#ict_news #mulohaza_uchun
Uchinchi tashabbusning mohiyati nimada? (fotoreportaj) 3️⃣🖥🤔
Toshkent viloyatida uchta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.
1 iyun kuni davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 ta tashabbus doirasida Bo‘ka tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilgan edi. 2 iyun kuni ushbu tashabbus davom ettirilib, birdaniga Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq, Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlarida ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

#telegram
🔄 Telegram Desktop 1.7.2 versiyasidagi yangilanishlar:
🔹Maxfiylik sozlamalarida o‘z telefon raqamingizni kimlar ko‘rishi mumkinligini tanlashingiz mumkin;
🔸Har qanday maxfiylik sozlamalari uchun guruhli chatlarni “Всегда показывать/скрывать” istisnolariga qo‘shish mumkin. Agar foydalanuvchi Siz tanlagan guruhga qo‘shilsa yoki uni tark etsa, uning huquqlari yangilanadi;
🔹Siz o‘z kanalingizga bahs-munozaralar uchun guruhni biriktirishingiz mumkin va unda “Обсудить” tugmasi paydo bo‘ladi;
🔸Botlarni oson va qulay tarzda veb-saytlarga integratsiya qilish mumkin. Bunga misol esa mana bu yerda: t.me/DiscussThis/2;
🔹MacBook Pro’dagi sensorli panelni endi audiopleyerni boshqarish va qotirilgan chatlar o‘rtasida o‘tish uchun ishlatish mumkin.

#ict_news
TATU talabalari “Youth mobile” tanlovida g‘olib bo‘lishdi 🥇💸
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida mobil ilovalar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan “Youth Mobile” tanlovida TATU talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Universitetning Kompyuter injiniringi fakulteti 2-kurs talabasi Sayyora Rahimova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 12.500.000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu fakultetning “Informatika asoslari” kafedrasi yosh o‘qituvchisi Zarnigor Fayzullayeva tanlovda 2-o‘rin egallab, 4.000.000 so‘m mukofoti bilan taqdirlandi.
Tanlov 2018 yilning noyabrida boshlanib, finalda talabalarning 10 ta ishlanmasi namoyish etildi. G‘olib talabalarning mobil ilovalari Google Play va AppStore onlayn-do‘konlarlariga joylashtiriladi.
📝 Manba: @eduuz

#mulohaza_uchun
Otangni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni... 👨👩👧👦🤔
Mehmondorchilikda qiziq holatning ustida chiqib qoldim. Bir gala erkaklar 4-5 yoshli bolakayga shunday savol bilan murojaat qilishayotgandi: “Qani, toy bola, aytchi, dadangni o‘g‘limisan yoki oyingni?”
Bolakay ikkilandi. Unga oilasida bunday gaplar gapirilmaydi shekilli boyadan beri hammaning savoliga biyrongina javob berayotgan bola bu savol oldida tek qotdi. Hammaga bir-bir javdiradi, boshini egib barmoqlarini o‘ynay boshladi.
Qo‘shni xonada esa xotin-xalaj, bolalar... Erkaklardan yana biri ayollar o‘tirgan xonadan o‘g‘lini chaqirdi: “Aziz, beri kel-chi”. Ikki-uch yoshlar atrofidagi bolakay chopqillab chiqdi. “Beri kel o‘g‘lim, mana bu yerda o‘tirgan amakilaringga kimligingni ko‘rsatib qo‘ychi? Meni yaxshi ko‘rasanmi, oyingnimi?”, — dedi o‘g‘lini quchib.
Bolakay qo‘shni xonaga ko‘z qirini tashladi. Ishshaygancha otasiga qaradi, otasi ham o‘g‘lining bu harakatini tushundi shekilli cho‘ntagidan pul olib uzatdi. Bolakay pulni olib otasini achomladi: “Sizzi o‘g‘liyiz bo‘laman”. “Ha barakalla, endi mana shu yerda o‘tirgan amakilaringni bir so‘kib qo‘y”. Bolakay chuchuk tilda “boplab” so‘kdi. O‘tirgan erkaklar tizzasiga shapatilab kuldi...
Bu manzara deyarli barchamizga tanish. Qolaversa, oddiy holdek qabul qilamiz. Bolaligingizda sizga kattalar “kimni ko‘proq yaxshi ko‘rasan, oyingnimi yoki dadangnimi”, degan savolni berishgan. Siz ham ota-ona bo‘lgach, o‘z navbatida, farzandlaringizga “otangni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni”, degan savolni berayotgandirsiz. Va buning hech ham yomon tomoni yo‘q, deb o‘ylaysiz, to‘g‘rimi? Ammo u erkaklarga beriladigan an’anaviy “xotiningni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni”, degan ahmoqona savolga o‘xshaydi. Bolangiz goh mehmonlar oldida, goh oila davrasida bu savolga nima deb javob berishni bilmay ikkilanadi. Rostda, otasini yaxshi ko‘raman desa, onasi xafa bo‘ladi, onasini yaxshi ko‘raman desa, otasi xafa bo‘ladi. Kattalar esa o‘z bilganidan qolmaydi. Endi ular bolani aldashga, majburlashga, qo‘pol qilib aytadigan bo‘lsak, sotib olishga o‘tishadi. “Aytchi qizim, mening qizim bo‘lasanmi yoki oyingning”, “Agar mening o‘g‘lim bo‘lsang zo‘r mashina olib beraman”, “Agar dadangni desang bog‘chadan qaytishda senga hech narsa yo‘q”. Bola yana ikkilanadi. Axiyri bola-da, u qaysi tomon yaxshiroq narsa taklif qilsa o‘sha tomonga og‘a boshlaydi. Ammo siz o‘zingiz bilmagan holda bolangizning tamagirlik sari birinchi qadam tashlashiga tamal toshini qo‘yib bo‘ldingiz.
Yuqoridagi erkaklarga ko‘ndalang qo‘yilgan savolning (javobini emas) mag‘zini chaqishga urinib ko‘raylikda. “Onang yaxshimi yoki xotining”, “Yo xotiningni de, yo meni”, “Yo shu uyda onangiz yashasin, yo men”... bu savol, bu tanlov oldida boshingiz qotadi. Ana, nari borsa farzandlik burchingiz ustunlik qilib xotiningizdan kechib qo‘yaqolasiz. Siz nega ikkilandingiz? Chunki berilgan savol noo‘rin, ahmoqona. Sabab ona bilan xotinni tenglashtirib yoki taqqoslab bo‘lmaydi. Axir, onalarimiz biz uchun dunyoda eng buyuk zot, ayolingizchi.., ayolingiz ham ona-da — bolalaringiz uchun... Onangiz siz uchun bebaho, muqaddas bo‘lganidek, xotiningiz ham farzandlaringiz uchun ona sifatida yagona, bebaho... Shunday ekan, nega endi farzandlaringizga otang yaxshimi, onang yaxshimi, degan savolni berishingiz kerak? Otaning o‘rnini ona bosmaganidek, onaning o‘rnini ham ota bosolmaydi. Yana shunday buva, buvilar bor. Nevaralarini jon-jahdi bilan yaxshi ko‘radi, shuning uchunmi ularni ota-onalaridan ham qizg‘anishadi. Bir kuni qo‘shni onaxon suhbatdoshlariga “Sevara nevaram mensiz ovqat ham yemaydi, oyimning qizi bo‘lmayman, deyapti”, deya maqtanayotganini eshitib qoldim. Beixtiyor buvi va nevara o‘rtasidagi mehrga havasingiz keladi. Lekin buvi o‘zi bilmagan holda murg‘ak go‘dakni o‘z onasidan ozrooooq uzoqlashtirib qo‘ymayaptimi?

Feruza Otamurodova, psixolog:
— Donishmandlardan Falesning shunday gapi bor: “Siz bolalaringiz bilan qanday munosabatda bo‘lsangiz, bolalaringiz ham bolalariga shunday munosabatda bo‘ladi”. Demak, farzandlarimiz kelajakda bizni ardoqlashlari uchun o‘zimiz ota-onalarimizga mehrli bo‘lib, ularga ibrat bo‘lishimiz kerak. Bolalarimizga yoshligidanoq otaga, onaga, buvaga, buviga, opa-singilga, aka-ukalarga birdek mehr berishlarini singdirishimiz lozim. Buning uchun esa oilada ota-onani bir-biri bilan taqqoslamasligimiz shart. “Otang yaxshimi”, “kimning o‘g‘li yoki qizi bo‘lasan” degan savolning o‘ziyoq bola ongida kattalarga nisbatan notenglik munosabatini shakllantiradi. Masalan, ba’zida farzandlarimiz oldida “Otang menga nima qip qo‘yipti” yoki “Onangni qo‘lidan hech ish kelmaydi”, degan koyishlarni eshitamiz. Axir, bu ham bola oldida ota yoki onaning obro‘sini to‘kish bilan barobar. Unutmang, mashhur pedagog Makarenko aytganidek: “Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rgatayotgan yoki unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deb o‘ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdekkina o‘zgarishni ham bola sezib yoki his qilib turadi. Fikringizdagi ozgina burilish ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o‘zingiz ham sezmay qolasiz...”
...Mehmondorchilik tugay deganda yana amakilardan biri qo‘lini chambarak qilgancha mashina haydayotgan bolakayning oldini to‘sdi: “Kimning o‘g‘li bo‘lishingni aytmading-a”, dedi u bolaning qo‘llaridan ushlab. Bolakay boshini ko‘tardi. O‘zining noo‘rin savoli bilan g‘ashiga tegib, o‘yiniga xalaqit berayotgan yopishqoq amakiga norozi boqdi. Onasi o‘tirgan xonaga nazar tashladi, keyin sal nariroqda o‘tirgan otasiga yuzlandi. Bolalarcha beg‘uborlik bilan, qulochini keng yoygancha: “Menga boshqa savol beravermanglar, o‘yinimga xalaqit beryapsizlar. Hammangizni birdek yaxshi ko‘raman, bo‘ldimi” degancha qiy-chuv qilayotgan bolalar oldiga yugurib ketdi.
📝 Barno Sultonova @xabaruzofficial

#iOS #android #maslahat
Owy – sizga qarzdorlarni eslatuvchi ilova!
Tinib-tinchimagan dasturchilar antiqa ilovani ishlab chiqishdi – u kimga qarz berganingizni eslatib turadi. Nima ham derdik, bu tezkor zamonda shu ham bir zarurat...
Uning ishlashi ham oddiygina: kimgadir qarzga pul bersangiz, yo biror buyumingizni berib tursangiz, o‘sha zahotiyoq Owy ilovasida bu haqda kartochka ochasiz. Uning sarlavhasini kiritasiz, qarzdorning kontakt ma’lumotlarini va qachon berganingizni yozib qo‘yasiz.
Bir hafta o‘tib, Owy sizga eslatma yuboradi – unda o‘sha buyum yoki pulingizni o‘z vaqtida olishni unutmasligingiz tavsiya etiladi. Shu eslatmani u qarzdor tomonga ham – smartfoniga o‘rnatilgan istalgan messenjer yoki pochta dasturiga jo‘natadi. Qarabsizki, “Esimdan chiqib qolibdi, o‘rtoq…” yoki “Yo‘g‘e, qachon olgandim o‘zi?” kabi bahonalarga asos qolmaydi.
Yaxshi tomoni shundaki, Owy – bepul ilova bo‘lib, unga istalgan miqdordagi eslatma kartochkalarini kiritsa bo‘ladi. Asosiysi – birovga biror nimani qarzga berayotib, ilovada shuni qayd etib qo‘yishni unutmasangiz bas.
Ilova iOS hamda Android tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan, ammo hozircha unda rus tili yo‘q.
📝 DiMaX @terabaytuz

👍1
Yaqinlaringizni qiling ziyorat,
O‘qigan namozingiz bo‘lsin ijobat!
Eng yaxshi ishingiz bo‘lsin ibodat
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak!
Dunyo muhabbatin o‘zga joylagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak.
Hurmat va ehtirom ila,
©IT specialist kanali ma’muriyati
O‘qigan namozingiz bo‘lsin ijobat!
Eng yaxshi ishingiz bo‘lsin ibodat
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak!
Dunyo muhabbatin o‘zga joylagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak.
Hurmat va ehtirom ila,
©IT specialist kanali ma’muriyati
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun
Mana endi men buning kibersport ekanligiga guvoh bo‘lib turibman.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Mana endi men buning kibersport ekanligiga guvoh bo‘lib turibman.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram
2019 yilning 1 sentabr sanasidan boshlab Telegram Windows XP, Windows Vista va OS X 10.6-10.9 operatsion tizimlari uchun Desktop ilovasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi.
📝 Manba: @vamtlgrm

#ict_news #internet
“O‘ztelekom” direktori internet tezligi bo‘yicha yana tushuntirish berishga majbur bo‘ldi 🌐📈🤔
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining tijoriy direktori Alisher Zufarov jurnalistlar bilan “Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida muloqot qildi.
Tadbirda Minbar muxbiri “O‘zbekistonda internet tezligi qachon haqiqatan ham 10 barobar oshiriladi?” degan savolni berdi.
““O‘zbektelekom” AK tomonidan Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va shu tariqa XPKM komplekslarining umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 barobar oshdi: o‘zgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sdi. Bu O‘zbekistonda internet tezligi 10 marta yaxshilandi degani. Endi esa kabellar va boshqa internet qurilmalarini yangilash, ana shu tezlikka moslash kerak”, – deb javob berdi Zufarov.
Uning aytishicha, hozirgi vaqtga qadar 4 ming km.dan ortiq mis kabellar yangilangan, XDSL texnologiyasi yordamida xizmatlar sifati yaxshilangan. Joriy yilning birinchi choragida 2408 ta ko‘p qavatli uy, 1108 ta maktab zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, “O‘zbektelekom” AK va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Lekin ijtimoiy tarmoqlarda internet tezlashganini nima uchun sezmayapmiz qabilidagi gaplarni ko‘p uchratamiz. “O‘zbektelekom” matbuot kotibi Aleksandr Suchkovning aytishicha, ularning uylariga, ofislariga o‘rnatilgan qurilma bu tezlikka javob bermaydi.
“Tasavvur qiling, sizga trassada soatiga 200 km. tezlik bilan harakatlanish ruxsat etilgan bo‘lsa-yu, transportingiz bu tezlikka moslashmagan bo‘lsa, yaratilgan imkoniyat befoyda. Avval qurilmani almashtirish kerak”, – degan Suchkov.
📝 Manba: @rasmiyminbar

#bilasizmi #smartfon #hardware
📱💻 Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi? 🔋🔌
Batareya quvvatisiz kuchli noutbuk yoki smartfonimiz shunchaki bir uyum temir-tersakka aylanib qoladi. “Quvvat toshi”ning ham xizmat qilish muddati chegaralangan bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan ular quvvatdan tez qoladigan, quvvat olish uchun ko‘proq vaqtni talab qiladigan bo‘lib qoladi.
Akkumulyatorning xizmat ko‘rsatish vaqtini imkon qadar uzaytirish uchun qurilmadan o‘rinli foydalanish hamda uni to‘g‘ri quvvatlash kerak bo‘ladi. Aniqrog‘i qurilmani to‘g‘ri quvvatlash hamda akkumulyatorga qaratilgan e’tibor. Quyida bu haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Litiy-ionli batareyalar to‘g‘risida nima bilasiz?
Zamonaviy smartfon, planshet, noutbuk va boshqa gadjetlarga o‘rnatiladigan akkumulyatorlar litiy-ionli texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ularda ionli litiy kimyoviy elementidan foydalaniladi.
Akkumulyator quvvat olganida zaryadlangan musbat ionli litiy elementi katod deb nomlangan elektroddan anod nomli boshqa elektrodga batareya elementidagi elektrolit eritmasi orqali o‘tadi. Bu esa zid tarzda elektronlarni anodga jam bo‘lishini ta’minlaydi. Akkumulyator quvvat olayotganida bu holatning teskarisi sodir bo‘ladi. Elektronlar esa akkumulyator ulangan qurilma faoliyati uchun zarur elektr quvvatiga aylanadi.
So‘nggi yillarda olimlar litiy-ionli batareyalarning uzog‘roq xizmat ko‘rsatishini, tezroq quvvat olishi hamda samarali ishlashini ta’minlash uchun zarur yangi kimyoviy eritma formulasini topishga urinib kelishmoqda. Shunga qaramasdan, litiy-ionli batareyalarning imkoniyatlari hozircha chegaralangan.
Akkumulyator tarkibidagi anod hamda katod elementlari o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya uning sozligi uchun ayni muddao. Xususan, undagi izolyatsion atomlarning yupqa qatlami elektrodlarning samarali ishlashiga xizmat qiladi. Aksariyat akkumulyatorlar 2 yoki 3 yil xizmat qiladi. Shuning uchun devays eskirgani sayin uning bir martalik quvvat bilan ishlash vaqti kamayib ketadi. Bu esa "quvvat toshi"ni almashtirish kerak degani.
Quvvat va quvvatlash
Xo‘sh, litiy-ionli batareya uzog‘roq ishlashi uchun nima qilish kerak? Ehtimol, yangi qurilma (smartfon, noutbuk) xarid qilganda uni avval quvvatga to‘ldirib, so‘ng bu quvvatni oxirigacha ishlatish kerakligi haqida. Biroq bugungi akkumulyatorlar uchun bunday qoidaning keragi yo‘q. Eng muhimi, telefon yoki noutbukdan foydalanish chog‘ida uni qanday quvvatlash bilan bog‘liq odatlaringiz.
Muhim qoida!
Akkumulyator quvvatini oxirigacha to‘ldirib, so‘ng uni oxirigacha quvvatsizlantirish yaramaydi. Akkumulyatorni tez-tez quvvatlab turish kerak. Sababi bunday holatda akkumulyator zo‘riqmasdan ishlaydi. Akkumulyator quvvati tugay deganida uni 50 foizgacha to‘ldirish kerak. Shu bilan birga, har doim ham quvvatni 100 foizga to‘ldirmang.
Agar akkumulyator quvvatga hadeb 100 foizga to‘ldiriladigan bo‘lsa, unda gadjetni o‘chirib qo‘yishga odatlaning. Bu xavfsizlik uchun emas: litiy-ionli akkumulyatorlar yonib ketadigan bo‘lsa, maxsus sirt vaziyatning jiddiy tus olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq quvvatni hadeb 100 foizga to‘ldirishning boshqa bir muammosi bor -- bu orqali akkumulyator keragidan tez ishdan chiqadi. Ya’ni, davriy hayoti shuncha tez tugaydi.
Tez-tez quvvatlab, akkumulyator quvvatini tez tugatish orqali uning xizmat ko‘rsatish vaqtini uzaytirishning ham qoidasi bor. Oyida bir marta batareya quvvatini 5 foizgacha tushirib ishlating. Bunday mexanizm noutbuk yoki smartfonga uning uzoq ishlashiga xizmat qiladi. Samsung esa akkumulyator quvvatini 20 foizdan tushirmaslikni maslahat beradi.
Umumiy tavsiyalar
Unutmaslik kerakki, litiy-ionli batareyalar ekstremal haroratni xush ko‘rmaydi. Shu bois ham telefon yoki noutbukni isib ketgan avtomobil yoki juda sovuq xonada qoldirmaslik kerak. Bu holat ham akkumulyatorning tez ishdan chiqishiga olib keladi.
Shuningdek, quvvatlash vaqtida ham smartfonning haddan tashqari qizib ketishiga ko‘z-quloq bo‘lish zarur. Bunday vaziyatda xizmat ko‘rsatish markazi ekspertlari bilan maslahatlashing.

Shu bilan birga, ekspertlar qurilmani ishlab chiqaruvchining o‘ziga tegishli maxsus vosita bilan quvvatlashni maslahat berishadi. Bu esa quvvatlash vaqtida tok o‘tkazishi turlicha bo‘lgan vositalardan akkumulyatorni himoya qilish uchun ayni muddao.
Agar siz noutbuk yoki smartfonni uzoq vaqt mobaynida asrab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, siz gadjet quvvatini 50 foizga to‘ldirib qo‘yishingiz kerak. Apple hamda boshqa ishlab chiqaruvchilar shunday maslahat berishadi. Shu bilan birga, devaysni harorat o‘rtacha muhitda saqlang.
Har bir devaysning qo‘llanmasida uni quvvatlash bo‘yicha ham tavsiyalar bo‘ladi. Shuning uchun, qo‘llanmani diqqat bilan o‘qing. Bularga amal qilsangiz, sizning telefon yoki noutbukingizdagi akkumulyator keragicha ishlab beradi.
📝 Shuhrat Sattorov @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Agar siz noutbuk yoki smartfonni uzoq vaqt mobaynida asrab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, siz gadjet quvvatini 50 foizga to‘ldirib qo‘yishingiz kerak. Apple hamda boshqa ishlab chiqaruvchilar shunday maslahat berishadi. Shu bilan birga, devaysni harorat o‘rtacha muhitda saqlang.
Har bir devaysning qo‘llanmasida uni quvvatlash bo‘yicha ham tavsiyalar bo‘ladi. Shuning uchun, qo‘llanmani diqqat bilan o‘qing. Bularga amal qilsangiz, sizning telefon yoki noutbukingizdagi akkumulyator keragicha ishlab beradi.
📝 Shuhrat Sattorov @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍2❤1
#bilasizmi
Bizga makkajo‘xori nomi bilan ma’lum bo‘lgan o‘simlikni butun dunyoda “mais” deya nomlashlarini bilarmidingiz?

#android #maslahat
SHAREit mobil ilovasining so‘nggi versiyalarida reklamalar juda ko‘p namoyish etiladi va bu ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lishi tabiiydir. Ayniqsa ilovadan foydalanmayotgan paytingizda ham reklama chiqib kelaverishi vaziyatni yanada chigallashtiradi.
“Ilovaning foydasi tegib turibdi, har holda Bluetooth’dan ko‘ra Wi-Fi orqali ma’lumotlar tezroq uzatilmoqda, bundan tashqari mobil ilovalarni uzatish uchun ham qulay...”, deya o‘zimizni-o‘zimiz yupatib kelamiz.
E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu versiya esa reklamalardan holi, Google-servislarni talab qilmaydi. Marhamat, foydalaning va do‘stlaringizga ham ulashing.

👨🏻🏫 Hurmatli kanalimiz muxlislari, Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan bolalar uchun mo‘ljallangan Scratch vizual dasturlash o‘quv kursining boshlanish sanasi - 10 iyunga belgilanmoqda.
O‘quv kurslari Toshkent shahrida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti D binosining 1-qavatida joylashgan O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazida tashkil etiladi.
O‘zbek va rus tillarida tashkil etiladigan o‘quv kurslariga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda, joylar to‘lib bormoqda, farzandingiz, ukangiz, singlingiz yoki jiyaningizning yozgi ta’tildagi vaqti unumli o‘tishini istasangiz, o‘z o‘rningizni band qilib qo‘yishga ulgurib qoling! 😉
❗️P.S. Iyun oyiga joylar to‘lib qolgan taqdirda, o‘quv kurslari iyul va avgust oylarida ham tashkil etilishini eslatib o‘tamiz.

#mulohaza_uchun #scratch
Sizda ham dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylash vaqti keldi, degan xayol yuzaga kelmayabdimi? 💻🤔
1️⃣. Scratch bu nima?
Agar siz kompyuter dasturlari, mobil ilovalar, veb-saytlar, o‘yinlar yoki har qanday boshqa dasturiy ta’minotni yaratishni bilishni istasangiz, unda dasturlashni o‘rganishingiz lozim. Dasturlar kompyuter, smartfon yoki boshqa hisoblash qurilmasida o‘zini ishga tushirish imkoniyatini beruvchi - dasturlash tillarida yoziladi. Odamlar dasturlash tillari haqida o‘ylashganida, ularda qanday qilib sintaksis qoidalarini o‘rganish, qayerda kvadrat qavslarni va ikki nuqtani qo‘llash kabi doimiy savollar yuzaga keladi. Ba’zi tillardan faqat o‘z dasturchilarining oz qismigina foydalanishni bilishi mumkin bo‘lsa, boshqalaridan esa millionlab insonlar erkin foydalanib kelishadi.
Scratch’da kompyuter dasturlari deyarli LEGO konstruktori bilan bo‘lgandagi kabi yaratiladi: ekranda animatsiya bilan jonlantirilgan qahramonlarni boshqaruvchi grafik bloklar yig‘iladi. Shunday qilib, grafik bloklarni biriktirish orqali biror voqea yoki o‘yinni yaratish hamda turli qahramonlarning xatti-harakatlarini boshqarish mumkin. LEGO konstruktori yordamida turli konstruksiyalarni yig‘ish bilan bo‘lgandagi kabi, Scratch’da interaktiv voqealar va o‘yinlarni yaratish, so‘ngra esa, muhim jihati ham shundaki, Scratch sayti orqali ushbu ishlanmalar bilan butun dunyo bolalari bilan bo‘lishish mumkin.
Bugungi yosh avlodda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha katta tajriba va bilimlar mavjud, lekin yangi texnologiyalar yordamida dasturlar yaratish, o‘zini yangi texnologiyalar yordamida namoyon etish bo‘yicha bu ko‘rsatkich ancha pastdir. Bu xuddi ularning texnologiya yordamida o‘qishni bilishi, lekin shu texnologiyalar yordamida yoza olmasliklari bilan barobar.
Odamlar asta-sekin dasturlash ko‘nikmalari muhim ekanligini anglab yetishmoqda. Dasturlash bolalar oldida ko‘plab yangi qirralarni, o‘rganish uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Bu xuddi o‘qish va yozish bilan bo‘lgandagi kabi: agar siz o‘qish va yozishni bilsangiz, siz ko‘plab yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin. Avvaliga siz o‘qishni o‘rganasiz, keyin esa o‘rganish uchun o‘qiysiz. Dasturlash bilan ham xuddi shunday: avvaliga siz dasturlashni o‘rganasiz, so‘ngra esa o‘rganish uchun dasturlaysiz. Raqamli olamda eng muhim va zaruriy til bu dasturlash tili hisoblanadi.
Biror kishi fikr yuritishni biladi deganda, odatda rivojlangan algoritmik fikrlash nazarda tutiladi. Ushbu turdagi fikrlash ko‘plab bilim va ko‘nikmalarni, jumladan, maktab fanlarini o‘zlashtirishda katta yordam beradi. To‘g‘ri, optimal algoritmlar bilan fikrlash, har bir narsani tezroq va muhimi yanada sifatliroq qilib bajarishda yordam beradi. “Kundalik” muammolarni yechishda vaqt sinovidan o‘tgan algoritmlar yordamida “hayotni o‘rganuvchi” ko‘plab yoshlar o‘zlarida tengqurlariga nisbatan ko‘proq ishonch his etadi va har qanday qiyinchiliklarni oson bartaraf etadi.
Algoritmlar tuzilishini anglash va ularni qurish bilan informatika shug‘ullanadi. Informatika shuningdek ularning xususiyatlarini o‘rganadi. Informatika va dasturlash bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘rganish algoritmik fikrlashni eng yaxshi usulda rivojlantirishi mumkinligini esa mantiqan tasavvur qilish qiyin emas. O‘rganuvchilarning rivojlangan algoritmik fikrlashi ustida ishlash qanchalik erta boshlansa, shunchalik samarali davom etadi.
Sizda ham dasturlashni o‘rganish haqida o‘ylash vaqti keldi, degan xayol yuzaga kelmayabdimi? 💻🤔
1️⃣. Scratch bu nima?
Agar siz kompyuter dasturlari, mobil ilovalar, veb-saytlar, o‘yinlar yoki har qanday boshqa dasturiy ta’minotni yaratishni bilishni istasangiz, unda dasturlashni o‘rganishingiz lozim. Dasturlar kompyuter, smartfon yoki boshqa hisoblash qurilmasida o‘zini ishga tushirish imkoniyatini beruvchi - dasturlash tillarida yoziladi. Odamlar dasturlash tillari haqida o‘ylashganida, ularda qanday qilib sintaksis qoidalarini o‘rganish, qayerda kvadrat qavslarni va ikki nuqtani qo‘llash kabi doimiy savollar yuzaga keladi. Ba’zi tillardan faqat o‘z dasturchilarining oz qismigina foydalanishni bilishi mumkin bo‘lsa, boshqalaridan esa millionlab insonlar erkin foydalanib kelishadi.
Scratch’da kompyuter dasturlari deyarli LEGO konstruktori bilan bo‘lgandagi kabi yaratiladi: ekranda animatsiya bilan jonlantirilgan qahramonlarni boshqaruvchi grafik bloklar yig‘iladi. Shunday qilib, grafik bloklarni biriktirish orqali biror voqea yoki o‘yinni yaratish hamda turli qahramonlarning xatti-harakatlarini boshqarish mumkin. LEGO konstruktori yordamida turli konstruksiyalarni yig‘ish bilan bo‘lgandagi kabi, Scratch’da interaktiv voqealar va o‘yinlarni yaratish, so‘ngra esa, muhim jihati ham shundaki, Scratch sayti orqali ushbu ishlanmalar bilan butun dunyo bolalari bilan bo‘lishish mumkin.
Scratch – bu oddiy va foydalanish uchun qulay dasturlash tilidir.
2️⃣. Nima uchun bugungi kunda dasturlashni bilish muhim sanaladi?Bugungi yosh avlodda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha katta tajriba va bilimlar mavjud, lekin yangi texnologiyalar yordamida dasturlar yaratish, o‘zini yangi texnologiyalar yordamida namoyon etish bo‘yicha bu ko‘rsatkich ancha pastdir. Bu xuddi ularning texnologiya yordamida o‘qishni bilishi, lekin shu texnologiyalar yordamida yoza olmasliklari bilan barobar.
Odamlar asta-sekin dasturlash ko‘nikmalari muhim ekanligini anglab yetishmoqda. Dasturlash bolalar oldida ko‘plab yangi qirralarni, o‘rganish uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Bu xuddi o‘qish va yozish bilan bo‘lgandagi kabi: agar siz o‘qish va yozishni bilsangiz, siz ko‘plab yangi narsalarni bilib olishingiz mumkin. Avvaliga siz o‘qishni o‘rganasiz, keyin esa o‘rganish uchun o‘qiysiz. Dasturlash bilan ham xuddi shunday: avvaliga siz dasturlashni o‘rganasiz, so‘ngra esa o‘rganish uchun dasturlaysiz. Raqamli olamda eng muhim va zaruriy til bu dasturlash tili hisoblanadi.
Dasturlash – bu ikkinchi savodxonlikdir.
3️⃣. Agar farzandim dasturchi bo‘lishni xohlamasachi?Biror kishi fikr yuritishni biladi deganda, odatda rivojlangan algoritmik fikrlash nazarda tutiladi. Ushbu turdagi fikrlash ko‘plab bilim va ko‘nikmalarni, jumladan, maktab fanlarini o‘zlashtirishda katta yordam beradi. To‘g‘ri, optimal algoritmlar bilan fikrlash, har bir narsani tezroq va muhimi yanada sifatliroq qilib bajarishda yordam beradi. “Kundalik” muammolarni yechishda vaqt sinovidan o‘tgan algoritmlar yordamida “hayotni o‘rganuvchi” ko‘plab yoshlar o‘zlarida tengqurlariga nisbatan ko‘proq ishonch his etadi va har qanday qiyinchiliklarni oson bartaraf etadi.
Algoritmlar tuzilishini anglash va ularni qurish bilan informatika shug‘ullanadi. Informatika shuningdek ularning xususiyatlarini o‘rganadi. Informatika va dasturlash bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘rganish algoritmik fikrlashni eng yaxshi usulda rivojlantirishi mumkinligini esa mantiqan tasavvur qilish qiyin emas. O‘rganuvchilarning rivojlangan algoritmik fikrlashi ustida ishlash qanchalik erta boshlansa, shunchalik samarali davom etadi.
Albatta, Scratch’ni o‘rganuvchi yoshlarning ko‘pchiligi dasturchi bo‘lishmaydi. Biroq dasturlashni o‘rganish ularga foyda keltiradi: u o‘zlikni yanada to‘liqroq ijodiy namoyon etish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun bebahodir va kundalik hayotimizda bizni o‘rab turgan yangi texnologiyalarning qanday ishlashini yaxshiroq anglash imkonini beradi. Farzandingiz kelajakda kim bo‘lishni xohlashidan qat’iy nazar, Scratch'da dasturlashni bilish unga kelajakda o‘z harakatlarini rejalashtirish va har qanday hayotiy masalalarni hal qilishda kerakli ma’lumotlarni topish imkonini beradi.
4️⃣. Scratch’ning ta’lim muhiti sifatida qanday afzalliklari bor?
Bugungi kunda muvaffaqiyatga erishish uchun, sizning nimalarni bilishingizga nisbatan biror bir yangi narsani o‘zlashtira olishingiz, nostandart masala uchun kreativ yechim topa olishingiz muhimroq sanaladi. Odamlar kreativ fikrlashni taqozo etuvchi nostandart vaziyatlarga borgan sari ko‘proq duch kelishmoqda. Shunday ekan, kreativ fikrlash va harakat qilish qobiliyati har qachongidan-da muhimroqdir. Scratch yordamida bolalarda o‘z “men”ini rivojlantirish, boshqalarning ishidan ilhom olish va shunga o‘xshash, lekin o‘z loyihalarini yaratish, o‘z g‘oyalarini ifoda etish va ular bilan butun dunyo bo‘ylab boshqa insonlar bilan bo‘lishish kabi ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keladi.
Bundan tashqari, Scratch tilida dasturlashni o‘rganish orqali bolalarda nafaqat mantiqiy va algoritmik fikrlash, balki multimedia bilan ishlash ko‘nikmalari, faol, izlanuvchan ta’lim, turli ko‘rinishdagi dasturlash uchun sharoitlar yuzaga keladi. Bolalar kompyuter dasturlarini tushunish va yaratish, turli vazifalarni hal qilishda kompyuterdan foydalanishni o‘rganishadi. Shunday qilib, eskirgan “shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi” (ofis planktoni) tushunchasidan “axborot makonining yaratuvchisi va hammuallifi” tushunchasiga o‘tish amalga oshiriladi.
5️⃣. Mitchel Reznik
Massachusets texnologik universitetining Media Lab laboratoriyasi professori (LEGO Papert Professor of Learning Research), yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va kreativ o‘rganishga insonlarni (birinchi navbatda bolalarni) jalb etish faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Uning boshqaruvi ostida Lifelong Kindergarten tadqiqot guruhi jamoasi Scratch dasturlash tilini hamda ishtirokchilari butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlar bo‘lgan scratch.mit.edu veb-saytidagi onlayn-hamjamiyatni yaratdi va rivojlantirib kelmoqda. LEGO kompaniyasi bilan hamkorlikda guruh yangi ta’lim g‘oyalari va mahsulotlarini, shu qatorda robotlar va WeDo robototexnika platformasi uchun LEGO Mindstorms rivojlantirish ustida ish olib bormoqda. Reznik Computer Clubhouse loyihasi hamda boy bo‘lmagan oilalar farzandlarini yangi texnologiyalar yordamida o‘zini ijodiy namoyon etishga o‘rgatuvchi 100 ta qo‘shimcha ta’lim markazlari xalqaro tarmog‘i asoschilaridan biridir.
Reznik Prinston universitetida fizika sohasida bakalavr darajasini (1978 y.), Massachusets texnologik institutida informatika sohasida magistr va doktorlik darajalarini (1988 y. va 1992 y.) olgan. 1978 yildan 1983 yilga qadar fan va texnika sohasida ixtisoslashgan jurnalist sifatida ishladi. “Toshbaqalar, termitlar va tirbandliklar” (Turtles, Termites, and Traffic Jams, 1994 y.) kitobi muallifi, “Amaliyotdagi konstruktivizm” (Constructionism in Practice, 1996 y.) kitobi hammuharriri, “Modellashdagi sarguzashtlar” (Adventures in Modeling, 2001 y.) va “ScratchJr rasmiy kitobi” (The Official ScratchJr Book, 2015 y.) kitoblari hammuallifi hisoblanadi. Ta’lim sohasida kichik Garold V. Makgrou (2011 y.) va Kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish Assotsiatsiyasi (Association for the Advancement of Computing in Education, AACE) EdMedia Pioneer Award (2013 y.) mukofotlari sovrindori.
📌 P.S. Mitchel Reznikning taqdimotdagi ma’ruzasini tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Telegram
IT specialist fayllari
Mitchell Resnick - Let's teach kids to code
(Scratch Programming Language)
with Russian subtitles
https://t.me/itspecuz/2942
(Scratch Programming Language)
with Russian subtitles
https://t.me/itspecuz/2942
👍2
#telegram
Telegram ilovasi uchun tez orada chiqariladigan yangilanishdan so‘ng, unga ajoyib funksiya qo‘shiladi. Ushbu funksiya orqali sizga yaqin masofada bo‘lgan foydalanuvchilarni izlab topishingiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun yuqoridagi sahifaga siz va sizga yaqin masofadagilar kirishi lozim.
📝 Manba: @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Telegram ilovasi uchun tez orada chiqariladigan yangilanishdan so‘ng, unga ajoyib funksiya qo‘shiladi. Ushbu funksiya orqali sizga yaqin masofada bo‘lgan foydalanuvchilarni izlab topishingiz mumkin bo‘ladi. Buning uchun yuqoridagi sahifaga siz va sizga yaqin masofadagilar kirishi lozim.
📝 Manba: @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
#telegram
Yana Telegram haqida. Yangilanishlardan so‘ng juda uzoq kutilgan imkoniyat taqdim etiladi. Gap yaratilgan guruh yoki kanalni boshqa profil egasiga butunlay topshirish haqida ketmoqda. Aytish kerakki, avvallari kanal yoki guruhni faqatgina profilni topshiribgina boshqa insonga o‘tkaza olar edingiz. Buni ushbu qiyinchiliklarini boshdan o‘tkazib ko‘rganlar biladi. Telegram rivojlanishda davom etadi!

#mulohaza_uchun #smartfon #internet
Zudlik bilan onlayndan chiqish uchun 13 sabab 😯
Bugungi kunda smartfonimizdagi turli ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar bir qarashda hayotimizni yengillashtiradigandek ko‘rinadi. Biroq insonning aqliy qobiliyati axborotni qabul qilish bilangina cheklanmaydi. Olingan barcha ma’lumotlarni tahlil qilish, xotirada saqlash, ularni ijodkorona g‘oyalarga aylantirish uchun miyaga “foydali bekorchilik” onlari ham zarur. Quyidagi maqolada doimiy onlaynlik, boshqacha qilib aytganda vaqtning ko‘p qismini smartfon bilan o‘tkazish, undagi ilova va ijtimoiy tarmoqlardan ko‘z uzolmaslikning salbiy jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
“Miyani bo‘shat. Ish juda ko‘p bo‘lsa nima qilish kerak?” nomli kitobida neyropsixiatr Teo Kompernolle rahbarlarni onlayndan voz kechishga chaqiradi. Hech bo‘lmaganda ayrim vaqtlarda onlayn bo‘lmaslik uchun 13 sabab esa quyidagilardan iborat.
1. Doimiy ravishda onlayn bo‘lish – ommaviy aqliy mag‘lubiyat quroli.
Intellektual jihatdan samarali bo‘lish uchun diqqat va aql kuchini muayyan vazifaga jamlash lozim. Ana o‘shanda o‘zingizni bir vazifadan boshqasiga o‘tishdan himoya qilgan bo‘lasiz.
2. Doimiy ravishda onlayn bo‘lish sizni doimiy impuls-reaktiv rejimiga olib kiradi.
Miyangiz tashabbusni o‘zlashtiradi va siz vaziyatdan kelib chiqadigan, yuzaki – kam o‘ylangan, aniq va optimal bo‘lmagan qarorlar qabul qilishni boshlaysiz.
3. Doimiy onlaynlik axborotni anglash, uni bilim ko‘rinishida qayta ishlash, predmet to‘g‘risidagi to‘liq taassurot, shuningdek shaxsiy g‘oyalarni rivojlantirish kabi ancha murakkab, biroq muhimroq aqliy faoliyatni siqib chiqaradi.
4. Doimiy onlaynlik xodimlarni adxokratlar, tashkilotni esa adxokratiya (lotinchadan ad hoc — “aynan shuning uchun”, “maxsus holat bo‘yicha”) ga aylantiradi.
Vaziyatdan kelib chiqqan, yaxshilab o‘ylanmagan yoki umuman o‘ylanmagan reaksiyalar tanqidiy fikrlash, chuqur tahlil, strategik rejalashtirishni siqib chiqaradi.
5. Doimiy onlaynlik rejimida siz osongina aqliy xatolar va chalkashliklarning qurboniga aylanasiz.
6. Doimiy onlaynlik surunkali ko‘p vazifalilikka olib boradi.
Bu esa aqliy unumdorlik, xotira, ijodkorlikni yomonlashtiradi va zo‘riqishni oshiradi.
7. Doimiy onlaynlik – uy, ko‘cha va ishdagi baxtsiz hodisalarning tez-tez kuzatiladigan sabablaridan.
Smartfonga qaragan vaqtda aqliy fikrni jamlash faqat bitta narsaga e’tibor qarata olgani uchun siz atrofga nisbatan kar va ko‘r bo‘lasiz.
8. Doimiy onlayn bo‘lish axborot ortib ketishiga olib keladi.
Miyangizda kiruvchi axborotni qayta ishlash va xotirada saqlash uchun kuch qolmaydi. Natijada yaxshilab o‘ylangan, optimal qarorlarni qabul qila olmaysiz va shaxsiy g‘oyalarni rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lmaysiz. Bularning bari axborot ortib ketgani borasidagi sub’yektiv hisni ham oshiradi.
9. Doimiy ulanganlik quvvatingizni yeb bitiradi.
Cheksiz mikroqarorlar ketma-ketligi (masalan, xabarni o‘chirish kerakmi yoki yo‘q, hozir javob berish kerakmi yoki keyinroq va h.k) quvvatingizni sarflaydi. Mazkur quvvat sarfi muhim qaror qabul qilish kerak bo‘lgan vaqtda sizni eng oddiy, chuqur o‘ylanmagan, impulsiv va nooptimal tanlovni amalga oshirishga majbur qiladi.
10. Doimiy ulanganlik sizni “foydali bekorchilik” davridan mahrum etadi.
Bunday davrlar miya uchun zarur. U yetishmaganida miyaga axborotni tartibga solish, xotirada saqlash, arxivga joylashtirish, axborotni nostandart tarzda kombinatsiyalash va shoshilmasdan ijodiy g‘oyalar ustida ishlash uchun hisoblash resurslari yetishmaydi.
Har bir bo‘sh daqiqani smartfonga bag‘ishlab, har qanday tanaffusni axborotni singdirishga sarflab, siz aqlliroq bo‘lib qolmaysiz.
11. Doimiy ulanganlik haqiqiy suhbatlar, munosabatlar, muhokama va uchrashuvlarga zarar keltiradi.
Bir tomondan, aql bovar qilmas axborot-kommunikatsiya texnologiyalari istalgan vaqtda va joyda xohlagan kishimiz bilan uchrashish imkonini beradi. Boshqa tomondan esa, doimiy onlaynlik real munosabat va muloqot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

12. Doimiy onlaynlik uchrashuvlar samaradorligiga putur yetkazadi.
“Ish kabineti” menejerlar cho‘ntagida bo‘lganida joriy ishlardan uzoqlashib, kompaniyaga qush balandligidan strategik jihatdan nazar solish mushkul. Natijada ular kompaniya oldidagi istiqbol yoki xatarlarni ko‘ra olmaydigan, nostandart, innovatsion yondashuvlarni topa olmaydigan va jipslashgan boshqaruv jamoasini tashkil etolmaydigan chigirtkalarga aylanib qolishadi.
Va nihoyat, navbat bo‘yicha oxirgi, biroq ahamiyatli bo‘lgan sabab:
13. Doimiy onlayn kishilar o‘z hayotini nazorat qilishdan mahrum bo‘ladi.
Smartfon yoki kompyuterdagi xabarnoma haqidagi signalni eshitgach, barcha ishlarini tashlab, virtual olamga singib ketadilar. Virtual olamga qachon kirishni o‘zlari emas, virtual olam hal qiladi. Ular diqqat-eʼtibori bo‘lingan, fikrlash tarzi sodda chigirtkalarga aylanib qolishadi. Ular real olamda hech qachon 100 foiz mavjud bo‘lishmaydi. Ular doimiy charchoq, surunkali zo‘riqish, unumdorlikning pastligi va yuzaki munosabatlardan aziyat chekishadi.
O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, doimiy onlaynlik samaradorlik belgisi emas. Smartfon, kompyuterdan foydalanganingizda ushbu sabablarni hisobga olasiz degan umiddamiz.
📝 Manba: @xabardoruz