IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#telegram #maslahat

Diqqat! Telegramda test tuzing va kerakli guruhni baholash imkoniyatiga ega bo‘ling! 🔠🆕

Endi Telegram ilovasida test savollaringizni joylashtirib, istalgan guruhda e’lon qilishingiz mumkin. Test ishtirokchilarning to‘g‘ri javoblar reytingi ham avtomatik tarzda e’lon qilinadi.

Misol tariqasida 50 ta savoldan iborat test savollarini ham havola etamiz, o‘z bilimingizni tekshirish bahonasida taqdim etilgan ushbu imkoniyatni ham sinab ko‘ring: 👉 http://t.me/QuizBot?start=RJl1ZMB8

📍@QuizBot - orqali ushbu imkoniyatlardan foydalaning!

📝 Manba: @informatika

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram #ict_news

Siz kutgan xushxabar: nihoyat, Telegram’da guruhli videqo‘ng‘iroqlar ishga tushadi! 👥

Telegram oylik faol foydalanuvchilari soni 400 million nafarga yetdi, bu esa bir yil oldingiga nisbatan 100 millionga ko‘proq. Mazkur messenjer asoschisi Pavel Durovning bu boradagi rasmiy maqolasi e’lon qilindi.

Original maqolani Telegram Uzbekistan kanali o‘zbek tiliga o‘girib chiqargan va unda shunday deyiladi:

Har kuni kamida 1,5 million yangi foydalanuvchi Telegram’da ro‘yxatdan o‘tadi. Jildlar, bulut xotirasi va kompyuterdan kirish imkoniyati Telegram’ni karantin davrida masofadan turib ishlash va o‘qish uchun ideal vositaga aylantiradi. Telegram dunyoda 20 dan ortiq mamlakatlarda eng ko‘p yuklab olingan ijtimoiy tarmoq ilovalari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turganligining ajablanarli tomoni yo‘q – dunyo bo‘ylab odamlar katta tezlik bilan Telegram’ga o‘tishmoqda.

Telegram’ning oxirgi 7 yil ichida o‘sishi

Telegram’ni 7 yil avval ishga tushirganimizda, biz odamlar har doim erkinlik va sifatni cheklovlar va o‘rtamiyonalikdan afzal ko‘radi, deb hisoblar edik. Telegram va uning eskiroq raqobatchilari orasidagi masofa qisqarishi bilan eski fikrlarimiz to‘g‘riligiga yanada amin bo‘lmoqdamiz. Aqlli va erkin bo‘lganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Kelgusida nimalarni rejalashtirmoqdamiz? Ayni paytdagi butun dunyo bo‘yicha yakkalanish videomuloqot uchun ishonchli vositalar qanchalik yetishmayotganini ko‘rsatdi. 2020 yilda videochaqiruvlar xuddi 2013 yilda xabarlar kabi hayotning bir qismiga aylandi. Xavfsizlik yoki qulaylikni taklif qiladigan ilovalar mavjud, lekin har doim ulardan birini tanlashga to‘g‘ri keladi. Biz buni tuzatishga umid qilamiz va 2020 yilda xavfsiz guruh videochaqiruvlarini ishga tushirmoqchimiz.


📝 Manba: @tuit_online

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
#ict_news #telegram

“XXI asr qaroqchiligi”: investorlar Telegram asoschisining xatti-harakatlaridan tashvishda — The Bell 🤔

 Telegram faqatgina AQShlik investorlarining pullarini qaytarib, qolgan barcha sarmoyadorlari uchun o‘zining Gram kriptovalyutasini chiqarishi mumkin. Investorlarni cho‘chitayotgan jihat – ushbu kriptovalyutaga AQShda taqiq qo‘yilgan.

The Bell nashri bilan gaplashgan Telegram Open Network (TON)ning to‘rt investori Telegram faqat AQShlik investorlarga tikilgan pullarini qaytarib berib, qolganlar uchun sud taqiqiga qaramasdan Gram kriptovalyutasini muomalaga kiritishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirishgan.

30 aprelgacha Telegram TON tarmog‘ini ishga tushirib, Gram kriptovalyutasini muomalaga kiritishi lozim yoki loyiha bo‘yicha xarajatlarni ayirib tashlab, qolgan pullarni investorlarga qaytarib berishi kerak. (Bu jami jalb etilgan 1,7 milliard dollarning 72 foizini tashkil etadi). Kompaniya investorlarga hozircha o‘zining keyingi qadamlarini ham oshkor etmayapti, sud taqiqiga qaramasdan loyihani ishga tushirish rejalari haqida ham xabar bermayapti.

“Umuman olganda, TON investorlari bilan aloqa doimo u qadar shaffof bo‘lmagan”, — degan The Bell’ga hamsuhbatlaridan biri.

Jurnalistlar suhbatlashgan investorlarning fikricha, Gram muomalaga chiqarilishi – ehtimoli eng yuqori ssenariydir. Ularning uch nafari bu haqda boshqa investorlar ham aytishayotganini bildirgan. The Bell bilan suhbatlashgan yana bir manbaga ko‘ra, TONga pul tikkan ko‘pchilik allaqachon bundan xabardor.

The Bell’ning ikki hamsuhbatining fikricha, TONning ishga tushirilishi “loyiha investorlarini zarba ostida qoldiradi”. Investorlardan birining aytishicha, sudya Gram’ning har qanday ko‘rinishda joylashtirilishi sud qarorini buzish hisoblanishi»ni anglatishini va bu barcha davlatlar uchun amal qilishini aytib o‘tgan.

“Bu juda qo‘rs harakat, qariyb XXI asr qaroqchiligi bo‘ladi. Agar ular Gram’ni muomalaga kiritishsa, formal jihatdan o‘z va’dasini bajargan bo‘lishadi va pullarni qaytarishga majbur bo‘lmaydi. AQSh qonunini buzgan ular, sen esa Gram’ni olib jinoiy sherik bo‘l yoki olmasdan pulsiz qol — ixtiyoring”, — degan The Bell hamsuhbatlaridan biri.

2019 yilning oktabrida AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) ICO Telegram ustidan sudga da’vo arizasi kiritib, Gram kriptovalyutasini vaqtinchalik taqiqlashga erishgan. Bu vaqtga kelib kompaniya ICO uchun 1,7 milliard dollar to‘plashga ulgurgan edi.

SEC’ning fikricha, Telegram kriptovalyuta sotuvini qimmatbaho qog‘ozlar bilan bitim ko‘rinishida rasmiylashtirishi kerak bo‘lgan. Kompaniya bunday yo‘l tutmagan, shu sababli AQShdagilar bunda qonun buzilishini ko‘rishgan.

Shu yil 25 mart kuni AQSh sudi Telegram kriptovalyutasini qimmatbaho qog‘oz deb topgan va Gram tokenlarini xaridorlarga sotishni taqiqlagan. Sud qarorida ko‘rsatilishicha, TONning ilk investorlari tokenlarni ikkilamchi bozorda sotib bundan daromad qilishni ko‘zlashgan. Sud buni “qimmatbaho qog‘ozlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlarsiz ommaviy tarqatish” deb baholagan.

📝 Manba: @kunuzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

“X-O” (krestik-nolik) o‘yini yangi bosqichga o‘tmoqda.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#smartfon #android

🎞 MX Player Pro — juda ko‘p sozlamalarga ega bo‘lgan, barcha formatlarni qo‘llab-quvvatlovchi videopleyer. Pro-versiya, DTS va AC3 kodeklari qo‘shilgan, barcha ortiqcha elementlari olib tashlangan.

📎 MX Player Pro 1.23.0 mobil ilovasini yuklab olish.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#test #excel

Belgilangan sohani olib o‘tkazish usuli yordamida siljitish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini qayerga olib borish lozim?
#mulohaza_uchun

Kanalimiz muxlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida istiqomat qiluvchi Aydos Sankibayev Node.js texnologiyasidan foydalangan holda Covid-19 virusi mavjud bo‘lgan barcha mamlakatlarning statistikasini ko‘rsatib bera oladigan Telegram-botni yo‘lga qo‘yibdi: @covidinfouzb_bot

Marhamat, foydalanib ko‘ring va baho bering, Aydosga esa o‘z bilimlarini yanada mukammallashtirgan holda, bundan-da foydali dasturiy ta’minotlarni yaratishda zafarlar tilab qolamiz!

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#test #word

Shrift o‘lchami qanday o‘lchov birligida o‘rnatiladi?
Anonymous Quiz
30%
millimetr
14%
santimetr
43%
piksel
13%
punkt
#test #excel

O‘rtacha qiymatlarni hisoblash funksiyalari qaysi formulalar guruhiga tegishli?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Parol sifatida -root-‘ni kiritib serverga kira olganingizda...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#word

CTRL klavishi yordamisiz giperhavola bo‘yicha o‘tish 🖱

Giperhavola ustiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib borilganida “Нажмите CTRL и щелкните ссылку” xizmatchi xabari hamda eslatma matnini o‘z ichiga oluvchi kichik soha yuzaga keladi.

Biroq Word CTRL’dan foydalanmay turib ham havolalar bo‘yicha o‘tish imkonini beradi, bu holatda xizmatchi xabar matni ham o‘zgaradi.

Buning uchun Параметры Word oynasini oching, Дополнительно bo‘limiga o‘ting va CTRL + щелчок для выбора гиперссылки parametridan maxsus belgini olib tashlang, OK tugmasiga bosgan holda ushbu o‘zgarishni saqlang va sinab ko‘ring, barchasi oddiy!

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#test #excel

Keltirilgan qiymatlarning qaysi biri Excel tomonidan sana sifatida qabul qilinadi?
Anonymous Quiz
15%
14.07.1789
10%
28 фев
25%
30.02.2010
3%
30 фев
47%
Barcha javoblar to‘g‘ri
#ict_news #bilasizmi

Rasmiy ravishda - Google Toshkentda keshlash (Google Global Cache yoki GGC) serverini o‘rnatdi. Bu nuqta global xaritada paydo bo‘ldi. 📈

Barcha provayderlar uchun har qanday Google xizmatlariga kirish (masalan, Google Play Market, YouTube) tezligi oshishi kerak.

Ayni paytda ayrim foydalanuvchilar Google xizmatlariga mahalliy (Tas-IX) tarmoq tezligida kirishni boshlagan.
https://peering.google.com/#/infrastructure

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#smartfon #android #iPhone

Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing! 📱📲

Android operatsion tizimli smartfon ishlatadiganlar iPhone olsa, unga birdaniga ko‘nikib ketishi qiyin kechadi. Chunki, bu ikkala smartfonning bir-biridan farqli jihatlari yer bilan osmoncha. Quyida e’tiboringizga yangi “tishlangan olma”ngizga ko‘nikishga yordam beradigan tavsiyalarni havola etamiz...

1️⃣-tavsiya

iPhone’da “proshivka” tez-tez yangilab turiladi. Qurilma yangilash vaqtini sizga doim eslatib, ko‘rsatib turadi. Bu yangilashni doim o‘z vaqtida amalga oshiring. Bu iPhone’ingizning yanada yaxshi va yangi imkoniyatlar bilan ishlashini ta’minlaydi.

2️⃣-tavsiya

Kechqurun suratga yoki tavsirga olish jarayonlarida NeuralCam deb ataluvchi ilovadan foydalaning. Ushbu ilova orqali suratlaringiz yorug‘lik kam paytda ham yaxshi chiqadi.

3️⃣-tavsiya

“Favqulodda qo‘ng‘iroq”lar funksiyasini sozlab qo‘ying. Bu favqulodda holatlarda tez va oson qo‘ng‘iroq qilishga yordam beradi.

4️⃣-tavsiya

iPhone’da ko‘proq qorong‘u rejimdan foydalaning. Bu telefon quvvatini tejashga yordam beradi. “Quvvatni tejash” rejimini ham e’tiborsiz qoldirmang.

5️⃣-tavsiya

Yangi qurilmangizda tez va oson matn yozish uchun:

• Klaviaturaning istalgan bir yeriga barmoqni uzmay bosib turilsa, u tachpad (bunda kursorni istagan yerga osngina surish, joylashtirish mumkin) rejimiga o‘tib qoladi.

• Matndagi ma’lum bir so‘zdan nusxa ko‘chirish, ulashish yoki kesib olish uchun o‘sha so‘zga bir marta bosishning o‘zi kifoya. So‘zning yuqori qismida siz qidirgan vazifalar paydo bo‘ladi.

• “iPhone’ni topish” funksiyasining oflayn-qidiruv bo‘lmasini soz holatga keltirib, “so‘nggi geopozitsiya” qismidagi tugmani yoqib qo‘ying. Bu geolokatsiya haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda saqlash imkonini beradi. Smartfoningiz quvvati kamayib, o‘chay deganda ham, kerakli lokatsiyani iCloud orqali ko‘rib olishingiz mumkin. Faqat Bluetooth’ni o‘chirib qo‘ymang. Aks holda oflayn-qidiruv ishlamaydi.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Dasturni mijozga namoyish etish vaqtida yuzaga kelgan kichik xatolikni tuzatishga bo‘lgan urinish…

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#maslahat #internet #android

Professional yozuvchilikdan tortib kundalik yozishmalargacha… ⌨️

Matn.uz” nomli kundalik yordamchingiz bilan birgalikda, savodxon inson sifatida taassurot qoldiradigan, aniq va xatosiz yozing! ✏️

Facebook, Twitter, Instagram va boshqa barcha ommabop ijtimoiy tarmoqlarda “post” yozayotganingizda, katta bir maqola ustida ish olib borgan vaqtingizda, u yoki bu so‘zning izohiga qiziqqaningizda, bu tizimdan maslahatlar oling.

Matn.uz android uchun ilovani ham tayyorlabdi 📲

Matn.uz tizimi 100 000 dan oshiq so‘z bazasiga ega bo‘lib, yozgan matningizdagi xatoliklarni topib, belgilab beradi va unga boshqa o‘xshash so‘zlarni ham taklif qiladi.

— Ilova hajmi 6 MB
— Ilovada ham kirilldan lotinga va lotindan kirillga o‘girish funksiyasi mavjuddir.

📥 Ilovani yuklab olish uchun havola.

📝 Manba: @featureuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
Forwarded from Abituriyent Onlayn
⚡️⚡️⚡️ Tibbiyot oliygohi talabalari yuqori miqdorda stipendiya oladilar

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab taʼlim bosqichidan qatʼi nazar chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi quyidagi xalqaro sertifikatlar (🔻) biridan belgilangan minimum ballga ega bo‘lgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalariga (mutaxassislik fanlarni “qoniqarli” bahoga o‘zlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qo‘shimcha to‘lov (hozirgi kunda 428.000 so‘m (🔻🔻)) amalga oshiriladi:

❗️ Ingliz tili
International English Language Testing System (IELTS asademic): 6.5
Test of English as a Foreign Language (TOEFL): IBT 72
Cambridge Assessment English PET: B2

❗️ Nemis tili
Goethe-Zertifikat: B2
TestDaf: B2
Deutsches Sprachdiplom: DSD II

❗️ Fransuz tili
Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF): B2
Test de Sonnaissanse du Français (TSF): B2


🔻 Milliy CEFR sertifikatlari uchun qo‘shimcha stipendiya ko‘zda tutilmagan!

🔻🔻 Misol uchun, barcha fanlardan a'lo baholarga o‘zlashtirgan talaba IELTS sertfifikatida minimum 6.5 ballga ega bo‘lsa, uning 513.600 so‘m stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda har oy 428.000 so‘m qo‘shiladi va uning oylik stipendiyasi 941.600 so‘mni tashkil etadi.

P.S. Yangilikni tarqatayotganizda manbani (@uzabt) ko‘rsating

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

⭕️ Abituriyentlar uchun eng so‘ngi yangiliklar bizning kanalda 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW7AqEn2cDsxmA
#ict_news #hardware #software

Belarusning Banuba IT kompaniyasi buyurtmalarni boshqarish uchun kontaktsiz interfeysni ishlab chiqdi 🆕

Bu haqda VP Capital asoschisi Viktor Prokopenya TUT.BY nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tizim ko‘chalarda joylashgan bankomatlar va kofe mashinalarida qo‘llanilishi mumkin. Shaxs muayyan imo-ishoralarni ko‘rsatib, kerakli harakatlar yoki opsiyalarni tanlashi mumkin. Kamera imo-ishorani qabul qilib, tahlil qiladi va uning turini aniqlaydi.

📝 Manba: @your_tech

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg