IT specialist
9.64K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#learn_english_with_software

Basic Grammar in Use, Third Edition, CD-ROM

Chiqqan yili:
2011 y.
Muallif: Raymond Murphy
Kategoriyasi: O‘quv materiallari
Nashriyotchi: Cambridge University Press
Kurs tili: North American English
Fayl formati: ISO
Davolash: Talab etilmaydi
Fayl o‘lchami: 143.7 MB
ISO faylidan foydalanish uchun dastur: Portable UltraISO

UltraISO’dan foydalanib ISO faylni ishga tushirish:
1. Raymond Murphy - Basic Grammar in Use 3rd CD-ROM - 2011 ISO fayli va P.UltraISO.exe dasturlarini yuklab oling;
2. P.UltraISO.exe faylini ishga tushiring;
3. UltraISO dasturi ishga tushganidan so‘ng F6 klavishini bosing;
4. Ochilgan “Виртуальный привод” oynasida “Файл образа”ning ostidagi maydonda fayl joylashgan manzilni ko‘rsatish maqsadida uch nuqta (…) tugmasiga bosing va ISO faylga yo‘l ko‘rsating, so‘ngra “Монтировать” tugmasini bosing;
5. Kompyuteringizda qo‘shimcha virtual CD-ROM hosil bo‘ladi va unga tanlangan fayl tarkibi yuklanadi;
6. Ushbu diskni oching va Install Basic Grammar in Use to hard drive.exe faylini ishga tushirish orqali dasturni kompyuteringizga o‘rnating;
7. Dasturni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng diskning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, uni “Извлечь” qiling va dasturning ish stolida yaratilgan Basic Grammar In Use nomli yorlig‘idan foydalaning. 😉

Tizim talablari:
• Windows XP, Windows Vista yoki Windows 7
• 800GHz va undan yuqori Intel/AMD (XP) yoki 1GHz Intel/AMD CPU (Vista va Windows 7)
• 256MB RAM va undan yuqori (XP) yoki 1GB RAM va undan yuqori (Vista va Windows 7)
• Ekran o‘lchami 1024 x 768 piksel va undan yuqori
• Mikrofon
• Internetga ulanish (Cambridge lug‘atlaridan foydalanish uchun)

Tavsifi:
"Basic Grammar in Use, Third Edition" (North American English) kitobi uchun CD-ROM

CD tarkibi:
- Exercises – Basic Grammar in Use kitobidagi har qanday bo‘limi bo‘yicha grammatika mashqlarni bajaring;
- Tests – O‘z testlaringizni yarating! Qo‘shmoqchi bo‘lgan mavzularingizni va mavzu bo‘yicha testlar sonini tanlang;
- Games – Grammatikani mashq qiling va shu vaqtning o‘zida zavqlaning!;
- Progress – Bajargan mashqlaringizni, ballaringizni va yakunlagan bo‘limlaringizni kuzatib boring;
- Grammar Reference – Basic Grammar in Use kitobidagi grammatik bo‘limlar bo‘yicha ba’zi jihatlarini ko‘rib, tahlil qiling;
- Dictionary – Siz bilmagan so‘zlarning mazmunini ko‘rish uchun American English bo‘yicha Cambridge onlayn lug‘atiga murojaat eting.

Qo‘shimcha ma’lumot:
"Basic Grammar in Use, Third Edition" (North American English) kitobi

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#telegram

Telegram'ning ko‘pchilik bilmaydigan sirlari 🤫

Hozirgi kunda Telegram O‘zbekistonda eng ommabop mesenjerlardan biridir. Biz Telegram’ning sizga ma’lum bo‘lmagan, ma’lum bo‘lsada siz foydalanmagan funksiyalari haqida ma’lumot beramiz.

1️⃣. Telegram’da so‘nggi marta kirilgan vaqtni yashirish uchun "Settings→Privacy and Security→Last Seen" profilingizni kimlardan yashirishni tanlashingiz kerak bo‘ladi.

2️⃣. Hozirda Telegram xavfsizligi juda kuchli. Ammo buzg‘unchi hakerlar uni buzib kirish yo‘lini o‘ylab topishlari mumkin. Buzg‘unchi hakerlardan himoyalanish uchun quyidagi ketma-ketlikda berilgan ko‘rsatmalarga amal qilishingiz kerak bo‘ladi.

"Settings→Privacy and Security" qo‘shimcha parol bilan kiriladigan 2 bosqichli autentifikatsiya funksiyasini yoqing.

Keyin xavfsizlik parolini kiritasiz. Parolni unitib qo‘ymang! Aks holda o‘zingiz ham kirolmay qolasiz.

3️⃣. Mobil qurilmangiz xotirasi Telegram’dan keladigan foto va video ma’lumotlarga to‘lib qolmasligi uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi.

"Settings→Chat Settings→Cache Settings" bir haftadan ortiq ko‘rilmagan fayllar avtomatik ravishda dastur xotirasidan o‘chib ketishini ta’minlaydigan opsiyani tanlang. Agar biror fayl kerak bo‘lsa uni Telegram’ning bulut texnologiyasi orqali qayta saqlab olishingiz mumkin.

4️⃣. Maxfiy chat yaratish uchun "Secret Chats" - avtomatik ravishda o‘chib ketadigan xabarlar qismiga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Ular Telegram’da butunlay saqlanib qolmaydi. Qurilmani almashtirsangiz yoki dasturdan chiqib ketsangiz o‘zi avtomatik tarzda o‘chib ketadi.

5️⃣. Xabarni individual (har bir kishiga alohida-alohida) tarzda jo‘natish uchun "Broadcasts" funksiyasidan foydalanishingiz kerak bo‘ladi. Bunda siz ortiqcha ishdan xolos bo‘lasiz. Ya’ni ma’lum xabarni alohida-alohida odamlarga yuborishingiz kerak bo‘lmaydi.

📝 G‘ulom Nazarov @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#ict_news #hardware

Nihoyat, juda uzoq kutilgan Mi Band 4 taqdim etildi! 🏃🏻‍♂️🏃🏻‍♀️

Joriy yilning 13 iyun sanasida Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi qurilmalarini, shu qatorda Mi Band 4 fitnes-bilaguzugini ham ko‘rsatdi. To‘rtinchi avlod smart-trekeri eski modellardan ekrani bo‘yicha ancha farq qiladi – aniqligi 240x120 bo‘lgan deyarli 1 dyumli AMOLED displey. Ekran o‘lchami 40 foizga kattalashgan va endi 21 taga ko‘proq so‘z sig‘ishi mumkin. Displey shuningdek 2.5D oyna bilan qoplangan.

Rangli ekran Mi Band 4 uchun yangi imkoniyatlar taqdim qildi. Ya’ni, ko‘rinish va rangli mavzularni bemalol o‘zgartirish mumkin.

Yangi proshivka ancha yaxshilangan: endi smart-bilaguzukda nafaqat ob-havoni, balki valyutlar kursi, kinopremeralar ro‘yxati va boshqalarni kuzatish mumkin. Shuningdek ovozli yordamchi va svayplar bilan ishlash funksiyasi mavjud.

Mi Band 4 avvalgidek ChSS optik datchigi bilan chihozlangan. Agar yurak urishi tezlashsa siferblat vibratsiya orqali bu haqda ma’lum qiladi. Akselerometr esa yangilangan – endi u oltita rejimdan iborat – suzish, ko‘chada yugurish, zalda yugurish, velosipedda uchish va boshqalar.

Qurilma avvalgidek suvdan himoyalangan va 50 metr chuqurlikdagi bosimgacha chiday oladi.
Lineykada NFC mavjud bo‘lgan versiya ham mavjud. U orqali transport to‘lovlarini amalga oshirish va aqlli texnikalarni boshqarish mumkin.

Bataraya sig‘imi 135 mA/soatgacha kattalashgan. Umuman olganda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra qurilma 20 kungacha ishlay olishi mumkin. NFC mavjud talqin esa 15 kun.

Eng arzon talqindagi Mi Band 4 – 25 dollardan sotila boshlaydi, NFC mavjud bo‘lgan talqindagisi – 33 dollar, Mi Band 4 Avengers Alliance esa – 50 dollarga baholangan. Xitoyda savdolar 14 iyundan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
#bilasizmi

• Insonlarning 30 foizi telefonlari tortib olingan taqdirda qotillik qilishdan tap tortmas ekan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #ict_news

Kaliforniya universiteti dasturchilari insonning nutqiga qarab qo‘l harakatlarini bashorat qila oluvchi neyrotarmoqni yaratishdi.

To‘liq maqola esa rus tilida: https://tprg.ru/T34R

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun #maslahat

“Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat

Shahzoda Hamidova hali 18 yoshdaligiga qaramay, tengqurlari havas qilsa arziydigan muvaffaqiyatlarga erishgan. U turli xorijiy davlatlardagi 28ta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirib, allaqachon ularning 15tasida talaba bo‘lishga erishdi. Eng qizig‘i, bu hali hammasi emas.

“Internetdagi Common Application platformasi orqali 28ta universitetga hujjat yuborganman. Oliygohlar elektron pochta orqali qayta aloqaga chiqishdi. Matematika bo‘yicha SAT va til darajasini ko‘rsatuvchi IELTS bo‘yicha natijalar so‘raladi. Motivatsion xat, o‘qituvchi va rahbarlaringizdan tavsiyanoma, o‘rta ta’limdagi baholaringiz haqida ham ma’lumot yuborishingiz kerak bo‘ladi. Shu ko‘rsatkichlar asosida sizni talabalikka qabul qilishadi”, — deydi Shahzoda.

Shahzoda Hamidova hozirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qoshidagi International House Tashkent akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchisi. U huquq sohasida tahsil olmoqda, keyingi ta’lim jarayonini ham aynan xalqaro yurisprudensiya bilan bog‘laydi.

“Hali qaysi universitetni tanlash bo‘yicha bir qarorga kelganim yo‘q. Lekin AQShning Massachusets shtati Boston shahridagi oliygohlardan birini tanlashni istardim. Boston — chin ma’nodagi ta’lim va talabalar shaharchasi”, — deydi bo‘lajak huquqshunos.

Shahzoda faqatgina xorijdagi bakalavr ta’limi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

“Bakalavr ta’limini bitirgach, magistraturani Harvard universitetining yuridik maktabida davom ettirishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman”, — deydi u o‘z rejalari haqida gapirar ekan.

Shahzoda uchun oliy o‘quv yurtiga kirish shunchaki talaba bo‘lishni anglatmaydi.

“Bu eng avvalo yaqin insonlarning ishonchini oqlashdir. Onamning, oila a’zolarimning ishonchini oqlash, litseydagi ustozlarim yaratib bergan sharoitga munosib bo‘lish istagi meni izlanishga undardi. Talaba bo‘lishni istagan odam avvaldanoq universitetlar haqida ma’lumotlarni yig‘ib borishi kerak. Eng muhimi, maqsad faqatgina xorijga borib, u yerda qolib ketish havasi emas, balki nimanidir o‘rganib qaytib, yurtga juda kichkina bo‘lsa ham nimadir bera olish bo‘lishi lozim”, — deb hisoblaydi u.

IELTS tizimida 7.0 natija ko‘rsatgan Shahzoda ingliz tilini o‘rganishdagi o‘z “layfhak”lari bilan ham bo‘lishdi. Uning fikricha, har qanday tilni o‘rganishda shu tilga mehr qo‘yish, uni o‘rganish osonligiga o‘zini ishontirish muhim.

“Men ingliz tilida juda ko‘p video ko‘raman. Shunda quloq begona tilga moslashib, o‘rganib boradi. Eng muhimi, ingliz tilida gapirishdan qo‘rqmaslik kerak. Qo‘rqqan odam tilni o‘rgana olmaydi. Xato bo‘lsin, to‘g‘ri bo‘lsin, gapiraverish kerak. Hech bo‘lmaganda, o‘z-o‘ziga kundalik voqealarni gapirib berish ham mumkin”, — deydi Shahzoda.

🎞 P.S. YouTube’dagi videoni tomosha qilishingiz mumkin: http://bit.ly/2KjblLn

📝 Saodat Abdurahmonova @kunuzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Jadvalni sahifaning ustki qismidan biroz pastga surish ehtiyoji yuzaga kelganida ko‘pincha shu holat kuzatiladiki, hattoki tajribali Word foydalanuvchilari ham dastlab uni kesib olishadi (Вырезать), so‘ngra ikki satr qo‘shgan holda uni pastroqqa tushirishadi (Вставить).

Aslida esa yana bir juda qulay usul mavjud. Buning uchun kursorni ustki chap katakning eng boshlanishiga (undagi har qanday matndan oldinga) o‘rnatish va Enter klavishini bosish kifoya. Jadval darhol bir satr pastga tushadi va uning yuqorisidan matn kiritish mumkin bo‘ladi.

📝 Manba: @office_killer

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #telegram

Telegram Desktop’ning xabarlar tasmasida sananing ustiga bosilsa, postlarni vaqt bo‘yicha izlash uchun kalendar ochiladi. Bu orqali muayyan sana bo‘yicha kerakli xabarlarni tez topishingiz mumkin.

📝 Manba: @vamtlgrm

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Kelajak - shu yerda...

Ushbu robot 2009-yildan buyon takomillashtirilib kelinmokda.

📝 Manba: @informatika

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #internet

Qirollik jangi bilan Super Mario, o‘yinning veb versiyasiga marhabo! 🎮

“InfernoPlus” YouTube kanali dasturchisi bir vaqtning o‘zida 100 kishi o‘ynashi mumkin bo‘lgan “Super Mario Bros” o‘yini versiyasini yaratdi.

U o‘z o‘yinini “Mario Royale” deb nomladi, uni 3 hafta davomida, HTML5 va JavaScript tili asosida ishlab chiqdi.

O‘yinda geympadlar qo‘llab-quvvatlanadi. Onlayn o‘yin foydalanuvchilari soni yuqori o‘ng tomonda ko‘rsatiladi. Qulaylik uchun raqib o‘yinchilarining shakllari nimshaffof ko‘rinishda keltirilgan.

O‘yin uchun havola: infernoplus.com

O‘yin bepul va undan barcha erkin foydalanishi mumkin. Ammo yaqin kelajakda mualliflik huquqi egalari tomonidan bloklanishi - ehtimoldan holi emas.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #iOS #iPhone

iPhone’ning eski modellarini Apple kompaniyasi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi davri 📲

Yangi iPhone xaridorlari 5-6 yirik iOS yangilanishlariga tayanishlari mumkin.

📝 Manba

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi #mulohaza_uchun

Infografika: 3G, 4G va 5G’larning o‘zaro farqlarini bilib olamiz! 📶🤔

Uyali telefonlarning jahon bozorida paydo bo‘lganiga 40 yil bo‘lib qolgan. Ammo internetga kirishni ular “atigi” 20 yilcha avval o‘rganishgan.

2000-yillarning boshlarida 3G tarmog‘i simsiz aloqaning yangi davriga asos soldi. Ya’ni, uyali telefonlar nafaqat ovozli qo‘ng‘iroq va SMS-xabar yozish, balki endi internetga kirish vositasi ham bo‘ldi.

2009 yilda taqdim etilgan 4G texnologiyasi esa yanada ko‘proq imkoniyatlar eshigini ochdi. To‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i nafaqat internet-sahifalarni ko‘rish, balki onlayn tarzda yuksak sifatli video ko‘rish, konferens-aloqa qilish va onlayn o‘yinlar o‘ynashga imkon berdi.

Endi esa beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – 5G texnologiyasi kirib kelayotir. Ushbu telekommunitsiya standarti umuman boshqacha antennalar va radiochastotalarni qo‘llaydi. Yuksak chastotalardan foydalanilishi sharofati bilan 5G tarmog‘ida mobil internet tezligi 15−20 karraga oshadi.

5G – simsiz aloqa tarmog‘ining beshinchi avlod standarti bo‘lib, unda ma’lumot uzatish tezligi o‘ta yuqori. Masalan, yuqori sifatli va katta hajmli bitta filmni unda bir soniyadan ham kamroq vaqtda ko‘chirib olish mumkin! Hozirda amalda bo‘lgan 4G tarmog‘ida esa bunga taxminan 10 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ushlanib qolish muddati ham bir millisoniyadan oshmaydi (4G tarmog‘ida bu ko‘rsatkich 70 ms.ga teng). To‘rtinchi avlod aloqa standartida o‘tkazuvchanlik qobiliyati bir gigabitga teng bo‘lsa, 5G’da bu 20 karra tezkorroq bo‘ladi.

Ayni damda 5G standarti allaqachon Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya va ayrim Yevropa shaharlarida sinov tariqasida ishga tushirilgan. Rossiyada uni 2020 yildan joriy eta boshlashadi, O‘zbekistonda esa ushbu texnologiyaning sinovini UzMobile allaqachon o‘tkazgan. Ushbu texnologiya haqida Terabayt.uz saytida ko‘plab xabarlar e’lon qilingan.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #mulohaza_uchun

Internet tezligi nega ko‘rsatilganidan past? “O‘zbektelekom” rasman izoh berdi!

“O‘zbektelekom” aksionerlik jamiyati ko‘pchiligimizni qiziqtirgan shu savolga javobini o‘z saytida e’lon qildi. Shuningdek, unda umuman internet va Wi-Fi bilan bog‘liq asosiy tushunchalarni ham berib o‘tgan.

Tezlik ko‘p narsaga bog‘liq

Barchamiz ofis yoki xonadonga qayd etilgan simli internetning simsiz Wi-Fi tarmog‘i orqali “tarqatilishi”ga o‘rganganmiz. Ammo, Wi-Fi routerimiz qanday Wi-Fi standartlariga javob berishiga juda kam e’tibor qaratamiz. Avvallari buni bilishning hojati ham yo‘q edi, chunki provayderdan tarif rejasidagi ulanish tezligi har doim 100 Mbit/s dan past bo‘lgan.

Misol uchun, bugungi kunda abonentlar “UNLIM 100” tarif rejasiga ulanayotganda, Wi-Fi tarmog‘ining haqiqiy uzatish tezligi ba’zida 100 Mbit/s.dan past ekanligi ma’lum bo‘ladi. Sababi nimada? Muammo provayderdami yoki uy qurilmasidami?

Avvalo, birinchi navbatda, uyingizdagi Wi-Fi routeringizning texnik imkoniyatlarini o‘rganish zarur. “Wi-Fi” atamasi bilan bog‘liq ko‘plab standartlar mavjud bo‘lib, ularning barchasi chastota va maksimal ma’lumotlarni uzatish tezligi jihatidan o‘z xususiyatlariga ega. Ehtimol, aynan sizning qurilmangiz 100 Mbit/s tezlikda ishlaydigan darajadagi texnik imkoniyatga ega bo‘lmasligi yoki router noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi hamda oxirgi foydalanuvchigacha bo‘lgan tezlikka ta’sir etadigan radio to‘lqinlar uchun to‘siqlar mavjud bo‘lishi ham mumkin. Buning bir nechta sabablari mavjud va ularga qisqacha izoh berishga harakat qilamiz.

Wi-Fi nima o‘zi?

Wi-Fi — IEEE 802.11 standartiga asoslangan qurilmalarga ega simsiz mahalliy tarmoq texnologiyasidir. Wi-Fi logotipi Wi-Fi Alliance tashkilotining savdo belgisi hisoblanadi. Wi-Fi qisqartmasi (ingliz tilidagi Wireless Fidelity birikmasidan olingan bo‘lib, “simsiz bog‘lanish” deb tarjima qilingan) asosida hozirgi vaqtda raqamli ma’lumotlar oqimini radiokanallar orqali uzatish uchun barcha standartlar oilasi rivojlanmoqda.

Wi-Fi’ning afzalliklari

Wi-Fi texnologiyasining bir qator ustunliklari mavjud:

▪️Kabel o‘tkazmasisiz tarmoqni yotqizishga imkon beradi, bu esa tarmoqni yotqizish va/yoki kengaytirish qiymatini kamaytiradi. Kabel yotqizib bo‘lmaydigan joylarda, misol uchun, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan xona tashqarisi va bino ichida, tabiiyki, simsiz tarmoqlar xizmat ko‘rsatishi mumkin;
▫️Mobil qurilmalar tarmog‘iga ulanish imkoniyatini beradi;
▪️Wi-Fi qurilmalari bozorda keng tarqalgan. Wi-Fi logotipi bilan uskunalarni majburiy sertifikatlash orqali qurilmalar muvofiqligi evaziga kafolatlanadi;
▫️Mobillik. Siz bir joyga bog‘lanib o‘tirmagan holda va o‘zingiz uchun qulay sharoitda internetdan foydalanishingiz mumkin;
▪️Wi-Fi hududida bir nechta foydalanuvchi kompyuter, noutbuk, telefon va boshqa qurilmalar orqali Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
▫️Ma’lumotlarni uzatish vaqtida Wi-Fi qurilmalarining nurlanishi mobil telefonga nisbatan (10 baravar) kamroq.

Wi-Fi’ning kamchiliklari

Shu bilan birga, mazkur texnologiya o‘ziga yarasha kamchiliklarga ham ega:
▪️Ko‘plab qurilmalar, masalan, Bluetooth va boshqalarni qo‘llab-quvvatlaydigan kabi qurilmalar, hatto mikroto‘lqinli pechlar 2,4 gigagersli chastota diapazonida ishlaydi va bu elektromagnit moslashuvni yomonlashtiradi;
▫️Uskunalarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan L1 (OSI) tezligi ko‘rsatiladi, buning natijasida esa ishlab chiqaruvchi tezligini oshiradi, biroq, aslida Wi-Fi’da juda yuqori xizmat ko‘rsatish xarajatlariga ega. Demak, Wi-Fi tarmog‘idagi L2 (OSI) ma’lumotlar uzatish tezligi L1 (OSI) da belgilangan tezlikdan past ekanligi ma’lum bo‘ladi.
▪️Haqiqiy tezlik qurilmalar o‘rtasidagi jismoniy to‘siqlar (jihozlar, devorlar)ga, boshqa simsiz qurilmalar yoki elektron asboblardan aralashuvlar mavjudligiga, qurilmalarning bir-biriga nisbatan joylashishiga va boshqalarga bog‘liq bo‘lgan xizmat trafigining ulushiga bog‘liq bo‘ladi.
​​Tezlikni qanday oshirish mumkin?

Simsiz aloqa ulanish tezligi juda ko‘p turli omillarga bog‘liq bo‘ladi. Imkon qadar, router va abonent qurilmalari bir xonada joylashishi va ular orasida hech qanday to‘siq (devorlar, to‘suvchi buyumlar va boshqalar) mavjud bo‘lmagani ma’qul.

Wi-Fi routerining texnik ko‘rsatkichlari va uning sozlamalariga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bugungi kunda routerlarning eng keng tarqalgan modellari 2.4 gigagers (802.11n) standartini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi modellar esa 5 GGs (802.11ac) standartiga javob beradi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’lum qilingan tezlik va mazkur standartlar 100 Mbit/s.dan ancha yuqori, biroq aslida, haqiqiy tezlik juda past bo‘lishi mumkin.

5 GGs (802.11ac) standartiga javob beruvchi Wi-Fi routerlarni xarid qilishni tavsiya qilamiz. Bunday holda tezlik 5 GGs.li chastotada simsiz tarmoqqa nisbatan amal qilish davri ancha kamroq bo‘lsa-da, tezlik yuqori bo‘ladi. Agar siz ikki diapazonli routerdan foydalansangiz, provayderga to‘lovni amalga oshiradigan 100 Mbit/s tezlikda ulanishning to‘liq salohiyatini ochish mumkin. Shuningdek, gigabit portlari (tezligi WAN va LAN - 1 Gbit/s.)ga ega routerni ham ko‘rib chiqishingiz mumkin.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

🔄 Telegram Android va iOS 5.8, Desktop mijozi esa – 1.7.9 yangilanishiga ega bo‘ldi:

- Kontaktlar bilan almashish uchun ko‘proq imkoniyatlar;
- Guruhlar va kanallarga egalik huquqini uzatish;
- Yaqin oraliqdagi insonlar va guruhlarni izlash va boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

👉🏻 Batafsil…

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Qish simulyatori

Xaridorlar real qish sharoitida mahsulotlarni sinab ko‘rishlari uchun qish kiyimlari do‘konlaridan biri qish simulyatorini ishga tushirdi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #maslahat #mulohaza_uchun

Nima uchun 99 dollar 100 dollarga nisbatan ancha arzondek tuyuladi? 🏷🤔

Amerikalik neyromarketolog Nik Kolenda “ratsional” va “hissiy” xaridlarga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan narxlashning ikki strategiyasi haqida maqola yozdi. vc.ru mazkur maqola matni bilan bo‘lishdi.

Qaysi narx yaxshiroq ko‘rinadi?
40 dollar
39,99 dollar
39,82 dollar


Aslida bu ko‘p omillarga bog‘liq. Eng avvalo qanday raqamni qo‘llash borasida bir qarorga kelish kerak: butun (40 dollar) yoki aniq (39,82 dollar). Biroq hatto shu toifalar ichida ham yana bir necha tafovutlar mavjud. Masalan, agar siz butun son ko‘rsatgan bo‘lsangiz, u holda verguldan keyin nollarni ko‘rsatish shartmikan (40,00 dollar)? “Jalb qiluvchi” narxlarda-chi, qaysi biri yaxshiroq - 38,99 dollarmi yoki 38,95 dollar?

Quyida narxlarning qanday turlari mavjudligi, qaysi variantni qo‘llash kerakligi va eng asosiysi nima uchun – ana shularga oid batafsil ma'lumot beriladi.

Narxning turlari

Dastlab narx turlari bilan tanishamiz. Men ularni to‘rt guruhga bo‘laman:
Butun ($37)
Butun, nollar bilan ($34,00)
Aniq ($24,35)
“Jalb qiluvchi” (39,99 yoki 34,95)

Endi esa nima uchun nollardan xalos bo‘lish kerakligini aytaman. Uni qoldirish mumkin bo‘lgan yagona sabab - bu vizual bezash. Masalan, sizda bir ustun bor, ularning bir qism pozitsiyasida verguldan keyin raqamlar bor, bir qismida esa - yo‘q. Boshqa barcha holatlarda shunchaki butun narxlardan foydalanish kerak.

Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi. Qaysi holatlarda butun narxlar, qaysilarida - aniq va qaysilarida - “jalb qiluvchi” narxlarni qo‘llash kerak? Bu yerda asosiy omil - mijoz miyasi uchun ko‘rilgan ma'lumotini qayta ishlashga talab etiladigan vaqt. Butun sonlarni anglash uchun aniq sonlarga qaraganda kamroq vaqt talab qilinadi. “Jalb qiluvchi” narxlar (4,99 yoki 5,95 dollar) esa shularning o‘rtasida.

Shunga ko‘ra, agar sizning tovaringiz “hissiy” xaridlarga taalluqli bo‘lsa, u holda aniq narxlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Har qanday xaridni oqlash uchun oqilona vaj kerak. Agar xarid kutilmagan bo‘lsa - ularni topish qiyinroq, shu bois siz shunday qilishingiz kerakki, xaridorlar xaridni amalga oshirayotgan vaqtdagi xatti-harakatlarini imkon qadar kamroq tahlil qilishsin.

Ular aniq narxni ko‘rishganida uni anglab yetish uchun ko‘proq aql ishlatishlariga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda ular xarid borasida o‘ylanib qolishadi. Shuning uchun “hissiy” xaridlar uchun butun narxlar belgilagan yaxshi.

Biz “ratsional” xaridlar qilganimizda kognitiv harakatlar – yaxshi narsa. Bunday hollarda aniq narxlar yaxshiroq ish beradi. Odamlar xarid haqida qaror qabul qilayotganda ularga vaqt kerakligi va shoshishga hojat yo‘qligini yaxshi bilishadi.

Ularni narxlarni anglab yetishga biroz ko‘proq vaqt sarflashga majbur qilsangiz, miya xarid uchun ko‘proq vaqt sarflagan, deb hisoblaydi.

To‘g‘ri keluvchi narx turini qanday tanlash mumkin?

Agar mahsulotingiz narxi 10 dollardan past bo‘lsa va tovar “hissiy” xaridlar toifasiga kirsa, undan foydalanishdagi ustunliklar kamchiliklarga nisbatan ko‘proqdir. Ushbu narx toifasida hattoki bir dollarlik farq ham prinsipial ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Men bekorga “bir dollarga ham” demadim. Masalan, sizda ikki xil narx bor: 6,99 dollar va 7 dollar. Ular orasidagi farq – bir sent, lekin inson miyasi nuqtai nazaridan – bu bir dollar, chunki miya raqamlarni chapdan o‘ngga tomon anglay boshlaydi.

Shunday ekan, birinchi bo‘lib ko‘zimiz – 6 soniga tushadi. Keyin miya mahsulot bahosini “6 dollaru bir necha tiyin” deb hisoblaydi. Shu bois ikki narx o‘rtasidagi farq bir sent emas, bir dollar kabi qabul qilinadi.
​​Endi esa “jalb qiluvchi” narxlarga alohida to‘xtashni istardim. Men uchun bunday narxlar – “...,95” yoki “...,99”ga tugaydigan narxlar.

Ya’ni 49 dollarni men “jalb qiluvchi” deb hisoblamayman, holbuki unga nisbatan ham 6,99 dollar qoidalari ishlaydi. Faqat stavkalar balandroq: birinchi holatda xaridorga narxlar orasidagi tafovut 1 dollardek ko‘rinadi, ikkinchisida esa – 10 dollar. Biroq baribir adashib ketmaslik uchun aniqlik kiritaman – 49 dollar “jalb qiluvchi” emas, butun narx. “Hissiy” mahsulot narxi qancha baland bo‘lsa, unga nisbatan butun son ishlatish shuncha maqsadga muvofiqdir.

“Hissiy” mahsulotlar uchun “jalb qiluvchi” sonlar effektini 100 dollar narx diapazonigacha kengaytirish mumkin, undan keyin ularning samarasi pasayadi. Bu ikki sabab bilan ro‘y beradi. Birinchidan, inson miyasi “jalb qiluvchi” narxlarni qimmat bo‘lmagan narx sifatida qabul qiladi.

Biroq ularni qimmatroq mahsulotga nisbatan qo‘llasangiz, mijoz ularni aslida ancha arzon deb o‘ylashi va sizni qimmatlashtirib sotayotgandek qabul qilishi mumkin.

Ikkinchidan (va bu juda muhim), endi sizdagi narx uch xonali sondan iborat. Narx yozilgan shriftga ham e'tiborli bo‘ling: shrift qancha yirik bo‘lsa, tovar shuncha qimmat ko‘rinadi.
Bunday mexanizm raqamlar uzunligiga nisbatan ham ishlaydi: inson qancha ko‘p son ko‘rsa, mahsulot shuncha qimmatdek tuyuladi. Shu bois 100 dollardan keyin butun sonlarni ishlatgan ma'qul. Yaxshi yangilik shundaki, bunday hollarda “jalb qiluvchi” narxlar effektiga erishish uchun 9 raqamiga tugaydigan sonlarni olish mumkin: 1499 dollar, 139 dollar yoki 999 dollar.

100 dollardan qimmat bo‘lgan “ratsional” mahsulotlar uchun esa, aksincha, raqamlarni ajratuvi verguldan keyin aniq narxlarni qo‘llash lozim. Miyaning ma'lumotni qayta ishlash uchun sarflaydigan vaqti insonning “ratsional” mahsulotlar xarid qilish haqidagi qaroriga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Odamlar bunday narxni intuitiv darajada jalb qiluvchi narx sifatida qabul qilishadi.

Boz ustiga, aniq narx nisbatan adolatli baho sifatida qabul qilinadi. Siz insonlarga narxning osmondan olinmagani va uning ortida muayyan hisob-kitoblar mavjudligini namoyon etasiz. Xuddi shu usul “hissiy” xaridlarga ham tegishli. Ularni sotishda 50, 100, 5000 dollar kabi narxlardan qochib, 49, 99, 4999 dollar kabi narxlarni qo‘llashni tavsiya etaman.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#ict_news #internet

“Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasi “Veb-saytlarni viruslarga tekshirish” xizmatini ishga tushirdi

Xizmat keng tarqalgan antivirusli maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan zararli “VirusTotal” kontentining shubhali fayllari va havolalarini (URL) tahlil qilish uchun foydalanuvchi va onlayn xizmat oʻrtasida Tas-IX tarmogʻida vositachi (proksi-oyna) vazifasini bajaradi.

Shuningdek, ilovada tekshiruv natijalarini keshlash funksiyasi mavjud, keyinchalik milliy Internet segmentining monitoring tizimini modernizatsiya qilish doirasida antivirus va spamga qarshi maʼlumotlar bazalarida veb-saytlarning mavjudligi toʻgʻrisida tahlil qilish uchun ishlatiladi.

Eʼtiborlisi shundaki, ushbu dastur global Internet tarmogʻiga ulanmasdan, domenlar va veb-sahifalarni tekshirish imkonini beradi, chunki u Tas-IX tarmogʻida joylashgan.

Xizmatdan https://tace.uz/viruscheck/ manzili orqali foydalanish mumkin.

📝 Manba

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#tarmoq #operatsion_tizim #hardware

🔣🤔 O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?

Agar kompyuter ayni damda Wi-Fi’ga ulangan bo‘lsa va siz uning parolini aniqlamoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaring:

1️⃣. “Панель управления”ga kiring, Win+R > control > OK;

2️⃣. Ochilgan oynada “Центр управления сетями и общим доступом”ga o‘ting;

3️⃣. Oynaning chap tomonidagi “Изменение параметров адаптера”ga o‘ting;

4️⃣. Ayni damda ulangan tarmog‘ingizning ustiga ikki marta bosing;

5️⃣. Ochilgan muloqot oynasida “Свойства беспроводной сети” tugmasiga bosing;

6️⃣. Ochilgan keyingi muloqot oynasida “Безопасность” bo‘limiga o‘ting;

7️⃣. Ochilgan bo‘lim ostidagi “Отображать вводимые знаки” bandi yoniga qushcha belgisini o‘rnating va nuqtalar o‘rnida ko‘rinish bergan parol belgilaridan bahramand bo‘ling. 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍1