IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#telegram

Telegram navbatdagi yangilanishni tayyorlamoqda! 🔜

Messenjerning navbatdagi versiyasida chatlar, guruhlar, kanallarda keyinga qoldirilgan xabarlarni yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek dasturchilar telefon raqamingiz boshqa abonentning kontaktlarida saqlangan taqdirda ham, uni berkitish opsiyasini qo‘shishmoqda. Bundan tashqari iOS foydalanuvchilari uchun ham Android-mijozida bo‘lgani kabi, mavzular muharriri (редактор тем) paydo bo‘ladi.

Bu haqda rasmiy tarjimalar platformasi orqali ma’lum bo‘ldi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Vazifaning bajarilish holatini vizual tasvirlashda shartli formatlashdan foydalanish

Vazifaning bajarilish holati yoki biror bir narsaning mavjudligini qushcha belgisi orqali vizual ravishda tasvirlash juda qulay hisoblanadi. Excel’da chekbokslar bilan vaqtni ketkazmaslik uchun turli xil alternativ variantlardan foydalanishimiz mumkin. Ulardan biri – shartli formatlashdir.

Iks belgisi uchun katakchaga 0 va qushcha belgisi uchun 1’ni kiritamiz. Dasturda chiroyli belgilar bilan birga mos tarzda qoidani belgilab o‘tamiz va katakchalarda raqamlarni ko‘rsatishni o‘chirib qo‘yamiz. Ortiqcha ma’lumot kiritilganda shartli formatlash ishlamay qolishi holatiga duch kelmaslik uchun, har ehtimolga qarshi kiritiladigan ma’lumotlarni tekshirishni sozlab qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi. Batafsilroq esa yuqoridagi videoda 👆🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Excel yacheykalaridagi yozuvlarni shartli formatlashning imkoniyatlari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

Nimofobiya — internetsiz qolish qo‘rquvi. 😱

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#telegram

Barcha smartfonlar va kompyuterlar uchun Telegram yangilandi – zo‘r imkoniyatlarni qarshi oling! 🆕

Garchi endi O‘zbekistonda Odnoklassniki rekord darajada tez yuklanishi aytilayotgan bo‘lsa-da, u baribir Telegram o‘rnini bosa olmaydi. Ushbu messenjer jamoasi Android hamda iOS tizimlarida qo‘llashga mo‘ljallangan klientlarni Telegram 5.11 versiyasigacha, kompyuterlarda ishlatiladigan Telegram Desktop dasturini esa 1.8.3 talqinigacha yangiladi.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #dasturlash

Python'da dasturlashni 3 oy davomida bepul o‘rganing!

AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi Python’da dasturlash bo‘yicha uch oylik bepul kurslar boshlanishini e’lon qildi.

Ushbu kurs kompyuterda dasturlashni va yangi ko‘nikmalarni egallashni istaganlar uchun ajoyib ko‘mak bo‘la oladi. Kurslarga 3 oktabrda AQShning Toshkent shahridagi elchixonasida start beriladi.

Ushbu kurslarga ariza topshirish uchun nomzodlar:

👉🏻 16 yosh yoki undan katta bo‘lishi;

👉🏻 Shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha bazaviy bilim va tajribaga ega bo‘lishi;

👉🏻 Ingliz tilini o‘rtacha yoki undan yuqori darajada bilishi;

👉🏻 O‘zining bor qiziqish va shijoatini dasturlashga bag‘ishlay olishi;

👉🏻 Diqqatli talaba bo‘lishi, ko‘rsatmalarni tinglab tushuna olishi;

👉🏻 Aytilgan vaqtda va kunlarda kurslarga kelishi lozim.

Barcha nomzodlar kursga ariza topshirish uchun pasportga ega bo‘lishi lozim. Agar ariza topshiruvchi pasportini taqdim qilmasa, bu holda murojaat ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati 11 sentabr kuni yakunlanadi. Kurs admistratorlari munosib deb topilgan nomzodlar bilan aloqaga chiqadi va ularni suhbatga taklif qiladi.

Kursga ariza topshirish uchun quyida formani to‘ldirishingiz lozim:

✍🏻 https://forms.gle/FbUGL1f4PWTVdeFK8

Agar yana savollar tug‘iladigan bo‘lsa ushbu pochta manziliga mujojaat qilishingiz mumkin:

✍🏻 introtoprogramming@yahoo.com

📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Ahror Abdullayev: “Dasturlash – hayotiy masalalar yechimi bilan bevosita bog‘liq”

Yoshlik o‘qish-o‘rganish, ishtiyoq va shijoat fasli. Samarqandlik Ahror Abdullayevda bu hislatlarning barchasi bo‘y ko‘rsatib ulgurgan. Qolaversa, undagi yangilikka intilish, izlanuvchanlik bu fazilatlarni tobora to‘ldirib, uning intellektual salohiyatini tobora oshirib borayapti desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yurtimiz istiqlolining 28 yilligi katta tantanalar bilan kutib olingan ushbu kunlar Ahror Abdullayev uchun unutilmas quvonch va taassurotlarga boy bo‘ldi. Sababi, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida u ham “Kelajak iftixori” medali sohibi bo‘ldi.

Bir qarashda sodda samimiy bu yigit bilan suhbatlashgan kishi undagi noyob iqtidorni ilg‘ashi mushkul. Ammo “Erishgan yutuqlaringiz haqida nima deya olasiz?” degan savolga “Nima ham derdim, keling, yaxshisi universitetdan berilgan tavsiyanomani elektron nusxasini tashlab bera qolay” deya yutuqlaridan ham iymanibgina suhbatlashgan Ahrorbek xuddi o‘zi singari kamtar suhbatdosh bo‘lsangiz, u zumda yaqin insoningizga aylanadi, qoladi. U hozirda TATU Samarqand filialining Kompyuter injiniringi fakultetining “Dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabasi.

– Ishtixon tumanidagi 93-sonli umumta’lim maktabining 9-sinfini tugatib, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik litseyga qadam qo‘ygan ilk kunim hech ko‘z oldimdan ketmaydi, – deydi Ahror Abdullayev. – To‘g‘rirog‘i, auditoriyadagi kompyuterlarda qani endi soatlab ishlasam deya orzu qildim. Keyinchalik bildimki, kompyuter bilan ishlashda shunchaki qiziqish kamlik qilarkan. Shu haqiqatni anglaganim hamono zamonaviy axborot texnologiyalari sohasiga oid bilimlarimni boyitib, dasturchi bo‘lishga ahd qildim. Dasturlash – hayotiy masalalar yechimi bilan bevosita bog‘liq. Masalalar yechimi uchun esa murakkab algoritmlarni bilish kerak. Universitetda o‘qish jarayonlarida sohaga oid adabiyotlarning qariyb barchasi bilan tanishib chiqdim. Hozirda aynan algoritmlarni o‘rganishda onlayn tarzda xalqaro adabiyotlar yordamida bilimlarimni chuqurlashtirishga harakat qilaman. Bunda rus, ingliz tilini yaxshi bilishim juda asqotadi.

Ko‘zlari tushib, qalbi tutashgan sohaga mehri baland Ahror Abdullayev universitetda tahsil olish davrida ko‘plab yutuqlarga erishdi. Iqtidorli talaba “Best Soft Challenge 2017” respublika tanlovida “Savdo va xizmatlar sohasidagi AT-loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli uchinchi o‘rinni, “Innovation Idea & Software — 2018” innovatsion dasturiy loyihalar tanlovining “Aqlli shahar AT-loyihasi” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi. “InnoWeek 2018”, “TUIT OPEN 2018” kabi respublika miqyosidagi va “ACM ICPC” kabi xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda faol qatnashib, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

– Ahror Abdullayev dasturlash va algoritmlash asoslarini chuqur o‘zlashtirgan talabalarimizdan biri, – deydi TATU Samarqand filialining Kompyuter injiniringi fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri Abduvali Qarshiyev. – Yechimlarni topishdagi bahs-munozaralari vaziyatlarda u asosli takliflari bilan boshqalardan ajralib turadi. Ayniqsa, tendoshlariga o‘zlashtirishda orqada qolmasin degan maqsadda fanning muhim tushunchalarini erinmay mohirlik bilan aniq lo‘nda qilib tushuntiradi. O‘zi esa yana ham ko‘proq o‘rganishga harakat qiladi.

Nishondorimiz iqtidorli talaba sifatida Python, Java, C/C++ kabi yuqori darajali dasturlash tillarini mukammal bilibgina qolmasdan, ushbu bilimlarini amaliyotda keng qo‘llamoqda. Misol tariqasida uning “Delivery food” mobil ilovasi (Java dasturlash tilida) va bir nechta telegram bot loyihalari (Python dasturlash tilida)ni keltirish mumkin. Robototexnika sohasida ham sezilarli natijalarga erishgan qahramonimiz har daqiqani qadrlaydi. Ilm yo‘lida bir soniyaning qiymati qanchalar bebaho ekanligini biladi.
​​– Ahrorjon oilada qizim Shohistadan keyin o‘rtancha farzandim, – deydi uning onasi Xolida Nahalova. – Ammo katta o‘g‘lim bo‘lgani boismi doim mas’uliyatni sezib turadi. Ukalarini o‘qishini nazorat qiladi. Opasini, singlisi Mehribonni avaylab asraydi. Akasi sabab ikkinchi o‘g‘lim Akbarjon ham dasturlashga qiziqib, bu yil TATU Samarqand filialining Kompyuter injiniringi fakultetiga o‘qishga kirdi. Bir ona sifatida farzandlarim o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, el-yurt koriga kamarbasta insonlar bo‘lishini xohlayman.

Ha, ota-ona uchun farzandlar kamolidan ham ortiqroq baxt bormi dunyoda. Ahrorbekning otasi Zafar aka shunday bag‘ri ham baxti ham butun insonligidan shukrona aytadi. O‘g‘il-qizlarini kamolini tilaydi. Asli kasbi o‘qituvchi bo‘lishiga qaramay, katta bog‘ning boshida uzum, olma singari sarxil mevalarni el dasturxoniga tortiq qilayotganidan doim mamnun.

– Otam bog‘ ishini yoqtiradi, – deydi Ahror Abdullayev. – Onam doim ular bilan. Men, ukam Akbar, Azim o‘qiymiz deb, tumandan shaharga kelib qo‘ydik. Bog‘ning ishlari, ayniqsa, pishiqchilik pallada mevalarni uvol qilmay yig‘ib, terib olish ota-onamga qiyinchilik tug‘dirishni bilganimiz bois, dam olish kunlari ularga yordamlashishga oshiqamiz. Ammo ular bizni darslaring qiyin chalg‘imanglar deya, bog‘ yumushlariga qo‘limiz tegar-tegmay yana o‘qishga kuzatishadi. Biz ota-onamizni shunchalik bizga bildirayotgan ishonch, e’tibor va g‘amxo‘rliklarini oqlashimiz kerak. Qolaversa, yurtimiz yoshlari orasida kichkina yutuqlarim katta baholanib, “Kelajak iftixori” medali sohibi bo‘ldim. Bu yelkamdagi mas’uliyatni ikki-uch barobar oshirdi. Endi men nafaqat ota-onam, balki yurtim, xalqimiz ishonchini oqlaydigan farzand bo‘lishim kerak. Maqsadlarim, niyatlarim katta. Shulardan biri dasturlash bo‘yicha 2020-yilning bahorida bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish.

Yurtimiz ertasi Ahror Abdullayev singari qalbi qaynoq, bilim ufqi keng yoshlar qo‘lida. Ularning azmu shijoati, kerak bo‘lsa yetuklik sari bel bog‘lagan mashaqqatli mehnatida. Shunday ekan, biz ham ularga ilm yo‘lida ko‘zlab chiqqan manzillaringiz nurafshon bo‘lsin, deya niyat bildiramiz.

📝 Gulnoza Turg‘unboyeva, Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dasturlash #mulohaza_uchun

Birinchi marotaba ko‘p oqimli ilova yozganingda...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#dasturlash #mulohaza_uchun

Juda kreativ yondashuv 😁

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Siz ham shunday qilasizmi? 🤔

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Foydalanuvchilar uchun yo‘riqnoma har bir dasturga ilova qilingan bo‘lsa-da, har doim shunday bo‘lib kelgan...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi

13-sentyabr - Dasturchilar kuni bilan Hamkasblar! 🎉

Dasturchilar kuni - dasturchilarning norasmiy bayrami hisoblanib, u yilning 256-kunida nishonlanadi. 256 (2 darajasida 8) raqami tanlandi, chunki bu sakkiz bitli bayt yordamida ifodalanishi mumkin bo'lgan turli xil qiymatlar sonidir. Bu, shuningdek, 2-sonning maksimal sonidir, bu yildagi kunlar sonidan oshmaydi (365 yoki 366).

"Dasturchilar kuni"ni nishonlash g'oyasini birinchi marta 1996-yil 15-iyulda "Computerra" nashriyot uyi rahbari Dmitriy Mendreliuk e'lon qildi. 2002-yilda "Parallel Technologies" veb-studiyasi ishchilari Valentin Balt va Mixail Chervyakov Rossiya hukumatiga yilning 256-kuni dasturchilar uchun rasmiy bayram sifatida tan olinishini qo'llab-quvvatlash uchun qilingan murojaatnomaga binoan imzo yig'ish tashkil etishdi.

2009-yil 24-iyulda Rossiya Federatsiyasining Telekomunikatsiya va ommaviy aloqa vazirligi Rossiya Prezidentining "Dasturchilar kuni to'g'risida" farmoni loyihasini tayyorladi va Rossiya Federatsiyasi hukumatiga taqdim etdi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #dasturlash #maslahat

“Bir million Xorazmiy dasturchilari”. O‘zbekistonda yirik dastur start oladi 👀

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirligi davlatiga joriy yilning mart oyida amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, shuningdek, BAAda O‘zbekistonning yuqori martabali hukumat delegatsiyasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini faollashtirish bo‘yicha ikki mamlakat davlat ishlarida bilim va tajriba almashish orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dasturlash sohasida, “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi bosh direktorining o‘rinbosari Abdulaziz Al-Jazairi jamg‘armaning “One Million Arab Coders” loyihasini O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish taklifini bildirdi. Ishchi guruh ushbu konsepsiyani o‘zbek kontekstiga moslashtirish va “One Million Khorezmi Coders” nomli mahalliy tashabbusni amalga oshirish uchun yuqori darajadagi rejani ishlab chiqdi.

“One Million Arab Coders” — bu eng yaxshi talabalar va murabbiylar uchun ish o‘rinlari, mukofotlar va stipendiyalarni taqdim etadigan umummilliy ta’lim dasturi.

Ushbu tashabbus yosh avlodni kelajakda dasturlashni o‘rganish orqali mehnat bozori uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Dasturning maqsadi raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar avlodini tayyorlash, ularni raqamli transformatsiya orqali kelajakni tushunish va boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar bilan jihozlash hisoblanadi.

Ushbu qo‘shma tashabbus Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek, IT-park va “Digital Generation” bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Barcha imtiyozlar — talabalar, murabbiylar, universitetlar va boshqalar uchun.

Talabalar:

“One Million Khorezmi Coders” dasturi ko‘plab talabalar uchun yangi ish joylarini yaratishga yordam beradi. Nano Degree stipendiyasi eng yaxshi deb topilgan talabalarga xalqaro kompaniyalarda o‘z malakalarini oshirishga imkon beradi.

Talaba — bu dasturda onlayn ravishda o‘qitish paytida “One Million Khorezmi Coders” dasturining axborot resurslaridan foydalanadigan dastur qatnashchisi.

Mentorlar:

“One Million Khorezmi Coders” dasturi mentorlarga malaka oshirish va IT-ta’limida yangi yondashuvlarni o‘rganishga yordam beradi. Murabbiylar loyiha uchun moliyaviy foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Universitet:

“One Million Khorezmi Coders” dasturi ishtirok etuvchi universitetlarga eski tuzilmalarni va fikrlash usullarini yengishga va yangi texnologiyalar, jarayonlar hamda kelajakdagi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda o‘quv g‘oyalaridan foydalanishga yordam beradi.

Mentor — tanlov tashkilotchilari yoki sheriklari tomonidan loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish jarayonida talabalar bilan ishlash missiyasi bo‘yicha tayinlangan mutaxassis.

Talaba uchun talablar:

👉🏻 13 yoshdan oshgan bo‘lishi va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi lozim;
👉🏻 Oliy ma’lumot talab qilinmaydi.

Mentorlarga qo‘yiladigan talablar:

👉🏻 Jamoada ishlash qobiliyati;
👉🏻 O‘zbek tilida ravon so‘zlasha olish;
👉🏻 Android Basics, Java, HTML, JavaScript, CSS, Python bilan ishlashda kamida 1 yillik professional tajribaga ega bo‘lish;
👉🏻 Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tamoyillarini tushunish.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 60 nafar mentor “Udacity”ning yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh tomonidan o‘qitiladi. Mentorlarning loyihaga qo‘shilishlari uchun hech qanday cheklovlar yo‘q.

Bundan tashqari, mentorlarga qatnashchilarni o‘qitish uchun yuqori maosh kafolatlangan.

Mentorlik onlayn rejimida o‘tkaziladi, shuning uchun ular platformadan va kurs tarkibiga oid umumiy savollarga javob berishda ishtirokchilarning qo‘llab-quvvatlashini talab qiladi.

📝 Manba

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi #dasturlash #maslahat

Talabalar uchun mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari bo‘lgan tanlov e’lon qilindi

Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida O‘zbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi “mGovAward” respublika tanlovi e’lon qilindi.

“mGovAward” tanlovida ishtirokchilar O‘zbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak bo‘ladi.

Talabalar 5 yo‘nalishda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin:

👉 Ta’lim;
👉 Sog‘liqni saqlash;
👉 Turizm;
👉 Transport va logistika;
👉 Biznes va G2B.

Tanlovning asosiy mezonlari: ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi.

Tanlovga arizalarni qabul qilish joriy 26 sentabrda AKT haftaligi doirasida boshlanadi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi - $100,000:

1️⃣-o‘ringa - $50,000;
2️⃣-o‘ringa - $30,000;
3️⃣-o‘ringa - $20,000.

Shuningdek, g‘oliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar.

2019 yil 26 sentabrda “O‘zekspomarkaz” MKK AJda bo‘lib o‘tadigan “mGovAward” konferensiyasida tanlov haqida to‘liq ma’lumot beriladi.

Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz

📝 @xushnudbek

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Qachonki dasturchi bo‘lsang...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Tesla’ning ostki qismi qanday ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rmaganlar uchun. 🚗 👀

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #smartfon

📱Samsung endi Galaxy S hamda Galaxy Note turkumida boshqa smartfon chiqarmaydi! 🚫

Rossiya Federatsiyasining “Roskachestvo” tashkiloti kechagina e’lon qilgan reytingga ko‘ra, yangi smartfonlar orasida Galaxy Note 10 Plus modeli eng zo‘ri ekan. Umuman shu paytgacha bozorga chiqqan telefonlar borasida ham Samsung’ning yana bir flagmani – Galaxy S10 Plus yetakchi.

Lekin nufuzli insayder Evan Blass (@evleaks) ta’kidlashicha, ushbu ikki flagman o‘z turkumlarining so‘nggi vakillari bo‘lib qolishi mumkin. Zero, kompaniya rebrending qilib, Galaxy S hamda Galaxy Note turkumlarini tugatish niyatida. Yaqin kelajakda ular bitta yangi turkumga birlashtirilishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, 2020 yilning fevralidayoq Galaxy S11 o‘rniga Galaxy One rusumli smartfon taqdim etiladi. Samsung’ning stilusga ega yangi smartfoni esa Galaxy One S-Pen deb nomlanishi kutilmoqda.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qilish uchun sizga 1000 yil vaqt ketadi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #hardware

Ishxonadagi barcha ishyoqmaslar uchun najot beruvchi moslama: odamlarning yaqinlashayotganini sezuvchi va barcha faol tarzda qo‘llanilayotgan oynalarni avtomatik pastga tushiruvchi datchik.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news

⚡️ O‘zbekistonda 2019 yil 1 dekabrdan yangi uyali telefonlar va boshqa mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish pullik bo‘ladi.

📝 Manba: @novostiuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg