (Поделиться) menyusini oching, “Yaqin-atrofga yuborish” belgisini bosing va qabul qiluvchini tanlang. Fayllarni qabul qiladigan qurilmada shu nomdagi elementni tanlang va keyin ochilgan xabarnomada “Qabul qilish” (Принять) tugmasini bosing.
“Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasi qanday faollashtiriladi?
1️⃣. Smartfoningizda Bluetooth va joylashuv (geolokatsiya)ni yoqing.
2️⃣. “Sozlamalar” (Настройки)ni oching.
3️⃣. Google -> Qurilma ulanishlari (Подключения устройства) -> Yaqin-atrofga yuborish (Обмен с окружением) -> Yoqish (Включить)ni tanlang.
4️⃣. “Yaqin-atrofga yuborish” funksiyasini o‘chirish uchun “Sozlamalar” (Настройки) belgisini bosing va “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasini o‘chiring.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ