IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish

Telegram'da yoki Telegram-da? 🤔

Matningiz kirill alifbosida bo‘lsayu, gapda lotin alifbosida yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlar ham ishtirok etsa va ularga qo‘shimcha qo‘shilsa, ya’ni bir so‘zda ham lotin, ham kirill alifbosi qatnashsa, qanday yo‘l tutiladi? Bu lotin alifbosidagi atama va nomlarga lotin alifbosidagi harflarni qo‘shib yozishga ham birdek taalluqlidir.

❗️Bunday hollarda apostrof ishlatiladi.

Apostrof (’) — bu o‘zbek lotin alifbosida tutuq belgisi deyiladigan, ko‘rinishi teshigi bo‘yalgan va satrning yuqori qismida joylashgan 9 raqamiga o‘xshagan belgidir: aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, sanʼat.

⌨️ Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish: Alt + 0146

Bu belgining mana bunday (') bosma shakli ham bor. Bir so‘zda ikki alifboni ajratish uchun shaxsan men belgining aynan shu shaklini ishlatishni ma’qul ko‘raman.

⌨️ Kompyuter klaviaturasida belgining bosma shaklini chiqarish uchun: Alt + 39

📍 Microsoft Word dasturida Alt + 0146 va Alt + 39 klaviatura birikmalari orqali ushbu simvollarni kiritishda ular o‘rtasidagi farq sezilmaydi, biroq Telegram'ning o‘zi yordamida matn kiritilganida buni darhol sezish mumkin, bunday belgilarga ahamiyat berish uchun Telegram Desktop dasturi sozlamalarida uning masshtabini mos tarzda oshirib olish tavsiya etiladi.

Misollar:
Telegram'dagi kanal
Mening E-mail'im
Coca-Cola'dan taklif
Instagram'dan foydalanish

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Aslida, bu kabi xorijiy so‘zlar turlanmasligi kerak, lekin texnologik taraqqiyot zamoni o‘z talablarini ilgari surmoqda.

Yuqoridagi misollar quyidagicha yozilishi til normalariga mos keladi:
Telegram messenjeridagi kanal
Mening E-mail manzilim
Coca-Cola kompaniyasidan taklif
Instagram ilovasidan foydalanish

📝 Manba: @xatoliklar

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Chiziqchaning turlari.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #bilasizmi

🏓 Stol tennisini mashq qilish uchun tezkor o‘quv mashinasi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🏞 DiskDigger - o‘chirib yuborilgan rasmlarni tiklaydigan ilova.

📎 DiskDigger Pro v1.0 mobil ilovasini yuklab olish.

❗️Yagona “Начать простой поиск изображений” tugmasi bosiladi va kutiladi. Tiklash mumkin bo‘lgan rasmlarning mini nusxasini ko‘rsatadi.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Formulalarni topish, tanlash va qo‘llash uchun xizmat qiluvchi “Вставка функции” oynasini tezkor chaqirish uchun qaysi klavishlar birikmasi bosiladi?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #it_darslar #hardware

Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz (2-qism) ⌨️

Bir necha kun oldin klaviaturaga qaramay matn terish haqidagi maqolamizning birinchi qismini e’lon qilgan edik. Umid qilamizki, maqola sizga manzur bo‘lgan. Endi esa birinchi qismning davomini — barmoqlar joylashuvini mashq qilishga bag‘ishlangan ikkinchi qismni taqdim qilamiz. Boshladik!

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
Punto Switcher dasturi
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar mundarijasi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

📽 ADV Screen Recorder — ekrandan videoni yozib olish uchun ilg‘or ilova. Yozib olish paytida ekranda rasm chizish funksiyalari mavjud. Pro-versiya.

📎 ADV Screen Recorder Pro v4.3.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish 🚫

Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini o‘rnatdingiz.

Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.

Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.

Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!

Buning uchun klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz.

Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz: HKEY_CURRENT_USER → Software → DownloadManager → LstCheck (REG_SZ) oynachadagi kodni 31/12/99’ga o‘zgartirasiz → “OK”ni bosasiz.

📎 Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Kanalga Internet rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel #operatsion_tizim

Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi? 🧮

Agar siz dasturning o‘zidan turib, bevosita kalyulyatorga murojaat etmoqchi bo‘lsangiz — quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:

— 1-qadam
Menyu tasmasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va yuzaga keluvchi ro‘yxatdan Настройка ленты... bandini tanlang.

— 2-qadam
Ochilgan oynadagi Настроить ленту bo‘limidagi Выбрать команды: bandi ostida Команды не на ленте’ni ko‘rsating va ushbu ro‘yxatdan kalkulyatorni toping.

— 3-qadam
Добавить (o‘ngda), so‘ngra OK tugmalarini bosing.

Tayyor, endi bosh sahifaning o‘zida turaturib, kalkulyatorni ochishingiz mumkin. 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #it_humor

👨🏻‍🏫 “Sen oliy ma’lumotsiz yuqori maoshli ishga erisha olmaysan!”.

📍O‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlagan dasturchilar bu payt: 👆🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎽 Abs 21 – 21 kun ichida press ustida ishlashni istagan har qayday havaskor uchun tayyor mashqlardan iborat qulay to‘plam. Mashq qilish tarixi va taqvimi. Animatsion illyustratsiyalar.

📎 Abs 21 v2.2.0.0 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
7 Minute Workout v9.4.5 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat

Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz! ⚙️💡

Google brauzeri kompyuteringiz yoki noutbukingizni “og‘irlashtirib” tashlashining oldini olishdagi ikkita samarali usul bilan tanishing. Ikkinchisi sizni hatto og‘ir reklamalardan ham qutqaradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish;
Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli;
Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши).

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

“Italiyaliklarning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlari, iqtisodiyotni raqamlashtirish...” Arduino kompaniyasidagi amaliyotchi hamyurtimiz bilan suhbat 👨🏻‍🎓

Navbatdagi suhbatdoshimiz Nodir Yusufov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini tamomlagan. Bugungi kunda Italiya Respublikasidagi Turin politexnika universiteti “Muhandislikda boshqaruv” yo‘nalishi magistratura bosqichida tahsil oladi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Dasturchilar serverga ulana olmagan paytlari odatda yuqoridagi kabi ikki toifaga bo‘linadi. 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #iOS #android #iPhone #mulohaza_uchun

Smartfonlarning yildan-yilga kattalashib borishini to‘xtata olamizmi? 🤔

So‘nggi o‘n yildan buyon smartfonlar hajm jihatidan kattalashib bormoqda, ammo ularni ishlatadigan qo‘llarimiz kattalashayotgani yo‘q. Qizig‘-a?! Keling, quyida Android Authority sayti kolumnisti Saymon Xillning shaxsiy fikrlarini keltirish asnosida shu haqda suhbatlashamiz.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (1-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (2-qism);
Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar (3-qism).

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

Xonaki o‘simliklarni parvarish qiluvchi va ular uchun doimo quyoshli joylarni izlab yuruvchi ajoyib robot-bog‘bon.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat

Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish 🗓

Odatda, Windows operatsion tizimining quyi o‘ng tomonida soat va sana ko‘rinib turadi, misol uchun:
19:10
04.09.2020

Biz shu ma’lumotga hafta kunlarini ham qo‘shishni ko‘rib chiqamiz, ba’zan shu ma’lumot ham kerak bo‘lib qoladi. Windows operatsion tizimida qaysi tilni o‘rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.

Hafta kunlarini 2 xil ko‘rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan (Чт) va to‘liq (четверг).

Ko‘pchilik tizimni rus tilida o‘rnatganligi sababli, hafta kunlarining o‘zbekcha tarjimasini eslatib o‘tamiz:
Dushanba - Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)

Soat oldida qo‘shimcha hafta kunini chiqarish uchun quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:
1️⃣. Win + Rcontrol va Enter yoki ПускПанель управления;
2️⃣. Ochiluvchi menyu yoki oynadan “Региональные стандарты” tanlanadi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning quyi qismidagi “Дополнительные параметры” tugmasi bosiladi.
4️⃣. Yuqorida oxirgi turgan “Дата” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.
5️⃣. “Форматы даты” bo‘limidagi “Краткая дата:” qarshisidagi maydonga quyidagini kiritamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To‘liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6️⃣. “Применить” va “OK” tugmalari bosiladi.

Shundan so‘ng vaqt va sana haqidagi ma’lumot bilan birga – hafta kunlari ham ko‘rinib turadi. 😉

☝️Windows 10 operatsion tizimida tekshirildi.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash;
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun #bilasizmi

Oddiy talabalarning katta muvaffaqiyati. Google tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi 🎉

Bugun kimga internetda nima kerak bo‘lsa, uni qidirish uchun albatta Google saytidan foydalanadi. Shubhasiz, internetni Google’siz deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozir bundan yigirma ikki yil oldin, 1998-yil 4-sentabr kuni paydo bo‘lgan Google’dan muvaffaqiyatliroq kompaniyani ham tasavvur qilish qiyin. “Daryo” sana munosabati bilan Google tarixi va qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiradi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Bill Geyts haqida postlar;
Telegram asoschisi Pavel Durov pul va boylik xususida;
Djeff Bezos haqida postlar;
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija