IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#learn_english_with_software

🇬🇧 Aziz tilshunos do‘stlar, ingliz tili shinavandalari! 🇺🇸

Ingliz tilidan har kuni bir oz vaqt ajratgan holda, bilimingizni oshirib borishingiz uchun foydali dasturlarni bosqichlari bilan Sizlar uchun bo‘lishamiz:

📝 Foydalanuvchi yo‘riqnomasi

1️⃣ Straightforward Macmillan Beginner

2️⃣ Straightforward Macmillan Elementary

3️⃣ Straightforward Macmillan Pre-Intermediate

4️⃣ Straightforward Macmillan Intermediate

5️⃣ Straightforward Macmillan Upper-Intermediate

6️⃣ Straightforward Macmillan Advanced

7️⃣ Basic Grammar in Use, 3rd Edition

Marhamat, dasturlarni yuklab oling, ulardan foydalanish uchun arxivdan chiqarib oling, do‘stlaringizga ulashing va birgalikda mashq qilib boring! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#mulohaza_uchun

“Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi 💪🏻

U — talaba. Darslarga vaqtida qatnaydi, mashina haydashni biladi, pianino chaladi, futbol o‘ynaydi, kompyuter tuzatadi, o‘z ustaxonasi, o‘z tadbirkorligi bor. U tengdoshlaridan ham ko‘ra ko‘proq yutuqlarga erishgan. Yoshlar orzu qiladigan hamma-hamma narsasi bor — sevgan mashg‘uloti, sodiq o‘rtoqlari, mehribon ota-onasi, mashinasi... Uning yana bir faxrlanadigan narsasi — metindek irodasi bor.

U darsda ruchkani tishlab olib yozadi, tishlari bilan kompyuterni tuzatadigan uskunani ushlaydi, tuzatish ishlarida otvyorkani tishlari orasida ushlab, tili bilan harakatlantiradi. Oyoqlari bilan kompyuterni tuzatadi, oyoqlari bilan pianino chaladi, mashina haydaydi.

Uning hamma narsasi bor, faqat...

👨🏻‍💻@itspecuz
😢2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #smartfon

Ucell uyali aloqa operatori:

Do‘stlar, sizlar bilan uzzoom.uz yangiliklar sayti tomonidan ishlab chiqilgan qiziqarli infografikani ulashamiz. Unda siz 2006-yilning oxiridan boshlab O‘zbekistondagi mobil operatorlar orasida abonentlar soni qanday o‘zgarganini ko‘rishingiz mumkin.

Albatta, biz mazkur tarixga daxldorligimizdan faxrlanamiz hamda ushbu bosib o‘tgan yo‘limizda hamroh bo‘lib kelayotgan har bir abonentga tashakkur izhor etamiz.

Batafsil: bit.ly/2Dk1QJY

📝 Manba: @ucell

👨🏻‍💻@itspecuz
telegram limits.png
618.8 KB
#bilasizmi #telegram

Barcha Telegram limitlari bir joyda 📏

Yuborilishi mumkin bo‘lgan faylning maksimal hajmi qancha? Xabarning uzunligichi? Nechta kanal yaratish mumkin? Botlarnichi? Guruhlarga nechta ishtirokchini qo‘shish mumkin? Shunga o‘xshash savollarga javoblar bir joyga to‘plangan va muntazam ravishda yangilanib boradi (rus tilida).

👉🏻 Batafsil: http://limits.tginfo.me

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #it_humor

Ikki yil muqaddam yozgan kodingni tasodifan topib olganingda…

👨🏻‍💻@itspecuz
#internet #maslahat

Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish 🚫

Agar barcha saytlar uchun bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yishni istasangiz, quyidagi ko‘rsatmadan foydalaning:

1️⃣. Chrome brauzerini ishga tushiring.
2️⃣. Oynaning o‘ng yuqori burchagida uch nuqta ko‘rinishidagi tugma ustiga bosing.
3️⃣. “Настройки”ga o‘ting.
4️⃣. “Конфиденциальность и безопасность” bo‘limida “Настройки сайта”ni tanlang.
5️⃣. “Уведомления” bo‘limiga o‘ting.
6️⃣. Endi “Сайты могут запрашивать разрешения на отправку уведомлений” opsiyasini o‘chirib qo‘ying.

Qoida bo‘yicha veb-saytlar, ilovalar va kengaytmalarning bildirishnomalari Chrome’da faqat sizning ruxsatingiz bilan paydo bo‘ladi. Ushbu sozlamani istalgan paytda o‘zgartirish mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #operatsion_tizim #internet #word

Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.

P.S. 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉

2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!

3️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz:
👉🏻 Matn.uz
👉🏻 Savodxon.uz

🔄 Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

📌 Bu haqda sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻@itspecuz
#word

📄 Kanalimizdagi Microsoft Word dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Satrlararo intervallarni o‘rnatish bo‘yicha tavsiya
Matnni chop etishda ko‘rinmaydigan qilib berkitish
Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida
Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash haqida
Nostandart shriftni hujjatga biriktirish
Microsoft Word’da Автотекст funksiyasidan foydalanish
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
Bir nechta Word hujjati fayllarini ochmasdan turib, ichidagi matnni boshqasiga almashtirish uchun makros
MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish
Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash
Microsoft Word dasturi ichida skrinshot hosil qilish
Microsoft Office’da endi gapirib turib matn terdirish mumkin!
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli
MS Word’da sahifa raqamlarini hosil qilish bo‘yicha “sirli va qiziq” maslahat
MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
MS Word’da “ajralmas probel” belgisidan foydalanish
Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
Matn ostiga chizish bilan bog‘liq maslahatlar
Uzoq o‘qish vaqtida ko‘zlarni qanday tinchlantirish mumkin?
Hujjat mundarijasidan quyi darajali sarlavhani olib tashlash
Hujjatni parol bilan himoyalash
Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash
CTRL klavishi yordamisiz giperhavola bo‘yicha o‘tish
Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
Microsoft Word’da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Sizga Word, PDF, Excel va PowerPoint'lar bitta ilovada bo‘lishi qulaymi?
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish
Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
Chiziqchaning turlari
Telegram'da yoki Telegram-da?
Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
Muayyan bir matn bo‘lagi qatnashgan sahifani qanday qilib albomli ko‘rinishga keltirish mumkin?
Hujjatning zaxira nusxasini avtomatik yaratish
Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
Hujjat ustida qancha vaqt ish olib borilganini qanday aniqlash mumkin?
Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
Hujjatning hajmini maksimal darajada siqish mumkinmi?
Dastlabki sahifa uchun kolontitulni o‘chirish
MS Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
Sonlarni kasrli ko‘rinishda kiritish
MS Word’da menyu tasmasi (лента)ni sozlash
Rasmni aylana ko‘rinishida qanday kesish mumkin?
Butun abzatsni belgilashning uch oddiy usuli
“Maxsus” almashinish buferi
Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
Bir hujjatni 2 oynada ochish
Hujjatga rasm joylashtirishning “iqtisodiy” usuli
Hujjatni avtosaqlash intervalini o‘zgartirish
Microsoft Word qorong‘i mavzuni qo‘llab-quvvatlashni boshlaydi
Sahifa ortiga rasm joylashtirish (Подложка)
Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
Sahifaning raqamlanishini hujjatning istalgan joyidan boshlash mumkinmi?
Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi?
Mundarija yaratish

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi | 3-qismi.

🔠 Agar Microsoft Word bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Word) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Word bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4
#mulohaza_uchun #it_humor

1️⃣. Kelajak – dasturlash bilan bog‘liq. Sen albatta kod yozishni o‘rganishing kerak. ⌨️

2️⃣. Hmm... Unchalik qiyin emas ekan. 💭

🖥 Ekrandagi yozuv
Kodingizning dastlabki satrini kiriting:
print(“Hello, world!”)
Ishga tushirish

3️⃣. Bu paytda… (salomlaaar…)

4️⃣. 📱👀🥴👟

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
#learn_english_with_software #smartfon #android

🗺 Memrise — chet tillarini yangi texnologiya bo‘yicha o‘zlashtirish uchun yaxshi mobil ilova. Premium-versiya.

📎 Memrise v2023.10.30.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📌 P.S.: Ingliz tilini kompyuter yordamida mashq qilib borishingiz uchun darajalari bo‘yicha kanalimizda taqdim etilgan Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Smartfon yordamida ingliz tili grammatikasini mashq qilib borishingiz uchun Duolingo va lug‘aviy boyligingizni oshirib borishingiz uchun Drops mobil ilovalarini tavsiya etamiz.

Ushbu dasturlar va mobil ilovalari bilan tanishish va yuklab olish uchun ushbu post ostidagi knopkalarga bosishingiz mumkin.👇🏻

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍2
#security #internet

Onlayn Antivirus 👾🚫

Kaspersky Threat Intelligence Portal onlayn xizmati viruslar va shubhali xatti-harakatlarga qarshi fayllarni bepul tekshirish imkoniyatini beradi.

Ushbu xizmat 256 MB’ga qadar hajmdagi fayllarni yuklab olish, saytlarga havolalarni, IP-manzillarni, domenlarni, shuningdek fayllarning xesh summalarini tekshirish imkonini beradi.

Fayllarni tekshirish bir nechta oddiy qadamlarni o‘z ichiga oladi:

1️⃣. https://opentip.kaspersky.com/ saytiga o‘tish.
2️⃣. “Browse” tugmasiga bosgan holda tekshirilishi lozim bo‘lgan faylni kompyuterda tanlash.
3️⃣. “Analyze” tugmasini bosish.

Obyektni tekshirish jarayoni boshlanadi. Tekshiruv natijasida olinadigan ma’lumotlarning batafsil ro‘yxatini quyiroqda ko‘rishingiz mumkin.

Har bir fayl Urgent Detection System xizmatining evristik tahlil usuli yordamida tekshiriladi va bulutli sinov muhitida ishga tushiriladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram #android

Telegramda videoqo‘ng‘iroqlar xizmati (Video Call) 🆕

Nihoyat Telegram'ning Android uchun 7.0.0 beta-versiyasida “video qo‘ng‘iroqlar” funksiyasi ishga tushdi.

Bu degani — ushbu imkoniyat reliz, ya’ni navbatdagi rasmiy yangilanishda ham yaqin kunlar ichida paydo bo‘ladi! 😍

📥 Yuklab olish: t.me/betainfo/270

📝 Manba: @featureuz

👨🏻‍💻@itspecuz
#smartfon #android

📱📶 Briar — Bluetooth yoki Wi-Fi bo‘yicha ishlaydigan xavfsiz messenjer. Internet bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganida qo‘llanilishi mumkin.

📎 Briar-v1.74 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

🤔 «Tushunmadim, nega reklamaning effekti past bo‘lyapti?»

Asosan reklamaning matnini o‘zi yozgan yoki tajribasiz kopirayterga yozdirgan kanal yoki mahsulot egalari o‘zlariga ushbu savolni berishadi.

•Q: Reklamaning effekti uning matniga bog‘liqmi?
•A: Albatta!

☝️ Kanalingiz yoki mahsulotingiz ming sifatli bo‘lgani bilan, uning matni oddiy yoki bachkana bo‘lsa, bu reklamadan hech qanaqa effekt bo‘lmaydi. Effekt bu yerdaOdamlarning kirishi yoki mahsulotni sotib olishi. Mahsulot kurslar, tovarlar bo‘lishi ham mumkin.

•Q: Xo‘sh, reklamadan effekt bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
•A:
@rocketive'ga murojaat qilish kerak!


🔥 Nega endi @rocketive?
Biz o‘zbek, rus va ingliz tilida bexato yozamiz;
Bizning ushbu sohada ko‘p yillik tajribamiz bor;
Biz tez, sifatli va asosiysi hamyonbop narxlarda ishlaymiz;
Biz haqimizdagi fikrlar doim yaxshi bo‘lgan.


Ha, darvoqe, AKSIYA payti ulgurib qoling :)

💥 Kanal — @rocketive
#bilasizmi #rasm_bilan_ishlash

Algoritm selfini “selfisizlantirdi” 🤳🏻➡️👤

Belgiya va AQSh dasturchilari selfilarni fotosuratchi tomonidan chetdan turib olingan portretlarga aylantiruvchi algoritmni taqdim etishdi. Buning uchun tizim chetki algoritm yordamida rasmdagi odamning holatini tahlil qiladi, eng o‘xshash portret pozasini tanlaydi va u bilan tasvirni tiklaydi.

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Kasr sonlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammoni hal etish 🔢

Ushbu video orqali ko‘pchilikka foydasi tegadigan formula bilan bo‘lishamiz.

"2.15" formatidagi sonni Excel'ga nusxalab o‘tkazganimizda u "фев.15"ga aylanadi. Yacheyka formatini o‘zgartirish bu yerda bizga yordam bermaydi. Buni to‘g‘rilashni o‘rganamiz. 👆🏻🎞

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun #it_humor

Python dasturchisi bo‘lish sirlari… 💻

Junior: Qanday qilib ushbu kuchga ega bo‘lgansan? 😯
Spiderman: Meni o‘rgimchak chaqqan! 🕷😎
Junior: 🐍 ⛲️🏃🏻‍♂️

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #ict_news #smartfon #internet

Ko‘pgina davlatlar hali 5G internet tezligiga o‘tib ulgurmay, Janubiy Koreya 6G ustida ish boshlab yubordi. 📶😲

Rejani 2026-yilgacha to‘liq ishga tushirib, 2030-yilda tijorat uchun sotish rejalashtirilgan. Hukumat ushbu loyihaga 169 million dollar ajratdi.

6G ma’lumotni 1 Tbit/s tezlikda yetkazib beradi, bu esa 5G'dan ellik baravar tezroq.

📝 Manba: @kompyuterlar_uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #internet #security #maslahat

Windows’dagi Hosts fayli yordamida saytlarga kirishni bloklash 🌐🚫

Agar farzandlaringiz yoki sizning kompyuteringizdan foydalanib turgan tanish-bilish, do‘stlaringiz uchun saytlarga kirishni bloklab qo‘yishni istasangiz, buni Windows tarkibida keluvchi vositalar yordamida amalga oshirishingiz mumkin:

1️⃣. “Блокнот” dasturini administrator nomidan ishga tushiring.
2️⃣. Chapki yuqori burchakda “Файл”ga kiring va “Открыть”ni tanlang.
3️⃣. "C:\Windows\System32\drivers\etc" papkasini toping va oching.
4️⃣. O‘ng pastki burchakda "Все файлы (".")"ni tanlang.
5️⃣. "hosts" faylini oching.
6️⃣. # belgisi bilan keluvchi barcha yozuvlarning ostida yangi satrdan "127.0.0.1 sayt havolasi"ni kiriting.
7️⃣. Barcha o‘zgartirishlarni kiritib bo‘lganingizdan so‘ng faylni saqlang.

↪️ Barchasini o‘z holiga qaytarish uchun – bloknotda kiritgan satrlaringizni o‘chiring va faylni saqlang.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija