IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#it_darslar #bilasizmi

1-dars. IT nima? 🤔

Ehtimol, kanalga obuna bo‘lib, uning nomlanishini ko‘rib, hayolingizga kelgan birinchi fikr “IT nima o‘zi?” va “menga IT-darslar nega kerak?” kabi savollar bo‘lgandir. Ushbu darsda biz ana shu ikki savol borasida muhokama olib boramiz.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#security #maslahat

LastPass parollar generatori 🔣

LastPass - bu parollarni saqlash uchun mashhur, bepul xizmat.

Uning saytida ko‘rsatilgan sozlamalar bo‘yicha parolni generatsiya qilishning oddiy funksiyasi mavjud: lastpass.com/ru/password-generator

Parol uchun belgilarni tanlash:

— katta harflar;
— kichik harflar;
— sonlar;
— belgilar.

Parol uzunligi:

Joriy qiymatlar 1 dan 50 gacha. Lekin LastPass uzunligi 12 belgidan kam bo‘lmagan parollardan foydalanishni tavsiya etadi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

— “Aytish oson” - sonlar va maxsus belgilarning yo‘qligi.
— “O‘qish oson” - bir-biriga o‘xshash belgilarni chiqarib tashlash. Masalan: l, 1, O, 0.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #mulohaza_uchun

Google’ga kiring va “DO A BARREL ROLL” jumlasini kiriting va Google amakining bunga javoban nima qilishini kuzating 😉

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin. Endi bu imkoniyat O‘zbekistonda ham mavjud 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓

Onlayn ta’lim olishga qiziquvchilar uchun Khan Academy (Xan akademiyasi) platformasi yaxshi tanish. U matematika, fizika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, ingliz tili grammatikasi, tibbiyot, astronomiya, moliya, tarix kabi fanlar bo‘yicha 10 mingdan ziyod videodarslar va 100 mingdan ortiq mavzulashtirilgan interaktiv mashqlarni jamlagan juda katta qamrovli platforma bo‘lib, har kim o‘zi istagan tilda, qulay vaqt va joyda kerakli fan bo‘yicha bilimlarni olishi mumkin.

Butun dunyoda fan ishtiyoqmandlari orasida katta rezonansga sabab bo‘lgan Xan akademiyasi ma’lumotlaridan endi o‘zbek tilida ham foydalanish mumkin. O‘zbekistonlik bir guruh ko‘ngillilar platforma kontentini mahalliylashtirish – o‘zbek tiliga o‘girishga bel bog‘lashgan. Platformaning qulayliklari hamda uni mahalliylashtirish jarayoni haqida loyiha mualliflari so‘zlab berishdi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Shveysariyadan Driva Geneve kompaniyasi soatlari - televizor, radio va kalkulyatori bilan, 1976 yil.
Akkumulyatorni cho‘ntakda olib yurishga to‘g‘ri kelgan.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

O‘zbekistonda IT-kompaniyalar uchun imtiyozlar so‘rashdi 🗜

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsion markazi rezidentlari va IT sohasidagi boshqa ishbilarmonlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi LBMA axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirning maqsadi - mamlakatda “aqlli” biznesni amalga oshiradigan kompaniyalar nimaga muhtojligini shaxsan o‘zlaridan o‘rganish, elektron tijorat, logistika, soliq, yuqori texnologiyaga asoslangan biznesni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va taklif etilayotgan yechimlarni o‘rganish.

Tadbirkorlar o‘z nuqtai nazarlari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar, muammolar sabablarini va hal qilish yo‘llarini taklif qildilar. Barchaga ayon bo‘lgan yagona muammo – mamlakatda yuqori texnologiyali biznes bilan shug‘ullanadigan odamlar soni nihoyatda kam.

Bundan tashqari, bir nechta muammolar o‘rtaga tashlandi:

- bizning zaif tomonimiz, IT-biznesni rivojlantirish uchun imtiyozlar kerak. Imtiyozlarning bu sohani rivojlantirishda bo‘lgan o‘rni beqiyos, yuksalish uchun mablag‘ ajratishga imkoniyat yaratadi: masalan, xodimlarning malakalarini oshirish yoki tajribali mutaxassislarni jalb qilish imkonini beradi. Ha, so‘nggi yillarda ko‘plab imtiyozlar taqdim etildi, biznesni yuritish ancha yengillashdi. Biroq barcha soliqlarni to‘lab borayotgan va barcha qoidalarga muvofiq o‘z faoliyatini yuritayotgan kompaniyalarga oson emas. Ko‘pgina masalalar puxta ishlab chiqilmagan, buning natijasida to‘g‘ri qabul qilingan qarorlar ham amalda samarasiz bo‘lib chiqadi. Misol uchun MUIC’ning rezidentiga aylanish va imtiyozlarga ega bo‘lish uchun aynan dasturiy mahsulotlar bilan shug‘ullanish kerak. O‘zida ko‘plab IT yo‘nalishlarini qamrab olgan firmalar qanday yo‘l tutishi lozim?

- loyihalarni imtiyozli kreditlash. Hozir kredit stavkasi 20-25% gacha boradi. Masalan, Yevropada u 7% dan ortiq emas. Bundan tashqari, ko‘p hollarda qaysi sohalarga kredit ajratish lozimligini aniqlashtirish qiyin. IT-biznesni tezkor va to‘g‘ri baholaydigan tizim mavjud emas. Barchasi malakali kadrlarning yetishmovchiligiga borib taqaladi;

- elektron raqamli imzo (ERI) – ishonchli, standartlashtirilgan, texnologik, jismoniy imzo uchun real qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Afsuski, banklar ERI olishga tayyor emas, shuningdek yuridik nuqtai nazardan to‘laqonli elektron hujjatlarning yetishmovchiligi ham ta’kidlandi;

- davlat muassasalarida muammolarni hal qilishning tezligi va qulayligi;

- vazirliklar bilan ishlaydigan va loyihalarni boshqaradigan, IT va boshqa loyihalarni ajrata oladigan organning yo‘qligi;

- intellektual mahsulot yoki royalti uchun ajratmalar masalasi. Litsenziyalash bo‘yicha ko‘plab qonun hujjatlari 10 yil avval qabul qilingan. Bu vaqt mobaynida IT sanoati oldinga katta qadam qo‘ydi va bugungi kunga kelib yuqori texnologiyalar sohasida litsenziyalashni qanday amalga oshirish kerakligini tushunish qiyin bo‘lib qoldi.

Eksport, bojlar va xorijiy kompaniyalarning o‘zbekistonlik kompaniyalar bilan ishlashni istamasliklarining sabablari, import, bojxona bilan bog‘liq byurokratik qiyinchiliklar va boshqa ko‘p narsalar haqida so‘z yuritildi.

📝 Manba: @kunuzofficial

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #mulohaza_uchun #bilasizmi

Sizning telefoningiz ishlab chiqaruvchining da’vosiga qaraganda ko‘proq ishlaydi 📱🔋📊

Which? Britaniya iste’molchilar assotsiatsiyasining ekspertlari turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli smartfonlar batareyalarini sinovdan o‘tkazdi. Ularning kelgan xulosalariga ko‘ra ba’zi kompaniyalar tasniflashga kelganda ushbu ko‘rsatkichni atayin ko‘paytirib ko‘rsatishadi, lekin ko‘pchiligi aksincha, pasaytiradi.

Nokia’ning sinalgan smartfonlari suhbat rejimida aytib o‘tilgan 16,9 soat o‘rniga 18,2 soat ishlagan. Samsung — 21,1 soat o‘rniga 23,3 soat, Sony esa — 12,6 soat o‘rniga 16 soat. Misol uchun, Xperia Z5 Compact ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan — 25 soatu 52 daqiqaga nisbatan 9 soat ortig‘i bilan quvvatini ushlab bergan.

Biroq istisno holatlari ham yo‘q emas, albatta. Garchi Apple “25 soatga qadar” deb ta’kidlagan bo‘lsa ham, iPhone XR so‘zlashuv rejimida 16 soatu 52 daqiqa ishlagan. Biroq Apple saytida aytilishicha, ushbu ko‘rsatkichga simsiz garnituradan foydalanganda erishish mumkin, bundan tashqari, akkumuluyatorning keltirib o‘tilgan tasniflari tarmoq sozlamalari va boshqa omillarga bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tilmagan. Which? qanday sharoitlarda sinov o‘tkazilgani borasida tafsilotlarga to‘xtalib o‘tirmadi. Ekspertlar iPhone’ning to‘qqiz modelida avtonom ishlash vaqtini o‘lchab ko‘rishdi va ma’lum bo‘ldiki, ular quvvatni ta’kidlab o‘tilgan 19,4 soatga nisbatan o‘rtacha 14,8 soat ushlab berarkan. HTC smartfonlari borasida vaziyat biroz yaxshiroq: 20,5 soat o‘rniga 19,6 soat.

📝 Manba: @XAKEPCTBO_channel

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Avvalambor barcha kanalimiz a’zolarini Muborak Ramazon oyining kirib kelganligi bilan tabriklaymiz! 🕋🌙

Ushbu oyda qiladigan ibodatlaringiz va tutgan ro‘zalaringizni Olloh o‘z dargohida qabul qilishini tilagan holda, ro‘za vaqtida ro‘zador inson tanasida nimalar yuz berishi va qanday jarayonlar kechishini ifodalovchi ushbu qisqa videorolikni Sizlarga ulashishni lozim deb topdik.

Marhamat, tomosha qiling va ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ulashishni ham unutmang.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳу ривоят қиладилар: «Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деб айтганлар: «Рўза (тутишлик) дўзах ўтидан асровчи воситадир! Бинобарин, рўза тутган киши ҳақорат сўзларини тилга олмасин, сўзлашганда бақирмасин, бировни масхара қилмасин! Агар бирор киши рўзадор билан уришса ёки уни ҳақорат қилса, рўзадор икки бор: «Мен рўзаман», десин! Аллоҳга қасамёд қилиб айтаманки, рўзадорнинг оғзидан келган бўй, Аллоҳ наздида мушк-анбар бўйидан ҳам хушбўйроқдир, чунки Аллоҳ таоло: «Рўзадор мени деб еб-ичмас ва мени деб рўза тутар, бинобарин унинг мукофотини ўзим бераман ва ҳар бир яхшилиги эвазига мендан ўн баробар мукофот олгусидир», - дейди».

Имом ал-Бухорийнинг «Ал-жомеъ ас-сахих» китобидан.
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.cieuz.al_jome_as_sahih
​​#internet #hardware #maslahat

Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish ⌨️

Keyboard Tester - klaviaturaning to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun sayt. Ushbu xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

— Matn kiritish maydoni;
— Virtual klaviatura.

Qo‘llab turilgan klaviatura klavishlari bosilganda, virtual klaviaturaning mos klavishlari o‘z rangini yashil yoki ko‘k rangga o‘zgartiradi.

Shu tarzda klaviaturaning barcha klavishlari ustiga bosib chiqish va muammoli yoki umuman ishlamaydigan klavishlarni aniqlash mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#it_darslar #hardware

Apparat ta’minoti bo‘yicha ma’lumotnoma 🖥

Ushbu maqolada kompyuterning tuzilishini osonroq anglab olish uchun tushunchalar to‘plangan. Kanaldagi darslar va maqolalarda Sizning bo‘lajak bilimlaringiz asosi sifatida ora-orada ushbu ma’lumotnomaga urg‘u berib o‘tiladi.

Sohaga endigina qiziqib, keltirilgan atamalarni birinchi marta ko‘rib turganlarga ham tushunarli bo‘lishi uchun, tushunchalar oddiy tilda yozilgan.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

5 megabayt hajmli birinchi qattiq disk. Disk 1956 yil sentyabrda IBM kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. Tizimning vazni 1 tonna atrofida bo‘lgan.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

Telegram auditoriyasi tadqiqoti natijalari 📊

TGStat.ru Telegram-kanallari analitikasi xizmati messenjer auditoriyasining keng ko‘lamli tadqiqotini amalga oshirdi: 2019 yilga kelib, Telegram’ning doimiy foydalanuvchilari qanday o‘zgarganini tushunishga yordam berish uchun 8-dan 22-aprelga qadar 82 ming odam katta so‘rovnomadan o‘tishgan.

Bir nechta qiziqarli faktlar:
— messenjerda erkaklar ko‘pchilikni tashkil etmoqda (67%)
— "18-24" va "25-34" yosh guruhlari yetakchilik qilmoqda
— har to‘rtinchi foydalanuvchi IT-sohasida ishlaydi
— so‘rovnomada qatnashganlarning 45% siyosiy kanallarni kuzatib boradi

Bu haqida batafsil maxsus katta maqolada tanishishingiz mumkin: https://tgstat.ru/research

📝 Manba: @tg_analytics

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

Bugun ertalab ishga ketayotgan edim. Metroda bir bolakayga ko‘zim tushdi. Boshini kitobdan ko‘tarmay ketdi ancha joygacha. Havasingiz keladi-vey.

Chidab turolmadim. Yonida joy bo‘sh ekan. O‘tirib savolga tutdim. Yapon xalqiga sumimasen (uzr) deb uzoqdan gap boshlamasangiz qo‘rqib ketadi. Men ham uzr deb, savolga tutdim. Javob bergisi kelmay javob berdi.

- Qanaqa kitob o‘qiyabsan?

- Maktabdan bergan uyga vazifamni qilyabman.

- Nega uyda qilmading?

- Uyda ham qildim. Bu yerda qilaman. Bilasizmi? Men ko‘p kitob o‘qishim kerak.

- Nimaga?

- Otam bilan onam ajrashgan. Onam meni juda ham qiynalib katta qilyabdi. Baito (soatbay ish)da ishlab juda ham qiynalayabdi. Men hozir zo‘r o‘qisam, kelajakda o‘zimni kaisha (kompaniya)mni ochib, onamlarni shachou (kompaniya boshlig‘i) qilib tayinlayman. O‘zimizni uyimiz bo‘ladi... Meni boqishdan qiynalaman, bola kerakmas, deb ajrashib ketgan otamga ham yordam qilaman, deydi...

Ko‘zlarimga yosh keldi... Noto‘g‘ri savol berib qo‘yganimdan hijolat bo‘lib, chalg‘itmoqchi bo‘lib, gapni bo‘ldim.

- Satoukun, (ismi Satou ekan, kun qo‘shimchasi erkalab chaqirishda ishlatiladi) dars qilishni yaxshi ko‘rasanmi?

- Ha, juda ham. Onam aytganlar menga, dars qilsam, yaxshi odam bo‘lsam, odamlarga yordam bersam, davlatga ziyonim tegmasa, tengoku’ga tusharkanman.

- Tengoku nima?

- Tengoku’ni bilmaysizmi? Men sizni kiyimlaringizni, qo‘lingizdagi kitobni ko‘rib aqlli odam deb o‘ylagandim. Iye, ha siz gaikoujin (xorijlik)sizku, shunga tushunmadingiz shekilli. Tengoku degani odam o‘lgandan keyin boradigan joy. Yaxshi odamlar tengoku’ga tushadi. Yomon odamlar jigoku’ga.

Bu gaplarini eshitib, jannat va do‘zax haqida gapirayotganini fahmladim. Yana savolga tutdim:

- Satoukun, jigoku (do‘zax)ga qanday odamlar tushadi?

- Davlatdan aldab pul undirganlar, masalan, o‘qimay, ishlamay, pulim yo‘q, pul beringlar, deb faqat davlatdan pul undiradiganlar tushadi. Yomon odamlar tushadi. Dadamni ham tushadi deb aytishdi menga, lekin men xohlamayman... Bo‘ldi, men keyingi bekatda tushaman. Bye bye.

- O‘qishlaringga omad, ukajon, Ilohim barcha orzularingga erishgin...

Bola tushib ketdi. Qarasam ancha bekat o‘tib ketibman. Kun bo‘yi bola bilan bo‘lgan suhbat haqida o‘yladim. Hali boshlang‘ichda o‘qiydigan bolaning fikrlashi-yu, aqlliligiga tasanno aytdim. Farzand tarbiyasiga qoyil qoldim.

Yaponiya davlatini ancha-buncha davlatlardan ildamlab ketganini sababini tushungandek bo‘ldim. O‘qimasa hech kim bo‘lolmasligini, oddiy soatbay ishda ishlab o‘tib ketishini, kelajakda katta kompaniyani yuritaman deb bolaligidan qattiq harakat qilgan Satoukunlar rivojlantirgan ekan Yaponiyani. O‘zimni kompaniyamni ochaman deb qattiq o‘qib, soatbay ishlab, uxlamay yurgan juda ko‘p yaponni ko‘rasiz. Shu sababdan yapon kompaniyalari dunyoda kuchayib ketgandir, balki. Davlatni aldasang, jigoku’ga tushasan, degan gapi juda o‘yga soldi odamni.

Baraka top Satoukun. O‘zingdan necha barobar yoshi katta akangga, jigoku, tengoku’dan, hayotdan, tirishqoqlikdan, kitob o‘qishdan dars berib qo‘yganing uchun...

Mohi Ramazon oylarida duo qilaylik azizlar, bizni yurtimizdan ham shunday bolajonlar, yoshlar, kuchli olimlar, ota-bobolarimizni munosib vorislari chiqib, katta-katta kompaniyalar ochib, O‘zbekistonimizni Yaponiyadek, boshqa rivojlangan davlatlardek yuqori cho‘qqilarga olib chiqsin, Ilohim! 🤲

07.05.2019 @BahodirIskandarov

👨🏻‍💻@itspecuz
#ict_news #mulohaza_uchun #freelance

Siz kimsiz – frilansermi yoki tadbirkor? Set Godin buni tushunishga yordam beradi 🤔

Mashhur marketolog ishlash asosida borishingiz mumkin bo‘lgan uch yo‘lni ko‘rsatib o‘tadi.

Frilansermisiz yoki tadbirkor? Bu qandaydir yuzaki tafovutlar emas, javobingiz barini o‘zgartiradi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word #bilasizmi

Word jadvallarida ham formulalar yaratish mumkinligi haqida bilarmidingiz? Masalan, ustundagi sonlar bo‘yicha yakuniy satrda umumiy summani hisoblash uchun.

Bunda jadvalga yangi satrlar qo‘shganda yoki mavjud ma’lumotlarni o‘zgartirganda, yakuniy satrdagi formula natijasini oson va tez yangilash mumkin. Excel emas, albatta, lekin ba’zida bu usul ham juda qulay sanaladi.

📝 Manba: @office_killer

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Aziz do‘stlar,

Barchangizni 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etamiz. O‘tgan ajdodlarimizning ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin! Ulug‘ Vatan urushida ishtirok etib, yurtning tinchligi uchun frontda mardonavor jang qilgan bobo-buvijonlarimizning umrlari uzoq bo‘lsin! Hayotning har bir daqiqasi bizga quvonch, osoyishtalik va baxt olib kelsin.

Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!

©️IT specialist kanali ma'muriyati
​​#telegram

Android va iOS uchun Telegram 5.6, TDesktop 1.7, macOS uchun mijoz esa – 5.2 versiyasiga qadar yangilandi:

- Chatlar arxivi – muloqotlar ro‘yxatini saralash uchun yangi vosita;
- Android uchun yangilangan menyu dizayni;
- Xabarlar bilan bo‘lishish uchun yangi imkoniyatlar;
- “onlayn” statusi indikatori va yana boshqa o‘zgarishlar.

Barcha o‘zgarishlar haqida batafsil ➡️ bit.ly/2HdS1wh

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mulohaza_uchun

Multfilmlar animatsiyadan qanday qayta foydalanishiga razm soling. Ustozlarimiz bizga har doim ta’kidlaganidek, velosipedni qayta kashf etib o‘tirmasdan, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish kerak 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#smartfon #mulohaza_uchun #maslahat

Axborot narxi: smartfon jodusini qanday yengish mumkin? 📱🤔

Texnologiya quliga aylanib qolmaslik va hayotga tashnalik hissini qaytarishning to‘rt usuli.

Cheksizlik hovuzlari haqida eshitganmisiz? Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa ham buni har kuni his qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bu atamani “Vaqt toping. Asosiy narsalarga diqqatni qaratish” kitobi mualliflari Jyeyk Knapp va Jon Zeratski o‘ylab topishgan. Ular barcha telefon ilovalarini Cheksizlik hovuzlari deb atashgan. Agar bu matohning “Yangilash” tugmasi bo‘lsa, u Cheksizlik hovuzidir. U vaqtingiz bilan oziqlanadi. Kitob mualliflari bir necha yil muqaddam ularni oziqlantirishni to‘xtatdilar va smartfonlaridan ko‘plab ilovalarni o‘chirib tashlashdi. Kitobda keltirilgan ayrim fikrlarni e'tiboringizga havola qilamiz.


1️⃣. Pochta ilovasini o‘chiring

Elektron pochta – chalg‘ituvchi Cheksizlik hovuzi va band kishilar harakatining qaynoq yuragi. Telefon ekranida xabarga javob yozish mushkul bo‘lgani uchun bu xizmat bizni asabiylashtiradi ham. Voqealar ortidan quvib, pochtani tekshirishga tushamiz, biroq natijada o‘zimizga ortda qolayotganimizni yana bir bor eslatamiz. Telefoningizdan pochta xizmatini o‘chirib, zo‘riqishning katta ulushidan xalos bo‘lasiz.

2️⃣. Birinchi ekranni tozalang

Telefoningiz tezkor ishga sozlangan. U yuzingiz va barmoq izlarini darhol skaner qiladi – mana kirib bo‘ldingiz. Axir ko‘pchilik sevimli ilovalari belgilarini telefonning ilk ekranida saqlashadi. Ilovalarga kirishni murakkablashtirish uchun ilk ekranni bo‘shating. Barcha belgilarni ikkinchi (agar ikkinchida bo‘lsa, uchinchi va h.k.) ekranga ko‘chiring. Birinchi ekranda chiroyli fon suratidan tashqari hech narsa qoldirmang.

3️⃣. Qo‘l soatidan foydalaning

Bugun qo‘l soatini arzon narxga sotib olishingiz mumkin. Ular doim aniq vaqtni ko‘rsatadi. Ular yengil va suv o‘tkazmas. U kunduzgi uyqudan keyin sizni o‘z vaqtida uyg‘otishi va gaz pechidan taomni olish vaqti bo‘lganini eslatishi mumkin.

Biroq biz qo‘l soatini umuman boshqa sabablar tufayli yoqtiramiz. Ular sizga vaqtni bilish uchun har safar telefonga qarash zaruriyatidan xalos etadi.

4️⃣. Gadjetlarsiz yuring

Kris Palmeri haftasiga ikki marta noutbuk va mobil telefonini ofisda qoldirib, uyga gadjetlarsiz ketadi. U Tokioda konsalting agentligini boshqaradi, doimiy ravishda buyurtmalar bilan band. Biroq ushbu ikki kecha u o‘zini pochtani tekshirish imkoniyatidan xalos etadi. Hatto smslar ham yubora olmaydi. Kris tongda ishga borguniga qadar dunyodan uziladi. Noqulayliklar deysizmi? Tabiiy. Biroq Kris bu kabi izolyatsiya diqqat va uyquning yaxshilanishi bilan qoplanishini aytadi. “Gadjetsiz davrlarida” u ertaroq (1:00 da emas, 23:00 da) uxlashga yotadi, tiniqib uxlaydi va tun yarmida kamdan-kam uyg‘onadi. U hatto tongda o‘z tushlarini ham eslaydi: o‘ylashimizcha, bu yaxshi belgi.

Elektron qurilmalardan vaqtinchalik xalos bo‘lish – foydali usul. Uyga kelganingizda apparatni yoningizda olib yurmang: uni stol g‘aladoni yoki javonga qo‘ying. Yaxshisi, sumkangizga, sumkangizni esa javonga yashiring.

📝 Manba: @xabardoruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg