IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#rasm_bilan_ishlash #maslahat

Neyron tarmog‘i yordamida realistik rasmlarni yaratish 🖼

SmartSketch Nvidia tomonidan taqdim etiluvchi GauGAN neyron tarmog‘i asosida ishlaydi. U 1 milliondan ortiq rasmlar asosida o‘qitilgan.

Neyron tarmog‘i fransuz rassomi Pol Gogen nomiga bag‘ishlandi. Xizmatning ishlash prinsipi oddiy:

1️⃣. Foydalanuvchi rasmning eskizlarini yaratadi.
2️⃣. “Convert to photo” tugmasini bosadi.
3️⃣. Generatsiyalangan rasmni oladi.

Eskizlar esa o‘z navbatida o‘lchami boshqariluvchi “bo‘yoq” vositasi yordamida qoldiriladi. Bo‘yoqning ranglari mos keluvchi teksturalarni anglatadi. Masalan:

sea - dengiz
cloud - bulut
bush - buta
grass - o‘t
mountain - tog‘
road - yo‘l
tree - daraxt
flower - gul
fog - tuman
hill - tepalik
snow - qor

Agar kerak bo‘lsa: oxirgi harakatni bekor qilish, elementni o‘chirg‘ich yordamida o‘chirish yoki polotnoni butunlay tozalash mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#security #mulohaza_uchun

So‘rovnoma:

Kompyuteringizni viruslarga qarshi qanday muddatda tekshirasiz? 👾

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word

Word’da biz ko‘pincha sahifalarga raqam beramiz. Bu oson va tez bajariladi. Biroq ba’zida sahifalarni emas, balki varaqlarni raqamlashga to‘g‘ri keladi. Ya’ni birinchi sahifada 1 raqami. Ikkinchisida - hech narsa. Uchinchisida - 2 raqami. To‘rtinchisida - hech narsa va hokazo.

Kolontitullardagi numeratsiya sozlamalarida bunday opsiya ko‘zda tutilmagan. Biroq ushbu masala yechimsiz emas. Shunchaki sahifada raqam shakllanishi uchun xizmat ko‘rsatuvchi maydonga kichik o‘zgartirish kiritish lozim. Ushbu kiritilgan o‘zgartirish sahifa raqamini varaq raqamiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Bunda bizdan faqatgina bir juft klavishlar kombinatsiyasini bilish talab etiladi.

📝 Manba: @office_killer

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegramda_kanal_yuritish

❗️Kanal ma’murlari uchun muhim yangilik

@crosser_bot’da ajoyib yangilanishga ko‘zimiz tushib qoldi, dasturchilar tomonidan ushbu botda yangi tugma qo‘shilgan: 🔍 Похожие

Ushbu tugmaga bosgan paytimizda bizga quyidagi ko‘rinishdagi xabar yuboriladi:

Запрос для поиска похожих каналов (супергрупп) на @itspecuz скоро будет готов.
#1153279058d64429b57eb2c2e6f5db02

Biroz muddatdan so‘ng kanalimizdagi obunachilarimizning boshqa kanallar bilan kesishmasi, ya’ni ham bizda ham boshqa kanalda a’zo bo‘lganlari soni kelib chiqadi.

📌 P.S. Ushbu bot haqida ushbu maqolada batafsil o‘qib ko‘rishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#it_darslar #security

Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada? 🆔🔐🔓🤔

Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.

Bugun biz identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya nima ekanligini va ushbu tushunchalar orasidagi farqni bilib olamiz.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun

So‘rovnoma:

Fitnes-trekerdan foydalanasizmi? 🏃🏻‍♂️🏃🏻‍♀️

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

“Apple” yana eng qimmat kompaniyaga aylandi 📈

Kuni kecha “Microsoft” kompaniyasi daromadlari oshganligi haqidagi moliyaviy hisobotini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng uning aksiyalari narxi o‘sib, “Microsoft” kapitalizatsiyasi 1 trillion AQSh dollaridan oshgan edi.

Kecha esa “Apple” ham o‘z hisobotini e’lon qildi va buning ortidan kupertinolik korporatsiya aksiyalari 6 foizga qimmatlashdi. Buning natijasida Tim Kuk kompaniyasi kapitalizatsiyasi yana 1 trillion dollardan oshib ketdi. Esingizda bo‘lsa, u o‘tgan yilning avgustida trillionlik marrani egallagan ilk kompaniya bo‘lgandi.

Bir trillion dollarlik ko‘rsatkichga ilk bora erishgan “Microsoft” esa hozirda 992 milliard dollarlik kapitalizatsiya bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.

Lekin shunisi qiziqki, “Apple” hisobotiga ko‘ra, uning barcha moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sish o‘rniga birmuncha pasaygan. Uning smartfonlar savdosi ham ancha sustlashgan, faqat taqiluvchi elektronika gadjetlaridan va servislaridan tushadigan daromadi sal oshgan. Shunga qaramasdan, uning aksiyalari qimmatlashgani g‘alati. Aftidan, “Apple”ning joriy chorak uchun prognozi yuqoriroq ekanligi investorlar e’tiborini tortgan.

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

Telegram firibgarlar bilan kurashadi⚔️

Telegram Info’ning xabar berishicha keyingi yangilanishda “qora belgi” paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar shubhali yoki firibgarlik faoliyati bilan qo‘lga tushgan biror shaxsga duch kelganida maxsus xabar bilan ogohlantiriladi.

Agar qandaydir akkauntga ko‘p sonli shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, ushbu ogohlantirish faollashadi. Va nihoyat “boylikni qanday qo‘lga kiritish” kurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi infolo‘lilar, pulli signallar bilan shug‘ullanuvchi kriptotreyderlar va boshqa shubhali shaxslar anchagina tinchlanadi yoki butunlay ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

📝 Manba: @teleblog

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#it_darslar #bilasizmi

1-dars. IT nima? 🤔

Ehtimol, kanalga obuna bo‘lib, uning nomlanishini ko‘rib, hayolingizga kelgan birinchi fikr “IT nima o‘zi?” va “menga IT-darslar nega kerak?” kabi savollar bo‘lgandir. Ushbu darsda biz ana shu ikki savol borasida muhokama olib boramiz.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#security #maslahat

LastPass parollar generatori 🔣

LastPass - bu parollarni saqlash uchun mashhur, bepul xizmat.

Uning saytida ko‘rsatilgan sozlamalar bo‘yicha parolni generatsiya qilishning oddiy funksiyasi mavjud: lastpass.com/ru/password-generator

Parol uchun belgilarni tanlash:

— katta harflar;
— kichik harflar;
— sonlar;
— belgilar.

Parol uzunligi:

Joriy qiymatlar 1 dan 50 gacha. Lekin LastPass uzunligi 12 belgidan kam bo‘lmagan parollardan foydalanishni tavsiya etadi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

— “Aytish oson” - sonlar va maxsus belgilarning yo‘qligi.
— “O‘qish oson” - bir-biriga o‘xshash belgilarni chiqarib tashlash. Masalan: l, 1, O, 0.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #mulohaza_uchun

Google’ga kiring va “DO A BARREL ROLL” jumlasini kiriting va Google amakining bunga javoban nima qilishini kuzating 😉

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin. Endi bu imkoniyat O‘zbekistonda ham mavjud 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓

Onlayn ta’lim olishga qiziquvchilar uchun Khan Academy (Xan akademiyasi) platformasi yaxshi tanish. U matematika, fizika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, ingliz tili grammatikasi, tibbiyot, astronomiya, moliya, tarix kabi fanlar bo‘yicha 10 mingdan ziyod videodarslar va 100 mingdan ortiq mavzulashtirilgan interaktiv mashqlarni jamlagan juda katta qamrovli platforma bo‘lib, har kim o‘zi istagan tilda, qulay vaqt va joyda kerakli fan bo‘yicha bilimlarni olishi mumkin.

Butun dunyoda fan ishtiyoqmandlari orasida katta rezonansga sabab bo‘lgan Xan akademiyasi ma’lumotlaridan endi o‘zbek tilida ham foydalanish mumkin. O‘zbekistonlik bir guruh ko‘ngillilar platforma kontentini mahalliylashtirish – o‘zbek tiliga o‘girishga bel bog‘lashgan. Platformaning qulayliklari hamda uni mahalliylashtirish jarayoni haqida loyiha mualliflari so‘zlab berishdi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Shveysariyadan Driva Geneve kompaniyasi soatlari - televizor, radio va kalkulyatori bilan, 1976 yil.
Akkumulyatorni cho‘ntakda olib yurishga to‘g‘ri kelgan.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

O‘zbekistonda IT-kompaniyalar uchun imtiyozlar so‘rashdi 🗜

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsion markazi rezidentlari va IT sohasidagi boshqa ishbilarmonlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi LBMA axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirning maqsadi - mamlakatda “aqlli” biznesni amalga oshiradigan kompaniyalar nimaga muhtojligini shaxsan o‘zlaridan o‘rganish, elektron tijorat, logistika, soliq, yuqori texnologiyaga asoslangan biznesni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar va taklif etilayotgan yechimlarni o‘rganish.

Tadbirkorlar o‘z nuqtai nazarlari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar, muammolar sabablarini va hal qilish yo‘llarini taklif qildilar. Barchaga ayon bo‘lgan yagona muammo – mamlakatda yuqori texnologiyali biznes bilan shug‘ullanadigan odamlar soni nihoyatda kam.

Bundan tashqari, bir nechta muammolar o‘rtaga tashlandi:

- bizning zaif tomonimiz, IT-biznesni rivojlantirish uchun imtiyozlar kerak. Imtiyozlarning bu sohani rivojlantirishda bo‘lgan o‘rni beqiyos, yuksalish uchun mablag‘ ajratishga imkoniyat yaratadi: masalan, xodimlarning malakalarini oshirish yoki tajribali mutaxassislarni jalb qilish imkonini beradi. Ha, so‘nggi yillarda ko‘plab imtiyozlar taqdim etildi, biznesni yuritish ancha yengillashdi. Biroq barcha soliqlarni to‘lab borayotgan va barcha qoidalarga muvofiq o‘z faoliyatini yuritayotgan kompaniyalarga oson emas. Ko‘pgina masalalar puxta ishlab chiqilmagan, buning natijasida to‘g‘ri qabul qilingan qarorlar ham amalda samarasiz bo‘lib chiqadi. Misol uchun MUIC’ning rezidentiga aylanish va imtiyozlarga ega bo‘lish uchun aynan dasturiy mahsulotlar bilan shug‘ullanish kerak. O‘zida ko‘plab IT yo‘nalishlarini qamrab olgan firmalar qanday yo‘l tutishi lozim?

- loyihalarni imtiyozli kreditlash. Hozir kredit stavkasi 20-25% gacha boradi. Masalan, Yevropada u 7% dan ortiq emas. Bundan tashqari, ko‘p hollarda qaysi sohalarga kredit ajratish lozimligini aniqlashtirish qiyin. IT-biznesni tezkor va to‘g‘ri baholaydigan tizim mavjud emas. Barchasi malakali kadrlarning yetishmovchiligiga borib taqaladi;

- elektron raqamli imzo (ERI) – ishonchli, standartlashtirilgan, texnologik, jismoniy imzo uchun real qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Afsuski, banklar ERI olishga tayyor emas, shuningdek yuridik nuqtai nazardan to‘laqonli elektron hujjatlarning yetishmovchiligi ham ta’kidlandi;

- davlat muassasalarida muammolarni hal qilishning tezligi va qulayligi;

- vazirliklar bilan ishlaydigan va loyihalarni boshqaradigan, IT va boshqa loyihalarni ajrata oladigan organning yo‘qligi;

- intellektual mahsulot yoki royalti uchun ajratmalar masalasi. Litsenziyalash bo‘yicha ko‘plab qonun hujjatlari 10 yil avval qabul qilingan. Bu vaqt mobaynida IT sanoati oldinga katta qadam qo‘ydi va bugungi kunga kelib yuqori texnologiyalar sohasida litsenziyalashni qanday amalga oshirish kerakligini tushunish qiyin bo‘lib qoldi.

Eksport, bojlar va xorijiy kompaniyalarning o‘zbekistonlik kompaniyalar bilan ishlashni istamasliklarining sabablari, import, bojxona bilan bog‘liq byurokratik qiyinchiliklar va boshqa ko‘p narsalar haqida so‘z yuritildi.

📝 Manba: @kunuzofficial

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #mulohaza_uchun #bilasizmi

Sizning telefoningiz ishlab chiqaruvchining da’vosiga qaraganda ko‘proq ishlaydi 📱🔋📊

Which? Britaniya iste’molchilar assotsiatsiyasining ekspertlari turli ishlab chiqaruvchilarga tegishli smartfonlar batareyalarini sinovdan o‘tkazdi. Ularning kelgan xulosalariga ko‘ra ba’zi kompaniyalar tasniflashga kelganda ushbu ko‘rsatkichni atayin ko‘paytirib ko‘rsatishadi, lekin ko‘pchiligi aksincha, pasaytiradi.

Nokia’ning sinalgan smartfonlari suhbat rejimida aytib o‘tilgan 16,9 soat o‘rniga 18,2 soat ishlagan. Samsung — 21,1 soat o‘rniga 23,3 soat, Sony esa — 12,6 soat o‘rniga 16 soat. Misol uchun, Xperia Z5 Compact ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan — 25 soatu 52 daqiqaga nisbatan 9 soat ortig‘i bilan quvvatini ushlab bergan.

Biroq istisno holatlari ham yo‘q emas, albatta. Garchi Apple “25 soatga qadar” deb ta’kidlagan bo‘lsa ham, iPhone XR so‘zlashuv rejimida 16 soatu 52 daqiqa ishlagan. Biroq Apple saytida aytilishicha, ushbu ko‘rsatkichga simsiz garnituradan foydalanganda erishish mumkin, bundan tashqari, akkumuluyatorning keltirib o‘tilgan tasniflari tarmoq sozlamalari va boshqa omillarga bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tilmagan. Which? qanday sharoitlarda sinov o‘tkazilgani borasida tafsilotlarga to‘xtalib o‘tirmadi. Ekspertlar iPhone’ning to‘qqiz modelida avtonom ishlash vaqtini o‘lchab ko‘rishdi va ma’lum bo‘ldiki, ular quvvatni ta’kidlab o‘tilgan 19,4 soatga nisbatan o‘rtacha 14,8 soat ushlab berarkan. HTC smartfonlari borasida vaziyat biroz yaxshiroq: 20,5 soat o‘rniga 19,6 soat.

📝 Manba: @XAKEPCTBO_channel

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun

Avvalambor barcha kanalimiz a’zolarini Muborak Ramazon oyining kirib kelganligi bilan tabriklaymiz! 🕋🌙

Ushbu oyda qiladigan ibodatlaringiz va tutgan ro‘zalaringizni Olloh o‘z dargohida qabul qilishini tilagan holda, ro‘za vaqtida ro‘zador inson tanasida nimalar yuz berishi va qanday jarayonlar kechishini ifodalovchi ushbu qisqa videorolikni Sizlarga ulashishni lozim deb topdik.

Marhamat, tomosha qiling va ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ulashishni ham unutmang.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳу ривоят қиладилар: «Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деб айтганлар: «Рўза (тутишлик) дўзах ўтидан асровчи воситадир! Бинобарин, рўза тутган киши ҳақорат сўзларини тилга олмасин, сўзлашганда бақирмасин, бировни масхара қилмасин! Агар бирор киши рўзадор билан уришса ёки уни ҳақорат қилса, рўзадор икки бор: «Мен рўзаман», десин! Аллоҳга қасамёд қилиб айтаманки, рўзадорнинг оғзидан келган бўй, Аллоҳ наздида мушк-анбар бўйидан ҳам хушбўйроқдир, чунки Аллоҳ таоло: «Рўзадор мени деб еб-ичмас ва мени деб рўза тутар, бинобарин унинг мукофотини ўзим бераман ва ҳар бир яхшилиги эвазига мендан ўн баробар мукофот олгусидир», - дейди».

Имом ал-Бухорийнинг «Ал-жомеъ ас-сахих» китобидан.
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.cieuz.al_jome_as_sahih
​​#internet #hardware #maslahat

Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish ⌨️

Keyboard Tester - klaviaturaning to‘g‘ri ishlashini tekshirish uchun sayt. Ushbu xizmat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

— Matn kiritish maydoni;
— Virtual klaviatura.

Qo‘llab turilgan klaviatura klavishlari bosilganda, virtual klaviaturaning mos klavishlari o‘z rangini yashil yoki ko‘k rangga o‘zgartiradi.

Shu tarzda klaviaturaning barcha klavishlari ustiga bosib chiqish va muammoli yoki umuman ishlamaydigan klavishlarni aniqlash mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#it_darslar #hardware

Apparat ta’minoti bo‘yicha ma’lumotnoma 🖥

Ushbu maqolada kompyuterning tuzilishini osonroq anglab olish uchun tushunchalar to‘plangan. Kanaldagi darslar va maqolalarda Sizning bo‘lajak bilimlaringiz asosi sifatida ora-orada ushbu ma’lumotnomaga urg‘u berib o‘tiladi.

Sohaga endigina qiziqib, keltirilgan atamalarni birinchi marta ko‘rib turganlarga ham tushunarli bo‘lishi uchun, tushunchalar oddiy tilda yozilgan.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

5 megabayt hajmli birinchi qattiq disk. Disk 1956 yil sentyabrda IBM kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. Tizimning vazni 1 tonna atrofida bo‘lgan.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

Telegram auditoriyasi tadqiqoti natijalari 📊

TGStat.ru Telegram-kanallari analitikasi xizmati messenjer auditoriyasining keng ko‘lamli tadqiqotini amalga oshirdi: 2019 yilga kelib, Telegram’ning doimiy foydalanuvchilari qanday o‘zgarganini tushunishga yordam berish uchun 8-dan 22-aprelga qadar 82 ming odam katta so‘rovnomadan o‘tishgan.

Bir nechta qiziqarli faktlar:
— messenjerda erkaklar ko‘pchilikni tashkil etmoqda (67%)
— "18-24" va "25-34" yosh guruhlari yetakchilik qilmoqda
— har to‘rtinchi foydalanuvchi IT-sohasida ishlaydi
— so‘rovnomada qatnashganlarning 45% siyosiy kanallarni kuzatib boradi

Bu haqida batafsil maxsus katta maqolada tanishishingiz mumkin: https://tgstat.ru/research

📝 Manba: @tg_analytics

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg