#ict_news #bilasizmi #game
Angry Birds o‘n yoshda 🕹
10 yil oldin chiqqanidan buyon Angry Birds'ning rang-barang qushlari yosh va yosh bo‘lmagan geymerlar o‘rtasida keng ommalashib ulgurdi.
O‘yinning ilk jumboqli ko‘rinishidan so‘ng bir necha versiyalar chiqarildi, franshizalar qamrovi kengayib, poyga, RPG, otishma, pinbol va boshqa turdagi versiyalari ham chiqarila boshladi.
2016 yilda “Jahldor qushlar” multfilmi ham yaratildi (joriy yilning boshida esa ikkinchi qismi chiqdi). Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilda o‘yin asosidagi ko‘p qismli mult-serial ham yaratiladi.
Hozirgacha, o‘yin 4.5 milliard marotaba yuklangan bo‘lib, Angry Birds'ning ba’zi versiyalari nafaqat telefonlar, balki o‘yin konsollari uchun ham yaratilgan. O‘yin qahramonlari model va niqoblari ham ko‘p sotilgan, ayniqsa, bayramlar paytida.
📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun
“JavaScript Java’ga o‘xshash, lekin Internet uchun mo‘ljallangan”, deb izoh berishganida.

#maslahat #mulohaza_uchun
Salomatlik uchun 18 foydali maslahat 🤔
1. Haddan ziyod asabbuzarlik umrni qisqartiradi.
2. Oyoqni chalishtirib o‘tirish oyoq uchun zararli. Buning ustiga o‘ta odobsizlik sanaladi.
3. Vodoprovoddan qaynamagan suv ichmang.
4. Hansirab kelib, suyuqlik ichmang, ovqat ham yemang, yurakka yuk bo‘lmasin.
5. Nonning kuygan qismi zararli hisoblanadi. U asta-sekin insonning butun a’zolarini zaharlab, umrini qisqartiradi.
6. Issiq kunlarda yaxdek sovuq, salqin ichimliklar sog‘liq uchun o‘ta zararli. Yaxshisi, issiq shirin choy iching. Shunda quvvat tez tiklanadi.
7. Muzqaymoqni surunkasiga har kuni iste’mol qilish bolalarning ham, kattalarning ham asabiga ziyon yetkazadi.
8. O‘ta to‘yib ovqatlanish nafas olishni qiyinlashtiradi, yurakning tez urishiga olib keladi.
9. Har kim kuniga bittadan ko‘p non iste’mol qilsa, salomatligiga zarar yetadi.
10. Asal bilan yong‘oqni hech qachon birga tanovul qilmang.
11. Yangi ovqatga eski ovqatni aralashtirish aslo yaramaydi: ta’mi buziladi, hazm bo‘lishi qiyinlashadi.
12. Ovqatlangan zahoti uyquga yotmang. Oradan kamida 1-1,5 soat vaqt o‘tsin.
13. Ovqatlanish orasi 3-4 soatga farqlanishi lozim. Bu vaqt ichida hazm jarayoni oson kechadi. Oshqozon xastaliklarining ko‘pi noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi.
14. Asal issiq choyda, issiq suvda kuyadi. Yaxshisi uni iliq choyga yoki iliq suvga aralashtirib iching.
15. Boshingizdan sira o‘ta issiq suv quymang, chunki u ko‘zni xiralashtiradi.
16. Kechqurun to‘yib ovqatlanish vahimali tush ko‘rishga sabab bo‘ladi.
17. Choyni, suyuq ovqatlarni doim iliq holda iching. Chunki issig‘i nafas yo‘llarini, qizillo‘ngachni kasal qiladi.
18. Ko‘k choyni och qoringa ko‘p ichish ko‘ngilni aynitadi.

#bilasizmi #internet #iPhone #hardware
iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi? ℹ️🤔
Bugungi kunda Apple so‘zi mevalar bilan emas, ko‘proq Stiv Jobs bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Deyarli, dunyodagi barcha insonlar iPod, iPhone va iPad so‘zlarini eshitgan. Bu texnikalarni ko‘pchilik ishlatadi-yu, lekin ulardagi “i” harfi nimani anglatishini hamma ham bilavermaydi. Bugun biz shu jumboqqa oydinlik kiritamiz.
Hammasi 1997-yilda Stiv Jobs Apple’ga qaytib kelganidan boshlandi. O‘sha vaqtlarda kompaniya og‘ir ahvolda edi. Kompaniya ichida xodimlar kichik-kichik guruhlarga ajralib olib, Apple’ning muvaffaqiyatsizliklarida bir-birlarini ayblashardi. Jobs qaytib kelgach, holatni yaxshilash uchun birinchi navbatda ishchi xodimlar va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sonini kamaytirdi. Natijada, Apple faqat 4 xil modeldagi texnikalarni ishlab chiqaradigan kompaniyaga aylandi. O‘shanda ular ikki turdagi Mac stol kompyuterlarini va ikki turdagi noutbuklarni ishlab chiqarishardi.
“Biz bu kompyuterga pul tikyapmiz”, – dedi Stiv. “Buning uchun unga buyuk nom berish kerak.”
Har doimgidek Jobs ijodiy yetakchi sifatida yangi texnikaga nom tanlay boshladi va u oxiri “MacMan” nomini taklif qildi. Yaxshiyamki, u bu jarayonda ishtirok etgan yagona odam emas edi. Stiv Jobs va boshqa xodimlar bilan birga NeXT kompaniyasidan kelgan Ken Segall bu nomni eshitib shokka tushib qoldi. Natijada, unga qo‘shilgan kompaniyaning bir necha xodimlari nomni o‘zgartirish uchun bir nechta sabablarni “taxlab” tashlashdi. Oxir oqibat Stiv hamkasblari bilan birga “iMac” nomida to‘xtaldi.
“iMac juda ko‘p narsalarni qila oladigan Makintosh edi. Eng birinchi navbatda, u hali hech qachon kompyuter ishlatib ko‘rmagan odamlarni ham 10 daqiqada Internetga olib kirib qo‘ya olardi”.
Shunday qilib “i” harfi iMac kompyuterining eng asosiy funksiyasi bo‘lgan Internet ma’nosini anglatish uchun qo‘shildi. Keyinchalik, bu sodda va aniq nom yangi texnikaga qo‘yilgan eng munosib nom ekanligi ma’lum bo‘ldi hamda u Apple’ning “Think Different” (o‘zgacha fikrlash) g‘oyasiga ham mos kelar edi. Shuning bilan birga individuallik (individual), ta’lim (instruct), axborot berish (inform) va ilhomlantirmoq (inspire) prinsiplari Apple uchun muhim ahamiyatga ega edi. Bular Apple’ning hozirgi iPod, iPhone va iPad nomlariga kiritilgan asosiy qadriyatlaridir.
📝 Manba: @xabardoruz
👨🏻💻@itspecuz

👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun
Kompyuterim biror sababsiz qotib ishlashni boshlaganida
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Kompyuterim biror sababsiz qotib ishlashni boshlaganida
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news
Sovrin jamg‘armasi 100 000 dollarlik tanlovga marhamat! ⌨️💰
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT-Park tomonidan yangi respublika tanlovi e’lon qilingan. Bu – davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha “mGovAward” tanlovidir.
Mazkur tanlov Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda, deyiladi xabarda.
Ishtirokchilar 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin:
1️⃣. Ta’lim;
2️⃣. Sog‘liqni saqlash;
3️⃣. Turizm;
4️⃣. Transport va logistika;
5️⃣. Biznes va G2B.
Tanlovning mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shundan:
🥇Birinchi o‘ringa – 50.000$
🥈Ikkinchi o‘ringa – 30.000$
🥉Uchinchi o‘ringa – 20.000$ atalgan.
Shoshiling, arizalarni qabul qilish 2020 yilning 15 yanvarigacha davom etadi! Ariza qoldirish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumotlarni esa https://it-park.uz/ru/mgovaward-ru/ havolasi orqali olasiz.
📝 DiMaX @terabaytuz

#ict_news #bilasizmi
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Bo‘ka tumani filiali 13 yoshli o‘quvchisi o‘zining ilk ishlanmasini yaratdi.
“Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatilgan videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
👇👇👇👇
https://www.facebook.com/watch/?v=2804191589631290
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining telegram kanali: https://t.me/rtumuz
📝 Manba: TATU matbuot xizmati

Facebook
Facebook Watch
Original shows and popular videos in different
categories from producers and creators you love
categories from producers and creators you love
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun
Bir necha soatdan buyon yozayotgan dasturingdagi oddiy xatolikni tuzata olmagan paytingda.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Bir necha soatdan buyon yozayotgan dasturingdagi oddiy xatolikni tuzata olmagan paytingda.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun
Alita: Jangari farishta maxsus effektlarni qo‘llashdan oldin va keyin

#excel
CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar (1-qism) ⌨️
•
•
•
•
•
•
•
•
•
•
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz
CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar (1-qism) ⌨️
•
CTRL+1— Формат ячеек muloqot oynasini ekranga chaqirish;•
CTRL+2— matnga qalin shrift formatini qo‘llash yoki bekor qilish;•
CTRL+3— matnga kursiv shrift formatini qo‘llash yoki bekor qilish;•
CTRL+4— matnga ostiga chizilgan shrift formatini qo‘llash yoki bekor qilish;•
CTRL+5— matn ustidan chizish formatini qo‘llash yoki bekor qilish;•
CTRL+6— obyektlarni ko‘rsatish va berkitish rejimiga o‘tkazish;•
CTRL+7— obyektlar o‘rtasida o‘tish;•
CTRL+8— tuzilish (struktura) belgilarini ko‘rsatish yoki berkitish;•
CTRL+9— belgilangan satrlarni berkitish;•
CTRL+0— belgilangan ustunlarni berkitish.➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz
#mulohaza_uchun
Sayt yaratishni tez o‘rganish istagini bildirganingda.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Sayt yaratishni tez o‘rganish istagini bildirganingda.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#security
2019 yilning eng yomon parollari reytingi: qarang-chi, unda sizniki yo‘qmikan? *️⃣
NordPass – parollarni saqlash ilovasi bo‘lib, uning dasturchilari 2019 yilda ommaviy sizib chiqqan login-parollarni ko‘rib chiqishgan va ularning ro‘yxatni e’lon qilgan. Umuman olganda, reyting naq yarim milliard login-parol asosida tuzilgan. Servisning saytida shulardan ikki yuzta eng sodda parollar ro‘yxati keltirilgan.
Biz esa shundan TOP-o‘ntalikka kirgan – eng yomon parollarni ma’lum qilmoqdamiz:
1️⃣. 12345 – 2,8 million marta uchragan
2️⃣. 123456 – 2,4 million marta uchragan
3️⃣. 123456789 – million marta uchragan
4️⃣. test1 – 990 ming marta uchragan
5️⃣. password – 830 ming marta uchragan
6️⃣. 12345678 – 512 ming marta uchragan
7️⃣. zinch – 483 ming marta uchragan
8️⃣. g_czechout – 372 ming marta uchragan
9️⃣. asdf – 359 ming marta uchragan
🔟. qwerty – 348 ming marta uchragan
Biror akkauntni buzib kirish uchun yovuz niyatli kishilar odatda parolni taxminiy terib ko‘rishadi. Ular birinchi navbatda eng ommalashgan variantlarni sinab ko‘rishadi. Shu boisdan, agar yuqoridagi yoki NordPass saytida keltirilgan ro‘yxatda sizning parolingiz ham mavjud bo‘lsa, tezda almashtirganingiz ma’qul.
📍O‘QING: Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Videoda terlash jarayoni aks ettirilgan. Barmoqdan ajralayotgan namlik va yog‘ shisha va metall kabi sirtlarda barmoq izlarining qolishiga sabab bo‘ladi.

#bilasizmi
Hujjatlar to‘plamini vibratsion tekislovchi moslama.

#so‘rovnoma
Do‘stlar, tobora sonimiz ortib bormoqda, shuning uchun sizlar bilan yaqindan tanishish istagidamiz. Bugundan so‘rovnomalar seriyasini boshlaymiz. 📌Yoshingiz nechida?

Anonymous Poll
18%
18 yoshgacha
56%
18 - 25
15%
26 - 30
9%
31 - 40
2%
40 yoshdan katta
#word
Uzoq o‘qish vaqtida ko‘zlarni qanday tinchlantirish mumkin? 👀
Dasturning Menyu satridagi Вид bo‘limiga va undagi Режим чтения’ga o‘ting. Fonni qora (inversiya) yoki och jigar rang (sepiya)ga o‘tkazish uchun qo‘shimcha parametrlarga o‘ting.
Shu yerning o‘zida ustunning kengligini belgilash yoki izohlar panelini ko‘rinadigan holga keltirish mumkin.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Uzoq o‘qish vaqtida ko‘zlarni qanday tinchlantirish mumkin? 👀
Dasturning Menyu satridagi Вид bo‘limiga va undagi Режим чтения’ga o‘ting. Fonni qora (inversiya) yoki och jigar rang (sepiya)ga o‘tkazish uchun qo‘shimcha parametrlarga o‘ting.
Shu yerning o‘zida ustunning kengligini belgilash yoki izohlar panelini ko‘rinadigan holga keltirish mumkin.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun
Janubiy Afrika Respublikasida timsoh suv ichish ilinjida kelgan antilopalardan birini tutib oldi.
Bir necha daqiqa davomida yirtqich o‘z o‘ljasini suv ostiga sudrab borishga urindi.
Boshqa antilopalar esa bu payt shunchaki bir chetda nima bo‘layotganini kuzatib turishdi.
O‘lim muqarrar bo‘lgan bir paytda yordamga ikki begemot keldi va timsohni haydab yubordi.
❗️
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Janubiy Afrika Respublikasida timsoh suv ichish ilinjida kelgan antilopalardan birini tutib oldi.
Bir necha daqiqa davomida yirtqich o‘z o‘ljasini suv ostiga sudrab borishga urindi.
Boshqa antilopalar esa bu payt shunchaki bir chetda nima bo‘layotganini kuzatib turishdi.
O‘lim muqarrar bo‘lgan bir paytda yordamga ikki begemot keldi va timsohni haydab yubordi.
❗️
Do‘st - bu sen bilan faqat o‘z tashnaligini qondiruvchi emas, balki seni barcha tark etganida ham yoningda qoluvchi insondir.
🎞 Ushbu videoni o‘zingiz uchun eng yaqin hisoblagan insonlar bilan bo‘lishing.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#smartfon #mulohaza_uchun
Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada? 📱🤔
Reddit resursida Xiaomi telefonlari egalari ushbu kompaniya smartfonlarining boshqalaridan afzal tomonlarini muhokama qilishdi. Reddit resursida bo‘lib o‘tgan ushbu muhokamada yuzdan oshiq yuzer ishtirok etgan.
Xiaomi qurilmalarining asosiy afzalliklari, foydalanuvchilar fikricha: arzon narxlanganligi, yuqori sifatda terilganligi va eng yaxshi butlovchi qismlardan iboratligidir. “Xitoycha Apple” smartfonlari egalarining aksariyati ularni narx va sifat uyg‘unligiga ko‘ra tanlashar ekan.
“Xiaomi degani bu – qoyilmaqom smartfonlardir. Shuningdek ular, Apple va Samsung kabilar o‘z smartfonlariga qanchalik kulgili narxlar qo‘yishayotganini yaqqol ko‘rsatib beradi”, – deydi fever84 nikli Reddit foydalanuvchisi.
Bundan tashqari, deya ta’kidlashgan foydalanuvchilar, Xiaomi’ning hatto arzon va o‘rta narxli smartfonlarida ham zamonaviy odam uchun kerakli barcha narsalar mujassam. Shu boisdan ham Xiaomi gadjetlarini ishlatayotganlar boshqa smartfonsozlarning nisbatan qimmat modellarini xarid qilishda ma’no ko‘rmaydilar.
📌 Sizchi, qaysi brend foydalanuvchisi hisoblanasiz?

Aziz do‘stlar, navbatdagi so‘rovnomamizda faol ishtirok eting! 📌Yurtimizning qaysi hududida istiqomat qilasiz?
Aziz do‘stlar, navbatdagi so‘rovnomamizda faol ishtirok eting! 📌Yurtimizning qaysi hududida istiqomat qilasiz?
Anonymous Poll
22%
Toshkent shahri va Toshkent viloyati
23%
Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari
7%
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
14%
Samarqand va Buxoro viloyatlari
17%
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
10%
Navoiy va Xorazm viloyatlari
5%
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2%
Boshqa davlat
#ict_news #internet
O‘zbekiston internet tezligi reytingida 11 pog‘onaga yuqoriladi 🌐📈
Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2019 yil noyabr oyi natijalariga ko‘ra Speedtest Global Index oylik reytingi natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston simli internet tezligi reytingida keskin yuqorilab, 11 pog‘onaga ko‘tarildi va dunyoning 180 mamlakati o‘rtasida 108-o‘rinni band etdi. Bu yil davomidagi eng katta o‘sishdir.
So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda simli internet tezligi 2018 yil noyabridagi 9,98 Mbit/s.dan 2019 yil noyabr oyida 21,47 Mbit/s.gacha (yuklab olish), ya’ni ikki baravarga oshgan.
Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston oktabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan bir oz yaxshilanib, bitta pog‘onaga ko‘tarilgan va 135-o‘rinni band etgan.
Speedtest ulanish tezligini tekshirish uchun xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan qayd qilingan ma’lumotlar asosida internet tezligini hisoblaydi va reyting tuzadi.
📝 Manba: Xabar.uz

#maslahat #operatsion_tizim #internet #word
Xatolarimizni to‘g‘rilaylik!
Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.
Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.
1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.
2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.
Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.
P.S. 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉
2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!
🔄 Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!
📌 Bu haqida sizning xabaringiz bormidi?