IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
💻 Kanalimizga yangi a’zo bo‘lganlar diqqatiga! 👨🏻‍💻👩🏻‍💻

🚮 Kanalimizdan chiqib ketishga unchalik shoshilmang!
✈️

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Ushbu kanalimizda Sizlar uchun qulaylik yaratish maqsadida joylashtirayotgan har bir mavzuimizda maxsus #️⃣ heshteglardan foydalanishga ahamiyat berganmiz, ular esa quyidagilardan iborat:
👇👇👇
#ict_news
#IT_darslar
#IT_humor
#test
#surovnoma
#hardware
#dasturlash
#operatsion_tizim
#word
#excel
#powerpoint
#outlook
#rasm_bilan_ishlash
#grafika
#learn_english_with_software
#software
#hardware
#texnologiya
#tarmoq
#internet
#security
#smartfon
#android
#iOS
#iPhone
#game
#maslahat
#bilasizmi
#mulohaza_uchun
#muvaffaqiyatli_insonlar
#telegram
#telegramda_kanal_yuritish
#telegramda_guruh_yuritish
👆👆👆
Marhamat, ushbu imkoniyatdan samarali foydalaning, sizni qiziqtirgan rukn bo‘yicha heshteg ustiga bosing va mavzularga tezkor o‘ting!

🔝 Bundan tashqari kanalimizni boshiga o‘tib, yuqoridan pastga qarab o‘qib borishni istagan foydalanuvchilarimizga quyidagi havoladan foydalanishni tavsiya etamiz:
👉 https://t.me/itspecuz/2

💡Ishonavering, 😉 bu yerda har kim o‘zi uchun qandaydir yangilik oladi, kanalimizda har xil rukndagi mavzular borgan sayin ortib bormoqda, faol bo‘ling, bo‘sh vaqtingizdan samarali foydalanishni istasangiz, bir oz vaqt ajratib, kuniga hech bo‘lmaganda bitta maqolani o‘qib, amaliyotda sinab ko‘rishni odat qilgan holda, kompyuter savodxonligingizni oshirib boring! 💪

📌 P.S.: Kanalga obuna bo‘lib, ko‘pchilikda yuzaga kelayotgan: "IT o‘zi nima?" savoliga javob ushbu postimizda keltirilgan.

Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun Sizdan minnatdormiz!

💐 Sizga ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qoluvchi,

©
IT specialist kanali ma’muriyati
👍4🔥3👏1
#ict_news #smartfon

MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi 📲

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi kecha Hindiston poytaxti Dehlida axboriy taqdimot o‘tkazdi. Unda Redmi Note 8 va Note 8 Pro smartfonlarining Hindistonda sotuvga chiqarilganligi va narxlari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, kompaniya yangi MIUI 11 interfeysini tanishtirib, ungacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 11'ni qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yxati 28 ta mobil qurilmadan iborat.

Birinchi bosqich jo‘natmalari 22 oktyabrdan boshlanadi.

To‘liq ro‘yxatni quyidagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkin:

1-bosqich (22—31-oktyabr)
• Pocophone F1
• Redmi K20
• Redmi Y3
• Redmi Note 7
• Redmi Note 7s
• Redmi Note 7 Pro

2-bosqich (4—12-noyabr)
• Redmi K20 Pro
• Redmi 6
• Redmi 6 Pro
• Redmi 6A
• Redmi Note 5
• Redmi Note 5 Pro
• Redmi 5
• Redmi 5A
• Redmi Note 4
• Redmi Y1
• Redmi Y1 Lite
• Redmi Y2
• Mi Mix 2
• Mi Max 2

3-bosqich (13—29-noyabr)
• Redmi Note 6 Pro
• Redmi 7A
• Redmi 8
• Redmi 8A
• Redmi Note 8

4-bosqich (18—26-dekabr)
• Redmi Note 8 Pro

Xiaomi bu sanalar hozirgi sinov rejasiga asoslanganligini, haqiqiy sanalar bundan biroz farq qilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Yangi interfeysning boshqa bozorlarga qachon jo‘natilishini bilish uchun bu yerga bosing.

Hasanboy Umarov tayyorladi

📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #smartfon

“Smartfon” atama sifatida 2000-yilda muomalaga kiritilgan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram’ning so‘nggi Android 5.12 (1746) yangilanishida ishlab chiqaruvchilar profil dizaynini yangilashdi. Endi, pastga svayp qilganimizda profilga o‘rnatilgan rasm butun sohani egallaydigan bo‘ldi. Bizningcha bu qulay o‘zgarish, sizning fikringiz qanday?

📝 Manba: @vamtlgrm

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #maslahat #mulohaza_uchun

Tarixiy kun 🗓

Khan Academy O‘zbek - O‘zbekistondagi ilk ommaviy bepul onlayn ta’lim platformasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, O‘zbekistonda ilm sohasidagi tarixiy kunlardan biri. Bepul mustaqil ta’lim olish bo‘yicha dunyodagi eng katta platformalardan biri – Khan Academy - bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Bu juda katta foydali, savobli hamda mashaqqatli ish.

www.xanakademiyasi.uz orqali yoshlarimiz onlayn videodarslarni ko‘rib, o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin.

To‘g‘ri, internetda foydali kontent juda ko‘p. Istalgan fan bo‘yicha bemalol uyda o‘tirib, mustaqil va mukammal bilim olish mumkin. Ammo ular xorijiy tillarda. O‘zbek tilida esa, ming afsuski, foydali manbalar juda g‘arib.

Menimcha, Khan Academy O‘zbek loyihasi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yillik bayramiga eng katta sovg‘a bo‘ldi.

Ushbu loyiha yana bir tomondan juda quvonarli. Mazkur loyiha tashabbuskor fuqarolar tomonidan amalga oshirildi, unga mingga yaqin insonlar o‘z xayriyalari bilan ulush qo‘shishdi. Ya’ni ushbu yirik loyiha mualliflari davlat emas, jamiyat - sizu biz! “Davlat bizga nima qilib berdi, falon narsani davlat qilsin” degan mafkura yopishib qolgan bir zamonda, fuqarolarning o‘zi ham birgalashib yirik loyihalar qila olishi mumkinligini isbotlab bergani uchun ham xursandman. Haqiqiy fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi ham shu aslida.

Siz ham loyihaga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Unda @khanacademyuzbek kanaliga a’zo bo‘ling.

Payme yoki Click tizimlari orqali xayriya qilishingiz ham mumkin.

Agar o‘qituvchi yoki tarjimon sifatida loyihaga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi xabarni o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.

https://t.me/khanacademyuzbek/203

Xullas, loyihaga chin dildan omad tilayman! Ilohim, ushbu loyiha orqali yosh yigit-qizlarimiz, farzandlarimiz loyiha orqali o‘z bilimlarini oshirishsin, ular olgan bilimlar esa Vatanimizning rivoji uchun foyda keltirsin.

Hurmat bilan, Xushnudbek Xudoyberdiyev.

📝 Manba: @xushnudbek

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Informatika o‘qituvchisi saytning nomlanishini WWW’siz yozish mumkinligini anglab yetganida…

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun

An’anaviy mushakbozlik o‘tmishda qoldi desak ham bo‘ladi: Intel tomonidan 1500 dron ishtirokida taqdim etilgan shou buning yorqin isbotidir.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #internet #maslahat

Shazam'da siz kutgan yangilik

Tungi rejim yoki qora fon hozirda keng ommalashmoqda. Android 10 hamda ko‘plab ommabop ilovalar, jumladan, Instagram va Tasker'larning ham qora fonli versiyasi taqdim qilib bo‘lingan. Endi mana shu ilovalar qatoriga Shazam'ni ham kiritish mumkin.

O‘qing: 🎼 Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi 📲
Aslida, qora fonsiz ham Shazam'ning interfeysi ko‘zga noqulaylik tug‘diradigan darajada yorug‘ emas edi, lekin baribir, dastur yaratuvchilarining mehnatini qadrlaymiz.

Shazam'ning chiqqaniga ancha bo‘lgan. Aniqroq qilib aytganda, ilova Android'dan ham oldin taqdim qilingan. Ilova joriy interfeysining asosiy oynasi ko‘k rangda, lekin tungi rejim yoqilganda to‘q kulrang yoki qora rangga aylanadi. Bu qorong‘u joyda, ayniqsa, ko‘zga qulay.

Qora fonni yoqish uchun smartfoningiz Android 10'da ishlashi shart emas — ilova sozlamalari orqali ushbu rejimni faollashtirishingiz mumkin. Android 10'da esa butun tizim qaysi fonda bo‘lsa, ilova interfeysi ham avtomatik ushbu fonga o‘tadi. Lekin bu sizga yoqmasa, avtomatik moslashuvni o‘chirib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

Agar Shazam sizda hali ham bo‘lmasa, ilovani Android uchun bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #smartfon

108 MP kamerali smartfonning narxi ma’lum bo‘ldi — “Xiaomi Mi CC9 Pro” 📱🆕

“Xiaomi” kompaniyasining yangi — “Mi CC9 Pro” smartfoni haqida oxirgi oylarda juda ko‘p ma’lumotlar tarqatilyapti. “Astera” yozishicha, mana, endi narxiga ham yetib kelishdi: insayder Sudhanshu Ambhore kompaniya o‘z smartfoniga qancha narx qo‘yishi haqida ma’lum qildi.

“Hamyonbop” sifatida ko‘rilayotgan, 108 MP kameraga ega “Xiaomi Mi CC9 Pro”ning narxi 365 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

O‘ta zo‘r kameradan tashqari, ushbu smartfonga 6,4 dyuym o‘lchamdagi Full HD+ AMOLED ekran, 6 GB operativ, 128 GB ichki xotira o‘rnatiladi.

Smartfonning selfi kamerasi 32 megapikselli bo‘ladi, asosiy kamerasi qo‘shimcha 13 va 8 megapikselli kameralarni ham birlashtiradi. Akkumulyatori quvvati esa 4 000 mAs ga teng.

Qurilmaga “Snapdragon 730G” protsessori o‘rnatiladi. Qo‘shimcha modullardan NFC hamda IK-portni sanab o‘tish mumkin.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

“Dadam noutbugini olganiga 4 yil bo‘lgan, ammo haligacha “salafan”ini olib tashlamayapti”, deydi bir amerikalik. Haa, ulardayam shunaqa odamlar bor ekan-da deb qo‘ydim, “Sergeli” bozorida sotilayotgan 200 ming km yurgan “Matiz” o‘rindig‘idagi sellofanga qarab. 🤔

📝 Manba: @olamda_nima_gap

📌 P.S.: Ushbu kanalga obuna bo‘lishingizni tavsiya etamiz. 👆🏻

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​Nega oʻzbek tilidagi kontent rivojlanishi kerak?

Har bir buyuk oʻzgarishning oʻz boshlanish tarixi mavjud. Aynan bugun tarixiga nazar solsak, bundan 30 yil muqaddam yuksak qadam – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi haqidagi qonun qabul qilingan boʻlib, bu qonun Oʻzbekiston xalqi uchun ulkan oʻzgarish boʻlib kelgan.

Oʻtgan oʻttiz yillikda oʻzbek tili rivojiga koʻplab hissa qoʻshildi va Khan Academy Oʻzbek jamoasi ham oʻz oʻrnida davlat tilini takomillashtirishda va oʻzbek tilida sifatli kontent yaratishda bor kuchini sarflashga tayyor.

Butun oʻzbek millati xalqiga oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak boʻlsin!

📍Yuqoridagi savolga oʻz fikringizni berishni unutmang.
📍Oʻzbek tili rivojiga oʻz hissangizni qoʻshish niyatida boʻlsangiz loyihamizga xayriya qilish sahifasiga oʻting.
📍Jamoaga qoʻshilmoqchi boʻlsangiz ushbu havolaga oʻting.

InstagramFacebookYouTube
#excel

РАЗНДАТ funksiyasi

РАЗНДАТ
funksiyasini eng sirli deb atash mumkin. Ushbu funksiyani funksiyalar ro‘yxatida uchratmaysiz. U Lotus 1-2-3 dasturining funksiyasi bo‘lib, muvofiqlikni ta’minlash maqsadida Excel tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

РАЗНДАТ funksiyasi ikki sana o‘rtasidagi kunlar, oylar va yillar miqdorini hisoblashda foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Funksiya uch zaruriy qismni o‘z ichiga oladi: boshlang‘ich_sana, yakuniy_sana va kod.

Boshlang‘ich_sana qismi qiymati yakuniy_sana’ning qiymatidan kichik bo‘lishi lozim, aks holda formulada xatolik yuz beradi.

Kod qismi qo‘shtirnoq orasida yoziluvchi quyidagi qiymatlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
▪️“y” sanalar o‘rtasidagi to‘liq yillar sonini hisoblaydi;
▪️“m” sanalar o‘rtasidagi to‘liq oylar sonini hisoblaydi;
▪️“d” sanalar o‘rtasidagi kunlar miqdorini hisoblaydi;
▪️“md” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Oy va yil qiymatlari hisobga olinmaydi;
▪️“ym” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Kun va yil qiymatlari hisobga olinmaydi;
▪️“yd” sanalar o‘rtasidagi farqni aniqlaydi. Yil qiymati hisobga olinmaydi.

Marhamat, matnli postimizga qo‘shimcha sifatida alohida kanalimizda nashr qilingan videoni tomosha qiling, o‘zingizda sinab ko‘ring, bu juda qiziq! 🎞😉

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#mulohaza_uchun

Talabalik yillarimda o‘qituvchim, professor, butun hayotimga tatigulik bir haqiqatni menga yetkazgandi. U: “Haqiqiy erkakni ikki narsa orqali aniqlash mumkin: uning kitobga va ayolga bo‘lgan munosabati bilan.” deya ta’kidlagan. U har doim kitobni qo‘liga olishdan oldin, borib qo‘lini yuvardi. Shu bilan kitoblarga va albatta, ayollarga nisbatan o‘ta hurmat bilan yondashish men uchun butun umrlik qoidaga aylandi.

kichik Sergey Bodrov

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Agarda Sizga hujjat bilan ishlash davrida tez-tez matn ostiga chizish lozim bo‘lsa, unda ushbu bir nechta klavishlar birikmasini yodda tutish maqsadga muvofiqdir:
CTRL + U – bir chiziq bilan ostiga chizish;
CTRL + SHIFT + D – ikki chiziq bilan ostiga chizish;
CTRL + SHIFT + W – faqat so‘zlarning ostiga (ular orasidagi probellarsiz) bir chiziq bilan chizish.

Agar sizga boshqa variantlar ham kerak bo‘lsa (chiziq uchun rang, boshqa turdagi chiziqni tanlash), unda Главная bo‘limining tasma buyruqlaridan foydalanishingiz lozim bo‘ladi.

📌 P.S. Shrift sozlamalari muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun CTRL + D klavishlar birikmasi bosiladi.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Frontend’chilar taxminan shunday ishlashadi...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Fakt: laptop (noutbuk)da o‘tirsangiz xuddi muhim ish bilan banddek ko‘rinasiz. Xuddi o‘sha ishingizni telefoningizda qilsangiz, go‘yoki bekorchilik bilan shug‘ullanayotgandeksiz atrofingizdagilar uchun.

📝 Manba: @olamda_nima_gap

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #maslahat

Farzandingizni bog‘chaga onlayn joylashtiring 👨‍👩‍👦‍👦

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Yagona integrator UZINFOCOM hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish imkoniyati mavjud ekanligi to‘g‘risida eslatib o‘tadi.

my.gov.uz saytida, siz farzandingizni bolalar bog‘chasiga uydan chiqmagan holda tez, oson va oddiy joylashtirishingiz mumkin. Ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Ta’lim” bo‘limida keltirilgan bo‘lib, jismoniy shaxslar uchun bepul taqdim etiladi: https://my.gov.uz/uz/service/285

Xizmat turi haqida batafsil ma’lumot maxsus tayyorlangan videorolikda keltirilgan:
https://www.facebook.com/digitaluzbekistan/videos/561162831292474/

📝 Manba: Napm.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Yangi loyihaga qo‘l urgan paytingizda, eski boshlab qo‘ygan loyihalaringizni ham qo‘llab-quvvatlab turishni unutmang.

Eng asosiysi - bu loyihalarning dolzarbliligi va ularga e’tibor berishdagi muvozanat. Aks holda esa...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #smartfon #maslahat

1 noyabrgacha telefoningizning IMEI raqamini avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘ying 📲

2019 yilning 1 apreldan yurtimizda mobil qurilmalar IMEI kodlarini avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Bu 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1 apreldan 1 noyabrgacha — avtomatik (bepul)
1 noyabrdan 1 dekabrgacha — ariza orqali (bepul)
1 dekabrdan boshlab — ariza orqali (pullik)

Qanday tekshirish mumkin?

Bugungi kunda ishlatib yurgan mobil telefoningiz yoki sim-kartali planshetingizning IMEI kodlari aloqa operatorlari tomonidan UZIMEI bazasiga avtomatik o‘tkazilgan.

Har ehtimolga qarshi IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganini uzimei.uz saytidan tekshirishingiz mumkin. Telefon (planshet) IMEI kodini aniqlash uchun *#06# kodini tering.

Yangi telefonlarni nima qilish kerak?

Agar telefoningiz yangi bo‘lsa va uni hali biror marta ishlatmagan bo‘lsangiz, 1 noyabrgacha unga bir marta sim karta solib, ishlating, shunda u avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi. Buning uchun xizmat haqi olinmaydi yoki qo‘shimcha biror saytga kirib, ovora bo‘lish shart emas.

❗️Agar telefoningiz 2 ta sim-kartali bo‘lsa va undan faqat bitta sim-karta joylashtirib foydalasangiz, unda 1 noyabrgacha ikkinchi tomoniga ham sim-karta qo‘yib, uni ham bir marta ishlatib qo‘ying. Shunda muammo bo‘lmaydi.

1 noyabrdan nima bo‘ladi?

1 noyabrdan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish avtomatik bo‘lmaydi, buning uchun SMS/USSD so‘rovlar, UZIMEI tizimi operatori, pochta bo‘limlari va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi. 1 dekabrgacha bu bepul bo‘ladi.

1 dekabrdan nima bo‘ladi?

1 dekabrdan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun haq olinadi. Bunda narxlar ro‘yxatdan o‘tkazish muddatiga qarab 2 xil bo‘ladi. Masalan, jismoniy shaxslar uchun:

yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazsa — 44 ming 600 so‘m (20%);
yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazsa — 55 ming 750 so‘m (25%).

‼️Bunda yana bir muhim jihati, yangi telefonning IMEI kodi 30 kun ichida ro‘yxatga olinmasa, telefon ishlamay qoladi. Ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingina ishlashni boshlaydi. Shuning uchun, telefon sotib olayotganda uning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tganini albatta tekshiring.

Xitoy telefonlarga nima bo‘ladi?

1 noyabrdan boshlab ishlab chiqaruvchisi noma’lum va IMEI kodi haqiqiy bo‘lmagan qalbaki Xitoy telefonlari ishlamay qoladi. Ularni 1 noyabrga qadar bir marta ishlatib, avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazsa bo‘ladi, keyin buning imkoni bo‘lmaydi.

📝 Manba: @xushnudbek

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

Endi qabul imtihonlarida informatika fanidan ham 30 talik test topshiriladi! 🔠

Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga tavsiya qilingan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi. Bloger Javohirbek Abdullayev o‘zining telegram kanalida yangi o‘quv yilidan informatika fani alohida blok sifatida umumta’lim fanlariga qo‘shilganiga e’tibor qaratgan. Ya’ni, endi informatikaga aloqasi bor yo‘nalishlarda informatikadan blok qo‘shiladi.

Masalan, 5110700 - “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishiga mos keluvchi fanlar majmuasiga hujjat topshirgan abituriyent taxminan quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:

Majburiy fanlar bloki (barcha yo‘nalishlar uchun nazarda tutilgan):

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar:

Informatika (3,1)
Matematika (3,1)

Informatika alohida blok bo‘lganligi rasman tasdiqlanganligini inobatga olsak, yakunda yuqoridagi fikrimiz to‘g‘ri bo‘lib chiqishi ehtimoli yuqori. Endi DTM tomonidan ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar majmuasi e’lon qilinishini kutib qolamiz.

📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #maslahat

Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi? 🤔

Bu eksperimental funksiya bo‘lib, brauzerning 78-versiyasida mavjud.

Uni yangilash uchun menyuda quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha o‘ting “Справка” > “О браузере Google Chrome”. Agar u allaqachon so‘nggi versiyada bo‘lmasa, unda brauzerni yangilash imkoniyati berilgan bo‘ladi.

Qorong‘i mavzuni faollashtirish uchun:

1️⃣. Brauzerning manzil satriga quyidagi kiritiladi: chrome://flags/
2️⃣. Sahifada, qidiruv satrida “Force Dark Mode for Web Contents” ko‘rsatiladi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan banddagi pastga ochiluvchi ro‘yxatda “Enabled” tanlanadi.
4️⃣. Google Chrome qayta ishga tushiriladi.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg