IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#ict_news

ICTWEEK UZBEKISTAN-2018 doirasida Jizzax viloyati maktablariga uchta kompyuter sinflari sovg‘a qilindi

25 sentabr kuni Jizzaxda “ICTWEEK UZBEKISTAN-2018” doirasida "Axborot texnologiyalari - bolalar uchun" aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur aksiya doirasida uchta kompyuter sinflari sotib olinib, Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalariga beg‘araz sovg‘a qilindi. Bu Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktab-internat (Jizzax sh.), 72-sonli o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Forish tumani, “Qorabdol” QFY) va 17-o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani).

Kompyuter sinflariga 10 dona shaxsiy kompyuter, ko‘p funksiyali qurilma va proyektorlar kiritilgan.

O‘quv sinflari ta’lim muassasalariga Internet tarmog‘iga ulangan lokal tarmog‘i tarkibida sovg‘a qilindi.

📝 Manba: mitc.uz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Toshkentda “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 26-sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi. Forum birinchi bor o‘tkazilib, axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.

Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

AKT vaziri: “Dasturiy mahsulotlar eksporti hajmi 10 barobarga oshiriladi”

Kecha, 26 sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK Uzbekistan-2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi bo‘lib o‘tdi.

“DIGITAL UZBEKISTAN” forumi ochilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov so‘zga chiqdi.

Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#special_advice

Hi guys, how're you doing? 🙋🏻‍♂️🙋🏻

Today I'm going to invite you for Advanced IT-channel!

If English is not problem for you & if you are big fan of Computer Science: Artificial Intelligence, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision & Pattern Recognition by using Python Programming Language: books, links and valuable guidleines, tutorials & etc.

You're welcome!
For subscribing this channel press the link below:
👉🏻 https://t.me/computer_science_and_programming

Second point that is interesting for us is to know, how many of you knows English very well. Please be active in voting process:
😊 I know English very well
🙃 I am only at the beginning stage
😔 I don't know English

👨🏻‍💻@itspecuz
​​​​#special_advice

Сегодня хочу порекомендовать вам канал с бесплатными обучающими видео-лекциями по IT и записями крупных конференций как для новичков так и для профессионалов.

Программирование, Искусственный интеллект, Веб-дизайн, SEO, Blockchain, Базы данных и многое другое:
➡️ @itlecture

А также крупные IT-библиотеки, где вы можете открыть для себя огромное количество книг по программированию:
➡️ @proglibrary
➡️ @itlibrary

У нашего канала есть и русская версия, правда там ещё мало статей, но база статей постепенно расширяется:
➡️ @itspecru

Как и в прошлом посте, который был на английском, решил узнать сколько из наших подписчиков знают русский язык. Пожалуйста, просим активно участвовать в опросе:
😊 Знаю русский очень хорошо
🙃 Я только приступил к изучению русского
😔 Я не знаю русский


👨🏻‍💻@itspecuz
​​Aziz Ustoz va murabbiylar!

Shodlik, quvonchlarga to‘la barcha qalb,
Bu aziz dargohda bayramdir bugun.
Bilimga erishgan baxtimiz sabab,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!

Maqsadi ulug‘vor, qadami qutlug‘,
Zaboni shirinu, kalomi qutlug‘.
Onadek mehribon, otadek ulug‘,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#word #maslahat

📄 MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli

Faylni imkon qadar siqing va uni hattoki sekin Internet orqali ham yuborishga qodir bo‘ling.

Microsoft Word fayllarining hajmi ozchilikni tashvishlantiradi: o‘yinlar va videoroliklarga nisbatan ular deyarli hech qancha joy egallamaydi. Lekin agar siz hujjatni u-bu saytda nashr qilsangiz yoki uni pochta orqali yuborsangiz, boz ustiga internetingiz sekin bo‘lsa, bu holatda har bir kilobayt qardlidir. Quyida Word-hujjati o‘lchamini kichraytirishning uch usulini keltirmoqchimiz.

Davomi...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #operatsion_tizim #mulohaza_uchun #security

😱 Windows’ning yangilanishi fayllaringizni o‘chirishi mumkin

Yaqinda Microsoft kompaniyasi Windows 1809 yangilanishini “Windows 10 October 2018 Update” nomi bilan e’lon qildi.

Kiritilgan yangiliklar: “Проводник” uchun to‘q rangli mavzu, bulutli almashinish buferi, iOS va Android bilan sinxronizatsiya qilish uchun “Ваш телефон” ilovasi va boshqa ko‘plab narsalar.

Lekin, aniqlanishicha, tizim - tizim diskidagi fayllarni o‘chirib yuborishi mumkin ekan. Masalan “Документы”, “Изображения”, “Музыка”, “Загрузки” va boshqa papkalarni bo‘shatib qo‘yishi mumkin.

Ayni damda, Microsoft forumida fayllarning yo‘qolishi bilan bog‘liq yetarli darajada ko‘p shikoyatli postlar paydo bo‘lgan. Masalan bir foydalanuvchining 220 Gb hajmdagi ma’lumotlari yo‘qolgan.

Microsoft ushbu muammoni yangilanishdagi bir qancha noaktual drayverlarga bog‘liq deya ta’kidladi. Yangilanishni o‘rnatish paytida, tizim ogohlantirish berishi kerak, unda “Назад”ga bosish lozim. Bundan keyin drayverlar aktuallashtiriladi va yana o‘rnatish jarayoniga qaytiladi.

Agar siz shunda ham yaqin orada o‘z Windows versiyangizni yangilashga kirishmoqchi bo‘lsangiz, u holda dastlab tizim diskidagi muhim fayllarning rezerv nusxasini yaratib olishni maslahat beramiz.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#internet #telegram #maslahat

📝 Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari

Turli messenjerlarda yozishamiz, ulardagi kanallarni kuzatib boramiz va guruhlarda suhbatlashamiz. Xo‘sh, u yerda matnni har xil formatlarda yozib, chatdagilarni hayron qoldirishga nima deysiz?

O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer – Telegram’da matnlarni har xil formatlarga solishning turli usullari bor. Hozir shulardan asosiylari – yozuvlarni to‘qrang (жирный), kursivli yoki “dasturchilar usulida” – harflarini bir xil enli qilib yozish yo‘llarini birga ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 Davomi...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#atama

Elektron hukumat (ingl. e-Government) – ma’lumot taqdim etish usuli bo‘lib, shakllantirilgan davlat xizmatlari to‘plamini fuqarolarga, biznesga, davlat organlari va davlat xizmatchilariga taqdim etish, bunda davlat va murojaat etuvchi o‘rtasidagi shaxsiy munosabat minimallashtiriladi va maksimal tarzda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalaniladi.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#android #smartfon

Kursor yordamida Android-smartfonni boshqarishni osonlashtirish📱

📈 Qariyb barcha smartfon ishlab chiqaruvchilarida kuzatilgan displey uzunligining ortishi trendi, foydalanuvchilarning fikriga qaraganda interfeys bilan muloqot qilishdagi qulaylikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

🖐 Haqiqatan ham shunday, smartfonni boshqarish barmoqlarga qo‘shimcha yuklama hosil qilibgina qolmay, apparatning to‘satdan qo‘ldan tushirib yuborilishi xavfini ham oshiradi. Mijozlardagi bu kabi noqulayliklarning oldini olish maqsadida Apple Rechability funksiyasini o‘ylab topdi, Google esa, bundan farqli o‘laroq ushbu vazifani boshqa ishlab chiqaruvchilarga qo‘yib berdi.

▪️ NiftyUI studiyasi dasturchilaridan Reachability Cursor ilovasi foydalanuvchilarga odatiy hisoblangan kompyuter kursorini Androidga o‘tkazadi, u operatsion tizim va boshqa dasturlardagi uzoqroqda joylashgan elementlarga qo‘l bilan cho‘zilishning o‘rniga, buni kursor bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Androidga kursorni qo‘shish

1️⃣ Reachability Cursor ilovasini Google Play’dan yuklab olish va o‘rnatish

2️⃣ Ilova o‘rnatilganidan so‘ng, ekranning o‘ng yoki chapki chetiga joylashib oluvchi kichik aylanasimon soha hosil bo‘ladi va tachpad rolini bajaradi. Unga teginish kursorni faollashtiradi, uni esa kichik amplituda bilan barmoqni interfeys bo‘ylab harakatlantirish orqali siljitish mumkin. Haqiqiysi singari, dasturiy tachpad ham nafaqat kursorni siljitish va bosish, balki pastga/yuqoriga harakatlantirish (прокручивание) imo-ishoralarini va uzoq muddat tutib turishlarni (удерживание) ta’minlaydi.

❗️Agar foydalanuvchi joiz deb bilsa, tachpadni o‘z xohishiga binoan sozlab olishi mumkin.

uning o‘lchamini o‘zgartirish,
taktil murojaatni qo‘shish,
uning mustaqil tarzda ekrandan g‘oyib bo‘lishi uchun harakatsizlik muddatini belgilash,
kursor rangini sozlab olish va qurilmada amalga oshiriladigan harakatlarga muvofiq aks etuvchi turli effektlarni qo‘shish.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#surovnoma

🙋🏻‍♂️Hurmatli kanalimiz obunachilari, aziz do‘stlar!🙋🏻

Yaqinda kanalimizga a’zo bo‘lgan va uni muntazam ravishda kuzatib borayotgan muxlis va muxlisalarimizning respublikamizning qaysi hududiga mansubligini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

Ushbu post yozilayotgan paytda jami 704 ta ovoz to‘plangan.

🌏🇺🇿 Unga ko‘ra foiz ko‘rsatkichlari quyidagicha:
 1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi (83) - 12%
2) Qashqadaryo viloyati (69) - 10%
3) Toshkent shahri (61) - 9%
4) Farg‘ona viloyati (59) - 8%
5) Xorazm viloyati (57) - 8%
6) Andijon viloyati (56) - 8%
7) Surxondaryo viloyati (51) - 7%
8) Samarqand viloyati (48) - 7%
9) Namangan viloyati (44) - 6%
10) Toshkent viloyati (41) - 6%
11) Buxoro viloyati (34) - 5%
12) Navoiy viloyati (31) - 4%
13) Jizzax viloyati (28) - 4%
14) Boshqa davlatdan (25) - 4%
15) Sirdaryo viloyati (17) - 2%

😊 Ko‘rib turganingizdek, birinchi uchlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahri joy olgan. Bizni boshqa davlatlardan turib ham kuzatib borishayotgani quvonarli hol, albatta!

📈 Ushbu so‘rovnomaning joriy natijasi siz obunachilarimiz orasida u-bu kimga kerak bo‘lib qolishi mumkin, degan maqsadda hamda unda ishtirok etuvchilarning faolligini oshirish uchun joylashtirilmoqda. Kanalimizga yangi qo‘shilgan obunachilarimiz ham bunda faol ishtirok etadi, degan umiddamiz.

✍🏻 O‘z fikr va takliflaringiz bo‘yicha ushbu botimiz orqali murojaat etishingiz mumkin: @itspecuz_comment_bot.

❗️Sizning talab va takliflaringiz biz uchun muhim!

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram

Bugun Pavel Durov 34 yoshga to‘ldi. Chin dildan tabriklaymiz!

Uning 7 aqlli maslahati yoki 5 hayotiy prinsiplari haqida yozmaymiz, chunki buni bizlarsiz ham har ikkinchi kanal yoki saytda nashr qilishadi. Shunchaki samimiyat bilan RAHMAT demoqchimiz!

Durov har xil davlatlardan millionlab insonlarni birlashtiruvchi haqiqatan ham kuchli loyihalarni (Telegram va VKontakte) yaratdi. Bugun har kim ham ularda daromad qilishi, biznes qurishi, rivojlanishi mumkin.

Vaqtingizni yo‘qotmang va harakat qiling!

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #mulohaza_uchun

Har qanday odamga kitob o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki tarbiyamning asosiy bosqichida kitoblarning roli juda katta bo‘lgan. Garchi qiziqqon, ba’zan qaysar yoki gap uqmas bo‘lsam ham, lekin odamlarga men tomondan aziyat yetmasligi uchun astoydil harakat qilishimda shu kitoblar yordamchi.

Qayerda qanday gapirish, fahmu farosat, e’tiqod, iymon – hammasi men o‘qigan kitoblardagi saboqlar edi. Kitob o‘qish kitobning duch kegan joyini ochib, rasmga tushish yoki biyron gapirish emas har holda. Umuman olganda oshqozon uchun taom qancha zarur bo‘lsa, miya uchun bilim shuncha kerak.

Xulosa o‘zingizdan.

@uztwit

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

Dunyoda nechta milliarder bor va ularning umumiy boyligi qancha?

Bir asrki bu reyting dunyo ahlini o‘ziga ohanrabodek tortadi. Chunki o‘zganing boyligini sanash ko‘pchilikka xos xususiyat. Xo‘sh, jahon milliarderlari reytingi qanday qilib tuziladi? Qanday uslublardan foydalaniladi va kimlar bu reytingdan joy olishi mumkin?

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun #maslahat

🙋🏻‍♂️🙋🏻 Nolimang, o‘rganing, ishlang va yana ishlang…

Nolimang, o‘rganing, ishlang va yana ishlang — juda qiziq ishlar, juda ko‘p pul topasiz!

Oylik kam, ish yo‘q, o‘qiganni ishga olishmaydi, hamma joyni qarindosh-urug‘lar egallab olgan, deb ko‘p nolishadi.

👉🏻 Lekin...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Microsoft asoschilaridan biri vafot etdi

Microsoft korporatsiyasining hamasoschisi Pol Allen 65 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi CNBC telekanali uning oilasiga tayangan holda.

Ta’kidlanishicha, Allen saraton kasalligidan vafot etgan.

Avvalroq, u nexojkin limfoma (NXL) kasalligidan davolanayotgani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, 2009 yilda Allen kasallikning rivojlanib ketishi oldini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Microsoft hamasoschisining singlisi Judi Allen so‘zlariga ko‘ra, akasi “eng ajoyib inson” bo‘lgan, uni butun dunyoda IT-ishlab chiquvchi va xayr-ehsonchi sifatida tanishgan.

Ma’lumot uchun, 1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke shaharchasida Micro-soft kompaniyasiga asos solishgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko shtatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi ro‘yxatga olingan - Microsoft.

Forbes jurnalining 2015 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Allen dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 51-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.

📝 Manba

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

📈 O‘zbekiston internet tezligi reytingida o‘z o‘rnini biroz yaxshiladi

Irlandiya Ookla kompaniyasining Speedtest.net internet-servisi sentabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va sim orqali ulanuvchi internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston bir pozitsiyani yo‘qotdi va 124 o‘rindan 110-o‘rinni egalladi (tezlik 9,63 Mbit/s.dan 9,93 Mbit/s.gacha ko‘tarildi).

Sim orqali ulanuvchi internet tezligida mamlakat ikki pozitsiyaga ko‘tarildi va hozir 130 o‘rindan 118-pog‘onani egallab turibdi (tezlik 7,98 Mbit/s.dan 8,69 Mbit/s.gacha ko‘tarildi).

Norvegiya mobil internet tezligi bo‘yicha hamon yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi (67,12 Mbit/s), Singapur - sim orqali ulanuvchi tezlik bo‘yicha (184 Mbit/s).

📝 Manba

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#internet

🎞 YouTube qaynoq klavishlari

YouTube dunyodagi eng mashhur saytlar reytingida Googledan keyingi o'rinda turadi. Siz ham uni muntazam ravishda ishlatishingizga aminmiz.

Lekin siz YouTube uchun qaynoq klavishlar mavjudligi haqida bilasizmi? Endi bilib oling:

Sahifaning har qanday joyida:

М
— Ovozni o‘chirish
F — To‘liq ekranli rejim
K — Pauza/Ishga tushirish
J — 10 soniya orqaga
L — 10 soniya oldinga
Shift + N — pleylistdagi yoki tavsiya etilganlar orasidagi keyingi videoga o‘tish
/ — Qidiruv satriga o‘tish
C — Subtitrlani faollashtirish/o‘chirish

Pleyerning o‘zida:

Chapga/o‘ngga strelkasi
— Videoni 5 soniya orqaga/oldinga o‘tkazish
1 dan 9 gacha raqamlar — Videodagi 10% - 90% pozitsiyasiga o‘tkazish
0 (nol) — Videoning boshiga
Probel — Pauza/Ishga tushirish
Tepaga/pastga strelkasi — Ovozni 5% baland/past qilish
Home — Videoning boshiga o‘tkazish
End — Videoning oxiriga o‘tkazish

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat

Internet-savdo bo‘yicha zaruriy maslahatlar:

🔸 Karta orqali Internet amaliyotlarni bajarishda Internet xizmati umumiy 👀 bo‘lgan, masalan, Internet kafelarni tanlamaslikka harakat qiling.

🔹 Ishonchli, sinalgan 🕵️ internet-do‘konlardan foydalaning. Bu borada tajribasi bor tanishlaringiz tavsiyasiga tayaning.

🔸 Internet tarmog‘ida to‘lovni amalga oshirishda Sizdan xavfsizlik kodi (CVC2)ni kiritishingizni so‘rashadi. CVC2 🔑 – imzo uchun chiziq hamda kartaning oxirgi to‘rt raqamidan o‘ng tomonida yozilgan uch xonali kod. Ushbu kod xavfsizlikni 🛡 ta’minlash uchun kiritiladi.

🔹 Hech kimga kartangiz rekvizitlari – karta raqami, amal qilish muddati, uch xonali xavfsizlik kodi, PIN-kodni MA’LUM QILMANG 👺!

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#smartfon

📱​Eng zoʻr smartfonni kutib oling: Huawei Mate 20 Pro-Hands-on haqida

Kecha Huawei oʻzining eng soʻnggi smartfoni Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro’ni taqdimot marosimini oʻtkazdi. Huawei’ning P20 Pro smartfoni 2018-yilda dunyoning eng zoʻr smartfoni deb tan olingandi. Kecha Huawei’dan hamma juda katta yangilikni kutishdi chunki Huawei bu safar oʻzidan oʻzi oʻtishi kerak edi. Tarixda birinchi marta Huawei’ni shunchaki oddiy telefon ishlab chiqaruvchi sifatida emas, mobil texnologiyalar bozorida eng innovatsion kompaniya sifatida kuzatishdi.

Maqolani batafsil oʻqish uchun:
👉🏻 goo.gl/YrVMES

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg