IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #android

📱 🔓 Double Tap — smartfonning Power tugmasidan foydalanmay turib ekranni yoqish va o‘chirishning oddiy usuli.

📎 Double Tap_v1.5.1 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#it_darslar #bilasizmi

1-dars. IT nima? 🤔

Ehtimol, kanalga obuna bo‘lib, uning nomlanishini ko‘rib, hayolingizga kelgan birinchi fikr “IT nima o‘zi?” va “menga IT-darslar nega kerak?” kabi savollar bo‘lgandir. Ushbu darsda biz ana shu ikki savol borasida muhokama olib boramiz.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

Tu‘g‘ilgan kuning bilan, Telegram! 🥳

Telegram 7.0’ni qarshi oling! Kuni kecha Telegram 7 yoshga to‘ldi va messenjerning jamoasi foydalanuvchilar uchun uzoq kutilgan sovg‘a — Video chaqiruvlarni tayyorladi.

Telegram’ning shu qisqa fursat ichida bu qadar ommalashib ketishi va har yangi versiyasi bilan birga kirib kelgan sonsiz-sanoqsiz foydali funksiyalari bilan boyishida uning asoschisi Pavel Durovga va uning ahil jamoasiga, biz foydalanuvchilarni o‘ylab amalga oshirgan mashaqqatli mehnati uchun tashakkurlar bildirib qolamiz!

📝 Manba: Telegram.org

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

Telegram Desktop barqaror 2.3.0 versiyasiga qadar yangilandi 🆕🔄

Kiritilgan o‘zgartirishlar:
Video chaqiruvlar;
— Noto‘g‘ri mahalliy kirish kodini kiritish paytidagi dasturning chiqib ketib qolish xatoligi to‘g‘irlandi;
— Videoni ko‘p oqimli dekodlash (ehtimol, katta videolarning namoyish etilishini to‘g‘irlaydi);
— Linux’da Wayxland menyu oynasining qo‘llab-quvvatlanishi;
— To‘g‘irlandi: akkauntlar bo‘ylab o‘tilganida "в сети" statusi olinmasdi;
— Akkauntdan chiqish paytidagi lug‘atlarning avto yuklanishi to‘g‘irlandi;
— Mediani yuborish oynasiga videoni olib o‘tkazish imkoniyati qo‘shildi;
— Sokin rejimda va kechiktirib yuborish imkoniyatiga ega bo‘lgan stikerlar va GIF’lar uchun kontekst menyusi qo‘shildi;
— Keyinga qoldirilgan xabarlar bo‘limidan so‘rovnomalarni yaratish imkoniyati qo‘shildi.

📥Telegram Desktop’ning ushbu versiyasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

Rasmning buyurtmachiga ko‘rinib turuvchi qismidagi yozuv: “Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha oliy ma’lumotim bor”. ⬆️

Rasmning asl ko‘rinishidagi yozuvda esa: “HTML, CSS, PHP’lar yordamida Wordpress-frilanser sifatida saytlar yarataman”. ⬇️

🤫 P.S.: Shu uchun ham to‘lab turishibdiku axir!

👨🏻‍💻 @itspecuz
#word #excel #powerpoint

Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish 💾🗄

Qoida bo‘yicha Word barcha fayllarni Документы papkasiga saqlaydi.

Buni o‘zgartirish uchun Файл menyusi → ПараметрыСохранение bo‘ylab o‘ting.

Расположение локальных файлов по умолчанию satrida o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan papkani tanlang. Ushbu oynaning o‘zida hujjatlarning qoida bo‘yicha formati, avtomatik saqlash va boshqa ko‘plab narsalarni sozlashingiz mumkin.

📌 P.S.: Word uchun berilgan ushbu maslahatimiz Excel va PowerPoint’lar uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni maslahat beramiz:
Microsoft Word bo‘yicha kanalga joylashtirilgan maqolalar mundarijasi
C diskidagi Users papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun #maslahat

Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar 🎯

1️⃣. Doimo yaxshi odamlar bilan emas, to‘g‘ri odamlar birga bo‘lish kerak.

2️⃣. Mablag‘ doimo yetarli, faqat o‘z orzusi uchun o‘zini qurbon qila oladigan umidli odamlar kam.

3️⃣. Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o‘rganish kerak.

4️⃣. Taslim bo‘lmaslik kerak. Bugun og‘ir, ertaga battar qiyin, lekin indinga quyosh chiqadi.

5️⃣. Agar o‘zingiz sinab ko‘rmasangiz, imkoniyat borligini qayerdan bilasiz?

6️⃣. Agar taslim bo‘lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik.

7️⃣. Raqobatdoshingizdan o‘rganing, lekin uning ishini qaytarmang, qaytarsangiz – o‘lasiz.

8️⃣. Hech qachon hukumat bilan tijorat qilmang.

9️⃣. Qo‘lingiz pul ko‘rsa, xato qilishni boshlaysiz, hech qachon 20 yil ichida bitadigan ishni 2 yil ichida yakunlashga urinmang.

🔟. Agar sizlar kichik bo‘lsangiz, aqlingizga ishoning, kuchingizga emas.

📝 Manba: @ITbusiness_school

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

Izolyatsiya qiluvchi va germetizatsiyalovchi IP68 geli.

👨🏻‍💻@itspecuz
#excel

Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish (qo‘shimcha) 🔢

Ushbu postimizda keltirilgan formulaga ozgina qo‘shimcha kiritishimiz mumkin. Buning boisi, Excel nafaqat sonlarni bo‘laklarga ajratib sanalarga o‘zgartiradi, balki buni har xil ko‘rinishda amalga oshiradi.

Masalan, 6.7 sonini 06.июл (06.07.2017), 6.70 sonini esa – июн.70 (01.06.1970)ga aylantiradi. Qayta o‘zgartirishda ushbu holatni inobatga olgan holda ЕСЛИ funksiyasidan va g‘oyatda foydali hisoblangan funksiya – ЯЧЕЙКА (aniqroq qilib aytganda – uning yacheyka formatini aniqlay olish qobiliyatidan) foydalanishimizga to‘g‘ri keladi.

📎 Ushbu faylda formulaga o‘zgartirish kiritilgan, marhamat yuklab oling va tanishib ko‘ring.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

Dasturchini ishga qabul qilish uchun o‘tayotgan suhbatda ish beruvchidan vazifa: “Ushbu doskada kengaytirilgan qidiruv algoritmini yozing.” 👈🏻

Dasturchi ishga qabul qilinib, loyiha bo‘yicha hisobot keltirayotgan payt ish beruvchidan bildirilayotgan e’tiroz: “Ushbu tugmani kattaroooq keltir!” 👉🏻

📌 P.S.: Kutilayotgan natija va haqiqat har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #dasturlash #freelance

Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi 🧑🏻‍🎓|🧔🏻

IT Park axborot texnologiyalari sohasida oliy maʼlumot yoki diplomsiz ham muvaffaqiyatga erishgan bir qator oʻzbek IT-mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

Maqolani oʻqish uchun 10-15 daqiqa vaqtingizni ajratgan holda siz IT bilan til topishish qiyin emasligini, qolaversa uning yordamida yaxshi daromad qilish mumkinligini va diplom shart emasligini tushunib yetasiz!

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
#tarmoq #internet #operatsion_tizim

📶 Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish

Agar Wi-Fi parolini unutib qo‘ysangiz, uni quyidagi usul bo‘yicha topishingiz mumkin:

1️⃣. Windows’ning qidiruviga “cmd”ni kiritib, buyruq satri (командная строка, Command Line)ni toping va natijalar ostidagi “Запуск от имени администратора”ni bosgan holda ishga tushiring.
2️⃣. Buyruq satri oynasida "netsh wlan show profiles"ni kiriting.
Ushbu tarzda siz parolini aniqlamoqchi bo‘lgan Wi-Fi profili nomini bilib olasiz.
3️⃣. Endi quyidagini kiriting: "netsh wlan show profile name=”WiFi Profile Name” key=clear".
“WiFi Profile Name”ni 2-bandda izlab topilgan o‘z profilingiz nomiga o‘zgartirishni unutmang.
4️⃣. Wi-Fi tarmog‘ingizning paroli "Key Content" (Содержимое ключа) maydonida paydo bo‘ladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

Agar taqdimot namoyishini klaviatura yordamida boshqarishni ixtiyor etsangiz, unda ishni tezlashtirish maqsadida mavjud klavishlar birikmalarini o‘zlashtirishga urinishingiz tabiiydir. Ushbu kombinatsiyalar ro‘yxatini esa istalgan paytda ma’lumotnomadan topishingiz mumkin.

Shunchaki biror taqdimotni oching (shunchaki yangisini ham yaratsangiz bo‘ladi), uni “Слайд-шоу” rejimida ishga tushiring va taqdimot namoyishi vaqtida F1’ni bosing.

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #security #mulohaza_uchun

Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi 🕵🏻‍♂️

Xaker, kim o‘zi u?
🤔

Dastlab, bu termin hisoblash texnikalarini yaxshi tushunadigan, dasturlash va tizimlarni mukammal biladigan insonlarga nisbatan ishlatilar edi. Ular muammolarni kutilmagan tarzda yechadigan, siz o‘ylamagn tomondan yondashadigan mutaxassislar edi.

Keyinchalik bu soha vakillari buzg‘unchilik qila boshladilar va xaker so‘zini buzg‘unchi sifatida rivojlanishiga olib kelishdi.

❗️Hozirda, hamma davlatlarda bu kabi buzg‘unchilar uchun qattiq jazolar ishlab chiqilgan, shu sababli, buzg‘unchi bo‘lishdan saqlaning!

Endi, shu buzg‘unchilarga qarshi turuvchi, hisoblash texnikalarini himoyalovchi kuchli mutaxassislar yetishib chiqdi va ular ham yaxshi ma’noda "xaker"lar deyildi, lekin ular himoya vazifasini bajarishadi.

Bu yerdan xakerlarning turlari kelib chiqdi va ular quyidagilar:

⚪️ Oq xakerlar (White hat). Bular tizimlardagi muammolarni qidirib, ularni bartaraf etish bilan shug‘ullanishadi, ya’ni buzg‘unchilardan himoyalash vazifasini bajarishadi.

⚫️ Qora xakerlar (Black hat). Aynan shular buzg‘unchilar, yovuz niyatli, barchaga zarar keltiruvchilardir. Bulardan ehtiyot bo‘lish, himoyalanish haqida shu kanalda postlar berib borilmoqda, o‘qing va o‘rganing.

🔘 Kulrang xakerlar (Gray hat). Bular vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘rishadi, ya’ni xameleonlardir. Muammolarni topishadi va ularni yechib berish uchun ma’lum mablag‘ talab qilishadi, lekin buzish ishlarida unchalik qatnashishmaydi.

🟢 Yashil xakerlar (Green hat). Bular xavfsizlik ishlarini endi boshlaganlar, ya’ni o‘rganuvchilar.

🔴 Qizil xakerlar (Red hat, bu nomni Linux operatsion tizimidagi Redhat bilan adashtirmang). Bular ham yaxshilar tomonida. Oq xakerlar, qora xakerlardan himoyalanishsa, qizil xakerlar, qora xakerlarga qarshi kurashadilar, ularni o‘zlariga hujum qilishadi.

Asosiylari shular, ko‘rib turganingizdek, qora xakerlardan boshqa hammasi - ularga qarshilardir. Shunday ekan, aslo buzg‘unchi bo‘lmang, ularning joyi ertami-kechmi # ortida bo‘lishi aniq!

☝️ Ushbu post nima uchun yozildi? Hozirda "Wi-Fi routerni qanaqa buzadi? Kim buzib bera oladi?" degan savollar ko‘payib ketmoqda, aslo buzg‘unchi va firibgar bo‘lmang. Bizning davlatda ham, firibgarlik haqida jinoyat kodeksida aytib o‘tilgan.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #it_humor

Barcha tegishli o‘zgartirishlardan so‘ng kodni kompilyatsiya orqali ishga tushirsang-u, lekin buni saqlashni unatsang… 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #smartfon #android

Matematika endi muammo emas! 🔢📱

Maktab yoki universitetdagi matematika darslarida qiynalasizmi? Xavotirga aslo o‘rin yo‘q: Microsoft yordamga keladi. Kompaniyaning eng so‘nggi Microsoft Math Solver ilovasi bilan yelkangizdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘lmaydi, rostdan ag‘dariladi.

Android Authority'dagi mutaxassislarning yozishicha, ular hozirgacha o‘tkazgan sinovlarda ilova risoladagidek ishlagan. Biroq saytdagilar dasturga o‘ta murakkab misollar bermaganliklarini ham ta’kidlab o‘tgan. Matematik tenglamalarni ilovaga kiritish uchun rasmga olish, terib yozish va hattoki barmoq bilan ekranga yozish kabi bir necha xil usullardan foydalanish mumkin.

To‘g‘ri, matematik misollarni yechuvchi ilovalar bir talay, lekin Microsoft'ning mahsulotida eng to‘liq funksiyalar to‘plami joylangan, deb aytish xato bo‘lmaydi. Photomath singari ilovalar rasm orqali tenglamalarni yechib beradi, lekin Microsoft Math Solver'da boshqa o‘xshash ilovalarda bo‘lmagan qo‘shimcha funksiyalar mavjud.

Masalan, agar dastur tenglamaning javobini topa olmasa, Bing qidiruv tizimidan foydalanishga o‘tadi. Bunga qo‘shimcha, yechimlar qanday kelib chiqqani haqidagi batafsil izoh, o‘rganish funksiyasi va boshqalar ushbu dasturni hozirda mavjud eng kuchli ilovalardan biriga aylantiradi.

Uyga vazifalaringizning barchasini bu ilovadan foydalanib bajaring, deyishdan yiroqmiz. Siz uchun murakkab bo‘lgan bir-ikki o‘rinlarda ushbu dastur qo‘l kelishi mumkin, demoqchimiz xolos. Ilovani Play Market'dan yuklash uchun bu yerga bosing. 📥

📝 Mirzoxidbek @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android

🎞 VideoShow — Android uchun eng yaxshi videomuharrirlardan biri. Vositalar va effektlarning katta kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Android 4.0+. Premium-versiya.

📎 VideoShow Premium v9.7.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Sananing elementlarini nusxalab Excelga o‘tkazganimizda yuzaga keladigan yana bir muammoning yechimi


📌 1-yechim | 2-yechim

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #dasturlash #it_humor

Turli dasturlash tillaridan foydalanuvchi dasturchilarning tashqi ko‘rinishi 👔

👨🏻‍💻@itspecuz