IT specialist
9.65K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
Forwarded from StartApp Android
Ilovalarga reklama joylashtirish orqali pul ishlash

Ushbu usul eng keng tarqalgan va amalga oshirish juda ham oson usul hisoblanadi. Umuman olganda internet texnologiyalar olamida reklamaning o'rni beqiyos. Reklama - bu cheklanmagan investitsiya va daromad manbayi. Reklama beruvchilar bor ekan biz ilova yaratuvchilar yaxshigina daromad topish imkoniga egamiz. Axir reklama biznesning motori hisoblanadi.

Tasavvur qiling siz biror bir android ilovani ishlab chiqdingiz. Masalan "Qiziqarli matematika" nomli o'yin yoki qo'llanma dastur. Ushbu ilova maktab o'quvchilari, abituriyentlar uchun yaxshigina foydali, ishlatishga qulay bo'lsin, foydalanuvchilarning biror bir muammosini hal qilsin.

Ushbu ilovangizdan bir kunda minglab, o'n minglab foydalanuvchilar foydalansin. Agar siz haqiqatan shu natijaga erishsangiz demak sizda mehnat qilib yaratgan ilovangizdan foyda olish imkoni mavjud.

Reklama qo'yish uchun:
1. AdMob reklama servisidan hamkor sifatida ro'yxatdan o'tasiz.
2. Ushbu servisga Play Market bozoriga chiqarilgan ilovangizni qo'shasiz.
3. AdMob shaxsiy kabinetida ilovalaringiz uchun reklama joylari (Ad Unit) yaratasiz.
4. Reklama joylarini ilovangiz kodiga joylashtirasiz.
5. Play Marketga yangi versiyasini yuklaysiz.
6. Har kuni ilovangiz orqali kelayotgan soqqalarni kuzatib borasiz :)

Yuqoridagi qadamlarni qisqagina keltirib o'tdik. Bir marta praktika qilib olganlarga bu deyarli qiyinchilik tug'dirmaydigan jarayon.

Ko'p beriladigan savollar:

1.❗️ Dasturlashni bilmayman, android ilova yarata olamanmi?❗️
- Ha albatta, avvalgi postimizda takidlaganimizdek, dasturlashni hali boshlamaganlar yoki bilmaydiganlar uchun ham android ilovalar yaratish imkoni bor, muhimi sizda ishtiyoq va biror bir sohada bilim bo'lsa yetarli, bu haqida yana batafsil gaplashamiz.

1. Masalan oyiga 100$ ishlashim uchun ilova qanday bo'lishi kerak?
- Reklama orqali pul ishlash uchun ilovangiz ommapob bo'lishi kerak, DAU (daily active users - kunlik faol foydalanuvchilar) soni kamida 3000 ta bo'lishi kerak. Shunda taxminan bir oy davomida ushbu ilovadan 100$ mablag' ishlaysiz. Foydalanuvchilar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.

2. Reklama orqali ishlangan pullar qanday qilib yechib olinadi?
- Ushbu mablag'larni yurtimizdagi banklardan birida ochilgan VISA kartaga tushirib olsangiz bo'ladi. Bu haqida batafsil yozamiz.

3. Bu qonuniymi?
- Ha albatta, siz ilovani mehnat qilib yaratasiz, Play Marketga joylashtirishda esa uning shartlarini bajarasiz. Bir yilda bir daromadlaringizdan soliq to'lashni unutmang! Admob servisida esa ba'zi toifadagi (dori, ichimlik, diniy sektalar ...) reklamalarni o'chirishni unutmang!

4. Reklamasiz pul topsa bo'lmaydimi?
- Bo'ladi, boshqa usullar haqida ham yozib o'tamiz. Kuzatib boring.

Boshqa savollar bo'lsa marhamat: @start_android_app_bot
​​#mulohaza_uchun

Inson hamma narsani aksincha bajaradi. Katta bo‘lishga shoshiladi keyin esa o‘tib ketgan yoshlik haqida eslab xo‘rsinadi. Pul uchun sog‘lig‘ini ketkazadi va shu zahoti sog‘lig‘ini tiklash uchun pul sarflaydi. U kelajak haqida shunchalik sabrsizlik-la o‘ylaydiki, hozirgi umri bilan tovon to‘laydi, shu tufayli na hoziri va na kelajagiga ega bo‘ladi. Xuddi hech qachon o‘lmaydigandek yashaydi va hech qachon yashamagandek o‘ladi.

📝 Paulo Koelyo, “Daryo singari”

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#android #iOS #smartfon

📲 Keshni tozalash orqali smartfon xotirasini bo‘shatamiz

Ko‘pincha telefon xotirasi yetmaydimi? Ilovalar va rasmlaringizni o‘chirgingiz kelmaydimi? Unda sizga keshni tozalash yordam beradi. Buni qanday amalga oshirish haqida bugungi maqolamizda so‘z yuritamiz.

🔹Android uchun ko‘rsatma

1️⃣. "Настройки"ga o‘ting
2️⃣. "Приложения"ga o‘ting
3️⃣. Xotiradan ko‘p joy egallab turgan ilovani tanlang
4️⃣. "Очистить кэш"ni bosing

Izoh: Bandlarning nomlanishi farq qilishi mumkin

🔸iOS uchun ko‘rsatma

1️⃣. "Настройки"ga o‘ting
2️⃣. "Основные"ga o‘ting
3️⃣. "Хранилище iPhone"ni oching
4️⃣. Ko‘p joy egallovchi ilovani tanlang
5️⃣. Ilovani o‘chirib tashlang
6️⃣. Ilovani qaytadan o‘rnating

Izoh: Keshni tozalash vaqtida ilovaning ma’lumotlari yo‘qolib qolishi mumkin

👨🏻‍💻@itspecuz
Turk tiliga qiziquvchilar uchun

Android telefonlar uchun Turkcha-O'zbekcha lug'atni tafsiya qilamiz:
- Offlayn ishlaydi
- Turkcha so'zlar audiosi
- 15000 tadan oshiq tarjimalar.

Google Playdan yuklab olish

Telegramdan yuklab olish 👇
Aziz do‘stlar, xabaringiz bor, kanaldagi postlar asosan Telegramning maxsus Telegra.ph xizmati orqali tayyorlanadi, kanalning o‘z web-sayti esa hozircha mavjud emas. Kanalimiz uchun maxsus web-sayt yaratilishiga qanday qaraysiz?
public poll

👍 Albatta kerak, zo‘r g‘oya! 👍 – 181
👍👍👍👍👍👍👍 70%

🤔 Menga farqi yo‘q! 😏 – 53
👍👍 20%

👍 Kerak emas! 👍 – 26
👍 10%

👥 260 people voted so far.
Navbatdagi so‘rovnomamiz orqali esa kanalimiz obunachilari orasida nechta TATU talabalari mavjudligini aniqlamoqchimiz. Iltimos, faol ishtirok eting, g‘irromlik bo‘lmasinl
public poll

Boshqa oliygoh talabasiman – 141
👍👍👍👍👍👍👍 29%

Oliygohni allaqachon tamomlaganman – 136
👍👍👍👍👍👍👍 28%

Talabalik baxtiga hali musharraf bo‘lmadim – 113
👍👍👍👍👍👍 23%

Men TATU talabasiman – 100
👍👍👍👍👍 20%

👥 490 people voted so far.
​​#ict_news

🖥 TATU talabalari kompyuter va androidlar uchun ilovalar yaratishdi 📲

TATU talabalari kompyuter va androidlar uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan aloqa signali qoplanganlik darajasini aniqlaydigan "Signum" hamda joylardagi bo‘sh yer va binolarni aniqlab beradigan "BizPlace" ilovalarini yaratishdi. Bu haqda Turon24 ma’lum qildi.

Manbada yozilishicha, axborot xavfsizligi fakulteti 4-bosqich talabalari – Rustam Turg‘unov, Timur Galiullin, Sherzod Valiyev, Muhammadjon Fayziyevlar ma’lum bir hududda qaysi mobil operator to‘lqinlari yaxshiligi yoki yo‘qligini aniqlaydigan va bu haqda oldindan ma’lumot beradigan dastur ishlab chiqqan. Bu notanish hududda ishlaydigan mobil aloqa sim kartasini olib tayyorlab qo‘yishda foyda berishi aytildi.

"Signum" tizimining yana bir asosiy maqsadi – signal haqidagi ma’lumotlarni generatsiya qilib, uni ochiq ko‘rinishda barchaga taqdim qilish. Bu ma’lumotlardan ochiq foydalanish imkoniyatini berib, boshqa dasturchilarga kerakli, foydali va innovatsion loyihalarida ishlatishlari uchun asqotadi.

Shuningdek, TATUning dasturiy injiniring yo‘nalishi talabasi Jamshid Sobirov tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ijaraga yoki sotib olishga eng qulay va to‘g‘ri keladigan bo‘sh yerni topib beradigan veb dastur – "BizPlace"ni yaratganini ma’lum qilgan.

Bunda qulay joylar ochiq ma’lumotlardan foydalanilgan holda, ya’ni hududdagi aholi zichligi, yo‘l infrastrukturasining rivojlanish darajasi haqidagi ma’lumotlariga avtomatik asoslangan tarzda dastur xaritasida ko‘rsatilishi, bu esa o‘z-o‘zidan tadbirkorlarning vaqtini tejalishi aytilmoqda.

📝 G‘ulom Nazarov Terabayt.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

🚀 O‘zbekistonda startaplar sotiladigan bozor yaratilmoqda!


O‘zbekistonda startaplar ekotizimi shakllanish bosqichida kundan-kunga startaplar soni ortmoqda. Shuningdek, yoshlarning ham startap loyihalar qilishga bo‘lgan intilishlari ham oshib bormoqda.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#tarmoq #internet #maslahat

📶 Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Umumiy foydalaniladigan Wi-Fi tarmog‘i odatda trafikni shifrlamaydi. Demak, siz nimalar qabul qilayotganingiz va uzatayotganingizni kimdir bemalol ko‘ra oladi. Masalan, telefonni uzun PIN-kod bilan himoya qildingiz, biroq ekrandagi suzib yuruvchi blokirovka bildirishnomasini qoldirdingiz. Bunday holatda hamma ham uni ochib ko‘rishi mumkin. Shaxsiy axborot blokirovka ekranida paydo bo‘lmasligi uchun blokirovka bildirishnomalarini to‘g‘ri o‘rnatish zarur.

Batafsil...

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#telegramda_kanal_yuritish #maslahat

📣 Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanalini tozalash uchun davriy tarzda bir oydan ortiq kirmagan hamda o‘chgan akkauntlarni o‘chirib turish lozim.

Qoida bo‘yicha Telegram’dagi kanal muallifi o‘z kanalida faqat 200 obunachini yoki barchasini yulduzcha orqali qidiruv maydonida so‘rov bergan holda ko‘ra oladi. Har bir foydalanuvchining o‘ng tomonida u qachon oxirgi marta tarmoqda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt ko‘rinib turadi.

♻️ Kanalni tozalashingiz mumkin:

- Qo‘lda. Obunachilarni izlashda yulduzcha bilan so‘rov berasiz va Telegram’ga bir oydan ko‘proq kirmaganlarni (ular katta ehtimol bilan qaytib kirishmaydi) va o‘chgan akkauntlarni o‘chirib tashlaysiz.

- Bu uchun maxsus ishlab chiqarilgan @crosser_bot boti yordamida.

📲 Buning uchun kerakli qadamlar:

1️⃣. Ushbu botni o‘z kanalingiz adminlari safiga qo‘shasiz, unga “adminlarni qo‘shish” huquqini berasiz.
2️⃣. Botning o‘zida “Аудитория” funksiyasini tanlaysiz.
3️⃣. Unga o‘z kanalingiz havolasini yuborasiz.
4️⃣. Hisobotni olasiz.
5️⃣. Hisobotda ko‘rsatilgan o‘chgan yoki nofaol akkauntlarni tanlagan holda, barchasini yoki bir qismini o‘chirasiz.

Bu bir oydan ortiq kanalga kirmagan obunachilar bo‘ladi.

Obunachilar sonining kamayishi sizni har qancha tashvishga solmasin, kanalning qatnashchilarini onda-sonda shunday tozalab turish maqsadga muvofiqdir.

🤔 Keling bu nima uchun kerakligini keltirib o‘tamiz:

✔️ Bu faqat raqamlardir, agar odamlar Telegram’dan foydalanmayotgan va unga anchadan buyon kirmayotgan bo‘lishsa, ular shunchaki statistikani buzishadi va ulardan shunchaki foyda bo‘lmaydi;
✔️ Reklama uchun belgilangan narxga bu ta’sir ko‘rsatmaydi (rus segmentida ko‘proq uchraydigan holat), chunki odamlar obunachilarning soniga emas, balki postlardagi kuzatishlar soni va auditoriyaning qanchalik jalb etilganligini kuzatishadi (har doim ham emas, o‘zbek segmentida ko‘pchilik reklamaga buyurtma berishda avvalambor kanal obunachilari soniga qaraydi va ko‘p holatlarda shunchaki aldanadi);
✔️ Boz ustiga siz mahsulotingizni reklama qilish orqali, u qanchalik zo‘r bo‘lmasin, shunchaki o‘tkaza olmaysiz - bu shunchaki raqamlar va ular sizga hech narsa bermaydi.

Siz uchun nima muhim, ko‘p obunachilarga ega bo‘lish - lekin ularning kam jalb etilganligimi yoki kam bo‘lsa ham - lekin e’tiborli, postlaringizni intiqlik bilan kutadiganlarimi?

Hamma o‘zi uchun o‘zi qaror chiqaradi. Yaxshi kanal vaqt o‘tishi bilan baribir o‘sib ketadi.

Ko‘rib turganingizdek, kanalni tozalab turish muhim! Bu yaxshi kanal rivojlanib borishining zaruriy shartidir. Kamaygan auditoriyaning o‘rnini esa har doim yangi auditoriya hisobiga to‘ldirish mumkin.

💸 Hozirda ushbu botdan foydalanish uchun obuna to‘lovi belgilangan bo‘lib, oyiga 650 rublni (≈90-100 ming so‘m atrofida) tashkil etadi.

P.S. Botning yana bir foydali jihati, bu botni ikki kanalga admin qilgan holda, shu ikki kanalni solishtirib, u va bu kanalda jami nechi kishi bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lganligini aniqlay olish imkoniyatidir. Masalan, Azamat Bahodirov (kimningdir ismi va familiyasiga mos kelib qolsa, oldindan uzr so‘raymiz) har ikki kanalda obuna bo‘lgan bo‘lsa, qidiruv natijasida bir inson deb chiqib keladi. Buni har ikki kanalda admin bo‘lgan taqdiringizdagina tekshira olasiz.

👨🏻‍💻@itspecuz
Bilasizmi?

1. .UZ domeni 1995 yilning april oyida Janubiy Karolina Informatika Fanlari Universiteti (hozirgi IANA tashilotining vazifalari o`sha paytlarda aynan shu universitet tomonidan amalga oshirilardi) tomonidan tasdiqlangan.

2. .UZ domeni boshqaruvi dastlab bir necha yillar davomida birgina jismoniy shaxsga berilgan edi.😳😳😳

3. 2001 yilda .UZ domeni boshqaruvi IANA (Internet Assigned Numbers Authority)tashkiloti tomonidan Germaniyaning Euracom Equipment GmBH kompaniyasini tamsil etuvchi O`zbekistondagi Tomas Ltd kompaniyasiga olib berilgan.

4. 2002 yilning 2 dekabrida IANA va O`zbekiston hukumatlari o`rtasida imzolagan kelishuvga asosan 2003 yilning mart oyida to`liq boshqaruv O`zbekiston (UzInfocom) tasarrufiga o`tgan.

5. .UZ domeni ro`yxatga olish o`rtacha narxlari, yillar kesimida:
2001 yil: ~89$
2002 yil:
~78$
2003 yil:
~50$
2005 yil:
~40$
2009 yil:
~16-25$
2018 yil: ~3$


6. Hozirgi kunda 65.000 ga yaqin aktiv holatdagi .UZ domeni mavjud (2018 yil dekabr holati bo`yicha)

7. Respublikamizda hozirgi kunda 22 ta .UZ registratorlari mavjud.

8. .UZ domeni boshqaruv administratsiyasining saytlari: whois.uz va cctld.uz

@tarmoq_tizim
​​#ict_news

💥O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda operatorni o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ladi💥

🔸O‘zbekistonda “mobil qullik”ni bartaraf etishga qaratilgan hujjat loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi.

🔸Hujjatda “mobil qullik”ni bekor qilish, ya’ni O‘zbekistonda har qanday uyali aloqa kompaniyasi abonenti telefon raqami saqlangan holda boshqa kompaniyaga o‘tishiga imkoniyat yaratish ko‘zda tutilgan.

🔸Hujjatda qayd etilishicha, xizmat pullik bo‘lib, abonent xizmatdan 180 kalendar kunida bir martadan ortiq foydalana olmaydi.

Abonent raqamlarini o‘tkazish ikki xil tartibda amalga oshiriladi:

- abonent tomonidan operator bosh ofisiga o‘tkazish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan holda. Bunda abonent shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim. Raqam boshqa abonentga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, raqam egasining notarial tasdiqlangan ishonchnomasi bo‘lishi kerak;

- operator saytida elektron shaklda.

Mobil operatorlar abonent raqami o‘tkazilishini 1 ish kunida (9 ish soati) amalga oshirishlari kerak.

📝 Manba: @ishbilaruz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#news

Talabalar uchun qishki ta’til kunlari 28 dekabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga joriy yilning 28 dekabrdan qishki ta’til beriladi. Qishki ta’til 2019 yil 10 yanvarga qadar davom etadi.

Demak, joriy yilgi oxirgi o‘qish kuni - 27 dekabr bo‘ladi, 11 yanvar kunidan esa dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

📝 Manba: @xushnudbek

P.S.
Guruh sardori:
Demak guruh, payshanba kuni ketib, juma kuni o‘qishga qaytarkanmiz, hamma eshitdimi?
Guruh a'zolari: 😂😂😂

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram

🔠 Telegram’dagi yangilanish

Telegram jamoasi har doimgidek o‘z foydalanuvchilari uchun yangi yil sovg‘asini hozirlab qo‘ydi.

Bugungi Android 5.1, iOS 5.1.1, Desktop 1.5.3 va macOS 4.8 yangilanishlarida anonim so‘rovlar o‘tkazish uchun o‘rnatilgan vosita paydo bo‘ldi.

Batafsil ➡️ https://goo.gl/KGzCL8

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#android

Android uchun root-huquqlari qanday olinadi?🛠

Root-huquqlari nima va ular o‘zi nima uchun kerak?

👑 Root-huquqlari bu Android’dagi super foydalanuvchi huquqlaridir. Ularni faollashtirgan holda siz qurilmaning to‘laqonli administratoriga aylanasiz va u bilan istagan ishingizni, hech qanday cheklovsiz amalga oshirishingiz mumkin: tizim fayllari va sozlamalarini qo‘shish va o‘chirish, tizimni har qanday rejimda ishga tushirish, tizimga biriktirilgan va oddiy usulda o‘chirish imkoni bo‘lmagan ilovalarni o‘chirish va yana ko‘plab amallar. Siz shuningdek smartfoningizga qo‘shimcha imkoniyatlarni berish maqsadida, ushbu huquqlarni oddiy foydalanuvchilar murojaat eta olmaydigan boshqa ilovalarga ham berishingiz mumkin.

‼️ Muhim! Bunday super imkoniyatlarga ega bo‘lishning o‘ziga yarasha mas’uliyati bor. Super foydalanuvchi huquqlarini olish jarayoni kafolatni bekor qiladi va mobil qurilmaning to‘liq ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Barcha harakatlarni siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfning oqibatlarini o‘z zimmangizga olgan holda bajarasiz.

Framaroot ilovasi yordamida root-huquqlarini olish

📱Framaroot – SuperSu biriktirilgan boshqaruv menejeri bilan keluvchi, Android smartfonlari va planshetlariga Root-huquqlarini olish uchun ishlab chiqilgan ilova hisoblanadi. Ilova uchun kompyuter talab etilmaydi, barchasi qurilmaning o‘zida amalga oshiriladi!

1️⃣. O‘rnatiluvchi Framaroot faylini APK formatida ilovaning rasmiy saytidan yuklab olamiz.
2️⃣. Sinalmagan manbalardan o‘rnatishga ruxsat beramiz.
3️⃣. Tizimdagi maxsus ilovalarni o‘rnatish dasturidan foydalanib, dasturni telefonga o‘rnatamiz.
4️⃣. Ilovani ishga tushiramiz, shundan so‘ng super foydalanuvchi - Superuser yoki SuperSU’ni boshqarish uchun mas’ul keltirilgan ilovalardan birini tanlaymiz.
5️⃣. Ma’qul kelgan personajlardan birini tanlaymiz: Aragorn, Gendalf va hokazo.
6️⃣. Bir necha daqiqa kutamiz, natija oynasi paydo bo‘lishi kerak.
7️⃣. Smartfonni qayta yuklaymiz va root-huquqlaridan foydalanamiz.

Shuningdek, ilovadagi tugmani bosish orqali barcha o‘zgarishlarni ortga qaytarish mumkin.

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#telegramda_kanal_yuritish

📢 Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar. 🤖

Men kanalni yuritishda sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan Telegram botlarini to‘pladim. Ba’zilari uchun esa foydalanish uchun ko‘rsatmalar keltirdim). Yaxshi, boshladik unda!

▪️@ControllerBot — ushbu bot bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin: postlarni tayyorlash va kanalga ma’lum vaqtda chiqishini sozlash, layklar qo‘shish, havolalar biriktirilgan tugmalar qo‘shish, rasmlarni biriktirish, matnga havolalarni qo‘shish. Ushbu bot har bir kanal adminida bo‘lishi lozim! Uni qanday yaratish va undan qanday foydalanish bo‘yicha sizlarga ko‘rsatma keltirdim.

▪️@LivegramBot — adminlar bilan savol/javoblar qilish uchun kanalga ulanuvchi maxsus bot. Kanalning tavsifida o‘z akkauntingizni qoldirdingiz va sizni xabarlar bilan ko‘mib tashlashyabdimi? Ushbu Feedback-botini yaratib oling, u chindan ham yordam beradi. Masalan mening botim - @itspecuz_comment_bot, unga yozasiz, u menga xabar beradi va men sizga u orqali javob yozaman. Qo‘llanmasi quyida keltirilgan.

▪️@ComenBot — agar sizga yozuvlaringiz uchun izohlar kerak bo‘lsa, unda ushbu bot postlaringizga izoh qoldirish imkonini beradi.

▪️@Crosser_Bot — ushbu bot yordamida o‘z Telegram kanallaringiz auditoriyasining boshqa kanallar bilan kesishmasini hisoblashingiz mumkin. O‘zaro auditoriyani baholash boshqa kanallarda reklamani samarali xarid qilishingizga imkon beradi. Siz shuningdek bu bot orqali o‘z auditoriyangizdagi “o‘lik obunachilar”ni aniqlab, ulardan kanalingizni tozalab turishingiz mumkin. Xullas, foydali bot). Qo‘llanmasi quyida keltirilgan.

▪️@TGstat_bot — kanalingiz statistikasi uchun bot. Bot kunlik ko‘rishlar soni, kunlik qamrov, boshqa kanallarda kanalingizni eslatilishlari soni va obunachilar miqdorini ko‘rsatadi.

▪️@Vote — matnli tugmalar yordamida so‘rovnomalarni yaratish boti, u orqali kanalingiz kuzatuvchilarining fikrlari va qiziqishlarini bilishingiz mumkin. So‘rovnomalarni anonim va noanonim tarzda uyushtirish mumkin.

▪️@Like — emodzilar yordamida, layk va dizlayklar uslubida so‘rovnomalarni yaratish boti. Kontentingiz qancha layk to‘plashini bilib oling. 😉

▪️@BotFather — botlarning otasi. Botlarni yaratish uchun bot.

🔰 Haaa, menimcha bo‘ldi) Matn ham hajmdor chiqdi, lekin bu adminlar uchun juda muhim axborot va men ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqishingizni tavsiya etaman. Savollar yuzaga kelsa - @itspecuz_comment_bot’ga yozing va men yordam berishga harakat qilaman.

👨🏻‍💻@itspecuz & @tgcasher
​​@bilasizmi

Inglizlar selfi tayoqchasini "Nartsiss tayoqchasi" deb atashadi. Nartsiss - o'z jamoliga tikilishni yaxshi ko'ruvchi yunon mifologik qahramoni hisoblanadi! 🤳

👨🏻‍💻@itspecuz & @zakovat_sayyorasi
​​#mulohaza_uchun

Ismoil Safarov: O‘n yillardan keyin, nafaqat talabalar, maktab o‘quvchilari ham dasturlashni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘z innovatsiyalari bilan mamlakatimiz iqtisodiyotiga hissa qo‘shayotgan talabalar ko‘p. Ulardan biri axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonlariga tatbiq etib kelayotgan Ismoil Safarovdir. Ismoil TATUning dasturiy injiniring fakulteti talabasi, universitet Yoshlar ittifoqi kengashining AKT sohasini rivojlantirish yo‘nalishi yetakchisidir. Qahramonimiz o‘zining “Masofaviy ta’lim” loyihasi bilan AT-mutaxassislari nazariga tushgan.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#android

📲 Eski Android smartfonidan yangisiga ma’lumotlarni qanday o‘tkaziladi?

Ma’lumotlarni qurilmadan qurilmaga o‘tkazish doim murakkab mashg‘ulot bo‘lib kelgan, shuning uchun ushbu mashg‘ulotni soddalashtirishni bilish muhim sanaladi. Agar siz ham bunday vaziyatga yuzlangan bo‘lsangiz, unda ushbu maqolamiz siz uchun foydali bo‘ladi.

Rezerv nusxalash

1️⃣. "Настройки"ga o‘ting.
2️⃣. "Резервное копирование"ga o‘ting.
3️⃣. "Загружать на Google Диск"/ "Архивация данных"ni faollashtiring.
4️⃣. Ma’lumotlarni saqlash va yuklab olish uchun maxsus akkauntni qo‘shing.

Endi yangi smartfonga ma’lumotlarni tiklab olishga o‘tamiz:

1️⃣. 4-bandda tanlagan Google akkauntingizga kiring (avtorizatsiya jarayoni).
2️⃣. Qurilmada eski qurilmadagi ma’lumotlar sinxronizatsiya qilinadi.

Qurilmada nimalar saqlab qolinadi?

Ilovalardagi ma’lumotlar, qo‘ng‘iroqlar jurnali, kontaktlar, qurilma sozlamalari, foto va video, SMS-xabarlar

Izoh: Bandlarning nomlanishi farq qilishi mumkin

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun #maslahat

🇰🇷👨🏻‍🎓 Koreya kundaligi. O‘qishga jo‘nab ketishning ilk taassurotlari

Dunyoning shubhasiz innovatsion davlatlaridan biri - Janubiy Koreya yiliga yuz minglab xorijiy talabalarni o‘z bag‘riga jamlaydi. 2017 yilda mamlakat xalqaro talabalarni qabul qilish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Mamlakat Ta’lim vazirligining statistikasiga ko‘ra, birgina o‘tgan yilning o‘zida 124 mingga yaqin talaba Koreyaga kelgan bo‘lib, ulardan 2716 nafarini o‘zbekistonliklar tashkil etadi.

Koreyada o‘qish istagini bildirayotgan o‘zbek yoshlari yildan-yilga ko‘payib borayotgani yangilik emas. Shu jumladan, men ham magistr darajasini olish maqsadida mazkur davlatga otlandim.

Xorijda o‘qish jarayoni, o‘zga yurtdagi ijtimoiy muhit va hamyurtlar hayoti barchani birdek qiziqtirishi tabiiy. Shu sababdan Kun.uz “Koreya kundaligi” ruknini yo‘lga qo‘ymoqda. Bunda o‘quvchilar Koreya Respublikasi va u yerdagi vatandoshlarimizga oid turli mavzulardagi maqolalarni o‘qib borishingiz mumkin.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun #maslahat

🙋🏻‍♂️📊 Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?

Qanday qilib "uch Harvard savoli" yordamida sakkiz soatni tejash va ish kuni tugashi bilan ofisni tark etish mumkin? "Vaqtni boshqarishga oid 15 sir" kitobi muallifi Kevin Kruz milliarderlar, Olimpiya chempionlari va a’lochi-talabalar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, taym-menejment bilan bog‘liq shu va boshqa savollarga javob berdi. HBR nashri Kruzning kitobidan qiziqarli parchalar bilan bo‘lishdi.

Batafsil...

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1