IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#ict_news

Mobiuz: UMS o‘z nomini o‘zgartirmoqda

UMS mobil operatori rebrending o‘tkazmoqda. 2019 yilda kompaniya Mobiuz savdo markasi ostida faoliyat yuritadi.

☎️Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 13 dekabrdagi Prezident farmoniga ko‘ra, kompaniya, joriy faoliyatidan tashqari, davlat xizmatlari operatori ham bo‘ldi.

📡Uning zimmasiga hukumat mobil aloqasini va “UzChat kriptografik himoyalangan birinchi milliy messenjeri”ni joriy etish vazifasi yuklatildi.

📲Bundan tashqari, UMS platformasida Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimi, davlat sektori uchun blokcheyn-yechimlar, aholi uchun raqamlashtirilgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

⚠️ Ha, aytgancha, kuni kecha UMS o‘z saytida ba’zi tarif rejalarida yangilanishlar yuz berganligini e’lon qildi. Xo‘sh UMS abonentlari, bu borada fikringiz qanday? 😉

🧰UMSdan tashqari, 2019 yilda yana kamida ikkita yirik kompaniyaning savdo nomi o‘zgarishi kutilmoqda. Bular yana bir mobil operatori – Ucell hamda to‘liq “O‘zavtosanoat” mulkiga aylangan Asakadagi GM Uzbekistan avtomobil zavodidir.

📝 Manba: @ishbilaruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi

2019 yilda talab katta bo‘ladigan kasblar e’lon qilindi

Ish qidirish bo‘yicha Superjob.ru servisi analitiklari 2019 yilda talab katta bo‘ladigan kasblar ro‘yxatini tuzishdi.

Ularning fikricha, kelgusi yilda iOS va Android ilovalar ishlab chiqaruvchilarga talab kuchli bo‘ladi.

Analitiklar shuningdek, turli platforma va saytlar interfeyslarini yaratish bilan shug‘ullanadigan UI/UX-dizaynerlarga talab yuqori darajada bo‘ladi deb hisoblashmoqda.

Bundan tashqari, QA/sinov o‘tkazuvchi mutaxassislarga talab kuchli bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ma’lumotlarni tahlil qiluvchi mutaxassislarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bu kasb egalariga IT-kompaniyalar, moliya tashkilotlari, savdo va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarida talab katta bo‘ladi.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

🇯🇵 Yaponiya uchun 1️⃣5️⃣ ta odatiy narsa: ular dunyoning boshqa mamlakatlarida yo‘q 🤔

Yaponiya — ming yillik tarix, o‘ziga xos madaniyat va an’analarga ega dunyodagi eng noodatiy va rivojlangan mamlakatlardan biridir. Bu yerga tashrif buyurgan ko‘plab sayyohlar uni o‘zgacha sivilizatsiya davlati, deb atashgan. Axir Yaponiyada ko‘rishga arzigulik narsalar talaygina. Uning texnologiyalari ancha oldinda, murakkab geografik va tabiiy sharoiti esa yapon xalqini kashfiyotchi bo‘lish va nostandart fikrlashga majbur qilgan. Quyida keltirilgan suratlar ushbu mamlakat hayoti va madaniyati to‘g‘risida so‘zlarga qaraganda ko‘proqni namoyish etadi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

🇺🇿🌐 UZ domeni nomlari soni 65 mingtadan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berishicha, 2018 yil UZ domeni hududi uchun o‘sish yili bo‘ldi.

Hududda 2018 yili domen nomlari o‘sish sur’ati 24,1 foizni tashkil etdi, 23 mingdan ortiq yangi domen nomi ro‘yxatga olindi, faol domenlar soni 65 mingtadan oshdi.

2018 yilning 20-21 sentyabr kunlari Toshkent shahri Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori darajadagi domenlar milliy assotsiatsiyasi — APTLD (Asia Pacific Top Level Domain Association) — Osiyo Tinch okeani mintaqasi yuqori darajadagi domenlar milliy assotsiatsiyasining 20-yubiley sessiyasiga mezbonlik qildi.

Bundan tashqari, “UZINFOCOM yagona integratori” MChJning domen nomlarini ro‘yxatga oluvchi sifatida faoliyati to‘xtatilishi 2018 yildagi strategik qarorlardan biri bo‘lgani ta’kidlangan.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

🆕💸 Yangi soliq tizimi qo‘lga olinadigan maoshlarga qanday ta’sir qiladi?

Yangi soliq konsepsiyasining nafaqat ish beruvchi, ya’ni tadbirkorlarga, balki yollanma ishchilar, xodimlarning daromadida ham o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi haqida ilgari ham to‘xtalib o‘tgandik. Xususan, “Oyligimning qolgani qani?” sarlavhali maqolada daromad solig‘i va boshqa ushlanmalarni tahlil qilishga harakat qilgandik. O‘shanda yangi konsepsiya go‘yoki, ish haqidagi soliq yuklari kamayayotgani iddao qilingan bo‘lsa-da, aslida, o‘rtacha maosh oluvchi oddiy ishlovchilar uchun soliq ko‘payib ketayotgani aytilgandi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat

♻️ Yangi start.

Har yili Yangi yilda o‘zimizga “yangi” hayotni boshlashga va’da beramiz. Buning o‘rniga esa har yili biz “eski”si bilan yashashni davom ettiramiz. Chunki har yili, kurantlar bong urgan chog‘da, biz eski yil bilan xayrlashamiz, yangisidan esa bizning o‘rnimizga barchasini hal etuvchi sehrli tayoqchani kutib qolamiz. Lekin yangi yil bayrami bilan birga sehr ham tarqalib ketadi, oddiy kunlar qaytadi, ularda esa nimagadir erishish uchun nimadir qilish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa...

🎯 Yangi yilga reja tuzib qo‘yish lozim – bu orzularning aynan haqiqatga aylanishiga ko‘mak beradi. Har bir “xohlayman”ga “qanday qilib?”ni o‘ylab toping. Mavhum fikrlash bilan ko‘p narsalar amalga oshmaydigandek tuyuladi. Lekin aniqroq fikrlashni boshlaganimizda, maqsadga erishish yo‘li qanchalik qisqa va sodda ekanligi ma’lum bo‘lib qoladi.

😱 Internet-syorfing va ijtimoiy tarmoqlarni cheklash lozim. Internet allaqachon biz uchun muhim ma’lumotlar manbai va qulay aloqa vositasiga aylanib ulgurgan, biroq rasmlarga ko‘r-ko‘rona layk bosish va tasma bo‘yicha siljishga kuniga qancha vaqtingizni sarflaysiz? Internet-syorfing ba’zida navbatda turganimizda yoki transportda ketayotganimizda vaqtni “o‘ldirishga”, yoki shunchaki “ishdan chiqqan paytimizda” biroz o‘zimizga kelib olishimizga yordam beradi. Lekin ko‘pincha bu shunchaki qimmatbaho vaqtimizni o‘girlovchi mahluqdir. Ushbu mahluqni esa har birimiz jilovlay olishimiz lozim.

🕯 Yangi yil haqida nimalar yozishmasin va gapirishmasin, uni qanchalar sehrli xususiyatlar bilan bezatishmasin, munajjimlar qanchalik bashorat qilishmasin - bu shunchaki taqvimiy hisob, vaqtni belgilash usulidir. 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar tun esa 5-dan 6-martga o‘tar tun bilan bir xil, u hayotimizda hech nimani o‘zgartirmaydi. Bizsiz hech nimani o‘zgartirmaydi. Biz esa “bugun”imizda yashaymiz. Buguningizni esa hozirning o‘zidayoq yaratishni boshlang.

Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin azizlar!

Biz bilan birga bo‘ling, kanalimizdan uzoqlashmang!

👨🏻‍💻 IT-specialist kanali ma’muriyati
​​#internet

🚮 “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish

Agar akkauntni o‘chirib yuborsangiz, sizning ijtimoiy tarmoqdagi barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz yo‘q bo‘lib ketadi va ularni qayta tiklash ilojsiz. Jarayon (akkauntni o‘chirish) siz o‘chirish haqidagi so‘rovni jo‘natganingizdan so‘ng bir necha kun o‘tib boshlanadi (“Facebook” aniq muddatni aytmaydi). Agar fikringizdan qaytib qolsangiz mana shu oraliqda so‘rovingizni qaytarib olsangiz bo‘ladi. Ma’lumotlarning zaxira tizimlaridan to‘liq o‘chirib yuborilishiga uch oygacha vaqt ketadi.

O‘chirishdan oldin siz o‘z akkauntingizda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarni kompyuteringizga ko‘chirib olishingiz mumkin. Buning uchun brauzer orqali “Facebook”da avtorizatsiyadan o‘tib, sozlamalarga kiring va sahifaning eng quyi qismida joylashgan “Скачать копию ваших данных на Facebook” (“Facebook”dagi ma’lumotlaringiz nusxasini ko‘chirib olish”) tugmasini bosing.

O‘chirishga so‘rov jo‘natish uchun istalgan qurilmada ushbu havolaga o‘ting, agar lozim bo‘lsa, o‘sha o‘zingiz o‘chirmoqchi bo‘lgan akkaunt yordamida avtorizatsiyadan o‘ting. Keyin esa servisning ko‘rsatmasi bo‘yicha amallarni bajaring.

📝 Manba: @tuit_online

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #telegram

📲 Telegram’ingizda screenshot olib bo‘lmayaptimi?

Unda ushbu ketma-ketlikni bajaring:

1️⃣. Telegram’ning Настройки (Settings) bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Конфиденциальность (Privacy and Security) ostki bo‘limiga o‘ting.
3️⃣. Безопасность (Security) guruhida birinchi keluvchi Код-пароль (Passcode lock) bandiga o‘ting.
4️⃣. Parol o‘rnating (Yodingizdan ko‘tarilmaydigan 4 xonali son bo‘lsin, barmoq skaneri bilan blokdan chiqarish imkoniyati ham mavjud).
5️⃣. Shu oynaning o‘zida, pastroqda Разрешить снимки экрана (Allow Screen Capture)ni faollashtiring.

Qarab turibsizki, Telegram’ingizdan yana bemalol screenshot olishingiz mumkin bo‘ladi. ☺️

📝 Manba: @tuit_online

👨🏻‍💻@itspecuz
195 Gigapixel qiymatga ega rasmni o`zingiz ko`rib baho bering! Haqiqatda "dahshatli" aniqlik!!!

Kattalashtirish uchun sichqonchaning "g`ildiragi"ni aylantiring!

http://sh-meet.bigpixel.cn/?from=groupmessage&isappinstalled=0&fbclid=IwAR0LBIoWhh-hPGq2mpy08dXt-ls24ouSk-5yEryhCOMA4mZDZNsm6l5w1NQ

@tarmoq_tizim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SUV OSTI INTERNET KABELLARI

1. Birinchi transatlantika kabeli 1850 yilda Nyufaundlend va Irlandiya o`rtasida telegraf aloqasi uchun o`rnatilgan.

2. Hozirgi kunda suv ostidan o`tuvchi kabellar soni 300 dan ortiq bo`lib, ularning umumiy uzunligi deyarli 900 ming kilometrga teng bo`lib, bu yerni 22 marta aylana bo`ylab to`liq o`rab chiqish uchun yetarli!!!

3. Suv ostidagi eng uzun kabel Germaniya va Koreya o`rtasida o`tkazilgan kabel bo`lib, unda dunyoning turli xil joylaridagi 39 ta nuqta birlashgan, umumiy uzunligi 39 ming kilometrga teng!

4. Ushbu kabellar orqali xalqaro ma'lumotlarning 99% qismi almashiniladi!

@tarmoq_tizim
👍1
​​#bilasizmi

🧠 Miya - insonning eng murakkab va eng kam o‘rganilgan tana a’zosi. Biz u haqida ko‘p tasavvurga ega emasmiz, ammo miya haqida ajoyib faktlar yetarlicha.

1️⃣. Nerv impulsi 270 km/s tezlikka ega.

2️⃣. Miya ish faoliyati uchun shunday energiya kerakki, uning quvvatidan hatto 10 Vattli lampochkani yoqish mumkin.

3️⃣. Inson miyasidagi bir hujayra istalgan ensiklopediyadan 5 marta ko‘p ma’lumot saqlash kuchiga ega.

4️⃣. Qon aylanish tizimiga kiradigan Kislorodning 20%i miya uchun sarflanar ekan.

5️⃣. Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo‘ladi.

6️⃣. Neyronlar (miya hujayralari) insonni butun umri davomida o‘sib rivojlanib boradi.

7️⃣. Axborotlar turli neyronlardan turlicha tezlikda tarqaladi.

8️⃣. Miyani o‘zi og‘riqni his qilmas ekan.

9️⃣. Miyaning 80%i suvdan iborat.

📝 Manba: @doridarmonlar

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Assalomu alaykum! Sizlarni bugungi 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Osmonimiz musaffoligi, yurtimiz tinchligi uchun xizmat qilayotgan barcha mard o‘g‘lonlar va yurtdoshlarimiz o‘z sharafli burchlarini bajarayotgan damlarda biz ulardan minnatdormiz, doimo ta'zimdamiz.
Bugun nafaqat harbiylar yoki harbiy soha vakillari bayrami, balki yurtimizning barcha er yigitlari bayrami. Yigit borki oila tinch, mahalla tinch - jamiyat tinch, yurt tinch. Yigitlar nafaqat tinchlik uchun balki yurt ravnaqi, farovonligi uchun xizmat qiluvchi katta kuchdir.
Shu sababli bugungi sharafli bayram bilan kanal ijodkorlari barcha Vatan o‘glonlarni tabriklab qoladi. Ularga o‘z maqsadlari yo‘lida shaxdam qadamlar bilan olg‘a borishlari, nufuzli oliygohlarning talabasi bo‘lib kelajakda o‘z oilasi va yurt farovonligi yo‘lida xizmat qilishlarida zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Bugungi kun munosabati bilan Sizlarga quyidagi harbiy soha bo`yicha test savollarini taqdim etamiz.
#telegramda_kanal_yuritish

📝 Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?

Telegraph – Telegram asoschisi Pavel Durovdan maqolalarni nashr qilish uchun juda qulay va sodda platforma. O‘z kanalimizda biz undan ko‘p marotaba foydalanganmiz va aminmizki, siz bu maqolalarimizni o‘qigansiz.

U kanal yuritish uchun juda qulay, shuning uchun kanalingiz foydalanuvchilar uchun imkon qadar qulay va mazmunga boy bo‘lishi uchun - uning barcha jihatlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz. Shuning uchun biz siz uchun Telegraph haqidagi maqolani Telegraph’ yordamida tayyorladik.

O‘qing, o‘rganing va foydalaning)

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
​​#internet #mulohaza_uchun

🌐 Qaysi brauzer ShK resurslarini kamroq talab etadi? 🤔

Ko‘plab foydalanuvchilarga kompyuterda brauzerdan boshqa hech narsaning keragi yo‘q – bu ham ish quroli, ham o‘yin-kulgu uchun asosiy dastur. Ish va hordiq qulay bo‘lishi uchun, brauzer qotmasligi va kompyuterdan mavjud bo‘sh xotirani egallamasligi lozim.

Zamonaviy brauzerlardan qaysi biri operativ xotiraga juda ehtiyotkorlik bilan yondashadi? Sinovda yetti dastur ishtirok etdi: Chrome, Firefox, Opera, Яндекс.Браузер, UC Browser va Microsoft Edge.

Brauzerlarda Rossiyadagi eng mashhur saytlar ochilgan edi: YouTube, VK, Yandex, Google, Mail.ru, Avito, OK, Wikipedia, Instagram va AliExpress. Sinov o‘tkazilgan kompyuterning operativ xotirasi 8 Gb, protsessori Intel Core i5, operatsion tizimi Windows 10. Natijalar esa quyidagicha bo‘ldi:

▶️ Chrome1020 Mb
▶️ Firefox867 Mb
▶️ Opera744 Mb
▶️ Яндекс.Браузер639 Mb
▶️ UC Browser545 Mb
▶️ Microsoft Edge1108 Mb

Xotiradan foydalanish borasida eng tejamkori UC Browser, eng talabgori esa – Edge bo‘lib chiqdi. Biroq Microsoft brauzeri xotiraning maksimal hajmini uzoq vaqt egallab turmadi – sahifalar yuklanganidan bir necha soniyalar o‘tib, ularni xotiradan chiqarishni boshladi, buning oqibatida xotira iste’moli 5 baravardan ko‘proq tushib ketdi – 200 Mb’ga qadar. Operativ xotirada yetarlicha bo‘sh hajm mavjudligida Chrome fondagi sahifalarni chiqarib tashlamaydi va toki siz o‘zingiz ularni yopmaguningizcha xotiradan faol foydalanishda davom etaveradi.

⚠️ Yana bir muhim kuzatish: UC Browser va Яндекс.Браузер’da sahifalar yopilganida, ular xotiradan to‘liq chiqarilmaydi, balki orqa fondagi jarayonlarda 1-2 Mb xotirani iste’mol qilib, osilib turaveradi. Яндекс.Браузер o‘zi bilan birga orqa fonda taxminan 3 Mb iste’mol qiluvchi Alisa ovozli assistentini ishga tushiradi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news #mulohaza_uchun

🤦🏻‍♂️ Calibri shrifti soxta hujjatlarni aniqlashda yordam berdi

Puxta o‘ylangan sxemani bir kichik yoki arzimasdek tuyulgan detal buzishi mumkinligi haqida tasavvur qila olasizmi? Masalan, bu shrift bo‘lishi mumkin.

Kanadalik tadbirkor Jerald Makgoy o‘ziga tegishli bo‘lgan "Look Communications" kompaniyasi bankrotga yuz tutganligi sababli 5 million dollarlik qarzini to‘lashi lozim edi.

Mol-mulki musodara qilinishining oldini olish maqsadida, u hujjatlarni oilasi foydasiga soxtalashtirishga qaror qildi. Hujjatlarni barcha qoidalarga binoan rasmiylashtirdi: imzolar va muhrlarni qo‘ydi. Faqat ularda bir noaniqlik bor edi.

Birinchi hujjat 1995-yil sanasi bilan keltirilgan. Unda u 2004-yilda yaratilgan Cambria shriftidan foydalangan.

Ikkinchi kamchilikni esa biznesmen 2004-yil sanasi bilan keltirilgan hujjatda Calibri shriftini qo‘llash orqali sodir etgan. Ushbu shrift Microsoft Office 2007 versiyasi chiqqanidan keyingina mashhurlikka erishgan.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #operatsion_tizim #internet #word

Xatolarimizni to‘g‘rilaylik azizlar!

Ko‘pchilik operatsion tizim dasturlari yoki Internet tarmog‘idagi yozishmalarida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida kirill alifbosidagi Ў va Ғ harflarini yanglishib O’ va G’ ko‘rinishida yozadi. Ushbu xatolik ba’zida ko‘chadagi bannerlarda ham uchrab turadi, alam qiladigan tomoni esa buni tag‘in katta-katta harflarda yozib qo‘yilganidir.

Aslida esa buning yozilishi quyidagicha – O‘ va G‘.

1️⃣. Barcha dasturlarda buni yozish uchun esa ALT+0145 klavishlari kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: ALT klavishini qo‘yib yubormagan holda NumLock panelidagi raqamlar kiritiladi va shundan so‘ng barmoq ALT klavishidan olinadi.

2️⃣. Microsoft Word dasturida esa buni kiritishning boshqa usuli mavjud, buning uchun CTRL + ~ + ~ klavishlar kombinatsiyasi bosiladi.
🏷 Izoh: CTRL klavishini qo‘yib yubormagan holda Esc klavishi osti yoki o‘ng tomonidagi ~ (kirillcha Ё harfi) klavishiga ikki marta bosiladi va shundan so‘ng barmoq CTRL klavishidan olinadi.

Bundan oldin bunga unchalik ahamiyat bermay kelgan bo‘lsangiz, bundan keyin shu maslahatlar asosida ushbu harflarni to‘g‘ri kiritishga odatlanasiz degan umiddamiz.

P.S. 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉

2️⃣. Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida ham o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz. Dasturning imkoniyatlari sizga ma’qul keladi, degan umiddamiz!

Ushbu maslahatimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#bilasizmi #telegram

🎞 Telegram’dagi “tasvir ichida tasvir” funksiyasi

Bu ko‘pchilik foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lmagan juda oddiy, lekin foydali funksiya.

Uning mazmuni shundaki, foydalanuvchilar Telegram’dagi Youtube va Vimeo’lardagi videolarni boshqa ilovalarning ustidan ochishlari mumkin.

Buning uchun esa:
1️⃣. Videoning prevyusi ustiga bosiladi.
2️⃣. “Tasvir ichida tasvir” ikonkasiga bosiladi.
3️⃣. Video to‘g‘ri to‘rtburchakli oynada ilovalarning ustidan ochiladi.

Oynani butun telefon ekrani sohasi bo‘ylab bemalol siljitish mumkin.

Oynani yopish uchun:
1️⃣. Oynaning bir qismi ekran ramkasidan tashqariga o‘ngga yoki chapga olib o‘tiladi.
2️⃣. Oynaning tepa o‘ng burchagidagi ikonkaga bosiladi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram

🔄 Chatlar uchun Telegram’dagi yangilanish

✔️ Yangilanish chatlar uchun yangi imkoniyatlarni olib kirdi, endi ularni ma’murlash osonlashdi.

🚫 Alohida materiallarni nashr qilishni cheklash

✔️ Endi admin ikki klikda barcha ishtirokchilar uchun kontentni nashr qilishni o‘chirib qo‘yishi mumkin. Masalan, buni chatni stikerlar bilan to‘ldirib tashlamaslik uchun qo‘llash mumkin.

👥 Guruhning universal sozlamalari

✔️ Agar sizga Telegram guruhida 100 000 ishtirokchi kamdek turulsa, unda bu son endilikda 2 baravarga oshdi. 200 ming ishtirokchidan iborat guruhni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun guruhlarning boshqarish interfeyslari optimallashtirildi.

✔️ Ikki klikda guruhni ommaviy (публичный) ko‘rinishga keltirish, adminlar uchun huquqlarni belgilash, shuningdek yangi ishtirokchilar uchun chatning butun yozishmalar tarixini ko‘ra oladigan qilish mumkin.

🚮 O‘chirishdan himoyalash

✔️ Endi chat yoki yozishmalar tarixini o‘chirishga urinishda, ushbu harakatni tasdiqlash borasida ogohlantirish sizib chiqadi. Agar siz rozilik bildirsangiz, unda sizda o‘z qaroringizni o‘zgartirish uchun qo‘shimcha 5 soniya beriladi.

♻️ Noglobal o‘zgarishlar

✔️ Kontaktlarni saralashning yangi variantlari: oxirgi kirish vaqti yoki nomiga qarab.

✔️ Multimedia fayllarini yuklashda yoki yuklab olishda yangi animatsiyalar qo‘shilgan. Medianing yuklanishi optimallashtirilgan.

✔️ Desktop versiyasi uchun stikerlarning to‘plamining ko‘rinishini tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

📲 Android uchun yuklab olish | 📲 iOS uchun yuklab olish

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet #maslahat

🌐 Google qidiruviga “Открыть в полном размере” tugmasini qaytaramiz

O‘tgan yili Google kompaniyasi rasmlar bo‘yicha izlash bo‘limidan “Открыть в полном размере”(View Image) tugmasini olib tashladi.

Lekin uni qaytarishning oddiy usuli mavjud. Buning uchun Chrome qo‘shimchalari do‘konidan “View Image” kengaytmasini o‘rnatish lozim.

Natijada tugma o‘z odatiy joyida “View Image” yozuvi bilan ko‘rinadigan bo‘ladi.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #mulohaza_uchun

💁‍♀️Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari

Xotira susayishi – ikki jins vakillari orasida keng tarqalib borayotgan, yoshlar va hatto bolalar orasida ham tez-tez uchrayotgan kasalliklardan biri.

Ayollar, onalar farzandlari, turmush o‘rtoqlari sog‘liqlari borasida qattiq qayg‘uradilar, g‘amxo‘rlik qiladilar.

Ta’bir joiz bo‘lsa, ayollar – oila atalmish qo‘rg‘onning nafaqat bosh oshpazi, balki o‘rni kelganda bosh shifokorlari hamdir. Shu sabab bugun ko‘tarayotgan mavzumizdagi maslahatlar foydadan holi bo‘lmaydi:

Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lib, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko‘p foydalansak, kerakli axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi.

⁉️Avvalo, qanday omillar xotira pasayishiga sabab bo‘ladi?

1️⃣. Klimaks davri (Ayollarda hayz ko‘rishning butunlay to‘xtashi). Bu vaqt davomida ayollar xotira funksiyasi va fikrni jamlash bilan bog‘liq talaygina muammolarni boshidan o‘tkazadi;

2️⃣ Gipertoniya - qon bosimi yuqori bo‘lgan insonda, xotira pasayishi va ruhan og‘irlashish ehtimoli ko‘proq uchraydi;

3️⃣ Diabet. Miyamizning anglash, tushunish, o‘rganish funksiyasini pasaytirishda mazkur kasallik yetakchilik qiladi. Bu holat asosan yoshi katta ayollar orasida ko‘proq uchraydi;

4️⃣. B12 vitamini yetishmasligi. Kunlik ovqat tarkibida yetarlicha B12 vitamini bo‘lmasa, xotira zo‘riqishlarni tez qabul qiladi;

5️⃣. Kerakli, foydali moddalar yetishmasligi ham miya qo‘shimcha funksiyasining susayishiga olib keladi;

6️⃣. Zaharlanish. Ba’zi zaharlovchi moddalar inson miyasi funksiyasini susaytirib yuboradi.

❗️Xotirani mustahkamlash usullari:

Esda saqlab qolishni xohlagan narsamizni ifodali o‘qish va uni hech bo‘lmaganda bir marta qaytarish lozim. Masalan, telefon raqami, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o‘qish, ularni eslab qolishni osonlashtiradi;

Ma’lumotlarni guruhlarga ajratish yoki ularni tanish biror narsa bilan bog‘lab, eslab qolish mumkin;

Uzun matnni tezroq yod olishda o‘qilayotgan ma’lumotning ko‘rinishini miyada yaratish, ularni tasavvur qila olish orqali inson ma’lumotni yana-da osonroq esda saqlab qola oladi;

O‘qiyotgan narsaga biror kulgili yoki bema’ni narsani bog‘lash – bu xotirani hissiyotlarga bog‘lashga ko‘mak beradi.

📝 Manba: @sharq_tabobati

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #internet

ALDANIB QOLMANG: Kiber-firibgarlar soxta Uzcard saytini tayyorlashibdi!

Kiber-firibgarlar haqiqiy Uzcard’ning saytini to‘liq ko‘chirib, soxta Uzcard saytini tayyorlashibdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabariga asoslanib “Daryo” nashri yozgan.

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) mijozlarni Uzcard’ning brendidan foydalangan holda kiberfiribgarlik qilinayotganidan ogohlantirdi. “Noma’lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytimizning interfeysi ko‘chirilib, Uzcard to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya tashkil etilgan”, – deyiladi kompaniya bayonotida.

Reklamada taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma’lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

“Ushbu aksiyaning Uzcard banklararo to‘lov tizimi faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘q”, – deya ma’lum qildi YaUPM. Ushbu holat yuzasidan surishtiruv boshlangan, kompaniya surishtiruv natijalari haqida yaqin vaqt ichida axborot berishini bildirgan.

YaUPM axborotida qo‘shimcha qilinishicha, uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info va boshqa shu kabi domenlarning Uzcard brendiga aloqasi yo‘q va ular norasmiydir.

Kompaniya mijozlarni hushyor bo‘lishga va tekshirilmagan manbalarga ishonmaslikka chaqirgan. YaUPMning rasmiy domeni uzcard.uz bo‘lib, bu yerda kompaniya faoliyatiga daxldor yangiliklar va aksiyalar haqida e’lonlar berib boriladi.

📝 DiMaX terabayt.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg