IT specialist
11.4K subscribers
1.11K photos
473 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​Endi esa “jalb qiluvchi” narxlarga alohida to‘xtashni istardim. Men uchun bunday narxlar – “...,95” yoki “...,99”ga tugaydigan narxlar.

Ya’ni 49 dollarni men “jalb qiluvchi” deb hisoblamayman, holbuki unga nisbatan ham 6,99 dollar qoidalari ishlaydi. Faqat stavkalar balandroq: birinchi holatda xaridorga narxlar orasidagi tafovut 1 dollardek ko‘rinadi, ikkinchisida esa – 10 dollar. Biroq baribir adashib ketmaslik uchun aniqlik kiritaman – 49 dollar “jalb qiluvchi” emas, butun narx. “Hissiy” mahsulot narxi qancha baland bo‘lsa, unga nisbatan butun son ishlatish shuncha maqsadga muvofiqdir.

“Hissiy” mahsulotlar uchun “jalb qiluvchi” sonlar effektini 100 dollar narx diapazonigacha kengaytirish mumkin, undan keyin ularning samarasi pasayadi. Bu ikki sabab bilan ro‘y beradi. Birinchidan, inson miyasi “jalb qiluvchi” narxlarni qimmat bo‘lmagan narx sifatida qabul qiladi.

Biroq ularni qimmatroq mahsulotga nisbatan qo‘llasangiz, mijoz ularni aslida ancha arzon deb o‘ylashi va sizni qimmatlashtirib sotayotgandek qabul qilishi mumkin.

Ikkinchidan (va bu juda muhim), endi sizdagi narx uch xonali sondan iborat. Narx yozilgan shriftga ham e'tiborli bo‘ling: shrift qancha yirik bo‘lsa, tovar shuncha qimmat ko‘rinadi.
Bunday mexanizm raqamlar uzunligiga nisbatan ham ishlaydi: inson qancha ko‘p son ko‘rsa, mahsulot shuncha qimmatdek tuyuladi. Shu bois 100 dollardan keyin butun sonlarni ishlatgan ma'qul. Yaxshi yangilik shundaki, bunday hollarda “jalb qiluvchi” narxlar effektiga erishish uchun 9 raqamiga tugaydigan sonlarni olish mumkin: 1499 dollar, 139 dollar yoki 999 dollar.

100 dollardan qimmat bo‘lgan “ratsional” mahsulotlar uchun esa, aksincha, raqamlarni ajratuvi verguldan keyin aniq narxlarni qo‘llash lozim. Miyaning ma'lumotni qayta ishlash uchun sarflaydigan vaqti insonning “ratsional” mahsulotlar xarid qilish haqidagi qaroriga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Odamlar bunday narxni intuitiv darajada jalb qiluvchi narx sifatida qabul qilishadi.

Boz ustiga, aniq narx nisbatan adolatli baho sifatida qabul qilinadi. Siz insonlarga narxning osmondan olinmagani va uning ortida muayyan hisob-kitoblar mavjudligini namoyon etasiz. Xuddi shu usul “hissiy” xaridlarga ham tegishli. Ularni sotishda 50, 100, 5000 dollar kabi narxlardan qochib, 49, 99, 4999 dollar kabi narxlarni qo‘llashni tavsiya etaman.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #internet

“Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasi “Veb-saytlarni viruslarga tekshirish” xizmatini ishga tushirdi

Xizmat keng tarqalgan antivirusli maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan zararli “VirusTotal” kontentining shubhali fayllari va havolalarini (URL) tahlil qilish uchun foydalanuvchi va onlayn xizmat oʻrtasida Tas-IX tarmogʻida vositachi (proksi-oyna) vazifasini bajaradi.

Shuningdek, ilovada tekshiruv natijalarini keshlash funksiyasi mavjud, keyinchalik milliy Internet segmentining monitoring tizimini modernizatsiya qilish doirasida antivirus va spamga qarshi maʼlumotlar bazalarida veb-saytlarning mavjudligi toʻgʻrisida tahlil qilish uchun ishlatiladi.

Eʼtiborlisi shundaki, ushbu dastur global Internet tarmogʻiga ulanmasdan, domenlar va veb-sahifalarni tekshirish imkonini beradi, chunki u Tas-IX tarmogʻida joylashgan.

Xizmatdan https://tace.uz/viruscheck/ manzili orqali foydalanish mumkin.

📝 Manba

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#tarmoq #operatsion_tizim #hardware

🔣🤔 O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?

Agar kompyuter ayni damda Wi-Fi’ga ulangan bo‘lsa va siz uning parolini aniqlamoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaring:

1️⃣. “Панель управления”ga kiring, Win+R > control > OK;

2️⃣. Ochilgan oynada “Центр управления сетями и общим доступом”ga o‘ting;

3️⃣. Oynaning chap tomonidagi “Изменение параметров адаптера”ga o‘ting;

4️⃣. Ayni damda ulangan tarmog‘ingizning ustiga ikki marta bosing;

5️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Свойства беспроводной сети” tugmasiga bosing;

6️⃣. Ochilgan keyingi muloqot oynasida “Безопасность” bo‘limiga o‘ting;

7️⃣. Ochilgan bo‘lim ostidagi “Отображать вводимые знаки” bandi yoniga qushcha belgisini o‘rnating va nuqtalar o‘rnida ko‘rinish bergan parol belgilaridan bahramand bo‘ling. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegram

Balki e’tibor bermagandirsiz. Telegram’dagi o‘chgan akkauntlar endi maxsus sharpa ko‘rinishidagi rasm bilan chiqib keladi 👻

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram

Telegram iOS 5.8.1 versiyasiga qadar yangilandi 🔄

Endi Ilovadagi formatlash menyusi orqali matn ostiga va uning ustidan chizish mumkin.

Shuningdek ustidan chizish uchun ~~matn~~ markdown belgilashidan foydalanish mumkin.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #operatsion_tizim

Fleshkalarni har qanday paytda “xavfsiz uzish”siz kompyuterdan uzish mumkinligini Microsoft tasdiqladi. Bu Windows 10’ning so‘nggi yangilanishlariga tegishli yangilikdir.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun #internet #security

Web-sayt: Davom etish uchun captcha savoliga javob bering
Rasm: Avtobuslar
Men: Ballonlarini ham tanlasammikan?

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi #telegram

Telegram’da qanday qilib xabarni “o‘qilgan” belgisini qoldirmasdan ko‘rish mumkin?

Shunchaki sizni qiziqtirayotgan chat rasmi ustiga bosib turasiz. Telegram’ning ustidan chatdagi so‘nggi xabarlarni ko‘rsatuvchi prevyusi aks etadi.

Xabarni o‘qib bo‘lib, rasmdan barmog‘ingizni olganingizda, o‘qilgan xabarlar hisoblagichida kamayish sodir bo‘lgamanligini ko‘rishingiz mumkin.

Ushbu funksiya faqat mobil ilovalarda ishlaydi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Qora shokolad 2-3 soat davomida miyaning eng muhim qismlarida qon aylanishini ta’minlaydi. Imtihondan avval iste’mol qilish foydalidir 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👨🏻‍🏫 Hurmatli kanalimiz a’zolari, aziz do‘stlar!

Scratch vizual dasturlash o‘quv kursi davom etmoqda. Iyul oyidagi kursimizning boshlanish sanasi - 8 iyulga belgilanmoqda. O‘quv kurslari Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti D binosining 1-qavatida joylashgan O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazida tashkil etiladi.

O‘zbek va rus tillarida tashkil etiladigan o‘quv kurslariga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda, joylar to‘lib bormoqda, farzandingizning yozgi ta’tildagi vaqti unumli o‘tishini istasangiz, o‘z o‘rningizni band qilib qo‘yishga ulgurib qoling! 😉

❗️P.S. Iyul oyiga joylar to‘lib qolgan taqdirda, o‘quv kurslari avgust oyida ham tashkil etilishini eslatib o‘tamiz.

👨🏻‍💻 “UICIT” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEvAZRehyp9DhtvTfA
​​#mulohaza_uchun

🔖 IELTS va TOEFL nima farqi bor?

IELTS va TOEFL testlarining asosiy mazmun hamda maqsad jihatidan hech qanday farqi yo’q: ularning ikkalasi ham ingliz tilini bilish darajasini baholash maqsadida tashkil etilgan.

Bu ikki test tizimining asosiy farqli jihati shundaki, IELTS Buyuk Britaniya (Angliya)ning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash tizimi hisoblanadi. TOEFL esa Amerika Qo‘shma Shtatlarining ingliz tilini bilish darajasini baholash tizimidir.

Ikki davlatning ikki xil test tizimida, tabiiyki shakli va tashkiliy jihatida farqlar mavjud. Biz bu farqlarni testlarning olinish usuli, vazifalar turlari, baholash, test o‘tkazilish jarayonidagi farqlarda ko‘rishimiz mumkin.

Bundan tashqari ingliz tilini o‘rganayotgan yoki mukammal darajada biladigan kishilarga ma’lumki, Amerika ingliz tilisi hamda Britaniya ingliz tilisi o‘rtasida sezilarni ba’zi farqlar mavjud. Bu farqlar ingliz tili grammatikasi, talaffuzi yoki ishlatilishida ko‘rinadi. Demak, TOEFL va IELTS testlariga Amerika va Britaniyaning o‘ziga xos ingliz tilini bilish darajasini baholashga yo‘naltirilgan testlari deb qarashimiz kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonning ta’lim muassasalari: o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarida Britaniya ingliz tilisi o‘rgatilganligi sababli, bugungi kunda O‘zbekiston miqyosida TOEFL testiga nisbatan IELTS testining mavqei balandroq hamda IELTSni o‘rganish uchun talab ham TOEFLga nisbatan kuchliroqdir.

Xorijda o‘qishni xohlasangiz, Siz hujjat topshirmoqchi bo‘lgan xorijiy o‘quv yurti qaysi testni qabul qilishi haqida bilib oling. Odatda xorijiy ta’lim muassasalari har ikkala test turini ham bir xil qabul qiladi.

Manba

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

🔄 Telegram Desktop 1.7.11 beta yangilanishiga ega bo‘ldi:

▪️Ilovada yangi formatlash bandlari paydo bo‘ldi: matn ustidan va ostidan chizish (skrinshotga qarang);
▪️“Ответить” amalini bekor qilish uchun “Ctrl+Pastga strelka” kombinatsiyasi;
▪️Animatsiyalangan stikerlar to‘plamlarini qo‘shish imkoniyati (masalan, Hot Cherry, Earl Woolf);
▪️Boshqa yaxshilanishlar va o‘zgarishlar.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT specialist
👍 Sticker
Telegram'ning mobil versiyalari uchun yangilanish chiqib qoladi yaqin orada, shunda mana shu xabarni ko‘rish mumkin bo‘ladi 😉
IT specialist
👍 Sticker
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu xabarni ko‘ra olmayotganlar uchun, animatsiyalangan stikerni kutib oling!
#bilasizmi

Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning 80%-i ingliz tilida saqlanadi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun #hardware

Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati ⌨️🤔

Har birimiz deyarli har kuni kompyuterdan foydalanamiz, klaviatura bilan matn teramiz, biroq PCdan shunchalik ko‘p foydalanganimizdan undagi ba’zi mayda jihatlarga hattoki e’tibor ham bermaymiz.

Masalan, ko‘pchilik QWERTY klaviaturadagi F va J tugmalarining pastki qismida bo‘rtib chiqqan chiziqcha borligini payqamagan bo‘lsa kerak. Xo‘sh, bu bo‘rtmalardan maqsad nima?

Bu klavishlarining pastki qismida joylashgan bo‘rtmalar yozayotgan kishiga o‘ng va chap barmoqlarni klavishlar paneliga qaramasdan ham, klaviatura bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish imkonini berish uchun ataylab yaratilgan. Barmoqlarni "home row" (bosh qator) deb ataluvchi klavishlar guruhi bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirish bilan boshqa klavishlarni klaviaturaga qaramasdan ham to‘g‘ri aniqlay olish va yozish tezligini oshirish mumkin. QWERTY klaviaturada "home row" guruhiga o‘ng qo‘l barmoqlari uchun J, K, L; chap qo‘l barmoqlari uchun esa A, S, D, F tugmalari kiradi.

Bundan tashqari sonlar panelidagi "5" klavishida ham ayni bo‘rtiq mavjud bo‘lib, u ham yuqoridagi kabi vazifani bajaradi.

📝 Mirzohidbek Abdurahmonov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#maslahat

Sog‘lom turmush targ‘ibotchisi Rashid Usmonov tomonidan bildirilgan maslahat bizning fikri ojizimizcha barcha uchun foydali, degan umiddamiz!

📝 Manba: @usmonovuz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #mulohaza_uchun

“Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang.

Men yozmoqchi bo’lgan mavzuni faqat shu soha borasida tushunib, o’qishga harakat qiling. Toki “Boshqa sohalar-chi?” – degan savol sizni chalg’itmasin. Demak, boshladik.

Hindiston deganda odamlarning xayoliga birinchi bo’lib nima keladi, bilmayman. Ammo men bu davlatni eslashim bilan tasavvurimda ularning dasturchilari (programmistlari) paydo bo’ladi. Balki buning asosiy sababi AQShga borib, o’sha dasturchilarni tayyorlash bilan shug’ullanadigan kompaniyada biroz o’rganib, undan so’ng qaysi IT (axborot texnologiyalari) kompaniyasiga ishga kirish uchun suhbatga borgan bo’lsam, o’sha kompaniyalarning deyarli barcha menejerlari hind bo’lib chiqqanidir?

Ha, hindlar nafaqat Amerika, balki Yevropadagi ko’plab davlatlarda ham IT kompaniyalarining asosiy richaglari hisoblanadi. Tabiiy savol tug’iladi: “Qanday qilib hindlar bu sohada barchadan ilgarilab ketdi? Demak, ularda dasturchilikni o’rganishga qobiliyatli insonlar ko’p ekan-da? Javob oddiy: Yo’q, yo’q va yana yo’q. Ular ham siz va bizga o’xshagan oddiy insonlar. Faqat bizdan ustun tomoni – ular biron bir narsani o’rganish uchun yoshining katta yoki kichikligiga qarab o’tirmaydi, o’rganadi. Chet elga chiqsa, qora mehnat orqali pul topishni emas, balki o’sha davlatdagi eng katta kompaniyalarda ishlab pul topish uchun harakat qiladi. Buning uchun nimani o’rganish kerak bo’lsa, o’rganadi. Amerikada qora mehnat qilib pul topadigan bironta hindni topolmaysiz, ishonavering. Bill Geyts ham o’z kompaniyasining boshqaruvini aynan amerikalik biron tanishiga, qarindoshiga, yoki qiziga emas, balki asli kelib chiqishi hindistonlik bo’lgan insonga topshirganligi ko’pchiligimizga sir emas. Hindlarni ko’p maqtab yubordim, shekilli. Endi asl maqsadga o’tsam.

Agar shaxsiy biznesingiz bo’lib, u orqali yaxshi pul topayotgan bo’lsangiz, yoki kasbingizni sevib, shu sohada miriqib ishlayotgan bo’lsangiz ham, bu maqolani albatta oxirigacha o’qing. Chunki kelajakda farzandingiz sizning kasb yo’lingizdan ketmasligi yoki siz qiynalib o’rgangan sohani farzandingiz osonroq va tezroq o’rganishiga bu yozaganlarimning foydasi tegishi mumkin.
Dasturchilikni har kim o’rganishi mumkin. Ha, hattoki siz ham. “Uni o’rganish uchun matematikani bilish kerak”, degan tushuncha menda ham bo’lgan. Toki matematikani bilmagan ba’zi hind dasturchilar bilan uchrashgunimcha, hali balog’at yoshiga yetmay, 7-8 yoki 11 yoshida, o’zining shaxsiy dastur ilovasini tuzib, millionlab dollar topayotgan yoshgina bolakaylarni qanday qilib bunday muvaffaqiyatga erishganlarining sababini Internetda ko’rib bilgunimcha men ham shunday o’ylaganman.

Kasbingizdan qoniqmayapsizmi? Unda ishdan so’ng biroz vaqt ajratib, maxsus kurslarga borib o’rganing. Buni reklama deb tushunmang. Men bironta ham dasturchilikni o’rgatadigan maxsus kurs ochmaganman, yoki kuchli dasturchi ham emasman. Shunchaki, o’zimga yoqqan ishni sizga ham ilinyapman.

Hammamizda ozmi-ko’pmi, dangasalik bor. Aytaylik, o’zingiz o’rganishni xohlamadingiz. Unda kun kelib, farzandingizga imkon va sharoit qilib bering. 18 yoshga to’lib, universitetga kirib, diplom olishini emas, balki 18 yoshgacha tajribali dasturchi bo’lishini o’ylang va shunga harakat qiling. Yosh bolalar uchun ham dasturchilikni o’rgatadigan maxsus kurslar bor va ularning soni kun sayin ko’paymoqda. “Diplomli bo’laman”, deb, oliygohda o’qib, diplomni olib, so’ng uni keraksiz matohdek sandiqqa solib qo’yganlarimiz qancha. Dasturchi uchun esa diplom kerak emas. Chunki siz ishlamoqchi bo’lgan kompaniyaga sizning diplomingiz emas, bilimingiz va tajribangiz kerak.

Bugun biz dasturchi bo’ladigan kun. Bugun farzandlarimiz dasturchi bo’ladigan kun. Ertaga kech bo’ladi. Balki, o’sha erta hech qachon kelmas.

📝 Muzaffar Umar
@informatika

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
ALVARO RETANA
ARIE VAYNER
BRUCE PINSKY
ERROL ROBICHAUX
JOHN CAVANAUGH
KHALID RAZA
MOSADDAQ TURABI
RUSS WHITE
THOMAS WHALEY
WILLIAM PARKHURST

Yuqoridagi shaxslar Cisco bo`yicha eng yuqori toifada turuvchi CCAr sertifikati sohiblari. Ular dunyo bo`yicha bor yog`e 10 tani tashkil etadi. Bu sertifikatni olish uchun imtihon narxi 15.000 $.

@tarmoq_tizim
​​#telegram

Telegram'ning Plus Messenger ilovasi joriy yilning 22 iyul sanasida 5.9.0.0 versiyasiga yangilandi. Agar ushbu ilovadan foydalanib kelayotgan bo’lsangiz, unda ilovani yangilab olishni tavsiya etamiz.

Ushbu yangilanish rasmiy Telegram ilovasidagi kabi animatsiyali stikerlarni va yana ko’plab imkoniyatlarni qo’llab-quvvatlaydi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg