IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Har kuni ijobiy nuqtai-nazar bilan yashash juda muhim. Muammolar haqida jar solish emas, ulardan xolos bo‘lish yo‘lini topish donolik. Yuqorida biz aytib o‘tgan insonlar kabi, hayotda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, ammo bo‘sh kelmay baxtini, omadini topgan insonlar juda ko‘p. Hayot ba’zida aqlga sig‘maydigan darajada fojeaga aylanadi. Nima bo‘lganda ham, mutoyibani unutmang. Oxir-oqibat so‘nggi tahlillar hech bo‘lmaganda kulishni unutmaganligingizdan darak beradi.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news

UMS endi “Mobiuz” deb nomlanadi 🔄

UMS mobil operatori rebrending o‘tkazib, o‘z nomini Mobiuz deya o‘zgartirdi. Bu haqda bugun, 2-dekabr kuni Toshkentda tashkil etilgan taqdimot marosimida e’lon qilindi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Taqdimot marosimida kompaniya bosh direktori Sobir Aripov so‘nggi yillarda ko‘p narsa o‘zgargani va UMS brendi ham o‘zini oqlamay qo‘yganini ma’lum qildi.

– 2018 yilda prezident qarori bilan bizning kompaniyamizga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator muhim vazifalar yuklatilgan edi. Bu esa bizni nafaqat mobil aloqa xizmatlari sohasida, balki boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, sifatli internet, tarmoqni to‘liq modernizatsiya qilish, hukumat aloqasini yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini barpo etish, Elektron hukumatni rivojlantirishda ishtirok etishishimizni talab etadi. Buning uchun o‘zimizga beshta ustuvor vazifani belgilab oldik, — dedi kompaniya bosh direktori.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda yo‘l xaritasi va 2019-2021 yillarda rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Jizzax viloyatida ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish hamda xalqaro internet kanaliga bevosita chiqish loyihalarini boshlash shular sirasiga kiradi.

Taqdimotda nafaqat nom o‘zgarayotgani qayd etildi, balki kompaniya rivojlanishning yangi bosqichini boshlayotgani aytib o‘tildi.

📍P.S. Ushbu mobil operatorning doimiy mijozi sifatida, uning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolaman! (buni reklama deya qabul qilmang).

📝 Manba: @mitcuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #mulohaza_uchun #game

Sony PlayStation eng ko‘p sotiluvchi o‘yin pristavkalari brendi sifatida qayd etildi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Jami 450 milliondan ortiq konsollar sotildi 🎮

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

“Men hech qachon yutqazmadim. Yo yutdim yoki tajriba orttirdim”

Nelson Mandela

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim

Windows 10’da gibernatsiya 😴

Ushbu maqolada: Windows 10’da gibernatsiyani faollashtirish yoki o‘chirish, hiberfil.sys faylini tiklash yoki o‘chirish (yoki uning hajmini kichraytirish), shuningdek “Пуск” menyusiga “Гибернация” bandini qo‘shish haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Birato‘lasi gibernatsiya rejimini o‘chirishning ba’zi oqibatlari haqida ham so‘z yuritiladi.

Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #hardware #software #operatsion_tizim

Kompyuter qanday ishlaydi? Qurilmalar va dasturlar.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#so‘rovnoma

Hurmatli kanalimiz muxlislari, Ushbu so‘rovnomamiz orqali postlarimiz ostida joylashtirib kelinayotgan smayliklar borasida sizga yuzlanmoqchimiz. Bunda faol ishtirok eting. Ularni joylashtirib borishda davom etaylikmi, yoki yo‘qmi? Ha | Yo‘q
Anonymous Poll
72%
Ha
28%
Yo‘q
Aziz yurtdoshlar, kanalimizning sodiq kuzatuvchilari! 🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yillik bayrami bilan barcha kanalimiz muxlislarini tabriklaymiz! Konstitutsiyamiz, qonun ustuvorligimiz, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan.
IT specialist kanali ma’muriyati
#bilasizmi #hardware

Dunyodagi eng birinchi ma’lumotlar saqlash uchun mo‘ljallangan qattiq disk (sodda qilib aytganda, fleshka) 1956-yilda ixtiro qilingan va IBM 350 deb nomlangan.

Og‘irligi 1 tonnadan ortiq, kattaligi shkafdek kelgan, xotira hajmi esa 5 megabaytnigina tashkil etgan. Bu ixtiro o‘sha davrning eng yirik texnologik yutuqlaridan biri bo‘lgan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Лист’ga himoya o‘rnatganingizda, qoida bo‘yicha Sizning formulalaringizni ko‘rish mumkin. Agar Siz hattoki formulalarni ham hech kim ko‘rmasligini istasangiz – yacheykaning xususiyatlarida qushcha belgisini o‘rnating.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun

3D animatsiya yurish paytida oyoq mushaklarining o‘zaro murakkab ta’sirini ko‘rsatadi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#excel

Ushbu formulalardan qaysi biri keyingi kunning sanasini chaqiradi?
Anonymous Poll
16%
=Сегодня(1)
66%
=Сегодня()+1
13%
=Сегодня()+Сегодня()
5%
=Сегодня()*2
#ict_news #smartfon #operatsion_tizim #internet #android #iOS

• Yangi yildan boshlab WhatsApp messenjeri Windows Phone operatsion tizimi hamda Android va iOS’ning eskirgan versiyalari foydalanuvchilari uchun ishlashni to‘xtatadi.

WhatsApp kimda va qachon o‘chirib qo‘yiladi?
Windows Phone’da xabarlar almashinish xizmati 2019-yilning 31-dekabridan o‘chiriladi. Android 2.3.7 va iOS 8’lardan yuqori turuvchi operatsion tizimlarda 2020-yilning 1-fevralidan qo‘llab-quvvatlash to‘xtatiladi. Mutaxassislarning aytishicha, millionlab foydalanuvchilar oflaynda qoladilar.

• Messenjerdan Android 4.0.3 va iOS 9’lardan boshlanuvchi operatsion tizimlarda foydalanish mumkin bo‘ladi.

📝 Manba: @NovostiUZ

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

.lyuk { transform: rotate(-15deg); }

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘qituvchi va talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganining 27 yilligi uchun tayyorlangan maxsus mobil ilova!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganining 27 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy tabriklaymiz!

📝 Manba: TATU matbuot xizmati

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Forwarded from Khan Academy Oʻzbek
🤓 Bolalar - yurt kelajagi.

🎓 Ularning dunyo standartlariga mos ta’lim olishlariga oʻz hissangizni qoʻshing: Xan Akademiyasiga xayriya qiling:

UzCard: 8600 3104 1017 1516
Bank hisob raqami: 2021 2000 4009 8047 5001 — Aloqabank

#kau_fakt
#ict_news #bilasizmi #game

Angry Birds o‘n yoshda 🕹

10 yil oldin chiqqanidan buyon Angry Birds'ning rang-barang qushlari yosh va yosh bo‘lmagan geymerlar o‘rtasida keng ommalashib ulgurdi.

O‘yinning ilk jumboqli ko‘rinishidan so‘ng bir necha versiyalar chiqarildi, franshizalar qamrovi kengayib, poyga, RPG, otishma, pinbol va boshqa turdagi versiyalari ham chiqarila boshladi.

2016 yilda “Jahldor qushlar” multfilmi ham yaratildi (joriy yilning boshida esa ikkinchi qismi chiqdi). Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilda o‘yin asosidagi ko‘p qismli mult-serial ham yaratiladi.

Hozirgacha, o‘yin 4.5 milliard marotaba yuklangan bo‘lib, Angry Birds'ning ba’zi versiyalari nafaqat telefonlar, balki o‘yin konsollari uchun ham yaratilgan. O‘yin qahramonlari model va niqoblari ham ko‘p sotilgan, ayniqsa, bayramlar paytida.

📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

“JavaScript Java’ga o‘xshash, lekin Internet uchun mo‘ljallangan”, deb izoh berishganida.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#maslahat #mulohaza_uchun

Salomatlik uchun 18 foydali maslahat 🤔

1. Haddan ziyod asabbuzarlik umrni qisqartiradi.

2. Oyoqni chalishtirib o‘tirish oyoq uchun zararli. Buning ustiga o‘ta odobsizlik sanaladi.

3. Vodoprovoddan qaynamagan suv ichmang.

4. Hansirab kelib, suyuqlik ichmang, ovqat ham yemang, yurakka yuk bo‘lmasin.

5. Nonning kuygan qismi zararli hisoblanadi. U asta-sekin insonning butun a’zolarini zaharlab, umrini qisqartiradi.

6. Issiq kunlarda yaxdek sovuq, salqin ichimliklar sog‘liq uchun o‘ta zararli. Yaxshisi, issiq shirin choy iching. Shunda quvvat tez tiklanadi.

7. Muzqaymoqni surunkasiga har kuni iste’mol qilish bolalarning ham, kattalarning ham asabiga ziyon yetkazadi.

8. O‘ta to‘yib ovqatlanish nafas olishni qiyinlashtiradi, yurakning tez urishiga olib keladi.

9. Har kim kuniga bittadan ko‘p non iste’mol qilsa, salomatligiga zarar yetadi.

10. Asal bilan yong‘oqni hech qachon birga tanovul qilmang.

11. Yangi ovqatga eski ovqatni aralashtirish aslo yaramaydi: ta’mi buziladi, hazm bo‘lishi qiyinlashadi.

12. Ovqatlangan zahoti uyquga yotmang. Oradan kamida 1-1,5 soat vaqt o‘tsin.

13. Ovqatlanish orasi 3-4 soatga farqlanishi lozim. Bu vaqt ichida hazm jarayoni oson kechadi. Oshqozon xastaliklarining ko‘pi noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadi.

14. Asal issiq choyda, issiq suvda kuyadi. Yaxshisi uni iliq choyga yoki iliq suvga aralashtirib iching.

15. Boshingizdan sira o‘ta issiq suv quymang, chunki u ko‘zni xiralashtiradi.

16. Kechqurun to‘yib ovqatlanish vahimali tush ko‘rishga sabab bo‘ladi.

17. Choyni, suyuq ovqatlarni doim iliq holda iching. Chunki issig‘i nafas yo‘llarini, qizillo‘ngachni kasal qiladi.

18. Ko‘k choyni och qoringa ko‘p ichish ko‘ngilni aynitadi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #internet #iPhone #hardware

iPod, iPhone va iPad so‘zlaridagi “i” harfi nimani anglatadi? ℹ️🤔

Bugungi kunda Apple so‘zi mevalar bilan emas, ko‘proq Stiv Jobs bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Deyarli, dunyodagi barcha insonlar iPod, iPhone va iPad so‘zlarini eshitgan. Bu texnikalarni ko‘pchilik ishlatadi-yu, lekin ulardagi “i” harfi nimani anglatishini hamma ham bilavermaydi. Bugun biz shu jumboqqa oydinlik kiritamiz.

Hammasi 1997-yilda Stiv Jobs Apple’ga qaytib kelganidan boshlandi. O‘sha vaqtlarda kompaniya og‘ir ahvolda edi. Kompaniya ichida xodimlar kichik-kichik guruhlarga ajralib olib, Apple’ning muvaffaqiyatsizliklarida bir-birlarini ayblashardi. Jobs qaytib kelgach, holatni yaxshilash uchun birinchi navbatda ishchi xodimlar va ishlab chiqariladigan mahsulotlar sonini kamaytirdi. Natijada, Apple faqat 4 xil modeldagi texnikalarni ishlab chiqaradigan kompaniyaga aylandi. O‘shanda ular ikki turdagi Mac stol kompyuterlarini va ikki turdagi noutbuklarni ishlab chiqarishardi.

“Biz bu kompyuterga pul tikyapmiz”, – dedi Stiv. “Buning uchun unga buyuk nom berish kerak.”

Har doimgidek Jobs ijodiy yetakchi sifatida yangi texnikaga nom tanlay boshladi va u oxiri “MacMan” nomini taklif qildi. Yaxshiyamki, u bu jarayonda ishtirok etgan yagona odam emas edi. Stiv Jobs va boshqa xodimlar bilan birga NeXT kompaniyasidan kelgan Ken Segall bu nomni eshitib shokka tushib qoldi. Natijada, unga qo‘shilgan kompaniyaning bir necha xodimlari nomni o‘zgartirish uchun bir nechta sabablarni “taxlab” tashlashdi. Oxir oqibat Stiv hamkasblari bilan birga “iMac” nomida to‘xtaldi.

“iMac juda ko‘p narsalarni qila oladigan Makintosh edi. Eng birinchi navbatda, u hali hech qachon kompyuter ishlatib ko‘rmagan odamlarni ham 10 daqiqada Internetga olib kirib qo‘ya olardi”.

Shunday qilib “i” harfi iMac kompyuterining eng asosiy funksiyasi bo‘lgan Internet ma’nosini anglatish uchun qo‘shildi. Keyinchalik, bu sodda va aniq nom yangi texnikaga qo‘yilgan eng munosib nom ekanligi ma’lum bo‘ldi hamda u Apple’ning “Think Different” (o‘zgacha fikrlash) g‘oyasiga ham mos kelar edi. Shuning bilan birga individuallik (individual), ta’lim (instruct), axborot berish (inform) va ilhomlantirmoq (inspire) prinsiplari Apple uchun muhim ahamiyatga ega edi. Bular Apple’ning hozirgi iPod, iPhone va iPad nomlariga kiritilgan asosiy qadriyatlaridir.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Kompyuterim biror sababsiz qotib ishlashni boshlaganida

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg