#telegramda_kanal_yuritish
Mening yo‘lim
Telegram haqida o‘z blogimni yuritishni qanday boshlashni uzoq o‘yladim. O‘zim haqimda bir oz gapirib o‘tishga qaror qildim.
Mening ismim Aziz Gafurov va men 18 yoshdaman. Toshkent shahrida tavallud topganman. Rostini aytsam, daromad qilish haqida o‘ylashni taxminan 14-15 yoshimdan boshladim. Bu sohada biror bir tayinli narsaga erishdim deya olmayman, lekin men o‘zim uchun kimningdir foydasiga ishlamaslikka qaror qildim. Men ofitsiant yoki reklama yopishtirib yuruvchi bo‘lmayman, men o‘zimga-o‘zim xo‘jayin bo‘laman. Ko‘pchilik menga buni amalga oshirishning iloji yo‘qligini aytishgan va hanuzgacha aytib kelishadi, lekin men o‘zimga ishonaman.
Avvaliga biroz otamning qo‘llarida ishlashimga to‘g‘ri keldi. To‘g‘risini aytsam, men chindan ham uning sohasida ishlash bo‘yicha o‘zimda unchalik kuchli istakni sezmadim.
Bir kuni do‘stim Telegramda ingliz tili haqida kanal ochdi va bilasizmi - uning bu borada omadi keldi. Darrov bo‘lmasa ham, lekin o‘shanda men o‘zim uchun – “mana o‘sha narsa, olg‘a!” degan qarorga keldim va kino haqida kanal ochdim… Buni omadsizlik bo‘ldi deyish - xato bo‘ladi. Bu to‘liq muvaffaqiyatsizlik edi. Men ushbu sohaga ahmoqlarcha, hech qanday bilimlarsiz kirib kelganimni angladim. Lekin muvaffaqiyatsizlikka uchraganimdan keyin Telegram haqida hamma manbalardan o‘qishni boshladim. Zaruriy, qimmatbaho bilimlarga erishdim. Hamma kerakli narsalarni o‘rganib oldim, degan qarorga kelib notiqlik haqida kanal ochdim. Xuddi xulq-atvor psixologiyasi bilan bo‘lgani kabi, men o‘zim ushbu mavzuga juda qiziqaman va bu kanalni haqiqatdan ham maroq bilan yuritdim. Lekin shunda ham kanalni yuritishda bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘yganimni keyinchalik anglab yetdim. Bu qanday xatoliklar bo‘lganini - keyinroq, vaqti kelganda aytib beraman. Vaqt o‘tib men kanalga sarflagan mablag‘imlarimni qaytarib oldim albatta. Lekin men muvaffaqiyatga va keshga (kesh - daromad) qarab yo‘limda davom etishni qaror qildim, kanalni o‘z tanishimga topshirdim… va Telegram sirlarini o‘rganish sari o‘z yo‘limda davom etdim! Ochig‘ini aytganda, men olgan ma’lumotlarimdan hayratga tushdim. To‘g‘risi, bir necha kun va tun shunchaki yurgan yo‘limda: “O‘zi men nimalar qilyabman?” deb o‘yladim. Bir to‘xtamga keldim.
Telegram haqida mualliflik blogini yaratishga qaror qildim. Nima uchun? Javobi oddiy. Telegram - bu nafaqat messenjerlarning, balki Internetning ham kelajagidir! Yo‘q, to‘g‘risi! Payti kelib, siz buni o‘zingiz anglab yetasiz va mening qarashlarimga, fikrlarimga qo‘shilasiz, sizni majburlaganlari uchun emas, balki o‘zingiz hammasini anglab yetganingiz uchun!
Xo‘sh do‘stlar, Telegramda kesh tomon olg‘a unda!!! 🚀
👨🏻💻@itspecuz & @tgcasher

#mulohaza_uchun #maslahat
🤔 Nima uchun ba’zida bekorchilik bandlikka qaraganda foydaliroq hisoblanadi?
O‘zingizga hech nima bilan shug‘ullanmaslik imkonini bering va buning uchun vijdoningiz qiynalmasin. Natijasiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.
Muvaffaqiyatga erishish uchun doimiy ravishda ishlash, barpo etish va yangi narsalarni o‘ylab topishimiz kerakdek tuyuladi. Biroq bandlik va muvaffaqiyat bir narsa emas.
Tadbirkor va bloger Eytekin Tenk nima uchun ba’zida bekorchi bo‘lish va buni odatga aylantirish haqida so‘zladi.
Hozirda bekorchilik to‘g‘risidagi fikrning o‘zi «yovvoyi» bo‘lib ko‘rinadi. Odamlarni necha soat ishlashi va qay darajada bandligi bilan baholaymiz. Bandlik mavqe va muvaffaqiyat ramziga aylandi. Biroq ertami, kechmi maqsadimiz nima ekanini o‘ylaymiz: ko‘proq band bo‘lishmi yoki o‘z ishimizga ko‘proq hissa qo‘shishmi? Shuning uchun ko‘pchilik tadbirkorlar hech nima bilan shug‘ullanmaslikka doimiy ravishda vaqt ajratadi.
Bill Geyts Microsoft kompaniyasini boshqarganda yiliga ikki marta fikrlash uchun bir haftadan vaqt olardi. Bu ta’til emasdi, o‘ylash, o‘qish va biznesni yuritishdan chalg‘ish uchun vaqt. Geyts fikrlash haftasiga shu qadar jiddiy yondashardiki, bu vaqt davomida na oilasi, na do‘stlari va na xodimlar bilan ko‘rishmasdi.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, Microsoft muvaffaqiyatning katta qismi u bo‘sh bo‘lganida miyasiga kelgan g‘oyalarga asoslangan.
Sizga bir hafta davomida oila va do‘stlaringizdan uzoqda bo‘lish shart emas. Ko‘pchilikda bir hafta davomida hech narsa bilan band bo‘lmaslik imkoniyati ham mavjud emas. Osonroq yondashuvni sinab ko‘ring: dam olish kunlari barcha elektron qurilma va texnologiyalardan voz keching. Telefon va noutbukni o‘chirib, javonga yashiring. Bor kuchingiz bilan televizor ko‘rmaslikka harakat qiling. O‘zingizga kundalik ishlarni unutish, yangi g‘oyalarni o‘ylab topish va eskilarini yodga olish imkoniyatini bering.
📝 Manba: Kun.uz
👨🏻💻@itspecuz

Mening Telegram bilan tanishuvim tarixi
Birinchi marta Telegram bilan o‘sha uzoq 2014 yilda tanishganman. Oradan ancha vaqt o‘tibdi! Ozmi-ko‘pmi 4 yil! O‘shanda men uni shunchaki shaxsiy kompyuterimga o‘rnatgandim (o‘sha paytlar mening smartfonim yo‘q edi). Keyin nima bo‘ldi deng… Telegramni kechki soat 6da o‘rnatib, unda tungi soat 1gacha qolib ketibman. Meni shunchaki undagi interfeysning qulayligi va dizayn lol qoldirdi, ha D-I-Z-A-Y-N! Bir ko‘rishdayoq TGning logotipi va umumiy dizaynini yoqtirib qoldim.
Uzoq vaqt men unda shunchaki oddiy foydalanuvchi bo‘lganman: do‘stlarim, qizlar bilan yozishganman va kanallarni kuzatib borganman. 2017 yilda men Telegramdagi biznesga kirishga ahd qildim va bu meni jiddiy tarzda o‘ziga jalb etdi! Yuzlab desam balki xato bo‘lar, bir necha o‘nlab turli kurslar/vebinarlarni o‘rganib chiqdim. Hozirga kelib men bemalol Telegram haqida kitob yozishim ham mumkin. (Men buni jiddiy aytyabman😉)
To‘g‘risini aytaman, avvaliga YouTube yoki VK/Instagramda qandaydir blog ochmoqchi bo‘ldim. Lekin Telegramdagi biznes dunyosi bilan tanishganimdan so‘ng ularning barchasini bir chetga surib qo‘ydim! Mana, bir yildan ham biroz oshibdi, men shu yerda, sizlar bilan birga, Telegramda qanday qilib kesh qilish haqida blog yuritib kelyabman! Bu esa chindan ham juda maroqli! 🚀

#smartfon #internet #maslahat
🎼 Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi 📲
Qulog‘ingizga ajoyib musiqa chalinib qoldi, ichi-ichingizgacha titratib yuboryapti, butun vujudingiz quloqqa aylanib tinglayapsiz. Ammo qo‘shiq (yoki musiqa) nomini, muallifini bilmaysiz. Qani imkoni bo‘lsa-yu taronani ko‘chirib olib xumoridan chiqquncha eshitsangiz.
Albatta, internet, ijtimoiy tarmoqlar bor... Biroq bundan-da oqilona vositalar bor, ular ham vaqtdan yutish, ham bo‘lar-bo‘lmas savollar bilan birovlarning boshini qotirib yurish tashvishidan sizni xalos qiladi.
Demak, avvalo, tinglayotgan kuyingiz kimnikiligini aniqlash uchun sizga “Android” yoki “iOS” platformasida ishlovchi smartfon, internet va mobil ilova kerak. Hozir bunday ilovalar juda ko‘p, biz eng oddiy va samaralilariga to‘xtalamiz.
“Shazam”
Bu ro‘yxatdagi “birinchi raqamli” ilova — “Shazam”. “iPhone”lar (“App Store”) va “Android”lar (“Google Play”)ga mutlaqo tekinga o‘rnatib olish mumkin. Ko‘chiramiz, o‘rnatamiz, mikrofondan foydalanishga ruxsat beramiz, aks holda ko‘ngildagidek ishlamaydi.
Taronani topish uchun ilovaning o‘rtasidagi katta tugma bosiladi va smartfon ovoz manbai — radio, televizor va hokazolarga yaqinlashtiriladi.
Ilova chet el qo‘shiqlarini xamirdan qil sug‘urgandek oson aniqlab beradi, deyarli 100 foizlik natija. Ammo o‘zimizning mashhur qo‘shiqchilar va taronalarni topishi ham chakki emas. Masalan, “Bolalar”, Ravshan Sobirov, Shohruxxon, Aziz Rajabiy...
Soniyalar ichida nafaqat tarona nomi, balki uning ijrochisi, musiqiy albom, to‘plam, hatto u joylashtirilgan rasmiy saytga havola (bo‘lsa, albatta) taqdim etiladi.
“SoundHound”
Bu ilova ham mutlaqo bepul va “iOS” hamda “Android”larga mo‘ljallangan. Ishlash prinsipi deyarli bir xil: o‘rtasidagi katta tugma bosilsa taronani qidirishga tushadi.
Ilova chet el kompozitsiyalarini deyarli 100 foiz aniqlikda topib beradi. O‘zimizning xonandalarimizni topishi uchun ular nafaqat “yuqori proba”ga mansub, qolaversa, chet el internet resurslarida ham ancha-muncha ommalashgan bo‘lishlari lozim. Bu borada ustunlik to‘liq “Shazam” tomonida.
Biroq “SoundHound” bir o‘ziga xos jihati bor — qo‘shiqlarni xirgoyi qilsangiz ham imkon qadar topishga harakat qiladi.
📝 Manba: Xabar.uz

Nega aynan Telegram? TG kelajagi.
Ko‘pchilik mendan bir savolni qayta-qayta so‘rashmoqda, so‘rab kelishgan va aminmanki hali yana ko‘p so‘rashadi: "Nega endi aynan Telegram?"
Javobim oddiy: bu biznes uchun eng zo‘r platforma. Keling, shunchaki Telegram’ning raqobatchilariga bir nazar tashlaymiz:
▪️VKontakte - pabliklar va guruhlar shunchaki Telegram’dagi kabi ko‘rishlar sonini to‘play olmaydi. Shuning uchun ham reklama narxi Telegram’da VK’ga nisbatan yuqori. Mening jig‘imga teguvchi yana bir jihat - bu izohlar qoldirish imkoniyatidir. Mohiyatan bu unchalik ham yomon emas. Lekin har xil turdagi odamlar va ularning izohlari tufayli potensial obunachi/mijoz sizni shunchaki e’tiboridan qochiradi, o‘tkazib yuboradi yoki shunchaki tark etadi;
▪️WhatsApp - deyarli yangilanishlar yo‘q. Zerikarli, tez-tez qotuvchi va noqulay;
▪️Instagram - Telegram’ning eng zo‘r raqobatchisi deyish mumkin. Lekin uni tom ma’nodagi raqobatchi deb bo‘lmaydi, shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, biznesni Instagram bilan bir qatorda Telegram’da rivojlantirish mumkin va zarur. Biroq VKontakte bilan bo‘lgani kabi muammo - aqlli tasma (умная лента). Sizning postingizni shunchaki ko‘rmasliklari mumkin, bu esa bog‘liqlikning pasayishiga olib keladi;
▪️Facebook - u bilan bog‘liq so‘nggi janjallardan so‘ng men unga jiddiy qaramay qo‘ydim. + Hech qanday radikal yangilanishlar yo‘q;
▪️WeChat - 1 mlrd. foydalanuvchi. Lekin bozorning asosiy ulushi – Xitoyga to‘g‘ri keladi. Asosiy qulayliklari aynan o‘sha yerda ishlaydi! Demak bizda u amaliy jihatdan befoydadir.
Boshqa messenjerlarni men keltirib o‘tirmadim, chunki yaqin kelajakda ularning Telegram bilan raqobatlasha olishiga ko‘zim yetmayabdi. Ayniqsa o‘sha Tam Tam.
Yana bir narsa.
🚀 Telegram - bu kelajak. Pavel Durov messenjer haqidagi takliflariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu endi shunchaki do‘stingiz bilan sizning o‘rtangizdagi yozishma emas. Bu Telegram’dagi o‘zimizning butun bir olamimiz. Yaqindagina Telegram Pasport paydo bo‘ldi, bu esa TON’ni amalga oshirishdagi birinchi qadamdir. Bu esa nihoyatda zo‘r. TON bu nima? Bu haqida keyinroq)
Hozirning o‘zida Telegram’da hamma narsa qilish mumkin: taom/mahsulotlarga buyurtma berish, turli mahsulotlarni xarid qilish, aviareyslar/mehmonxonadagi joylarga buyurtma berish, taksi chaqirish va bu hali hammasi emas! O‘zbekistonda ushbu yo‘nalish nihoyatda rivojlangan. Bu haqida ham men boshqa safar, keyingi postlarimda so‘zlab beraman)

#surovnoma
🙋🏻♂️Hurmatli kanalimiz obunachilari, aziz do‘stlar!🙋🏻
Yaqinda MS Windows va MS Office’ning qaysi versiyalaridan foydalanishingizni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgan edik.
Ushbu post yozilayotgan paytda operatsion tizimlar bo‘yicha – jami 277ta, Office bo‘yicha esa – 288ta ovoz to‘plangan.
🖥 Operatsion tizim bo‘yicha
😯 To‘g‘risini aytganda MS Office 2019, ya’ni eng yangi versiyaning foydalanuvchilari hozirdan ko‘p bo‘lishini kutmagandik.
🎞 Ushbu so‘rovnomalarni biz bejizga o‘tkazmadik, mana shu dasturiy ta’minotlar bo‘yicha alohida yopiq, ya’ni pulli kanal yaratib, unga multimediyali, ya’ni video/audioli qisqa-qisqa, dasturiy ta’minotdagi biror muammoning yechimiga bag‘ishlangan o‘zimiz tomondan sizlar uchun maxsus yoziladigan darsliklarga nima deysiz?
💸 Matnli formatda maslahat berishga nisbatan videoli formatda bu berib borilsa, o‘rganuvchilar uchun ancha tushunarli bo‘ladi, lekin buning o‘ziga yarasha mashaqqati, mehnati bor, shuning uchun ham bu kanalga a’zo bo‘lish pulli bo‘ladi.
✍🏻 Bu formatdagi kanal yuritilishiga o‘z fikringizni layk orqali qoldirishingiz, kanalga a’zo bo‘lish uchun narx belgilash borasidagi taklifingizni esa ushbu botimizga yozishingiz mumkin: @itspecuz_comment_bot.
❗️Sizning talab va takliflaringiz biz uchun muhim, shunga ko‘ra keyingi bosqichga qadam qo‘yiladi.

1) Windows 7 - 36%💾 Office bo‘yicha:
2) Windows 10 - 26%
3) Windows 8-8.1 - 18%
4) Windows XP - 10%
5) Linux - 5%
6) MacOS - 4%
7) Windows Vista - 1%
1) Office 2010 - 24%😊 Ko‘rib turganingizdek, 2009-yilda chiqqan Windows 7 va u bilan birga chiqqan MS Office 2010 versiyalaridan nisbatan ko‘proq foydalanuvchilar foydalanisharkan.
2) Office 2016 - 20%
3) Office 2007 - 15%
4) Office 2019 - 14%
5) Office 2013 - 12%
6) Office 2003 - 8%
7) Boshqa Office paketi - 6%
😯 To‘g‘risini aytganda MS Office 2019, ya’ni eng yangi versiyaning foydalanuvchilari hozirdan ko‘p bo‘lishini kutmagandik.
🎞 Ushbu so‘rovnomalarni biz bejizga o‘tkazmadik, mana shu dasturiy ta’minotlar bo‘yicha alohida yopiq, ya’ni pulli kanal yaratib, unga multimediyali, ya’ni video/audioli qisqa-qisqa, dasturiy ta’minotdagi biror muammoning yechimiga bag‘ishlangan o‘zimiz tomondan sizlar uchun maxsus yoziladigan darsliklarga nima deysiz?
💸 Matnli formatda maslahat berishga nisbatan videoli formatda bu berib borilsa, o‘rganuvchilar uchun ancha tushunarli bo‘ladi, lekin buning o‘ziga yarasha mashaqqati, mehnati bor, shuning uchun ham bu kanalga a’zo bo‘lish pulli bo‘ladi.
✍🏻 Bu formatdagi kanal yuritilishiga o‘z fikringizni layk orqali qoldirishingiz, kanalga a’zo bo‘lish uchun narx belgilash borasidagi taklifingizni esa ushbu botimizga yozishingiz mumkin: @itspecuz_comment_bot.
❗️Sizning talab va takliflaringiz biz uchun muhim, shunga ko‘ra keyingi bosqichga qadam qo‘yiladi.
👨🏻💻@itspecuz
#maslahat
🙋🏻♂️Hurmatli muxlislar!🙋🏻
👨🏻🏫👩🏻🏫Har birimizda ham maktab yoshidagi ukalarimiz va singillarimiz bor, bu aynan ularga, ularni nazorat qilishda ota-onalariga va qolaversa o‘qituvchilar uchun qulay bo‘lishi mumkin, boisi smartfon hozir deyarli barchada bor.📲
Xalq ta’limi vazirligining axborot-ta’lim portalida Maktab darsliklarining elektron variantlari joylashtirilibdi: https://eduportal.uz/Eduportal/Barchasi/33
Marhamat, ushbu havolani do‘stlaringizga ham ulashishingiz mumkin.

#maslahat #mulohaza_uchun
🆕 Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi💡
👉🏻 https://goo.gl/owqLta

Telegraph
Kuniga yangi narsa o‘rganish miyani sog‘lomlashtirib, aqlliroq qiladi
Psixolog va “Iroda ish bermayapti” kitobi muallifi Benjamin Xardi Medium’dagi ustunchasida o‘qib o‘rganish miyaga qay darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, xotirani yaxshilab, odamni baxtliroq qilishi haqida yozgan. “Ko‘k zonalar amaliyotda: Qanday qilib uzoq…
#telegramda_kanal_yuritish
💰Telegram’da daromad qilishning asosiy yo‘llari
Aziz do‘stlar! Shunday qilib, eng qiziq joyiga ham yetib keldik! Sizlar bilan aloqada Aziz Gafurov va men bugun Telegram’da pul topishning asosiy usullari haqida so‘z yuritaman. Men aminman, buni o‘qiganingizdan so‘ng siz o‘z yo‘lingizni topasiz)
1️⃣. Eng asosiy usul - o‘z kanalingizga ega bo‘lib, reklama sotasiz. Shuningdek siz hamkorlik dasturlarini va o‘z xizmatlaringizni sotishingiz mumkin.
2️⃣. Chetki loyihalarga sarmoya kiritish: kanalga yoki botga.
3️⃣. O‘z xizmatlaringizni sotish:
- Botlarni ishlab chiqish
- Noldan kanal yaratish
4️⃣. Botlarda daromad qilish:
- Pulli obunalar
- Reklama sotish
5️⃣. Boshlang‘ich bosqichdagilar va kanalni rivojlantirish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmaganlar uchun ham ishlar talaygina:
- Reklama menejeri bo‘lib ishlash
- Kontent-menejer bo‘lib ishlash
- O‘zaro piarlar (VP – “взаимопиар”) to‘plamlari bo‘yicha menejerlik qilish
- Trafik bo‘yicha menejer (kanalga obunachilarni jalb qilish)
- Kanallar bo‘yicha dizayner
Bu Telegram’da daromad qilishning barcha asosiy turlari. Men shunchaki sizga daromad qilish yo‘llari ko‘pligini ko‘rsatib o‘tdim, lekin aynan qanday qilib daromad qilishni sizlarga keyinroq gapirib beraman.
Men bekorga kanalimni “Кэш в Телеге” deb nomlamadim. Va biz bu pullarni ishlab topamiz! 🚀

#operatsion_tizim #internet #tarmoq
💻 Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli 📤
👉🏻 https://goo.gl/3CAMcE
👨🏻💻@itspecuz
💻 Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli 📤
👉🏻 https://goo.gl/3CAMcE
👨🏻💻@itspecuz
Telegraph
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
Faraz qiling, sizda Wi-Fi routeringiz yo‘q, lekin noutbukingiz va lokal tarmoq orqali keluvchi Internetingiz bor, mana shu Internetdan smartfoningiz orqali foydalanmoqchisiz deylik. Buning yechimi sifatida ko‘pchilik chetki dasturlarga murojaat qiladi, masalan…
#word
📄 Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
👉🏻 https://goo.gl/A3kpoV
👨🏻💻@itspecuz
📄 Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
👉🏻 https://goo.gl/A3kpoV
👨🏻💻@itspecuz
Telegraph
Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
Layfxaker Microsoft Word bo‘yicha siz ko‘p yillardan buyon hayolingizga keltirmagan bir nechta tryuklarni to‘plab qo‘ygan. Ularning barchasi ham umuman olganda unchalik foydali bo‘lmasa-da, ba’zilari sizda yaxshi taassurot qoldirishi aniq. 1. Kursorning joylashgan…
#telegramda_kanal_yuritish
😤Nega ba’zilar taslim bo‘lishadi yoki qanday qilib kanal yuritishni tashlab qo‘ymaslik?
O‘ylaymanki, avvalgi postlarimni o‘qib chiqqan holda, nega Telegram’da biznes qilish lozimligini tushundingiz. Endi biz juda muhim bosqichga - o‘z kanalimizni yaratishga yaqinlashdik.
Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, ko‘pchilik ushbu bosqichga mas’uliyatsizlik bilan yondashadi. Rivojlanish strategiyasi bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lmagan holda, shunchaki kanal yaratishadi. Bunday yondashuv muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi aniq! Siz shunchaki motivatsiyani yo‘qotib, kanalni tashlab qo‘yasiz. Buni qanday qilib oldini olish mumkin? Reja bo‘yicha, tizimli ishlash! Buningsiz men aytganimdek siz shunchaki taslim bo‘lasiz. Reja - har ishning asosidir!
Shuning uchun keyingi haftalar mobaynida so‘z yuritiladigan asosiy bosqichlar haqida yozib o‘taman:
1) Kanal mavzusini tanlash;
2) Kanalning kontenti (tarkibidagi maqolalar va boshqa materiallar);
3) Kanal dizayni;
4) Kanalning to‘g‘ri va samarali rivojlantirib borilishi;
5) Kanalning daromad manbaini aniqlash.
Agar u-bu kimda kanal yaratish bilan bog‘liq qandaydir ishlanmalari bo‘lsa, ularni mukammallashtiring, agarda g‘oyalar hali bo‘lmasa – u holda o‘ylab ko‘ring!

#mulohaza_uchun
😄 Uzcard tizimi yana to‘liq formatda, biz bilan birga!
🤔 Boshqa bunday uzilishlar bo‘lmasligiga umid bildirib qolamiz!

👍1
#tarixga_nazar
💽 Birinchi vinchesterning vazni 971 kg bo‘lib, uning hajmi atigi 5 mb‘ni tashkil etgan.
👨🏻💻@itspecuz
💽 Birinchi vinchesterning vazni 971 kg bo‘lib, uning hajmi atigi 5 mb‘ni tashkil etgan.
👨🏻💻@itspecuz
#telegramda_kanal_yuritish
🔄 Kanal mavzusini tanlash
Telegram’da kanal yaratishdan avval, siz uning mavzusini tanlashingiz lozim.
Mening fikrimcha, siz buni bir necha yo‘llar yordamida amalga oshirishingiz mumkin:
▪️ Eng yaxshi yo‘li – siz uchun qiziq va siz yaxshi tushunadigan mavzuni tanlash. Masalan siz marketingga qiziqasiz yoki hech bo‘lmaganda bir oz shu mavzuni tushunasiz – siz marketing haqida kanal yaratasiz. Mana masalan men, ommaning oldida chiqishlar qilishni bilaman va buni yaxshi ko‘raman, shuning uchun ham @you_speaker kanalini yaratganman. Ya’ni men, o‘z qiziqishimdan kelib chiqqan holda kanal yaratdim. Shubhasiz, men u yerda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ydim, lekin ularni hisobga olgan holda, TG haqida yanada ko‘proq izlanishlar qildim va shundan keyingina o‘zimning “Кэш в ТГ” blogimni yaratishga qaror qildim.
Ammo: shuni ham hisobga olingki, hamma mavzularga ham talab bo‘lmasligi mumkin, masalan kanalingiz qovun haqida, super kontentingiz bo‘lgan taqdirda ham, u ommalashib ketolmaydi. Chunki bu - qovun.
▪️ Mavzuni tanlashning yana bir mashhur usuli – Telegram’da odamlar ko‘p “kiradigan” mavzuni tanlash. Shubhasiz, u yerda raqobatchilar talaygina, lekin mening maslahatlarimga amal qilib borsangiz, siz albatta bundan foyda ko‘rasiz.
▪️ Va albatta, ehtimol eng oddiy usuli - trendlar va xayplarga ergashmoq. Bu orqali siz nihoyatda tez fursatda birinchi 1000 obunachingizni to‘plashingiz va shuning o‘zidan daromad qilishni boshlashingiz mumkin. Lekin shuni hisobga olishingiz ham kerakki, trendlar - doimiy narsa emas va u o‘tib kerganida ko‘pchilik sizni tark etishni boshlaydi. Masalan, bitkoin xaypi to‘lqiniga tushib olgan holda, ko‘pchilik kriptovalyutalar haqida kanal ochishni boshladi. Biroq Bitcoin tushishni boshlab, xayp qulaganidan so‘ng, ko‘pchilik bunday kanallardan chiqib ketishni boshladi. Lekin istisno holatlari ham yo‘q emas: @TON_Telegram_ICO admini Telegram’ning TON to‘lqiniga tushib olib, 12-mart kuni kanal ochdi va hozirning o‘zida 14 mingdan ziyod obunachiga ega.
Umuman olganda, vazifa ma’lum - aql bilan yondashgan holda, kanal uchun mavzu tanlash! Buning uchun esa sizga https://tgstat.com xizmatini taklif etaman. Qanday mavzular ommalashganini ko‘rib chiqing va siz albatta o‘z yo‘nalishingizni topasiz) 🚀
❗️Ushbu rukndagi maqolalarni endigina o‘qishni boshlagan obunachilarimizning diqqatiga, #telegramda_kanal_yuritish heshtegini ustiga bosgan holda, tepadan pastga qarab o‘qib kelishingiz mumkin, ushbu maqolalar @tgcasher kanali muallifi Aziz Gafurovga tegishli bo‘lib, savollaringiz bo‘yicha @tgcasher_bot'ga murojaat etishingiz mumkin.

#operatsion_tizim
😴 Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Kompyuterdan ma’lum vaqt chalg‘ishni rejalashtiryabsizmi? Dilemma yuzaga keladi. Barcha dasturlarni yopish va kompyuterni o‘chirish, keyin esa Windowsning uzoq vaqt yuklanishini kutish kimga yoqadi deysiz! Boshqa tomondan esa o‘z karmoningizni foydasiga, elektr ta’minotidan foydalanish miqdorini kamaytirish haqida o‘ylash ham zarar qilmaydi. Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida ko‘pchilik eshitgan, lekin hamma ham ularni amalda qo‘llamaydi. Ular o‘rtasidagi farqni ko‘rib chiqamiz va ulardan turli holatlarda foydalanishning afzalliklari haqida xulosa chiqaramiz.
Windows’ning nisbatan yangiroq nashrlaridan (7 va 8 versiyalari) foydalanuvchilar kombinatsiyalangan gibridli uyqu rejimi bilan ham qurollanishgan. Uchala variant bilan tanishib chiqamiz.
Uyqu rejimi
Kompyuterning oddiy ishlash rejimi bilan solishtirganda elektr energiyasidan kamroq foydalanishi bilan tavsiflanadi. Kompyuter komponentlaridan ba’zilari o‘chiriladi, masalan, vinchester, boshqalari esa elektr energiyasini kamroq iste’mol qilishga o‘tadi. Barcha ishga tushirilgan ilovalar kompyuterning operativ xotirasida qoladi va o‘z ishini davom ettiradi, lekin kutish holatida bo‘ladi. Uyqu rejimidan qayta ishlash holatiga o‘tish deyarli bir zumda amalga oshadi, siz juda tez fursatda ishlash uchun tayyor kompyuterga ega bo‘lasiz.
Gibernatsiya rejimi
Nisbatan noutbuklarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan, ular uchun esa batareya zaryadi va kerak bo‘lganida tez foydalanishga kirisha olish imkoniyati juda muhim sanaladi. Gibernatsiya rejimini faollashtirganda, operativ xotiradagi barcha ishga tushirilgan ilovalar alohida fayl ko‘rinishida kompyuterning qattiq diskiga saqlanadi, kompyuterning o‘zi esa o‘chiriladi. Uyqu rejimidan chiqishdagi holat bilan solishtirganda qayta ishga tushishi sekinroq, lekin Windows’ning oddiy yuklanishiga nisbatan tezroq amalga oshadi. Tizim gibernatsiya rejimi ishga tushishidan avvalgi, ilk holatiga tiklanadi. Ya’ni barcha ishga tushirilgan ilovalar va oynalar tiklanadi.
Gibridli uyqu rejimi
Bu asosan oddiy ish stoli tizimlari va ishonchsiz elektr tarmoqlari uchun foydali sanaladi. Uyqu rejimi va gibernatsiya rejimining afzalliklarini o‘zida mujassam etadi. Ishlab turgan ilovalar ham operativ xotirada, ham vinchesterda saqlanadi. Elektr hisoblagichi o‘z shiddatini pasaytiradi. Hattoki elektr ta’minoti bilan muammolar bo‘lgan taqdirda ham, kompyuter avvalgi holatida uyg‘ona oladi.
Xulosa
Tushlik qilish uchun kompyuterdan bir necha daqiqaga uzoqlashganingizda uyqu rejimidan foydalangan afzalroq. Siz elektr energiyasining bir qismini iqtisod qilasiz, qaytgach esa, juda tez fursatda ishga tushib ketasiz. Gibernatsiya rejimidan foydalanish ko‘chma kompyuterlar uchun aktualdir. Kompyuterdan uzoq muddatli tanaffuslar bilan foydalansangiz, lekin ayni paytda juda qisqa vaqt ichida ishga tushadigan tizimga ega bo‘lishni xohlasangiz, bu rejimdan foydalanganingiz ma’quldir. Gibridli uyqu rejimidan foydalanganda esa, noutbukning so‘ngan batareyasi yoki manbadagi birdan yo‘q bo‘lgan tok, saqlanmagan ma’lumotlaringizning yo‘qolishiga olib kelmasligiga amin bo‘lasiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

#android #rasm_bilan_ishlash
Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
👉🏻 https://goo.gl/p3QkUB
👨🏻💻@itspecuz
Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
👉🏻 https://goo.gl/p3QkUB
👨🏻💻@itspecuz
Telegraph
Android’da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Ba’zida smartfonda olingan selfi yoki suratlarimiz ko‘ngildagidek chiqmaydi, ularga salgina ishlov berish zarurati seziladi. Mana shunday hollarda rasmlarni tezda tahrirlovchi quyidagi ilovalar qo‘l keladi. Adobe Photoshop Express Adobe kompaniyasi Android…
#excel #ochiluvchi_ruyxatlar
📃Ochiluvchi ro‘yxatlar
Microsoft Excel sahifalaridagi ochiluvchi (yoyiluvchi) ro‘yxatlar - juda foydali vosita bo‘lib, ko‘p holatlarda qo‘llaniladi.
Birinchidan, bu qulay va qaytariluvchi ro‘yxat elementlarini klaviaturadan hadeb kiritmaslik imkonini beradi.
Ikkinchidan, bu “inson faktori”ni chetga suradi, ya’ni ko‘p holatlarda ma’lumot kiritishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklardan bizni saqlaydi.
📋Ushbu ruknda siz quyidagilarni o‘rganasiz:
▪️Excel sahifasida ochiluvchi ro‘yxat yaratishning 4 usuli;
▪️Bir biri bilan bog‘liq ro‘yxatlarni yaratish (ikkinchisining tarkibi birinchisidagi tanlovga bog‘liq);
▪️Rasmli ochiluvchi ro‘yxatlarni yaratish;
▪️Avtomatik elementlarni qo‘shish va o‘chirish imkoniyatiga ega ochiluvchi ro‘yxatlarni yaratish;
▪️Boshqa fayl ma’lumotlaridan foydalangan holda ochiluvchi ro‘yxat yaratish.
📌

Umid qilamizki ushbu ruknni kuzatib borasiz, o‘rganasiz va munosib baho berasiz.
👨🏻💻@itspecuz#mulohaza_uchun
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish ishlari tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 sentabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimidagi ishlarni tahlil qilish, sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
– Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi, – dedi Shavkat Mirziyoev. – Yil boshida ushbu muhim sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ko‘plab vazifalar ijrosi to‘liq ta’minlanmadi. Tarmoqqa investitsiya jalb etish, xizmatlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qilish ahvoli bizni umuman qoniqtirmaydi.
Shuning uchun vazirlikning rahbariyatini o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Yangi vazir va uning o‘rinbosarlari bundan tegishli xulosa qilib, o‘z ishlarini mutlaqo boshqacha tarzda tashkil etishlari lozim. Mavjud muammolarni tezroq bartaraf etish va tarmoqni tubdan rivojlantirish, jalb etilayotgan investitsiyalar va eksport hajmini keskin ko‘paytirish, eng muhimi, qisqa davrda tizimda sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash kerak, – dedi Prezident.
Majlisda davlatimiz rahbarining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va Prezident huzuridagi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash qanday borayotgani tahlil qilindi. Sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar ishtirokidagi loyihalar hissasini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Joriy yilda kamida 200 million dollar, 2019 yilda esa investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar hajmini 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
“O‘zbektelekom” kompaniyasining nufuzini oshirish, “O‘zmobayl” milliy mobil aloqa operatorini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Sohada xizmatlarni eksport qilish yetarli emasligi, bu ko‘rsatkichni keskin oshirish, eng avvalo, dasturiy ta’minot yaratish va eksportni ko‘paytirish kerakligi ta’kidlandi.
Telefon va internet foydalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati pastligi, mavjud aloqa tarmoqlarining atigi 27 foizi optik tolali, qolgani mis simli liniyalardan iborat ekani tanqid qilindi. Internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish, aloqa tarmoqlarini to‘liq optik tolaga almashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni keskin yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Pochta aloqasi faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Axborot xavfsizligini mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratildi.
Sohada kadrlar tanqisligi sezilayotgani, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ilmiy salohiyatga ega pedagoglar bor-yo‘g‘i 21 foizni tashkil etishi qayd qilindi. Shu bois universitetda o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 5 yillik milliy dasturni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
📝 Manba

Bizdagi ta’lim sifatining achinarli ahvolini ta’lim ko‘rgazmalariga kiraverishdayoq ko‘rsa bo‘ladi. Bitta bannerda 10 ga yaqin xato, uchta tilda ham.
Qani, kim ko‘p xato toparkin? 😃
Sanalar va defis
Sanalarni yozish payti defis (chiziqcha)ni ishlatishda juda ko‘p imlo xatolariga yo‘l qo‘yiladi. Xat-hujjatlarda, ko‘chadagi bannerlarda, TVda, internetda va h.k.
Ayniqsa lotin-kirill yozuvida sanalar ikki xil yozilishi hisobiga ham shunday xatolar soni yetarlicha.
Foydasi tegib qolar degan maqsadda sanalarni yozishning imlo qoidasi haqida ma’lumot berib o‘tmoqchiman:
1) Lotin yozuvida yil va kundan keyin chiziqcha qo‘yiladi. Har doim! Masalan: 2018-yil 20-sentabr, 1991-yil 31-avgust va h.k. Agar siz “2018 yil” deb yozsangiz, bu “ikki ming o‘n sakkiz yil” deb o‘qiladi, “o‘n sakkizinchi yil” deb emas.
2) Kirill yozuvida sanalardan keyin chiziqcha qo‘yilmaydi. Hech qachon! Masalan, 2018 йил 20 сентябрь, 1991 йил 31 август va h.k. 2018-йил 20-сентябрь deb yozmang, iltimos.
Qoida shu. Judaaa unaqa murakkab, Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga o‘xshagan dahshatli formulalar yo‘q.
Atigi shu 2 tagina kichik qoidani eslab qolsangiz, sanalarni yozishda xatoga yo‘l qo‘ymaysiz. Lekin ming afsuski, shunday oddiy qoidalarga ham doim amal qilavermaymiz.
Eslatma: bu qoidalar sanoq sonlarni yozishda amal qilmaydi, ya’ni 3-sinf (uchinchi sinf) so‘zi lotinda ham, kirillda ham chiziqcha bilan yoziladi.
P.S.: Rim raqamlaridan keyin defis qo‘yilmaydi. Hech qachon! Na sanoq son yozishda, na sana yozishda. Yuqoridagi ta’lim ko‘rgazmasining banneriga o‘xshab, rim raqamlaridan keyin chiziqcha qo‘ysangiz, kulgiga qolasiz.
👨🏻💻@itspecuz & @xushnudbek

#mulohaza_uchun #maslahat #muvaffaqiyatli_insonlar
Djeff Bezos
Djeff Bezos - afsonaviy Amazon internet-maydonchasi yaratuvchisi, The Washington Post va Blue Origin aerokosmik kompaniyasi egasi.
Va... tarixdagi eng boy inson.
O‘ylab ko‘ring-a - bu shunchaki Forbes ro‘yxatiga tushish emas. Bu insoniyat tarixida hech qachon va hech kimda bo‘lmagan boylik! 150 milliard dollar.
Fantastika? Daholik? Muvaffaqiyat? Milliarderlar ro‘yxatida birinchi bo‘lishning siri nimada?
Djeff bilan bo‘lgan suhbatlarning birida u o‘z hayotiy qoidalari bilan bo‘lishdi – balki bu aynan o‘sha muvaffaqiyat retseptidir?🤔
👉🏻 Davomi...