IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

🎞 VideoShow — Android uchun eng yaxshi videomuharrirlardan biri. Vositalar va effektlarning katta kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Android 4.0+. Premium-versiya.

📎 VideoShow Premium v9.7.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi


📌 1-yechim | 2-yechim

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

Turli dasturlash tillaridan foydalanuvchi dasturchilarning tashqi ko‘rinishi 👔

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news #smartfon

O‘zbekistonda yangi uyali aloqa operatori ishga tushmoqda 📲

Batafsil.uz'ning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda beshinchi uyali aloqa operatori – yangi Humans kompaniyasi ishga tushmoqda.

2020 yil avgust oyida, Humans Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish litsenziyasini olgan. 19 avgustdan 15 sentyabrgacha kompaniya Humans SIM-kartalariga oldindan buyurtmalarni qabul qilishni boshlaydi.

"Dastavval, “Humans”ning O‘zbekistondagi maqomiga aniqlik kiritmoqchiman. Biz respublikadagi beshinchi uyali aloqa operatorimiz. Kompaniya o‘z xizmatlarini ishga tushirish uchun barcha litsenziyalarni olgan. Biz O‘zbekistonda uyali aloqa qanday bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni butunlay o‘zgartiramiz. Qancha trafik va daqiqa kerakligini o‘zingiz tanlaysiz",- dedi Humans asoschisi va bosh direktori Vladimir Dobrinin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya kelajakdagi foydalanuvchilarga messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqiy ilova va video xizmatlaridan cheksiz foydalanish imkoniyatini yaratadi. Masalan, 25 ming so‘mga bir oy davomida cheksiz Instagram va cheksiz YouTube'ni ulash mumkin.

ℹ️ Humans kompaniyalari guruhi 2016 yilda tashkil etilgan. U moliya, telekommunikatsiya, axborot almashinuvi va tibbiyot sohalaridagi texnologik loyihalarni rivojlantirishga e’tibor qaratadi. Humans ofislari Singapur, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk va Toshkentda joylashgan.

Guruhning faoliyat yuritayotgan loyihalari qatorida ish va odamlarni izlash uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan HUMANS.net HR-tech platformasini ko‘rsatish mumkin. 2020 yil iyun oyida Humans guruhi moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va onlayn-to‘lovni birlashtirgan fintex-dasturining birinchi versiyasini O‘zbekistonda taqdim etdi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #hardware

Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish 🖱🔃

Sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish va ushbu qurilmani chap qo‘lda boshqarish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:

Boshqaruv paneli (Control Panel, Панель управления) orqali:

1️⃣. “Пуск” menyusida qidiruvdan foydanalib “Панель управления”ni izlab toping va unga kiring.
2️⃣. “Оборудование и звук”ni tanlang.
3️⃣. “Устройства и принтеры” bo‘limida “Мышь” bandini tanlang.
4️⃣. “Свойства” oynasiga o‘tasiz. “Кнопки мыши” bo‘limida “Обменять значение кнопок”ning qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.
5️⃣. “Применить” tugmasini bosing.

Tizim parametrlari (Settings, Параметры) orqali:

1️⃣. “Настройки” menyusini ochish uchun “Win + I” klavishlari birikmasidan foydalaning.
2️⃣. “Устройства” opsiyasini tanlang.
3️⃣. So‘ngra chapki panelda “Мышь”ni tanlang.
4️⃣. Sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish uchun ro‘yxatni oching va “Правая”ni tanlang.

📍Izoh: Sozlamalarning nomlanishi va joylashuvi to‘plam versiyasiga qarab farqlanishi mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Animatsiyalangan tortdan tashqari Telegram’ga yana bir qator jonli emodzilar qo‘shildi: 👿 🍆🙃 🤣 🙂 😄 😅 😆 😃 😀 🔥 🎊

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #word #internet

Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (2) 🤫

Ushbu postimizning 1-qismida Sizdan buni amalga oshirishning yana qanday yo‘li borligi haqida so‘ragan edik. Ushbu savolga batafsil javobni esa mana bu maqolamiz orqali bilib olishingiz mumkin.

📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan maqolamizga qo‘shimcha yana bir maslahat, iloji bo‘lsa dastur yorliqlari uchun klaviatura birikmalarini ishchi stolidagi yorliqlarga nisbatan emas, balki Пуск menyusida joylashgan yorliqlarga nisbatan o‘rnating, chunki ish stolidagi yorliqning kimdir tomonidan o‘chirib yubotilishi ehtimoli kattadir.

Пуск menyusida joylashgan dasturlarning yorliqlari va papkalariga tezkor murojaat etish uchun Win + R klavishlari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasidagi matn kiritish satriga quyidagi yo‘nalishni kiriting: C:\ProgramData\Microsoft\Windows\Start Menu\Programs va Enter klavishini bosib tasdiqlang. Ochilgan oynadagi dasturlarning yorliqlari bilan yoki papkalariga kirib, ko‘rsatmamizga muvofiq harakatlarni amalga oshiraverasiz. Buning Sizga foydasi tegadi, degan umiddamiz! 😉

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari (горячие клавиши)
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#mulohaza_uchun #it_humor

👈🏻 Ko‘rsatmalarga binoan kod yozib, dastur yaratishga uringaningda.

👉🏻 Buni mustaqil, o‘zing amalga oshirishga uringaningda.

📌 P.S.: Tajribali ustozga shogird tushib, vazifalar olib, gohida adashib, gohida esa zo‘r g‘oyalarni yuzaga keltirib o‘sganga nima yetsin!

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

Qaysi klavisha yoki klavishlar birikmasi yordamida butun ishchi kitobidagi formulalarni bir vaqtning o‘zida qayta hisoblash mumkin?
Anonymous Quiz
60%
SHIFT + F9
17%
F9
7%
F8
16%
SHIFT + P
#ict_news #smartfon

7 ta eng zoʻr mobil ilovasi “mGovAward” final bosqichiga oʻtdi! 📱

2020 yil 19 avgust kuni talabalar oʻrtasida eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish “mGovAward” tanlovining Demo Dayʼi boʻlib oʻtdi. Unda 264 ta raqiblar orasidan tanlab olingan 18 ta guruh ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, “Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish” yoʻnalishi boʻyicha BAA bilan hamkorlik doirasida davlat mobil ilovalarini yaratishni ragʻbatlantirish uchun BAA kelajak va hukumat ishlari Vazirligi bilan birgalikda tanlov yoʻlga qoʻyilgan edi.

“ICTWEEK UZBEKISTAN 2019“ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftasi doirasida 2019 yil 26 sentyabrida tanlov rasman eʼlon qilindi. 2019 yil oktyabr-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida keng miqyosdagi road-shou tanlovi boʻlib oʻtdi. IT Park vakillari respublikamizdagi 12 ta hudud va Qoraqalpogʻiston avtonom Respublikasi boʻylab 4930 kmʼni bosib oʻtib 60 soatdan ortiq chiqish qilib 53 ta universitet va institutda tahsil oluvchi 4 700 ta talaba bilan muloqot qilishdi.

Bundan tashqari, tanlovni yoritish boʻyicha faol ishlar olib borildi: televizion reklama, metro va yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida reklama qogʻozlari joylab chiqildi, mobil operatorlar orqali 25 milliondan ortiq sms-xabarlar yuborildi va boshqalar.

2019 yil 26 sentyabr va 2020 yil 10 fevral oraligʻida https://mgovaward.uz/ — tanlov rasmiy sayti orqali 264 ta qatnashish uchun arizalar kelib tushdi, ularning 95 tasi oʻz mobil ilovasiga ega.

Tanlov ishtirokchilari 5 yoʻnalish boʻyicha mobil ilovalarni ishlab chiqishdi, xususan, taʼlim sohasida (27), sogʻliqni saqlash (21), tadbirkorlik (19), turizm (22), transport va logistika (6).

Dasturlash va loyihalarni yaxshilash sifatini oshirish maqsadida 2020 yilning 18-19 yanvar kunlarida ikki kunlik intensiv vorkshop oʻtkazildi. Yurtimizning 6 ta hududidan 60 ta guruh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda koʻpyillik tajribaga ega mentorlar maʼruzalarini tinglashdi.

BAA, vazirlik va davlat mahkamalari vakillari bilan birgalikda tanlov komissiyasi (jyuri) tashkil etildi, shuningdek 2020 yilning 28-29 fevral kunlari 97 ta guruh oʻrtasida mobil ilovalarni baholash boʻlib oʻtdi, mazkur bosqichda 18 ta jamoa yarim finalga oʻtdi.

Demo Dayʼga qabul qilingan jamoalar:
1. Sayiha team (Taʼlim)
2. Roboteach (Taʼlim)
3. Academics (Taʼlim)
4. a1tech group2 (Taʼlim)
5. FazonCo (Taʼlim)
6. Feniks (Taʼlim)
7. Code Sys (Taʼlim)
8. Vibranium technologies (Turizm)
9. ChimgaGo (Turizm)
10. RangeDroid (Turizm)
11. Imam Bukhari (Turizm)
12. E-care (Sogʻliqni saqlash)
13. iMed ((Sogʻliqni saqlash)
14. Lider (Tadbirkorlik)
15. Shaxcar Tadbirkorlik)
16. Without borders Tadbirkorlik)
17. Decoders (Transport va logistika)
18. Engineers (Transport va logistika)

Demo Day natijalariga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari va oʻzbekistonlik vakillardan tashkil topgan ekspertlar komissiyasi mavjud 18 ta ilovani baholashdi va 7 ta eng yaxshi deb topilganlari final bosqichiga oʻtgan deb maʼlum qilindi.

Final bosqichiga qabul qilingan 7 mobil ilova:
1. Sahiya team - Sahiya (Taʼlim)
2. Roboteach team - Roboteach (Taʼlim)
3. FazonCo team - aboo (Taʼlim)
4. CodeSys team - CodeSys (Taʼlim)
5. Imam Bukhari team Seven Pirs (Turizm)
6. iMed - EYECERIA (Sogʻliqni saqlash)
7. Shaxcar - CarWon (Tadbirkorlik)

Final bosqichi Telegram-bot orqali ochiq ovoz berish koʻrinishida amalga oshiriladi va uning natijalariga koʻra, 3 gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin — $50,000;
2-oʻrin — $30,000;
3-oʻrin — $20,000.

Ochiq ovoz berish tafsilotlarini tez kunlarda eʼlon qililinadi!

🎥 Jonli efirga havola: https://www.youtube.com/watch?v=NhSGHnuePks

📝 Manba: IT-park.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat #mulohaza_uchun

“Kompyuter ko‘rish sindromi” nima va undan qanday himoyalanish mumkin? 🤔

💻 Kompyuterdan uzoq va davomli foydalanish natijasida «kompyuter ko‘rish sindromi» yuzaga keladi. Faoliyati kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan har kimda kuzatiladigan bu sindrom ko‘zlarda charchoq, qizarish, qum qadalgandek hissiyot, quruqlik va sanchiq, ko‘rish qobiliyatining xiralashuvi, qichish, bosh va bo‘yinda og‘riq, ish kuni yakunidagi charchoq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi.

Kompyuterdan foydalanishda bazaviy qoidalarga rioya qilmaslik esa bu sindromning paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Kompyuterdan foydalanishda diqqat qaratish kerak bo‘lgan qoidalar:

👉🏻 monitordan 50-60 sm uzoqlikda bo‘lish;
👉🏻 har 45 daqiqada ko‘zga dam berish va ko‘z gimnastikasini bajarish;
👉🏻 monitorning yorug‘lik, kontrast sozlamalarini to‘g‘ri va qulay tarzda belgilash;
👉🏻 bir xil holatda uzoq vaqt o‘tirmaslik;
👉🏻 monitorning ko‘z bilan bir kesimda joylashuvi (ko‘zdan balandda yoki pastda bo‘lmasligi kerak);
👉🏻 displey va ish joyida chang to‘planib qolmasligini nazorat qilish;
ko‘zni yumib-ochmay uzoq tikilishni kamaytirish;
👉🏻 ish xonasining o‘ta qorong‘i bo‘lmasligini ta’minlash darkor.

📰 Batafsil

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
🔥1
#bilasizmi #smartfon #mulohaza_uchun

Statistikaga qaraganda 53% insonlar g‘azablanish oqibatida o‘z telefonini buzishadi.

📌 P.S.: Sizdachi, bunday holat hech yuz berganmi?

👨🏻‍💻@itspecuz
👎2
#smartfon #android

🎞 SnapTube — YouTube’da videoni tomosha qilish va yuklab olish uchun qulay ilova. Android 4.1+. VIP-versiya

📎 Snaptube v7.03.1 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#operatsion_tizim #hardware

Windows 10’da sichqonchaning chap va o‘ng tugmalari o‘rnini reyestr orqali almashtirish 🖱🔃

1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satriga “Regedit”ni kiriting va qidiruv natijalaridan “Редактор реестра”ni tanlagan holda reyestr muharririni ishga tushiring.
2️⃣. Quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: "HKEY_CURRENT_USER\Control Panel\Mouse".
3️⃣. O‘ng tomondagi panelda “SwapMouseButtons”ga ko‘zingiz tushmagunga qadar pastga qarab tushing. Ushbu bandni tanlang.
4️⃣. Sichqonchaning o‘ng tugmasini asosiy tugma sifatida o‘rnatish uchun “Значение” matnli maydoniga “1”ni kiriting.
5️⃣. Kiritilgan o‘zgartirishni saqlash uchun “OK” tugmasini bosing.
6️⃣. Ushbu o‘zgartirish kuchga kirishi uchun kompyuterni qayta yuklang.

↪️ Sichqoncha boshqaruvini ortga qaytarish uchun, ushbu qadamlarni takrorlang va “Значение” matnli maydoniga “0”ni kiriting.

ℹ️ Ushbu muammoning osonroq yechimini esa quyidagi maqolamiz orqali bilib olishingiz mumkin:
Windows 10’da sichqoncha tugmalari o‘rnini almashtirish

👨🏻‍💻@itspecuz
#word

Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish 📋

Hujjatda keltirilgan jadval chegaralarini tezkor tarzda o‘chirish uchun kursorni jadvalning istalgan katakchasiga o‘rnatish va CTRL+ALT+U klavishlari birikmasini bosish lozim.

👨🏻‍💻@itspecuz
#smartfon #android

🎞 MX Player Pro — juda ko‘p sozlamalarga ega bo‘lgan, barcha formatlarni qo‘llab-quvvatlovchi videopleyer. Pro-versiya, DTS, AV1 va AC3 kodeklari qo‘shilgan, barcha ortiqcha elementlari olib tashlangan.

📎 MX-Player-Pro_1.26.5 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #maslahat

Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish 🖥

Shunday ishlar borki, agar bu ishlarni Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng bajarmasangiz, keyinchalik ish jarayoningizga ta’sir qilmay o‘tmaydi. Demak, bu ishlar quyidagilar:

1️⃣. Kompyuter nomi va foydalanuvchi nomini iloji boricha lotin (ingliz) yozuvida bering. Ba’zi dasturlar borki, kirill yozuvli foydalanuvchi nomi bilan ishlamaydi (misol uchun: Oracle DB).

2️⃣. Windows operatsion tizimini aktivatsiya qiling.

3️⃣. Biror lokal tarmoqda ishlasangiz, Windows brandmaueri (Firewall, tarmoqlararo ekrani)ni sozlang, agar sozlashni bilmasangiz, uni o‘chirib qo‘ying, aks holda sizga rosa xalaqit beradi. Windows 10 uchun brandmauerni o‘chirish uchun quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘tasiz: Пуск → Панель управления → Брандмауэр Windows.

4️⃣. Windows operatsion tizimini yangilang va avtomatik yangilanishni o‘chirib qo‘ying. Sababi, keyingi chiqadigan yangilanishlar siz ishlatayotgan dasturlarga qanday ta’sir qilishini bilmaysiz. Oldin tekshirib, keyin qo‘lda o‘rnatganingiz ma’qul.

5️⃣. Drayverlarni o‘rnating.

6️⃣. Kun, vaqt va vaqt mintaqasini to‘g‘ri o‘rnating. O‘zbekiston uchun vaqt mintaqasi: UTC+5.
Windows 10 uchun vaqt mintaqasini o‘rnatish: Пуск → Параметры → Время и язык.

7️⃣. Asosiy dasturlarni o‘rnating.

8️⃣. Qurilmalarni ishlashini birma-bir tekshiring: Ovoz chiqishi, video ko‘rsatishi, Wi-Fi modul va Bluetooth modul ishlashini, sizda mavjud bo‘lgan barcha periferik qurilmalarni (printer, skaner, mikrofon va hokazo) ishlashini tekshirib chiqish lozim.

9️⃣. Kompyuterdan qancha vaqt foydalanmaganda uyqu rejimi (спящий режим)ga o‘tishini sozlang. Windows 10 uchun uyqi rejimini sozlash: Пуск → Параметры → Система → Параметры питания и спящего режима.

🔟. Kompyuterni qayta yuklang (Перезагрузка) va yaxshi yuklanishi, dasturlarni ishlashini nazorat qilib chiqing.

👆🏻Bular eng asosiylari, qolgan sozlamalarni har bir foydalanuvchi o‘z ish jarayonidan kelib chiqib sozlayveradi.

📍Ushbu maslahatimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#telegram

Telegram Desktop’da videoaloqani amalga oshirish uchun, dastlab avvalgidek oddiy audio qo‘ng‘iroq tugmasi bosiladi, so‘ngra ekran ostida “Включить видео” opsiyasi tanlanadi.

Eslatib o‘tamiz, video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun ilovaning so‘nggi – 2.3 versiyasi talab etiladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #excel

C8 yacheykasiga qanday formula kiritilgan taqdirda, u keyinchalik C8:F15 yacheykalari diapazoniga to‘g‘ri nusxalab o‘tkaziladi?


📌 P.S.: Ushbu savolimiz yuzasidan bu va mana bu postlarimiz bilan bir boshdan tanishib o‘tishingizni maslahat beramiz.
👍1