IT specialist
11.4K subscribers
1.11K photos
473 videos
62 files
3.75K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog‘ingdan rang olgan dedim –
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o‘zingni,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Uzoqlardan zarvorli tog‘lar,
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog‘lar,
Vasling menga bo‘lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g‘arib,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Ungurlarda sakraydi ohu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Qorliklardan sipqorilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Mana, bugun Navro‘zi olam,
Do‘stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, suyukli erkam…
Qo‘limda gul seni kutarman,
Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman:
– Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Abdulla Oripov
@uzabt
​​#bilasizmi

Birinchi sharikchali sichqoncha.
1972-yilda ushbu innovatsion qurilmaning narxi 415$’ni tashkil etgan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
0. Straightforward Beginner CDrom.rar
46.9 MB
#learn_english_with_software

📚 “Straightforward Macmillan”ning darajalar bo‘yicha ajratilgan dasturlari bilan ingliz tilini o‘zlashtirib boramiz

Sizga taqdim etilayotgan “Straighforward Macmillan Beginner” kursi dasturiy ta’minoti bilan har kuni kamida 1 soat vaqt ajratgan holda, ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Dastur diskda ko‘p joy egallamasligi bilan ham o‘ziga xosdir, ishlashi uchun ham kompyuterning apparat ta’minotiga yuqori talablar belgilamaydi.

👉🏻 Batafsil...

Dasturning keyingi darajasini kanalda bo‘lishishimiz uchun esa ushbu postimiz ostida kamida 💯ta belgisiga bosgan holda, o‘z ovozingizni qoldirishingizni kutib qolamiz. 😉

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#operatsion_tizim

Qaysi operatsion tizim sizga ko‘proq yoqadi? 🤔

Oynachalar? Balki olmachalari bilandir? Yoki pingvinchalari bilanmi?

Hozirda kompyuterlar uchun operatsion tizimlar bozorida uch asosiy o‘yinchi mavjud: macOS, Windows va Linux. Ularning har biri nafaqat kuchli va kuchsiz tomonlarga, balki o‘ziga yarasha muxlislar hamjamiyatiga ham egadir.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#operatsion_tizim #tarmoq

“Tarmoq bog‘lanishlari” (Сетевые подключения / Network Connections) oynasini tezkor ochish uchun “Buyruqlar satri”da (Выполнить / Run) ncpa.cpl buyrug‘ini terib, Enter klavishini bosish kifoya.

P.S. Buyruqlar satrini ochish uchun klaviaturada Win+R (“Пуск” va R) klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.

📝 Manba: @tarmoq_tizim

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#powerpoint

PowerPoint’da gipermatn’ning rangini o‘zgartirish Word va Excel’dagi kabi amalga oshirilmaydi. Odatiy ko‘k rangni o‘zgartirish uchun taqdimotning rang palitrasiga ba’zi o‘zgartirishlarni kiritishga to‘g‘ri keladi.

📝 Manba: @office_killer

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Excel bilan ishlashda ko‘p syurprizlarga duch kelishimiz tabiiy hol. Ulardan biri – sonlar matn ko‘rinishida saqlangan bo‘lishi mumkin, bu esa ko‘pincha kutilmagan muammolarga olib keladi.

Masalan, agar jadvalda artukullar/kodlar/raqamlar matn ko‘rinishida, ma’lumotnomada esa oddiy sonlar ko‘rinishida saqlangan bo‘lsa, unda barcha uchun sevimli ВПР ish bermaydi va НД xatoligini qaytaradi. Muammoli diapazonni to‘g‘rilash va raqamlarni normal ko‘rinishga keltirish mumkin, albatta, lekin bu har doim ham qulay emas.

Yechimi esa quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: masalan, ikkilamchi inkorni “--” qo‘llagan holda izlanayotgan “matn ko‘rinishidagi son” qiymatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ВПР ichidagi (birinchi argumentda) raqamga aylantirish mumkin. Bu muammoni darhol hal etadi.

📝 Manba: @excel_everyday

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #smartfon

📱Eng tez ishlovchi smartfonlar aniqlandi (TOP-10)

“Antutu” benchmark eng tez ishlovchi 10 ta android-smartfon nomini ma’lum qildi.

Birinchi o‘rinda yaqinda taqdim etilgan “Xiaomi Mi 9” smartfoni. “Snapdragon 855” protsessori o‘rnatilgan bu qurilma 371 849 ball to‘pladi.

Garchi “Lenovo Z5 Pro GT” smartfoni ham “Snapdragon 855” protsessorida ishlasada, unga ikkinchi o‘rin tegdi — 353 469 ball.

Uchinchi o‘rinda — “Nubia Red Magic Mars” (“Snapdragon 845”, 320 763 ball).

Keyingi o‘rinlarni “Huawei Mate 20 Pro”, “Honor V20”, “Huawei Mate 20 X”, “Honor Magic 2”, “ASUS ROG Phone”, “Xiaomi Black Shark Helo” hamda “Xiaomi Mi 8 Pro” band etdi.

“Xiaomi Mi 9” Barselonadagi ko‘rgazmada (“MWC 2019”) Yevropa bozori uchun taqdim etilgandi. Uning ikki to‘plami bor: 6+64 Gbayt449 yevrodan, 6+128 Gbayt499 yevrodan.

Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Ushbu muammoning aksi bo‘lgan taqdirda – jadvaldagi raqamlar to‘g‘ri formatda, ma’lumotnomada esa matn ko‘rinishida saqlangan deylik. Ma’lumotlarni to‘g‘rilash va yagona formatga keltirib bo‘lmasa, sonni matnga aylantirishni ВПР funksiyasining birinchi argumentining o‘zida amalga oshirish mumkin.

Sonni bo‘sh satr bilan “biriktirish” kifoya: &"". Bu uni tashqi ko‘rinishi jihatdan o‘zgartirmaydi, biroq sonli qiymatni matnliga aylantirishga olib keladi. U esa muammoli ma’lumotnomadan qiyinchiliksiz izlab topiladi.

📝 Manba: @excel_everyday

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

👨🏻‍🏫 “O‘zbektelekom” AK o‘qituvchi-trenerlar tanlovini e’lon qiladi

“O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchi-trenerlar tanlovini e’lon qiladi:

1️⃣. Telekommunikatsiya texnologiyalari (telekommunikatsiya tarmog‘ini boshqarish, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish, telekommunikatsiya, teleradiouzatish, mobil tizimlar)

2️⃣. Televizion texnologiyalar (audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va dasturlari)

3️⃣. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida menejment va marketing (marketing, strategik menejment, moliyaviy menejment, internet biznes menejmenti)

4️⃣. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

5️⃣. Pochta aloqasi texnologiyasi

6️⃣. Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik

7️⃣. Kompyuter injiniring (kompyuter injiniring, multimedia texnologiyalari)

8️⃣. Telekommunikatsiya korxonalarida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ekologiya

9️⃣. Aloqa qurilmalarining qayta tiklanuvchi elektr ta’minot manbalari

1️⃣0️⃣. Telekommunikatsiya korxonalarida metrologik ta’minot va o‘lchash vositalarini qiyoslashni tashkillashtirish

1️⃣1️⃣. Pedagogika va andragogika

1️⃣2️⃣. Psixologiya

1️⃣3️⃣. Telekommunikatsiya sohasida sotuvlar va mijozlar bilan ishlash

1️⃣4️⃣. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirish

1️⃣5️⃣. Moliya va buxgalteriya hisobi

1️⃣6️⃣. Korporativ boshqaruv

1️⃣7️⃣. Falsafa (etika, estetika, mantiq)

1️⃣8️⃣. Ma’naviyat asoslari.

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan nomzodlar “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali direktori nomiga elektron pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradilar:

• rezyume (anketa);
• ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomlarning (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lsa, asoslovchi hujjatlar) nusxalari;
• o‘quv-uslubiy hujjatlar to‘plami (yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha nomzod so‘roviga muvofiq taqdim etiladigan o‘quv kursi mavzulari yoki o‘zi tomonidan taklif etilayotgan o‘quv kursi mavzulariga tegishli bo‘lgan o‘quv va tarqatma materiallar).

Arizalar 2019 yil 25 martgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha fan doktorlari, fan nomzodlari va sohalarning yetuk mutaxassislari qatnashishlari mumkin.


Murojaat uchun manzil:
Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 97-a uy, “Bodomzor” metro bekati (mo‘ljal: “RADISSON” mehmonxonasi qarshisidagi bino).

Ma’lumot uchun telefon: 71-234-01-50,
Faks: 71-234-49-22

E-mail: hrcenter@uztelecom.uz

Reklama huquqi asosida

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#smartfon #android #maslahat

Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli📱

👨‍👩‍👧‍👦 Ko‘plab foydalanuvchilar smartfon xotirasining to‘lib ketishi muammosiga duch kelishadi, buning oqibatida qurilmalar sekinroq ishlaydi, fayllar esa uzoqroq yuklanadi.

🌇 Turli multimedia fayllari ko‘p joyni egallaydi. Shuningdek har bir telefonning galereyasida maxsus thumbnails papkasi mavjud, unda gigabaytlab tizim axlati to‘planadi. Bu qanday papka, u nima uchun kerak va u qanday tozalanadi?

thumbnails papkasi nima uchun kerak?

📁 thumbnails direktoriyasi rasmlarning eskizini saqlash uchun smartfon tomonidan avtomatik yaratiladi. Qurilmada birinchi marta rasm ochilganida, tizim u uchun maxsus miniatyurali plitkani yaratadi. Ushbu eskiz rasmni ochishdan oldingi ko‘rish va ko‘rilayotgan mediafaylni yuklashni tezlashtirish uchun mo‘ljallangan.

🗂 Vaqt o‘tib papka miniatyuralar bilan shunchalik to‘lib ketadiki, bu smartfon xotirasining katta qismini egallaydi va tizimning ishlashini susaytiradi. Ochishdan oldingi ko‘rish va rasmlar yuklanishining tezligi ortiq dolzarb bo‘lmasa, xotirani bo‘shatish uchun thumbnails papkasini o‘chirish mumkin.

thumbnails papkasi qanday o‘chiriladi?

thumbnails direktoriyasini o‘chirish uchun quyidagini amalga oshirish lozim:

1️⃣ Qurilmadagi fayllar dispetcheriga kiring va qidiruvda papkaning nomlanishini kiriting. Galereya (DCIM)ni ochib, uni qo‘lda topish mumkin. Lekin qidiruv tizimidan foydalangan ma’qulroq, boisi eskizlarni saqlovchi ombor boshqa joylarda ham yaratilgan bo‘lishi mumkin.
2️⃣ Direktoriya aniqlanganidan so‘ng — uni standart usulda o‘chiramiz.

❗️Ammo kichik bir muammo bor. Ba’zi smartfonlarda thumbnails qoida bo‘yicha sirli direktoriya sifatida belgilab qo‘yilgan va uni standart fayllar dispetcheri orqali aniqlashning imkoni yo‘q. Sirli papkani o‘chirish uchun smartfoningizga Total Commander ilovasini yuklab oling. Ushbu fayllar dispetcheridan foydalaning, thumbnails papkasini izlab toping va direktoriyani o‘chiring.

‼️ Afsuski, ushbu harakatlar muammoni vaqtinchalik hal qiladi, boisi tizim thumbnails papkasini yaratib, unga yana eskizlarni to‘plashda davom etadi. Buning oldini olish uchun miniatyuralarning yaratilishini bloklash lozim. Buni qanday amalga oshirishni esa Android haqidagi keyingi postdan bilib olasiz.

📝 Manba: @smartphonesecrets

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Hurmatli aziz va mo‘’tabar opa-singillar!

Sizlarni 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami bilan tabriklaymiz. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, elu yurtimiz ardog‘ida bo‘ling!

Hurmat va ehtirom ila,
© IT-specialist kanali ma’muriyati
❗️Kanalimiz o'quvchilari uchun maxsus!

📲 Android telefonlar uchun quyidagi mobil ilovalarni tafsiya etamiz:

🇷🇺 Ruscha - O'zbekcha lug'at
- 30000 tadan oshiq so'zlar
- OFFLAYN (internetsiz) ishlaydi
- Lotincha yozgan holda ruscha so'zlarni qidirish
- Xato yozilgan so'zlarni to'g'ri variantini ko'rsatish
- Intuitiv qidiruv

🇰🇷 Koreyscha - O'zbekcha lug'at
-13000 dan oshiq so'zlar
- Qulay qidiruv
- Koreyscha so'zlarning o'qilishi
- Tanlanganlar ro'yxati

🇹🇷 Turkcha - O'zbekcha lug'at
- 15000 tadan oshiq tarjimalar
- Offlayn ishlaydi
- Turkcha so'zlar audiosi
​​#ict_news #internet #security #maslahat

⚠️ Chrome xavfli ekan, Google uni tezda yangilashingizni tavsiya etyapti!

Google mutaxassislari Chrome brauzerining himoyasida jiddiy “tuynuk” borligini payqab qolishdi. Xakerlar ushbu zaiflik orqali foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlariga kira olishlari mumkin ekan.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#excel

Obunachilarimiz yuqoridagi namunada keltirilgan vazifani yechimini topishning yana bir usuli bilan bo‘lishishdi. Ma’lumotnomada sonli qiymat (narx, miqdor va hokazo)ni ajratib olish lozim bo‘lsa, ВПР’ning o‘rniga СУММЕСЛИ funksiyasini qo‘llash mumkin.

Ushbu holatning afzalligi shundaki, u mustaqil tarzda “matn-ko‘rinishidagi-sonlarga” ishlov bera oladi. Kamchiligi esa, bu usulda faqat sonli ma’lumotlarni ajratib olish mumkin. Ma’lumotnomada satrlarning qaytarilish ehtimolini nazorat qilishni unutmang (bu har doim dolzarb).

📝 Manba: @excel_everyday

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

ICHIMIZDA NIMA BOR? 🤔

Bolalik xotiralarini unutish qiyin. Ayniqsa, dam olish kunlari men uchun bayram edi. Shu kuni otam bilan aylanishga chiqqanimizda doim markaziy hiyobondagi pufakchi amakining oldiga shoshar edim. U har zamonda serjilo sharlarini samoga uchirib, bolalarning es-hushini o‘g‘irlardi. Negadir boshqa hech kimning shari bu qadar baland ko‘tarilmas edi.

Sariq, qizil, moviy, ko‘m-ko‘k pufaklarni tanlashda qiynalib ketardim. Bir kuni bu yaxshi amakining menga aytgan so‘zlari hanuz yodimda saqlanib qolgan.

“Amakijon, menga eng balandga, hammanikidan yuqoriga ko‘tariladigan rangidan bering!”

Shunda pufakchi amaki men tomonga engashib, ma’noli ko‘zlarini menga tikdi:

“O‘g‘lim, sharning baland ko‘tarilishi uning rangiga emas, ichi nima bilan to‘ldirilganiga bog‘liq ...”

U shunday deb ko‘rsatkich barmog‘ini labiga bosdi, nigohi bilan bu so‘zlar o‘rtamizda sir bo‘lib qolishi zarurligiga ishora qildi. Men o‘shanda samoga ko‘tariladigan sharlarning geliy bilan to‘ldirilganini hali bilmas edim.

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, maktabda yoki universitetda bilim natijalari bir xil bo‘lgan ikki a’lochi insonning hayot yo‘li nega turlicha bo‘ladi? Nega ulardan biri baxtiyor, boshqasi g‘amgin yashaydi? Biri muvaffaqiyatlaridan ilhomlanib umr-guzaronlik qilsa, ikkinchisi butun umr kundalik tashvishlar girdobida kun ko‘radi.

Nega birimiz o‘zimizga bo‘lgan ishonch hamda e’tiqoddan kuch olamiz, ikkinchimizni esa g‘azab va qo‘rqoqlik mag‘lub qiladi? Nega shunday? Sababi sharlar kabi bizning ham ichimizdagi bo‘shliq boshqa-boshqa unsurlar bilan to‘ldirilgan, ong-shuurimiz turlicha hislar bilan to‘lgan.

Inson o‘z orzulari sarhadini kesib o‘tar ekan, ichidagi ishonch ulkan kuchga aylanadi. Ich-ichimizda yuz bergan qayta tug‘ilish hodisasi aslida bizni kun kelib sodir bo‘ladigan muqarrar jang uchun tayyorlaydi. Cho‘qqidagi odam manzilga yetgach, qarshisida undan ham baland cho‘qqi borligini anglaydi: muntazam yuksalish – g‘oliblikning yagona yo‘li. Har bir g‘alaba aslida keyingi kurash uchun chaqiriqdir.

Sharqda “O‘zini bilgan avliyo bo‘lar”, degan hikmat bor. Mavlono Jaloliddin Rumiy insonning buyuk bir mo‘jiza ekani va uning jismida hamma narsa yozilganini aytganlar. Bugungi ilm-fan esa buni o‘zicha izohlaydi. Hayotimizga daxldor eng mo‘jizaviy kashfiyot shuki, biz ong-shuurimizni boshqarish orqali hayotda har qanday marrani zabt etishimiz mumkin.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

Muvaffaqiyatli emas, avvalo qadrli inson bo‘lishga harakat qiling.
Albert Eynshteyn

📖
Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#ict_news #internet #security

🔐 Internet parolsiz kelajakka katta qadam qoʻydi

World Wide Web Konsorsium (W3C)
yangi WebAuthn autentifikatsiya standartini tasdiqladi. Ushbu standart Internetdagi akkauntlaringizni himoya qilish uchun parollardan foydalanish oʻrnini egallashi lozim.

Oʻtgan yili eʼlon qilingan WebAuthn standarti hozirda koʻplab brauzerlar, xususan Chrome, Firefox, Edge va Safari tomonidan qoʻllaniladi. Rasmiy veb-standart sifatida olgʻa surilishi uni veb-saytlar orasida ommalashtirishi kerak.

WebAuthn API-ga asoslangan interfeys boʻlib, veb-saytlarni foydalanuvchi xavfsizlik qurilmasi bilan bogʻlanib, foydalanuvchi akkauntiga kirish imkonini beradi.

Ushbu xavfsizlik qurilmasi sifatida kompyuteringizdagi USB portiga ulangan FIDO xavfsizlik kaliti boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, qoʻshimcha xavfsizlik darajasini taʼminlovchi yanada murakkab boʻlgan biometrik qurilma boʻlishi ham mumkin. Muhimi, WebAuthn koʻpchilik veb-saytlar uchun foydalanadigan zaif parollarga qaraganda xavfsizroq. Oʻz oʻrnida bu belgilar qatorini yod olishdan koʻra osonroq.

Endilikda W3Cdan tasdiqlangach, keyingi qadam ushbu standartni veb-saytlar va xizmatlar bilan birlashtirish boʻladi. Birinchilardan boʻlib Dropbox, keyin esa Microsoft ushbu standartdan foydalanishni boshladi. Parollardan foydalanish oʻz salohiyatini hali tugatmagan, ammo bu eʼlondan soʻng WebAuthn xavfsizlik sari muqobil qadam boʻldi.

📝 Manba: Tace.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#internet #security #maslahat

👾 Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!

Hozirda butun dunyoda eng keng qo‘llanilayotgan brauzerlardan biri Google Chrome hisoblanadi. Lekin ba’zi hollarda uning kengaytmalari yoki boshqa omillar ushbu dasturning tezligini pasaytirib qo‘yadi.

Xullas, shu kabi xalaqit beruvchi elementlardan qutulish uchun brauzerning o‘ziga joriy etilgan jihozdan foydalanish mumkin. Bu judayam oson:

1️⃣. Chrome brauzerini ochamiz, uning manzil qatoriga chrome://settings/cleanup yozuvini terib (yoki mana shu yerdan nusxalab tashlab), “Enter” klavishini bosamiz.

2️⃣. Tekshiruvning tugashini kutamiz – bu bir necha daqiqa davom etishi mumkin.

3️⃣. Topilgan barcha elementlarni o‘chiramiz.

Yodda tuting, ushbu jihoz faqat Chrome brauzerining ishlashiga xalaqit berayotgan kengaytmalar va jarayonlarnigina izlaydi, ya’ni u to‘laqonli antivirus emas. Lekin quyidagi hollarda undan foydalanish mumkin:

1️⃣. Biror kengaytmani o‘chirib bo‘lmay qolganida.

2️⃣. Brauzerning boshlang‘ich sahifasi (“Домашняя страница”) o‘z-o‘zidan almashib qolganida.

3️⃣. Brauzerda reklama ko‘payib, tez-tez qalqib chiqaversa.

4️⃣. Chrome juda sekinlashib qolganida.

Agarda Chrome’ni o‘zidagi ushbu jihozi orqali tozalaganingizdan keyin ham o‘sha muammolar qolgan bo‘lsa, u holda to‘laqonli antivirusdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

📝 DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#mulohaza_uchun

QACHON MUVAFFAQIYATGA ERISHAMIZ? 🤔

Muvaffaqiyat va omad istagida jahon kezib yurgan yigit maqsadi sari eltadigan zarur maslahatni olish uchun uzoq yo‘l bosib, olis mamlakatdagi nom qozongan keksa donishmand oldiga kelibdi.

Ko‘l yoqasida baliq ovlayotgan donishmand muvaffaqiyat talabgorining muddaosini tinglagach, unga suvga tushishni buyuribdi. Jahongashta hayratini yashira olmay, bir muddat donishmandga taajjubli nigohda tikilib qolibdi.

“Suvga tush”, – takrorlabdi dono odam.

Jahongashta noiloj oyog‘ining uchini ko‘lga sekin botirib, tizzasigacha suvga tushibdi. Chol unga yurishda davom etishni buyuribdi.

“Tavba, men bu choldan qanday qilib muvaffaqiyat qozonishim mumkinligini so‘rash uchun shuncha yo‘l bosib kelsamu, u bo‘lsa meni masxara qilsa”, – degan o‘y o‘tibdi yigitning xayolidan.

Donishmand esa unga yurishda davom etaverishini buyuraverdi. Jahongashta yelkasigacha suvga kirdi.

“Balki bo‘ldi qilarman?”

Chol qo‘li bilan ko‘lning o‘rtarog‘iga ishora qilibdi. Suv avvaliga dahanga, keyin esa ko‘z va peshonaga qadar ko‘tarildi. O‘n-o‘n besh soniyadan so‘ng ko‘lga g‘arq bo‘layozgan jahongashta donishmandning ortga qaytishi mumkinligi haqidagi buyrug‘ini eshitganday bo‘libdi.

“Endi senga savolim bor, – debdi donishmand. – Menga aytchi, suv ostiga cho‘kayotganingda jon-jahding bilan xohlagan, idrokingdagi yagona istak nima edi?”

“To‘yib-to‘yib nafas olgim keldi”
, – deb javob beribdi hansirayotgan yigit o‘ylab ham o‘tirmasdan.

“Barakalla! Qachonki jismingda hamda idrokingda muvaffaqiyat qozonishga bo‘lgan ana shunday kuchli istak uyg‘onsa, sen o‘shanda, albatta, muvaffaqiyatga erishasan”, – debdi donishmand.

Aksariyatimiz uyquni xohlaganimizchalik muvaffaqiyatni ham shunchalik istamaymiz. Bu dunyoda o‘zgarish – eng qiyin ish. Sababi shuki, hozirgi huzur-halovatning o‘zi bilan cheklanib qo‘ya qolamiz. Qo‘rqoq tuyg‘ular bizni cho‘chitib turadi. Miriqib dam olishga bo‘lgan xohishimiz ko‘pincha muvaffaqiyat qozonish ishtiyoqidan ustun keladi. Aslida barchaga teng imkoniyat hamda vaqt berilgan. Faqat kimlardir bir oz ko‘proq ishlaydi, xolos.

Erishadiganing uchun har daqiqa o‘zingdagidan voz kechishga tayyor turish, bu – hayotning g‘alaba qozonish uchun muhim qoidasi. Bu “qurbonlik” sening huzur-halovating, to‘yib-to‘yib dam olishing, kunlab hordiq chiqarishing, vaqtichog‘liging, televizor qarshisida soatlab filmlar ko‘rishing bo‘lishi mumkin.

Xitoylik donishmand Lao Szi aytgani kabi, huzur bilan taomlanmoq istasang, ochlikni his qil. Hamma narsaga erishmoqdan avval hamma narsangizdan voz kechish lozimligini unutmang.

📝 Manba: Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz: muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari” kitobi

“Kim neni izlasa, topgay begumon ...”

📖 Kanaldagi ushbu kitob bo‘yicha shu kunga qadar ulashilgan mavzulardan iborat mundarija ushbu postimizda.

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#rasm_bilan_ishlash #internet #maslahat

🖼 Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?

Bepul remove.bg onlayn-xizmatidan foydalanish mumkin.

Sizni qiziqtirayotgan rasmni shunchaki yuklash kifoya va natijada png formatida shaffof orqa fonli tasvirga erishish mumkin.

Xizmat sun’iy intellekt asosida ishlaydi. Rasmni qayta ishlash tezligi 5 soniyagacha bo‘lgan vaqtni talab etadi.

Ayni paytda sayt hech bo‘lmaganda 1 inson ishtirok etgan rasmlar bilan ishlamoqda.

📝 Manba: @bugfeature

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#security #operatsion_tizim

👾 Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur

Microsoft korporatsiyasi taqdim etgan operatsion tizimning o‘zida himoya vositalari bo‘lsa-da, hozirda axborot makonlaridan kirib keluvchi ziyonkor dasturlarni aniqlashga kuchi yetmaydi. Shu bois ham zararli dasturiy ta’minotlardan o‘z kompyuterimizni, fayllarimizni muhofaza etish uchun qo‘shimcha antiviruslardan foydalanamiz.

To‘g‘ri, yaxshi antiviruslar odatda pulli bo‘ladi, bepullarining esa imkoniyatlari yoki foydalanish muddati cheklangan. Ammo Windows operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi kompyuter, noutbuk va planshetlardagi deyarli barcha viruslarni aniqlay oladigan va keyin ularni o‘zingiz o‘chirib yuborishga imkon beradigan mutlaqo bepul dastur ham bor.

Bu – Kaspersky Security Scan bo‘lib, u to‘laqonli antivirus emas, balki kompyuterda mavjud bo‘lgan ziyonkor dasturiy ta’minotlarni izlovchi maxsus utilita hisoblanadi. Tekshirib chiqqach, u kompyuterning holati haqida batafsil hisobotni taqdim etadi. Istasangiz, bu utilitani ma’lum bir vaqtda avtomatik tarzda ishga tushadigan qilib sozlab qo‘yish imkoni ham mavjud.

Ko‘plab tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, “Kasperskiy laboratoriyasi” barcha turdagi zararli dasturiy ta’minotlarga qarshi kurash uchun eng yaxshi mahsulotlarni taqdim etadi. Mazkur kompaniya ishlab chiqqan deyarli barcha himoya dasturlari pulli, ammo Security Scan utilitasi mutlaqo bepul tarqatiladi. To‘laqonli antivirusning “qirqilgan” versiyasi bo‘lmish mazkur ilovani Kaspersky rasmiy saytidan mana bu havola orqali ko‘chirib olish mumkin.

Windows 10 yoki mazkur operatsion tizimning boshqa istalgan versiyasida Kaspersky Security Scan to‘liq yoki tezkor tekshiruvdan o‘tkazib, har qanday virusni topa oladi. Bu, masalan, qurilmangiz birdaniga sekinlashib yoki qanaqadir reklamalar chiqadigan bo‘lib qolganida, kutilmaganda ayrim dasturlar umuman ishlamay qolganida juda kerak bo‘ladi. 99 foiz holatlarda bu utilita sizga albatta yordam beradi.

Kaspersky Security Scan hisobotidan so‘ng, u ko‘rsatgan zararli dasturlarni siz o‘zingiz o‘chirib tashlashingiz yoki qoldirishingiz mumkin bo‘ladi. Uning viruslar bazasi ham pulli antivirusniki bilan bir xil va kamida kuniga bir marta yangilanib turadi.

Ushbu utilitaning bitta manfiy tomoni bor – u oddiy foydalanuvchi uchun real vaqt rejimida himoyani ta’minlay olmaydi, balki ishga tushirilgan vaqtidagina mavjud viruslarni aniqlaydi. Shuningdek, bu utilita kompyuterdagi boshqa antiviruslar bilan “kelishmaydi” – kompyuterga Kaspersky Security Scan’ni o‘rnatish uchun ularni o‘chirish kerak bo‘ladi.

📝 DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg