IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #rasm_bilan_ishlash

Algoritm selfini “selfisizlantirdi” 🤳🏻➡️👤

Belgiya va AQSh dasturchilari selfilarni fotosuratchi tomonidan chetdan turib olingan portretlarga aylantiruvchi algoritmni taqdim etishdi. Buning uchun tizim chetki algoritm yordamida rasmdagi odamning holatini tahlil qiladi, eng o‘xshash portret pozasini tanlaydi va u bilan tasvirni tiklaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish 🔢

Ushbu video orqali ko‘pchilikka foydasi tegadigan formula bilan bo‘lishamiz.

"2.15" formatidagi sonni Excel'ga nusxalab o‘tkazganimizda u "фев.15"ga aylanadi. Yacheyka formatini o‘zgartirish bu yerda bizga yordam bermaydi. Buni to‘g‘rilashni o‘rganamiz. 👆🏻🎞

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

Python dasturchisi bo‘lish sirlari… 💻

Junior: Qanday qilib ushbu kuchga ega bo‘lgansan? 😯
Spiderman: Meni o‘rgimchak chaqqan! 🕷😎
Junior: 🐍 ⛲️🏃🏻‍♂️

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #ict_news #smartfon #internet

Ko‘pgina davlatlar hali 5G internet tezligiga o‘tib ulgurmay, Janubiy Koreya 6G ustida ish boshlab yubordi. 📶😲

Rejani 2026-yilgacha to‘liq ishga tushirib, 2030-yilda tijorat uchun sotish rejalashtirilgan. Hukumat ushbu loyihaga 169 million dollar ajratdi.

6G ma’lumotni 1 Tbit/s tezlikda yetkazib beradi, bu esa 5G'dan ellik baravar tezroq.

📝 Manba: @kompyuterlar_uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #internet #security #maslahat

Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash 🌐🚫

Agar farzandlaringiz yoki sizning kompyuteringizdan foydalanib turgan tanish-bilish, do‘stlaringiz uchun saytlarga kirishni bloklab qo‘yishni istasangiz, buni Windows tarkibida keluvchi vositalar yordamida amalga oshirishingiz mumkin:

1️⃣. “Блокнот” dasturini administrator nomidan ishga tushiring.
2️⃣. Chapki yuqori burchakda “Файл”ga kiring va “Открыть”ni tanlang.
3️⃣. "C:\Windows\System32\drivers\etc" papkasini toping va oching.
4️⃣. O‘ng pastki burchakda "Все файлы (".")"ni tanlang.
5️⃣. "hosts" faylini oching.
6️⃣. # belgisi bilan keluvchi barcha yozuvlarning ostida yangi satrdan "127.0.0.1 sayt havolasi"ni kiriting.
7️⃣. Barcha o‘zgartirishlarni kiritib bo‘lganingizdan so‘ng faylni saqlang.

↪️ Barchasini o‘z holiga qaytarish uchun – bloknotda kiritgan satrlaringizni o‘chiring va faylni saqlang.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #mulohaza_uchun

Kanalimizda texnika sohasiga oid zamonaviy bilimlarni o‘rganib boryapsiz, biz esa bu bilimlaringizni kun sayin ortib borishi uchun harakatdamiz.

Harakatlarimiz yanada samarali bo‘lishi uchun, siz nafaqat texnik bilimlarni, balki matnlar bilan ishlashga oid bilimlarni ham o‘zlashtirishingiz kerak. Chunki hayotimiz matnlardan, gaplardan, so‘zlardan tashkil topgan. To‘g‘ri va chiroyli yozishni o‘rganib, barkamol mutaxassisga aylaning!

👉🏻 @xatoliklar
#mulohaza_uchun

📈 Foyda - kech qoluvchi ko‘rsatkich. Bu ko‘p oy avval amalga oshirgan tadbirlaringiz natijasidir.

»»»»»»»»»»»»»»»»»»««««««««««««««««««

📈 Прибыль - запаздывающий показатель. Это результат того, что вы делали много месяцев назад.

📝 Shu kabi fikr va mulohazalarni kuzatib borishingiz uchun yaxshi manba: @M_blogi

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

👦🏻 8 yoshli bolakay:Chiroyli toshcham bor edi, mana ko‘ring, sotib olmaysizmi?

👥 Odamlar:Hech kim aslida tekinga qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan narsani pulga xarid qilmaydi!”

📍Litsenziyali dasturlarning crack’langan variantidan foydalanib yurgan foydalanuvchilar bu payt:👆🏻

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #word #internet

Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri (1) 🤫

Aytaylik kompyuteringizdagi ish stolida Word dasturi yorliqchasi turibdi, siz esa ayni damda Google Chrome brauzerida qiziqarli maqolalar ulashib boruvchi sayt bo‘ylab o‘tyabsiz, birdan qiziqarli maqolaga duch kelib qoldingiz deylik va uni qayergadir nusxalab o‘tkazishga qaror qildingiz.

Word dasturi Панель задач (vazifalar paneli)da yo‘q deylik, uni yoki Пуск menyusini ishga tushirib, u yerdan dasturni izlab topish, Windows + R klavishlarini birgalikda bosib, undagi matn kiritish maydoniga winword buyrug‘ini kiritish yoki brauzer oynasini pastga tushirgan holda, ishchi stolidan Word dasturi yorliqchasini ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali ishga tushirishingiz lozim.

Xo‘sh, brauzer oynasining o‘zida turaturib, yuqorida sanab o‘tilgan uch usulga murojaat etmasdan, Word dasturini tezkor ishga tushirish mumkinmi? Izohingizni post ostidagi izoh qoldirish tugmasiga bosgan holda qoldirishingiz mumkin.

📍Aniq javobni esa keyingi postimizda keltirib o‘tamiz. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#smartfon #android

📱 🔓 Double Tap — smartfonning Power tugmasidan foydalanmay turib ekranni yoqish va o‘chirishning oddiy usuli.

📎 Double Tap_v1.5.1 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#it_darslar #bilasizmi

1-dars. IT nima? 🤔

Ehtimol, kanalga obuna bo‘lib, uning nomlanishini ko‘rib, hayolingizga kelgan birinchi fikr “IT nima o‘zi?” va “menga IT-darslar nega kerak?” kabi savollar bo‘lgandir. Ushbu darsda biz ana shu ikki savol borasida muhokama olib boramiz.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

Tu‘g‘ilgan kuning bilan, Telegram! 🥳

Telegram 7.0’ni qarshi oling! Kuni kecha Telegram 7 yoshga to‘ldi va messenjerning jamoasi foydalanuvchilar uchun uzoq kutilgan sovg‘a — Video chaqiruvlarni tayyorladi.

Telegram’ning shu qisqa fursat ichida bu qadar ommalashib ketishi va har yangi versiyasi bilan birga kirib kelgan sonsiz-sanoqsiz foydali funksiyalari bilan boyishida uning asoschisi Pavel Durovga va uning ahil jamoasiga, biz foydalanuvchilarni o‘ylab amalga oshirgan mashaqqatli mehnati uchun tashakkurlar bildirib qolamiz!

📝 Manba: Telegram.org

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

Telegram Desktop barqaror 2.3.0 versiyasiga qadar yangilandi 🆕🔄

Kiritilgan o‘zgartirishlar:
Video chaqiruvlar;
— Noto‘g‘ri mahalliy kirish kodini kiritish paytidagi dasturning chiqib ketib qolish xatoligi to‘g‘irlandi;
— Videoni ko‘p oqimli dekodlash (ehtimol, katta videolarning namoyish etilishini to‘g‘irlaydi);
— Linux’da Wayxland menyu oynasining qo‘llab-quvvatlanishi;
— To‘g‘irlandi: akkauntlar bo‘ylab o‘tilganida "в сети" statusi olinmasdi;
— Akkauntdan chiqish paytidagi lug‘atlarning avto yuklanishi to‘g‘irlandi;
— Mediani yuborish oynasiga videoni olib o‘tkazish imkoniyati qo‘shildi;
— Sokin rejimda va kechiktirib yuborish imkoniyatiga ega bo‘lgan stikerlar va GIF’lar uchun kontekst menyusi qo‘shildi;
— Keyinga qoldirilgan xabarlar bo‘limidan so‘rovnomalarni yaratish imkoniyati qo‘shildi.

📥Telegram Desktop’ning ushbu versiyasini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

Rasmning buyurtmachiga ko‘rinib turuvchi qismidagi yozuv: “Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha oliy ma’lumotim bor”. ⬆️

Rasmning asl ko‘rinishidagi yozuvda esa: “HTML, CSS, PHP’lar yordamida Wordpress-frilanser sifatida saytlar yarataman”. ⬇️

🤫 P.S.: Shu uchun ham to‘lab turishibdiku axir!

👨🏻‍💻 @itspecuz
#word #excel #powerpoint

Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish 💾🗄

Qoida bo‘yicha Word barcha fayllarni Документы papkasiga saqlaydi.

Buni o‘zgartirish uchun Файл menyusi → ПараметрыСохранение bo‘ylab o‘ting.

Расположение локальных файлов по умолчанию satrida o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan papkani tanlang. Ushbu oynaning o‘zida hujjatlarning qoida bo‘yicha formati, avtomatik saqlash va boshqa ko‘plab narsalarni sozlashingiz mumkin.

📌 P.S.: Word uchun berilgan ushbu maslahatimiz Excel va PowerPoint’lar uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni maslahat beramiz:
Microsoft Word bo‘yicha kanalga joylashtirilgan maqolalar mundarijasi
C diskidagi Users papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#muvaffaqiyatli_insonlar #mulohaza_uchun #maslahat

Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar 🎯

1️⃣. Doimo yaxshi odamlar bilan emas, to‘g‘ri odamlar birga bo‘lish kerak.

2️⃣. Mablag‘ doimo yetarli, faqat o‘z orzusi uchun o‘zini qurbon qila oladigan umidli odamlar kam.

3️⃣. Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o‘rganish kerak.

4️⃣. Taslim bo‘lmaslik kerak. Bugun og‘ir, ertaga battar qiyin, lekin indinga quyosh chiqadi.

5️⃣. Agar o‘zingiz sinab ko‘rmasangiz, imkoniyat borligini qayerdan bilasiz?

6️⃣. Agar taslim bo‘lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik.

7️⃣. Raqobatdoshingizdan o‘rganing, lekin uning ishini qaytarmang, qaytarsangiz – o‘lasiz.

8️⃣. Hech qachon hukumat bilan tijorat qilmang.

9️⃣. Qo‘lingiz pul ko‘rsa, xato qilishni boshlaysiz, hech qachon 20 yil ichida bitadigan ishni 2 yil ichida yakunlashga urinmang.

🔟. Agar sizlar kichik bo‘lsangiz, aqlingizga ishoning, kuchingizga emas.

📝 Manba: @ITbusiness_school

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #texnologiya

Izolyatsiya qiluvchi va germetizatsiyalovchi IP68 geli.

👨🏻‍💻@itspecuz
#excel

Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish (qo‘shimcha) 🔢

Ushbu postimizda keltirilgan formulaga ozgina qo‘shimcha kiritishimiz mumkin. Buning boisi, Excel nafaqat sonlarni bo‘laklarga ajratib sanalarga o‘zgartiradi, balki buni har xil ko‘rinishda amalga oshiradi.

Masalan, 6.7 sonini 06.июл (06.07.2017), 6.70 sonini esa – июн.70 (01.06.1970)ga aylantiradi. Qayta o‘zgartirishda ushbu holatni inobatga olgan holda ЕСЛИ funksiyasidan va g‘oyatda foydali hisoblangan funksiya – ЯЧЕЙКА (aniqroq qilib aytganda – uning yacheyka formatini aniqlay olish qobiliyatidan) foydalanishimizga to‘g‘ri keladi.

📎 Ushbu faylda formulaga o‘zgartirish kiritilgan, marhamat yuklab oling va tanishib ko‘ring.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

Dasturchini ishga qabul qilish uchun o‘tayotgan suhbatda ish beruvchidan vazifa: “Ushbu doskada kengaytirilgan qidiruv algoritmini yozing.” 👈🏻

Dasturchi ishga qabul qilinib, loyiha bo‘yicha hisobot keltirayotgan payt ish beruvchidan bildirilayotgan e’tiroz: “Ushbu tugmani kattaroooq keltir!” 👉🏻

📌 P.S.: Kutilayotgan natija va haqiqat har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #dasturlash #freelance

Qanday qilib oliy maʼlumotsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin: mahalliy IT-mutaxassislar tarixi 🧑🏻‍🎓|🧔🏻

IT Park axborot texnologiyalari sohasida oliy maʼlumot yoki diplomsiz ham muvaffaqiyatga erishgan bir qator oʻzbek IT-mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

Maqolani oʻqish uchun 10-15 daqiqa vaqtingizni ajratgan holda siz IT bilan til topishish qiyin emasligini, qolaversa uning yordamida yaxshi daromad qilish mumkinligini va diplom shart emasligini tushunib yetasiz!

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz