#operatsion_tizim #hardware
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish 💽
Agar biror bir sababga ko‘ra, masalan, FAT32 fayl tizimidagi fayl hajmiga o‘rnatilgan cheklov sababli fleshkani, qattiq disk yoki SSD’ning qismi (раздел)ni FAT32’dan NTFS’ga ma’lumotlarni yo‘qotmasdan va formatlashsiz o‘zgartirishingiz kerak bo‘lsa, buni amalga oshirish juda oddiy va bu uchun Windows 10, 8.1 yoki Windows 7’ga o‘rnatilgan vositalarning o‘zi yetarlidir.
Ushbu maqolada ma’lumotlar dahlsizligini saqlagan holda fleshka, qattiq disk yoki SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘tkazish haqida batafsil so‘z yuritiladi.
👉🏻 Batafsil
👨🏻💻@itspecuz

#bilasizmi #internet
YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor! 🎞
Aksariyat biladiki, oqimli video tomosha qilishda internet-trafik ko‘p sarflanadi, ayniqsa, lavha yuqori sifatda olingan bo‘lsa. Agar internetingiz tezligi past yoki trafik miqdori cheklangan bo‘lsa, u holda pastroq sifatda ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Shuni inobatga olib, eng ommabop videoxosting – YouTube tarmog‘ida roliklarni turli sifatlarda tomosha qilish imkoni berilgan. Lekin ularning har birida qancha trafik sarflanishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Qisqacha aytganda, bir daqiqalik videolavhani turli sifat rejimlarida ko‘rganda, quyidagicha miqdorlarda trafik sarflanadi:
• 144p — 1,90 MB
• 240p — 2,70 MB
• 360p — 4,40 MB
• 480p — 7,70 MB
• 720p — 14,50 MB
• 1080p — 27,61 MB
Endi shundan kelib chiqib, biror rolikni har bir rejimda tomosha qilishga ketadigan trafikni hisoblash mumkin. Ya’ni, videolavha davomiyligi necha daqiqaga teng bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan megabaytni o‘sha songa ko‘paytirasiz.
Demak, YouTube’dagi roppa-rosa bir soatlik videoni o‘rtacha rezolyusiyada – 480p rejimida ko‘rish 460 megabayt “turadi”. Ayni shu lavhaning o‘zini Full HD formatida (1080p rejimida) tomosha qilsangiz esa – naq 1,7 gigabaytga “tushasiz”! Agarda uni eng past – 144p rejimida ko‘rsangiz, salkam o‘n besh baravarga kam – taxminan 114 megabayt trafik sarflanadi, xolos.
Videoni ko‘rish rejimini tanlash uchun YouTube mobil ilovasida yuqori o‘ng burchakdagi vertikal uch nuqta belgisini bosasiz. Ochilgan menyudan Quality (yoki “Качество”) bandini tanlab, kerakli aniqlik rejimini belgilab qo‘yasiz.
📝 DiMaX @terabaytuz

👍1🤬1
#rasm_bilan_ishlash #internet
O‘z yuzingiz tushirilgan kupyurani yaratishni istaysizmi? 💵
1️⃣. festisite.com/money saytini oching.
2️⃣. Chap tomondan valyuta turini tanlang.
3️⃣. “Upload Photo” yonidagi belgi ustiga bosing.
4️⃣. Rasmni tanlang.
5️⃣. Burchak ramkalaridan foydalanib rasm o‘lchamini o‘zgartiring.
6️⃣. Yakuniy natijani yuklab olish uchun “Download”ni bosing.
Quyidagi davlatlarning kupyuralari ushbu xizmatda allaqachon mavjud: Antarktika, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kuba, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Qozog‘iston, AQSh, Rossiyaning eski kupyuralari va hkz.
🏞 Misol tariqasida biz kanalimiz logosi tushirilgan 100 dollarlik kupyurani yaratdik.

#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Startapning odatiy boshlanishi 💡
Loyiha menejeri: Hamkasblar, yangi loyihamiz uchun qaysi dasturlash tilini tanlaymiz? 🧐
Xodim A: Eng ommabopini! 📈
Xodim B: Eng zamonaviysini! 📈
Xodim C: O‘sha biz bilgan dasturlash tilini… 😐📉
📌 P.S.: To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmaydi!

#bilasizmi #hardware
🔬Singapurda olimlar ajoyib elektron teri ACES’ni yaratdilar - u 1 sm² bo‘yicha yuzlab sensorlarga ega va ma’lumotga inson asab tizimidan tezroq ishlov bera oladi.
U allaqachon qattiq jismni yumshoqdan ajratishni, haroratni his qilishni va hattoki (ko‘zi ojizlar uchun) Brayl yozuvini o‘qishni biladi.

Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan? ⌨️🤔
Klaviaturadagi harflar nega alifbo tartibida emasligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Hozirda noutbuk va kompyuterlar klaviaturalaridagi, shuningdek smartfonlarning klaviatura ilovalaridagi tugmachalarning joylashuvi QWERTY-klaviatura deb nomlanadi.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#telegram
Telegram kanallardagi ko‘rishlarni hisoblash prinsipini o‘zgartirdi 👁🧮
O‘zgarish ma’lum kanaldagi postlarni boshqa kanallarda ulashish (repost) bilan bog‘liq. Endi repostni amalga oshirgan kanal faqat o‘zidagi ko‘rishlar sonini aks ettiradi. Manba kanali esa umumiy “ko‘zchalar” yig‘ingisini hosil qiladi.
Ilgari, ko‘rishlar soni dastlabki manbada ham, postni ulashgan kanalda aynan bir xil ko‘rinar edi.
📌 P.S.: Postga biriktirilgan rasmlarga izoh. Chapda – Original (barcha ko‘rishlar soni qo‘shib ko‘rsatiladi), o‘ngda – Repost (faqat shu kanaldagi ko‘rishlar soni ko‘rsatiladi).

Bir oy muqaddam yozgan kodingga ko‘zing tushib qolganida…

#word #rasm_bilan_ishlash
Microsoft Word’da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish 🏞🗜
Agar siz birgalikda foydalanishni soddalashtirish yoki diskdagi makonni iqtisod qilish maqsadida, Microsoft Word hujjati faylining hajmini kichraytirishni istasangiz, unda uning tarkibidagi rasmlarni siqishingiz mumkin.
1️⃣. Tarkibida rasmlar keltirilgan Word hujjatini oching.
2️⃣. Kerakli rasm ustiga bosib, uni faollashtiring.
3️⃣. Menyu satrining o‘ng chetki qismida rasm uchun faollashgan “Формат” bo‘limiga o‘ting.
4️⃣ “Изменить” guruhidagi “Сжать рисунки” tugmachasi ustiga bosing.
5️⃣. Oyna ochiladi. “Параметры сжатия” bo‘limiga ahamiyat bering.
6️⃣. Agar hujjat tarkibidagi barcha rasmlarni siqishni istasangiz “Применить только к этому рисунку” qarshisidan qushcha belgisini olib tashlang.
7️⃣. “Разрешение” bo‘limida rasmning sifatini tanlang.
8️⃣. “ОК”ni bosib kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlang.
📌 P.S.: Microsoft Word’ning o‘rnatilgan versiyasiga qarab, ba’zi bandlarning nomlanishi biroz farq qilishi mumkin. Ushbu ko‘rsatma Word 2016 asosida keltirildi.

#smartfon #android
🖼 Logo Maker Plus — minglab bepul grafik elementlar va tahrirlash opsiyalaridan foydalangan holda original logotiplar va dizaynlarni yarating.
📌 P.S.: Kanalimizning yangi logotipi aynan shu ilova yordamida tajriba tariqasida yaratildi, siz ham sinab ko‘ring. 😉
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🖼 Logo Maker Plus — minglab bepul grafik elementlar va tahrirlash opsiyalaridan foydalangan holda original logotiplar va dizaynlarni yarating.
Premium-versiya.
📎 Logo-Maker-Plus-Premium-v1.2.7.2 mobil ilovasini yuklab olish.📌 P.S.: Kanalimizning yangi logotipi aynan shu ilova yordamida tajriba tariqasida yaratildi, siz ham sinab ko‘ring. 😉
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #smartfon
Xorijda smartfonni tarozida tortib ko‘rishadi. Nega siz ham shunday qilishingiz kerak? 📱⚖️
Dunyoning ayrim mamlakatlaridagi supermarketlarda xaridorlar o‘z smartfonlarini taroziga qo‘yib tekshirib ko‘rishadi. Xo‘sh, bu bilan ular nimani aniqlashtirmoqchi bo‘lishadi?
Yoshi kattalar yaxshi bilishadi – bir zamonlar pallali tarozilar, tarozi toshlari ko‘p qo‘llanar edi. O‘shanda ayrim insofsiz sotuvchilar vaznidan urib qolish uchun tarozining sozlamalarini sal o‘zgartirib yoki toshning ichini o‘yib qo‘yishar edi.
Hozir esa unaqa tarozi kam – hamma yerda, hatto dehqon bozorlarida ham asosan elektron tarozilar qo‘llanmoqda. Lekin aynan ularning sozlamalarini hamma narsani asl vaznidan og‘irroq ko‘rsatadigan qilib o‘zgartirib qo‘yish yanada oson.
Xo‘sh, tarozining to‘g‘ri ishlayotganini qanday aniqlash mumkin? Tabiiyki, vazni oldindan aniq bo‘lgan biror buyumni unda tortib ko‘rish – eng maqbul usuli. Hamisha yonimizda bo‘ladigan shunday buyumlardan biri esa aynan smartfon hisoblanadi. Faqat uning aniq vaznini bilib qo‘ysangiz bas – do‘konda yo bozorda tarozining to‘g‘ri ishlayotganini shu usulda aniqlab olaverasiz!
Xo‘sh, siz-chi, smartfoningiz qancha tosh bosishini bilasizmi o‘zi? 😉

#test #excel
“Специальная вставка” amali qaysi klavishlar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi?

Anonymous Quiz
22%
CTRL + V + V
28%
CTRL + S + V
41%
CTRL + ALT + V
9%
CTRL + TAB + V
#operatsion_tizim
Windows 10 fayllari nomlarida Emoji’lardan foydalanish 🤠
Windows 10’da Emoji’lar deyarli barcha dasturlar va ilovalarda ishlaydi. Ushbu maqolada Windows 10’dagi papka va fayllarning nomlarida qanday qilib Emoji’larni qo‘llash mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.
1️⃣. Nomi o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan fayl (papka) ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochilgan menyudan “Переименовать” bandini tanlang (buni obyektni tanlagan holda klaviaturadagi “F2” klavishi yordamida ham amalga oshirish mumkin).
2️⃣. Emoji’dan foydalanish uchun siz tizimga o‘rnatilgan holda keluvchi kulgichni tanlash funksiyasini
3️⃣. Sichqoncha yordamida Emoji ro‘yxati bo‘ylab o‘ting yoki kerakli kulgichni topish uchun qidiruvga kalit so‘zlarini kiriting.
4️⃣. Fayl (papka) nomini kiriting va kerakli Emoji’ni qo‘llang.
5️⃣. Qayta nomlashni tasdiqlash uchun “Enter”ni bosing.
📍Agar ilova Unicode’ni qo‘llab-quvvatlamasa Emoji’lar ishlamaydi. Fayl nomida Emoji’ni qo‘llash simvol yoki boshqa tildagi biror belgidan foydalanish bilan monanddir.
👨🏻💻@itspecuz
Windows 10 fayllari nomlarida Emoji’lardan foydalanish 🤠
Windows 10’da Emoji’lar deyarli barcha dasturlar va ilovalarda ishlaydi. Ushbu maqolada Windows 10’dagi papka va fayllarning nomlarida qanday qilib Emoji’larni qo‘llash mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.
1️⃣. Nomi o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan fayl (papka) ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochilgan menyudan “Переименовать” bandini tanlang (buni obyektni tanlagan holda klaviaturadagi “F2” klavishi yordamida ham amalga oshirish mumkin).
2️⃣. Emoji’dan foydalanish uchun siz tizimga o‘rnatilgan holda keluvchi kulgichni tanlash funksiyasini
“Windows” + “.”(nuqta) yoki “Windows” + “;” klavishlari birikmasi yordamida chaqirishingiz lozim.3️⃣. Sichqoncha yordamida Emoji ro‘yxati bo‘ylab o‘ting yoki kerakli kulgichni topish uchun qidiruvga kalit so‘zlarini kiriting.
4️⃣. Fayl (papka) nomini kiriting va kerakli Emoji’ni qo‘llang.
5️⃣. Qayta nomlashni tasdiqlash uchun “Enter”ni bosing.
📍Agar ilova Unicode’ni qo‘llab-quvvatlamasa Emoji’lar ishlamaydi. Fayl nomida Emoji’ni qo‘llash simvol yoki boshqa tildagi biror belgidan foydalanish bilan monanddir.
👨🏻💻@itspecuz
#telegram #security #mulohaza_uchun
🔐 Bloger Eldor Asanov Telegram akkauntini buzib kirishga urinish bo‘lganini aytmoqda. Shunga o‘xshash holat menda ham yuz berdi. Bugun ishlar bilan yurgandim. Telefonimga ham, Telegram messenjerimga ham qaramadim. Keyinroq telefonimga SMS kelganini ko‘rdim.
Telegram code: 5 talik raqam
E’tibor bermadim. Messenjerimga kirsam, o‘sha kod unga ham yuborilgan. Telegram'ning bir yaxshi tarafi bor. Messenjerda qaysi qurilmalardan kirib o‘tirganingizni yoki o‘tirishganini bilishingiz mumkin.
Настройки -> Конфиденциальность -> Показать все сеансы'ga kirsangiz, sizning messendjeringizda nechta qurilma mavjud ekanini bilib olasiz. Kirilgan mobil qurilma va uning koordinatlari yozilgan bo‘ladi. Agar o‘zingizning kompyuteringiz yoki telefoningiz orqali kirilgan bo‘lsa yaxshi. Ammo boshqa qurilma bo‘lsa, tezda skrinshotini oling va uni seanslar tarkibidan joylashgan manzili, raqamini (taxminan 185.164.33.42, shu ko‘rinishda bo‘ladi) o‘chirib tashlang.
Raqamlarni Google Maps'ga tashlasangiz, u ablahning aniq manzilini ko‘rsatadi. Kim bilan borasiz, qay tarzda borasiz - uyog‘i o‘zingizning ishingiz. Bu holat ko‘pchilikda bo‘layotgani aytilmoqda. Iltimos do‘stlar, ogoh bo‘lamiz. Kelgan raqam, kodlarni hech kimga aytmang. Hatto hisobingizga pul tashlashsa ham.
Telegramning ushbu imkoniyatlari haqida ko‘pchilik bilishi uchun maksimal darajada xabarni ulashaylik. Kim bo‘lsa ham maqsadiga erisha olmasin.
📌 P.S.: Yoki messenjerga ikki bosqichda kiradigan qilib sozlab olinglar: Настройки -> Конфиденциальность -> Двухэтапная аутентификация.
📝 Manba: @Zafarbek_Solijonov
👨🏻💻@itspecuz
🔐 Bloger Eldor Asanov Telegram akkauntini buzib kirishga urinish bo‘lganini aytmoqda. Shunga o‘xshash holat menda ham yuz berdi. Bugun ishlar bilan yurgandim. Telefonimga ham, Telegram messenjerimga ham qaramadim. Keyinroq telefonimga SMS kelganini ko‘rdim.
Telegram code: 5 talik raqam
You can also tap on this link to log in: va tepadagi kodli linkni tashlashdi.E’tibor bermadim. Messenjerimga kirsam, o‘sha kod unga ham yuborilgan. Telegram'ning bir yaxshi tarafi bor. Messenjerda qaysi qurilmalardan kirib o‘tirganingizni yoki o‘tirishganini bilishingiz mumkin.
Настройки -> Конфиденциальность -> Показать все сеансы'ga kirsangiz, sizning messendjeringizda nechta qurilma mavjud ekanini bilib olasiz. Kirilgan mobil qurilma va uning koordinatlari yozilgan bo‘ladi. Agar o‘zingizning kompyuteringiz yoki telefoningiz orqali kirilgan bo‘lsa yaxshi. Ammo boshqa qurilma bo‘lsa, tezda skrinshotini oling va uni seanslar tarkibidan joylashgan manzili, raqamini (taxminan 185.164.33.42, shu ko‘rinishda bo‘ladi) o‘chirib tashlang.
Raqamlarni Google Maps'ga tashlasangiz, u ablahning aniq manzilini ko‘rsatadi. Kim bilan borasiz, qay tarzda borasiz - uyog‘i o‘zingizning ishingiz. Bu holat ko‘pchilikda bo‘layotgani aytilmoqda. Iltimos do‘stlar, ogoh bo‘lamiz. Kelgan raqam, kodlarni hech kimga aytmang. Hatto hisobingizga pul tashlashsa ham.
Telegramning ushbu imkoniyatlari haqida ko‘pchilik bilishi uchun maksimal darajada xabarni ulashaylik. Kim bo‘lsa ham maqsadiga erisha olmasin.
📌 P.S.: Yoki messenjerga ikki bosqichda kiradigan qilib sozlab olinglar: Настройки -> Конфиденциальность -> Двухэтапная аутентификация.
📝 Manba: @Zafarbek_Solijonov
👨🏻💻@itspecuz
#smartfon #android #word #excel #powerpoint
Sizga Word, PDF, Excel va PowerPoint'lar bitta ilovada bo‘lishi qulaymi? 📱
Demak sizga WPS Office mobil ilovasi kerak ekan. Ilovani biz quyida taklif qilayotgan havola orqali yuklab oling va bir oy tekin Premium a’zolikka ega bo‘ling!
👇🏻Buning uchun:
1️⃣. https://wpsinvite.page.link/inePk havolasi orqali ilovani yuklab oling;
2️⃣. “Me” yoki “Я” (“Men”) oynasidan “Invite & Earn” (“Taklif qilish va sovg‘a olish”) bo‘limidagi “My Gift” yoki “Мой подарок” (“Mening sovg‘am”) tugmasini bosing, bunda ilovada ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘z Google-akkauntingizni ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.
3️⃣. Ilovaning shu oynasida yozilishiga ko‘ra, har bir taklif qilingan do‘stingiz uchun sizga va siz taklif qilgan do‘stingizga Premium versiyasidan bir oydan foydalanish imkoniyati beriladi.
4️⃣. Siz uchun ushbu oynaning pastrog‘ida 1-banddagi kabi maxsus shakllantirilgan havola yonidagi maxsus tugma yordamida uni nusxalab oling, so‘ngra uni ushbu maqola bilan birgalikda do‘stingizga ulashing, shunda do‘stingiz ushbu maqolaning birinchi bandida keltirilgan havolaning o‘rniga siz ulashgan havola yordamida ilovani yuklab oladi va maqoladagi qolgan ko‘rsatmalarga amal qiladi.
5️⃣. Do‘stingizni taklif etganingiz va unga bergan havolangiz orqali ushbu ilovani yuklab olganligi uchun sizga bir martalik unikal kod beriladi, uni nusxalab oling.
6️⃣. “My Wallet” yoki “Мой кошелек” bo‘limiga o‘tib, nusxalab olingan kodni qo‘llagan holda uni faollashtiring.
Kodni faollashtirish muvaffaqiyatli amalga oshirilganda, dasturning barcha funksiyalaridan bir oy reklamalarsiz foydalana olasiz.
📝 Manba: @terabaytuz

😁1
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Multiplication table-Ko'paytirish jadvali.apk
4.8 MB
Multiplication table - Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi ishlab chiqildi.
Ushbu ilova orqali bolalar karra - karra jadvalini 1 kunda o'rganadi, har bir sonlar uchun alohida misollar ishlab bilimini oshiradi.
O'yin bo'limi orqali 3 xil qiyinlikdagi misollar beriladi
Dual - ya'ni ikki kishilik bo'limida bitta ilova orqali ikki kishi bilimini real vaqtda sinovdan o'tkazadi. Bu imkoniyatlar ilovaning imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu ilova ingliz tilida. Ushbu xususiyat ilovadan foydalanishda hech qanday muammo tug'dirmaydi degan umitdamiz. Farzandingiz shu bahonada ingliz tilidagi so'zlarni ham o'rganib oladi.
Farzandingiz uchun ushbu o'yinni yuklab oling, afsuslanmaysiz! Hajmi atigi 4.8 mb
👉 @informatika

❤1
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor
Dastur ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha rahbari va mijoz o‘rtasida - dasturning texnik sharti borasida bahslashuv odatda qanday kechadi deysiz?
👈🏻 Loyiha rahbari dasturni chap tomondagi kabi ko‘rinishda yaratib bera olishini mijozga aytadi.
👉🏻 Mijoz esa kutilayotgan dastur texnik shart bo‘yicha o‘ng tomondagi kabi ko‘rinishda bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi.
📌 P.S.: Ishni boshlashdan oldin texnik shart borasida mijozning yakuniy qarori aynan shu ekanligini tasdiqlab olmaslik, loyiha rahbarining sho‘ri quriganini anglatadi…

#ict_news #it_darslar
Coursera xalqaro platformasida bepul onlayn kurslar 🆓🔖
IT Park hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera bilan hamkorlikda aksiya tashkil qildilar. Aksiyada barcha xohlovchilar, ayniqsa ishsiz qolganlar 2020-yilning 14-iyulidan 31-dekabriga qadar barcha kurslarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Coursera – bu xalqaro onlayn taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning eng yaxshi universitetlarida va kompaniyalarida faoliyat yurituvchi eng kuchli oʻqituvchilar jam boʻlgan.
Ushbu portalda 64 mln.dan ziyoda foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, 4 500 dan ortiq kurslar, 450 mutaxassislik, 20 ta daraja mavjud.
Bugungi kunga qadar (06.08.2020) 5100 ariza qabul qilindi va 140 foydalanuvchi oʻz sertifikatiga ega boʻlib ulgurdi.
https://clck.ru/PeZoK(UZ) https://clck.ru/PeZmh(RU) havolalari orqali ariza qoldirgan holda 30-sentyabrga qadar roʻyxatdan oʻtish mumkin.
Ko‘rsatma:
Roʻyxatdan oʻtish jarayonidan soʻng, siz 3 kun ichida arizada qoldirilgan E-mail'ingiz orqali taklifnoma havolasiga ega boʻlasiz. Har bir roʻyxatdan oʻtuvchi 31-dekabrga qadar ushbu portaldagi istalgan kursda bepul oʻqishi mumkin boʻladi. 2020-yilda aksiya muddati oʻz yakuniga yetadi.
📝 Manba: IT-park.uz