IT specialist
9.68K subscribers
1.14K photos
493 videos
63 files
3.86K links
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.

Mundarija: t.me/itspecuz/4939

Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15

Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot
Download Telegram
​​#maslahat

🌐 STIRni bilib olish va kommunal qarzdorlikni onlayn tekshirish havolalari

Jismoniy shaxs soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami(STIR)ni aniqlash uchun - yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali saytlaridan tekshirish mumkin.

Elektr energiyasi, gaz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni va Respublikadan chiqishga cheklov bor yo‘qligini tekshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi rasmiy saytida tekshirish mumkin.

Kommunal to‘lovlarning barcha turlari bo‘yicha shaxsiy hisob holatini tekshirish uchun Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali saytida onlayn aniqlash mumkin.

Barcha turdagi xizmatlarga havolalar quyida qayd etilgan:

1️⃣. 📄 STIR (INN) aniqlash - https://my2.gov.uz/uz/search-tin/default/index

2️⃣. 📝 Qarzdorlikni tekshirish - https://mib.uz/blacklist

3️⃣. ✈️ Respublikadan chiqishga cheklovni tekshirish - https://mib.uz/restriction

4️⃣. 💡⛽️ Elektr va gaz hisoblarini tekshirish - https://mib.uz/communal

5️⃣. 🚰 Sovuq suv va kanalizatsiya hisobini tekshirish - http://ek.uz/uz/cabinet/payment-public/vodokanal?id=119

6️⃣. ♨️ Issiq suv va isitish hisobini tekshirish - http://ek.uz/uz/cabinet/payment-public/teplo?id=127

7️⃣. 🗑 Chiqindilarni chiqarish hisobini tekshirish - http://ek.uz/uz/cabinet/payment-public/terminal?id=1

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#internet #mulohaza_uchun

🌏 Dunyoga darz ketadi: internetni ikkiga bo‘lishmoqchi

Internet ikkita alohida qismga bo‘linmoqda, biri AQSh ixtiyorida bo‘lsa, ikkinchisi Xitoy nazoratida bo‘ladi.

Dunyoning bipolyar tizimi va sovuq urush allaqachon o‘tmishga aylangan. Shunga qaramay, tarix takrorlanib turish xususiyatiga ega. Birinchisi oshkora, ikkinchisi internetda. Yana 10-15 yildan keyin butunjahon o‘rgimchak tarmog‘i ikkita alohida segmentga bo‘linishi mumkin. Ularni shartli ravishda “demokratik” va “totalitar” deb atasa bo‘ladi.

Bunday manzarani Google’ning sobiq ijrochi direktori Erik Shmidt bashorat qilmoqda.

Yagona internet-makonning barbod bo‘lishi va uning bir nechta klasterlarga bo‘lingan fragmentlari haqida to‘xtalib, Erik Shmidt shunday deydi: AQSh va Xitoy tez orada tarmoqlarda o‘z nazoratini o‘rnatadi. Xitoyning IT-kompaniyalari juda tez sur’atlarda yuksalib bormoqda, bozori ham faol kengaymoqda. Ammo Xitoy faqat o‘zining xizmatini taklif etish bilan cheklanib qolmaydi, balki o‘zining tartibini o‘rnatishga ham harakat qiladi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, dunyoning ayrim qismi senzura va davlat nazorati o‘rnatilgan “xitoy internetidan” foydalanadi. Qolganlar esa hozirgi an’anaviy internet tizimidan foydalanishni davom etaveradi.

📝 Saroy Terabayt.uz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#mulohaza_uchun

0️⃣«Nol – sehrli raqam»: Bill Geytsdan eng yorqin iboralar

1994 yilda 9,35 mlrd dollar boylik bilan eng boy tadbirkorlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda joylashgan Bill Geyts qatorasiga 14 yil bu o‘rinni tark etmadi. Bir yildan so‘ng uning Microsoft kompaniyasi kompyuterlar olamida inqilob yasagan Windows 95 operatsion tizimini ishlab chiqdi.

Uzoq yillar davomida monopoliya yaratishda ayblanib kelgan Geyts xayriya ishlari bilan shug‘ullanish uchun allaqachon Microsoft boshqaruvidan ketgan. U bugunga qadar milliardlab dollar mablag‘ni xayriya maqsadlarida sarflagan. Forbes Bill Geytsning eng yorqin iboralarini yodga oldi.

👉🏻 Davomi...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #mulohaza_uchun

💼 Ishdan qaytib kelgach, ko‘pchiligimiz elektron pochtaga ko‘z yugurtirish, suhbat qurish yoki kino tomosha qilish maqsadida, kompyuterni yoqamiz. Biroq, ne ko‘z bilan ko‘raylikki, kompyuter yoqilmaydi. Uning ekranida “Barcha fayllar shifrlandi. Ularni o‘z holiga qaytarish uchun 300 dollar to‘lashni talab qilamiz!” degan yozuvni ko‘ramiz. Chindan ham kompyuter tarmog‘iga tushgan virus bois fayllar mashina o‘qiy olmaydigan formatga keltirilgan. Shaxsiy kompyuter — bizning xotiralarimiz, yiqqan-terganlarimiz saqlanadigan muhim ma’lumotlar ombori. So‘ralgan pulni to‘lamasak, ulardan mahrum bo‘lamiz.

🌐 Bu vaziyatda har qanday ekspertning birinchi tavsiyasi kompyuterni elektr va internet tarmog‘idan uzish kerakligi mazmunida bo‘ladi.

☢️ So‘nggi yillarda virusdan jabrlanish ommaviy muammoga aylandi. Xususan, qurilma tizimini qulflab qo‘yib, pul talab qiladigan tovlamachi kiberviruslar tahdidi oshib bormoqda. Quyida bu kabi jinoyatlar qurboni bo‘lmaslik uchun zarur maslahatlarni beramiz.

1️⃣. Operatsion tizimni doimo yangilab boring.

Kompaniyalar tomonidan yaratilgan tizimlar yillar davomida takomillashtirib boriladi. Jumladan, yangilanishlar ulardagi viruslar hujumiga bardosh bera olmaydigan bo‘shliqlarni ham to‘ldiradi.

2️⃣. Zarur ma’lumotlardan nusxa olib qo‘yishga odatlaning.

☣️ Hozir internet tarmog‘iga har kuni minglab viruslar tarqalmoqda. Siz qimmatli ma’lumotlar, jumladan ilmiy ishlaringizni, suratlar, videolarni fleshka, disklarda yoki Google Disk, Dropbox kabi “bulutli” ma’lumotlar saqlash omborlarida saqlang. Juda bo‘lmasa, zarur hujjatlarni pochta orqali boshqa bir elektron pochtangizga tashlab qo‘ying.
Aks holda, virus talab qilmagan pulni to‘lamasangiz — ma’lumotlardan ayrilasiz. U so‘ragan pul to‘langan taqdirda ham, shifrlanib qolgan ma’lumotlarning asl holiga qaytishiga hech kim kafolat bermaydi.

3️⃣. Elektron pochta xabarlariga ehtiyotkor bo‘ling

💻 Elektron pochta orqali kompyuterga zararli faylning tushib qolishi — ommaviy holat. Sizga spam ko‘rinishidagi begona ism-sharif, notanish xizmatdan xabar kelsa, uni ustiga bosa ko‘rmang. Word yoki Excel hujjatlari, zararli faylga ega veb-sahifalar, Adobe hujjatlari, ijtimoiy tarmoq manzillari aslida zararli faylning shunchaki niqobi bo‘lishi mumkin.

4️⃣. Viruslarga qarshi dasturni yangilab boring

👥 Ko‘pchiligimiz kompyuterdagi xavfsizlik masalasiga diqqat qilmaymiz. Vaholanki, antivirus hamda elektron pochta uchun maxsus skaner dasturlari bor. Ularni yangilab borishni unutmang. Ularning fayllar antivirusi, faol himoya, tarmoq hujumlaridan himoya, pochta filtri kabi modullari borligiga ishonch hosil qiling.

📝 Manba: @tuit_online

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#android

Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)

Bu qurilma qotib ishlashni boshlasa, ishga tushmasa, bloklanib qolsa va unga kirishning barcha usullari yodingizdan ko‘tarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hard Reset’ni amalga oshirish - bu so‘nggi choradir, chunki u foydalanuvchining barcha sozlamalarini, shuningdek qurilmadagi barcha ma’lumotlarni o‘chiradi va uni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytaradi.

🔄 Recovery orqali qayta tiklash

1) Qurilmani o‘chiring
2) Recovery menyusiga o‘tish uchun quyidagi tugmalar kombinatsiyasidan birini qo‘llab ko‘rishingiz lozim:
a) Ovozni pasaytirish + ishga tushirish tugmasi
b) Ovozni ko‘tarish + ishga tushirish tugmasi
c) Ovozni ko‘tarish/pasaytirish + ishga tushirish tugmasi + “Uyga” tugmasi
d) Ovozni ko‘tarish + ovozni pasaytirish + ishga tushirish tugmasi

Menyu bo‘ylab siljish ovozni boshqarish tugmalari, bandni tanlash esa ishga tushirish/“Uyga” tugmasi yordamida amalga oshiriladi.

3) “wipe data/factory reset” bandini tanlang.
4) “Yes — delete all user data” harakatini tasdiqlang.
5) “reboot system now”ni bosing.
6) Qurilmaning o‘zi qayta yuklanadi va birinchi marta ishga tushirilgandagi holatiga qaytadi.

⚙️ Настройки orqali qayta tiklash

1) “Настройки”ga kiring
2) “Восстановление и сброс” bandini toping (Nomlanishi farq qilishi mumkin)
3) “Сброс настроек”ni tanlang
4) Qayta tiklashni tasdiqlang va agar parol yoki grafik kalit o‘rnatilgan bo‘lsa, ularni kiriting
5) “Стереть всё”ga bosing

Android 8.0 va undan keyingilari uchun qayta tiklash

“Система” > “Восстановление и сброс” > “Сброс настроек” bo‘limiga o‘tish orqali “Сбросить к заводским настройкам” bandi aniqlanadi

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
🔥1
​​#bilasizmi

Gipertimeziya - insonda o‘z hayotining har bir daqiqasini eslab qolish bilan bog‘liq noyob qobiliyatdir.



Гипертимезия - это редко встречающаяся способность помнить каждую минуту своей жизни.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Kecha Toshkentda «ICTEXPO 2018» ko‘rgazmasi ochildi (foto)

Kecha, 26 sentyabr kuni Toshkentda “ICTEXPO 2018” ko‘rgazmasi ish boshladi. AKT haftaligining ushbu yirik tadbiri “O‘zekspomarkaz” MKK 1-pavilonida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning dastlabki ikki kuni (26-27 sentyabr) B2B formatida, uchinchi kuni (28 sentyabr) B2C formatida tashkil etiladi.

👉🏻 Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

ICTWEEK UZBEKISTAN-2018 doirasida Jizzax viloyati maktablariga uchta kompyuter sinflari sovg‘a qilindi

25 sentabr kuni Jizzaxda “ICTWEEK UZBEKISTAN-2018” doirasida "Axborot texnologiyalari - bolalar uchun" aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur aksiya doirasida uchta kompyuter sinflari sotib olinib, Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalariga beg‘araz sovg‘a qilindi. Bu Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktab-internat (Jizzax sh.), 72-sonli o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Forish tumani, “Qorabdol” QFY) va 17-o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani).

Kompyuter sinflariga 10 dona shaxsiy kompyuter, ko‘p funksiyali qurilma va proyektorlar kiritilgan.

O‘quv sinflari ta’lim muassasalariga Internet tarmog‘iga ulangan lokal tarmog‘i tarkibida sovg‘a qilindi.

📝 Manba: mitc.uz

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

Toshkentda “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 26-sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi. Forum birinchi bor o‘tkazilib, axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.

Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#ict_news

AKT vaziri: “Dasturiy mahsulotlar eksporti hajmi 10 barobarga oshiriladi”

Kecha, 26 sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK Uzbekistan-2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi bo‘lib o‘tdi.

“DIGITAL UZBEKISTAN” forumi ochilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov so‘zga chiqdi.

Batafsil...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#special_advice

Hi guys, how're you doing? 🙋🏻‍♂️🙋🏻

Today I'm going to invite you for Advanced IT-channel!

If English is not problem for you & if you are big fan of Computer Science: Artificial Intelligence, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision & Pattern Recognition by using Python Programming Language: books, links and valuable guidleines, tutorials & etc.

You're welcome!
For subscribing this channel press the link below:
👉🏻 https://t.me/computer_science_and_programming

Second point that is interesting for us is to know, how many of you knows English very well. Please be active in voting process:
😊 I know English very well
🙃 I am only at the beginning stage
😔 I don't know English

👨🏻‍💻@itspecuz
​​​​#special_advice

Сегодня хочу порекомендовать вам канал с бесплатными обучающими видео-лекциями по IT и записями крупных конференций как для новичков так и для профессионалов.

Программирование, Искусственный интеллект, Веб-дизайн, SEO, Blockchain, Базы данных и многое другое:
➡️ @itlecture

А также крупные IT-библиотеки, где вы можете открыть для себя огромное количество книг по программированию:
➡️ @proglibrary
➡️ @itlibrary

У нашего канала есть и русская версия, правда там ещё мало статей, но база статей постепенно расширяется:
➡️ @itspecru

Как и в прошлом посте, который был на английском, решил узнать сколько из наших подписчиков знают русский язык. Пожалуйста, просим активно участвовать в опросе:
😊 Знаю русский очень хорошо
🙃 Я только приступил к изучению русского
😔 Я не знаю русский


👨🏻‍💻@itspecuz
​​Aziz Ustoz va murabbiylar!

Shodlik, quvonchlarga to‘la barcha qalb,
Bu aziz dargohda bayramdir bugun.
Bilimga erishgan baxtimiz sabab,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!

Maqsadi ulug‘vor, qadami qutlug‘,
Zaboni shirinu, kalomi qutlug‘.
Onadek mehribon, otadek ulug‘,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

👨🏻‍💻@itspecuz
​​#word #maslahat

📄 MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli

Faylni imkon qadar siqing va uni hattoki sekin Internet orqali ham yuborishga qodir bo‘ling.

Microsoft Word fayllarining hajmi ozchilikni tashvishlantiradi: o‘yinlar va videoroliklarga nisbatan ular deyarli hech qancha joy egallamaydi. Lekin agar siz hujjatni u-bu saytda nashr qilsangiz yoki uni pochta orqali yuborsangiz, boz ustiga internetingiz sekin bo‘lsa, bu holatda har bir kilobayt qardlidir. Quyida Word-hujjati o‘lchamini kichraytirishning uch usulini keltirmoqchimiz.

Davomi...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #operatsion_tizim #mulohaza_uchun #security

😱 Windows’ning yangilanishi fayllaringizni o‘chirishi mumkin

Yaqinda Microsoft kompaniyasi Windows 1809 yangilanishini “Windows 10 October 2018 Update” nomi bilan e’lon qildi.

Kiritilgan yangiliklar: “Проводник” uchun to‘q rangli mavzu, bulutli almashinish buferi, iOS va Android bilan sinxronizatsiya qilish uchun “Ваш телефон” ilovasi va boshqa ko‘plab narsalar.

Lekin, aniqlanishicha, tizim - tizim diskidagi fayllarni o‘chirib yuborishi mumkin ekan. Masalan “Документы”, “Изображения”, “Музыка”, “Загрузки” va boshqa papkalarni bo‘shatib qo‘yishi mumkin.

Ayni damda, Microsoft forumida fayllarning yo‘qolishi bilan bog‘liq yetarli darajada ko‘p shikoyatli postlar paydo bo‘lgan. Masalan bir foydalanuvchining 220 Gb hajmdagi ma’lumotlari yo‘qolgan.

Microsoft ushbu muammoni yangilanishdagi bir qancha noaktual drayverlarga bog‘liq deya ta’kidladi. Yangilanishni o‘rnatish paytida, tizim ogohlantirish berishi kerak, unda “Назад”ga bosish lozim. Bundan keyin drayverlar aktuallashtiriladi va yana o‘rnatish jarayoniga qaytiladi.

Agar siz shunda ham yaqin orada o‘z Windows versiyangizni yangilashga kirishmoqchi bo‘lsangiz, u holda dastlab tizim diskidagi muhim fayllarning rezerv nusxasini yaratib olishni maslahat beramiz.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#internet #telegram #maslahat

📝 Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari

Turli messenjerlarda yozishamiz, ulardagi kanallarni kuzatib boramiz va guruhlarda suhbatlashamiz. Xo‘sh, u yerda matnni har xil formatlarda yozib, chatdagilarni hayron qoldirishga nima deysiz?

O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer – Telegram’da matnlarni har xil formatlarga solishning turli usullari bor. Hozir shulardan asosiylari – yozuvlarni to‘qrang (жирный), kursivli yoki “dasturchilar usulida” – harflarini bir xil enli qilib yozish yo‘llarini birga ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 Davomi...

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#atama

Elektron hukumat (ingl. e-Government) – ma’lumot taqdim etish usuli bo‘lib, shakllantirilgan davlat xizmatlari to‘plamini fuqarolarga, biznesga, davlat organlari va davlat xizmatchilariga taqdim etish, bunda davlat va murojaat etuvchi o‘rtasidagi shaxsiy munosabat minimallashtiriladi va maksimal tarzda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalaniladi.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#android #smartfon

Kursor yordamida Android-smartfonni boshqarishni osonlashtirish📱

📈 Qariyb barcha smartfon ishlab chiqaruvchilarida kuzatilgan displey uzunligining ortishi trendi, foydalanuvchilarning fikriga qaraganda interfeys bilan muloqot qilishdagi qulaylikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

🖐 Haqiqatan ham shunday, smartfonni boshqarish barmoqlarga qo‘shimcha yuklama hosil qilibgina qolmay, apparatning to‘satdan qo‘ldan tushirib yuborilishi xavfini ham oshiradi. Mijozlardagi bu kabi noqulayliklarning oldini olish maqsadida Apple Rechability funksiyasini o‘ylab topdi, Google esa, bundan farqli o‘laroq ushbu vazifani boshqa ishlab chiqaruvchilarga qo‘yib berdi.

▪️ NiftyUI studiyasi dasturchilaridan Reachability Cursor ilovasi foydalanuvchilarga odatiy hisoblangan kompyuter kursorini Androidga o‘tkazadi, u operatsion tizim va boshqa dasturlardagi uzoqroqda joylashgan elementlarga qo‘l bilan cho‘zilishning o‘rniga, buni kursor bilan amalga oshirish imkonini beradi.

Androidga kursorni qo‘shish

1️⃣ Reachability Cursor ilovasini Google Play’dan yuklab olish va o‘rnatish

2️⃣ Ilova o‘rnatilganidan so‘ng, ekranning o‘ng yoki chapki chetiga joylashib oluvchi kichik aylanasimon soha hosil bo‘ladi va tachpad rolini bajaradi. Unga teginish kursorni faollashtiradi, uni esa kichik amplituda bilan barmoqni interfeys bo‘ylab harakatlantirish orqali siljitish mumkin. Haqiqiysi singari, dasturiy tachpad ham nafaqat kursorni siljitish va bosish, balki pastga/yuqoriga harakatlantirish (прокручивание) imo-ishoralarini va uzoq muddat tutib turishlarni (удерживание) ta’minlaydi.

❗️Agar foydalanuvchi joiz deb bilsa, tachpadni o‘z xohishiga binoan sozlab olishi mumkin.

uning o‘lchamini o‘zgartirish,
taktil murojaatni qo‘shish,
uning mustaqil tarzda ekrandan g‘oyib bo‘lishi uchun harakatsizlik muddatini belgilash,
kursor rangini sozlab olish va qurilmada amalga oshiriladigan harakatlarga muvofiq aks etuvchi turli effektlarni qo‘shish.

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#surovnoma

🙋🏻‍♂️Hurmatli kanalimiz obunachilari, aziz do‘stlar!🙋🏻

Yaqinda kanalimizga a’zo bo‘lgan va uni muntazam ravishda kuzatib borayotgan muxlis va muxlisalarimizning respublikamizning qaysi hududiga mansubligini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

Ushbu post yozilayotgan paytda jami 704 ta ovoz to‘plangan.

🌏🇺🇿 Unga ko‘ra foiz ko‘rsatkichlari quyidagicha:
 1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi (83) - 12%
2) Qashqadaryo viloyati (69) - 10%
3) Toshkent shahri (61) - 9%
4) Farg‘ona viloyati (59) - 8%
5) Xorazm viloyati (57) - 8%
6) Andijon viloyati (56) - 8%
7) Surxondaryo viloyati (51) - 7%
8) Samarqand viloyati (48) - 7%
9) Namangan viloyati (44) - 6%
10) Toshkent viloyati (41) - 6%
11) Buxoro viloyati (34) - 5%
12) Navoiy viloyati (31) - 4%
13) Jizzax viloyati (28) - 4%
14) Boshqa davlatdan (25) - 4%
15) Sirdaryo viloyati (17) - 2%

😊 Ko‘rib turganingizdek, birinchi uchlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahri joy olgan. Bizni boshqa davlatlardan turib ham kuzatib borishayotgani quvonarli hol, albatta!

📈 Ushbu so‘rovnomaning joriy natijasi siz obunachilarimiz orasida u-bu kimga kerak bo‘lib qolishi mumkin, degan maqsadda hamda unda ishtirok etuvchilarning faolligini oshirish uchun joylashtirilmoqda. Kanalimizga yangi qo‘shilgan obunachilarimiz ham bunda faol ishtirok etadi, degan umiddamiz.

✍🏻 O‘z fikr va takliflaringiz bo‘yicha ushbu botimiz orqali murojaat etishingiz mumkin: @itspecuz_comment_bot.

❗️Sizning talab va takliflaringiz biz uchun muhim!

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
#telegram

Bugun Pavel Durov 34 yoshga to‘ldi. Chin dildan tabriklaymiz!

Uning 7 aqlli maslahati yoki 5 hayotiy prinsiplari haqida yozmaymiz, chunki buni bizlarsiz ham har ikkinchi kanal yoki saytda nashr qilishadi. Shunchaki samimiyat bilan RAHMAT demoqchimiz!

Durov har xil davlatlardan millionlab insonlarni birlashtiruvchi haqiqatan ham kuchli loyihalarni (Telegram va VKontakte) yaratdi. Bugun har kim ham ularda daromad qilishi, biznes qurishi, rivojlanishi mumkin.

Vaqtingizni yo‘qotmang va harakat qiling!

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
​​#maslahat #mulohaza_uchun

Har qanday odamga kitob o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Chunki tarbiyamning asosiy bosqichida kitoblarning roli juda katta bo‘lgan. Garchi qiziqqon, ba’zan qaysar yoki gap uqmas bo‘lsam ham, lekin odamlarga men tomondan aziyat yetmasligi uchun astoydil harakat qilishimda shu kitoblar yordamchi.

Qayerda qanday gapirish, fahmu farosat, e’tiqod, iymon – hammasi men o‘qigan kitoblardagi saboqlar edi. Kitob o‘qish kitobning duch kegan joyini ochib, rasmga tushish yoki biyron gapirish emas har holda. Umuman olganda oshqozon uchun taom qancha zarur bo‘lsa, miya uchun bilim shuncha kerak.

Xulosa o‘zingizdan.

@uztwit

👨🏻‍💻“IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg