IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#bilasizmi #smartfon

Smartfon ishlab chiqaruvchilarning marketing hiylalari 📱🤔

Smartfonlar bozoridagi raqobatning yuqoriligi, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mijozlarning e’tiborini o‘ziga qaratish uchun reklamaning turli xil usullaridan foydalanishadi.
Lekin, marketing hiylasi deb oddiyroq nomlangan quyidagi usullarni qanday nomlashni o‘zingiz hal qiling.

1️⃣. Qalbaki fotosurat

Eng keng tarqalgan usullardan biri, professional fotoapparatda olingan fotosuratlarni smartfonda olingan deb da’vo qilinishi.

2️⃣. Benchmark (qurilmaning ish tezligini baholash va taqqoslash) ilovalarini aldash

Tez-tez har xil smartfonlarning benchmark ilovalaridagi (AnTuTu, PCMark) ro‘yxatini va yuqori ballariga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak.
Sintetik testlardagi baholash, smartfonning odatiy foydalanish jarayonidagi tezligini baholash emas. Lekin shunday bo‘lsada ayrim foydalanuvchilar ushbu testlarga ishonishadi.

Muammo shundaki, smartfon ishlab chiqaruvchilari benchmark ilovasi ishga tushirilganligini aniqlab, vaqtincha maxsus "kuchaytirilgan" rejimga o‘ta oladilar.

Qiziq, internet tezligini o‘lchash saytlarini (serverlari) ham aniqlab, maxsus rejimni qo‘llash mumkinmikan?

3️⃣. Tez va qisqa muddatda millionlab sotuvlar

Ma’lum bir smartfon sotuvning ilk kunidayoq 60 soniyada sotib tugatilgani va kompaniya bunday bir necha million dollar foyda qilganligi haqidagi xabarlar. Aytaylik, 1000 dollarlik smarftondan 1000 dona sotilsa ham million dollar bo‘ladi. Xitoy, Hindiston kabi aholi soni milliarddan oshadigan davlatlar uchun 1000-2000 dona smartfonni qancha muddatda sotish mumkin?

4️⃣. Nomi o‘zgartirilgan “yangi” smartfonlar

Masalan, biror davlatda yaxshi sotilmagan smartfonni yangicha nomlab boshqa davlatlarda sotilishi.
Ko‘pincha tizimni yangiroq versiyasi o‘rnatilib innovatsion yangi smartfon ko‘rinishida “qayta tug‘iladi”.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news #smartfon #android #iOS

Dunyodagi eng mashhur smartfon nomi ma’lum bo‘ldi 📱

Joriy yil birinchi chorakda “iPhone 11” dunyo bo‘yicha eng mashhur smartfonga aylandi, deya xabar berdi “Omdia”.

Joriy yilning dastlabki uch oyida “Apple” 19,5 million dona “iPhone 11” yetkazib berdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb olti million dona ko‘p degani.

“Apple” “iPhone 11”ning bahosi bilan uning funksionalligi o‘rtasida muvozanatni topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa smartfonning jozibadorligini oshirdi”, — deb yozadi “Omdia”.

Mashhurlik bobida ikkinchi o‘rin “Samsung Galaxy A51”ga nasib etdi (6,8 million), “Xiaomi”ning “Redmi Note 8” smartfoni esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Hammasi bo‘lib dastlabki o‘ntalikka “Apple” va “Samsung”ning to‘rttadan hamda “Xiaomi”ning ikkita modeli kiritildi.

Hisobot mualliflari 5G quvvatiga ega yangi “Samsung Galaxy S20+” flagmani yutuqlariga e’tibor qaratishdi. Ushbu modelni uch yarim million mijoz xarid qilishgan. Bu esa dunyoda sotuv bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallashiga va beshinchi avlod tarmoqlarida ishlaydigan eng mashhur smartfonga aylanishiga imkon berdi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #rasm_bilan_ishlash

Post yangilandi ℹ️

https://t.me/itspecuz/2881

👆ushbu postda keltirilgan bot nomi yangilandi, ilgarigisi ishlamay qolgandi: @MediaUploader_Bot

Bot nima haqida ekanligini bilish uchun postni o‘qib ko‘ring, bu ayniqsa kanal adminlari uchun qiziq bo‘ladi.

Adminlar uchun yana bir qiziqarli post: https://t.me/itspecuz/2758

Kanalda “botlar” so‘rovini kiritib izlab ko‘rsangiz yoki #telegramda_kanal_yuritish heshtegi bo‘yicha o‘tsangiz foydali maqolalarni topishingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #word

Yashil rangdagi shaklni belgilagan holda
Добавить фигуру ниже buyrug‘i tanlansa, qanday rangdagi shakl paydo bo‘ladi?
Forwarded from Progress Academy
​​🔴 4-iyun kuni 20:30da Active Media Solutions rahbari, bir necha shaxsiy loyihalar muallifi, dasturchi Shavkat Xamidjonov bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Dasturlash va shaxsiy loyihalarni rivojlantirish

Bundan tashqari Hindistonda IT ta'lim olish, freelancerlik, fulltaym, shaxsiy loyihalar, dasturchilik va xususiy tadbirkorlik haqida ma'lumotlar beriladi.

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: https://www.youtube.com/progressacademyuz?sub_confirmation=1

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.me/joinchat/AAAAAEAw14qucn51LfTKGA
"Susambil Telecom" компаниясидан 10 марта юқори тезликдаги Интернет тарифи: «Тошбақага етиб ол» 😉

Телеграм каналимиз: @grafik_reklama
Dunyo davlatlarida qaysi operatsion tizim yetakchilik qiladi?

🟢 - Android
🔵 - Windows
🔴 - iOS
⚪️ - Ma'lumot mavjud emas

@tarmoq_tizim
Forwarded from Abituriyent Onlayn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥💥💥 Aziz ukalar, singillar! Mana maktab va litseylardagi taʼlimni ham tamomlab oldingiz.

❗️ Siz ham yuqoridagi videoda ko‘rsatib o‘tilgan ishlar singari multimedia mahsulotlarini o‘zingiz tayyorlashni istaysizmi? Kelajakdagi axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni-chi?

❗️ Abituriyent onlayn kanali sizlar uchun do‘stimiz Eldor Sayfiyev tomonidan tashkil etilgan, bir necha yillardan beri eng zo‘r ustoz-shogird tizimi yo‘lga qo‘yilgan ESE Group jamoasiga taklif etadi.

Siz uchun kompyuter grafikasi sohasida o‘z bilimlaringizni oshirish vaqti keldi!

Grafik Dizayn (UI/UX dizayn)
Arxitektura va vizualizatsiya (interyer, eksteryer)
2D Animatsiya
3D Modellashtirish va animatsiya
Multiplikatsiya
O‘yin dizayni
Kino sohasida maxsus effektlar

yo‘nalishlarida fantastik yangiliklarni kashf qiling va o‘z olamingizni yarating!

‼️ Buning uchun 👉 @ESEgroup jamoasini kuzating va bizga qo‘shiling!

YouTube kanalimiz manzili: https://www.youtube.com/channel/UCpTmOhTmvbQTKrIt--H6dPA
#maslahat

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari! 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️

💡Zamonaviy kasblardan biri bo‘lgan dasturlashni o‘rganmoqchimisiz? Unda marhamat, sizni iProger.uz platformasi bilan tanishtiraman. Siz ushbu saytda veb-dasturlashni eng sodda tillaridan, ya’ni 0 dan boshlab to dasturlashning so‘nggi texnologiyalarigacha BEPUL o‘rganishingiz mumkin.

🎞 Loyihaning asosiy maqsadi o‘zbek yoshlarini dasturlashga qiziqtirish va kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash. Barcha kurslar video ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi va hammasi mutlaq tekin.

✍️ Sizda Toshkent shahrida oyiga kamida 300-400 ming so‘m evaziga o‘rgatilayotgan kurslarni uyingizdan chiqmasdan tekinga o‘rganish imkoni bor. Buning uchun faqat iProger.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz kifoyadir.

📍iProger.uz - Hech narsa uchun juda kech yoki juda erta emas, qilayotgan bo‘lsangiz bu ayni vaqti.

🌐 Veb sayt: iProger.uz
📢 Telegram: @iProger_Official
🎇 Instagram: iProger.uz
Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o'rganish mumkin?

Til o'rganishdan zerikmaslik va o'rganish jarayoni maroqli bo'lishi uchun zamonaviy texnologiyalarga murojaat qiling, masalan SkyEng onlayn til o'rganish platformasi.

Skyeng – bu ingliz tili bo‘yicha yangi avlod onlayn maktabi. Maktabning professional jamoasi masofaviy tarzda ingliz tilini o‘rganishni xohlovchilarga yordam berishadi. Internet orqali interaktiv darslar yordamida til o’rganish uchun ajoyib vosita!

Imkoniyatlari:

- O'qituvchi bilan to'g'ridan to'g'ri videomuloqot
- Interaktiv topshiriqlar
- Ona tilisi ingliz tili bo'lgan trenerlar
- Video va audiodarslar
- So'zlashuv klubi
- SkyEng jurnali
- Lug'at hamda testlar
- O'zingizga qulay vaqt va grafik
- Xorijiy do'stlar orttirish imkoniyati

Kimlar uchun mo'ljallangan?

- Yosh bolalar uchun
- Maktab o'quvchilari
- Sayohatga chiqishga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun
- Karyera hamda biznes qiluvchilar uchun

Birinchi dars bepul!

Tanishuv demo darsga yozilish uchun: skyeng.ru
👍6
#test #word

Ko‘k rangli shaklni belgilagan holda Добавить фигуру до buyrug‘i tanlansa, qanday rangdagi shakl paydo bo‘ladi?
#test #excel

Sanani kiritish paytida kun, oy va yil qaysi belgi bilan ajratib yozilishi lozim?
Anonymous Quiz
61%
Nuqta
11%
Vergul
12%
Probel
16%
Ikki nuqta
#test #word

Birinchi satr (qizil satr) otstupini o‘rnatish uchun qaysi elementdan foydalanish lozim?
⬆️⬇️
Anonymous Quiz
39%
1
27%
2
25%
3
9%
4
👍1
#test #excel

Quyida keltirilgan qiymatlarning qaysi birini Excel vaqt sifatida qabul qiladi?
Anonymous Quiz
17%
25:52
21%
15-62
56%
15:52
7%
15:62
#test #word

Qaysi klavishlar kombinatsiyasi hujjatga joriy sanani kiritish uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
14%
CTRL + ALT + A
21%
SHIFT + CTRL + V
48%
SHIFT + ALT + D
17%
SHIFT + ALT + T
#ict_news #telegram

Rasman: Roskomnadzor “Telegram”ni bloklashni to‘xtatdi 🚀

Roskomnadzor matbuot xizmati “Telegram” messenjeriga qo‘yilgan barcha cheklovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Idora saytida xabar berilishicha, RF Bosh prokuraturasi bilan o‘zaro kelishuv asosida shu qarorga kelingan.

Roskomnadzor “Telegram” asoschisi Pavel Durovning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishga tayyorligini yuqori baholashini ma’lum qildi.

Durov 4 iyun kuni Rossiya hukumatiga qilgan murojaatida messenjerni bloklashni to‘xtatishni so‘rab, “Telegram”ning Rossiyadagi 30 million foydalanuvchisiga servisdan yanada qulay foydalanishga imkon berishga chaqirgandi.

15 iyun kuni Rossiya Davlat dumasiga messenjerni Rossiya Federatsiyasi hududida bloklashni to‘xtatish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi kiritilgandi. Hujjat mualliflari koronavirus epidemiyasi paytida rossiyalik amaldorlar “Telegram”dan ochiqchasiga va rasman asosiy axborot resurslaridan biri sifatida foydalanishganini ta’kidlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Pavel Durov tomonidan asos solingan “Telegram” messenjeri Rossiyada 2018 yilning 13 aprelidan bloklana boshlagandi. Bunga Durov messenjer foydalanuvchilarining o‘zaro yozishmalari shifrlari kalitlarini Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan bo‘lishishga rad javob berishini sabab bo‘lgandi. Roskomnadzor “blokadasi” davrida millionlab IP-manzillar, xususan, “Amazon” tubtarmoqlarida joylashganlari ham yopib qo‘yilgandi. Idora bulardan bloklashni chetlab o‘tishda foydalanilganini ta’kidlagan. Ko‘p sonli bloklashlarga qaramasdan, “Telegram” Rossiya hududida faoliyatini nisbatan barqaror davom ettirib kelgan.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz