IT specialist
9.67K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#word

Uzoq o‘qish vaqtida ko‘zlarni qanday tinchlantirish mumkin? 👀

Dasturning Menyu satridagi Вид bo‘limiga va undagi Режим чтения’ga o‘ting. Fonni qora (inversiya) yoki och jigar rang (sepiya)ga o‘tkazish uchun qo‘shimcha parametrlarga o‘ting.

Shu yerning o‘zida ustunning kengligini belgilash yoki izohlar panelini ko‘rinadigan holga keltirish mumkin.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Janubiy Afrika Respublikasida timsoh suv ichish ilinjida kelgan antilopalardan birini tutib oldi.

Bir necha daqiqa davomida yirtqich o‘z o‘ljasini suv ostiga sudrab borishga urindi.

Boshqa antilopalar esa bu payt shunchaki bir chetda nima bo‘layotganini kuzatib turishdi.

O‘lim muqarrar bo‘lgan bir paytda yordamga ikki begemot keldi va timsohni haydab yubordi.

❗️Do‘st - bu sen bilan faqat o‘z tashnaligini qondiruvchi emas, balki seni barcha tark etganida ham yoningda qoluvchi insondir.

🎞 Ushbu videoni o‘zingiz uchun eng yaqin hisoblagan insonlar bilan bo‘lishing.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #mulohaza_uchun

Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada? 📱🤔

Reddit resursida Xiaomi telefonlari egalari ushbu kompaniya smartfonlarining boshqalaridan afzal tomonlarini muhokama qilishdi. Reddit resursida bo‘lib o‘tgan ushbu muhokamada yuzdan oshiq yuzer ishtirok etgan.

Xiaomi qurilmalarining asosiy afzalliklari, foydalanuvchilar fikricha: arzon narxlanganligi, yuqori sifatda terilganligi va eng yaxshi butlovchi qismlardan iboratligidir. “Xitoycha Apple” smartfonlari egalarining aksariyati ularni narx va sifat uyg‘unligiga ko‘ra tanlashar ekan.

“Xiaomi degani bu – qoyilmaqom smartfonlardir. Shuningdek ular, Apple va Samsung kabilar o‘z smartfonlariga qanchalik kulgili narxlar qo‘yishayotganini yaqqol ko‘rsatib beradi”, – deydi fever84 nikli Reddit foydalanuvchisi.

Bundan tashqari, deya ta’kidlashgan foydalanuvchilar, Xiaomi’ning hatto arzon va o‘rta narxli smartfonlarida ham zamonaviy odam uchun kerakli barcha narsalar mujassam. Shu boisdan ham Xiaomi gadjetlarini ishlatayotganlar boshqa smartfonsozlarning nisbatan qimmat modellarini xarid qilishda ma’no ko‘rmaydilar.

📌 Sizchi, qaysi brend foydalanuvchisi hisoblanasiz?

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #internet

O‘zbekiston internet tezligi reytingida 11 pog‘onaga yuqoriladi 🌐📈

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2019 yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra Speedtest Global Index oylik reytingi natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston simli internet tezligi reytingida keskin yuqorilab, 11 pog‘onaga ko‘tarildi va dunyoning 180 mamlakati o‘rtasida 108-o‘rinni band etdi. Bu yil davomidagi eng katta o‘sishdir.

So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda simli internet tezligi 2018 yil noyabridagi 9,98 Mbit/s.dan 2019 yil noyabr oyida 21,47 Mbit/s.gacha (yuklab olish), ya’ni ikki baravarga oshgan.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston oktabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan bir oz yaxshilanib, bitta pog‘onaga ko‘tarilgan va 135-o‘rinni band etgan.

Speedtest ulanish tezligini tekshirish uchun xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan qayd qilingan ma’lumotlar asosida internet tezligini hisoblaydi va reyting tuzadi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#maslahat #operatsion_tizim #internet #word

Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.

P.S. 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉

2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!

🔄 Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

📌 Bu haqida sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Қаттиқ_''Х''ми,_юмшоқ_''Ҳ''_Тўхтасин.pdf
2.7 MB
#maslahat

📚 "Yangi asr avlodi" nashriyoti
👤 To‘xtasin Arslonov
📙 Qattiq “X”mi, yumshoq “H” (risola)
🔎 PDF (2.7 MB)

Ona tilimiz boy va go‘zal. Uni sevib o‘rganish, kundalik muomalada unumli foydalanish bizdan katta mas’uliyat talab qiladi. Ayniqsa bog‘chalarda, maktablarda, o‘quv yurtlarida, ba’zan matbuotda, efir to‘lqinlarida, muomalada tilimizdagi “h” va “х” harflari qo‘llanadigan so‘zlarni ishlatishda biroz savodsizligimiz sezilib qolyapti. Ana shu bo‘shliqni to‘ldirish, tilimiz sofligiga erishish niyatida e’tiboringizga havola etilayotgan mazkur risola hojatingizni chiqarishga ko‘maklashadi, degan umiddamiz.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #maslahat

Smartfon ko‘rish qobiliyatimga zarar bermasin desangiz, “oltin qoida”ga amal qiling 📱👀

Mutaxassislar, telefondan ko‘p foydalanuvchilar ko‘z nuriga zarar bermaslik uchun qanday qoidaga amal qilishi kerakligini aytishmoqda.

Ularning fikricha, ko‘rish qobiliyatining buzilishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar: smartfon ekranini ko‘zga yaqin masofada tutish, uni noto‘g‘ri yoritish yoki odam gavdasining holati hisoblanadi.

Smartfondan qancha vaqt foydalanish mumkinligini bilish uchun oftalmologlarga o‘z vaqtida murojaat qilish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rish qobiliyati yomonlashgan bemor vizual yuk rejimiga rioya qilishi va gadjet yonida uxlamasligi kerak. Bu kasallikka bundan boshqa davo yo‘q.

Agar ishingiz sabab telefondan doimiy ravishda foydalanishingiz kerak bo‘lsa, tez-tez smartfon ekranidan boshqa joyga qarab turishga harakat qiling.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #mulohaza_uchun

Google'dan bu yil eng ko‘p nimalarni so‘rashdi? 🤔

“Taxtlar jangi“, “Ketilin Jenner“, “Regbi bo‘yicha Jahon chempionati“, “51-huhud“, “ananasni qanday yesa bo‘ladi?“

Yuqoridagilar bu yil britanyaliklar tomonidan Google'da eng ko‘p qidiruv berilgan jumla va savollardandir. Bu haqida BBC xabar bermoqda.

Qidiruv giganti taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Birlashgan Qirollikda eng ko‘p so‘rov berilgan jumla Regbi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘ldi. Ma’lumot uchun, chempionat finalida Janubiy Afrika Angliya ustidan g‘alaba qozonib, chempionga aylangan.

“51-hudud nima?” va “Psalm so‘zi qanday talaffuz qilinadi?” kabilar ham eng ko‘p berilgan savollar ro‘yxatida yetakchilik qildi.

Qiziqayotganlar uchun, 51-hudud AQSh havo kuchlarining o‘ta maxfiy bazasi hisoblanadi. Ba’zilarning ishonishicha esa, bu yerda o‘zga sayyoraliklar yashaydi. Iyul oyida Facebook'da “51-hududga hujumga o‘t, hammamizni to‘xtatib qolisholmaydi”, nomi ostida tarqalgan xabarlardan so‘ng bir million kishi AQSh Havo kuchlaridan bunga munosabat bildirishni talab qilganda, tashkilot fuqarolarni bu hududga yaqin yo‘lamaslik borasida ogohlantirgandi.

Psalm — Kim Kardishian-Uest va Keyn Uestlarning may oyida dunyoga kelgan to‘rtinchi farzandining ismi. Bu nom “salm” deb talaffuz qilinadi — “P” aytilmaydi.

Britaniyada eng ko‘p qidirilgan 10 ta so‘rov ro‘yxatida telemahsulotlar, kino va sport o‘yinlari yetakchilik qildi. Kriket bo‘yicha Jahon chempionati, Chernobil va “Qasoskorlar: So‘nggi o‘yin” shular jumlasidandir.

Ketilin Jenner haqidagi savollar ham ko‘p bo‘ldi. “Men mashhurman... Meni bu yerdan olib ket!” nomli realiti shousidadagi roli sabab Jenner Britaniyada eng ko‘p “Google qilingan“ mashhurga aylandi.

Foydalanuvchilar qanday qilib sport matchlarini tomosha qilish va siyosatda ishtirok etish borasida ham anchayin qidiruv berishgan. “Chempionlar Ligasi finalini qanday tomosha qilish mumkin?”, “KSI'ning Logan'ga qarshi o‘yinini qanday tomosha qilish mumkin?” va “Ovoz berish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?” kabilar shularga misol bo‘la oladi. Quyida yuqoridagilarning qisqa xulosasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

Qanday...

• Chempionlar Ligasini qanday ko‘rish mumkin?
• “Taxtlar O‘yini”ni qanday ko‘rish mumkin?
• Psalm so‘zi qanday talaffuz qilinadi?
• KSI'ning Logan'ga qarshi o‘yinini qanday ko‘rish mumkin?
• Yevropa saylovlarida qanday ovoz berish kerak?
• Ananasni qanday yeyish kerak?
• Ovoz berish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
• Minecraft'da (o‘yin) tulkini qanday qo‘lga o‘rgatish mumkin?
• Chernobilni qanday tomosha qilish mumkin?

Nima...

• 51-hudud nima?
• Bekstop nima?
• D-Day nima?
• Finn qonuni nima?
• Kriketda “super-over” nima?
• 13-maqola nima?
• VSCO qiz nima?

📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#so‘rovnoma

Aziz do‘stlar, navbatdagi so‘rovnomamizda ham faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz. 📌Sizning jinsingiz?
Anonymous Poll
90%
🙋🏻‍♂️‍ Erkak
10%
🙋🏻‍♀️‍ Ayol
#mulohaza_uchun #dasturlash

Sen mendan sayt yaratib berishimni so‘rayabsan, lekin dasturchi va dizayner o‘rtasidagi farqni sezmayabsan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Foydali formulalar bilan bo‘lishishda davom etamiz. Ko‘pincha hisob-kitoblarda oyning birinchi kuni va har bir oydagi kunlar miqdoridan foydalaniladi. Kunlar miqdorini qo‘lda kiritmaslik uchun, КОНМЕСЯЦА funksiyasi asosidagi kichik formuladan foydalanish mumkin.

Formula birinchi argumentdagi ko‘rsatilgan sanaga tegishli oydagi kunlar miqdorini oson hisoblash imkonini beradi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
#internet #maslahat #game

Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish 🕹

Internetga ulanishni yo‘qotganingizda bir necha bor ushbu mini-o‘yinga duch kelganingiz shubhasizdir. Brauzerda o‘yinga ushbu havola orqali murojaat etish mumkin:

👉🏻 chrome://dino/

Ushbu maqolamiz orqali sizga ushbu o‘yin bilan bog‘liq kichik hiyla-nayrang sirini ulashmoqchimiz:

1️⃣. Chrome brauzerida yuqorida keltirilgan havola bo‘yicha o‘ting.
2️⃣. Sahifada sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusida “Просмотреть код” bandini tanlang yoki shunchaki “F12” klavishini bosing.
3️⃣. Brauzerning o‘ng yoki pastki tomonida ochilgan panelda “Console” bo‘limiga o‘ting.
4️⃣. Runner.instance_.gameOver = function(){}; buyrug‘ini kiriting va “Enter”ni bosing.

Shundan so‘ng dinozavrcha osonlik bilan barcha to‘siqlar bo‘ylab yugurib o‘tishni boshlaydi. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
🤔1
#so‘rovnoma

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, e’tiboringizga navbatdagi so‘rovnomamizni havola etamiz va unda faol ishtirok etishingizni kutib qolamiz. 📌 Daromadingiz manbai?
Anonymous Poll
19%
Shaxsiy biznes
16%
Passiv daromad
15%
Yollanma xodim
3%
Frilans
47%
Ta’lim olish jarayonida
​​#ict_news #bilasizmi #operatsion_tizim

Putin xavfli operatsion tizim ishlatishi ma’lum bo‘ldi 🖥

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining ish joyida ishlatayotgan kompyuterga Windows operatsion tizimining eskirgan versiyasi o‘rnatilgan ekan. Buni Kremldan olingan suratga qarab The Guardian nashri jurnalistlari payqab qolishgan.

Putin ishlatayotgan kompyuterdagi Windows XP tizim talqini 18 yil avval taqdim etilgan. 2014 yili esa Microsoft uni qo‘llab-quvvatlashni butkul to‘xtatgan.

Microsoft saytida ta’kidlanishicha, Windows XP tizimida ishlash xavfsiz emas. Zero, u endi himoyadagi tirqishlar va boshqa muammolarni bartaraf etuvchi tizim yangilanishlarini qabul qilmayapti. Kompaniya mazkur operatsion tizim talqinidan hamda Windows 7’dan foydalanayotgan mijozlariga Windows 10 versiyasiga o‘tishni tavsiya etib kelayotir.

Putin kompyuteri masalasiga kelsak, u operatsion tizimning xavfsizlik xizmati dasturchilarining tekshiruvidan o‘tgan maxsus talqinidan foydalanayotgan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bu kompyuter internetga ulanmagan bo‘lsa kerak. Umuman, Rossiya prezidenti turli zamonaviy gadjetlardan juda kam foydalanadi.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Odatda, mundarija yaratish jarayonida, unga hujjat strukturasidagi barcha darajadagi sarlavhalar kiradi. Masalan, uning tarkibiga an’anaviy “Заголовок 1”, “Заголовок 2” va “Заголовок 3”lar kiradi.

Agarda Siz uchun sarlavhalar darajalari hujjat bo‘ylab tezkor o‘tish uchun kerak bo‘lib, lekin mundarijada aks etishi lozim bo‘lmasa, unda buni osonlik bilan sozlab olishingiz mumkin. Buning uchun mundarijani yaratish paytida qo‘llaniluvchi ro‘yxatdan kerakli uslubni chiqarib tashlash kifoyadir.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Insondan bir sutka davomida taralayotgan issiqlik muzlagan holatdagi 33 litr suvni qaynatishga yetadi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news #operatsion_tizim #security

Microsoft Windows 7’ni antivirus himoyasisiz qoldiradi

Bundan maqsad, foydalanuvchilar ushbu tizimni Windows 10’ga yangilab, asta-sekin o‘tishlari uchun sharoit yaratishdir.

📝 Manba: @IT_Texnologe

👨🏻‍💻@itspecuz
#mulohaza_uchun

Qilgan ezgu amaling albatta o‘zingga qaytadi 🤝

Yigirmanchi asrning boshlarida bir shotland fermeri uyiga qaytish yo‘lidagi botqoqlikdan o‘tayotib, to‘satdan yordam so‘rab baqirgan ovozni eshitadi va darhol yordamga chopadi. U botqoqning balchiqli atalasida jon talvasasida chiqishga intilayotgan bolani ko‘radi. Bola botqoqning komidan qutulishga harakat qilar, dahshatli tubsizlik esa uning har bir harakatidan so‘ng uni yanada pastga tortib muqarrar halokat onini yaqinlashtirar, bola esa chorasizlik va qo‘rquv bilan qichqirar edi. Fermer chaqqonlik bilan daraxtning qalin shoxini kesib, ehtiyotlik bilan unga yaqinlashdi va najotbaxsh butoqni uzatdi.

Bola xavfsiz joyga chiqib oldi. Endi uni qaltiroq tutar, ancha vaqtgacha ko‘z yoshlarini to‘xtata olmay o‘kirib yig‘lar edi. Eng muhimi, u muqarrar o‘limdan xalos bo‘lgan edi!

- Yur men bilan uyga, - deb taklif qildi fermer. - Sen tinchlanib olishing, kiyimlaringni quritishing va isinishing zarur.

- Yo‘q-yo‘q,
- bola boshini sarak-sarak qildi, - meni otam kutayapti. U juda xavotir olayotgan bo‘lsa kerak.

O‘z xaloskorining ko‘zlariga cheksiz minnatdorchilik bilan boqdi va bola yugurib ketdi...

Ertasi kuni erta tongda fermerning uyi oldiga zotdor otlar qo‘shilgan hashamatli izvosh kelib to‘xtadi. Izvoshdan to‘kis va bashang kiyingan oqsuyak to‘ra tushib, fermerni chaqirdi va undan so‘radi:

- Kecha mening o‘g‘limning hayotini siz qutqarib qoldingizmi?

- Ha, men,
- javob berdi fermer.

- Men sizdan qancha qarzdorman?

- Meni xafa qilayapsiz, janob. Mendan hech qanday qarzingiz yo‘q, chunki men har qanday diyonatli odam qilishi zarur bo‘lgan ishni qildim.

- Yo‘q, men buni shunday qoldira olmayman, chunki mening o‘g‘lim men uchun juda qadrli. Istagan miqdordagi pulni ayting,
- o‘z so‘zida qattiq turib oldi, mehmon.

- Men bu mavzuda boshqa gaplashishni xohlamayman. Xayr. - Fermer ketishga chog‘landi. Shu payt eshik ochilib, pillapoyaga uning o‘g‘li yugurib chiqdi.

- Bu sizning o‘g‘lingizmi? - so‘radi badavlat mehmon.

- Ha, janob, - o‘g‘lining boshini silab, g‘urur bilan javob qildi fermer.

- Keling bunday qilamiz. Men o‘g‘lingizni Londonga o‘zim bilan birga olib ketaman va o‘qishi uchun xarajatlarni o‘z zimmamga olaman. Agar u ham otasi kabi oliyhimmat va diyonatli bo‘lsa, siz ham, men ham bundan hech qachon afsuslanmaymiz.

Oradan yillar o‘tdi. Fermerning o‘g‘li maktabni tugatdi, so‘ngra tibbiyot institutini yakunladi va tez orada uning nomi, penitsilin dorisini kashf qilgan inson sifatida butun dunyoga mashhur bo‘ldi. U Aleksandr Flemming edi.

Ikkinchi jahon urushi oldidan Londonning badavlat shifoxonalaridan biriga o‘sha oqsuyak janobning o‘g‘li, og‘ir o‘pka shamollashi bilan olib kelinadi. Nima deb o‘ylaysiz, bu safar uning hayotini nima saqlab qoldi? - Ha, aynan Aleksandr Flemming kashf qilgan penitsilin!

Aleksandr Flemmingning o‘qishiga sharoit yaratib bergan badavlat janobning nomi Randolf Cherchill edi. Uning o‘g‘li esa Angliyaning mashhur bosh vaziri Uinston Cherchill.

Uinston Cherchill shunday degan: "Sening qilgan ezgu amaling albatta o‘zingga qaytadi".

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Loyiha boshqaruvchisi kutilmagan vaziyat tufayli sizni juma kuni kechasi izlayotganini bilib qolganingizda.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #telegram

Telegram’da siz boshqa foydalanuvchi bilan qaysi guruhlarda birga ekanligingizni ko‘rishingiz mumkin.

Buning uchun kerakli odamning profilini oching va “Общие группы” bandiga bosing.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg