IT specialist
9.66K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#mulohaza_uchun

Dunyoda nechta milliarder bor va ularning umumiy boyligi qancha?

Bir asrki bu reyting dunyo ahlini o‘ziga ohanrabodek tortadi. Chunki o‘zganing boyligini sanash ko‘pchilikka xos xususiyat. Xo‘sh, jahon milliarderlari reytingi qanday qilib tuziladi? Qanday uslublardan foydalaniladi va kimlar bu reytingdan joy olishi mumkin?

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun #maslahat

🙋🏻‍♂️🙋🏻 Nolimang, o‘rganing, ishlang va yana ishlang…

Nolimang, o‘rganing, ishlang va yana ishlang — juda qiziq ishlar, juda ko‘p pul topasiz!

Oylik kam, ish yo‘q, o‘qiganni ishga olishmaydi, hamma joyni qarindosh-urug‘lar egallab olgan, deb ko‘p nolishadi.

👉🏻 Lekin...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Microsoft asoschilaridan biri vafot etdi

Microsoft korporatsiyasining hamasoschisi Pol Allen 65 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi CNBC telekanali uning oilasiga tayangan holda.

Ta’kidlanishicha, Allen saraton kasalligidan vafot etgan.

Avvalroq, u nexojkin limfoma (NXL) kasalligidan davolanayotgani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, 2009 yilda Allen kasallikning rivojlanib ketishi oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Microsoft hamasoschisining singlisi Judi Allen so‘zlariga ko‘ra, akasi “eng ajoyib inson” bo‘lgan, uni butun dunyoda IT-ishlab chiquvchi va xayr-ehsonchi sifatida tanishgan.

Ma’lumot uchun, 1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke shaharchasida Micro-soft kompaniyasiga asos solishgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko shtatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi ro‘yxatga olingan - Microsoft.

Forbes jurnalining 2015 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Allen dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 51-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.

📝 Manba

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

📈 O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘z o‘rnini biroz yaxshiladi

Irlandiya Ookla kompaniyasining Speedtest.net internet-servisi sentabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va sim orqali ulanuvchi internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston bir pozitsiyani yo‘qotdi va 124 o‘rindan 110-o‘rinni egalladi (tezlik 9,63 Mbit/s.dan 9,93 Mbit/s.gacha ko‘tarildi).

Sim orqali ulanuvchi internet tezligida mamlakat ikki pozitsiyaga ko‘tarildi va hozir 130 o‘rindan 118-pog‘onani egallab turibdi (tezlik 7,98 Mbit/s.dan 8,69 Mbit/s.gacha ko‘tarildi).

Norvegiya mobil internet tezligi bo‘yicha hamon yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi (67,12 Mbit/s), Singapur - sim orqali ulanuvchi tezlik bo‘yicha (184 Mbit/s).

📝 Manba

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet

🎞 YouTube qaynoq klavishlari

YouTube dunyodagi eng mashhur saytlar reytingida Googledan keyingi o'rinda turadi. Siz ham uni muntazam ravishda ishlatishingizga aminmiz.

Lekin siz YouTube uchun qaynoq klavishlar mavjudligi haqida bilasizmi? Endi bilib oling:

Sahifaning har qanday joyida:

М
— Ovozni o‘chirish
F — To‘liq ekranli rejim
K — Pauza/Ishga tushirish
J — 10 soniya orqaga
L — 10 soniya oldinga
Shift + N — pleylistdagi yoki tavsiya etilganlar orasidagi keyingi videoga o‘tish
/ — Qidiruv satriga o‘tish
C — Subtitrlani faollashtirish/o‘chirish

Pleyerning o‘zida:

Chapga/o‘ngga strelkasi
— Videoni 5 soniya orqaga/oldinga o‘tkazish
1 dan 9 gacha raqamlar — Videodagi 10% - 90% pozitsiyasiga o‘tkazish
0 (nol) — Videoning boshiga
Probel — Pauza/Ishga tushirish
Tepaga/pastga strelkasi — Ovozni 5% baland/past qilish
Home — Videoning boshiga o‘tkazish
End — Videoning oxiriga o‘tkazish

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Internet-savdo bo‘yicha zaruriy maslahatlar:

🔸 Karta orqali Internet amaliyotlarni bajarishda Internet xizmati umumiy 👀 bo‘lgan, masalan, Internet kafelarni tanlamaslikka harakat qiling.

🔹 Ishonchli, sinalgan 🕵️ internet-do‘konlardan foydalaning. Bu borada tajribasi bor tanishlaringiz tavsiyasiga tayaning.

🔸 Internet tarmog‘ida to‘lovni amalga oshirishda Sizdan xavfsizlik kodi (CVC2)ni kiritishingizni so‘rashadi. CVC2 🔑 – imzo uchun chiziq hamda kartaning oxirgi to‘rt raqamidan o‘ng tomonida yozilgan uch xonali kod. Ushbu kod xavfsizlikni 🛡 ta’minlash uchun kiritiladi.

🔹 Hech kimga kartangiz rekvizitlari – karta raqami, amal qilish muddati, uch xonali xavfsizlik kodi, PIN-kodni MA’LUM QILMANG 👺!

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#smartfon

📱​Eng zoʻr smartfonni kutib oling: Huawei Mate 20 Pro-Hands-on haqida

Kecha Huawei oʻzining eng soʻnggi smartfoni Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro’ni taqdimot marosimini oʻtkazdi. Huawei’ning P20 Pro smartfoni 2018-yilda dunyoning eng zoʻr smartfoni deb tan olingandi. Kecha Huawei’dan hamma juda katta yangilikni kutishdi chunki Huawei bu safar oʻzidan oʻzi oʻtishi kerak edi. Tarixda birinchi marta Huawei’ni shunchaki oddiy telefon ishlab chiqaruvchi sifatida emas, mobil texnologiyalar bozorida eng innovatsion kompaniya sifatida kuzatishdi.

Maqolani batafsil oʻqish uchun:
👉🏻 goo.gl/YrVMES

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#ict_news

👨🏻‍🏫👩🏻‍🏫 Maktablarda elektron jurnal va kundaliklar joriy qilinadi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Rossiyaning “Dnevnik.ru” kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshiradilar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dnevnik.ru” – Rossiyada mashhur onlayn platforma bo‘lib, u maktablar bilan hamkorlikda bolalarning o‘zlashtirish natijalarini, davomatini va boshqa ko‘rsatkichlarini onlayn tarzda nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Dnevnik.ru”ning O‘zbekistondagi vakili – “Kundalik” kompaniyasi barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.

“Kundalik” raqamli ta’lim platformasi Rossiya maktablarida joriy etilgan “Dnevnik.ru” axborot tizimi asosida ishlab chiqiladi.

Tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarni rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish, o‘quvchilarning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish, shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Shu bilan birga, ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishlari hamda onlayn kutubxona va ta’limga oid media resurslardan foydalanishlari mumkin.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram #internet

Telegram qanday yaratilgan?

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashayotgan, jumladan, bizning yurtimizda ham deyarli har bitta internet foydalanuvchisiga yaxshi tanish bo‘lgan Telegram messenjeri bundan bir necha yil muqaddam rossiyalik dasturchi aka-ukalar tomonidan yaratilgan.

Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#telegram #internet

Telegram-kanalni qanday yuritgan ma’qul?

Telegram’da kanal ochish – o‘zingizga yoqqan narsa-hodisalar haqida so‘zlab berishning va bunga qiziquvchi sifatli auditoriya to‘plashning yaxshi usuli. Biroq kanalni to‘g‘ri yuritmasangiz, u holda uning obunachilari soni o‘smasdan qolaveradi.

Layfxaker sayti buning oldini olish uchun quyidagi beshta maslahatini taqdim etadi.

1️⃣. Asosiy mavzudan chetlashmang va o‘z fikringizni ortiqcha tiqishtirmang.

Kanal uchun mavzuni belgilab oldingizmi – unga qat’iy amal qiling. Dunyoda qiziqarli voqealar ko‘p, ulardan ko‘pchiligi haqida boshqalarga gapirib bergingiz, bu borada o‘z nuqtai nazaringizni bayon etgingiz kelishi mumkin. Biroq foydalanuvchilar kanalingizga muayyan bir mavzudagi kontent uchun obuna bo‘lishgan. Ikkita o‘rtamiyona futbol jamoasining o‘yinidan olgan taassurotlaringiz ularga qiziq bo‘lmasa kerak.

Aynan shuning uchun ham o‘z fikringizni bildirishda ehtiyotkorroq bo‘ling. Agarda siz kanalni shaxsiy blog tarzida yuritmayotgan bo‘lsangiz, unda kontent mazmunida me’yordan oshmaganingiz ma’qul.

2️⃣. Judayam tez-tez post qo‘ymang.

Kanalga post chiqarish uchun eng maqbul oraliqni belgilash mushkul, chunki buning uchun auditoriyangiz faolligini tahlil etishingiz darkor. Ammo esda tuting: tez-tez post joylagandan ko‘ra, ularni siyraklatish yaxshiroq. O‘rtacha foydalanuvchi 2–10 ta kanalga obuna bo‘ladi. Agar shularning har biridan kuniga bir nechta bildirishnoma keladigan bo‘lsa, ularning barchasini ochib ko‘rishga vaqti yo hafsalasi yetishmasligi mumkin.

Qaysidir kanallarda kuniga 2–3 marta post chiqarish odat tusiga kirgan. Boshqalari kuniga bitta, ayrimlari esa haftada bir-ikkita post bilan ham cheklanishadi. Ba’zilari bo‘lsa kuniga 10-15 ta post bilan obunachilarning joniga tegishga ham ulgurishadi.

3️⃣. Murakkablashtirib yubormang, ixchamroq formatga soling.

Telegram’ga kishilar biror nima o‘qib o‘tirish uchun kirishmaydi. Messenjerning formati buni qabul qilmaydi. Shu bois, publikatsiyalarni imkon qadar ixchamlashtiring. Agar baribir sal kattaroq matn qo‘yishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, uni formatlang – shunda o‘quvchi zerikmaydi. Buning uchun Markdown belgilarini qo‘llovchi botlar mavjud. Biroq bu borada ham haddan oshib ketmang, o‘zining ichki dizaynini saqlab qoling.

4️⃣. Reklama borasida insofli bo‘ling.

Telegram auditoriyasi reklamadan qachon bezor bo‘lmaydi – qachonki ularning soni haddan oshib ketmasa va e’lonlar mazmuni jig‘iga tegadigan bo‘lmasa. Shu bois, postlaringizda “mana bu kartochka shaklidagi ajabtovur yig‘ma pichoq haqidagi ma’lumotni mutlaqo tasodifan uchratib qolganingiz va uni FAQAT BUGUN atigi 99999 so‘mga sotib olish mumkinligi”ni yozmaganingiz ma’qul.

5️⃣. Auditoriyani tadqiq eting.

Kanal auditoriyasining jalb etilganligini kuzatish uchun qo‘llanuvchi jihozlar Telegram’da ko‘p emas. Odatda siz faqat obunachilaringiz sonini hamda har bir publikatsiyangizni qancha kishi ko‘rganini kuzata olasiz.

Bularga qo‘shimcha tarzda kanalingizda so‘rovnomalar o‘tkazishingiz mumkin. Agarda obunachilaringiz soni 2000 nafardan oshsa-yu, lekin so‘rovnomada atigi 50 tacha kishi qatnashsa, demak, siz nimanidir noto‘g‘ri qilyapsiz ekan – kontentingiz auditoriya uchun qiziqarli bo‘lmayapti.

DiMaX Terabayt.uz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
👍1
​​#ict_news #smartfon #android

📱“iPhone”dan yaxshi! Eng kuchli smartfonlar aniqlandi (reyting)

“AnTuTu”
benchmarki jamoasi “Android” tizimida ishlovchi eng kuchli smartfonlar reytingini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni o‘yinlar uchun mo‘ljallangan “ASUS ROG Phone” smartfoni band etdi. Ikkinchi — “Xiaomi”ning “Black Shark”i, uchinchi — “OnePlus 6”.

Kuchli o‘nlikda: “Vivo NEX S”, “Xiaomi Mi 8”, “OPPO Find X”, “Galaxy Note 9”, “ASUS ZenFone 5Z”, “Xiaomi Mi MIX 2s” hamda “Xiaomi Pocophone F1”.

Bularning barchasi “Qualcomm Snapdragon 845” protsessorida ishlaydi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
Forwarded from IT specialist
Plovpoint - uy yoki ofisingizga osh yetkazib berish xizmati

Hozirgina bir yangi startap haqida eshitib qoldim. Plovpoint uy yoki ofisingizga Toshkentning eng yaxshi osh qiladigan joylaridan osh yetkazib berarkan. Veb-sayti did bilan qilingan. Faqat bu servis ochilishiga hali 1.5 oy bor ekan - 1-dekabrdan ishga tusharkan.

Ha, yaxshi yangilik. Hozir registratsiya qilsangiz, sizga 15 ming so'm bonus berisharkan. Shoshiling, bonuslar tugab qolmasin.

https://plovpoint.uz?invited=8780
#test #akt_huquqiy_asoslari

3️⃣8️⃣. Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?

⚪️ Yuridik yoki jismoniy shaxslar
⚫️ Tarmoq administratori
🔴 Kompaniya direktori
🔵 Tashkilot rahbari

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #akt_huquqiy_asoslari

3️⃣9️⃣. Axborot resurslarida saqlanayotgan va ishlov berilayotgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va qog‘oz kо‘rinishidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega bо‘lgan axborot nima deb ataladi?

⚪️ Elektron raqamli imzo
⚫️ Axborot resursi
🔴 Elektron hujjat
🔵 Axborot

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #akt_huquqiy_asoslari

4️⃣0️⃣. Axborot resurslari bu …

⚪️ Ishlov berilgan axborot
⚫️ Hujjatlashtirilgan axborot
🔴 Audiovizual va boshqa xabarlar
🔵 Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #akt_huquqiy_asoslari

4️⃣1️⃣. Maxfiy axborot bu …

⚪️ Axborot resursi
⚫️ Foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qо‘yilgan hujjatlashtirilgan axborot
🔴 Cheklanmagan doiradagi ommaviy axborot
🔵 Cheklangan doiradagi axborot

👨🏻‍💻@itspecuz
#test #akt_huquqiy_asoslari

4️⃣2️⃣. Axborotni muhofaza etish qanday maqsadlarda amalga oshiriladi?

⚪️ Shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning, hamda axborotning mahfiyligini oldini olish maqsadida
⚫️ Axborotni erkin, kafolatli olish va kerakli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
🔴 Axborotni tо‘plash, saqlash, ishlov berish maqsadida
🔵 Axborotdan foydalanishni man etish maqsadida

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#javob #test

Testlarning javoblari bilan tanishing:

▶️ 38-A

▶️ 39-C

▶️ 40-D

▶️ 41-B

▶️ 42-A

👨🏻‍💻@itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#internet #mulohaza_uchun

2018 yilda saytlarga kirishda duch kelinadigan holatlar. 😉

Manba: @uxlive

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

💧Suv ozishga yordam beradimi?

Suv Yerning barcha biosferalari asosini tashkil qiladi. Bu har qanday tirik organizmning asosidir. Barcha tirik jonzotlarning organizmiga doimiy ravishda suvning kirishi zarur.

Bu maqolada suv to‘g‘risidagi keng tarqalgan fikrlarni e’tiboringizga havola qilib, ulardan qaysilari haqiqat yoki aksincha ekaniga oydinlik kiritamiz.

1️⃣. Odam iste’mol qilishi kerak bo‘lgan kunlik norma 8 stakan

Umuman noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi, kuniga 8 stakan suv ichish normasi optimal bo‘lgan holatlar ehtimoli bor. Biroq bu normani universal va keng qamrovli deb bo‘lmaydi. Odam organizmining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji hajmi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu odamning antropometrik ma’lumotlari (bo‘yi va vazni), yoshi, sog‘lig‘ining holati, u yashaydigan joyning ob-havosi, bino ichidagi mikroiqlim, mashg‘ulot va h.k. Issiq va quruq havoda (yoki ana shunday iqlim hududida) odamning suvga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Bu holat faol jismoniy zo‘riqishlar paytida ham kuzatiladi.

2️⃣. Suv organizmdagi toksinlar yo‘qotilishiga yordam beradi

To‘g‘ri suv iste’molining ortishi buyraklar faoliyatining organizmdan namlikni yo‘qotish uchun faollashuviga sabab bo‘ladi. Bunda odam tanasidagi turli zararli moddalar tashqariga chiqish holati sodir bo‘ladi.

3️⃣. Ichimlik suvi ortiqcha vazn bilan kurashda yordam berishi mumkin

Bu haqiqatan ham shunday. Biroq gap faqat toza suv haqida ketmoqda. Gazli suvlar to‘g‘risida emas (ayniqsa, shirin gazli suvlar). Chunki bunday ichimliklar aksincha vazn to‘plashga olib keladi.

Ichimlik suvining ijobiy ta’siri haqida aytadigan bo‘lsak, uning mexanizmi oddiy. Birinchidan, uni ichish miqdori moddalar almashinuvini tezlashtiradi, organizmdagi zaharli moddalar chiqib ketishiga yordam beradi. Ikkinchidan, odatda odamlar ko‘pincha chanqoq hissini ochlik bilan adashtirishadi. Bir stakan oddiy suv ichib, biror narsa yeyish istagidan xalos bo‘lish mumkin.

4️⃣. Plastik butilkalardan ko‘p marotaba foydalanish tavsiya etilmaydi

Bu to‘g‘ri tavsiya. Gap shundaki, plastik butilkalarning bo‘yni ingichka bo‘lgani uchun ularning ichini yuvish murakkab. Shuning uchun ularda turli bakteriyalar to‘planadi. Bunday butilkalardan ko‘p marta foydalanish organizmga infeksiyalar kirishiga sabab bo‘ladi.

Bo‘yni yo‘g‘on butilkalarni (ularni yuvish osonroq) va shisha butilkalarni (ularni qaynatish mumkin) yoki bir martalik ichish trubkalarini tanlagan ma’qul.

5️⃣. Suvni bir necha marta qaynatish tavsiya etilmaydi

Bu juda keng tarqalgan fikr. Ko‘pchilik har qaynatilganida suvning tuzilishi o‘zgarib, “og‘irroq” bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Haqiqatan ham, takroriy (ko‘p marta) qaynatilganida suv tarkibida deyteriya (vodorodning og‘ir izotopi) konsentratsiyasi ortadi. Biroq bu ko‘payish shu qadar kam darajadaki, uni iste’mol qilish organizmga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

📝 Manba: Kun.uz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#test #hardware

4️⃣3️⃣. Quyidagilarda qaysi biri foydalanuvchi tomonidan axborotlarni kompyuterga kirituvchi asosiy qurilmalar hisoblanadi?

⚪️ Klaviatura va tizimli blok
⚫️ Klaviatura va sichqoncha
🔴 Monitor va qattiq disk
🔵 Klaviatura va printer

👨🏻‍💻@itspecuz