This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat
Kompyuter bilan ishlash jarayonida toliqmasligimiz uchun foydali maslahatlar ulashuvchi qisqa videorolik.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

👍1
#ict_news #mulohaza_uchun
“Yandex” bilan suhbat: “O‘zbekistonda ulkan imkoniyatlar bor” 🇺🇿📈
Moskva shahrida “Yandex” kompaniyasi yaqinda YaC (Yet Another Conference) anjumanini o‘tkazdi. “Kelajak detallarda” deb nomlangan bu anjumanda Kun.uz nashri vakillari ham ishtirok etgan.
Tadbir doirasida kompaniyaning bosh shtab kvartirasidagi ekskursiya jarayonida “Yandex” O‘zbekiston direktori Yevgeniy Lukyanchikov bilan “Yandex”ning yurtimiz bilan bog‘liq rejalari bo‘yicha Kun.uz nashri jurnalisti Abror Zohidov suhbatlashgan.
👉🏻 Batafsil...

#telegram
Durov Telegram'ning bloklanishiga sabab bo‘lgan loyiha qachon ishga tushirilishini ma’lum qildi
Telegram asoschisi Pavel Durov investorlarga Telegram Open Network (TON) blokcheyn-platformasi sinov testlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligini ma’lum qildi. Loyiha shu yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ichki yozishmalarga ko‘ra, TON’ni sinab ko‘rish jarayoni shu yilning mart oyida boshlangan. Yangi tizim firibgarlik harakatlarida jarayonni bekor qilish, shuningdek, smart-kontakt va tranzaksiyalarni yagona tarmoq tugunlarida qayta ishlash testlaridan o‘tgan. Platforma yaratuvchilari dasturchilar uchun tranzaksiyalarni boshqarish uchun dasturiy til ishlab chiqqan. Uning nomi — Fift.
TON haqidagi ilk ma’lumotlar 2018 yilning boshida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Telegram ushbu loyiha uchun bir necha hafta ichida investorlardan 1.7 milliard dollar sarmoya yig‘a olgandi. 2018 yilning oktabrida platforma 70% ga tayyorligi aytilgan. Durov investorlarga uning platformasi tranzaksiyalarni Bitcoin va Ethereum’ga qaraganda bir necha marta tezroq qayta ishlashi, tezlik bo‘yicha Visa va Mastercard bilan bellashishini va’da qilgandi.
📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

Telegram animatsiyali stikerlarni yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi 💸
Tanlov sharti — 3 ta vektorli animatsiyali stikerlarni yaratish va 7 iyun soat 11:59 (Moskva vaqti bilan)'ga qadar talab etilgan manzilga yuborish.
Go‘liblar narxi 1,500 AQSh dollaridan boshlanuvchi sovg‘alarga ega bo‘lishadi. Eng yaxshi stikerlar mualliflari Telegram’ning doimiy rassomlari jamoasiga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.
Tanlov shartlari haqida batafsilroq @jobs_bot orqali Animated Stickers Competition bo‘limida tanishib chiqish mumkin.
Eslatib o‘lamiz, avvalroq Telegram Android’ning beta-versiyasida animatsiyali stikerlarni qo‘llab-quvvatlash paydo bo‘lgan.

#mulohaza_uchun
“Sen robot emassan!” O‘zbekistonlik yosh tadbirkor va blogerning yanada yoshroq avlodga maslahatlari ✍🏻
Tadbirkor va taniqli bloger Firuz Allayev 25-may — o‘quv yilining tugashi munosabati bilan maktab bitiruvchilariga o‘zining maslahatlarini berdi. U o‘z hayot yo‘lidan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
“Sen robot emassan!” O‘zbekistonlik yosh tadbirkor va blogerning yanada yoshroq avlodga maslahatlari ✍🏻
Tadbirkor va taniqli bloger Firuz Allayev 25-may — o‘quv yilining tugashi munosabati bilan maktab bitiruvchilariga o‘zining maslahatlarini berdi. U o‘z hayot yo‘lidan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi
Itaka shahri fuqarosi Shon Vrona klaviaturada matn terish bo‘yicha eng tezkor inson bo‘lib chiqdi. U bir daqiqa davomida 163 ta so‘zni terishni uddaladi, bunga qadar belgilangan rasmiy jahon rekordi esa daqiqasiga 158 ta so‘zni tashkil etgan.
📌 P.S. Barchaning bunga havasi kelishi aniq! Klaviaturadagi tezkorligingizni oshirib borishni istasangiz, ushbu maqolamizda keltirilgan dasturdan foydalanib borishni tavsiya etamiz.

#english #mulohaza_uchun #maslahat
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat 🇺🇸🇬🇧🤔
Ko‘pchilik ingliz tilini faqat grammatik qoidalar yodlash va mashqlar bajarish orqali o‘rganish mumkin deb o‘ylashadi. Bu to‘g‘ri gap, lekin bunga juda uzoooq vaqt, kuchli sabab va tog‘dek bardosh kerak bo‘ladi.
Hech o‘ylab, qiziqib internetdan qidirib ko‘rganmisiz, grammatikani osonroq o‘rganish yo‘llari bormikan? Umuman qoida yodlamasdan va hech qanday zerikarli mashqlarni yechmasdan o‘rganish yo‘li bo‘lsachi?
Biz axborot asrida yashayapmiz va hayot tarzimiz keskin shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. 5 yil oldin mashhur bo‘lgan telefonni hozir birov bir tiyinga olmaydi. 10 yil oldingi mashhur bo‘lgan avtomobillarni hozir odam haydashga uyaladi. 10 yil oldin internet deyarli hech kimda bo‘lmagan, hozir esa bobojon va buvijonlar ham Telegram’dan foydalanishadi.
Shunaqa katta o‘zgarishlar bo‘lib turgan bir paytda ta’lim sohasiga kelganda, ayniqsa til o‘rganishga kelganda hali ham eski hammom eski toz. Hammani hayolida ertayu kech so‘z yodlash va grammatik mashqlarni bajarish. Biror-bir inson (ayniqsa ingliz tilini sal pal biladiganlar) Google’ga kirib “The easiest way to learn English” yoki “How to learn English naturally?” yoki “How to learn English easily?” deb qidirib ko‘rmaydi va kim nima desa ishonib, “Rostdan ham til o‘rganish qiyindeee” deb o‘zini qiynab yuradi.
Aqlli insonlar “Don’t just buy my words! Do your due diligence!” deyishadi.
Ikkinchi tomon bilan kelishuvni boshlashdan oldin yaxshilab izlanish. Yuqoridagi jumlaning tarjimasi “Meni gaplarimga ishonib ketavermang! O‘zingiz yaxshilab izlanib ko‘ring! (gapni to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun)” Sizga ham xuddi shuni maslahat bergan bo‘lardim.
Birovni gapiga ishonishdan oldin o‘zingizga savol bering. Shu inson men xohlagandek, havas qilgandek gapira olyaptimi o‘zi ingliz tilida? Ingliz tilini qanday o‘rgangan, mustaqilmi yoki o‘quv kurslari yordamida? Mendan uyalgani uchun hech narsani berkitmayaptimi? Ba’zilar ingliz tilini yillab o‘rganib yurganidan uyalib “IELTS’dan 7.0 olibsiz, qancha muddatda oldingiz?” deb so‘rasangiz “2-3 oyda” deb javob beradi. Vaholanki u maktabda birinchi sinfdan repetitorga borib yurgan yoki maxsus maktabda o‘qigan bo‘ladi va buni sizga aytmaydi, chunki aytsa u qahramonlik darajasidan tushib qoladi.

⚠️ Due diligence - the research done before entering into an agreement with another party.
Ikkinchi tomon bilan kelishuvni boshlashdan oldin yaxshilab izlanish. Yuqoridagi jumlaning tarjimasi “Meni gaplarimga ishonib ketavermang! O‘zingiz yaxshilab izlanib ko‘ring! (gapni to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun)” Sizga ham xuddi shuni maslahat bergan bo‘lardim.
Birovni gapiga ishonishdan oldin o‘zingizga savol bering. Shu inson men xohlagandek, havas qilgandek gapira olyaptimi o‘zi ingliz tilida? Ingliz tilini qanday o‘rgangan, mustaqilmi yoki o‘quv kurslari yordamida? Mendan uyalgani uchun hech narsani berkitmayaptimi? Ba’zilar ingliz tilini yillab o‘rganib yurganidan uyalib “IELTS’dan 7.0 olibsiz, qancha muddatda oldingiz?” deb so‘rasangiz “2-3 oyda” deb javob beradi. Vaholanki u maktabda birinchi sinfdan repetitorga borib yurgan yoki maxsus maktabda o‘qigan bo‘ladi va buni sizga aytmaydi, chunki aytsa u qahramonlik darajasidan tushib qoladi.
Yana 2 ta so‘z o‘rganamiz.
1️⃣ Follower - birovni ketidan yosh boladek ishonib, ergashib ketadi.
2️⃣ Student - ilm izlaydi, ta’lim oladi va bilimni tahlil qiladi.
1️⃣ Follower birov maslahat berganda o‘ziga hech bir savol bermasdan “Shu gaplar haqiqatdan ham to‘g‘rimi yo hamma shu gapni to‘g‘ri degani uchun ishonib ketyapmanmi?” demaydi. Nega? Chunki bunga ortiqcha vaqt, energiya va sabr kerak bo‘ladi. Bunga vaqti yoq. Har kuni Instagram’da kamida 2 soat birovni rasmlarini tomosha qilishga vaqt topadi, lekin ilm izlashga kelganda vaqti yo‘q. Tekshir-tekshirdan ko‘ra birovni gapiga ishonib qo‘ygan osonroq. 3 oyda til o‘rgansa-yu IELTS topshirib chet elga keeetvorsa. Yana bir misol, bir necha yuz yil oldin Yer sayyorasini yapaloq, yassi va hattoki toshbaqani ustida turadi, deb hisoblashgan va Yerni dumaloq degan astronomlarni jinniga chiqarishgan followerlar.
2️⃣ Student har bir maslahatni sinchiklab tekshiradi. Haqiqatdan ham shu gap to‘g‘rimi yo yo‘qmi? Bu metodika rostdan ham ish beradimi, yo‘qmi? Hamma qilayotgan ish to‘g‘rimi? Shuni bilgisi keladi. U har bir insonni gapiga ishonavermaydi. Til sohasida kamida 10 yildan beri yurgan odamlarni gapiga quloq soladi. Shunda ham ularni gaplarini Google’dagi ekspertlarni gaplari bilan solishtiradi. Gaplar to‘g‘riligini bilganidan keyin uni o‘z tajribasidan o‘tkazgan insonlarni Google’dan topadi va ularni gaplarini o‘qiydi. Keyin sekin-astalik bilan o‘z tajribasidan o‘tkazadi. U followerga o‘xshab shoshma-shosharlik bilan ish qilmaydi, lekin hammaning gapini: grammatikani o‘rgan va qoidalarni yodla deganni ham, kitob o‘qi, hikoya tingla deganlarni ham eshitadi va o‘zi uchun xulosa chiqaradi.
📌 P.S. Bu nafaqat ingliz tili, balki barcha sohalarni o‘rganishga ham birday mos keladi. Xulosa chiqarish esa o‘zingizdan...
❓Are you a follower - 1️⃣ or a student - 2️⃣?
📝 Manba: @ingliztilia1

Uchinchi tashabbusning mohiyati nimada? (fotoreportaj) 3️⃣🖥🤔
Toshkent viloyatida uchta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.
1 iyun kuni davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 ta tashabbus doirasida Bo‘ka tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilgan edi. 2 iyun kuni ushbu tashabbus davom ettirilib, birdaniga Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq, Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlarida ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

🔄 Telegram Desktop 1.7.2 versiyasidagi yangilanishlar:
🔹Maxfiylik sozlamalarida o‘z telefon raqamingizni kimlar ko‘rishi mumkinligini tanlashingiz mumkin;
🔸Har qanday maxfiylik sozlamalari uchun guruhli chatlarni “Всегда показывать/скрывать” istisnolariga qo‘shish mumkin. Agar foydalanuvchi Siz tanlagan guruhga qo‘shilsa yoki uni tark etsa, uning huquqlari yangilanadi;
🔹Siz o‘z kanalingizga bahs-munozaralar uchun guruhni biriktirishingiz mumkin va unda “Обсудить” tugmasi paydo bo‘ladi;
🔸Botlarni oson va qulay tarzda veb-saytlarga integratsiya qilish mumkin. Bunga misol esa mana bu yerda: t.me/DiscussThis/2;
🔹MacBook Pro’dagi sensorli panelni endi audiopleyerni boshqarish va qotirilgan chatlar o‘rtasida o‘tish uchun ishlatish mumkin.

#ict_news
TATU talabalari “Youth mobile” tanlovida g‘olib bo‘lishdi 🥇💸
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida mobil ilovalar yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan “Youth Mobile” tanlovida TATU talabalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Universitetning Kompyuter injiniringi fakulteti 2-kurs talabasi Sayyora Rahimova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 12.500.000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu fakultetning “Informatika asoslari” kafedrasi yosh o‘qituvchisi Zarnigor Fayzullayeva tanlovda 2-o‘rin egallab, 4.000.000 so‘m mukofoti bilan taqdirlandi.
Tanlov 2018 yilning noyabrida boshlanib, finalda talabalarning 10 ta ishlanmasi namoyish etildi. G‘olib talabalarning mobil ilovalari Google Play va AppStore onlayn-do‘konlarlariga joylashtiriladi.
📝 Manba: @eduuz

Otangni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni... 👨👩👧👦🤔
Mehmondorchilikda qiziq holatning ustida chiqib qoldim. Bir gala erkaklar 4-5 yoshli bolakayga shunday savol bilan murojaat qilishayotgandi: “Qani, toy bola, aytchi, dadangni o‘g‘limisan yoki oyingni?”
Bolakay ikkilandi. Unga oilasida bunday gaplar gapirilmaydi shekilli boyadan beri hammaning savoliga biyrongina javob berayotgan bola bu savol oldida tek qotdi. Hammaga bir-bir javdiradi, boshini egib barmoqlarini o‘ynay boshladi.
Qo‘shni xonada esa xotin-xalaj, bolalar... Erkaklardan yana biri ayollar o‘tirgan xonadan o‘g‘lini chaqirdi: “Aziz, beri kel-chi”. Ikki-uch yoshlar atrofidagi bolakay chopqillab chiqdi. “Beri kel o‘g‘lim, mana bu yerda o‘tirgan amakilaringga kimligingni ko‘rsatib qo‘ychi? Meni yaxshi ko‘rasanmi, oyingnimi?”, — dedi o‘g‘lini quchib.
Bolakay qo‘shni xonaga ko‘z qirini tashladi. Ishshaygancha otasiga qaradi, otasi ham o‘g‘lining bu harakatini tushundi shekilli cho‘ntagidan pul olib uzatdi. Bolakay pulni olib otasini achomladi: “Sizzi o‘g‘liyiz bo‘laman”. “Ha barakalla, endi mana shu yerda o‘tirgan amakilaringni bir so‘kib qo‘y”. Bolakay chuchuk tilda “boplab” so‘kdi. O‘tirgan erkaklar tizzasiga shapatilab kuldi...
Bu manzara deyarli barchamizga tanish. Qolaversa, oddiy holdek qabul qilamiz. Bolaligingizda sizga kattalar “kimni ko‘proq yaxshi ko‘rasan, oyingnimi yoki dadangnimi”, degan savolni berishgan. Siz ham ota-ona bo‘lgach, o‘z navbatida, farzandlaringizga “otangni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni”, degan savolni berayotgandirsiz. Va buning hech ham yomon tomoni yo‘q, deb o‘ylaysiz, to‘g‘rimi? Ammo u erkaklarga beriladigan an’anaviy “xotiningni yaxshi ko‘rasanmi yoki onangni”, degan ahmoqona savolga o‘xshaydi. Bolangiz goh mehmonlar oldida, goh oila davrasida bu savolga nima deb javob berishni bilmay ikkilanadi. Rostda, otasini yaxshi ko‘raman desa, onasi xafa bo‘ladi, onasini yaxshi ko‘raman desa, otasi xafa bo‘ladi. Kattalar esa o‘z bilganidan qolmaydi. Endi ular bolani aldashga, majburlashga, qo‘pol qilib aytadigan bo‘lsak, sotib olishga o‘tishadi. “Aytchi qizim, mening qizim bo‘lasanmi yoki oyingning”, “Agar mening o‘g‘lim bo‘lsang zo‘r mashina olib beraman”, “Agar dadangni desang bog‘chadan qaytishda senga hech narsa yo‘q”. Bola yana ikkilanadi. Axiyri bola-da, u qaysi tomon yaxshiroq narsa taklif qilsa o‘sha tomonga og‘a boshlaydi. Ammo siz o‘zingiz bilmagan holda bolangizning tamagirlik sari birinchi qadam tashlashiga tamal toshini qo‘yib bo‘ldingiz.
Yuqoridagi erkaklarga ko‘ndalang qo‘yilgan savolning (javobini emas) mag‘zini chaqishga urinib ko‘raylikda. “Onang yaxshimi yoki xotining”, “Yo xotiningni de, yo meni”, “Yo shu uyda onangiz yashasin, yo men”... bu savol, bu tanlov oldida boshingiz qotadi. Ana, nari borsa farzandlik burchingiz ustunlik qilib xotiningizdan kechib qo‘yaqolasiz. Siz nega ikkilandingiz? Chunki berilgan savol noo‘rin, ahmoqona. Sabab ona bilan xotinni tenglashtirib yoki taqqoslab bo‘lmaydi. Axir, onalarimiz biz uchun dunyoda eng buyuk zot, ayolingizchi.., ayolingiz ham ona-da — bolalaringiz uchun... Onangiz siz uchun bebaho, muqaddas bo‘lganidek, xotiningiz ham farzandlaringiz uchun ona sifatida yagona, bebaho... Shunday ekan, nega endi farzandlaringizga otang yaxshimi, onang yaxshimi, degan savolni berishingiz kerak? Otaning o‘rnini ona bosmaganidek, onaning o‘rnini ham ota bosolmaydi. Yana shunday buva, buvilar bor. Nevaralarini jon-jahdi bilan yaxshi ko‘radi, shuning uchunmi ularni ota-onalaridan ham qizg‘anishadi. Bir kuni qo‘shni onaxon suhbatdoshlariga “Sevara nevaram mensiz ovqat ham yemaydi, oyimning qizi bo‘lmayman, deyapti”, deya maqtanayotganini eshitib qoldim. Beixtiyor buvi va nevara o‘rtasidagi mehrga havasingiz keladi. Lekin buvi o‘zi bilmagan holda murg‘ak go‘dakni o‘z onasidan ozrooooq uzoqlashtirib qo‘ymayaptimi?

Feruza Otamurodova, psixolog:
— Donishmandlardan Falesning shunday gapi bor: “Siz bolalaringiz bilan qanday munosabatda bo‘lsangiz, bolalaringiz ham bolalariga shunday munosabatda bo‘ladi”. Demak, farzandlarimiz kelajakda bizni ardoqlashlari uchun o‘zimiz ota-onalarimizga mehrli bo‘lib, ularga ibrat bo‘lishimiz kerak. Bolalarimizga yoshligidanoq otaga, onaga, buvaga, buviga, opa-singilga, aka-ukalarga birdek mehr berishlarini singdirishimiz lozim. Buning uchun esa oilada ota-onani bir-biri bilan taqqoslamasligimiz shart. “Otang yaxshimi”, “kimning o‘g‘li yoki qizi bo‘lasan” degan savolning o‘ziyoq bola ongida kattalarga nisbatan notenglik munosabatini shakllantiradi. Masalan, ba’zida farzandlarimiz oldida “Otang menga nima qip qo‘yipti” yoki “Onangni qo‘lidan hech ish kelmaydi”, degan koyishlarni eshitamiz. Axir, bu ham bola oldida ota yoki onaning obro‘sini to‘kish bilan barobar. Unutmang, mashhur pedagog Makarenko aytganidek: “Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rgatayotgan yoki unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deb o‘ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdekkina o‘zgarishni ham bola sezib yoki his qilib turadi. Fikringizdagi ozgina burilish ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o‘zingiz ham sezmay qolasiz...”
...Mehmondorchilik tugay deganda yana amakilardan biri qo‘lini chambarak qilgancha mashina haydayotgan bolakayning oldini to‘sdi: “Kimning o‘g‘li bo‘lishingni aytmading-a”, dedi u bolaning qo‘llaridan ushlab. Bolakay boshini ko‘tardi. O‘zining noo‘rin savoli bilan g‘ashiga tegib, o‘yiniga xalaqit berayotgan yopishqoq amakiga norozi boqdi. Onasi o‘tirgan xonaga nazar tashladi, keyin sal nariroqda o‘tirgan otasiga yuzlandi. Bolalarcha beg‘uborlik bilan, qulochini keng yoygancha: “Menga boshqa savol beravermanglar, o‘yinimga xalaqit beryapsizlar. Hammangizni birdek yaxshi ko‘raman, bo‘ldimi” degancha qiy-chuv qilayotgan bolalar oldiga yugurib ketdi.
📝 Barno Sultonova @xabaruzofficial

#iOS #android #maslahat
Owy – sizga qarzdorlarni eslatuvchi ilova!
Tinib-tinchimagan dasturchilar antiqa ilovani ishlab chiqishdi – u kimga qarz berganingizni eslatib turadi. Nima ham derdik, bu tezkor zamonda shu ham bir zarurat...
Uning ishlashi ham oddiygina: kimgadir qarzga pul bersangiz, yo biror buyumingizni berib tursangiz, o‘sha zahotiyoq Owy ilovasida bu haqda kartochka ochasiz. Uning sarlavhasini kiritasiz, qarzdorning kontakt ma’lumotlarini va qachon berganingizni yozib qo‘yasiz.
Bir hafta o‘tib, Owy sizga eslatma yuboradi – unda o‘sha buyum yoki pulingizni o‘z vaqtida olishni unutmasligingiz tavsiya etiladi. Shu eslatmani u qarzdor tomonga ham – smartfoniga o‘rnatilgan istalgan messenjer yoki pochta dasturiga jo‘natadi. Qarabsizki, “Esimdan chiqib qolibdi, o‘rtoq…” yoki “Yo‘g‘e, qachon olgandim o‘zi?” kabi bahonalarga asos qolmaydi.
Yaxshi tomoni shundaki, Owy – bepul ilova bo‘lib, unga istalgan miqdordagi eslatma kartochkalarini kiritsa bo‘ladi. Asosiysi – birovga biror nimani qarzga berayotib, ilovada shuni qayd etib qo‘yishni unutmasangiz bas.
Ilova iOS hamda Android tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan, ammo hozircha unda rus tili yo‘q.
📝 DiMaX @terabaytuz

Yaqinlaringizni qiling ziyorat,
O‘qigan namozingiz bo‘lsin ijobat!
Eng yaxshi ishingiz bo‘lsin ibodat
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak!
Dunyo muhabbatin o‘zga joylagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak.
Hurmat va ehtirom ila,
©IT specialist kanali ma’muriyati
O‘qigan namozingiz bo‘lsin ijobat!
Eng yaxshi ishingiz bo‘lsin ibodat
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak!
Dunyo muhabbatin o‘zga joylagan,
Oyning yuzin yopar ehtimol etak.
Rasululloh sevib bayram aylagan,
Hayit ayyomingiz bo‘lsin muborak.
Hurmat va ehtirom ila,
©IT specialist kanali ma’muriyati
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun
Mana endi men buning kibersport ekanligiga guvoh bo‘lib turibman.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Mana endi men buning kibersport ekanligiga guvoh bo‘lib turibman.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram
2019 yilning 1 sentabr sanasidan boshlab Telegram Windows XP, Windows Vista va OS X 10.6-10.9 operatsion tizimlari uchun Desktop ilovasini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi.
📝 Manba: @vamtlgrm

#ict_news #internet
“O‘ztelekom” direktori internet tezligi bo‘yicha yana tushuntirish berishga majbur bo‘ldi 🌐📈🤔
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining tijoriy direktori Alisher Zufarov jurnalistlar bilan “Telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida muloqot qildi.
Tadbirda Minbar muxbiri “O‘zbekistonda internet tezligi qachon haqiqatan ham 10 barobar oshiriladi?” degan savolni berdi.
““O‘zbektelekom” AK tomonidan Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va shu tariqa XPKM komplekslarining umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 barobar oshdi: o‘zgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sdi. Bu O‘zbekistonda internet tezligi 10 marta yaxshilandi degani. Endi esa kabellar va boshqa internet qurilmalarini yangilash, ana shu tezlikka moslash kerak”, – deb javob berdi Zufarov.
Uning aytishicha, hozirgi vaqtga qadar 4 ming km.dan ortiq mis kabellar yangilangan, XDSL texnologiyasi yordamida xizmatlar sifati yaxshilangan. Joriy yilning birinchi choragida 2408 ta ko‘p qavatli uy, 1108 ta maktab zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, “O‘zbektelekom” AK va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Lekin ijtimoiy tarmoqlarda internet tezlashganini nima uchun sezmayapmiz qabilidagi gaplarni ko‘p uchratamiz. “O‘zbektelekom” matbuot kotibi Aleksandr Suchkovning aytishicha, ularning uylariga, ofislariga o‘rnatilgan qurilma bu tezlikka javob bermaydi.
“Tasavvur qiling, sizga trassada soatiga 200 km. tezlik bilan harakatlanish ruxsat etilgan bo‘lsa-yu, transportingiz bu tezlikka moslashmagan bo‘lsa, yaratilgan imkoniyat befoyda. Avval qurilmani almashtirish kerak”, – degan Suchkov.
📝 Manba: @rasmiyminbar

#bilasizmi #smartfon #hardware
📱💻 Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi? 🔋🔌
Batareya quvvatisiz kuchli noutbuk yoki smartfonimiz shunchaki bir uyum temir-tersakka aylanib qoladi. “Quvvat toshi”ning ham xizmat qilish muddati chegaralangan bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan ular quvvatdan tez qoladigan, quvvat olish uchun ko‘proq vaqtni talab qiladigan bo‘lib qoladi.
Akkumulyatorning xizmat ko‘rsatish vaqtini imkon qadar uzaytirish uchun qurilmadan o‘rinli foydalanish hamda uni to‘g‘ri quvvatlash kerak bo‘ladi. Aniqrog‘i qurilmani to‘g‘ri quvvatlash hamda akkumulyatorga qaratilgan e’tibor. Quyida bu haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Litiy-ionli batareyalar to‘g‘risida nima bilasiz?
Zamonaviy smartfon, planshet, noutbuk va boshqa gadjetlarga o‘rnatiladigan akkumulyatorlar litiy-ionli texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ularda ionli litiy kimyoviy elementidan foydalaniladi.
Akkumulyator quvvat olganida zaryadlangan musbat ionli litiy elementi katod deb nomlangan elektroddan anod nomli boshqa elektrodga batareya elementidagi elektrolit eritmasi orqali o‘tadi. Bu esa zid tarzda elektronlarni anodga jam bo‘lishini ta’minlaydi. Akkumulyator quvvat olayotganida bu holatning teskarisi sodir bo‘ladi. Elektronlar esa akkumulyator ulangan qurilma faoliyati uchun zarur elektr quvvatiga aylanadi.
So‘nggi yillarda olimlar litiy-ionli batareyalarning uzog‘roq xizmat ko‘rsatishini, tezroq quvvat olishi hamda samarali ishlashini ta’minlash uchun zarur yangi kimyoviy eritma formulasini topishga urinib kelishmoqda. Shunga qaramasdan, litiy-ionli batareyalarning imkoniyatlari hozircha chegaralangan.
Akkumulyator tarkibidagi anod hamda katod elementlari o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya uning sozligi uchun ayni muddao. Xususan, undagi izolyatsion atomlarning yupqa qatlami elektrodlarning samarali ishlashiga xizmat qiladi. Aksariyat akkumulyatorlar 2 yoki 3 yil xizmat qiladi. Shuning uchun devays eskirgani sayin uning bir martalik quvvat bilan ishlash vaqti kamayib ketadi. Bu esa "quvvat toshi"ni almashtirish kerak degani.
Quvvat va quvvatlash
Xo‘sh, litiy-ionli batareya uzog‘roq ishlashi uchun nima qilish kerak? Ehtimol, yangi qurilma (smartfon, noutbuk) xarid qilganda uni avval quvvatga to‘ldirib, so‘ng bu quvvatni oxirigacha ishlatish kerakligi haqida. Biroq bugungi akkumulyatorlar uchun bunday qoidaning keragi yo‘q. Eng muhimi, telefon yoki noutbukdan foydalanish chog‘ida uni qanday quvvatlash bilan bog‘liq odatlaringiz.
Muhim qoida!
Akkumulyator quvvatini oxirigacha to‘ldirib, so‘ng uni oxirigacha quvvatsizlantirish yaramaydi. Akkumulyatorni tez-tez quvvatlab turish kerak. Sababi bunday holatda akkumulyator zo‘riqmasdan ishlaydi. Akkumulyator quvvati tugay deganida uni 50 foizgacha to‘ldirish kerak. Shu bilan birga, har doim ham quvvatni 100 foizga to‘ldirmang.
Agar akkumulyator quvvatga hadeb 100 foizga to‘ldiriladigan bo‘lsa, unda gadjetni o‘chirib qo‘yishga odatlaning. Bu xavfsizlik uchun emas: litiy-ionli akkumulyatorlar yonib ketadigan bo‘lsa, maxsus sirt vaziyatning jiddiy tus olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq quvvatni hadeb 100 foizga to‘ldirishning boshqa bir muammosi bor -- bu orqali akkumulyator keragidan tez ishdan chiqadi. Ya’ni, davriy hayoti shuncha tez tugaydi.
Tez-tez quvvatlab, akkumulyator quvvatini tez tugatish orqali uning xizmat ko‘rsatish vaqtini uzaytirishning ham qoidasi bor. Oyida bir marta batareya quvvatini 5 foizgacha tushirib ishlating. Bunday mexanizm noutbuk yoki smartfonga uning uzoq ishlashiga xizmat qiladi. Samsung esa akkumulyator quvvatini 20 foizdan tushirmaslikni maslahat beradi.
Umumiy tavsiyalar
Unutmaslik kerakki, litiy-ionli batareyalar ekstremal haroratni xush ko‘rmaydi. Shu bois ham telefon yoki noutbukni isib ketgan avtomobil yoki juda sovuq xonada qoldirmaslik kerak. Bu holat ham akkumulyatorning tez ishdan chiqishiga olib keladi.
Shuningdek, quvvatlash vaqtida ham smartfonning haddan tashqari qizib ketishiga ko‘z-quloq bo‘lish zarur. Bunday vaziyatda xizmat ko‘rsatish markazi ekspertlari bilan maslahatlashing.

Shu bilan birga, ekspertlar qurilmani ishlab chiqaruvchining o‘ziga tegishli maxsus vosita bilan quvvatlashni maslahat berishadi. Bu esa quvvatlash vaqtida tok o‘tkazishi turlicha bo‘lgan vositalardan akkumulyatorni himoya qilish uchun ayni muddao.
Agar siz noutbuk yoki smartfonni uzoq vaqt mobaynida asrab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, siz gadjet quvvatini 50 foizga to‘ldirib qo‘yishingiz kerak. Apple hamda boshqa ishlab chiqaruvchilar shunday maslahat berishadi. Shu bilan birga, devaysni harorat o‘rtacha muhitda saqlang.
Har bir devaysning qo‘llanmasida uni quvvatlash bo‘yicha ham tavsiyalar bo‘ladi. Shuning uchun, qo‘llanmani diqqat bilan o‘qing. Bularga amal qilsangiz, sizning telefon yoki noutbukingizdagi akkumulyator keragicha ishlab beradi.
📝 Shuhrat Sattorov @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Agar siz noutbuk yoki smartfonni uzoq vaqt mobaynida asrab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, siz gadjet quvvatini 50 foizga to‘ldirib qo‘yishingiz kerak. Apple hamda boshqa ishlab chiqaruvchilar shunday maslahat berishadi. Shu bilan birga, devaysni harorat o‘rtacha muhitda saqlang.
Har bir devaysning qo‘llanmasida uni quvvatlash bo‘yicha ham tavsiyalar bo‘ladi. Shuning uchun, qo‘llanmani diqqat bilan o‘qing. Bularga amal qilsangiz, sizning telefon yoki noutbukingizdagi akkumulyator keragicha ishlab beradi.
📝 Shuhrat Sattorov @terabaytuz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍2❤1
#bilasizmi
Bizga makkajo‘xori nomi bilan ma’lum bo‘lgan o‘simlikni butun dunyoda “mais” deya nomlashlarini bilarmidingiz?