IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Veb-dasturchi o‘z kasbini arxitektorlikka o‘zgartirganida…

📝 Manba: @ithumor

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#rasm_bilan_ishlash #internet

Rasmda yuzni almashtirish - Reflect.tech 👤

Sayt neyrotarmoqlar yordamida shaxsiy rasmlar, memlar, buyuk shaxslarning rasmlari, o‘yin qahramonlari va hattoki haykallarning yuzlarini almashtiradi.

Servis rasmni shunchaki Copy/Paste qilmaydi, balki personajning dastlabki emotsiyalarini saqlagan holda, realistik almashtirishni amalga oshiradi:

1️⃣. reflect.tech saytiga o‘ting.
2️⃣. “Start swapping” tugmasini bosing.
3️⃣. Bazaviy rasmni yuklang yoki taklif etilgan variantlardan yoqqanini tanlang.
4️⃣. Almashtirish uchun yuz keltirilgan rasmni qo‘shing.

Yuzning asl rasmga joriy etilish darajasini 25 qadami bilan 0 dan 100 gacha bo‘lgan diapazonda belgilab o‘tish mumkin.

Slayder yordamida asl va qayta ishlangan rasm o‘rtasidagi farqni solishtirib ko‘rish mumkin. Agar natija sizni qoniqtirsa, “Download” tugmasini bosasiz.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Keling, kichik, lekin qiziqarli masalani ko‘rib chiqamiz. Birinchi va oxirgi sanalar bilan belgilangan muayyan vaqt muddati ichida qancha Dushanba kunlari borligini hisoblash lozim. Tez-tez kuzatiladigan holat - bu yechimlarning xilma-xilligi. Ulardan biri - ЧИСТРАБДНИ.МЕЖД funksiyasidan foydalanishdir.

Dastlab ma’lum davr ichida necha kun mavjudligini aniqlaymiz. Keyin esa ushbu sondan keraklisi (Dushanba)ni hisobga olmagan holda qolgan kunlarni ayiramiz. Natijada biz belgilangan davr mobaynidagi Dushanba kunlari miqdorini bilib olamiz.

📝 Manba: @excel_everyday

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat

BILL GEYTSNING YOSHLARGA 11 MASLAHATI 🗣

O‘qimishli bo‘lish miyani bilimga to‘ldirib tashlash yoki ko‘p bilish degani emas. Bu – nimani bilishing va nimani bilmasligingni ajrata olish degani. Bill Geyts dunyoning muvaffaqiyatli kishisi sifatida faxriy mehmon bo‘lib juda ko‘p ta’lim muassasalarida ishtirok etadi, quyidagi kabi fikrlar bilan yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

1-qoida:
Hayot ko‘rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo‘ladi. Siz ham hayotingizni qo‘lga oling-da, uni ishga soling.

2-qoida:
Dunyo sen o‘zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o‘zingni hurmat qilishingdan oldin biror ishni qoyillatib qo‘yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga munosib ekaningizni isbot qiling.

3-qoida:
Maktabni tamomlamasdan turib na o‘zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham imkoni yo‘q. Shuning uchun hozir bilim oling.

4-qoida:
Agar bugun o‘qituvchi talabchan ekanidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo‘liga tushganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko‘ring.

5-qoida:
Ehtimol, siz o‘zingizni eng quyi ishga munosib ko‘rmassiz. Ammo sizning ota-bobongiz bu ishni boshqacha, “imkoniyat” deb nomlagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo‘lmang.

6-qoida:
Hayotda nimadadir xato qilsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo‘q, ularni qiynamang. Xatolaringiz uchun dod-faryod solishni emas, xulosa chiqarishni o‘rganing.

7-qoida:
Sizning tug‘ilishingiz ota-onangiz uchun faqat bayram emas, katta mas’uliyat bo‘lgan. Ularni asrang va qadrlang. Bu kelajakda o‘zingiz qadr topishingiz uchun kerak bo‘ladi.

8-qoida:
Maktabni a’lochilar ham, past o‘zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o‘qiydiganlarga to‘g‘ri javobni topgunlariga qadar qulay sharoit yaratib beriladi. Ammo hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun sanoqli imkon va ishonch beriladi. Shuni unutmang.

9-qoida:
Hayotda choraklik, yillik imtihon, so‘rov yoki hisobot degan tushunchalar yo‘q. Hayot imtihonini ham, hisobotini ham barcha bir marta – umr so‘ngida o‘z-o‘ziga topshiradi. Eng muhimi, mana shu imtihonga tayyor bo‘ling.

10-qoida:
Televizor, bu – hayot degani emas. Aks holda, undagi qahramonlar vaqtlarining asosiy qismini mehnat qilishga sarflagan bo‘lar edilar. O‘zingizni samarali va maqsadli mehnatga tayyorlang.

11-qoida:
Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak bo‘ladi. Bu esa vaqt hamda mashaqqatli mehnat degani.

📝 Manba: @uicit

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#smartfon #maslahat

O‘z smartfonimizni o‘lkamiz jaziramasidan qanday asrash kerak? ☀️📱☂️

Hozir faqat may oyining o‘rtasida turibmiz, biroq O‘zbekistonda jazirama issiqlik deyarli yoz faslidagidek. Yoz – bu juda ko‘p quyoshli kunlar va uning issiq taftidan zavqlanish mumkin bo‘lgan fasldir. Biroq gadjetlarimiz uchun bizning mamlakatimizda – bu butunlay boshqa holat. Agar smartfoningiz juda qizib ketsa, undagi biror qismi ishdan chiqishi mumkin. Agar hozir hech narsa bo‘lmasa ham, uning xizmat muddati qisqarishi mumkin – elektron qurilmalar issiqni yoqtirmaydi.

Biroq eng muhimi, uning korpusi juda qizib ketsa, batareyasiga zarar yetish xavfi ortadi. Ehtimol, ko‘pchilik cho‘ntakdagi yoki qo‘lda turgan telefon yonib ketgan va foydalanuvchi kuygan hodisalar haqida eshitgan bo‘lishi mumkin.

Quyida smartfoningiz jazirama yoz kunlaridan eson-omon chiqishiga yordam beradigan ayrim maslahatlar.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
4. Straightforward Upper-Intermediate CDrom.rar
68 MB
#learn_english_with_software

📚 “Straightforward Macmillan”ning darajalar bo‘yicha ajratilgan dasturlari bilan ingliz tilini o‘zlashtirib boramiz

Sizga taqdim etilayotgan “Straighforward Macmillan Upper Intermediate” kursi dasturiy ta’minoti bilan har kuni kamida 1 soat vaqt ajratgan holda, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Dastur diskda ko‘p joy egallamasligi bilan ham o‘ziga xosdir, ishlashi uchun ham kompyuterning apparat ta’minotiga yuqori talablar belgilamaydi.

Orangizda ushbu dasturni birinchi darajasidan boshlab o‘rganib kelayotganlar bo‘lsa kerak, barchangizga ingliz tili bo‘yicha olib borayotgan izlanishlaringizda zafarlar tilab qolamiz.

👉🏻 Batafsil...

Dasturning so‘nggi darajasini kanalda bo‘lishishimiz uchun esa ushbu postimiz ostida kamida 5️⃣0️⃣ta belgisiga bosgan holda, o‘z ovozingizni qoldirishingizni kutib qolamiz. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news

Ta’lim sohasida test sinovlarini o’tkazish uchun “xTest” dasturi ishlab chiqildi 🔠

Dastur ta’lim sohasida fanlar bo’yicha test sinovlari jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan.

Dastur savollar va javoblarni kompyuter xotirasiga saqlash va javoblardan iborat kartalar tayyorlash, sinov o’tayotgan auditoriyada savollarni aralash tartibda takrorlamasdan tanlab olish, tanlangan savollar auditoriyaga oldindan yozilgan audio yozuvni eshittirish yoki matn shaklida yetkazish, dastur avtomatik ravishda sinov uchun belgilangan vaqt intervalini kutish, test jarayonini monitoring qilib borish kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Mualliflar Sadirov Feruz va Sadirov Xasanlarga ushbu dastur uchun DGU 06156-raqamli guvohnoma berildi.

📝 Manba: ima.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun farzandlaringizni dasturlash bo‘yicha o‘quv kurslariga taklif etadi!

❗️YOZGI TA’TILNI FOYDALI O‘TKAZISH UCHUN AJOYIB IMKONIYAT❗️

Bolalar uchun vizual dasturlash (Scratch) o‘quv kursida farzandlaringiz turli xil multfilmlar, o‘yinlar, musiqali roliklar, “jonli” rasmlar yaratish orqali dasturlash asoslari va mantig‘i bilan tanishadi.

O‘quv kursining umumiy davomiyligi 1 oy bo‘lib, haftasiga 3 marotaba 2 soatdan o‘zbek va rus guruhlarida olib boriladi. O‘quv kurslari mos tarzda iyun, iyul va avgust oylarida tashkil etiladi.

⌨️ O‘quv kursiga quyidagi havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: http://bit.ly/2Yw9DZX

📞 Murojaat uchun telefon: +998712386524

🌐 Rasmiy saytimiz: www.uicit.uz

SIZLARNI KUTIB QOLAMIZ, BIZ BILAN YOZ O‘TADI SOZ! 😉

📌 Scratch — bu bolalar uchun oddiy, tushunarli va niyoyatda qiziqarli dasturlash tilidir. Unda yodda tutish va xatosiz yozish lozim bo‘lgan kodlarni shunchaki uchratmaysiz. Sizdan talab etiladigani — bu faqat o‘qish va hisoblashni bilishdir. “Lego” konstruktori bilan bo‘lgani kabi, Scratch yordamida turli rangdagi “g‘ishtchalar” — bloklardan dasturlarni yig‘ish mumkin. Dasturda har qanday o‘zgartirishlarni istalgan paytda amalga oshirish va buni dastur ishlashiga qanday ta’sir etganini darhol ko‘rish mumkin. Batafsil tushuntirishlar, qadamma-qadam ko‘rib chiqilgan misollar va ko‘plab mashqlar Scratch’ni qiyinchiliksiz o‘rganishda yordam beradi. O‘quv kursi 8 yoshdan boshlab bolalar (va ularning ota-onalari), shuningdek dasturlashni noldan o‘rganish istagini bildirgan barcha uchun to‘g‘ri keladi.

👨🏻‍💻 “UICIT” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEvAZRehyp9DhtvTfA
#bilasizmi #hardware

Dunyodagi birinchi 1Tb hajmdagi microSD kartasi sotuvga chiqarildi. Joriy yilning qishida Western Digital kompaniyasi MWC taqdimotida 1Tb hajmdagi eng tezkor UHS-I microSD xotira kartasini taqdim etdi. Uning narxi 450 AQSh dollarini tashkil etmoqda va hozircha Western Digital yangi kartalarni faqatgina Amazon saytida sotmoqda.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram #internet #mulohaza_uchun

Telegram asoschisi Durov: “Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?” 🤔

Kuni kecha Isroilning NSO Group kompaniyasi WhatsApp himoyasidagi “tuynuk”dan foydalanib kelayotgani haqida xabar bergandik. Mazkur kompaniya o‘zi aynan josuslik dasturlarini ishlab chiqarishi bilan mashhur.

Shu mashmashalar ortidan VKontakte ijtimoiy tarmog‘ining hamda Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov ham “Nima uchun WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi?” sarlavhali postida ushbu messenjerni qattiq tanqid qildi.

Durovning ta’kidlashicha, WhatsApp’da foydalanuvchining surati, manzili va kontaktlariga kirish imkonini beruvchi “tuynuk” mavjudligi aniqlanganiga unchalik ham hayron qolmagan. Bu – WhatsApp tarixida birinchi bo‘layotgan voqea emas.

Telegram asoschisi ta’kidlagan ikkinchi kamchilik – WhatsApp dastlabki kodining yopiqligidir. Ayni shu bois uni xolis dasturchilar, xavfsizlik sohasidagi mutaxassislar tekshirib ko‘ra olishmaydi. Durovga ko‘ra, dasturchilar hatto bu messenjer kodini ataylab chalkashtirib tashlashgan – chetdan hech kim uni tushunib qolmasligi uchun. Ayni shu yondashuviga ko‘ra WhatsApp ochiq kodli Telegram messenjeriga qarama-qarshidir.

WhatsApp messenjerining egasi Facebook kompaniyasi ekanligini ham Durov yana bir bor eslatib o‘tgan – bu kompaniya AQSh Federal qidiruv byurosi bilan hamkorlikda gumon qilinadi. Durov bu taxminiga asos qilib shuni keltiradiki, Telegram’dan farqli ravishda, WhatsApp messenjeri Rossiyada va Eronda bloklanmagan. Demak – hukumat uning foydalanuvchilari yozishmalariga hamda shaxsiy ma’lumotlariga kira oladi.

Bulardan tashqari, WhatsApp’da xabarlarni shifrlash yo‘lga qo‘yilgan paytda yana bir funksiya – chatlarning zaxira nusxasini “bulutli” serverda saqlab qo‘yish imkoni ham yo‘lga qo‘yilgandi. Durovning fikricha, bu aslida tuzoq bo‘lib, shifrlangan bo‘lishiga qaramasdan, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etish imkonini beradi.

WhatsApp asoschilaridan biri Facebook bilan kelishmovchilik sababli kompaniyadan ketgan, ikkinchisi esa barchaga mazkur ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini o‘chirib tashlashni maslahat bergan. Ularning ikkalasi ham kompromiss uchun “o‘z foydalanuvchilarining maxfiyligini sotishgan”ligini tan olishgan.

Va nihoyat, WhatsApp keyingi paytlarda Telegram’ga kiritilgan yangi funksiyalarni o‘zlashtirib kelayotganiga ham P.Durov e’tibor qaratgan. Bunday holat Facebook hamda uning loyihalari, jumladan – Instagram uchun oddiy holdir, deydi u.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram #internet #maslahat

Telegram-kanallarini brauzer orqali ko‘rish💪

Telegram brauzer orqali ommaviy kanallarni ko‘rish imkoniyatini qo‘shdi. Buning uchun brauzerning qidiruv satriga kanalning havolasini kiritish (masalan, t.me/itspecuz) va “Preview Channel” ustiga bosish lozim.

Shunday qilib, messenjerda akkauntga ega bo‘lmay turib, kanallarning tarkibini o‘qish mumkin.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #telegram #mulohaza_uchun

Eng birinchi kanalni ko‘ryabsizmi? Tovlamachilarning kanali endi shu ko‘rinishda belgilanadi: SCAM

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#iPhone #iOS

iPhone’dagi Safari’da tasodifan yopilgan sahifani qanday tez ochish mumkin? 📲🔁

🔙 Agar siz Safari’da sahifani tasodifan yopib qo‘yib, uni tez qayta ochmoqchi bo‘lsangiz, unda buning uchun qulay, lekin kamchilik biladigan usul mavjud.

1️⃣ Ochilgan sahifalarni ko‘rish menyusiga o‘ting.
2️⃣ “+” tugmasiga bosing.

Soniyadan so‘ng barcha yaqin orada yopilgan sahifalarni o‘zida jamlovchi sahifa ochiladi.

🔝 Ushbu usul tufayli siz nohosdan yopilgan sahifani qayta ochish uchun brauzer tarixiga o‘tib o‘tirmaysiz.

📝 Manba: @smartphonesecrets

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

Barcha kommunal to‘lovlar uchun yagona mobil ilova yaratish taklif qilinmoqda 📲

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Mening uyim mobil ilovasini yaratish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, barcha kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash, amaldagi balans, foydalanish shartlari va yangiliklarni bilib borish imkoniyatini beradigan Mening uyim mobil ilovasini yaratish kerak.

Ushbu mobil ilova orqali fuqaro o‘z hisobiga to‘lovlarni erkin ravishda to‘lashi, qarzdorlik holati haqida muntazam ravishda xabardor bo‘lib turishi mumkin bo‘ladi. Shunda iste'molchilar penya kabi ortiqcha to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘lishmaydi.

“Shu sababli, Mening uyim mobil ilovasini yaratish va uning muntazam ravishda faoliyat yuritishini taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim

Windows 10’da kompyuter va noutbukni tungi rejimga avtomatik o‘tadigan qilamiz 🏙🌃

Xabaringiz borki, Windows 10 operatsion tizimida yorqin va to‘qrang (tungi) rejim mavjud, ammo ularning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun “Персонализация” parametrlariga kirish kerak. Biz esa ushbu ishni kerakli paytda o‘zi amalga oshiruvchi Auto-Night-Mode nomli utilitani tavsiya etmoqchimiz.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi #game

Kompyuter o‘yinlari reaksiya va e’tiborni kuchaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan. 🕹

👨🏻‍💻@itspecuz
#operatsion_tizim #software #maslahat

⌨️ Windows uchun “Соло на клавиатуре” klaviatura trenajyori

Chiqqan sanasi:
2011
Dasturning nomlanishi: СОЛО на клавиатуре 3 в 1
Dastur versiyasi: 9.0.5.65

Rasmiy sayt manzili: http://ergosolo.ru/
Interfeys tili: Ruscha
Davolash: talab etilmaydi

Tizim talablari: Windows XP/Vista/7

Tavsifi: ⌨️ Соло на клавиатуре — o‘n barmoqda qaramasdan terish usulini, ya’ni barcha (yoki aksariyat) barmoqlarni ishlatib, klaviatura klavishlariga qaramasdan matnni “ko‘r-ko‘rona” terishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Oxirgi, to‘qqizinchi versiyasida interfeys o‘zgartirilgan, o‘rganishga bo‘lgan yondashuv qiziqarliroq ko‘rinishga keltirilgan, o‘yinlar va testlar qo‘shilgan — barchasi “СОЛО” amaliyotidan o‘tuvchi foydalanuvchilarning nisbatan qisqa muddatda o‘n barmoqli qaramasdan terish ko‘nikmalarini egallashi va o‘z xarakterining eng yaxshi qirralari: maqsad sari intiluvchanlik, chidamlilik, qat’iyatlikni rivojlantirish uchun puxta o‘ylangan. Dasturning “3 tasi 1 da” versiyasi o‘z ichiga uch kursni oladi: “Ruscha kurs”, “Inglizcha kurs” va “Raqamlarni bo‘ysundirish”.

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
👍3
#ict_news #hardware

Yaponlar o‘zi tiklanuvchi akkumulyator yaratishdi 🇯🇵🔋

Yaponiyalik olimlar o‘zini o‘zi tiklovchi akkumulyatorlar texnologiyasini ishlab chiqishdi. Bu haqda “EurekAlert” yozmoqda.

Hozirgi qurilmalar litiy-ionli yoki natriy-ionli akkumulyatorlarda ishlaydi. Ammo qayta-qayta quvvatlanaverganidan so‘ng vaqt o‘tishi bilan har ikki turdagi akkumulyator ham dastlabki sig‘imini yo‘qotadi. Bunga sabab shuki, akkumulyatorning ichki qatlamlari yemirila boshlashi oqibatida yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibatda batareya quvvat oluvchanligi pasayib ketadi.

Va foydalanuvchi yangi akkumulyator sotib olishga majbur bo‘ladi.

Yapon texnologiyasi esa maxsus tiklanuvchi material yordamida batareyaning umrini uzaytirib beradi.

Bu akkumulyator qatlamlari kulon tortishishi bilan ushlab turiladi, ya’ni u odatiy akumulyatorlarda qo‘llanilayotgan Van-der-Vaals kuchlaridan baquvvatroq.

Yaponlar yaratgan material tiklana oladi, smartfonlar va avtomobillar akkumuyatorlari uchun birdek tatbiq etishi mumkin.

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram #mulohaza_uchun

Telegram’dagi shubhali kanallarga “firibgarlik” yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor! 🚫🔖

Telegram messenjeri ma’muriyati shubhali kanallar, akkauntlar va botlarga nisbatan “firibgarlik” (SCAM) yorlig‘ini ishlata boshladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabariga asoslanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Endi Telegram’ni o‘rnatmasdan turib ham undagi kanallarni o‘qish mumkin!

Bugungi kunda yorliq 49 ta kanalga, jumladan, O‘zbekistonning 1 ta kanaliga ham berilgan. “Qora ro‘yxat”da Rossiya yetakchilik qilmoqda (45 ta kanal).

Shuningdek, Ukrainaning 2 ta kanali va Buyuk Britaniyaning 1 ta kanali ham kirgan. Ko‘pchiligi “savdo” va “boshqa” kategoriyaga tegishli. Bunday kanallarning umumiy a’zosi 1,7 million kishini tashkil qiladi.

Xuddi shunday yorliqni shubhali hisoblangan kanal administratorlari ham olgan. Uni profildagi tasvirdan topish mumkin.

Firibgar deya e’tirof etilgan kanallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ichki havola orqali kirish mumkin. Ammo messenjerning qidiruv tizimi orqali topib bo‘lmaydi.

Xabarda aytilishicha, bunday yorliq berish TON blokcheyn-platformasidagi e’lon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Telegram bunday yorliqni olmaslik uchun qanday qoidalarga amal qilish kerakligi haqida rasmiy ma’lumot bermagan.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Hayot – bu dunyo tomonidan o‘zida yashab turgan insonlarga doimiy tarzda bir xil topishmoq savoli beriladigan o‘yindir: “Qani topinglarchi, men qandayman?” va har bir inson o‘z tasavvurlaridan kelib chiqib, bunga: “sen beshafqatsan” yoki “sen shinamsan” deya javob qaytaradi.

Yoki “quvnoq, g‘amgin, do‘stona, dushmanona, baxtli, baxtsiz”.

Qizig‘i shundaki: ushbu viktorinada har bir kishi g‘alaba qozonadi! Dunyo buni tasdiqlaydi va har bir inson qarshisida buyurtma qilingan qiyofasida namoyon bo‘ladi.

Dunyo, xuddi oyna kabi sizning unga bo‘lgan munosabatingizni aks ettiradi.

📝 Manba: @transu

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #internet

O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha reytingda 7 pog‘ona yuqoriladi 📈

O‘zbekiston simli tezlik bo‘yicha reytingda 7 pog‘ona yuqoriladi. Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net sayti 2019 yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi, deb yozadi Spot.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg