IT specialist
11.6K subscribers
1.11K photos
471 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#operatsion_tizim #smartfon #internet #maslahat

Ekranni kalibrlash 🖥

monteon.ru - bu kompyuter va telefon ekranini testlash uchun onlayn-servis. Testni ishga tushirish uchun saytga o‘ting va “Начать” tugmasini bosing.

Servis ekranni umum qabul qilingan parametrlar bo‘yicha tekshirish imkonini beradi:

— Rang uzatmasi
— Buzilgan piksellar
— Gradiyentlar ravonligi
— Miltirash
— Keskinlik
— Kontrast
— Yorqinlik
— Rasmni olib tashlash
— 16:9 formati

To‘g‘ri sinov natijalariga erishish uchun monitorni xira yoki qorong‘u yorug‘likda va to‘liq ekranli rejimda tekshiring.

Buning uchun saytning pastki o‘ng qismidagi mos belgi ustiga bosing. Sinov ekranlarini almashtirish uchun klaviatura strelkalaridan foydalanish mumkin.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat

Mahalliy SMMchilar yana Telegram auditoriyasini o‘rganishga qaror qilishdi. Keling, biz ham ularga yordam beramiz!

Bu shunchaki qiziqarli emas, balki kerakli axborotdir. Anketani to‘ldiring va boshqalarni ham bunga jalb eting.

✍🏻 2 daqiqa vaqtingizni ajrating: https://tgstat.ru/research

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#internet #maslahat

Routerni deraza oldiga qo‘ymang yoki internet tezligini oshirishning 8️⃣ usuli 🌐🚀

“The Sun” jurnalistlari internet tezligini oshirishning sakkiz usulini sanab o‘tishdi. Ularning fikricha, ma’lumotlar uzatish tezligiga ko‘p narsalar ta’sir qiladi — router tevaragidagi narsalardan tortib, dasturiy ta’minotdagi muammogacha.

Birinchi usul eng oddiysi: brauzerning keshini tozalang❗️

Qolganlari quyidagilar:

1️⃣. Brauzerni doim yangilab turing.

2️⃣. Kompyuterdagi viruslar internet tezligini susaytiradi, qurilmani ulardan tozalab turishni kanda qilmang.

3️⃣. Fon tartibida ishlayotgan ilovalarning (masalan, “Telegram”) tezlikni kamaytirishdagi “hissasi” kam emas. Shunga o‘xshash dasturlarning o‘chib-yoqilishini “Vazifalar boshqaruvchisi” (“Диспетчер задач”) orqali doim nazorat qilib boring.

4️⃣. Routerni iloji boricha balandroqqa joylashtiring — shunda signal butun xonani qamray oladi.

5️⃣. Routerni deraza oldiga qo‘ymang — signalingiz qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketadi.

6️⃣. Routerni akvarium oldiga qo‘yish ham tavsiya etilmaydi — suv signalni yutadi.

7️⃣. Wi-Fi parolingiz juda ishonchli bo‘lsin, shunda tarmoqqa sizdan boshqa hech kim ulana olmaydi.

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#operatsion_tizim

Kanalimizdagi #️⃣operatsion_tizim heshtegi ostida nashr etilgan maqolalar ro‘yxati

1. Ekrandan videoni yozib olish uchun bepul ilovalar.

2. Kompyuterda joy “o‘g‘irlab” yotgan fayllarni aniqlovchi 3 dastur

3. Windows’da papkaga parol o‘rnatish haqida

4. Ko‘p ishlatiladigan dasturlarga tugmalar birikmasi (горячие клавиши) o‘rnatish bo‘yicha

5. Kalkulyatorda sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash bo‘yicha

6. Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) funksiyasi bo’yicha

7. Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha

8. Punto Switcher dasturi

9. Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

10. Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)

11. Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish

12. C diskidagi Temp papkalari bo‘yicha

13. Android telefonidagi rasmlar, videolar va boshqa fayllarni kompyuterda ko‘rib chiqish bo‘yicha

14. PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli

15. Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”

16. Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar

17. Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?

18. easyQuizzy dasturi haqida

19. Windows 10'da kengaytirilgan rejim (va boshqa sirli papkalar)

20. Windows 10’da “Мой компьютер” belgisini ish stoliga qaytarish

21. Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)

22. Windows 10’ga kirishda so‘raladigan parolni olib tashlash

23. Windows 10’da foydalanuvchini yaratish

24. Windows 10’da foydalanuvchini administratorga aylantirish

25. Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz

26. Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari

27. Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10’ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi

28. Windows’da shriftni kattalashtirish

29. Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari

30. Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash

31. Windows 10`ga qarshi Windows 7: qay biri xavfsizroq?

32. Saytlar to‘g‘ri ochilmasligi: sababi va bartaraf etish yo‘llari

33. Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash

34. USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?

35. USB Safely Remove dasturi

36. Windows uchun Macrium Reflect dasturi qattiq disklarning zaxira nusxalarini yaratishda sizga yordam beradi

37. C diskidagi Users papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish haqida

38. Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida

39. Xatoimizni to‘g‘rilaylik azizlar!

40. Eng tezkor va texnologik operatsion tizim taqdim qilindi (iOS 12)

Ushbu ro‘yxatdagi mavzular siz uchun foydali bo‘ladi, degan umiddamiz. Marhamat, maqolalarda keltirilgan tavsiyalardan foydalaning va do‘stlaringizga ushbu ro‘yxatni ulashishni ham unutmang!

👨🏻‍💻@itspecuz
#maslahat

INPS va INN raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Ishga kirganlar yoki kirayotganlardan buxgalteriyadagilar doim so‘raydigan 3 ta hujjat bor: pasport nusxasi, jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasidan (INPS) nusxa va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR yoki INN) nusxasi.

Ko‘pchilik bunday hujjatlar so‘ralganda qayerdan olsam ekan, deb boshi qotadi. Shu sababli, quyidagi maslahatlarning Sizlarga foydasi tegadi degan umiddaman.

INPS

Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ining raqamini bilish juda oson. Har bir fuqaroning shaxsiy identifikatsiya raqami (PIN FL) bo‘ladi. Bu raqam pasportlarimizda yozilgan. Va eng muhimi PIN FL raqami pasportlarni almashtirgan paytingiz ham o‘zgarmaydi.

Mana shu PIN FL raqami ayni paytda Sizning INPS raqamingiz bo‘ladi. Ya’ni jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ingiz raqamini pasportingizga qarab ham bemalol bilib olishingiz mumkin (suratga qarang).

Agar mabodo hali Sizda INPS ochilmagan bo‘lsa, unda buni internet orqali ham qilsa bo‘ladi, albatta “Xalq banki” filiallariga borish shart emas.

Buni my.gov.uz/uz/open-inps manzili orqali amalga oshirish mumkin. Eng muhimi buning uchun elektron imzo talab etilmaydi.

STIR (INN)

STIR raqamini aniqlash ancha oson. Elektron soliq xizmatlari – my.soliq.uz portalida “STIRingizni aniqlang” degan bo‘lim bor. O‘sha yerda pasport ma’lumotlari va tug‘ilgan yilingizni kiritib, osongina STIRni hujjat ko‘rinishida olish mumkin.

Agar hali Sizga STIR ochilmagan bo‘lsa, unda mana bu havola orqali soliq to‘lovchilarni hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza yuborishingiz mumkin.

Bundan tashqari STIR raqamingizni bilib olish yoki yangi hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza yuborishni Telegram'dagi @mysoliqofficialbot rasmiy boti orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Bor gap shu. Zamonaviy texnologiyalar fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida yaratilgan va bundan barchamiz unumli foydalanishimiz kerak.

Ushbu maslahatlar Siz uchun yangilik bo‘ldimi?

👍 - ha, yangilik bo‘ldi
👎 - yo‘q, ilgari ham bilardim

📝 Manba: @xushnudbek

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

🖨 Printerda rang qolmaganida...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #internet #operatsion_tizim

“Microsoft” kompaniyasi yangi “Edge” brauzerini chiqardi 🌐

“Microsoft” kompaniyasi “Chromium” bazasida yangi “Edge” brauzerini test tartibida ishga tushirdi. Bu haqda “Thurrott” portali xabar berdi.

Istovchilar “Microsoft Edge Insider” portaliga kirib brauzerni ko‘chirib olishlari mumkin. “Edge” uch kanalda taqdim etilmoqda: “Beta”, “Developer” hamda “Canary”.

Eng tez yangilanishlar “Canary” kanalida bo‘ladi, “Developer” — dasturchilar uchun, “Beta”dan “ishchi rejimi”da foydalaniladi.

Hurmatli obunachilar, siz qaysi brauzerdan foydalanasiz?

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

🇬🇧🇺🇸 Google va Garvard olimlarining aniqlashlaricha, ingliz tilining lug‘ati aynan 1 022 000 so‘zdan iborat.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
🙋🏻‍♂️Hurmatli kanalimiz muxlis va muxlisalari! 🙋🏻‍♀️ Ushbu so‘rovnomamiz orqali sizdan qaysi rukndagi maqolalarni o‘qishni xush ko’rishingizni aniqlamoqchimiz, bu bizga bir haftalik reja tuzib, shuning asosida maqolalar joylashtirishimizga yordam berad
public poll

#security – 122
👍👍👍👍👍👍👍 34%

#operatsion_tizim – 67
👍👍👍👍 19%

#internet – 42
👍👍 12%

#excel – 34
👍👍 9%

#tarmoq – 34
👍👍 9%

#rasm_bilan_ishlash – 19
👍 5%

#word – 15
👍 4%

#powerpoint – 13
👍 4%

#test – 10
👍 3%

#outlook – 6
▫️ 2%

👥 362 people voted so far.
👆🏻Yuqoridagi so‘rovnomaning davomi, natijalarni o‘zimiz uchun umumlashtiramiz:
public poll

#android – 106
👍👍👍👍👍👍👍 33%

#telegram – 67
👍👍👍👍 21%

#telegramda_kanal_yuritish – 58
👍👍👍👍 18%

#bilasizmi – 21
👍 6%

#iOS – 20
👍 6%

#ict_news – 13
👍 4%

#maslahat – 13
👍 4%

#iPhone – 12
👍 4%

#smartfon – 11
👍 3%

#mulohaza_uchun – 5
▫️ 2%

👥 326 people voted so far.
3. Straightforward Intermediate CDrom.rar
42.4 MB
#learn_english_with_software

📚 “Straightforward Macmillan”ning darajalar bo‘yicha ajratilgan dasturlari bilan ingliz tilini o‘zlashtirib boramiz

Sizga taqdim etilayotgan “Straighforward Macmillan Intermediate” kursi dasturiy ta’minoti bilan har kuni kamida 1 soat vaqt ajratgan holda, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Dastur diskda ko‘p joy egallamasligi bilan ham o‘ziga xosdir, ishlashi uchun ham kompyuterning apparat ta’minotiga yuqori talablar belgilamaydi.

👉🏻 Batafsil...

Dasturning keyingi darajasini kanalda bo‘lishishimiz uchun esa ushbu postimiz ostida kamida 5️⃣0️⃣ta belgisiga bosgan holda, o‘z ovozingizni qoldirishingizni kutib qolamiz. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#security #tarmoq #android

📲 NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash

NetCut
– lokal Wi-Fi tarmog‘ini avtomatik skanerlash va unga ulangan qurilmalar haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. NetCut IP manzillar, xost nomlari, kompyuterlarning fizik manzillari, tarmoq kartalari o‘rtasida o‘tish va hokazolar haqidagi ma’lumotni ko‘rish imkoniyatini beradi. Dastur qurilmaning MAC-manzilini o‘zgartirish, tarmoqqa ulangan router, svitch yoki portativ qurilma haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

NetCut foydalanish uchun qulay va tushunarli interfeysga ega.

Asosiy xususiyatlari:

- Tarmoqni skanerlash va ulangan qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni olish
- MAC-manzilni o‘zgartirish imkoniyati (pullik versiyasida)
- Ulangan qurilmalar haqidagi axborotni aks ettirish

Aslida, bu tor doiralarda :) yaxshi ma’lum bo‘lgan WiFi Kill nomli dasturning analogi hisoblanadi. Undan farqli o‘laroq ushbu dastur androidning 5-versiyasida uzilishlarsiz ishlaydi va bir nechta qiziqarli xususiyatlarga ega. Ikki xil versiyada – bepul va PRO’larda mavjud. PRO versiyasida muhim funksional blokdan chiqarilgan (xususan, o‘z MAC-manzilingizni berkitish imkoniyati mavjud) va reklama yo‘q.

📥 Yuklab olish: Google Play

📝 Manba: @XAKEPCTBO_CHANNEL

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#ict_news #smartfon

📱Sotuvda bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Business Insider nashri ayni vaqtda sotuvda bo‘lgan eng yaxshi 20 ta smartfondan iborat reytingni tuzdi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasini OnePlus 6T smartfoni egalladi. Ta’kidlanishicha, ushbu gadjet simsiz quvvatlagich yoki suv o‘tkazmaslik kabi eng zamonaviy opsiyalar to‘plamiga ega bo‘lmasa-da, narxi va funksiyalari hisobiga 1-o‘rinni munosib egallagan.

2-o‘ringa Samsung Galaxy S10e loyiq topildi. Ushbu qurilma “ajoyib” ekran, a’lo darajadagi kamera hamda hamyonbop narxga ega.

3-o‘rinni iPhone XR, 4- va 5-o‘rinlarni Samsung’ning Galaxy S10 Plus va S10 modellari egallagan.

Shuningdek, yuqori o‘ntalikka Google Pixel 3 va Pixel 3 XL, Samsung Galaxy Note 9, iPhone XS va iPhone XS Max, Samsung Galaxy S9 Plus va iPhone X kiritilgan.

11-20-o‘rinlarni iPhone 8 Plus, Samsung Galaxy S9, Huawei Mate 20 Pro, iPhone 8, Razer Phone 2, LG V40, Apple iPhone 7 va 7 Plus, Moto G7, LG G8 va BlackBerry Key2 modellari egallagan.

📝 Manba: @kunuzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#bilasizmi

Olimlar zarba berganda elektr ishlab chiqarish va to‘plash imkoniga ega futbol to‘pini yaratishdi. Uni kambag‘al mamlakatlarda sotish rejalashtirilmoqda. Ushbu to‘p bilan shunchaki 15 daqiqa o‘ynash orqali telefonni zaryadlab olishingiz mumkin.

📝 Manba: @Logika

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#internet #maslahat

Saytning yuklanishini reklama bilan va uningsiz sinab ko‘rish 🔄

Opera brauzeri tarkibida saytning yuklanish tezligini reklama bilan va uningsiz solishtirib ko‘rish imkoniyatini beruvchi reklama bloklagichi mavjud.

Tekshiruvni ishga tushirish uchun quyidagi variantlardan birini bajarib ko‘ring:

1️⃣. Qiziqtirayotgan saytga o‘tib ko‘ring.
2️⃣. “Блокировка рекламы” belgisining ustiga bosing.
3️⃣. Oynaning pastki qismida “Тест скорости загрузки: с рекламой и без”ga bosing.

1️⃣. Brauzer URL’iga “opera://speedtest/”ni kiriting.
2️⃣. Kiritish maydonida qiziqtirayotgan saytning manzilini ko‘rsatib o‘ting.
3️⃣. “Проверить”ga bosing.

Tekshiruv natijasi esa reklama bilan va uningsiz quyidagi ko‘rinishdagi sahifalarni solishtirish bo‘ladi:

— Berkitilgan reklama bloklarini aks ettiruvchi ikki skrinshotlardan iborat slayderlar;
— Saytning yuklanish tezligi;
— Yuklanish tezligining foizdagi nisbati.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#security

🛡 Kanalimizdagi #security rukni ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing (1):

Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!
Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...
Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?
Eng sodda login va parol haqida qiyosiy hazil
Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma’lum qilindi
Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar
Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli
Xakerlar kompyuterni faks orqali buzishdi
Brauzerlarda parolni saqlamaslik uchun 3 sabab
Windows’ning yangilanishi fayllaringizni o‘chirishi mumkin
Smartfon uchun antivirus kerakmi?
Windows parolini tiklashning oddiy usuli
O‘z kompyuterimizda USB portlarni bloklash
Internet-trafik va smartfon quvvatini “yeb tashlaydigan” virus topildi
Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!
Internet parolsiz kelajakka katta qadam qoʻydi
Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur
Google Chrome endi parolingiz o‘g‘irlanganligini tekshirib beradi
Fransuz yoqilg‘i quyish shahobchalari zavod tomonidan o‘rnatilgan parol tufayli buzilgan
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
Nod32 antivirusi bazasini oflayn yangilash
ID, UID nima? Identifikatorlar haqida batafsil
Identifikatsiya, autentifikatsiya, avtorizatsiya - farqi nimada?
LastPass parollar generatori
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: endi smartfon bilan...
Ovoz aniqlash tizimi eng zo‘r vositadir (hazil post)
HTTP va HTTPS (farqi nimada?)
2019 yilning eng yomon parollari reytingi: qarang-chi, unda sizniki yo‘qmikan?
Microsoft Windows 7’ni antivirus himoyasisiz qoldiradi
Hujjatni parol bilan himoyalash
Hujjatga o‘zgartirish kiritishni cheklash
Papkaga parol qanday o‘rnatiladi?
Bloger Eldor Asanov Telegram akkauntini buzib kirishga urinish bo‘lganini aytmoqda.
Onlayn Antivirus
Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi
Messenjerlarda firibgarlik sxemalari orqali odamlarni aldash holatlari kuzatilmoqda
Diqqat, Telegram’da virus tarqalmoqda
Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin?
“Kontakt qo‘shing va yutuqlardan biriga ega bo‘ling” internet o‘g‘irligi fosh etildi
Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish
Android-qurilmalarda xavfli bo‘shliq aniqlandi
Telegram'da suhbatdoshlarni telefon raqamisiz kontaktga qo‘shish imkoniyati mavjud
Surxondaryo viloyati hokimligi hamda ayrim tuman hokimliklarining saytlariga uyushtirilgan kiberhujumlar yuzasidan
WhatsApp'dagi yangilik va Telegram messenjeriga migratsiya
Smartfondagi ilovalarga parol o‘rnatish
iPhone'da turli saytlardagi barcha akkauntlarning login va parollarini ko‘rish
iPhone'da sayt uchun saqlangan parolni qanday bilish mumkin?
Josuslikdan himoyalanamiz: Android'dagi ilovalarga kameradan foydalanishni taqiqlash
Tarixdagi eng yirik xakerlik hujumi nima uchun amalga oshirilganini bilasizmi?
Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
Android'da ilovalarga internetdan foydalanishni cheklash (batareya va trafikni tejaymiz)
Virusga duch kelish ehtimolini qanday bartaraf etish mumkin?
Telegram'da akkauntni himoyalash: 2 asosiy usul

📌 P.S.: Ushbu ro‘yxatning 2-qismi.

💡Maqolalar ro‘yxatini ushbu sohaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashishni ham unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#telegramda_kanal_yuritish

🗣 Telegram tarmog‘ida kanal yurituvchi va yuritishni rejalashtirayotgan ma’murlar uchun foydali maqolalar:

1️⃣. 📣 Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

2️⃣. 📢 Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar. 🤖

3️⃣. 🗞 Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?

Maqolalarni o‘qib, keltirilgan maslahatlardan amalda foydalanishni tavsiya etamiz. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim #maslahat

💻 Jarayonlarni boshqarish uchun foydali dasturlar

Ctrl+Alt+Delete
klavishlar kombinatsiyasi orqali ishga tushiriluvchi vazifalar dispetcheri kompyuterda ishga tushirilgan jarayonlar, ular iste’mol qilayotgan xotirani ko‘rsatish bilan birga, ularni boshqarish imkonini beradi.

An’anaviy dispetcherdan foydalanish har doim ham qulay emas, shuning uchun sizlarga jarayonlarni nazorat qilishning qo‘shimcha vositalari bilan tanishishni tavsiya etamiz.

Process Explorer. Odatda an’anaviy dispetcher o‘rnida ishlatiladi, chunki u vazifalarni yaxshiroq guruhlaydi. Yangi, muammoli va xavfli jarayonlar har xil ranglarda ajratib ko‘rsatiladi.

📥 Yuklab olish: Process Explorer

AnVir Task Manager. Ushbu dastur ham jarayonlarni qulay namoyish etadi va ulardagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholaydi. Bundan tashqari u dasturni ishlab chiqqan dasturchi va u nima uchun mo‘ljallanganligini bilish imkonini beradi.

📥 Yuklab olish: AnVir Task Manager

Task Counter. Ushbu dastur jarayonlarni chiroyli shaklda namoyish etadi. Filtrlardan foydalanib, faqat qiziqtirayotgan jarayonlar tipini aks ettirish mumkin. Ma’lum hodisalarda vazifalarni ishga tushirish va o‘chirishni sozlab qo‘yish mumkin.

📥 Yuklab olish: Task Counter

🆓 Barcha dasturlar bepul va ko‘p joy talab etmaydi, shuning uchun ular har doim qo‘l ostingizda bo‘lishi tavsiya etiladi.

📝 Manba: @XAKEPCTBO_CHANNEL

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #maslahat

📱Nega smartfonni 100 foiz quvvatlash mumkinmas? 🔋

Smartfonni 100 foiz quvvatlash — akkumulyator uchun zararli. Bu haqda “Mail.ru Hi-Tech” rahbari Dmitriy Ryabinin ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, bu yerda muammo qurilma to‘liq quvvat olib bo‘lganidan so‘ng elektr tokidan vaqtida uzib qo‘yilmasligidir.

— Smartfon quvvat olib bo‘lganidan keyin ham elektr tokida qolsa, akkumulyatori kuchini 100 foizda saqlab qolish uchun to‘yinishda davom etadi, ya’ni tarmoqdagi kuchlanish oqibatida qizib boraveradi, — dedi Ryabinin.

Ekspert smartfon ekranida quvvat 90 foizga yaqinlashgani haqida xabar paydo bo‘lganidan keyin quvvatlash moslamasini tokdan uzib qo‘yishni tavsiya qildi.

Yana qo‘shimcha qilinishicha, akkumulyatorni “o‘tirib qolgunicha” ishlatib, keyin o‘chiq smartfonni tokka ulash ham akkumulyator umrini qisqartiradi.

📝 Manba: @xabaruzofficial

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Oliy o‘quv yurtlariga hujjatlarni onlayn topshiramiz! 📑

Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1 maydan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga hujjat topishirish jarayoni boshlanishi rejalashtirilgan.

Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni o‘z yashash joyingizdan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uyingizdan chiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg