IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#ict_news #smarfon

O‘zbekistonda mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi tasdiqlandi 📱✍🏻

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware #maslahat

Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari 💻🔋

Har qanday qurilmaning akkumulyatori uning ishlatilish darajasiga qarab turlicha darajada to‘zib boradi. Shuning uchun ham smartfon, planshet, noutbuk yoki boshqa biror gadjetning ishlatilganini xarid qiladigan bo‘lsangiz, albatta batareyasini tekshirib olish muhim.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #internet

Yandex Toshkentda transport harakatini ko‘rsata boshladi

Yandex.Xaritalar shahar avtobuslarining Toshkentdagi harakatini ko‘rsata boshlashdi. Endi kerakli transport qayerda harakatlanayotganini va qancha vaqtdan so‘ng kelishini bilish oson. Masalan, yomon ob-havo sharoitida avtobusni bekatda kutmay, uning aynan yaqinlashish vaqtida bekatga kelishingiz mumkin.

Avtobuslarining harakatini kuzatish uchun, transportni namoyish qilishni yoqishingiz kerak — buni mobil ilova va Xaritalar veb-versiyasida qilish mumkin. Android ychun ilovaning so‘ngi versiyasi o‘zbek tilini qo‘llaydi — u telefonda o‘zbek tili tanlanganida paydo bo‘ladi. Yaqinda bunday imkoniyat iOS da ham bo‘ladi. Veb-versiyada (http://yandex.uz/maps) til pastki o‘ng qismida o‘zgartiriladi.

“Biz uchun, O‘zbekiston aholisiga Yandex.Xaritalar’dan foydalanish qulay bo‘lishi muhim. Shuning uchun biz xizmatni butunlay o‘zbek tiliga o‘girdik va xaritaga harakatlanuvchan transportni qo‘shdik. Avtobuslarining qayerda harakatlanayotganini aniqlashdagi ma’lumotlarni olishda, bizga Toshkent hokimiyati va “Toshshahartransxizmat” yordam berishadi”, — deydi Yandex’ning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

Hozirda Yandex Toshkentdagi deyarli barcha davlat avtobuslarini ko‘rsatmoqda. Ilovada ular maxsus belgilar bilan belgilangan. Xaritada siz, avtobusning real vaqtdagi turgan joyini ko‘rishingiz mumkin, agarda bekat belgisini bossangiz — u necha daqiqadan so‘ng kelishini ko‘rishingiz mumkin. Ma’lumot har 30 soniyada yangilanib turadi, biroq bashorat qilish algoritmi tufayli belgilar ohista siljiydi.

Bekat belgisiga bosishda Yandex.Xaritalar, undan o‘tuvchi barcha transport raqamlari ro‘yhatini ko‘rsatadi. Ilovadan foydalanib, siz kerakli nuqtagacha yo‘lni davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi. Bu notanish hududdan qanday chiqib ketish, yoki shaharning boshqa chekkasidagi bozorga qanday borishni aniqlash uchun as qotadi.

Toshkent Yandex.Xaritalar transport harakatlanishining real vaqtda ko‘rsatadigan O‘zbekistondagi birinchi shahar bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab bunday shaharlar 90 tadan oshiq — Rossiyada, Belorusiya, Qozog‘iston, Yevropa va Amerikaning boshqa davlatlarida.

📝 Manba: @infocom_uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#dasturlash #mulohaza_uchun

1️⃣. Ilk qadamini qo‘ygan web-dasturchi.
2️⃣. Boshlang‘ichdan o‘rta bosqichga o‘tayotgan web-dasturchi.
3️⃣. O‘rta bosqichdan yuqori bosqichga o‘tayotgan web-dasturchi.
4️⃣. Professional web-dasturchi.

❗️Har qanday bilim darhol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi!

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Lazerli o‘ymakorlik

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
#bilasizmi

Everest tog‘ining cho‘qqisida 2010 yildan buyon Wi-Fi mavjud. 🗻

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news #iOS #iPhone #maslahat

Tunda iOS13 chiqdi. Endi iPhone’larda ham o‘zbek harflari bor. 📲😊

📝 Manba: @davletovuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Gigiyenadagi xatolar. Shifokorlar jim 🤔🤫

Kuniga ikki marta tish tozalash, ko‘chadan kelgach qo‘llarni sovunlab yuvish kerakligini bolalikdan bilamiz. Biroq shunday gigiyena qoidalari borki, ular haqida bizga na ota-onamiz, na shifokorlar aytishadi. Shuning uchun ham har kuni o‘zimizni parvarishlashda xatolarga yo‘l qo‘yib, sog‘ligimizga, husnimizga putur yetkazamiz, deb yozadi “RAMBLER”.

1️⃣. Dushda yuz yuvish

Dush qabul qilayotganda ko‘pincha yuzimizni tizillab oqayotgan suvga tutib yuvamiz. Biroq bu muolaja biz o‘ylaganchalik bezarar emas ekan. Gap shundaki, issiq suv kuchli bosim bilan tushganda mayda kapillyarlarni shikastlaydi va shu tariqa terining himoya to‘sig‘ini ishdan chiqaradi.

2️⃣. Terni qo‘l bilan artish

Sport bilan shug‘ullanganda har doim ham yonimizda sochiq yoki nam salfetka bo‘lmasligi mumkin. Shu bois ko‘pincha yuzimizdagi terni qo‘limiz bilan artib olamiz. Kimningdir terisiga bu hech qanday ta’sir o‘tkazmasligi mumkin. Ammo kimlarningdir yuzida qizarish, husnbuzar va toshmalar paydo bo‘ladi. Bunga sabab, qo‘l terisining har bir kvadrat santimetr joyida taxminan 1500 ta bakteriya yashaydi. Ularning ayrimlari hatto yuvgandan keyin ham qo‘lda qolib ketadi.

3️⃣. Cho‘tkani kosmetikada qoldirish

Kosmetichka — bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay joy. Kilolab tonal kremi, pomada va tenlar ostida saqlangan cho‘tka va sponja mikroblar makoniga aylanadi. Ular ovqatdan zaharlanish, teri va qon infeksiyalari, hatto zotiljamni keltirib chiqarishi mumkin.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Forwarded from QIZIQ FAN
Quyosh tizimida 8 (sakkiz) ta sayyora, 5 (besh) ta mitti sayyora, sayyorlarning 181 (bir yuz sakson bir) ta tabiiy yoʻldoshlari, 550.000 (besh yuz ellik ming) dan ortiq astreoidlar, 3000 (uch ming) dan ortiq kometalar mavjud boʻlishiga qaramasdan, Quyosh tiziminining umumiy massasining 99.86% qismini Quyoshning massasi massasi tashkil etadi.
--------------
Қуёш тизимида 8 (саккиз) та сайёра, 5 (беш) та митти сайёра, сайёрларнинг 181 (бир юз саксон бир) та табиий йўлдошлари, 550.000 (беш юз эллик минг) дан ортиқ астреоидлар, 3000 (уч минг) дан ортиқ кометалар мавжуд бўлишига қарамасдан, Қуёш тизиминининг умумий массасининг 99.86% қисмини Қуёшнинг массаси массаси ташкил этади.

@qiziqfan
​​#bilasizmi #smartfon #android

IMEI nima va uning ahamiyati nimada? 📱🤔

Agar sizda IMEI nima ekanligi haqida savol paydo bo‘lgan bo‘lsa, to‘g‘ri manzilga murojaat qildingiz. IMEI (ing. International Mobile Equipment Identity — Xalqaro mobil qurilma identifikatsiyasi) mobil tarmoqdagi qurilmani identifikatsiyalash uchun unikal raqam hisoblanadi.

Buni oddiy qilib telefoningizning tarmoq xavfsizligi raqami sifatida tushunishingiz ham mumkin. Har bir GSM telefonda 15 ta raqamdan iborat IMEI bo‘ladi; CDMA mobil qurilmalar esa MEID raqamga ega bo‘ladi.

Telefoningizni o‘g‘irlatib qo‘ysangiz yoki yo‘qolib qolsa IMEI raqamdan foydalansangiz bo‘ladi. Yo‘q, u telefoningizni sehrli ravishda sizga qaytarib olib kelmaydi, balki IMEI vositasida, qurilmangizni topib/o‘g‘irlab olgan, undan foydalanmayotganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Operatorga bog‘lanib, IMEI kodni aytsangiz, telefoningizni qora ro‘yxatga qo‘shib qo‘yishi mumkin. Bu degani devays bilan kiruvchi/chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda mobil internet orqali global tarmoqqa ulanish imkoni bo‘lmaydi, deganidir — hatto yangi SIM karta bilan ham.

IMEI raqam ishlatilgan telefon sotib olayotganda ham qo‘l keladi. CheckMend xizmati orqali xarid qilayotgan qurilmangiz yo‘qolgan deb e’lon qilinmagani, qora ro‘yxatda emasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Ushbu xizmat bepul emas, lekin qimmat ham emas: bir dollar atrofida turadi.

IMEI raqam, shuningdek, telefon haqida ko‘plab boshqa ma’lumotlar ham bera oladi (masalan, brend va modeli, ishlab chiqarilgan yili va texnik jihatlari). Buni sinab ko‘rish uchun imei.info saytiga kirib, IMEI raqamni kiritib ko‘rishingiz mumkin. Xizmat bepul.

Android qurilmadan IMEI qanday tekshiriladi?

IMEI nima ekanligini bilib oldik, endi esa qurilmaning IMEI raqamini aniqlashni o‘rgansak. Buning eng oson yo‘li Android smartfondagi Telefon ilovasida *#06# ni terishdir. Shunda ekranda gadjetingizning IMEI raqami paydo bo‘ladi. Agar ikkita SIM kartali telefon ishlatsangiz, ikkita IMEI raqam ko‘rinadi: har bir SIM karta uyasi uchun alohida raqam. Yoki Sozlamalar ilovasining Qurilma haqida > Holat > IMEI ma’lumoti bo‘limdan ham IMEI raqamni ko‘rib olsangiz bo‘ladi. Smartfoningiz modeliga qarab yuqoridagi bo‘limlar nomi va tartibi farqli bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ba’zi telefonlarda IMEI raqam qurilmaning orqa tomoniga yozib qo‘yilgan bo‘lsa, yana ba’zilarida SIM karta uyasida keltirib o‘tilgan bo‘ladi. Agar smartfoningiz qadog‘i va hujjatlarini tashlab yubormagan bo‘lsangiz, ana o‘sha yerdan ham ko‘rsangiz bo‘ladi.

IMEI raqamni hech kimga bermang. Ba’zi “tadbirkor”lar qora ro‘yxatga kirmagan IMEI raqamni o‘g‘irlangan telefonga sozlab qo‘yadi (telefon qora ro‘yxatga tushib qolmasligi uchun), bu esa noqonuniy hisoblanadi.

Mana endi, IMEI raqami nima ekanligi, uni aniqlash yo‘llari va undan nima maqsadlarda foydalanish mumkinligini bilib oldingiz. Sizning telefongizning IMEI raqami nima ekan? Biz bilan ulashing. Bu, albatta, hazil. IMEI raqamingizni hech kimga bermang!

📝 Mirzoxidbek Abduraxmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat

Acer kompaniyasidan qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylaning! 💻🖥

Acer kompaniyasi ICT Week 2019 AKT haftaligi doirasida ConceptD lineykasidagi o‘zining eng so‘ngi ishlanmalarini namoyish qiladi. Ushbu tadbir sizga eng esda qolarli xotiralar va yuqori kayfiyat taqdim qilishi uchun kompaniya ajoyib sovg‘alar tayyorlagan. Ushbu sovg‘alardan biriga ega chiqish uchun quyidagi shartlarni bajarish kifoya. Sovrin g‘olibi onlayn tarzda tasodifiy ravishda aniqlanadi.

Qatnashish uchun ushbu shartlarni bajaring:
👉🏻 Acer kompaniyasi stendiga keling;
👉🏻 Telegram kanalga a’zo bo‘ling: http://t.me/acer_uzbekistan
👉🏻 Stend yonida bo‘lib o‘tuvchi konkursda ishtirok eting;
👉🏻 Do‘stlaringiz yordamida barchadan ko‘proq ovoz oling;
👉🏻 Sovg‘a g‘olibi aniqlanishini kuting. 25 sentyabr 17:00 da g‘oliblar nomi e’lon qilinadi.
👉🏻 Ko‘rgazmaning o‘zida kompaniya hodimlaridan sovg‘ani qabul qilib oling!

📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Toshkent shahridagi Amiti Universitetida o‘quv yilining birinchi kuniga talabalarni qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi 🏫

Bugun 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi Amiti Universitetida 2019/2020-o‘quv yili uchun talabalarni qabul kilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etib talabalar bilan ochiq muloqat o‘tkazdi.

— O‘ylaymanki bu Universitetda o‘qish bo‘yicha qabul qilgan qaroringiz to‘g‘riligi, Sizni kelajakda o‘z kasbining ustasi va fidoiyi bo‘lib yetishishingiz bilan albatta isbotlanadi.
Vazirligimiz, qolaversa soha korxonalari Sizlar uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyordir, kelgusida albatta Sizlarni soha korxonalarida faoliyat yuritishingizga umid qilamiz.
Barchangizning o‘qishlaringizda omad tilayman, ustozlarimiz bergan har bir o‘gitni to‘g‘ri qabul qilib, nufuzli Universiteti talabasi sharafiga mos keladigan hulq atvoringiz bilan barchaga namuna bo‘lasiz deb o‘ylayman,
— dedi AKT vaziri Sh.Sodiqov talabalar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda.

Shu bilan birga tadbirda mazkur oliy ta’lim muassasasi prezidenti Atul Chauxan boshchiligidagi Hindistonning Amiti universiteti vakillari va ushbu universitetning boshqaruv va ta’lim bo‘linmalari a’zolari ham ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Amiti universitetiga bakalavr darajasi uchun Axborot texnologiyalari, Muxandislik va kompyuter texnologiyalari, Iqtisod, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi yo‘nalishlar bo‘yicha, shu bilan birga magistrlik darajasi uchun ham qabul amalga oshirildi.

Bu yilgi kirish imtihonlari uch bosqichda va hind professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi, ishtirok etgan 5834 nafar abituriyentdan 500 nafarga yaqini talabalikka qabul qilindi.

Universitet uchun oldingi Aloqa kolleji binosi ajratilib, ushbu bino zamon talablariga mos ta’mirlanib, talabalarning ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda Toshkentdagi Amiti Universitetida darslarni olib borish uchun, Hindistondan o‘quv tajribasi yuqori bo‘lgan 15 nafardan ziyod professor-o‘qituvchi hamda xalqaro bilim darajasiga ega mahalliy professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Hindistondagi Amiti Universiteti haqida 2005 yilda tashkil etilgan mazkur oliy o‘quv yurtida axborot texnologiyalari, moliya, yurisprudensiya, iqtisod va boshqa sohalarda 70 dan ortiq ta’lim dasturlari bo‘yicha 80 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

Ta’lim muassasasining asosiy ma’muriyati Hindistonning Noida shahrida joylashgan bo‘lib, 15 ta shaharda kampuslari, shuningdek Nyu-York, London, Dubay, Singapur, va boshqa shaharlarda filiallari mavjud.

📝 Manba: Mitc.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Endi darslarni o‘tkazib yuborish qiyin masala! 😯

Malayziyadagi universitet talabalari QR-kodni skanerlash orqali o‘zlarining darsda qatnashayotganliklarini tasdiqlashadi.

📌 Bizning ta’lim dargohlarimizga ham bu joriy etilsa, foydadan holi bo‘lmasdi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #internet

Yashasin! Internet ishladi! Metroda! Faqat ikkita bekatda bo‘lsa ham... Boshlanishiga yomon emas. Ucell va Metrotelecom hamkorligida “Amir Temur hiyoboni” va "Mustaqillik maydoni" bekatlarida Ucell mijozlari uchun Internet ishlarkan.

📝 Manba: @trolluz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun #tarmoq

Singan, biroq buzilmagan

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #telegram

• Telegram’ning iOS uchun alfa-versiyasida kriptovalyuta hamyonining sinovi boshlangan. Hozircha u faqat sinov rejimida ishlamoqda, biroq tez fursatlarda asosiy ilovada ham paydo bo‘ladi.

📝 Manba: @novostiuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Larri Peyj va Sergey Brin 1998 yilda Google firmasiga asos solishdi. Kompaniya o‘sha yili 4 sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo 2006 yildan e’tiboran 27 sentabrda tashkil etilgan kunini nishonlaydi.

Ta’kidlash joizki, Google bizning qidiruv tizimlariga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirdi. Bugungi kunda shuni ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, Google — internetdagi eng ko‘p tashrif buyuriluvchi sayt.

Ha aytgancha Google'ni aniq tashkil topgan kunini hech kim bilmaydi. Hattoki Google'dagilar ham😅

📝 Manba: @tuit_online

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun #security

Ovoz aniqlash tizimi eng zo‘r vositadir 😉

Men yangi telefonim uchun ovozni aniqlash parolini o‘rnatayotgan edim va shu payt yonginamdan bir it vovillab o‘tib ketsa bo‘ladimi?! Endi telefonimni blokdan chiqarish uchun hali-hanuz o‘sha itni izlab yuribman…

📝 Manba: @investudycentre

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Baxtimizga doimo bor bo‘ling, ziyo taratishdan charchamang!

Rasm manbasi: @hujayrauz
#bilasizmi #iOS #iPhone

Apple kompaniyasining dastlabki logotipi. Uni iPhone'da bir tasavvur qilib ko‘ring 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #mulohaza_uchun

Google asoschilaridan biri, Sergey Brin. Boyligi 34,4 milliard dollar. Metroda ketyapti.

📝 Manba: @muallimlar

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg