IT specialist
9.69K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Agarda Sizga hujjat bilan ishlash davrida tez-tez matn ostiga chizish lozim bo‘lsa, unda ushbu bir nechta klavishlar birikmasini yodda tutish maqsadga muvofiqdir:
CTRL + U – bir chiziq bilan ostiga chizish;
CTRL + SHIFT + D – ikki chiziq bilan ostiga chizish;
CTRL + SHIFT + W – faqat so‘zlarning ostiga (ular orasidagi probellarsiz) bir chiziq bilan chizish.

Agar sizga boshqa variantlar ham kerak bo‘lsa (chiziq uchun rang, boshqa turdagi chiziqni tanlash), unda Главная bo‘limining tasma buyruqlaridan foydalanishingiz lozim bo‘ladi.

📌 P.S. Shrift sozlamalari muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun CTRL + D klavishlar birikmasi bosiladi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Frontend’chilar taxminan shunday ishlashadi...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Fakt: laptop (noutbuk)da o‘tirsangiz xuddi muhim ish bilan banddek ko‘rinasiz. Xuddi o‘sha ishingizni telefoningizda qilsangiz, go‘yoki bekorchilik bilan shug‘ullanayotgandeksiz atrofingizdagilar uchun.

📝 Manba: @olamda_nima_gap

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #maslahat

Farzandingizni bog‘chaga onlayn joylashtiring 👨‍👩‍👦‍👦

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish imkoniyati mavjud ekanligi to‘g‘risida eslatib o‘tadi.

my.gov.uz saytida, siz farzandingizni bolalar bog‘chasiga uydan chiqmagan holda tez, oson va oddiy joylashtirishingiz mumkin. Ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Ta’lim” bo‘limida keltirilgan bo‘lib, jismoniy shaxslar uchun bepul taqdim etiladi: https://my.gov.uz/uz/service/285

Xizmat turi haqida batafsil ma’lumot maxsus tayyorlangan videorolikda keltirilgan:
https://www.facebook.com/digitaluzbekistan/videos/561162831292474/

📝 Manba: Napm.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Yangi loyihaga qo‘l urgan paytingizda, eski boshlab qo‘ygan loyihalaringizni ham qo‘llab-quvvatlab turishni unutmang.

Eng asosiysi - bu loyihalarning dolzarbliligi va ularga e’tibor berishdagi muvozanat. Aks holda esa...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #smartfon #maslahat

1 noyabrgacha telefoningizning IMEI raqamini avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘ying 📲

2019 yilning 1 apreldan yurtimizda mobil qurilmalar IMEI kodlarini avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Bu 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1 apreldan 1 noyabrgacha — avtomatik (bepul)
1 noyabrdan 1 dekabrgacha — ariza orqali (bepul)
1 dekabrdan boshlab — ariza orqali (pullik)

Qanday tekshirish mumkin?

Bugungi kunda ishlatib yurgan mobil telefoningiz yoki sim-kartali planshetingizning IMEI kodlari aloqa operatorlari tomonidan UZIMEI bazasiga avtomatik o‘tkazilgan.

Har ehtimolga qarshi IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganini uzimei.uz saytidan tekshirishingiz mumkin. Telefon (planshet) IMEI kodini aniqlash uchun *#06# kodini tering.

Yangi telefonlarni nima qilish kerak?

Agar telefoningiz yangi bo‘lsa va uni hali biror marta ishlatmagan bo‘lsangiz, 1 noyabrgacha unga bir marta sim karta solib, ishlating, shunda u avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi. Buning uchun xizmat haqi olinmaydi yoki qo‘shimcha biror saytga kirib, ovora bo‘lish shart emas.

❗️Agar telefoningiz 2 ta sim-kartali bo‘lsa va undan faqat bitta sim-karta joylashtirib foydalasangiz, unda 1 noyabrgacha ikkinchi tomoniga ham sim-karta qo‘yib, uni ham bir marta ishlatib qo‘ying. Shunda muammo bo‘lmaydi.

1 noyabrdan nima bo‘ladi?

1 noyabrdan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish avtomatik bo‘lmaydi, buning uchun SMS/USSD so‘rovlar, UZIMEI tizimi operatori, pochta bo‘limlari va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi. 1 dekabrgacha bu bepul bo‘ladi.

1 dekabrdan nima bo‘ladi?

1 dekabrdan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun haq olinadi. Bunda narxlar ro‘yxatdan o‘tkazish muddatiga qarab 2 xil bo‘ladi. Masalan, jismoniy shaxslar uchun:

yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazsa — 44 ming 600 so‘m (20%);
yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazsa — 55 ming 750 so‘m (25%).

‼️Bunda yana bir muhim jihati, yangi telefonning IMEI kodi 30 kun ichida ro‘yxatga olinmasa, telefon ishlamay qoladi. Ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingina ishlashni boshlaydi. Shuning uchun, telefon sotib olayotganda uning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tganini albatta tekshiring.

Xitoy telefonlarga nima bo‘ladi?

1 noyabrdan boshlab ishlab chiqaruvchisi noma’lum va IMEI kodi haqiqiy bo‘lmagan qalbaki Xitoy telefonlari ishlamay qoladi. Ularni 1 noyabrga qadar bir marta ishlatib, avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazsa bo‘ladi, keyin buning imkoni bo‘lmaydi.

📝 Manba: @xushnudbek

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

Endi qabul imtihonlarida informatika fanidan ham 30 talik test topshiriladi! 🔠

Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga tavsiya qilingan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi. Bloger Javohirbek Abdullayev o‘zining telegram kanalida yangi o‘quv yilidan informatika fani alohida blok sifatida umumta’lim fanlariga qo‘shilganiga e’tibor qaratgan. Ya’ni, endi informatikaga aloqasi bor yo‘nalishlarda informatikadan blok qo‘shiladi.

Masalan, 5110700 - “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishiga mos keluvchi fanlar majmuasiga hujjat topshirgan abituriyent taxminan quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:

Majburiy fanlar bloki (barcha yo‘nalishlar uchun nazarda tutilgan):

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar:

Informatika (3,1)
Matematika (3,1)

Informatika alohida blok bo‘lganligi rasman tasdiqlanganligini inobatga olsak, yakunda yuqoridagi fikrimiz to‘g‘ri bo‘lib chiqishi ehtimoli yuqori. Endi DTM tomonidan ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar majmuasi e’lon qilinishini kutib qolamiz.

📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #maslahat

Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi? 🤔

Bu eksperimental funksiya bo‘lib, brauzerning 78-versiyasida mavjud.

Uni yangilash uchun menyuda quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha o‘ting “Справка” > “О браузере Google Chrome”. Agar u allaqachon so‘nggi versiyada bo‘lmasa, unda brauzerni yangilash imkoniyati berilgan bo‘ladi.

Qorong‘i mavzuni faollashtirish uchun:

1️⃣. Brauzerning manzil satriga quyidagi kiritiladi: chrome://flags/
2️⃣. Sahifada, qidiruv satrida “Force Dark Mode for Web Contents” ko‘rsatiladi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan banddagi pastga ochiluvchi ro‘yxatda “Enabled” tanlanadi.
4️⃣. Google Chrome qayta ishga tushiriladi.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram

Telegram Desktop’da kanal yoki guruhning birinchi xabariga tezkor o‘tish imkoniyati mavjud.

Buning uchun xabarlar tasmasidagi qidiruv, so‘ngra sana tugmasiga bosish va kalendar ostidagi “В начало” bandini tanlash lozim bo‘ladi.

👨🏻‍💻@itspecuz
#bilasizmi #iPhone #smartfon

• Apple AirPods Pro’ni tadqim etdi — bu shovqinni kamaytirish funksiyasi va almashinuvchi silikon yostiqchalarga ega bo‘lgan yangi simsiz quloqchinlar avlodidir. 30 oktabrdan boshlab sotuvda. Narxi 259 AQSh dollari.

📝 Manba: @novostiuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Robotlarni yaqin orada insonlardan ajratish mushkul vazifaga aylansa kerak…

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Kelgusi yili informatika fanidan test savollari bo‘ladimi? 🔠🤔

Ushbu postimizda kelasi yildan informatika fanidan 30 talik test topshirilishi haqida yozilgandi.

Bu masalada bloger, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram-kanalida post qoldirgan.

Ayrim Telegram kanallarida kelgusi yili informatikaga aloqasi bor yo‘nalishlarda informatika fanidan alohida blok qo‘shilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar qanchalik to‘g‘ri?

DTM vakillari bilan bog‘lanib, ushbu masalaga oydinlik kiritdim. Ma’lum qilinishicha, kelgusi yili informatika fani alohida blok bo‘lishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri. Kelgusi yilda informatika fanidan savollar bo‘lmaydi.

Unda nima uchun DTM saytida tasdiqlangan darsliklar ro‘yxatida informatika fanidan ham darsliklar ko‘rsatilgan?

Buning sababi shundaki, harbiy OTMlarda eski tartib haligacha saqlanib qolgan. Ya’ni harbiy yo‘nalishdagi OTMlarda testda 36 ta savol tushadi, matematika blokidan 6 ta savol informatika fanidan bo‘ladi. Shu sababli DTM saytida informatika fanidan ham darsliklar ro‘yxati e’lon qilingan.

Agar Siz harbiy OTMga topshirmasangiz, unda ikkilanib o‘tirmang, testda informatika fanidan savollar bo‘lmaydi, deyishmoqda rasmiylar.

📝 Manba: @xushnudbek

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Orti mutlaq shaffof ekran

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #mulohaza_uchun

YouTube'ning ko‘zga ko‘ringan 600dan ortiq yulduzi 6 million dollar to‘plashdi va 2022 yilgacha 20 million daraxt ekishni maqsad qilishdi.

📝 Manba: @olamda_nima_gap

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #internet

Google 2019 yil oxiriga kelib Adobe Flash-ni qo‘llashni to‘xtatadi 🚫

Google rasmiy blogida 2019 yil oxiriga qadar qidiruv tizimida Adobe Flash-ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini e’lon qildi.

Google veb-sahifalarda Flash kontentini e’tiborsiz qoldiradi va mustaqil SWF fayllarini indekslashni to‘xtatadi.

“Flash media va voqealarga, animatsiyaga boy bo‘lgan zerikarli statik tarmoqqa javob bo‘ldi. Bu Internetda yangi tarkib yaratuvchilarini ilhomlantirgan serhosil texnologiya edi. U hamma joyda bor edi. Flashni kontent tomonidan 2013 yilning ikkinchi yarmida 500 million marta o‘rnatilgandi. Flash, sen Internetni ilhomlantirding. Endi sen boshlagan ishni davom ettirish uchun HTML5 kabi veb-standartlar mavjud”, deb xabar berdi kompaniya.

Google Chrome 76, Microsoft Edge va Mozilla Firefox 69-da Flash qo‘llab-quvvatlash endi o‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-da demokrat senator Ron Wyden AQSh milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST), Milliy xavfsizlik agentligi va ichki xavfsizlik vazirligi rahbarlariga 2019-yil 1-avgustgacha AQSh hukumati veb-saytlaridan Flash-kontentni olib tashlashga yordam beradigan yechimlar va tartib-qoidalarni ishlab chiqishni so‘rab xat yuborgan.

📝 Manba: Securitylab.ru

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat

💡Kompyuter qarshisida to‘g‘ri o‘tirish qoidasi

📝 Manba: @raqamli_namangan

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Xitoy o‘t o‘chiruvchi xodimlarining tayyorgarlik ko‘rishi haqida qisqacha

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #hardware

Ko‘z harakati bilan sinxronlashtirilgan kamera

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #android #mulohaza_uchun

Avlodlar silsilasi: Galaxy S’dan Galaxy S10’gacha 📱📈

Ancha yillardan buyon, janubiy koreyalik komaniyaning Galaxy S turkumidagi gadjetlari innovatsion dizayni va foydalanishga qulayligi bilan o‘z xaridorlarini mamnun qilib kelmoqda.

2019 yil boshida kompaniya o‘zining o‘ninchi avlod Galaxy S10 smartfonini taqdim etdi. Bugun biz Galaxy S seriyasining barcha devayslari bilan tanishib chiqib, 9 yil davomida Samsung dizayn va texnik jihatlar borasidagi o‘z falsafasini qanday o‘zgartirganligini bilib olamiz. Ro‘yxatimizdan Plus, Edge, Neo, Mini kabi modellarni olib tashladik.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Agar qahvangiz sovigan bo‘lsa, uni isitib o‘tirmang – bu bilan mazasi o‘zgarib qolmaydi.

Insonlar bilan ham xuddi shunday...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#smartfon #android #mulohaza_uchun

S10/S10+ "Lite"mi, S10 Lite "Lite"mi? 📱🤔

Samsung Galaxy S10 lineykasining keyingi a’zosi Galaxy S10 Lite bo‘ladi. Nomiga qaramay, qurilma anchayin kuchli smartfon bo‘ladi.

Internetda model raqami SM-G770F bo‘lgan smartfon akkumulyatori tavsifi haqidagi hujjat paydo bo‘ldi. Unda aytilishicha, qurilmaning akkumulyator quvvati 4 370 mA/soatni tashkil etadi. Bu Galaxy S10 (3 400 mA/soat) va hatto Galaxy S10+ (4 100 mA/soat) lardagi akkumulyator sig‘imidan ham ko‘proq. Shunday qilib, akkumulyator borasida S10 Lite emas, S10 va S10+ lar "Lite" bo‘lib qoldi.

Avvalroq, SM-G770F allaqachon Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan edi. Ushbu model Snapdragon 855 chipi asosiga qurilgan, Android 10'da ishlaydi va 8GB tezkor xotiraga ega.

Husan Qodirov tayyorladi

📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg