IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram #bilasizmi

🎞 Telegram’da videoning o‘ng yoki chap chetiga ikki marta bosilsa, videorolik 10 soniyaga oldinga/orqaga o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤣1
#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim

Chiziqchaning turlari

Bugun siz hamma mutaxassislar ham bilavermaydigan muhim ma’lumotga ega bo‘lasiz. Quyida keltiriladigan qoidalarga qonun hujjatlarida ham, nufuzli kitoblar nashrida ham, ommaviy axborot vositalari maqolalarida ham ko‘pincha rioya qilinmaydi.

Umuman olganda, chiziqchalarning o‘ndan ziyod turi bor, lekin biz eng asosiy uchtasini bilib olsak, shuning o‘zi yetarli bo‘ladi.

1️⃣. Defis (-)
Defis — bu so‘zlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft so‘zlar, takror so‘zlar orasida, ba’zi qo‘shimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun ham defis qo‘llanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

🏷 Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.

Telefon yoki kompyuter klaviaturalarining hammasida bu belgini osongina topib olasiz.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

2️⃣. Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap bo‘laklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana “em-desh” (ingl. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi.

🏷 Misol:
Til — bu millat g‘ururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yo‘nalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

3️⃣. Qisqa tire (o‘rtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo bo‘lganiga 10-15 yil bo‘ldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng bo‘lgani uchun “en-desh” (ingl. n-dash) ham deyishadi. Nima uchun “raqamli tire” deyilishiga sabab esa uning raqamlar ko‘lamini ifodalashi uchun ishlatilishida. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan bo‘sh joy tashlamay yoziladi.

🏷 Misol:
3–4 dona, 1941–1945 yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.

📌 P.S.: Quyidagi jadvalda hammasi soddaroq qilib tushuntirilgan.👇🏻

📝 Manba: @xatoliklar

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Telegram'da yoki Telegram-da? (apostrof ( ’ ) belgisi haqida)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

👤 Reface (oldin Doublicat) — mashhur GIF-animatsiyalarga yuzingizni joylashtirish imkoniyatini beruvchi yangi ilova. Internet yordamida ishlaydi. Android 5.0+. Pro-versiya.

📎 Reface Pro v4.2.0 mobil ilovasini yuklab olish.

❗️Refeyslar bo‘yicha limitga yetgan paytingizda ilovani shunchaki qayta ishga tushiring.

📲
Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun

Dunyodagi eng boy insonning boyligi birinchi marotaba 200 milliarddan oshdi 📈

Har daqiqada boy odamlarning barcha aktivlari - qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa investitsiyalar qiymatini hisobga olib boruvchi Forbes Real-Time reytingining xabar berishicha, dunyoda eng boy inson bo‘lgan Amazon asoschisining ismi dunyo yangiliklarining eng yuqori pog‘onalarida miltillab turishda davom etmoqda - Jeff Bezosning boyligi yangi rekordga erishdi va 200 milliard dollardan oshdi.

Amazon aksiyalarining ko‘tarilishi tufayli seshanba kuni Bezos 2,2 milliard dollardan oshiq mablag‘ga boyidi. U kompaniyaning 11,1 foiz aksiyalariga egalik qiladi va pandemiya boshlanganidan buyon onlayn-savdolar hajmi oshishi tufayli aksiyalarning bozor qiymati 1,6 baravar o‘sdi. Natijada, Bezos o‘nlab milliardlarga boyidi va bir yil ichida uning boyligi 86 milliard dollarga o‘sdi.

Eng boylar reytingida ikkinchi o‘rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts (115,5 milliard dollar) turibdi, u so‘nggi 24 soat ichida 322 million dollar ishlab topdi. U uchinchi o‘rinni egallagan Bernard Arno (113,5 milliard dollar, fransuz biznesmeni, Louis Vuitton Moët Hennessy rahbari) bilan o‘rin almashdi.

Bezos ilgari ham o‘z boyligini 200 milliard dollardan oshirishi mumkin edi, ammo bunga uning rafiqasi Makkenzi Skott bilan ajralishi to‘sqinlik qildi, bu tarixdagi eng qimmat ajrim sanaladi. 2019 yil iyulda, ajrashish paytida Bezos 25 yillik turmushidan so‘ng Skottga Amazon aksiyalarining to‘rtdan bir qismini – kompaniyaning 4% aksiyalarini berdi.

Iyul oyida 116 nodavlat notijorat tashkilotiga 1,7 milliard dollar xayriya qilish to‘g‘risida qaroridan keyin Skottning boyligi 63,4 milliard dollarni tashkil etmoqda.

📝 Manba: Vesti.ru

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Djeff Bezos haqida;
Djeff Bezosning 1999 yil Amazon ofisida olingan rasmi;
Djeff Bezosning 2019 yil yanvar holatiga ko‘ra mablag‘i;
Djeff Bezos turmush o‘rtog‘i bilash ajrashdi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Belgilangan diapazonda ma’lumotning qayta takrorlanmasligi uchun sozlash 🚫⚙️

Agar belgilangan diapazonga faqat unikal qiymatlar kiritilishi va foydalanuvchi kiritayotgan paytda adashmasligi lozim bo‘lsa – ma’lumotlarni tekshirishni sozlab qo‘ying, bu faqat ma’lumotni bir marta kiritilib, qayta takrorlanmasligiga olib keladi.

Marhamat, buni qanday amalga oshirishni yuqoridagi video orqali o‘rganib olishingiz mumkin 👆.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware

🤖 vs. 🐞
Robotlar va tabiatning qarama-qarshiligi haqida qisqacha.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #maslahat

Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat 🚀

Windows'ni tezlashtirish uchun ortiqcha “bezaklar” va ikkinchi darajali funksiyalarni o‘chirib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ishonavering, natija bunga arziydi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
Windows o‘rnatilgan kompyuter qotib ishlasa nima qilish kerak?
Windows 10’da kompyuterni avtomatik tozalanib turadigan qilamiz!
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
“Windows 7 Logon Background Changer” dasturi
Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
Windows 10'da kengaytirilgan rejim (va boshqa sirli papkalar)
Windows 10’da “Мой компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish
Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Saytlar to‘g‘ri ochilmasligi: sababi va bartaraf etish yo‘llari
C diskidagi Users papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish”
“Ko‘k o‘lim ekrani”ning mazmuni
Windows 10’da fayl tarkibini tezkor ko‘rib chiqish
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Windows 10’ga standart rasmlarni ko‘rish dasturi qanday qaytariladi?
Windows parolini tiklashning oddiy usuli
Qaysi operatsion tizim sizga ko‘proq yoqadi?
Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
Jarayonlarni boshqarish uchun foydali dasturlar
Windows 10’da kompyuter va noutbukni tungi rejimga avtomatik o‘tadigan qilamiz
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Windows 10’da shaffoflik — faollashtirish, o‘chirish va sozlash
Windows 10 fayllari nomlarida Emoji’lardan foydalanish
Microsoft yangi funksiyani taqdim qildi - endi Samsung smartfonlarini Windows operatsion tizimida ishlatish mumkin!
Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (1)
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (2)
Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#excel

Berkitilgan listlar mavjudligini aniqlashning tezkor usuli 🔍

U yoki bu listni ko‘rinmaydigan qilish uchun odatda VBA menyusiga (ALT + F11 klavishlari birikmasi) kirish lozim, bu esa har doim ham qulay emas.

Agar siz berkitilgan listlarning mavjudligini tezkor aniqlashni istasangiz, unda quyidagi qadamlarni bajaring:

— 1-qadam
Holat satriga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing (Pastdagi “Готово” yozuvining yoniga).

— 2-qadam
Ochiluvchi ro‘yxatdan “Статистика книг” bandini tanlang.

— 3-qadam
“Статистика книг”
ga keyingi bosishda listlarning umumiy miqdori ko‘rsatiladi. Bizning holatimizda listlar soni 4ta, ko‘rinib turgani esa – jami 3ta.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
📱 Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Telefon nega qotadi?
“Bobofon”ning o‘rniga: ota-onamiz uchun zamonaviy smartfon tanlaymiz
Android’ni oldingi versiyasiga qaytaramiz
Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz
Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish
Ikkita SIM-karta smartfon quvvatini tez tugatadimi?
Smartfonni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish xavflimi?
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
Android’da mobil internet tufayli balans hisobining nolga tushishini oldini olish
Kompyuterni Android-qurilma orqali internetga ulaymiz
“Smartfon zombilari” uchun maxsus yo‘lak barpo etildi
Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...
Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?
Android’da fondagi ilovalarni yopish kerak. Shu rostmi yoki yo‘q?
Android’dan avtomobilda foydalanish
Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi
Kursor yordamida Android-smartfonni boshqarishni osonlashtirish
Keshni tozalash orqali smartfon xotirasini bo‘shatamiz
Smartfon uchun antivirus kerakmi?
Samsung smartfonini majburan o‘chirish
Telefoningizni topib beruvchi bepul Android-ilova
Internet-trafik va smartfon quvvatini “yeb tashlaydigan” virus topildi
Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas?
Axborot narxi: smartfon jodusini qanday yengish mumkin?
Yotoqxonada gadjetlardan foydalanmang
Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?
Zudlik bilan onlayndan chiqish uchun 13 sabab
Arzon Android smartfonlarining muxlislari o‘z ma’lumotlari bilan to‘laydilar
“Smartfon” atama sifatida qachon muomalaga kiritilgan?
Smartfon ko‘rish qobiliyatimga zarar bermasin desangiz, “oltin qoida”ga amal qiling
Google endi qo‘lda yozilgan matnlarni ham tushuna oladi
Smartfon ishlab chiqaruvchilarning marketing hiylalari
Smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ochildi
Smartfon batareyasi umrini qisqartiruvchi narsalar — 0 dan 100 gacha
Xorijda smartfonni tarozida tortib ko‘rishadi. Nega siz ham shunday qilishingiz kerak?
Suvga cho‘kkan smartfonni qanday qutqarish mumkin?
Android telefonidagi rasmlar, videolar va boshqa fayllarni kompyuterda ko‘rib chiqish bo‘yicha
Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari
Android uchun eng yaxshi tarjimon-ilovalar
“Xiaomi”da eng yaxshi surat olishni bilasizmi?
Internetsiz Google Maps’dan foydalanish
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
Smartfondagi bu sozlamalarga tegmang!
Smartfonlarning yildan-yilga kattalashib borishini to‘xtata olamizmi?
Microsoft yangi funksiyani taqdim qildi - endi Samsung smartfonlarini Windows operatsion tizimida ishlatish mumkin!
Qaysi Android-ilovalar batareya quvvatini eng ko‘p sarflaydi?
Android’da dasturchilar uchun menyuni faollashtirish
Android’da ishlovchi smartfonimizni tezlashtiramiz
Android’da ekran lupasini yoqish
Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli
Android uchun diktofon tanlaymiz
Android ekranida barmoq tekkan joyni aks ettirish
Google Play’da ota-ona nazorati (родительский контроль)ni o‘rnatish
Android’dan Android’ga kontaktlarni o‘tkazish
Android’da ekranni ikki qismga ajratish
Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
Smartfondan bu narsalarni o‘chirib tashlang!
AMOLED-displey testi
Android uchun root-huquqlari qanday olinadi?
Eski Android smartfonidan yangisiga ma’lumotlarni qanday o‘tkaziladi?
Android’ning turli ilovalari uchun xabarnomalar tovushini o‘zgartirish
Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli
Owy – sizga qarzdorlarni eslatuvchi ilova!
IMEI nima va uning ahamiyati nimada?

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi | 3-qismi | 4-qismi.

Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
📱 Kanalimizdagi #smartfon, #android, #iOS va #iPhone heshteglari ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (2):

Android’da internetni iqtisod qilish
Android’dagi Google Chrome’da matn keltirilgan sahifadan turib tog‘ridan-to‘g‘ri soddalashtirilgan qidiruvni amalga oshirish
Happy Color mobil o‘yini
Matematika endi muammo emas!
Android operatsion tizimiga tegishli APK ilovalarini cheklovlarsiz ko‘chirib olish
Android'da batareyaning eskirganligini aniqlash (va smartfonni oqilona quvvatlash)
Android'dagi barcha bo‘sh papkalar va ortiqcha fayllarni o‘chirish
Shifokorlar nima uchun doim telefonga talpinishimizga izoh berishdi
Telefonga “haydovchi rejimi” nega kerak?
Tongda zo‘rg‘a uyg‘onishdan qutqaruvchi ilova
Smartfoningiz ta’qibidan qutulishni bilasizmi?
Smartfoningiz quvvati tez tugab qolyaptimi?
USB-kabel uzoqroq xizmat qilishi uchun maslahat
Smartfon uchun begona ko‘zlarga qarshi qiziqarli "upgrade"
Avtomobilda qo‘llaniluvchi USB-kabelni "ixcham" holatga keltirish
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
“Qurilmani quvvat oldirish manbasida uzoq vaqt qoldirib bo‘lmaydi — “qayta zaryadlanish” sodir bo‘ladi”, - afsonaviy fikriga nisbatan oydinlik kiritamiz
Smartfon haqida 7 ta cho‘pchak
“Yirik “operativka”li smartfon — marketing aldovidir!”
Smartfonni “o‘ldiruvchi” xatolaringiz
Android qurilmalarining aksariyatida “Yaqin-atrofga yuborish” (Обмен с окружением) funksiyasi qo‘shildi
Android 11’ga yangilanishi kutilayotgan 63 ta Samsung smartfon va planshetlari ro‘yxati e’lon qilindi.
Android 11 yakuniy versiyada chiqdi – ayrim smartfonlarga uni hoziroq o‘rnatsa bo‘ladi!
Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari
Har qanday Windows o‘rnatilgan kompyuterda Android telefoni ekranini aks ettirish va boshqarish
Android 11’ning “shirin” nomi ma’lum bo‘ldi
Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha video ko‘rsatma
Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video)
Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz (+video)
Android'da uzun skrinshot qanday yaratiladi?
Smartfon kabelining umrini uzaytirish bo‘yicha layfhak
Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi
Afsona: Kamerada qancha megapiksel bo‘lsa, rasmlar shunchalik yaxshi bo‘ladi
Google yuborgan yangilanishi tufayli ba'zi Android ilovalarining ishlashida xatoliklar yuzaga kelmoqda
O‘zimizni elektron moslamalardan uzoqlashtirishni o‘rganamiz
Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor!
Xiaomi'dan yangi HyperCharge texnologiyasi
O‘z qo‘llarimiz bilan smartfon uchun mini proyektor yasaymiz
Smartfoningizdagi keraksiz bildirishnomalarni o‘chiring!
IP68 standartini qo‘llab-quvvatlovchi smartfondan foydalanishning noodatiy usuli
O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
Kesh nima?
Xotira (microSD) kartalaridagi uchrab turadigan muammolar va "LOST.DIR" papkasi nima?
Smartfon xarakteristikasida uning xotirasi 32 GB ko‘rsatilgan, lekin nega sozlamalarda bo‘sh hajmni kam ko‘rsatadi?
Smartfon uchun xotira kartasini qanday tanlash kerak?
Smartfondagi 32 Gb xotiraga taxminan qancha ma’lumot yozib bo‘ladi?
Qalbaki microSD kartani qanday aniqlash mumkin?
Samolyot rejimini yoqmasdan, smartfondagi qo‘ng‘iroqlarni qanday taqiqlash mumkin?
Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi?
Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
Android tizimida animatsiya tezligini oshirish
Android tizimining ish vaqtini ko‘paytirish
Smartfonni veb-kameraga aylantiramiz

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 3-qismi | 4-qismi.

Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Dasturni oddiy 👈🏻 va 👉🏻 administrator nomidan ishga tushirish haqida qisqacha ta’rif beradigan bo‘lsak...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#word

Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin? ⬆️

Agar ma’lumotni vertikal tarzda joylashtirishingiz kerak bo‘lsa (masalan, e’lon tayyorlash paytida siz bilan bog‘lanish uchun telefon raqamini keltirmoqchi bo‘lganingizda), ushbu yo‘riqnomadan foydalaning:

— 1-qadam
Menyu satrining “Вставка” bo‘limida “Нарисовать таблицу” funksiyasi orqali jadvalni yarating va uning o‘lchamini keyingi qadamda aylantirilishi lozim bo‘lgan matn perimetri bilan mos tarzda sozlang.

— 2-qadam
Jadvalni belgilang, “Макет” menyu bo‘limiga o‘ting va “Направление текста”ga bosing.

— 3-qadam
Kerakli yo‘nalishni tanlang va jadvalni imkon qadar mos o‘lchamga keltiring.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya

🛴 Bemalol ryukzakda olib yurish mumkin bo‘lgan damlama samokat.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🧹 CCleaner — Qurilmangiz ishini optimallashtirish uchun ko‘plab foydali funksiyalarga ega mashhur ilova. Pro-versiya + ortiqcha elementlar kesib tashlangan.

📎 CCleaner Pro v5.1.2 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur
CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #internet

Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi? 🎧👀

Internet rivojlanishi barobarida onlayn servislar ham ommalashib bormoqda va shu yo‘nalishlardan biri – striming xizmatlaridir. Bu – audio yoki videoni bevosita internet orqali uzatish texnologiyasidir.

Xo‘sh, smartfon orqali internetdan audio (musiqa, qo‘shiq, audiokitob, ovozli xabar...) tinglaganda necha megabayt ketishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Android Authority nashri tahririyati shuni maxsus o‘rganib chiqib, audiostriming jarayonida qancha trafik sarflanishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, audio uzatilish sifati (bitreyti) bilan bog‘liq holda, strimingda quyidagicha trafik talab etiladi:

1️⃣. Past sifat (95 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 0,72 MB yoki soatiga 43,2 MB.
2️⃣. O‘rtacha sifat (160 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 1,2 MB yoki soatiga 72 MB.
3️⃣. Yuqori sifat (320 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 2,4 MB yoki soatiga 115,2 MB.

Aytish kerakki, bular – o‘rtacha ko‘rsatkichlardir, ya’ni saytning va audioning xususiyatlariga ko‘ra sarflanuvchi trafik hajmi bundan sal farqlanishi mumkin.

Ayrim servislar striming jarayonida tovushning sifatini internet tezligidan kelib chiqib avtomatik sozlaydi. Aksariyat hollarda esa bu parametrni sozlash foydalanuvchining ixtiyoriga havola etiladi.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi.
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🙋🏻‍♂️Aziz do‘stlar, aka-uka, opa-singillar! 🙋🏻‍♀️

Assalomu alaykum, Sizlarni buyuk O‘zbekistonimiz, jonajon Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan chin yurakdan, samimiy tabriklaymiz.

Xonadoningizga tinchlik-totuvlik, oilaviy hotirjamlik, baxt-saodat, dasturxoningizga fayzu-baraka, taningizga quvvat, sihat-salomatlik, ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Buyuk Vatanimiz mustaqilligi abadiy, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
© IT specialist kanali ma’muriyati
#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish

Telegram'da yoki Telegram-da? 🤔

Matningiz kirill alifbosida bo‘lsayu, gapda lotin alifbosida yozilishi kerak bo‘lgan so‘zlar ham ishtirok etsa va ularga qo‘shimcha qo‘shilsa, ya’ni bir so‘zda ham lotin, ham kirill alifbosi qatnashsa, qanday yo‘l tutiladi? Bu lotin alifbosidagi atama va nomlarga lotin alifbosidagi harflarni qo‘shib yozishga ham birdek taalluqlidir.

❗️Bunday hollarda apostrof ishlatiladi.

Apostrof (’) — bu o‘zbek lotin alifbosida tutuq belgisi deyiladigan, ko‘rinishi teshigi bo‘yalgan va satrning yuqori qismida joylashgan 9 raqamiga o‘xshagan belgidir: aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, sanʼat.

⌨️ Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish: Alt + 0146

Bu belgining mana bunday (') bosma shakli ham bor. Bir so‘zda ikki alifboni ajratish uchun shaxsan men belgining aynan shu shaklini ishlatishni ma’qul ko‘raman.

⌨️ Kompyuter klaviaturasida belgining bosma shaklini chiqarish uchun: Alt + 39

📍 Microsoft Word dasturida Alt + 0146 va Alt + 39 klaviatura birikmalari orqali ushbu simvollarni kiritishda ular o‘rtasidagi farq sezilmaydi, biroq Telegram'ning o‘zi yordamida matn kiritilganida buni darhol sezish mumkin, bunday belgilarga ahamiyat berish uchun Telegram Desktop dasturi sozlamalarida uning masshtabini mos tarzda oshirib olish tavsiya etiladi.

Misollar:
Telegram'dagi kanal
Mening E-mail'im
Coca-Cola'dan taklif
Instagram'dan foydalanish

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Aslida, bu kabi xorijiy so‘zlar turlanmasligi kerak, lekin texnologik taraqqiyot zamoni o‘z talablarini ilgari surmoqda.

Yuqoridagi misollar quyidagicha yozilishi til normalariga mos keladi:
Telegram messenjeridagi kanal
Mening E-mail manzilim
Coca-Cola kompaniyasidan taklif
Instagram ilovasidan foydalanish

📝 Manba: @xatoliklar

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Chiziqchaning turlari.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #texnologiya #bilasizmi

🏓 Stol tennisini mashq qilish uchun tezkor o‘quv mashinasi.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🏞 DiskDigger - o‘chirib yuborilgan rasmlarni tiklaydigan ilova.

📎 DiskDigger Pro v1.0 mobil ilovasini yuklab olish.

❗️Yagona “Начать простой поиск изображений” tugmasi bosiladi va kutiladi. Tiklash mumkin bo‘lgan rasmlarning mini nusxasini ko‘rsatadi.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#test #excel

Formulalarni topish, tanlash va qo‘llash uchun xizmat qiluvchi “Вставка функции” oynasini tezkor chaqirish uchun qaysi klavishlar birikmasi bosiladi?