IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#test #excel

Qaysi klavisha yoki klavishlar birikmasi yordamida butun ishchi kitobidagi formulalarni bir vaqtning o‘zida qayta hisoblash mumkin?
Anonymous Quiz
60%
SHIFT + F9
17%
F9
7%
F8
16%
SHIFT + P
#ict_news #smartfon

7 ta eng zoʻr mobil ilovasi “mGovAward” final bosqichiga oʻtdi! 📱

2020 yil 19 avgust kuni talabalar oʻrtasida eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish “mGovAward” tanlovining Demo Dayʼi boʻlib oʻtdi. Unda 264 ta raqiblar orasidan tanlab olingan 18 ta guruh ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish” yoʻnalishi boʻyicha BAA bilan hamkorlik doirasida davlat mobil ilovalarini yaratishni ragʻbatlantirish uchun BAA kelajak va hukumat ishlari Vazirligi bilan birgalikda tanlov yoʻlga qoʻyilgan edi.

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2019“ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftasi doirasida 2019 yil 26 sentyabrida tanlov rasman eʼlon qilindi. 2019 yil oktyabr-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida keng miqyosdagi road-shou tanlovi boʻlib oʻtdi. IT Park vakillari respublikamizdagi 12 ta hudud va Qoraqalpogʻiston avtonom Respublikasi boʻylab 4930 kmʼni bosib oʻtib 60 soatdan ortiq chiqish qilib 53 ta universitet va institutda tahsil oluvchi 4 700 ta talaba bilan muloqot qilishdi.

Bundan tashqari, tanlovni yoritish boʻyicha faol ishlar olib borildi: televizion reklama, metro va yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida reklama qogʻozlari joylab chiqildi, mobil operatorlar orqali 25 milliondan ortiq sms-xabarlar yuborildi va boshqalar.

2019 yil 26 sentyabr va 2020 yil 10 fevral oraligʻida https://mgovaward.uz/ — tanlov rasmiy sayti orqali 264 ta qatnashish uchun arizalar kelib tushdi, ularning 95 tasi oʻz mobil ilovasiga ega.

Tanlov ishtirokchilari 5 yoʻnalish boʻyicha mobil ilovalarni ishlab chiqishdi, xususan, taʼlim sohasida (27), sogʻliqni saqlash (21), tadbirkorlik (19), turizm (22), transport va logistika (6).

Dasturlash va loyihalarni yaxshilash sifatini oshirish maqsadida 2020 yilning 18-19 yanvar kunlarida ikki kunlik intensiv vorkshop oʻtkazildi. Yurtimizning 6 ta hududidan 60 ta guruh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda koʻpyillik tajribaga ega mentorlar maʼruzalarini tinglashdi.

BAA, vazirlik va davlat mahkamalari vakillari bilan birgalikda tanlov komissiyasi (jyuri) tashkil etildi, shuningdek 2020 yilning 28-29 fevral kunlari 97 ta guruh oʻrtasida mobil ilovalarni baholash boʻlib oʻtdi, mazkur bosqichda 18 ta jamoa yarim finalga oʻtdi.

Demo Dayʼga qabul qilingan jamoalar:
1. Sayiha team (Taʼlim)
2. Roboteach (Taʼlim)
3. Academics (Taʼlim)
4. a1tech group2 (Taʼlim)
5. FazonCo (Taʼlim)
6. Feniks (Taʼlim)
7. Code Sys (Taʼlim)
8. Vibranium technologies (Turizm)
9. ChimgaGo (Turizm)
10. RangeDroid (Turizm)
11. Imam Bukhari (Turizm)
12. E-care (Sogʻliqni saqlash)
13. iMed ((Sogʻliqni saqlash)
14. Lider (Tadbirkorlik)
15. Shaxcar Tadbirkorlik)
16. Without borders Tadbirkorlik)
17. Decoders (Transport va logistika)
18. Engineers (Transport va logistika)

Demo Day natijalariga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari va oʻzbekistonlik vakillardan tashkil topgan ekspertlar komissiyasi mavjud 18 ta ilovani baholashdi va 7 ta eng yaxshi deb topilganlari final bosqichiga oʻtgan deb maʼlum qilindi.

Final bosqichiga qabul qilingan 7 mobil ilova:
1. Sahiya team - Sahiya (Taʼlim)
2. Roboteach team - Roboteach (Taʼlim)
3. FazonCo team - aboo (Taʼlim)
4. CodeSys team - CodeSys (Taʼlim)
5. Imam Bukhari team Seven Pirs (Turizm)
6. iMed - EYECERIA (Sogʻliqni saqlash)
7. Shaxcar - CarWon (Tadbirkorlik)

Final bosqichi Telegram-bot orqali ochiq ovoz berish koʻrinishida amalga oshiriladi va uning natijalariga koʻra, 3 gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin — $50,000;
2-oʻrin — $30,000;
3-oʻrin — $20,000.

Ochiq ovoz berish tafsilotlarini tez kunlarda eʼlon qililinadi!

🎥 Jonli efirga havola: https://www.youtube.com/watch?v=NhSGHnuePks

📝 Manba: IT-park.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #mulohaza_uchun

“Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin? 🤔

💻 Kompyuterdan uzoq va davomli foydalanish natijasida «kompyuter ko‘rish sindromi» yuzaga keladi. Faoliyati kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan har kimda kuzatiladigan bu sindrom ko‘zlarda charchoq, qizarish, qum qadalgandek hissiyot, quruqlik va sanchiq, ko‘rish qobiliyatining xiralashuvi, qichish, bosh va bo‘yinda og‘riq, ish kuni yakunidagi charchoq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.

Kompyuterdan foydalanishda bazaviy qoidalarga rioya qilmaslik esa bu sindromning paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Kompyuterdan foydalanishda diqqat qaratish kerak bo‘lgan qoidalar:

👉🏻 monitordan 50-60 sm uzoqlikda bo‘lish;
👉🏻 har 45 daqiqada ko‘zga dam berish va ko‘z gimnastikasini bajarish;
👉🏻 monitorning yorug‘lik, kontrast sozlamalarini to‘g‘ri va qulay tarzda belgilash;
👉🏻 bir xil holatda uzoq vaqt o‘tirmaslik;
👉🏻 monitorning ko‘z bilan bir kesimda joylashuvi (ko‘zdan balandda yoki pastda bo‘lmasligi kerak);
👉🏻 displey va ish joyida chang to‘planib qolmasligini nazorat qilish;
ko‘zni yumib-ochmay uzoq tikilishni kamaytirish;
👉🏻 ish xonasining o‘ta qorong‘i bo‘lmasligini ta’minlash darkor.

📰 Batafsil

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
🔥1
#bilasizmi #smartfon #mulohaza_uchun

Statistikaga qaraganda 53% insonlar g‘azablanish oqibatida o‘z telefonini buzishadi.

📌 P.S.: Sizdachi, bunday holat hech yuz berganmi?

👨🏻‍💻@itspecuz
👎2
#smartfon #android

🎞 SnapTube — YouTube’da videoni tomosha qilish va yuklab olish uchun qulay ilova. Android 4.1+. VIP-versiya

📎 Snaptube v7.03.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#operatsion_tizim #hardware

Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish 🖱🔃

1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satriga “Regedit”ni kiriting va qidiruv natijalaridan “Редактор реестра”ni tanlagan holda reyestr muharririni ishga tushiring.
2️⃣. Quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: "HKEY_CURRENT_USER\Control Panel\Mouse".
3️⃣. O‘ng tomondagi panelda “SwapMouseButtons”ga ko‘zingiz tushmagunga qadar pastga qarab tushing. Ushbu bandni tanlang.
4️⃣. Sichqonchaning o‘ng tugmasini asosiy tugma sifatida o‘rnatish uchun “Значение” matnli maydoniga “1”ni kiriting.
5️⃣. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlash uchun “OK” tugmasini bosing.
6️⃣. Ushbu o‘zgartirish kuchga kirishi uchun kompyuterni qayta yuklang.

↪️ Sichqoncha boshqaruvini ortga qaytarish uchun, ushbu qadamlarni takrorlang va “Значение” matnli maydoniga “0”ni kiriting.

ℹ️ Ushbu muammoning osonroq yechimini esa quyidagi maqolamiz orqali bilib olishingiz mumkin:
Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish

👨🏻‍💻@itspecuz
#word

Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish 📋

Hujjatda keltirilgan jadval chegaralarini tezkor tarzda o‘chirish uchun kursorni jadvalning istalgan katakchasiga o‘rnatish va CTRL+ALT+U klavishlari birikmasini bosish lozim.

👨🏻‍💻@itspecuz
#smartfon #android

🎞 MX Player Pro — juda ko‘p sozlamalarga ega bo‘lgan, barcha formatlarni qo‘llab-quvvatlovchi videopleyer. Pro-versiya, DTS, AV1 va AC3 kodeklari qo‘shilgan, barcha ortiqcha elementlari olib tashlangan.

📎 MX-Player-Pro_1.26.5 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #maslahat

Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish 🖥

Shunday ishlar borki, agar bu ishlarni Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarmasangiz, keyinchalik ish jarayoningizga ta’sir qilmay o‘tmaydi. Demak, bu ishlar quyidagilar:

1️⃣. Kompyuter nomi va foydalanuvchi nomini iloji boricha lotin (ingliz) yozuvida bering. Ba’zi dasturlar borki, kirill yozuvli foydalanuvchi nomi bilan ishlamaydi (misol uchun: Oracle DB).

2️⃣. Windows operatsion tizimini aktivatsiya qiling.

3️⃣. Biror lokal tarmoqda ishlasangiz, Windows brandmaueri (Firewall, tarmoqlararo ekrani)ni sozlang, agar sozlashni bilmasangiz, uni o‘chirib qo‘ying, aks holda sizga rosa xalaqit beradi. Windows 10 uchun brandmauerni o‘chirish uchun quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tasiz: Пуск → Панель управления → Брандмауэр Windows.

4️⃣. Windows operatsion tizimini yangilang va avtomatik yangilanishni o‘chirib qo‘ying. Sababi, keyingi chiqadigan yangilanishlar siz ishlatayotgan dasturlarga qanday ta’sir qilishini bilmaysiz. Oldin tekshirib, keyin qo‘lda o‘rnatganingiz ma’qul.

5️⃣. Drayverlarni o‘rnating.

6️⃣. Kun, vaqt va vaqt mintaqasini to‘g‘ri o‘rnating. O‘zbekiston uchun vaqt mintaqasi: UTC+5.
Windows 10 uchun vaqt mintaqasini o‘rnatish: Пуск → Параметры → Время и язык.

7️⃣. Asosiy dasturlarni o‘rnating.

8️⃣. Qurilmalarni ishlashini birma-bir tekshiring: Ovoz chiqishi, video ko‘rsatishi, Wi-Fi modul va Bluetooth modul ishlashini, sizda mavjud bo‘lgan barcha periferik qurilmalarni (printer, skaner, mikrofon va hokazo) ishlashini tekshirib chiqish lozim.

9️⃣. Kompyuterdan qancha vaqt foydalanmaganda uyqu rejimi (спящий режим)ga o‘tishini sozlang. Windows 10 uchun uyqi rejimini sozlash: Пуск → Параметры → Система → Параметры питания и спящего режима.

🔟. Kompyuterni qayta yuklang (Перезагрузка) va yaxshi yuklanishi, dasturlarni ishlashini nazorat qilib chiqing.

👆🏻Bular eng asosiylari, qolgan sozlamalarni har bir foydalanuvchi o‘z ish jarayonidan kelib chiqib sozlayveradi.

📍Ushbu maslahatimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#telegram

Telegram Desktop’da videoaloqani amalga oshirish uchun, dastlab avvalgidek oddiy audio qo‘ng‘iroq tugmasi bosiladi, so‘ngra ekran ostida “Включить видео” opsiyasi tanlanadi.

Eslatib o‘tamiz, video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun ilovaning so‘nggi – 2.3 versiyasi talab etiladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

C8 yacheykasiga qanday formula kiritilgan taqdirda, u keyinchalik C8:F15 yacheykalari diapazoniga to‘g‘ri nusxalab o‘tkaziladi?


📌 P.S.: Ushbu savolimiz yuzasidan bu va mana bu postlarimiz bilan bir boshdan tanishib o‘tishingizni maslahat beramiz.
👍1
Maktab va oliy ta'lim uchun juda foydali bo'lgan mobil darsliklar endi @informatika kanalida bepul joylashtirilib borilmoqda.

@informatika kanali haqida bilmagan kishi bo'lmasa kerak. Agar siz endi xabar topgan bo'lsangiz hoziroq @informatika kanaliga ulaning!

👉 Link:
@informatika
#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:

💻 Kompyuter dasturlari:

01. Straighforward Macmillan Beginner;
02. Straighforward Macmillan Elementary;
03. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;
04. Straighforward Macmillan Intermediate;
05. Straighforward Macmillan Upper Intermediate;
06. Straighforward Macmillan Advanced;
07. Basic Grammar in Use, Third Edition;
08. Cambridge Advanced Learners Dictionary;
09. ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);
10. WordWeb 10.02 Free (x86/x64);
11. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.

📱Mobil ilovalar:

01. Duolingo;
02. Drops;
03. Memrise;
04. Busuu;
05. HelloTalk;
06. Полиглот 16/32 va boshqalar;
07. English LinDuo;
08. Rosetta Stone;
09. English Galaxy;
10. Lingvist;
11. IELTS Test;
12. English Level Checker;
13. English Tenses;
14. English Grammar in Use;
15. 4 pics 1 word;
16. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:

Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar;
CV nima? + Namuna;
Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?
Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi?
Udemy - onlayn taʼlim platformasi;
Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
List of English & IELTS Channels to follow;
Top 10 onlayn lug‘atlar;
Interactive glossaries;
Uz-En, En-Uz lug‘at;
O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
Filmdan parchani topish va yuklab olish;
Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
Bu shunchaki imtihon!
Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
“Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
IELTS va TOEFL nima farqi bor?
Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film

🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi

📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🔥4👍3🤩1
#bilasizmi #ict_news #internet

🚀 Buyuk Britaniya va Yaponiya olimlari Internet-ulanish yordamida ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatishdi – bu 178 Tb/s (soniyasiga 178 terabit). Bu butun Netflix (videokontent) kutubxonasini 1 soniyada yuklab olish uchun yetarlidir.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#telegram

Telegram Desktop 2.3.1 versiyasiga yangilandi 🆕

Endi foydalanuvchilar video qo‘ng‘iroqlar uchun qo‘llanuvchi kamerani tanlashlari mumkin. Buni Настройки -> Продвинутые настройки -> Настройки звонков tartibi bo‘yicha o‘tib, Устройство записи’ni tanlash orqali amalga oshirish mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news

IT Park saytda yangi IT-taʼlim boʻlimini yaratdi! 👨🏻‍🏫🆕

IT park ulkan quvonch bilan shuni maʼlum qiladiki, it-park.uz saytida IT-taʼlimga bagʻishlangan yangi boʻlim tashkil etildi.

Mazkur boʻlimda dasturlashdan tortib bolalar uchun robototexnikagacha boʻlgan barcha kurslarni topish mumkin. Kurs roʻyxati, ularning taʼrifi, narx va boshqa barcha zarur maʼlumotlar taqdim etilgan. Endi kurslar bilan tanishib, roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Kurslar IT Park rezidentlari, IT-Markazlar va IT-Akademiya tomonidan taqdim etiladi. Boʻlimdagi barcha darslar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://education.it-park.uz/

Toki IT-Akademiya, IT-Markazlar va IT Park bor ekan, dasturlash borasida taʼlimni boshqa joydan izlashingizga hojat yoʻq. Turli kurslarning keng tanlovi va asosiysi, ularning shundoq koʻz oldingizda namoyonligi tanlash imkoniyatingizni osonlashtiradi. Qaysi oʻquv kursini tanlamang, adashmaysiz. Istalgan kursdan roʻyxatdan oʻting va professionallardan taʼlim oling!

IT-taʼlim boʻlimi uchun havola: https://education.it-park.uz/

🏷 Izoh: tez orada ushbu boʻlim oʻzbek va ingliz tillarida ham taqdim etiladi.

📝 Manba: IT-park.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

Gumanitar fanlar bo‘yicha OTM’ga o‘rnatilgan stendning ekranida ko‘rinib turgan holat. 👆🏻

“Katta rahmat senga, axborot beruvchi stend!” 🤪

👨🏻‍💻@itspecuz
#smartfon #android

🤸🏻‍♂️ 7 Minute Workout — turli maqsadlarga erishishingiz uchun maxsus 7 daqiqalik mashg‘ulotlarga ega shaxsiy murabbiyingiz. Barchasi blokdan chiqarilgan.

📎 7 Minute Workout v9.8.4 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Abs 21 v2.2.0.0 mobil ilovasi
RunKeeper v11.3 mobil ilovasi
Fitify Workouts mobil ilovasi
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #internet

Har kuni dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq odam TikTok’dan foydalanadi. 📽

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

"Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish

Лист'ni
qayday qilib berkitishni qariyb barcha biladi. Uni oddiy foydalanuvchi topa olmaydigan qilib berkitishga nima deysiz? VBE muharririda bir sozlamani o‘zgartirish orqali sirli ma’lumotimizni yanada ishonchliroq berkitgan bo‘lamiz.

Buni qanday amalga oshirishni yuqoridagi video orqali ko‘rib o‘rganishingiz mumkin: 👆

👨🏻‍💻@itspecuz