IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
ALVARO RETANA
ARIE VAYNER
BRUCE PINSKY
ERROL ROBICHAUX
JOHN CAVANAUGH
KHALID RAZA
MOSADDAQ TURABI
RUSS WHITE
THOMAS WHALEY
WILLIAM PARKHURST

Yuqoridagi shaxslar Cisco bo`yicha eng yuqori toifada turuvchi CCAr sertifikati sohiblari. Ular dunyo bo`yicha bor yog`e 10 tani tashkil etadi. Bu sertifikatni olish uchun imtihon narxi 15.000 $.

@tarmoq_tizim
​​#telegram

Telegram'ning Plus Messenger ilovasi joriy yilning 22 iyul sanasida 5.9.0.0 versiyasiga yangilandi. Agar ushbu ilovadan foydalanib kelayotgan bo’lsangiz, unda ilovani yangilab olishni tavsiya etamiz.

Ushbu yangilanish rasmiy Telegram ilovasidagi kabi animatsiyali stikerlarni va yana ko’plab imkoniyatlarni qo’llab-quvvatlaydi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram #mulohaza_uchun

O‘zbekistondagi Telegram kanallar soxta foydalanuvchilardan “tozalanmoqda” 🧹

So‘nggi kunlarda jahon bo‘ylab ayrim mashhur, “millioner” Telegram kanallardagi obunachilar soni keskin kamayib ketishi kuzatilmoqda. Bundan O‘zbekistondan turib yuritiladigan va xalq o‘rtasida ommalashgan ayrim Telegram kanallar ham mustasno emas. Buni Telegram kanallar haqidagi statistik ma’lumotlarni kuzatib boruvchi Telegram Analytics saytida ko‘rish mumkin.

Bir muddat avval Osiyoning janubiy qismida ixtiro qilingan usul — soxta akkauntlar hisobiga kanal obunachilarini ko‘paytirish avj olgan va O‘zbekistondagi ayrim “ko‘ngilochar” Telegram kanallar o‘z obunachilari sonini millionlik ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirib olishgan edi.

Ular bu usuldan foydalanib, reklama beruvchilarning reklamasini aslida yo‘q foydalanuvchilarga go‘yoki namoyish etishga qiziqtirib, aldab kelishayotgandi.

Endi Telegram asoschilari kanallardagi botlar va soxta foydalanuvchilarga qarshi kurash e’lon qilgan ko‘rinadi. Buning oqibatida foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirgan kanallarga “qirg‘in” keldi. O‘tkazilayotgan profilaktika sababli aynan mana shunday shubhali kanallar kuniga 30-60 minglab “foydalanuvchisi”dan judo bo‘lmoqda.

“Obunachilar sonini ko‘paytirish xizmati”dan foydalanmagan kanallarda esa muntazam o‘sish davom etmoqda.

📝 Manba: @tuit_online

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#operatsion_tizim

Windows 7 Logon Background Changer 🖼

Windows 7’da parol kiritish oynasi ortidagi rasmni almashtirish uchun oddiy va qulay dastur. Xohishga ko‘ra istalgan rasmni tanlash mumkin. Og‘ir rasmlarni avtomatik kichraytiradi va moslashtiradi.

📌 Diqqat! Windows 7’ning barcha versiyalarida ishlaydi (Home Basic, Home Premium, Professional, Ultimate va Enterprise, x86 yoki x64 (32 yoki 64 bit), shuningdek Windows Server 2008 R2). Windows 7 Starter’da ishlamaydi.

📥 Dasturni yuklab olish

ℹ️ Kanalga ushbu rukn ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing:
1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

Amazon asoschisi Djeff Bezos rasman o‘z turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi va unga 38.000.000.000 AQSh dollarini berdi. Bezos sobiq turmush o‘rtog‘iga kompaniyaning 4% aksiyalarini o‘tkazadi. Ushbu summa esa sayyoramizning Top-25 eng boy insonlari qatoriga ko‘tarilish uchun yetarlidir. Djeff Bezos - hali ham sayyoramizdagi eng boy inson sanaladi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#operatsion_tizim #tarmoq #internet #security #maslahat

Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz 💻🖥🔐

Odatda uydagi yoki ishxonadagi Wi-Fi tarmog‘iga bir marta ulangach, paroli kompyuterimiz, smartfonimiz yoxud noutbukimizda saqlanib qoladi, o‘zimiz esa unutib yuboramiz. Biroq keyinchalik biror sabab bilan (masalan – mehmonga taqdim etish uchun) Wi-Fi paroli kerak bo‘lib qolishi mumkin...

To‘g‘ri, agarda router qutisi o‘zingizda bo‘lib, undagi dastlabki parolni o‘zgartirmagan bo‘lsangiz – uni topish muammo emas. Shuningdek, router sozlamalari orqali ham Wi-Fi parolini aniqlash imkoni bor. Biroq Wi-Fi tarmog‘i o‘zingizniki bo‘lmasa, routerga kira olmasangiz, u holda tarmoq parolini boshqa yo‘llar bilan aniqlashga to‘g‘ri keladi.

Bugun sizlarga Wi-Fi tarmog‘ining parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbuklarda aniqlashning oson yo‘lini ko‘rsatmoqchimiz. Buning uchun avval o‘sha tarmoqqa ulangan Windows-qurilmangizda PowerShell dasturini yoki buyruqlar satrini ma’mur (administrator) nomidan ochasiz. U yerga netsh wlan show profiles buyrug‘ini kiritib, “Enter” klavishasini bosasiz. Shunda mazkur kompyuter (yoki noutbuk) qachonlardir ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining nomlari ro‘yxat tarzida chiqadi. Ulardan keraklisining – ayni hozir parolini aniqlash zarur bo‘layotgan tarmoqning nomini eslab qolasiz yoki nusxalab olasiz.

Keyingi qadamda netsh wlan show profile name=TarmoqNomi key=clear buyrug‘ini kiritasiz; agarda bu nom ikki yoki undan oshiq so‘zdan iborat bo‘lsa, barchasini bitta qilib "Tarmoq nomi" tarzida qo‘shtirnoq bilan yozasiz. Buyruqni kiritib bo‘lgach “Enter” klavishasini bossangiz, o‘sha tarmoqqa tegishli ma’lumotlar batafsil ko‘rsatiladi. “Параметры безопасности” bo‘limidagi “Содержимое ключа” qatorida esa aynan siz izlayotgan parol aks etgan bo‘ladi (maqola ostida biriktirilgan rasmga e’tibor bering).

Ushbu usulning yaxshi tomoni shundaki, ayni damda o‘sha – paroli qidirilayotgan tarmoqqa ulangan bo‘lishingiz ham talab etilmaydi. Ishlatayotgan noutbukingiz yoki kompyuteringiz qachondir bir marta bo‘lsayam ulangan barcha Wi-Fi tarmoqlarining parollarini istalgan paytda shu yo‘l bilan aniqlay olasiz.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍4😁1
​​#bilasizmi #smartfon #security

Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...

CCC
(Car Connectivity Consortium) konsorsiumi o‘zining ilk Digital Key standartini ommaga namoyish qildi. U avtomobillar uchun virtual kalitni smartfonga yuklab olish imkonini beradi.

Ushbu konsorsiumga taniqli avtokonsernlar bilan birga smartfon ishlab chiqaruvchilar ham kirgan. Ular qatorida Apple, Audi, BMW, General Motors, Hyundai, LG Electronics, Panasonic, Samsung va Volkswagen kabi gigantlar bor.

Virtual kalit yordamida NFC bilan ta’minlangan smartfon orqali avtomobilingizni ham ochasiz, ham yopasiz, dvigatelni yoqasiz, istasangiz avtomobilingizni boshqa haydovchi boshqarishga imkon berasiz. Shu bilan birga, mazkur standart xavfsizlik masalasiga ham alohida urg‘u beradi.

Konsorsium ishtirokchilari allaqachon Digital Key standartining ikkinchi bosqichi ustida tadqiqot ishlarini boshlab yuborishgan. Yangi mahsulot 2019 yilning birinchi choragida taqdim etiladi. U avtomobil bilan smart-qurilma orasida standartlashtirilgan autentifikatsiya protokolini taqdim etishi kerak.

Xullas, kelgusida kimdir mashinangizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa, avval smartfoningizni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.

📝 Saroy Terabayt.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
👍1
​​#ict_news #android

Androidlar endi shirinliklar nomi bilan atalmaydi 🤖🤔

“Google” bunday buyon “Android” operatsion tizimlarini desertlar nomi bilan atamaydi. Mana masalan, oxirgi versiyasi shunchaki — “Android 10”.

Shu paytgacha androidlar shirinliklar nomi bilan atalib kelinardi: “Gingerbread” (2010), “Ice Cream Sandwich” (2011), “Jelly Bean” (2012-2013), “KitKat” (2013), “Lollipop” (2014-2015), “Marshmallow” (2015), “Nougat” (2016), “Oreo” (2017), “Pie” (2018), ya’ni har xil pechenyelar, muzqaymoqlar, shokoladlardan tortib piroggacha.

Oxirgi versiyani bir oz muddat “Q” deb atashdi, keyin oddiygina “Android 10” qilib qo‘yishdi.

“Google” kompaniyasi izohiga ko‘ra, bu shirinliklarning nomlari turli mamlakatlarda yashovchi aksariyat odamlar uchun hech narsani anglatmaydi, qaysi biri eski-yangiligini ham. Buning ustiga inglizzabonlardan boshqalar bu nomlarni aytishga qiynalishadi.

Kompaniya logotipdagi kichkina robot va matndagi yashil rangni ham o‘zgartirdi, aytilishicha, ko‘zi yaxshi o‘tmaydiganlar qora rangdagi matnni yaxshiroq o‘qiy olishadi.

📝 Manba

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#ict_news #telegram

Telegram kriptovalyutasi: chiqish kunigacha aniq bo‘ldi! 🔜

Ommabop va xavfsiz Telegram messenjeri asoschisi o‘z kriptovalyutasini ham chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida bir qator xabarlar berganmiz. Biroq ko‘pchilik kutayotgan bu voqeaning qachon amalga oshishi hamon so‘roq ostida edi.

The New York Times nashriga ko‘ra, kompaniya o‘z kriptopulining “birinchi partiyasi”ni shu ikki oy ichida amalga kiritadi. Ushbu nashr qo‘lga kiritgan huquqiy hujjatlarga ko‘ra, Telegram o‘z valyutasini shu yilning 31 oktabriga qadar yo‘lga qo‘yishi kerak. Aks holda, uning uchun to‘plangan 1,7 milliard dollaridan mosuvo bo‘ladi – bu esa hatto Pavel Durov uchun ham, Telegram uchun ham juda katta pul!

Shu boisdan ayni damda Telegram shu kriptovalyutasini imkon qadar tezroq muomalaga chiqarishga bor e’tiborini qaratgan. Messenjerning barcha foydalanuvchilari mazkur kriptopullarni Gram nomli raqamli hamyonda saqlashlari mumkin bo‘ladi.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

Telegram navbatdagi yangilanishni tayyorlamoqda! 🔜

Messenjerning navbatdagi versiyasida chatlar, guruhlar, kanallarda keyinga qoldirilgan xabarlarni yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek dasturchilar telefon raqamingiz boshqa abonentning kontaktlarida saqlangan taqdirda ham, uni berkitish opsiyasini qo‘shishmoqda. Bundan tashqari iOS foydalanuvchilari uchun ham Android-mijozida bo‘lgani kabi, mavzular muharriri (редактор тем) paydo bo‘ladi.

Bu haqda rasmiy tarjimalar platformasi orqali ma’lum bo‘ldi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Vazifaning bajarilish holatini vizual tasvirlashda shartli formatlashdan foydalanish

Vazifaning bajarilish holati yoki biror bir narsaning mavjudligini qushcha belgisi orqali vizual ravishda tasvirlash juda qulay hisoblanadi. Excel’da chekbokslar bilan vaqtni ketkazmaslik uchun turli xil alternativ variantlardan foydalanishimiz mumkin. Ulardan biri – shartli formatlashdir.

Iks belgisi uchun katakchaga 0 va qushcha belgisi uchun 1’ni kiritamiz. Dasturda chiroyli belgilar bilan birga mos tarzda qoidani belgilab o‘tamiz va katakchalarda raqamlarni ko‘rsatishni o‘chirib qo‘yamiz. Ortiqcha ma’lumot kiritilganda shartli formatlash ishlamay qolishi holatiga duch kelmaslik uchun, har ehtimolga qarshi kiritiladigan ma’lumotlarni tekshirishni sozlab qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi. Batafsilroq esa yuqoridagi videoda 👆🏻.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Excel yacheykalaridagi yozuvlarni shartli formatlashning imkoniyatlari

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi

Nimofobiya — internetsiz qolish qo‘rquvi. 😱

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#telegram

Barcha smartfonlar va kompyuterlar uchun Telegram yangilandi – zo‘r imkoniyatlarni qarshi oling! 🆕

Garchi endi O‘zbekistonda Odnoklassniki rekord darajada tez yuklanishi aytilayotgan bo‘lsa-da, u baribir Telegram o‘rnini bosa olmaydi. Ushbu messenjer jamoasi Android hamda iOS tizimlarida qo‘llashga mo‘ljallangan klientlarni Telegram 5.11 versiyasigacha, kompyuterlarda ishlatiladigan Telegram Desktop dasturini esa 1.8.3 talqinigacha yangiladi.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #dasturlash

Python'da dasturlashni 3 oy davomida bepul o‘rganing!

AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi Python’da dasturlash bo‘yicha uch oylik bepul kurslar boshlanishini e’lon qildi.

Ushbu kurs kompyuterda dasturlashni va yangi ko‘nikmalarni egallashni istaganlar uchun ajoyib ko‘mak bo‘la oladi. Kurslarga 3 oktabrda AQShning Toshkent shahridagi elchixonasida start beriladi.

Ushbu kurslarga ariza topshirish uchun nomzodlar:

👉🏻 16 yosh yoki undan katta bo‘lishi;

👉🏻 Shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha bazaviy bilim va tajribaga ega bo‘lishi;

👉🏻 Ingliz tilini o‘rtacha yoki undan yuqori darajada bilishi;

👉🏻 O‘zining bor qiziqish va shijoatini dasturlashga bag‘ishlay olishi;

👉🏻 Diqqatli talaba bo‘lishi, ko‘rsatmalarni tinglab tushuna olishi;

👉🏻 Aytilgan vaqtda va kunlarda kurslarga kelishi lozim.

Barcha nomzodlar kursga ariza topshirish uchun pasportga ega bo‘lishi lozim. Agar ariza topshiruvchi pasportini taqdim qilmasa, bu holda murojaat ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati 11 sentabr kuni yakunlanadi. Kurs admistratorlari munosib deb topilgan nomzodlar bilan aloqaga chiqadi va ularni suhbatga taklif qiladi.

Kursga ariza topshirish uchun quyida formani to‘ldirishingiz lozim:

✍🏻 https://forms.gle/FbUGL1f4PWTVdeFK8

Agar yana savollar tug‘iladigan bo‘lsa ushbu pochta manziliga mujojaat qilishingiz mumkin:

✍🏻 introtoprogramming@yahoo.com

📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Ahror Abdullayev: “Dasturlash – hayotiy masalalar yechimi bilan bevosita bog‘liq”

Yoshlik o‘qish-o‘rganish, ishtiyoq va shijoat fasli. Samarqandlik Ahror Abdullayevda bu hislatlarning barchasi bo‘y ko‘rsatib ulgurgan. Qolaversa, undagi yangilikka intilish, izlanuvchanlik bu fazilatlarni tobora to‘ldirib, uning intellektual salohiyatini tobora oshirib borayapti desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yurtimiz istiqlolining 28 yilligi katta tantanalar bilan kutib olingan ushbu kunlar Ahror Abdullayev uchun unutilmas quvonch va taassurotlarga boy bo‘ldi. Sababi, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida u ham “Kelajak iftixori” medali sohibi bo‘ldi.

Bir qarashda sodda samimiy bu yigit bilan suhbatlashgan kishi undagi noyob iqtidorni ilg‘ashi mushkul. Ammo “Erishgan yutuqlaringiz haqida nima deya olasiz?” degan savolga “Nima ham derdim, keling, yaxshisi universitetdan berilgan tavsiyanomani elektron nusxasini tashlab bera qolay” deya yutuqlaridan ham iymanibgina suhbatlashgan Ahrorbek xuddi o‘zi singari kamtar suhbatdosh bo‘lsangiz, u zumda yaqin insoningizga aylanadi, qoladi. U hozirda TATU Samarqand filialining Kompyuter injiniringi fakultetining “Dasturiy injiniring” yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabasi.

– Ishtixon tumanidagi 93-sonli umumta’lim maktabining 9-sinfini tugatib, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik litseyga qadam qo‘ygan ilk kunim hech ko‘z oldimdan ketmaydi, – deydi Ahror Abdullayev. – To‘g‘rirog‘i, auditoriyadagi kompyuterlarda qani endi soatlab ishlasam deya orzu qildim. Keyinchalik bildimki, kompyuter bilan ishlashda shunchaki qiziqish kamlik qilarkan. Shu haqiqatni anglaganim hamono zamonaviy axborot texnologiyalari sohasiga oid bilimlarimni boyitib, dasturchi bo‘lishga ahd qildim. Dasturlash – hayotiy masalalar yechimi bilan bevosita bog‘liq. Masalalar yechimi uchun esa murakkab algoritmlarni bilish kerak. Universitetda o‘qish jarayonlarida sohaga oid adabiyotlarning qariyb barchasi bilan tanishib chiqdim. Hozirda aynan algoritmlarni o‘rganishda onlayn tarzda xalqaro adabiyotlar yordamida bilimlarimni chuqurlashtirishga harakat qilaman. Bunda rus, ingliz tilini yaxshi bilishim juda asqotadi.

Ko‘zlari tushib, qalbi tutashgan sohaga mehri baland Ahror Abdullayev universitetda tahsil olish davrida ko‘plab yutuqlarga erishdi. Iqtidorli talaba “Best Soft Challenge 2017” respublika tanlovida “Savdo va xizmatlar sohasidagi AT-loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli uchinchi o‘rinni, “Innovation Idea & Software — 2018” innovatsion dasturiy loyihalar tanlovining “Aqlli shahar AT-loyihasi” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi. “InnoWeek 2018”, “TUIT OPEN 2018” kabi respublika miqyosidagi va “ACM ICPC” kabi xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda faol qatnashib, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

– Ahror Abdullayev dasturlash va algoritmlash asoslarini chuqur o‘zlashtirgan talabalarimizdan biri, – deydi TATU Samarqand filialining Kompyuter injiniringi fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri Abduvali Qarshiyev. – Yechimlarni topishdagi bahs-munozaralari vaziyatlarda u asosli takliflari bilan boshqalardan ajralib turadi. Ayniqsa, tendoshlariga o‘zlashtirishda orqada qolmasin degan maqsadda fanning muhim tushunchalarini erinmay mohirlik bilan aniq lo‘nda qilib tushuntiradi. O‘zi esa yana ham ko‘proq o‘rganishga harakat qiladi.

Nishondorimiz iqtidorli talaba sifatida Python, Java, C/C++ kabi yuqori darajali dasturlash tillarini mukammal bilibgina qolmasdan, ushbu bilimlarini amaliyotda keng qo‘llamoqda. Misol tariqasida uning “Delivery food” mobil ilovasi (Java dasturlash tilida) va bir nechta telegram bot loyihalari (Python dasturlash tilida)ni keltirish mumkin. Robototexnika sohasida ham sezilarli natijalarga erishgan qahramonimiz har daqiqani qadrlaydi. Ilm yo‘lida bir soniyaning qiymati qanchalar bebaho ekanligini biladi.
​​– Ahrorjon oilada qizim Shohistadan keyin o‘rtancha farzandim, – deydi uning onasi Xolida Nahalova. – Ammo katta o‘g‘lim bo‘lgani boismi doim mas’uliyatni sezib turadi. Ukalarini o‘qishini nazorat qiladi. Opasini, singlisi Mehribonni avaylab asraydi. Akasi sabab ikkinchi o‘g‘lim Akbarjon ham dasturlashga qiziqib, bu yil TATU Samarqand filialining Kompyuter injiniringi fakultetiga o‘qishga kirdi. Bir ona sifatida farzandlarim o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, el-yurt koriga kamarbasta insonlar bo‘lishini xohlayman.

Ha, ota-ona uchun farzandlar kamolidan ham ortiqroq baxt bormi dunyoda. Ahrorbekning otasi Zafar aka shunday bag‘ri ham baxti ham butun insonligidan shukrona aytadi. O‘g‘il-qizlarini kamolini tilaydi. Asli kasbi o‘qituvchi bo‘lishiga qaramay, katta bog‘ning boshida uzum, olma singari sarxil mevalarni el dasturxoniga tortiq qilayotganidan doim mamnun.

– Otam bog‘ ishini yoqtiradi, – deydi Ahror Abdullayev. – Onam doim ular bilan. Men, ukam Akbar, Azim o‘qiymiz deb, tumandan shaharga kelib qo‘ydik. Bog‘ning ishlari, ayniqsa, pishiqchilik pallada mevalarni uvol qilmay yig‘ib, terib olish ota-onamga qiyinchilik tug‘dirishni bilganimiz bois, dam olish kunlari ularga yordamlashishga oshiqamiz. Ammo ular bizni darslaring qiyin chalg‘imanglar deya, bog‘ yumushlariga qo‘limiz tegar-tegmay yana o‘qishga kuzatishadi. Biz ota-onamizni shunchalik bizga bildirayotgan ishonch, e’tibor va g‘amxo‘rliklarini oqlashimiz kerak. Qolaversa, yurtimiz yoshlari orasida kichkina yutuqlarim katta baholanib, “Kelajak iftixori” medali sohibi bo‘ldim. Bu yelkamdagi mas’uliyatni ikki-uch barobar oshirdi. Endi men nafaqat ota-onam, balki yurtim, xalqimiz ishonchini oqlaydigan farzand bo‘lishim kerak. Maqsadlarim, niyatlarim katta. Shulardan biri dasturlash bo‘yicha 2020-yilning bahorida bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish.

Yurtimiz ertasi Ahror Abdullayev singari qalbi qaynoq, bilim ufqi keng yoshlar qo‘lida. Ularning azmu shijoati, kerak bo‘lsa yetuklik sari bel bog‘lagan mashaqqatli mehnatida. Shunday ekan, biz ham ularga ilm yo‘lida ko‘zlab chiqqan manzillaringiz nurafshon bo‘lsin, deya niyat bildiramiz.

📝 Gulnoza Turg‘unboyeva, Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dasturlash #mulohaza_uchun

Birinchi marotaba ko‘p oqimli ilova yozganingda...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#dasturlash #mulohaza_uchun

Juda kreativ yondashuv 😁

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg