#telegram
Barcha Android-qurilmalar uchun Telegram X ilovasida yirik yangilanish! 🔄
Telegram dasturchilari messenjerning eksperimental talqini – Telegram X kliyenti uchun uzoq kutilgan yangilanishni chiqarishdi. 0.21.7.1151 raqamli ushbu apdeytni Android-qurilmalar egalari o‘rnatib olishlari mumkin.
Shunday qilib, Telegram X ilovasining 0.21.7.1151 versiyasida quyidagi yangi imkoniyatlar taqdim etilgan:
1. Bildirishnomalar 2.0 – ular noldan boshlab qaytadan yaratilgan bo‘lib, ishonchlilik yaxshilangan va faol foydalanuvchilar uchun takomillashtirilgan sozlamalarni o‘z ichiga oladi.
2. Multiakkaunt 2.0 – tizim resurslarini kam sarflagan holda cheksiz miqdorda akkauntlar qo‘shish mumkin.
3. Chatlarni ularning turiga qarab (maxfiy yozishmalar, guruhlar, kanallar, o‘qilmaganlar) saralash imkoni bor.
4. Maxfiy chatlarda istalgan xabarni barcha uchun o‘chirish mumkin (vaqti ham cheklanmagan – avval 48 soatgacha edi). Foydalanuvchilar nafaqat o‘zlarining, balki suhbatdoshlarining ham yozganlarini o‘chira oladilar.
5. Messenjerning o‘zida so‘rovlar joylash yo‘lga qo‘yilgan.
6. Oddiy guruhlarda va “Tanlanganlar” (“Избранные”)da biror xabarni tepaga biriktirib qo‘yish mumkin.
7. Messenjerning rasmiy tarjima platformasi – translations.telegram.org orqali yaratilgan lokalizatsiyalarni qo‘llash va ularga havola orqali o‘tish mumkin.
8 “Tarmoq va ma’lumot almashish” (“Сеть и данные”) bo‘limida sozlamalarning tashqi ko‘rinishi ozroq o‘zgartirilgan.
9. Blokni chetlab o‘tish vositalari yaxshilangan.
10. Ikki bosqichli avtorizatsiya uchun pochtani yangicha tasdiqlash yo‘lga qo‘yilgan.
11. Maxfiy kanal yoki chatdagi biror postga eltuvchi havolani nusxalab olish mumkin.
12. Guruh a’zolaridan nechtasi ayni damda onlayn ekanligi to‘g‘ri ifodalanadigan bo‘lgan.
13. Messenjerning libtgvoip (2.4.4) hamda TDLib (1.4.0) kutubxonalari yangilangan.
Aytish kerakki, Telegram X foydalanuvchilarining 50 foizi uchungina ushbu apdeyt tarqatilmoqda. Agarda sizda bu ilova yangilanmayotgan bo‘lsa, mana bu havola orqali beta-test dasturiga qo‘shilib, yangi talqinini olishingiz mumkin.
📝 DiMaX Terabayt.uz
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg

👍1
#it_darslar #security
ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil 🆔🤔
Bugungi kundan boshlab @itspecuz kanalida IT-darslar rukni o‘z ishini boshlaydi. Va biz eng asoslaridan boshlaymiz, darsni sodda va qiziqarli qilib tayyorlashni unutmaslikka harakat qilamiz.
Ushbu maqolada biz identifikatorlar mavzusiga to‘xtalib o‘tamiz: (ID, UID). Ushbu qisqartmalar axborot xavfsizligida ko‘p uchraydi.
ID nima?
ID (“ay-di” deb o‘qiladi) — bu inglizcha “identifier” so‘zining bir qismi bo‘lib, “identifikator” deb tarjima qilinadi.
ID yoki Identifikator — bu subyektni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotdir (sodda qilib aytganda bu raqam yoki nom: son yoki belgilar satri).
Har safar biror joyda ro‘yxatdan o‘tayotganingizda sizga identifikator, ya’ni qandaydir nom yoki raqam beriladi. Har bir alohida tizimning ichida esa sizning identifikatoringiz noyob (unikal, takrorlanmas) bo‘ladi.
Identifikatorlarga misollar (id):
- Ism (Abdulla Rustamov)
- Nik (AbdullaR)
- Telefon raqami (+998 97 123-45-67)
- Pasport raqami (AA1234567)
- Bank kartasi raqami (1234-5678-9012-3456)
- Avtoulov raqami (A123AC)
- Telefon IMEI raqami
- Mahsulot shtrix-kodi
- E-mail (namuna@gmail.com)
- Kanal manzili (https://t.me/itspecuz)
- Facebook’dagi shaxsiy sahifa raqami
Inson bilan tanishayotgan paytimizda biz birinchi navbatda uning ismini so‘raymiz, u bilan bo‘glanish uchun esa telefon raqami yoki E-mail’i bilan bo‘lishishini so‘raymiz (bu yerda avtoulov raqami, pasport raqami, bank kartasi raqami, shtrix-kod va hokazolarni keltirib o‘tish mumkin)
UID nima?
Ko‘pincha “UID” yozuvi uchrab turadi, bunda “ID”dan oldin “U” harfi qo‘shiladi, kengaytirilgan tarzda bu “unique” — “unikal” yoki “user” — “foydalanuvchi” bo‘ladi.
UID qisqartmasining ikki xil yoyilmasi mavjud:
UID
UID
Barchasi oddiy: ba’zi identifikatorlar unikal sanaladi, ya’ni faqatgina bir subyektga tegishli bo‘lishi mumkin (ismi mos kelishi mumkin, lekin pasport raqami doim farq qiladi).
UID’dan foydalanishga misollar:
- unikal identifikatorlar temir yo‘l chiptalarida buyurtmaning unikal identifikatori sifatida qo‘llaniladi
- Toshkent shahrining jamoat transporti oylik yo‘l chiptalarida individual seriya va raqamlardan foydalaniladi
- “1С” kompaniyasi dasturlarida UID qo‘llaniladi — UnikalIdentifikator tipidagi havola xususiyati
- Davlat tashkilotlarining to‘lov hujjatlarida unikal to‘lov identifikatori (UTI)dan foydalaniladi (masalan, UTI12345678901234567890///)
- UNIX-turidagi operatsion tizimlari foydalanuvchilarni UID deya belgilanuvchi raqam yordamida ajratib oladi
- Ba’zi saytlar ham ushbu identifikator muayyan foydalanuvchiga tegishli deb UID qisqartmasidan foydalanishadi
ID axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan
Odatda identifikator (id) maxfiy hisoblanmaydi, shuning uchun faqat unga asoslanib manbadan foydalanishga ruxsat berib bo‘lmaydi (masalan elektron pochta manzilini bilish pochta qutisidagi xatlardan foydalanish huquqini bermaydi).
Identifikatorni aniqlash (identifikatsiya) axborot resurslari (pochta, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt va hokazo)dan foydalanish uchun qo‘yilgan birinchi qadam sanaladi, keyingi qadamda autentifikatsiya va avtorizatsiya jarayonlariga o‘tiladi, biroq bu haqida keyingi maqolamizda alohida to‘xtalib o‘tamiz.

(Unique identifier) — unikal identifikator.UID
(User identifier) — foydananuvchining operatsion tizim yoki saytdagi identifikatori.Barchasi oddiy: ba’zi identifikatorlar unikal sanaladi, ya’ni faqatgina bir subyektga tegishli bo‘lishi mumkin (ismi mos kelishi mumkin, lekin pasport raqami doim farq qiladi).
UID’dan foydalanishga misollar:
- unikal identifikatorlar temir yo‘l chiptalarida buyurtmaning unikal identifikatori sifatida qo‘llaniladi
- Toshkent shahrining jamoat transporti oylik yo‘l chiptalarida individual seriya va raqamlardan foydalaniladi
- “1С” kompaniyasi dasturlarida UID qo‘llaniladi — UnikalIdentifikator tipidagi havola xususiyati
- Davlat tashkilotlarining to‘lov hujjatlarida unikal to‘lov identifikatori (UTI)dan foydalaniladi (masalan, UTI12345678901234567890///)
- UNIX-turidagi operatsion tizimlari foydalanuvchilarni UID deya belgilanuvchi raqam yordamida ajratib oladi
- Ba’zi saytlar ham ushbu identifikator muayyan foydalanuvchiga tegishli deb UID qisqartmasidan foydalanishadi
ID axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan
Odatda identifikator (id) maxfiy hisoblanmaydi, shuning uchun faqat unga asoslanib manbadan foydalanishga ruxsat berib bo‘lmaydi (masalan elektron pochta manzilini bilish pochta qutisidagi xatlardan foydalanish huquqini bermaydi).
Identifikatorni aniqlash (identifikatsiya) axborot resurslari (pochta, ijtimoiy tarmoqdagi akkaunt va hokazo)dan foydalanish uchun qo‘yilgan birinchi qadam sanaladi, keyingi qadamda autentifikatsiya va avtorizatsiya jarayonlariga o‘tiladi, biroq bu haqida keyingi maqolamizda alohida to‘xtalib o‘tamiz.
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍2
#telegram #maslahat
Telegram’da jiddiy xatolik: barcha shaxsiy ma’lumot va yozishmalaringizni SIM-kartaning yangi egasi ko‘ra oladi! 🤦🏻♂️
Messenjerlar orasida Telegram o‘zining kuchli himoyalanganligi bilan tanilgan. Ammo unda ham shaxsiy ma’lumotlarning, kontaktlar va yozishmalarning boshqa shaxslar qo‘liga tushib qolishiga imkon beruvchi xatolik mavjud ekan.
Yaqindagina belorussiyalik Yuliya ismli Telegram foydalanuvchisi bilan yuz bergan voqea ham bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Onliner nashrining yozishicha, uning o‘zi avvaldan Belorussiyadagi uyali aloqa operatoridan olgan raqamiga bog‘langan Telegram-akkauntida bo‘lgan. Boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tgach, Yuliya mahalliy operatordan yangi telefon raqami olgan. O‘sha raqami orqali yangi Telegram-akkaunt ochish, biryo‘la smartfonida yig‘ilib qolgan ortiqcha ma’lumotlardan xalos bo‘lish uchun u messenjerning o‘zini ham o‘chirib, boshqatdan o‘rnatgan.
Ilovani o‘rnatib, raqamini tasdiqlovchi SMS-xabarni olgach, Yuliya bu akkauntida “Hasan”ga aylanib qolgan! Ya’ni, u sotib olgan telefon raqamining avvalgi egasi – Hasan ismli shaxsning Telegram-akkaunti to‘lig‘icha qaytadan tiklangan: kontaktlariyu yozishmalarigacha.
Yuliya messenjerning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat etgan va ularning tasdiqlashicha, Telegram-akkauntni uyali aloqa raqamidan ajratish uchun o‘sha akkauntning egasi kerak bo‘lar ekan. Yuliyaga esa bu raqamiga bog‘langan begona akkauntni o‘chirib yuborishni tavsiya etishgan.
Shunday ekan, eski raqamlardagi Telegram-akkauntlaringizni hamisha yo‘q qilib yuborishga odatlanganingiz ma’qul.
📝 DiMaX @terabaytuz

#ict_news
🏗 Finlyandiyada dunyodagi eng aqlli yo‘l quriladi
Xususiy kompaniyalar va Finlyandiya hukumati umumiy uzunligi 80 km bo‘lgan avtotrassalarni C-V2X (avtomobil va infratuzilma bilan aloqa) texnologiyasi bilan ta’minlashadi.
5G-internet yordamida avtoulovlar bu turdagi trassadan yo‘llar holati va trafik haqidagi axborotni olishlari (va boshqalar bilan bo‘lishishlari) mumkin.
Istiqbolli loyihaning qiymati 2.2 million AQSh dollariga baholanmoqda.

#smartfon #iPhone #android
Nintendo kompaniyasi iPhone va Android-smartfonlar uchun ham o‘yinlar tayyorlamoqda 📲
Ushbu yapon kompaniyasi o‘zining videoo‘yinlari hamda Nintendo Switch o‘yin pristavkalari bilan tanilgan. U endi smartfonlar uchun o‘yinlarning beta-versiyalarini taqdim etmoqda.
Mazkur kompaniya Android hamda iOS tizimli mobil qurilmalar uchun ham o‘yinlar tayyorlashga kirishgan. Uning rejalarida hozircha ikkita – Animal Crossing: Pocket Camp va mashhur Super Mario Run mavjud.
Ushbu o‘yinlarning beta-sinovida ishtirok etish uchun esa faqatgina AQSh va Yaponiyadagi foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘ta olishadi. Xohlovchilarni ro‘yxatga olish 7 maygacha davom etadi. Agarda sinov dasturida qatnashishga talabgorlar ko‘p bo‘lsa, ular qur’a orasidan tanlab olinadi. iPhone va Android-smartfonlar foydalanuvchilarining keng ommasiga esa Nintendo o‘yinlari shu yilning yozida taqdim etiladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel
Excel 2013’da kichik, lekin foydali funksiya paydo bo‘ldi - ЕФОРМУЛА. U yacheykada nima joylashganini aniqlashda yordam beradi: bu esa formula yoki qandaydir konstanta bo‘lishi mumkin. Agar formula bo‘lsa ИСТИНА, aksincha bo‘lsa - ЛОЖЬ’ni qaytaradi.
Bu, masalan, shartli formatlashda kerak bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha shunday holat kuzatiladiki, katta formulalar massivida, ularning birini o‘rnida qandaydir qiymat kiritilgan bo‘ladi va bu barcha hisoblashlarda xatolikni keltirib chiqaradi. ЕФОРМУЛА bunday yacheykalarni osongina ajratib ko‘rsatadi va xatolikni darhol aniqlashda yordam beradi.
📝 Manba: @excel_everyday
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#bilasizmi #tarmoq #internet
Koʻpchilik Oʻzbekiston sunʼiy yoʻldosh uchirib, internetni tezligini bir necha barobarga oshirish mumkin deb fikr yuritadi. Bu aslida notoʻgʻri fikr! Sababi, sunʼiy yoʻldosh orqali maʼlumot almashish tannarxi juda qimmat va ishonchsiz (tashqi omillarga taʼsirchan) sanaladi.
❗️Fakt: Dunyo boʻylab Internet tarmogʻida almashinuvchi maʼlumotlarning 99% koʻp ulushi kabelli internet tarmogʻi hissasiga toʻgʻri keladi. Sunʼiy yoʻldosh Internet tarmogʻi orqali oʻtuvchi maʼlumotlarning ulushi nol butundan sal kattaroq son hisoblanadi.
📝 Manba: @tarmoq_tizim
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Koʻpchilik Oʻzbekiston sunʼiy yoʻldosh uchirib, internetni tezligini bir necha barobarga oshirish mumkin deb fikr yuritadi. Bu aslida notoʻgʻri fikr! Sababi, sunʼiy yoʻldosh orqali maʼlumot almashish tannarxi juda qimmat va ishonchsiz (tashqi omillarga taʼsirchan) sanaladi.
❗️Fakt: Dunyo boʻylab Internet tarmogʻida almashinuvchi maʼlumotlarning 99% koʻp ulushi kabelli internet tarmogʻi hissasiga toʻgʻri keladi. Sunʼiy yoʻldosh Internet tarmogʻi orqali oʻtuvchi maʼlumotlarning ulushi nol butundan sal kattaroq son hisoblanadi.
📝 Manba: @tarmoq_tizim
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ict_news #internet
• Facebook ijtimoiy tarmoqning yangi dizaynini namoyish etdi. O‘zgarishlar sayt va ushbu servis ilovasida aks etadi: tepa qismdagi ko‘k rangli “shapka” yo‘qoladi, bezatish esa yorqinroq ranglarda amalga oshiriladi. Yangi dizayn FB5 nomini oldi. iOS va Android uchun yangilangan ilovalar yaqin kunlarda paydo bo‘ladi, sayt redizayni esa kompaniya tomonidan bir necha oylar davomida amalga oshiriladi.
📝 Manba: @NovostiUZ

#mulohaza_uchun
Xitoy tomonidan an’anaviy masalaning innovatsion yechimi 😉

#rasm_bilan_ishlash #maslahat
Neyron tarmog‘i yordamida realistik rasmlarni yaratish 🖼
SmartSketch Nvidia tomonidan taqdim etiluvchi GauGAN neyron tarmog‘i asosida ishlaydi. U 1 milliondan ortiq rasmlar asosida o‘qitilgan.
Neyron tarmog‘i fransuz rassomi Pol Gogen nomiga bag‘ishlandi. Xizmatning ishlash prinsipi oddiy:
1️⃣. Foydalanuvchi rasmning eskizlarini yaratadi.
2️⃣. “Convert to photo” tugmasini bosadi.
3️⃣. Generatsiyalangan rasmni oladi.
Eskizlar esa o‘z navbatida o‘lchami boshqariluvchi “bo‘yoq” vositasi yordamida qoldiriladi. Bo‘yoqning ranglari mos keluvchi teksturalarni anglatadi. Masalan:
📝 Manba: @bugfeature

sea - dengiz
cloud - bulut
bush - buta
grass - o‘t
mountain - tog‘
road - yo‘l
tree - daraxt
flower - gul
fog - tuman
hill - tepalik
snow - qor
Agar kerak bo‘lsa: oxirgi harakatni bekor qilish, elementni o‘chirg‘ich yordamida o‘chirish yoki polotnoni butunlay tozalash mumkin.📝 Manba: @bugfeature
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#security #mulohaza_uchun
So‘rovnoma:
Kompyuteringizni viruslarga qarshi qanday muddatda tekshirasiz? 👾
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
So‘rovnoma:
Kompyuteringizni viruslarga qarshi qanday muddatda tekshirasiz? 👾
👨🏻💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#word
Word’da biz ko‘pincha sahifalarga raqam beramiz. Bu oson va tez bajariladi. Biroq ba’zida sahifalarni emas, balki varaqlarni raqamlashga to‘g‘ri keladi. Ya’ni birinchi sahifada 1 raqami. Ikkinchisida - hech narsa. Uchinchisida - 2 raqami. To‘rtinchisida - hech narsa va hokazo.
Kolontitullardagi numeratsiya sozlamalarida bunday opsiya ko‘zda tutilmagan. Biroq ushbu masala yechimsiz emas. Shunchaki sahifada raqam shakllanishi uchun xizmat ko‘rsatuvchi maydonga kichik o‘zgartirish kiritish lozim. Ushbu kiritilgan o‘zgartirish sahifa raqamini varaq raqamiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Bunda bizdan faqatgina bir juft klavishlar kombinatsiyasini bilish talab etiladi.
📝 Manba: @office_killer

#telegramda_kanal_yuritish
❗️Kanal ma’murlari uchun muhim yangilik
@crosser_bot’da ajoyib yangilanishga ko‘zimiz tushib qoldi, dasturchilar tomonidan ushbu botda yangi tugma qo‘shilgan: 🔍 Похожие
Ushbu tugmaga bosgan paytimizda bizga quyidagi ko‘rinishdagi xabar yuboriladi:
⏳ Запрос для поиска похожих каналов (супергрупп) на @itspecuz скоро будет готов.
#1153279058d64429b57eb2c2e6f5db02
Biroz muddatdan so‘ng kanalimizdagi obunachilarimizning boshqa kanallar bilan kesishmasi, ya’ni ham bizda ham boshqa kanalda a’zo bo‘lganlari soni kelib chiqadi.
📌 P.S. Ushbu bot haqida ushbu maqolada batafsil o‘qib ko‘rishingiz mumkin.

Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada? 🆔🔐🔓🤔
Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.
Bugun biz identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya nima ekanligini va ushbu tushunchalar orasidagi farqni bilib olamiz.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada? 🆔🔐🔓🤔
Bu bazaviy tushunchalarning o‘rtasidagi farqni bilmay turib, axborot xavfsizligi sohasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi.
Bugun biz identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya nima ekanligini va ushbu tushunchalar orasidagi farqni bilib olamiz.
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun
So‘rovnoma:
Fitnes-trekerdan foydalanasizmi? 🏃🏻♂️🏃🏻♀️
👨🏻💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
So‘rovnoma:
Fitnes-trekerdan foydalanasizmi? 🏃🏻♂️🏃🏻♀️
👨🏻💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news
“Apple” yana eng qimmat kompaniyaga aylandi 📈
Kuni kecha “Microsoft” kompaniyasi daromadlari oshganligi haqidagi moliyaviy hisobotini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng uning aksiyalari narxi o‘sib, “Microsoft” kapitalizatsiyasi 1 trillion AQSh dollaridan oshgan edi.
Kecha esa “Apple” ham o‘z hisobotini e’lon qildi va buning ortidan kupertinolik korporatsiya aksiyalari 6 foizga qimmatlashdi. Buning natijasida Tim Kuk kompaniyasi kapitalizatsiyasi yana 1 trillion dollardan oshib ketdi. Esingizda bo‘lsa, u o‘tgan yilning avgustida trillionlik marrani egallagan ilk kompaniya bo‘lgandi.
Bir trillion dollarlik ko‘rsatkichga ilk bora erishgan “Microsoft” esa hozirda 992 milliard dollarlik kapitalizatsiya bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.
Lekin shunisi qiziqki, “Apple” hisobotiga ko‘ra, uning barcha moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sish o‘rniga birmuncha pasaygan. Uning smartfonlar savdosi ham ancha sustlashgan, faqat taqiluvchi elektronika gadjetlaridan va servislaridan tushadigan daromadi sal oshgan. Shunga qaramasdan, uning aksiyalari qimmatlashgani g‘alati. Aftidan, “Apple”ning joriy chorak uchun prognozi yuqoriroq ekanligi investorlar e’tiborini tortgan.
📝 Manba: @xabaruzofficial

Telegram firibgarlar bilan kurashadi⚔️
Telegram Info’ning xabar berishicha keyingi yangilanishda “qora belgi” paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar shubhali yoki firibgarlik faoliyati bilan qo‘lga tushgan biror shaxsga duch kelganida maxsus xabar bilan ogohlantiriladi.
Agar qandaydir akkauntga ko‘p sonli shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, ushbu ogohlantirish faollashadi. Va nihoyat “boylikni qanday qo‘lga kiritish” kurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi infolo‘lilar, pulli signallar bilan shug‘ullanuvchi kriptotreyderlar va boshqa shubhali shaxslar anchagina tinchlanadi yoki butunlay ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
📝 Manba: @teleblog

#it_darslar #bilasizmi
1-dars. IT nima? 🤔
Ehtimol, kanalga obuna bo‘lib, uning nomlanishini ko‘rib, hayolingizga kelgan birinchi fikr “IT nima o‘zi?” va “menga IT-darslar nega kerak?” kabi savollar bo‘lgandir. Ushbu darsda biz ana shu ikki savol borasida muhokama olib boramiz.

#security #maslahat
LastPass parollar generatori 🔣
LastPass - bu parollarni saqlash uchun mashhur, bepul xizmat.
Uning saytida ko‘rsatilgan sozlamalar bo‘yicha parolni generatsiya qilishning oddiy funksiyasi mavjud: lastpass.com/ru/password-generator
Parol uchun belgilarni tanlash:
— katta harflar;
— kichik harflar;
— sonlar;
— belgilar.
Parol uzunligi:
Joriy qiymatlar 1 dan 50 gacha. Lekin LastPass uzunligi 12 belgidan kam bo‘lmagan parollardan foydalanishni tavsiya etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
— “Aytish oson” - sonlar va maxsus belgilarning yo‘qligi.
— “O‘qish oson” - bir-biriga o‘xshash belgilarni chiqarib tashlash. Masalan: l, 1, O, 0.

#internet #mulohaza_uchun
Google’ga kiring va “DO A BARREL ROLL” jumlasini kiriting va Google amakining bunga javoban nima qilishini kuzating 😉

#ict_news #mulohaza_uchun
Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin. Endi bu imkoniyat O‘zbekistonda ham mavjud 👨🏻🎓👩🏻🎓
Onlayn ta’lim olishga qiziquvchilar uchun Khan Academy (Xan akademiyasi) platformasi yaxshi tanish. U matematika, fizika, kimyo, biologiya, iqtisodiyot, ingliz tili grammatikasi, tibbiyot, astronomiya, moliya, tarix kabi fanlar bo‘yicha 10 mingdan ziyod videodarslar va 100 mingdan ortiq mavzulashtirilgan interaktiv mashqlarni jamlagan juda katta qamrovli platforma bo‘lib, har kim o‘zi istagan tilda, qulay vaqt va joyda kerakli fan bo‘yicha bilimlarni olishi mumkin.
Butun dunyoda fan ishtiyoqmandlari orasida katta rezonansga sabab bo‘lgan Xan akademiyasi ma’lumotlaridan endi o‘zbek tilida ham foydalanish mumkin. O‘zbekistonlik bir guruh ko‘ngillilar platforma kontentini mahalliylashtirish – o‘zbek tiliga o‘girishga bel bog‘lashgan. Platformaning qulayliklari hamda uni mahalliylashtirish jarayoni haqida loyiha mualliflari so‘zlab berishdi.