IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#smartfon #internet #android #maslahat

Android’da internetni iqtisod qilish 📲

Internetni iqtisod qilish funksiyasi ilovalarga orqa fondan turib internetdan foydalanishini cheklaydi. Ushbu imkoniyatni faollashtirish tartibi esa quyidagicha:

1️⃣. “Настройки”ni oching. ⚙️
2️⃣. “Подключения”ga o‘ting.
3️⃣. “Использование данных” va “Экономия трафика”ga bosing.
4️⃣. Trafikni iqtisod qilish funksiyasini faollashtiring.

Lozim bo‘lgan taqdirda “Использ.прилож.при эконом.траф.”ga o‘tish orqali ushbu cheklov ta’siridan ba’zi ilovalarni chiqarib qo‘yishingiz mumkin.

📌 Izoh: Proshivkadan qat’iy nazar, sozlamalarning joylashuvi va nomlanishi farqlanishi mumkin.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun #dasturlash

Bir vazifa uchun 4 framework’dan foydalanganingda

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#excel

Muayyan katakka nisbatan havola turini o‘zgartirish ⌨️

Uch turdagi havolalar mavjud:
• nisbiy — A1 ko‘rinishidagi havola
• aralash — $A1 yoki A$1 ko‘rinishidagi havola
• mutlaq — $A$1 ko‘rinishidagi havola

Formuladagi katak manzili keltirilgan qismini belgilab turib F4 klavishini ketma-ket bosilsa, Excel avtomatik tarzda formuladagi katak manziliga $ belgisini quyidagi tartibda qo‘shadi — A1 ➡️ $A$1 ➡️ A$1 ➡️ $A1

Qo‘llamoqchi bo‘lgan havolamiz turiga qarab — bir necha marotaba F4’ga bosamiz va natijaga erishamiz.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1
#excel

Aralash havola turidan foydalanish bo‘yicha misol (Karra jadvali)

Yuqorida keltirilgan karra jadvalidagi sonlarni hosil qilish juda oson, buning uchun ustun va satr sarlavhalaridagi 1 sonlari kesishgan katakka sichqoncha kursorini o‘rnatib, quyidagi formula yoziladi: =$A2*B$1

Bunda $A2 katak manzilida ustun statik (o‘zgarmas), satr esa dinamik (o‘zgaruvchan) holda qoladi, ya’ni ushbu katakdagi formula sichqoncha bilan o‘ngga yoki pastga qarab tortilgan taqdirda, formula faqat 1-ustundagi sonlar bilan ishlaydi.

B$1 katak manzilida esa ustun dinamik (o‘zgaruvchan), satr esa statik (o‘zgarmas) holda bo‘ladi, ya’ni ushbu katakdagi formula sichqoncha bilan o‘ngga yoki pastga qarab tortilgan taqdirda, formula faqat 1-satrda keltirilgan sonlar bilan ishlaydi.

Ushbu keltirilgan misol bilan Excel’da eng kam harakat bilan karra jadvalini hosil qilishimiz mumkin. 😉

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Barchaga ma’lumot uchun:

2020 yilda, hujjatlarga imzo chekib, sana yozayotgan paytingizda zinhor yilni 20 ko‘rinishida qisqartirmang.

Sanani hujjatlarda oson tarzda qalbakilashtirish mumkin.

Masalan, 05/01/20'ni 05/01/2018 yoki 05/01/2016 va h.k. tarzda qalbakilashtirish mumkin. Yuristdan izoh. ✍🏻

❗️Do‘stlaringizni ham buni ulashgan tarzda ogohlantiring.

📝 Manba: @uzmdk

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1😁1
#so‘rovnoma

Navbatdagi so‘rovnomamizda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. 📌Kanalda ulashilayotgan postlar Sizga o‘zbek tilining qaysi alifbosida uzatilgangani ma’qul?
Anonymous Poll
83%
Lotin alifbosida
17%
Kirill alifbosida
#android #internet

🔍 Android’dagi Google Chrome’da matn keltirilgan sahifadan turib tog‘ridan-to‘g‘ri soddalashtirilgan qidiruvni amalga oshirish

📱 Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, internetda kerakli ma’lumotni izlayotgan paytingizda, sizga aynan kerakli bo‘lgan sahifaga kirasiz, biroq matnda tushunarsiz atamalar yoki shunchaki siz avval duch kelmagan narsalar uchrab qoladi.

👨‍👨‍👧‍👧 Odatda foydalanuvchi yangi bo‘lim (вкладка)ni ochadi, qidiruv satriga notanish so‘zni kiritadi, uni izlaydi, so‘ngra asosiy materialga qaytadi. Bu jarayonni esa ancha oson va tez amalga oshirish mumkin.

1️⃣ Matnning o‘zida notanish so‘z/jumlani belgilaymiz.
2️⃣ Pastda Google bo‘yicha izlash paneli paydo bo‘ladi.
3️⃣ Uni teparoqqa tortamiz, qiriruv natijasini ko‘ramiz.
4️⃣ Havola bo‘yicha o‘tamiz, Назад’ga bosish orqali esa biz qidiruvni boshlagan sahifamizga qaytamiz.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

👤: Kompyuter bugun nega bo‘ysunmayabdi?!

⌨️✍🏻: CTRL+ALT+DELETE

🖥: Vazifalar dispetcheridan joningni saqlab qol!

Dasturlarning ham joni og‘riydi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Hayotning fojiasi shundaki, biz juda tez qariymiz, donolikka esa juda kech erishamiz.

Bendjamin Franklin

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Forwarded from QIZIQ FAN
Insonning tishidagi nerv tolalari bosh miya bilan aloqalari mana shunday koʻrinishga ega!!! 😱😱😱

@qiziqfan
#ict_news #operatsion_tizim

Bugungi kundan boshlab Microsoft Windows 7’ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. 14-yanvardan so‘ng Windows 7 o‘rnatilgan kompyuter ishlashdan to‘xtab qolmaydi, biroq Microsoft har qanday savollar yuzasidan texnik qo‘llab-quvvatlashni ortiq taqdim etmaydi.

📝 Manba: @NovostiUZ

📌 Siz ayni damda Microsoft Windows’ning qaysi versiyasidan foydalanasiz?

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#maslahat #android

Happy Color mobil o‘yini 📲

Raqamlar bo‘yicha eng zo‘r bo‘yash o‘yinini yuklab oling, rasmni tanlang va bo‘yab chiqing 🌈.
Yorqin, qiziqarli rasmlar stressdan xalos bo‘lishingizda yordam beradi! 😊

1000 dan ziyod hayvonlar 🐼, yakkashohlar 🦄, manzaralar 🏞, odamlar 😀 rasmlari sizni kutmoqda ☝️. Kattalar va kichiklar, bolalar 👦 va qizlar 👧 uchun har qanday didga mos keluvchi rasmlar tavsiya etiladi. O‘zingizga kundalik hayotdan chalg‘ish hamda ranglar va relaks olamiga sho‘ng‘ishga imkon bering ❤️.

Har bir rasmlarda siz raqamni ko‘rishingiz mumkin 1️⃣, har bir raqamga biror rang mos keladi 🔴. Palitradagi 🎨 raqamlar bo‘yicha rasmni bo‘yab chiqing hamda o‘zingiz va do‘stlaringiz uchun chiroyli tasvirni hosil qiling 🏞. Rasmlar kolleksiyasi doimiy tarzda yangilanib boradi.

Ushbu ilova mobil qurilmangizda ko‘p joyni egallamaydi va batareyani ko‘p sarflamaydi.

⚪️ Har qanday joyda o‘ynash mumkin: bog‘da, ishda, uyda!
🔴 Ilovada yengil va murakkab, yorqin va qiziqarli rasmlarning katta tanlovi mavjud.
🔵 Bo‘yash o‘yini konsentratsiya va e’tiborni rivojlantiradi. Shuningdek u kundalik ishlardan chalg‘ish va stressni yengishda ko‘mak beradi.
⚫️ Ushbu bo‘yash o‘yinining interfeysi oddiy va qulay, barcha uchun tushunarlidir.

Raqamlar bo‘yicha rangli tasvirlarni hosil qiling, orom oling! 👌

📥 Happy Color mobil o‘yinini yuklab olish.

👨🏻‍💻@itspecuz
#telegram

Ommaviy so‘rovlar va viktorinalar 🔡

Telegram’ning barcha platformalar uchun kutilayotgan navbatdagi yangilanishida “So‘rovlar” funksiyasi yaxshilanadi.

Mavjud anonim so‘rovlarga ommaviy so‘rovlar, bir nechta variantni tanlash imkonini beruvchi so‘rovlar, shuningdek bir javob to‘g‘ri hisoblanuvchi viktorina-so‘rovlari qo‘shiladi.

Hozirgi vaqtda barcha so‘rovlar yaratilganidan so‘ng bir variantni tanlash mumkin bo‘lgan anonшm so‘rovga aylanadi, ommaviy so‘rovlarni esa kanallarga nashr qilib bo‘lmaydi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Forwarded from O‘zbek-Hind AT markazi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥💥💥 6 oyda axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi?

❇️ O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi sizga bu imkoniyatni taqdim etadi!
❇️ Xalqaro Cisco akademiyasida 6 oy ta‘lim oling!

🛑1 fevralgacha ro'yxatdan o'ting va 10% chegirmaga ega bo‘ling!
#ict_news #operatsion_tizim #internet

Yangilangan Microsoft Edge brauzeri 🆕🌐

Brauzer Chromium bazasiga asoslangan va oldingi versiyasiga nisbatan tezroq, xavfsizroq va samaraliroq hisoblanadi.

Windows bilan bir qatorda, macOS, iOS va Android operatsion tizimlari uchun qo‘llab-quvvatlanish mavjud. Rasmiy havoladan foydalanib brauzerning birinchi versiyasini yuklab olishingiz mumkin: https://www.microsoft.com/edge

Windows’ga o‘rnatishda brauzerning eski versiyasi yangisiga almashtiriladi. Mobil qurilmalarda yangilanish avtomatik ravishda AppStore va Google Play orqali amalga oshiriladi.

Endi brauzer rasmiy kengaytmalar do‘konidagi 190 mingdan ortiq qo‘shimcha dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Harakatda kamera bilan suratga olish uchun giroskop

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Forwarded from Mehr bekati
​​Sizning ham ba'zida yashagingiz kelmay qoladimi? Unda quyidagi suratlarga qarang. "Eee oddiy yosh bola chizgan rasm-ku", – deyishingiz mumkin. Lekin bu rasmlarda butun bir hayot, butun bir umid mujassam. "Qanaqasiga", – deb hayron qoldingiz-a. Bu rasmlarni Respublika onkologiya markazida davolanayotgan kimningdir singlisi yo ukasi, kimningdir farzandi, boringki, kimning nevarasi qatoridagi murg‘ak qalblar chizgan. Shuning uchun ham bu rasmlar men uchun manaman degan qimmatbaho san'at asarlaridan AZIZ. Ular hayot uchun kurashyapti. Ana shu kurashda siz ham ularning yo‘liga umid chirog'i tutishni istasangiz, bolalarning chizgan san'at asarlarini sotib oling. Va o‘z yordamingizni bering.
Hech bo'lmasa shu postni ulashishga öz hissangizni qo'shing.
Alloh rozi bo‘lsin.

@khaydarovadilbar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Kengaytirilgan voqe'lik va kimyo

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg