IT specialist
11.3K subscribers
1.11K photos
476 videos
64 files
3.76K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#ict_news

🇺🇸🚫🇨🇳 Google korporatsiyasi Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Xitoy kompaniyasi qurilmalarini nima kutmoqda? 🤔

Google korporatsiyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bunga AQSh hukumatining Xitoy gigantini qora ro‘yxatga kiritish haqidagi qarori sabab bo‘ldi.

Nima bo‘ldi?

16 may kuni AQSh savdo vazirligi Xitoyning Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi va u bilan aloqador yuridik shaxslarni qora ro‘yxatga kiritishga qaror qildi. Qaror 17 maydan kuchga kirdi.

Shundan so‘ng Google korporatsiyasi Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Keyinroq Bloomberg agentligi Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom kompaniyalari ham Huawei kompaniyasiga o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni to‘xtatganini ma'lum qildi.

Huawei’ni nima kutmoqda?

O‘zaro hamkorlikning to‘xtatilishi Huawei erkin olish mumkin bo‘lgan mahsulotlardan tashqari, Google’ning barcha texnologiyalari va dasturiy ta'minotidan mahrum bo‘lishini anglatadi.

Masalan, Huawei Android tizimi yangilanishlaridan mosuvo bo‘ladi.

Bundan tashqari, Xitoy kompaniyasi Google dasturlarini, masalan, Google Play va Gmail elektron pochtasini o‘rnata olmaydi.

Huawei qurilmalari egalari nima qiladi?

Google’ning bildirishicha, allaqachon Huawei qurilmalariga ega bo‘lgan foydalanuvchilarda Google Play va Google Play Protect ilovalari ishlashda davom etishini bildirdi.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegramda_kanal_yuritish

💡 Murojaatlar bilan ishlash uchun maxsus botdan foydalanish (Livegram Bot)

Kanalni yaratgan mahalingizda, kanal foydalanuvchilari bilan bog‘lanish maqsadida maxsus bot yaratib, sozlab olishni tavsiya etamiz. Shunda kanallaringiz va guruhlaringizni kuzatuvchilar hattoki muloqot uchun cheklov olgan bo‘lishsa ham (SPAM uchun jazolangan), sizga yoza olishlari mumkin bo‘ladi. Bu shuningdek sizga inkognito (kanal foydalanuvchilaridan panada) bo‘lishda yordam beradi.

Masalan, bizning kanalimizga qidiruv satriga @itspecuz manzilini kiritgan holda o‘tiladi va kanal ma’muriga @itspecuz_comment_bot orqali murojaat etiladi.

Kanal uchun bot manzilini imkon qadar tezroq o‘zlashtirib olganingiz ma’qul, chunki manzillarni o‘zlashtirib, keyin pulga sotishga qiziquvchilar talaygina topiladi...

Murojaatlar uchun bot qanday yaratiladi?

@LivegramBot (Livegram Bot) konstruktori yordamida murojaatlar uchun botni qanday yaratishni kanalimizda joylashtirilgan maxsus post orqali bilib olishingiz mumkin. Ushbu postimizga faqatgina shuni qo‘shimcha qilamizki, botga kelgan xabarga javob qaytarishingiz uchun murojaatchini tanlab, unga “Ответить” (Reply) amalini qo‘llashingiz lozim, aks holda xabaringiz kimga yuborilishini bilmay o‘zingizga qaytib keladi (Aksariyat mushtariylarimizdan shu savol kelib tushadi).

Ushbu postimizda yuqorida keltirilgan postda uchratmaydiganingiz, ya’ni botni (lozim bo‘lgan taqdirda) maxsus chatingizga qo‘shib qo‘yish imkoniyati haqida so‘z yuritiladi.

Murojaatlar uchun botni maxsus chatingizga qo‘shish bor yo‘g‘i bir daqiqa vaqtingizni oladi va sizga ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi!

Botni chatga ulaganingizdan so‘ng, har bir foydalanuvchidan yuboriladigan xabar sizning chatingizga kelib tushadi. Foydalanuvchilar bilan olib borgan muloqotingiz tarixi sizda doimiy tarzda saqlanib boradi.

Foydalanuvchilar chatga qo‘shilmaydi - barcha javoblarni bot orqali olishadi. Ushbu chat faqat sizda namoyon bo‘ladi.

Chatga foydalanuvchilar tomonidan kelib tushadigan xabarlarga javob qaytarish maqsadida menejerlarni qo‘shishingiz mumkin. Barcha muloqotlarni ko‘rib turgan holda yordamchilaringizning ishini nazorat qilib borishingiz mumkin. Garchi menejerlardan birortasi ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, olib borgan muloqotlarini o‘chirishga urinib ko‘rsa ham - ular sizda o‘chmaydi.

Murojaatlar uchun botni qanday qilib chatga qo‘shish mumkin?

1️⃣. Privativ (xususiy) guruhni yaratasiz - siz unda yagona admin bo‘lishingiz lozim.

2️⃣. Unga oddiy foydalanuvchi sifatida murojaatlar uchun botni qo‘shasiz. @LivegramBot botlar konstruktori orqali sizning botingiz chatga ulanganligi haqida bildirishnoma olasiz.

3️⃣. Lozim bo‘lgan taqdirda o‘z yordamchilaringizni ham chatga oddiy foydalanuvchi sifatida qo‘shasiz.

MUHIM, foydalanuvchilarga javob yozish uchun shunchaki chatga yozmaysiz, balki har doim buni ОТВЕТИТЬ (REPLY) orqali amalga oshirasiz. Bu orqali botga xabaringizni aynan qaysi murojaatchiga yuborayotganingizni bildirasiz. Yordamchilaringiz siz bilan yoki o‘zaro maslahatlashish maqsadida guruh orqali shunchaki yozishishlari mumkin, bu kanal mushtariylariga yuborilmaydi.

Allaqachon yuborilgan xabaringizda imloviy xatolik mavjudligini aniqlagan taqdiringizda uni chatda tuzatishingiz (ИЗМЕНИТЬ (EDIT)) mumkin - bot foydalanuvchi tomonida buni o‘zi to‘g‘irlaydi. Agar shunchaki o‘chirsangiz - foydalanuvchi tomonida u o‘chmaydi, shuning uchun xabarlarni o‘chirishga urinmasdan, matn terishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni to‘g‘irlashni maslahat beramiz.

Foydalanuvchilarga chat orqali javob berganingizda siz yuqorida aytib o‘tilganidek - inkognito bo‘lib qolasiz, javoblarni ular botingiz orqali qabul qilishadi.

P.S. Barchasi bajarilganidan so‘ng, sizda Telegram’da foydalanuvchilarni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlash xizmati yaratilgan va sozlangan bo‘ladi. Kanal va guruhlaringizning izohida bog‘lanish uchun ma’lumot (qo‘llab-quvvatlash xizmati botining manzili)ni qo‘shib qo‘ysangiz bo‘ldi.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#smartfon #maslahat

Yotoqxonada gadjetlardan foydalanmang

Oramizda ko‘pchiligimiz uyquga ketishdan oldin smartfon ekraniga termulib yotishni xush ko‘ramiz, lekin bu juda yomon odat sanaladi.

🔸Kun kechga qarab borgani sayin miya melatonin moddasini hosil qila boshlaydi va u tez orada uyquga ketishimizda yordam beradi.
🔸Biroq Milliy uyqu fondi va Mayyo klinikasi bergan ma’lumotlar ko‘ra, smartfonlar, planshetlar va noutbuklar ekranlaridan taraladigan ko‘k nurlanish ushbu jarayonni sekinlashtiradi.
🔸Shuningdek u miyani “yoqiq” holatda qolishiga olib keluvchi kortizol moddasining ishlab chiqarilishiga olib keladi.

Natijada siz borgan sari uyquning chala bo‘layotganidan shikoyat qilasiz, uyqu vaqtida amalga oshuvchi sinaptik yangilanish jarayoni buziladi, ongingizning o‘tkirligi pasayadi.

📍Bundan saqlanish esa oson – shunchaki to‘shakda gadjetlardan foydalanmang.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Dunyodagi birinchi dasturchi ingliz ayol Ada Lavleys bo‘lgan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim

Windows 10’da kompyuterni avtomatik tozalanib turadigan qilamiz! 🧹

Kompyuterda ko‘pincha ortiqcha fayllar, tizimning turli qismlari yoki dasturlar paydo qilgan “chiqindi” to‘planib qoladi. Qattiq disklarni ulardan tozalab olish uchun maxsus dasturlar bor, ammo ularsiz ham ortiqcha “yuk”dan xalos bo‘lishning osongina yo‘li mavjud.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #telegram

📌 Telegram’da endi xabarlarni ostidagi tugmalari bilan birgalikda yuborish mumkin.

Shuni unutmaslik lozimki, bu faqatgina havola biriktirilgan tugmalarga tegishli. Reaksiya (emodzi)lar bilan keltirilgan tugmalar avvalgidek repost vaqtida tushib qoladi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Bir ayol 20 dinor pulini yo‘qotib qo‘yib, ko‘chaga quyidagicha e’lon ilib qo‘ydi:

“Men 20 dinor pulimni yo‘qotib qo‘ydim. Kim uni topib olsa, falon manzildagi falon xonadonga qaytarsin, chunki maoshim oz bo‘lgani uchun pulga juda muhtojman. Hozir yeyishga nonim ham yo‘q”.

Bir kishi “Men o‘sha pulni topib oldim” deb, hamyonidan 20 dinor pulni chiqarib, o‘sha xotin yashaydigan manzilga bordi.

Pulni olgan xotin yig‘lab yuborib, “O‘g‘lim, sen o‘sha pulni topib oldim deb kelgan o‘n ikkinchi kishisan”, dedi.

Pulni olib kelgan odam bir tabassum qildi-da, lift tomon yurdi.

Shu payt haligi xotin yig‘idan to‘xtab, shunday dedi: “Bolam! Sen borib o‘sha e’lonni yirtib tashla. Uni men yozmaganman, o‘zi yozishni bilmayman ham. Shuncha odamning menga qilgan g‘amxo‘rligidan hayotga yana umidim uyg‘ondi, dunyo ko‘zimga go‘zal ko‘rinib ketyapti”.

Azizlar, o‘zingiz ne’matga g‘arq bo‘lgan holda muhtojlarni tashlab qo‘ymang. Sadaqa ulashing, chunki kafanning cho‘ntagi yo‘q!

📝 Manba: @kayfiyatzur

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#security #mulohaza_uchun

Tizimga kirish (avtorizatsiya) jarayoniga nisbatan dizayner-animatorlar tomonidan kreativ yondashuv. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Dunyoning eng qimmat brendi ma'lum qilindi 🥇

Apple korporatsiyasi 226 mlrd dollar daromad oldi va Forbes jurnali tomonidan tuziladigan, dunyoning eng qimmat brendlari har yilgi reyting natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi. To‘liq ro‘yxat jurnal saytida e'lon qilingan.

2- va 3-o‘rinlarni 136 mlrd va 110 mlrd dollar daromad bilan Google va Microsoft egallagan. Shuningdek, yetakchi o‘nlikka Amazon, Facebook, Coca-cola, Samsung, Disney, Toyota va McDonald’s kompaniyalari kirgan.

Dunyo brendlari yetakchi yuztaligining umumiy qiymati o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga oshgan va 2,33 trillion dollarni tashkil qildi. Eng tez o‘sishni axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq brendlar ko‘rsatgan. Misol uchun, Amazon kompaniyasining narxi 37 foizga o‘sib, 97 mlrd dollarni tashkil etgan.

Keskin o‘sishni Netflix, Google va Adobe‘da ham ko‘rish mumkin – mos ravishda 34, 27 va 27 foizlik o‘sish.

Yetakchi yuztalikka AQShning 56 ta brendi kirgan. Bu borada 2-o‘rinni Germaniya 11 ta brend bilan, 3-o‘rinni Fransiya 7 ta kompaniya va 4-o‘rinni Yaponiya 6 ta kompaniya bilan egallagan.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim

Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish

Deyarli har bir zamonaviy operatsion tizim uchun fleshkada live-obraz yaratish mumkin – ya’ni butun tizim qariyb o‘rnatilgan holatda fleshkada saqlanadi va bunday fleshkani ShK’ga ulaganda, ushbu tizimni ishga tushirish va u bilan xuddi qattiq diskka o‘rnatilgani kabi ishlash mumkin.

📌 Obrazodatda diskning yozilish paytida fayllar va papkalarga nisbatan qanday xususiyatlar belgilangan bo‘lsa, xuddi shu xususiyatlarni saqlagan holda nusxasi yaratilgan fayldir. Obrazlar odatda o‘rnatiluvchi disklardan olinadi va turli hajmlarda bo‘ladi.

Kamchiliklaridan — birinchi marta ishga tushirilishi uzoqroq vaqt talab etadi, qulayroq foydalanish uchun esa 16Gb xotirali va o‘qish/yozish tezligi hech bo‘lmaganda 20-30 Mb/s darajasidagi USB 3.0 fleshkasi kerak bo‘ladi. Bu nima uchun kerak? Masalan, ish makonni qisqartirish maqsadida – o‘zingiz bilan noutbuk olib yurishning o‘rniga fleshka bilan cheklanish mumkin. Ushbu fleshka shuningdek qurilmaga o‘rnatilgan Windows’ni ishga tushirish imkoni bo‘lmagan holatlarda yordam berishi mumkin.

Live-obrazni yaratish uchun bizga har qanday Windows 10 obrazi va Rufus dasturi kerak bo‘ladi (rasmiy saytlaridan yuklab olish mumkin). Endi kompyuterga fleshkani ulaymiz, Rufusni ishga tushiramiz, NTFS fayl tizimini tanlaymiz, “Создать загрузочный диск” menyusidan ISO-obrazni tanlaymiz va sal pastroqda Windows To Go’ni tanlaymiz.

Bo‘ldi, endi Start tugmasini bosamiz va obraz fleshkaga nusxalanib tushguniga qadar kutamiz. Shuningdek unga kerakli dasturlarning portable-versiyalarini tashlab qo‘yish mumkin.

Rufus’ni yuklab olish: https://rufus.ie/

📝 Manba: @XAKEPCTBO_channel

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#word

Word’da abzatslar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu ba’zi bir birga keluvchi jumlalarning bir qismi ustki satrning oxiriga, boshqa qismi esa pastki satrning boshiga tushib qolishidir.

Bunda biz odatda ustki satrda qolib ketgan so‘zning boshiga kursorni o‘rnatib, Shift+Enter klavishlarini bosish orqali so‘zni pastki satrning boshiga tushiramiz.

Muammoni vaqtinchalik hal qildingiz ham deylik, lekin abzatsga yana matn qo‘shish yoki butunlay belgilagan holda shrift o‘lchamini o‘zgartirishga ehtiyoj paydo bo‘lib qolishi mumkinmi? 🤔 Bo‘lishi mumkin albatta! Bunda matnda qo‘llanilgan o‘sha Shift+Enter’larning sizga qanchalik xalaqit berayotganligini sezib qolasiz. 🤨

Yuqoridagi kabi muammoga ortiq duch kelmaslik uchun, Word dasturida matn bilan ishlayotganimizda bir foydali amalga odatlanishimiz, ya’ni oddiy probelning o‘rniga kerakli joylarda ajralmas probel belgisi - Ctrl+Shift+Backspace'dan foydalanishimiz lozim. Buni yaxshiroq tushunib olish maqsadida quyidagi videoni tomosha qilishni tavsiya etamiz. 👇🏻🎞

📌 Word dasturining barcha qaynoq klavishlari bilan esa ushbu maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin.

📝 Manba: @office_killer

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Golografik qo‘ng‘iroqlar, kelajak yaqin...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maslahat

Kompyuter bilan ishlash jarayonida toliqmasligimiz uchun foydali maslahatlar ulashuvchi qisqa videorolik.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

“Yandex” bilan suhbat: “O‘zbekistonda ulkan imkoniyatlar bor” 🇺🇿📈

Moskva shahrida “Yandex” kompaniyasi yaqinda YaC (Yet Another Conference) anjumanini o‘tkazdi. “Kelajak detallarda” deb nomlangan bu anjumanda Kun.uz nashri vakillari ham ishtirok etgan.

Tadbir doirasida kompaniyaning bosh shtab kvartirasidagi ekskursiya jarayonida “Yandex” O‘zbekiston direktori Yevgeniy Lukyanchikov bilan “Yandex”ning yurtimiz bilan bog‘liq rejalari bo‘yicha Kun.uz nashri jurnalisti Abror Zohidov suhbatlashgan.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

Durov Telegram'ning bloklanishiga sabab bo‘lgan loyiha qachon ishga tushirilishini ma’lum qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov investorlarga Telegram Open Network (TON) blokcheyn-platformasi sinov testlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligini ma’lum qildi. Loyiha shu yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ichki yozishmalarga ko‘ra, TON’ni sinab ko‘rish jarayoni shu yilning mart oyida boshlangan. Yangi tizim firibgarlik harakatlarida jarayonni bekor qilish, shuningdek, smart-kontakt va tranzaksiyalarni yagona tarmoq tugunlarida qayta ishlash testlaridan o‘tgan. Platforma yaratuvchilari dasturchilar uchun tranzaksiyalarni boshqarish uchun dasturiy til ishlab chiqqan. Uning nomi — Fift.

TON haqidagi ilk ma’lumotlar 2018 yilning boshida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Telegram ushbu loyiha uchun bir necha hafta ichida investorlardan 1.7 milliard dollar sarmoya yig‘a olgandi. 2018 yilning oktabrida platforma 70% ga tayyorligi aytilgan. Durov investorlarga uning platformasi tranzaksiyalarni Bitcoin va Ethereum’ga qaraganda bir necha marta tezroq qayta ishlashi, tezlik bo‘yicha Visa va Mastercard bilan bellashishini va’da qilgandi.

📝 Javohirbek Abdullayev @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

Telegram animatsiyali stikerlarni yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi 💸

Tanlov sharti — 3 ta vektorli animatsiyali stikerlarni yaratish va 7 iyun soat 11:59 (Moskva vaqti bilan)'ga qadar talab etilgan manzilga yuborish.

Go‘liblar narxi 1,500 AQSh dollaridan boshlanuvchi sovg‘alarga ega bo‘lishadi. Eng yaxshi stikerlar mualliflari Telegram’ning doimiy rassomlari jamoasiga qo‘shilishlari mumkin bo‘ladi.

Tanlov shartlari haqida batafsilroq @jobs_bot orqali Animated Stickers Competition bo‘limida tanishib chiqish mumkin.

Eslatib o‘lamiz, avvalroq Telegram Android’ning beta-versiyasida animatsiyali stikerlarni qo‘llab-quvvatlash paydo bo‘lgan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

“Sen robot emassan!” O‘zbekistonlik yosh tadbirkor va blogerning yanada yoshroq avlodga maslahatlari ✍🏻

Tadbirkor va taniqli bloger Firuz Allayev 25-may — o‘quv yilining tugashi munosabati bilan maktab bitiruvchilariga o‘zining maslahatlarini berdi. U o‘z hayot yo‘lidan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Itaka shahri fuqarosi Shon Vrona klaviaturada matn terish bo‘yicha eng tezkor inson bo‘lib chiqdi. U bir daqiqa davomida 163 ta so‘zni terishni uddaladi, bunga qadar belgilangan rasmiy jahon rekordi esa daqiqasiga 158 ta so‘zni tashkil etgan.

📌 P.S. Barchaning bunga havasi kelishi aniq! Klaviaturadagi tezkorligingizni oshirib borishni istasangiz, ushbu maqolamizda keltirilgan dasturdan foydalanib borishni tavsiya etamiz.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#english #mulohaza_uchun #maslahat

Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat 🇺🇸🇬🇧🤔

Ko‘pchilik ingliz tilini faqat grammatik qoidalar yodlash va mashqlar bajarish orqali o‘rganish mumkin deb o‘ylashadi. Bu to‘g‘ri gap, lekin bunga juda uzoooq vaqt, kuchli sabab va tog‘dek bardosh kerak bo‘ladi.

Hech o‘ylab, qiziqib internetdan qidirib ko‘rganmisiz, grammatikani osonroq o‘rganish yo‘llari bormikan? Umuman qoida yodlamasdan va hech qanday zerikarli mashqlarni yechmasdan o‘rganish yo‘li bo‘lsachi?

Biz axborot asrida yashayapmiz va hayot tarzimiz keskin shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. 5 yil oldin mashhur bo‘lgan telefonni hozir birov bir tiyinga olmaydi. 10 yil oldingi mashhur bo‘lgan avtomobillarni hozir odam haydashga uyaladi. 10 yil oldin internet deyarli hech kimda bo‘lmagan, hozir esa bobojon va buvijonlar ham Telegram’dan foydalanishadi.

Shunaqa katta o‘zgarishlar bo‘lib turgan bir paytda ta’lim sohasiga kelganda, ayniqsa til o‘rganishga kelganda hali ham eski hammom eski toz. Hammani hayolida ertayu kech so‘z yodlash va grammatik mashqlarni bajarish. Biror-bir inson (ayniqsa ingliz tilini sal pal biladiganlar) Google’ga kirib “The easiest way to learn English” yoki “How to learn English naturally?” yoki “How to learn English easily?” deb qidirib ko‘rmaydi va kim nima desa ishonib, “Rostdan ham til o‘rganish qiyindeee” deb o‘zini qiynab yuradi.

Aqlli insonlar “Don’t just buy my words! Do your due diligence!” deyishadi.

⚠️
Due diligence - the research done before entering into an agreement with another party.

Ikkinchi tomon bilan kelishuvni boshlashdan oldin yaxshilab izlanish. Yuqoridagi jumlaning tarjimasi “Meni gaplarimga ishonib ketavermang! O‘zingiz yaxshilab izlanib ko‘ring! (gapni to‘g‘riligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun)” Sizga ham xuddi shuni maslahat bergan bo‘lardim.

Birovni gapiga ishonishdan oldin o‘zingizga savol bering. Shu inson men xohlagandek, havas qilgandek gapira olyaptimi o‘zi ingliz tilida? Ingliz tilini qanday o‘rgangan, mustaqilmi yoki o‘quv kurslari yordamida? Mendan uyalgani uchun hech narsani berkitmayaptimi? Ba’zilar ingliz tilini yillab o‘rganib yurganidan uyalib “IELTS’dan 7.0 olibsiz, qancha muddatda oldingiz?” deb so‘rasangiz “2-3 oyda” deb javob beradi. Vaholanki u maktabda birinchi sinfdan repetitorga borib yurgan yoki maxsus maktabda o‘qigan bo‘ladi va buni sizga aytmaydi, chunki aytsa u qahramonlik darajasidan tushib qoladi.
​​Yana 2 ta so‘z o‘rganamiz.

1️⃣ Follower - birovni ketidan yosh boladek ishonib, ergashib ketadi.
2️⃣ Student - ilm izlaydi, ta’lim oladi va bilimni tahlil qiladi.

1️⃣ Follower birov maslahat berganda o‘ziga hech bir savol bermasdan “Shu gaplar haqiqatdan ham to‘g‘rimi yo hamma shu gapni to‘g‘ri degani uchun ishonib ketyapmanmi?” demaydi. Nega? Chunki bunga ortiqcha vaqt, energiya va sabr kerak bo‘ladi. Bunga vaqti yoq. Har kuni Instagram’da kamida 2 soat birovni rasmlarini tomosha qilishga vaqt topadi, lekin ilm izlashga kelganda vaqti yo‘q. Tekshir-tekshirdan ko‘ra birovni gapiga ishonib qo‘ygan osonroq. 3 oyda til o‘rgansa-yu IELTS topshirib chet elga keeetvorsa. Yana bir misol, bir necha yuz yil oldin Yer sayyorasini yapaloq, yassi va hattoki toshbaqani ustida turadi, deb hisoblashgan va Yerni dumaloq degan astronomlarni jinniga chiqarishgan followerlar.

2️⃣ Student har bir maslahatni sinchiklab tekshiradi. Haqiqatdan ham shu gap to‘g‘rimi yo yo‘qmi? Bu metodika rostdan ham ish beradimi, yo‘qmi? Hamma qilayotgan ish to‘g‘rimi? Shuni bilgisi keladi. U har bir insonni gapiga ishonavermaydi. Til sohasida kamida 10 yildan beri yurgan odamlarni gapiga quloq soladi. Shunda ham ularni gaplarini Google’dagi ekspertlarni gaplari bilan solishtiradi. Gaplar to‘g‘riligini bilganidan keyin uni o‘z tajribasidan o‘tkazgan insonlarni Google’dan topadi va ularni gaplarini o‘qiydi. Keyin sekin-astalik bilan o‘z tajribasidan o‘tkazadi. U followerga o‘xshab shoshma-shosharlik bilan ish qilmaydi, lekin hammaning gapini: grammatikani o‘rgan va qoidalarni yodla deganni ham, kitob o‘qi, hikoya tingla deganlarni ham eshitadi va o‘zi uchun xulosa chiqaradi.

📌 P.S. Bu nafaqat ingliz tili, balki barcha sohalarni o‘rganishga ham birday mos keladi. Xulosa chiqarish esa o‘zingizdan...

Are you a follower - 1️⃣ or a student - 2️⃣?

📝 Manba: @ingliztilia1

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

Uchinchi tashabbusning mohiyati nimada? (fotoreportaj) 3️⃣🖥🤔

Toshkent viloyatida uchta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

1 iyun kuni davlatimiz rahbari ilgari surgan 5 ta tashabbus doirasida Bo‘ka tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilgan edi. 2 iyun kuni ushbu tashabbus davom ettirilib, birdaniga Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq, Oqqo‘rg‘on va Piskent tumanlarida ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg