IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#ict_news #operatsion_tizim

“Microsoft” “Windows”ni o‘tmishda qoldiradigan bo‘ldi 😯

“Rambler”ning xabar berishicha, “Microsoft” “Windows” operatsion tizimiga kamroq e’tibor berib, diqqatini servis va ilovalarni rivojlantirishga qaratmoqchi. Endi OS kompaniyaning asosiy mahsuloti emas.

Negaki, “Windows” personal kompyuter va noutbuklardagina mavjud, foydalanuvchilar esa bora-bora mobil qurilmalarga o‘tib ketyapti.

— Hozir bizga foydalanuvchilar tajribasi va modellarning ilovalar bilan bog‘liqligi muhimroq, — deydi “Microsoft”ning bosh direktori Satya Nadella.

Xabarga ko‘ra, “Microsoft” diqqatini asosan o‘ziga xos servislar agregatori “Graph” platformasiga qaratadi. Uning tarkibiga, masalan, “Azure” cloud xizmati va “Office 365” onlayn to‘plami kiradi.

Nadellaning fikricha, dasturiy ta’minotning kelajagi — o‘zaro faoliyat platformalari. Shuning uchun ham “Microsoft” “Windows 10” uchun “Android” smartfonini kompyuterdan boshqarish imkonini beruvchi ilovalarni faol rivojlantirmoqda.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Mijoz birinchi marta ilovadan foydalanganda…

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun #smartfon #android

Arzon Android smartfonlarining muxlislari o‘z ma’lumotlari bilan to‘laydilar 📱👀

Arzon Android smartfonlarini tanlagan foydalanuvchilar muqarrar ravishda xavfsizlik va maxfiylik muammolariga duch kelishadi.

Natijada, qurilma narxini tejash orqali ular ma’lumotlarini boy beradi. Fast Company yangi hisobotida aynan shunday deyilgan. Albatta, smartfonning past narxi har doim e’tiborni tortadi, lekin ko‘pincha foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni yashiradi. Misol tariqasida Fast Company 2017 yil dekabr oyida bozorda sotilgan YA2 MyPhone’ni keltiradi. Uning narxi atigi 17 dollar.

Ushbu qurilmani amalga oshirish, masalan, Android’ning eskirgan versiyasi, yangilanishi mumkin emasligi, foydalanuvchini kiber jinoyatchilar tomonidan buzish xavfini tug‘diradi. Bundan tashqari, YA2 MyPhone barcha imkoniyatlarni ishga soladi va texnologiya gigantlari ma’lumotlaringizni maksimal hajmda to‘plashlari mumkin bo‘ladi.

Qurilmaga Facebook Lite o‘rnatilgan bo‘lib, unga sizning harakatingizni kuzatish, kontaktlaringizni yuklab olish va kalendaringiz tarkibini o‘qish mumkin. Eslatib o‘tamiz, bu yil yuzmillionlab Facebook Lite foydalanuvchilari parollaridan mahrum bo‘lgandi. Shuningdek, smartfonda boshqa eskirgan dasturlar mavjud bo‘lib, ularni o‘chirib bo‘lmaydi. Ularning yordami bilan shartli xaker tizimga kirishi mumkin. Fast Company hisobotiga ko‘ra, bunday muammolar byudjetli telefon sevuvchilarni barchasini kutmoqda. Qurilma qanchalik arzon bo‘lsa, xavf ham shunchalik katta bo‘ladi.

📝 Manba: Tace.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida blogpostlar tanlovida ishtirok eting!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot xizmati qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzusida blogpostlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad - 2019 yil 21 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga o‘ttiz yil to‘lishi hamda yosh-avlod o‘rtasida ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, milliy til millatning ruhi ekanligini yetishib kelayotgan avlod ongiga singdirish, milliy tilimizning ravnaqini yanada yuksaltirishdir.

Tanlovda barcha TATU talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov g‘oliblari shu yilning 20 oktabr kuni Universitetning rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlovda birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rin g‘oliblari aniqlanib, birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga 500 ming, ikkinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga 300 ming, uchinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga 200 ming so‘m pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari beriladi.

Tanlovda ishtirok etish shartlari:

👉🏻 Blogpostlar tanlovida internet tarmog‘ida o‘zining sahifasi (blog, veb-sayt, telegram kanal, Facebook sahifa, Instagram va boshqa internet platformalari) bo‘lgan, davlat (o‘zbek) tilida blog yoza oladigan, talabalar qatnasha oladi;

👉🏻 Ishtirokchilar yoshi, jinsi, millati, dini, irqi, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquqqa egadir;

👉🏻 Blogpostlar havolalari maxsus telegram orqali (@tatumatbuotxizmati) 18 oktabr sanasiga qadar Hakamlar xay’atiga yuborilishi kerak;

👉🏻 Blogpostlar hajmi cheklanmagan;

👉🏻 Matnning imlo xatolardan xoliligi, video, audio va fotobloglarda esa texnik qusurlardan xoliligi, sifati;

👉🏻 Mavzu (g‘oya)ning originalligi;

👉🏻 Muallifning shaxsiy fikri mavjudligi, aytmoqchi bo‘lgan fikri (g‘oyasi)ning tugalligi;

👉🏻 Ijodiy ishlar shakliga (matn, foto, video, audio va h.k.) ham cheklov yo‘q. Bu talabalarning o‘z uslubiga va kreativligiga havola;

👉🏻 Jamoaning mehnati natijasi bo‘lgan ijodiy ishlarni jamoa nomidan bir jamoa a’zosi topshiradi. Bir ijodiy guruhdan faqat bitta ijodiy ish qabul qilinadi;

👉🏻 Shaxsi noma’lum talabalar tomonidan, shuningdek, shaxsiy fikr emas, balki turli manbalardan ko‘chirilgan blogpostlar tanlovga qabul qilinmaydi.

📝 Manba: Tuit.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #internet

Eng yirik E-mail provayderlari 1997-2019

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Dasturlashni bir kunda qanday o‘rganish mumkin?

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#telegram #internet #maslahat

Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz? 📲

Telefon raqamingiz – sizning messenjerlardagi login va parolingizdir; usiz o‘z akkauntingizga kira olmaysiz va kontaktlar hamda yozishmalaringizni tiklay olmaysiz. Shu boisdan, yangi telefon raqami olganingizda, messenjerlarda avvalgi raqamingizga ochilgan profilingizni yangisiga o‘tkazib qo‘yish kerak.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
5. Straightforward Advanced CDrom.rar
70.4 MB
#learn_english_with_software

📚 “Straightforward Macmillan”ning darajalar bo‘yicha ajratilgan dasturlari bilan ingliz tilini o‘zlashtirib boramiz

Sizga taqdim etilayotgan “Straighforward Macmillan Advanced” kursi dasturiy ta’minoti bilan har kuni kamida 1 soat vaqt ajratgan holda, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Dastur diskda ko‘p joy egallamasligi bilan ham o‘ziga xosdir, ishlashi uchun ham kompyuterning apparat ta’minotiga yuqori talablar belgilamaydi.

Orangizda ushbu dasturni birinchi darajasidan boshlab o‘rganib kelayotganlar bo‘lsa kerak, barchangizga ingliz tili bo‘yicha olib borayotgan izlanishlaringizda zafarlar tilab qolamiz.

👉🏻 Batafsil...

Ingliz tilini o‘zlashtirish bo‘yicha yana boshqa dasturlarni bo‘lishishimizni istasangiz, ushbu postimiz ostida kamida 💯ta belgisiga bosgan holda, o‘z ovozingizni qoldirishingizni kutib qolamiz! 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Qiziqarli rasm: qog‘oz varag‘i chekka qismining mikroskop ostidagi ko‘rinishi

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #security

“https://” - havolasi bilan boshlanadigan saytlar “http://” - bilan boshlanadigan saytlardan farqi shundaki, oxirida “s” qo‘shimchasi qo‘shilgan holatdagi saytlar himoya ostiga olingan degani.

❗️“http://” bilan boshlanadigan saytlarga hech qachon bank kartalaringiz ma’lumotlarini va parolini kiritmang. 🔐

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Yutqazishni yoqtirmayman 🤪😳😂

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Achchiq haqiqat...

📝 Manba: @uzabt

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #maslahat

1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!
📱🤔

Joriy yilning 1 aprelidan O‘zbekistonda barcha smartfon va planshetlar IMEI-kodi bo‘yicha BEPUL ro‘yxatga olinayotgani haqida yozganmiz. IMEI-kodi qurilmaning amaldagi modeliga to‘g‘ri kelmagan devayslarning bloklanish muddati kechiktirilganidan ham xabaringiz bor.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Agar ko‘ylakning pastki tugmasi to‘g‘ri qadalmasa, qolgan barchasi ham noto‘g‘ri qadaladi. Hayotda juda ko‘p xatolar mavjud bo‘lib, ular o‘z-o‘zidan shunchaki xatolar emas, balki birinchi, noto‘g‘ri qadalgan tugmachaning oqibatlaridir.
-----
Men hayotim o‘zgarishini yillab kutdim, lekin uning o‘zi mening qachon o‘zgarishimni kutayotganini endi anglab yetdim.

Fabio Volo – italiyalik qo‘shiqchi, DJ, yozuvchi, aktyor, ssenariynavis, teleboshlovchi

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun

Pifagor teoremasining ko‘rgazmaviy ko‘rinishi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #telegram

Siz Telegram’dan chiqmay turib profilingiz uchun har qanday rasmni topishingiz va o‘rnatishingiz mumkin.

Buning uchun rasmni qo‘shish chog‘ida “Поиск в сети”ning ustiga bosing. So‘ngra shunchaki kalit so‘zni kiriting va ro‘yxatdan o‘zingiz uchun mos bo‘lgan variantni tanlang.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
💻 Kanalimizga yangi a’zo bo‘lganlar diqqatiga! 👨🏻‍💻👩🏻‍💻

🚮 Kanalimizdan chiqib ketishga unchalik shoshilmang!
✈️

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Ushbu kanalimizda Sizlar uchun qulaylik yaratish maqsadida joylashtirayotgan har bir mavzuimizda maxsus #️⃣ heshteglardan foydalanishga ahamiyat berganmiz, ular esa quyidagilardan iborat:
👇👇👇
#ict_news
#IT_darslar
#IT_humor
#test
#surovnoma
#hardware
#dasturlash
#operatsion_tizim
#word
#excel
#powerpoint
#outlook
#rasm_bilan_ishlash
#grafika
#learn_english_with_software
#software
#hardware
#texnologiya
#tarmoq
#internet
#security
#smartfon
#android
#iOS
#iPhone
#game
#maslahat
#bilasizmi
#mulohaza_uchun
#muvaffaqiyatli_insonlar
#telegram
#telegramda_kanal_yuritish
#telegramda_guruh_yuritish
👆👆👆
Marhamat, ushbu imkoniyatdan samarali foydalaning, sizni qiziqtirgan rukn bo‘yicha heshteg ustiga bosing va mavzularga tezkor o‘ting!

🔝 Bundan tashqari kanalimizni boshiga o‘tib, yuqoridan pastga qarab o‘qib borishni istagan foydalanuvchilarimizga quyidagi havoladan foydalanishni tavsiya etamiz:
👉 https://t.me/itspecuz/2

💡Ishonavering, 😉 bu yerda har kim o‘zi uchun qandaydir yangilik oladi, kanalimizda har xil rukndagi mavzular borgan sayin ortib bormoqda, faol bo‘ling, bo‘sh vaqtingizdan samarali foydalanishni istasangiz, bir oz vaqt ajratib, kuniga hech bo‘lmaganda bitta maqolani o‘qib, amaliyotda sinab ko‘rishni odat qilgan holda, kompyuter savodxonligingizni oshirib boring! 💪

📌 P.S.: Kanalga obuna bo‘lib, ko‘pchilikda yuzaga kelayotgan: "IT o‘zi nima?" savoliga javob ushbu postimizda keltirilgan.

Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun Sizdan minnatdormiz!

💐 Sizga ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qoluvchi,

©
IT specialist kanali ma’muriyati
👍4🔥3👏1
#ict_news #smartfon

MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi 📲

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi kecha Hindiston poytaxti Dehlida axboriy taqdimot o‘tkazdi. Unda Redmi Note 8 va Note 8 Pro smartfonlarining Hindistonda sotuvga chiqarilganligi va narxlari haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, kompaniya yangi MIUI 11 interfeysini tanishtirib, ungacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 11'ni qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yxati 28 ta mobil qurilmadan iborat.

Birinchi bosqich jo‘natmalari 22 oktyabrdan boshlanadi.

To‘liq ro‘yxatni quyidagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkin:

1-bosqich (22—31-oktyabr)
• Pocophone F1
• Redmi K20
• Redmi Y3
• Redmi Note 7
• Redmi Note 7s
• Redmi Note 7 Pro

2-bosqich (4—12-noyabr)
• Redmi K20 Pro
• Redmi 6
• Redmi 6 Pro
• Redmi 6A
• Redmi Note 5
• Redmi Note 5 Pro
• Redmi 5
• Redmi 5A
• Redmi Note 4
• Redmi Y1
• Redmi Y1 Lite
• Redmi Y2
• Mi Mix 2
• Mi Max 2

3-bosqich (13—29-noyabr)
• Redmi Note 6 Pro
• Redmi 7A
• Redmi 8
• Redmi 8A
• Redmi Note 8

4-bosqich (18—26-dekabr)
• Redmi Note 8 Pro

Xiaomi bu sanalar hozirgi sinov rejasiga asoslanganligini, haqiqiy sanalar bundan biroz farq qilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Yangi interfeysning boshqa bozorlarga qachon jo‘natilishini bilish uchun bu yerga bosing.

Hasanboy Umarov tayyorladi

📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #smartfon

“Smartfon” atama sifatida 2000-yilda muomalaga kiritilgan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telegram

Telegram’ning so‘nggi Android 5.12 (1746) yangilanishida ishlab chiqaruvchilar profil dizaynini yangilashdi. Endi, pastga svayp qilganimizda profilga o‘rnatilgan rasm butun sohani egallaydigan bo‘ldi. Bizningcha bu qulay o‘zgarish, sizning fikringiz qanday?

📝 Manba: @vamtlgrm

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #maslahat #mulohaza_uchun

Tarixiy kun 🗓

Khan Academy O‘zbek - O‘zbekistondagi ilk ommaviy bepul onlayn ta’lim platformasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, O‘zbekistonda ilm sohasidagi tarixiy kunlardan biri. Bepul mustaqil ta’lim olish bo‘yicha dunyodagi eng katta platformalardan biri – Khan Academy - bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Bu juda katta foydali, savobli hamda mashaqqatli ish.

www.xanakademiyasi.uz orqali yoshlarimiz onlayn videodarslarni ko‘rib, o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin.

To‘g‘ri, internetda foydali kontent juda ko‘p. Istalgan fan bo‘yicha bemalol uyda o‘tirib, mustaqil va mukammal bilim olish mumkin. Ammo ular xorijiy tillarda. O‘zbek tilida esa, ming afsuski, foydali manbalar juda g‘arib.

Menimcha, Khan Academy O‘zbek loyihasi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yillik bayramiga eng katta sovg‘a bo‘ldi.

Ushbu loyiha yana bir tomondan juda quvonarli. Mazkur loyiha tashabbuskor fuqarolar tomonidan amalga oshirildi, unga mingga yaqin insonlar o‘z xayriyalari bilan ulush qo‘shishdi. Ya’ni ushbu yirik loyiha mualliflari davlat emas, jamiyat - sizu biz! “Davlat bizga nima qilib berdi, falon narsani davlat qilsin” degan mafkura yopishib qolgan bir zamonda, fuqarolarning o‘zi ham birgalashib yirik loyihalar qila olishi mumkinligini isbotlab bergani uchun ham xursandman. Haqiqiy fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi ham shu aslida.

Siz ham loyihaga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? Unda @khanacademyuzbek kanaliga a’zo bo‘ling.

Payme yoki Click tizimlari orqali xayriya qilishingiz ham mumkin.

Agar o‘qituvchi yoki tarjimon sifatida loyihaga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi xabarni o‘qib chiqishni tavsiya qilaman.

https://t.me/khanacademyuzbek/203

Xullas, loyihaga chin dildan omad tilayman! Ilohim, ushbu loyiha orqali yosh yigit-qizlarimiz, farzandlarimiz loyiha orqali o‘z bilimlarini oshirishsin, ular olgan bilimlar esa Vatanimizning rivoji uchun foyda keltirsin.

Hurmat bilan, Xushnudbek Xudoyberdiyev.

📝 Manba: @xushnudbek

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg