IT specialist via @vote
Hayrli kun! Ushbu so‘rovnomamiz orqali bizni kuzatib kelayotgan muxlis va muxlisalarimizning qaysi ta'lim bosqichida yoki qaysi kasb egasi ekanliklari haqida o‘zimiz uchun oydinlik kiritib olmoqchimiz. Iltimos faolroq bo‘ling:
anonymous poll
Talaba – 179
👍👍👍👍👍👍👍 31%
Abituriyent – 121
👍👍👍👍👍 21%
IT-sohasida mutaxassis – 80
👍👍👍 14%
O‘quvchi – 71
👍👍👍 12%
Boshqa soha vakili – 69
👍👍👍 12%
O‘qituvchi – 61
👍👍 10%
👥 581 people voted so far.
anonymous poll
Talaba – 179
👍👍👍👍👍👍👍 31%
Abituriyent – 121
👍👍👍👍👍 21%
IT-sohasida mutaxassis – 80
👍👍👍 14%
O‘quvchi – 71
👍👍👍 12%
Boshqa soha vakili – 69
👍👍👍 12%
O‘qituvchi – 61
👍👍 10%
👥 581 people voted so far.
#maslahat
🙋🏻♂️Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, aziz do‘stlar!🙋🏻
🆕 E’tiboringizga Kompyuter saboqlarini ulashuvchi, hali juda yosh, lekin foydali manbalar bilan to‘ldirilib kelinayotgan kanalni taqdim etmoqchimiz.
📣 Marhamat, ushbu kanalga (https://t.me/KOMPYUTER_DARSLARI) a’zo bo’ling va uni ham kuzatib boring, kanal adminlariga esa muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! 🤝
♻️ Ushbu kanalni do’stlaringizga ulashishni ham unutmang, qo’llab-quvvatlaganingiz uchun avvaldan kattakon rahmat!
👨🏻💻@itspecuz

Telegram
Kompyuter Darslari
Bu kanal orqali siz kompyuter bo'yicha bilmaganlaringizni bilib olishingiz mumkin.
Reklama:
Reklama:
#internet
🏦🌐 Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi
O‘zbekiston va Jahon banki 2019 yilda Digital CASA loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Digital CASA – Jahon bankining Markaziy va Janubiy Osiyoning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlari uchun tezkor internet aloqasiga ulanish imkonini yaratishga qaratilgan loyihasidir.
Jahon bankining ushbu dasturi asosida Afg‘oniston va Qirg‘iziston uchun ishlab chiqilgan loyihalari 2018 yilning mart oyida bankning Direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan edi.
O‘zbekistonda ham ayni damda ushbu loyihani amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Uni amalga oshirish 2019 yilda boshlanishi kerak. Kelajakda ushbu loyiha Qozog‘iston va Tojikistonni ham qamrab olishi mumkin.
📝 Said Mamurov Terabayt.uz

#security #smartfon
📲 Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma’lum qilindi
Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar korporativ mijozlar uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan eng xavfli mobil dasturlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu haqda Appthority kompaniyasining tadqiqotida aytilgan.
Mutaxassislar iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun eng xavfli dasturlar sifatida WhatsApp va Facebook Messenger messenjerlarini aytishgan. Antireytingning 3-o‘riniga Waze navigatsion dasturi qo‘yilgan.
WhatsApp va Facebook dasturlari Android-smartfonlar uchun ham eng xavfli dasturlar deb topilgan. Biroq bu yerda 3-o‘ringa Telegram qo‘yilgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Waze va Telegram ushbu reytingga ilk bor kiritilgan.
Facebook va WhatsApp dasturlari 10 balldan 7 ball olgan. Katta ball olish bu dasturlar korxona bilan bog‘liq ma’lumotlarni ma’lumotlar serveriga jo‘natishi mumkinligini yoki xavfsizlik siyosatiga mos kelmasligini anglatadi. Misol uchun, reytingga kiritilgan ko‘plab servislar manzillar kitoblari va SMS-xabarlarni yot serverlarga jo‘natadi va HTTPS bayonnomasini o‘chirib qo‘yadi.
Mutaxassislar, shuningdek, korxonalar ma’lumotlar chiqib ketishi oldini olish uchun o‘zlari mustaqil ravishda qora ro‘yxatga kiritadigan dasturlar toifasi haqida ma’lum qilishgan. Bunday taqiqlovga ko‘pincha messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar mijozlari va onlayn-tanishuvlar uchun servislar tushadi.
📝 Manba: Kun.uz

#mulohaza_uchun #maslahat
💳 “Uzcard”da xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish funksiyasi ishga tushdi
“UzCard” terminallari xaridni bekor qilib, pulni kartaga qaytarish imkoniga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Yagona protsessing markazi.
Markaz mutaxassilari tomonidan ishlab chiqilgan yangi dastur barcha POS terminallarda “Tranzaksiyani bekor qilish” funksiyasini ishga tushiradi. Uning yordamida terminalda amalga oshirilgan xato tranzaksiyalarda hamda iste’molchi mahsulotni qaytarganida to‘lovlarni bekor qilish imkoni paydo bo‘ldi.
“Uzcard” kartalari uchun “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasidan xarid amalga oshirilgan vaqtdan boshlab kun oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.
“UnionPay” va “MasterCard” xalqaro plastik kartalar uchun esa, “Tranzaksiyani bekor qilish” operatsiyasi “Hisob-kitobni tekshirish” funksiyasi amalga oshirilguniga qadar, ya’ni soat 16:00gacha amalga oshirilishi mumkin.
To‘lovni bekor qilish uchun chek kerak bo‘ladi. Mablag‘lar kartaga shu zahotiyoq qaytariladi.
Yangi dasturni o‘rnatish uchun savdo nuqtasi vakillari o‘z banklariga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. U yerda yangi dastur bir necha daqiqa ichida o‘rnatib beriladi.
📝 Manba: Xabar.uz

👀 Ko‘zlar uchun eng foydali meva ma’lum qilindi
Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari apelsinlar eti va po‘sti tarkibiga kiruvchi moddalar ko‘z pardasining sog‘lom holatini saqlash uchun juda foydali ekani haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilishdi. Ko‘z pardasida inson qarigan sari salbiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Olimlarning aytishicha, sitrus mevalar muntazam iste’mol qilinib turilishi kerak. “Apelsin va sitruslar bir haftada bir marta iste’mol qilinganda ham ko‘z salomatligi ancha yaxshilanadi. Kuniga bir dona apelsin yeyish ko‘z pardasining qisman yoki to‘liq yomonlashishi imkoniyatini birdaniga 60 foizga kamaytiradi”, deb aytilgan ilmiy maqolada.
Tadqiqot mualliflari 15 yil davomida ratsionlarida turli oziqa manbalaridan ko‘p miqdorda antioksidant moddalar – flavonoidlar bo‘lgan avstraliyaliklarning ovqatlanishi va ko‘rish qobiliyatini o‘rganishgan.
Tadqiqot vaqtida sitrus mevalar ko‘rish qobiliyatiga haqiqatan ham foydali ekani tasdiqlangan. Flavonoidlar boshqa mahsulotlarda mavjud bo‘lsa-da, biroq apelsin va boshqa sitrus mevalardan olinganlari bu borada samaraliroq bo‘lgan. Misol uchun, choy, vino va olmalardan olinadigan flavonoidlar ko‘z pardasi yomonlashishi xavfini 25-30 foizgagina kamaytirgan.
Mutaxassislarning aytishicha, ko‘z pardasi yomonlashishi keng tarqalgan kasallik bo‘lib, har yettinchi katta yoshli insonda uchraydi. Olimlarning fikricha, bu kasallikdan himoyalanish uchun yoshlikda muntazam ravishda apelsin va sitrus mevalar iste’mol qilib yurish kerak.

#mulohaza_uchun
🚇 Nihoyat, Toshkent metrosida bepul Wi-Fi bo‘ladi! 📶
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jaev poytaxt metropolitenida bepul Wi-Fi tarmog‘i tashkil etish loyihasini tasdiqladi. Bu haqda Podrobno.uz nashriga tayanib Carzone xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, o‘tgan shanba – 14 iyul kuni Toshkent shahri hokimiyatida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Jahongir Ortiqxo‘jaev bir qancha loyihalarni, jumladan, Farg‘ona yo‘li loyihasini ham ko‘rib chiqdi. Taqdim etilgan loyihalarning aksariyati hokim tomonidan ma’qullandi. Ular orasida metroda bepul Wi-Fi tashkil etish va sayrbop ko‘chalar qurish loyihalari bor.
Avvalroq Beeline aloqa operatori metroda Wi-Fi tashkil etish loyihasini amalga oshirishga tayyorligini ko‘p marta bildirgan edi.
🔰O‘QING: Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
📝 DiMaX Terabayt.uz

📲 Nihoyat, Google Play’da o‘zbekistonliklar ham merchant akkaunt ochib, daromad olishlari mumkin – bu nimani anglatadi?
Android platformasidagi qurilmalar uchun ilovalar rasmiy katalogi – Google Play’ni bilmagan odam kam bo‘lsa kerak. Unga pulli va bepul ilovalarni ularning ishlab chiquvchilari (dasturchilar) hamda sotuvchilari (merchantlar) joylab borishadi.
Ammo katalog egasi bo‘lmish Google kompaniyasi barcha mamlakat rezidentlari uchun ham bunday akkauntlar ochish va ular orqali ilovalar joylashga ruxsat bermagan. Yaqin kunlargacha O‘zbekistondan ham dasturchi va sotuvchi sifatida akkaunt ochish imkoni yo‘q edi.
Ma’lum bo‘lishicha, “qidiruv giganti” shu kunlarda O‘zbekiston rezidentlari uchun ham har ikki turdagi akkaunt ochish imkoniyatini taqdim etgan. Bu haqda kompaniya saytining tegishli sahifasida ma’lumot e’lon qilingan.
Bu degani – endi Android-ilovalarni ishlab chiquvchi dasturchilar Google’dan shunday akkaunt ochib olib, o‘z ishlanmalarini bu katalogga pulli asosda ham joylashlari mumkin. Bunda dasturlar savdosi uchun pul birligi sifatida AQSh dollari ko‘rsatilgan.
Demak, o‘zbekistonlik dasturchilar endi o‘z mahsulotlarini Google Play ilovalar do‘konida rasman sotuvga qo‘yish imkoniyatiga egalar.

#android
Android’dan avtomobilda foydalanish 🚘
🚗 Android Auto funksiyasi birinchi marta ommaga tanishtirilganida, u smartfonning cheklangan miqdordagi imkoniyatlaridan foydalanishga ruxsat beruvchi, avtomobilning multimedia tizimi va smartfon o‘rtasida aloqani ta’minlash uchun xizmat qilgan. Ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlovchi yangi rusumdagi avtomobil kerak bo‘lgan. Bu imkoniyat esa hammada ham bo‘lmaganligi uchun Android Auto haqida ko‘pchilik unutayozdi. Biroq ushbu xizmat rivojlanishda davom etdi va bugun u har qanday transport vositasi haydovchilari uchun mos keladi.
🚦Endi siz – Android Auto’dan foydalanish uchun yangi rusumdagi avtomobilga ega bo‘lishingiz shart emas. Bugun, smartfonni avtomobil ushlagichiga qistirgan holda, maxsus mobil ilovasi tufayli telefon ekranida ushbu xizmatdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Xizmat shu darajada qulayki, rulni boshqarish paytida undan foydalanmaslik uchun hech qanday sabab yo‘qdir.
Android Auto ilovasi bilan siz harakat paytida zarur bo‘luvchi barcha xizmatlarga murojaat qilishingiz mumkin:
1️⃣ Google xaritalari;
2️⃣ Dinamiklar orqali so‘zlashuv;
3️⃣ Turli striming xizmatlarida musiqalarni boshqarish;
4️⃣ Kiruvchi matnli xabarlarni tinglash va ovozli javob berish imkoniyati;
5️⃣ Avtomashinani boshqarayotganingizni bildiruvchi avtomatik javobni sozlash imkoniyati.
✅ OK, Google buyrug‘idan foydalangan holda, marshrutni qurish, qo‘ng‘iroq qilish va musiqani boshqarishni ham ovoz orqali amalga oshirish mumkin.
❗️Ilova tanlangan Bluetooth-qurilmasiga ulanganidan so‘ng avtomatik tarzda ishga tushishi mumkin. Bu sizning avtomobil stereotizimingiz yoki Bluetooth FM-transmitteringiz bo‘lishi mumkin. Boshqachasiga aytganda avtomobilga o‘tirib, uni ishga tushirishingiz zahoti, telefoningizda avtomatik tarzda Android Auto ishga tushishi mumkin.
📲 Android Auto ilovasini PlayMarket’dan yuklab olish

#maslahat #internet
🎞 Youtube.com saytidan videoni yuklab olish📤
Ushbu usul anchadan beri ma’lum, lekin shunday bo‘lsa ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan.
Kerakli video bilan brauzerning ma’lum bo‘limi (вкладка)da bo‘lganingizda manzil satridagi havola (ссылка) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
▶️ www.youtube.com/watch?v=xLCn88bfW1o
Yuklab olish sahifasiga o‘tish uchun
▶️ www.ssyoutube.com/watch?v=xLCn88bfW1o -> ENTER bosiladi.
👌🏻Ochilgan sahifada yuklab olish uchun mos keluvchi format va video sifatini tanlash mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🎞 Youtube.com saytidan videoni yuklab olish📤
Ushbu usul anchadan beri ma’lum, lekin shunday bo‘lsa ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan.
Kerakli video bilan brauzerning ma’lum bo‘limi (вкладка)da bo‘lganingizda manzil satridagi havola (ссылка) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
▶️ www.youtube.com/watch?v=xLCn88bfW1o
Yuklab olish sahifasiga o‘tish uchun
youtube’dan oldin ss’ni qo‘shish lozim. Ya’ni sizning havolangiz quyidagi ko‘rinishga keladi:▶️ www.ssyoutube.com/watch?v=xLCn88bfW1o -> ENTER bosiladi.
👌🏻Ochilgan sahifada yuklab olish uchun mos keluvchi format va video sifatini tanlash mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube qaynoq klavishlari
• YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
• YouTube'dan videoni yuklab olishning oddiy usuli
• 720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun
🤳🏻Amerika psixiatriya uyushmasi rasmiy ravishda “selfi”, ya’ni o‘z-o‘zini mobil telefon kamerasiga suratga olishni – ruhiy kasallik deb atadi.

#bilasizmi #internet #mulohaza_uchun
🌐 Google siz haqingizda nimalarni biladi? 🤔
Google siz haqingizda nimalarni bilishini bilishni istaysizmi? E’tiboringizga Google tomonidan to‘plangan ba’zi ma’lumotlarni sizga ko‘rsatuvchi 6 havola (ссылка)ni taqdim etamiz.
1️⃣. Google’dagi sizning profilingiz
Google sizning asosiy ma’lumotlaringiz – yoshingiz, jinsingiz, qiziqishlaringizni o‘z ichiga oluvchi profil yaratadi. Ushbu ma’lumotlar siz uchun mos keluvchi e’lonlarni namoyish etish uchun ishlatiladi. Siz ushbu ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin:
👉🏻 www.google.com/ads/preferences/
2️⃣. Sizning harakatlaringiz tarixi
Agar sizda Android asosida ishlovchi qurilma bo‘lsa, u sizning koordinatalaringiz va tezligingizni Google’ga yuborib turishi mumkin. Siz o‘z harakatlaringiz tarixini ko‘rishingiz va uni faylga chiqarib olishingiz mumkin:
👉🏻 maps.google.com/locationhistory
3️⃣. Google’dagi sizning qidiruvlaringiz tarixi
Google sizning qidiruvlaringiz tarixini saqlab borishi mumkin. Bundan tashqari u siz murojaat qilgan e’lonlar tarixini ham saqlab boradi. Bularning bari esa ushbu manzilda:
👉🏻 history.google.com
⚠️
Agar sizni, sizdan tashqari yana kimdir akkauntingizdan foydalanayotganini bilish qiziqtirsa, siz unga murojaat etgan qurilmalar ro‘yxati, ularning IP-manzillari va joylashuvini ko‘rishingiz mumkin:
👉🏻 security.google.com/settings/security/activity
5️⃣. Sizning Google’dagi ma’lumotlaringizga murojaat etuvchi barcha ilovalar va kengaytmalar ro‘yxati
Sizning ma’lumotlaringizga qandaydir murojaat qila oluvchi barcha ilovalar ro‘yxati. Ularning qanday huquqlari va nimalarga murojaat eta olishlari mumkinligini ko‘rish mumkin. Joiz bo‘lsa, ushbu ruxsatni bekor qilishingiz ham mumkin.
👉🏻 security.google.com/settings/security/permissions
6️⃣. Shaxsiy ma’lumotlarni chiqarib olish uchun Google
Sizning barcha ma’lumotlaringizni eksport qilish mumkin – zakladkalar, pochtalar, kontaktlar, Drive’dagi fayllar, youtube’dan video, rasmlar va hokazo:
👉🏻 www.google.com/takeout
👨🏻💻@itspecuz
🌐 Google siz haqingizda nimalarni biladi? 🤔
Google siz haqingizda nimalarni bilishini bilishni istaysizmi? E’tiboringizga Google tomonidan to‘plangan ba’zi ma’lumotlarni sizga ko‘rsatuvchi 6 havola (ссылка)ni taqdim etamiz.
1️⃣. Google’dagi sizning profilingiz
Google sizning asosiy ma’lumotlaringiz – yoshingiz, jinsingiz, qiziqishlaringizni o‘z ichiga oluvchi profil yaratadi. Ushbu ma’lumotlar siz uchun mos keluvchi e’lonlarni namoyish etish uchun ishlatiladi. Siz ushbu ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin:
👉🏻 www.google.com/ads/preferences/
2️⃣. Sizning harakatlaringiz tarixi
Agar sizda Android asosida ishlovchi qurilma bo‘lsa, u sizning koordinatalaringiz va tezligingizni Google’ga yuborib turishi mumkin. Siz o‘z harakatlaringiz tarixini ko‘rishingiz va uni faylga chiqarib olishingiz mumkin:
👉🏻 maps.google.com/locationhistory
3️⃣. Google’dagi sizning qidiruvlaringiz tarixi
Google sizning qidiruvlaringiz tarixini saqlab borishi mumkin. Bundan tashqari u siz murojaat qilgan e’lonlar tarixini ham saqlab boradi. Bularning bari esa ushbu manzilda:
👉🏻 history.google.com
⚠️
(Izoh. ushbu imkoniyatni o‘z akkauntingizda faollashtirishingiz lozim)
4️⃣. Sizning akkauntingizga murojaat etgan qurilmalar ro‘yxatiAgar sizni, sizdan tashqari yana kimdir akkauntingizdan foydalanayotganini bilish qiziqtirsa, siz unga murojaat etgan qurilmalar ro‘yxati, ularning IP-manzillari va joylashuvini ko‘rishingiz mumkin:
👉🏻 security.google.com/settings/security/activity
5️⃣. Sizning Google’dagi ma’lumotlaringizga murojaat etuvchi barcha ilovalar va kengaytmalar ro‘yxati
Sizning ma’lumotlaringizga qandaydir murojaat qila oluvchi barcha ilovalar ro‘yxati. Ularning qanday huquqlari va nimalarga murojaat eta olishlari mumkinligini ko‘rish mumkin. Joiz bo‘lsa, ushbu ruxsatni bekor qilishingiz ham mumkin.
👉🏻 security.google.com/settings/security/permissions
6️⃣. Shaxsiy ma’lumotlarni chiqarib olish uchun Google
Sizning barcha ma’lumotlaringizni eksport qilish mumkin – zakladkalar, pochtalar, kontaktlar, Drive’dagi fayllar, youtube’dan video, rasmlar va hokazo:
👉🏻 www.google.com/takeout
👨🏻💻@itspecuz
#security #maslahat
Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish - xakerdan maslahatlar 🔐
🔏 Deyarli har kuni xakerlar ijtimoiy tarmoqlardan tortib, Apple ID va iCloud bilan tugaydigan turli xil xizmatlarga murojaat qiluvchi qayd yozuvlarini buzib kirishadi. Buzib kirishning asosiy usuli esa avvalgidek parollarning turli variantlarini terib ko‘rishdir (bruteforce). Ushbu turdagi hujumdan himoyalanish esa juda oson – bu uchun shunchaki murakkab parolni qo‘llash yetarlidir. Bir qarashda unchalik qiyin bo‘lmagan ushbu vazifa, odatda uzun parollarning esda qolishi oson emasligi tufayli murakkablashadi.
📕 O‘qishda davom eting va taniqli xkcd dasturchisidan murakkab parolni o‘ylab topish va uni oson eslab qolishning oddiy usullarini bilib oling.
🖥 Ushbu usullarni haqida bevosita gapirishdan oldin, keling, parollarni yaratish bo‘yicha umumiy maslahatlarni eslatib o‘tsak. Ehtimol, har biringiz ushbu yoki shunga o‘xshash tavsiyalarni ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘lgan xizmatlar va saytlarda ko‘rgansiz, ammo foydalanuvchilarning 90 foizi bunga beparvolik bilan qaraydi:
1️⃣ Parolning uzunligi 12 belgidan kam bo‘lmasligi kerak. Parol qanchalik katta bo‘lsa, uni buzish shunchalik qiyin ekanligi esa hech kimga sir emas. Uzunligi 12 belgidan iborat bo‘lgan parol, qayd yozuvlaringizni har qanday xakerlar hujumlaridan ishonchli himoya qiladi.
2️⃣ Raqamlar, belgilar, katta harflardan foydalaning. Parolni terib ko‘rish yordamchi dasturlari “catsanddogs” kabi parolni nisbatan tez aniqlay oladi, “C@tsAndD0g$123” paroli bilan esa muammoga duch kelishi aniq.
3️⃣ So‘zlarni qo‘llamang. Parolda oddiy lug‘aviy so‘zlardan foydalanmaslikka harakat qiling. Biror so‘zga aloqasi bo‘lmagan harflar to‘plami esa muayyan bir so‘zdan, hattoki u uzun bo‘lsa ham - kuchliroqdir.
✔️ Kirish qismidan o‘tib oldik, endi oddiy, samarali va unchalik ma’lum bo‘lmagan usullarga o‘tamiz.
Murakkab parolni o‘ylab topish va uni eslab qolishning birinchi usuli
👆 Yuqorida keltirilgan maslahatlar murakkab parolni osongina o‘ylab topish imkonini beradi, buning uchun klaviatura klavishlarini shunchaki tartibsiz bosish orqali taxminan quyidagini kiritish mumkin “asfpokdhk3251kh”. Bunday olib qaraganda bu juda yaxshi variant, oddiy kompyuter faqat chuqur nazariya orqali bu kabi parolni buzishi mumkin (parollarning kuchliligini qanday qilib tekshirish esa quyidagi maqolada keltirilgan). Ammo bunday parolni eslab qolish muammolidir.
🔍 xkcd tomonidan taklif qilingan birinchi usulning mazmuni, parol sifatida faqatgina sizning yodingizda turishi mumkin bo‘lgan butun jumladan foydalanish bilan bog‘liq. Albatta, faqatgina parol ko‘rinishiga keltirilgan jumlani. Ushbu jumla tarkibida esa har qanday narsa bo‘lishi mumkin: hayotingizning qaysidir bir oni, muhim voqea, qo‘shiqdan jumla va hokazo.
🎵 Masalan “Jonon bo‘laman deb” milliy qo‘shig‘imizdagi “Jonon bo‘laman deb hammani kuydirasanmu, kuygan bu faqirlarni yana yondirasanmu” jumlasi doim yodingizda turadi. Qo‘shiq parchasidagi har bir so‘zning bosh harflarini olib, ularni parol sifatida ishlating. Natijada — “Jbdhk,kbfyy” hosil bo‘ladi. Bu kabi parolni buzish uchun zamonaviy kompyuterga 33 yil talab etiladi. Parolning oxirida bir nechta raqam, hech bo‘lmaganda, oddiygina qilib “123” qo‘shilsa, unda hosil bo‘lgan “Jbdhk,kbfyy123” kombinatsiyasi uchun kompyuter 33 asr vaqt ajratishiga to‘g‘ri keladi!
✅ Ko‘rib turganingizdek, buning hech qanday murakkab joyi yo‘q, lekin bundan ham qulayroq usul mavjud, u haqida keyingi maqolamizda so‘z yuritamiz - bizdan uzoqlashmang!
💡Maqolamiz sizga uchun foydali bo‘lib, uning davomini o‘qimoqchi bo‘lsangiz, unda 🔥 belgisiga bosing. Unutmang, sizning fikringiz biz uchun muhim!

👍3
#security #maslahat
Murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli🔓
🔛 Murakkab parollar haqidagi maqolamizning davomi.
🔝 Bugun bizda siz uchun murakkab parolni o‘ylab topish va uni unutmaslikning eng oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi. U juda ko‘p odamlarga chindan ham murakkab parollarni o‘ylab topish va eslab qolishga yordam bergan. Usul oltita eng oddiy so‘zlarni parol sifatida tanlashni nazarda tutadi,
📄 Masalan – “lom kuchuk bodom nechuk tablo benom” so‘zlar to‘plami (oson eslab qolish uchun atayin qofiyasi moslashtirilgan) parolga aylanadi: lomkuchukbodomnechuktablobenom.
🔑 Ushbu parolni buzish uchun oddiy kompyuterga 10 mingdan ortiq asrlar kerak bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, parollar uchun bunday kodli so‘zni turli variantlarni terib ko‘rish usuli orqali topishning mutlaqo iloji yo‘q. Bundan tashqari, hattoki Tianhe-2 deya nomlanuvchi eng kuchli superkompyuter ham ushbu parolni muvaffaqiyatli tarzda, turli variantlarni terib ko‘rish imkoniyatiga erishishi uchun yaqin bir necha ming yil kerak bo‘ladi.
❗️Agar qofiyasini keltirgan holda so‘zlarni tanlash qiyin bo‘lsa yoki bunga xohishingiz bo‘lmasa, siz shunchaki maktab dasturiga kiruvchi biror-bir satrni olishingiz mumkin (kamida bittasini siz aniq eslab qolgansiz).
✍️ Masalan, Alisher Navoiyning misralari: “Orazin yopgach ko‘zumdin sochilur har lahza yosh”, osongina “orazinyopgachkozumdinsochilurharlahzayosh” paroliga aylanadi va murakkabligi bo‘yicha yuqorida tavsiflangan namunadan hech qolishmaydi.
✅ Mana endi hech qanday xaker parolni turli variantlarni terib ko‘rish usuli orqali sizning qayd yozuvlaringizga kirishni uddalay olmaydi!
🗝 Shu bilan parollar haqidagi suhbatimizga yakun yasaymiz. Parolni topishga qancha vaqt ketishi mumkinligini, Bender Rodriges kim ekanligini va mustaqil tarzda o‘z parolingizning murakkablilik darajasini tekshirib ko‘rishni istasangiz, u holda ushbu maqolamizga murojaat etishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang - qiziqarli maqolalar hali oldinda. 😉
ℹ️ Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👍1
#internet #telegram #maslahat
🤖 Bu Telegram-botlar bilan chatdan chiqmasdan ishlay olasiz
Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan botlar “Telegram” messenjerida ishlashingizni yana qulaylashtiradi.
Masalan, @ya — “Yandeks”da qidiruvni amalga oshirishda, @bold — matnni formatlashda sizga qo‘l keladi.
Botni ishga tushirish uchun chatda botning nomini yozing (masalan, @pic) va yoniga so‘roq so‘zni (jumlani) kiriting.
➖ @gif — GIFlarni qidirish;
➖ @pic — “Yandeks”da surat qidirish;
➖ @wikiru — “Wikipedia”da maqola qidirish;
➖ @bold — matnni formatlash;
➖ @youtube — “YouTube”da video qidirish;
➖ @vkmusic_bot — “VKontakte”da musiqa qidirish;
➖ @ya — “Yandeks”da qidirish;
➖ @coub — koublar qidirish;
➖ @sticker — stikerlar bo‘yicha qidirish;
➖ @imdb — IMDB da filmlar qidirish.

#security
📠 Xakerlar kompyuterni faks orqali buzishdi
“Check Point” tadqiqotchilari faksimil aloqani qo‘llovchi ko‘p funksiyali qurilmalarda kritik xatoni topishdi. “Hightech.fm” yozishicha, agarda xakerlar buni bilib qolishganida ana shunday qurilmaga ulangan kompyuterni bemalol o‘z tizginlariga solib olishgan bo‘lardi.
Albatta, e’tiroz bo‘lishi mumkin — fakslar bugun kam ishlatiladi. To‘g‘ri, ammo ayrim ko‘p funksiyali qurilmalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar printer va skanerni “yolg‘izlatib” qo‘ymaslik uchun faksni ham qo‘shib chiqarishyapti. Bu qurilmalar internetga ulanadi, biroq himoya tizimi yo‘q hisobi.
“Check Point” kompyuter ustalari JPEG-fayllar kutubxonasi orqali “HP Officejet Pro 6830” qurilmasini buza olishdi. Buzilgan kompyuter tarmoq orqali boshqa qurilmalarga virus ulasha oladi. Bu jarayonda mutaxassislar mashhur “WannaCry” virusidan ishchi material sifatida foydalanishdi.

📱O‘zbekistonda 9 xonali raqamli tizimga o‘tish nima beradi?
👉🏻 https://goo.gl/CzQwhg

Telegraph
O‘zbekistonda 9 xonali raqamli tizimga o‘tish nima beradi?
Ayni vaqtda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘ida jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Mobil va simli telefon aloqa abonentlari soni ham sezilarli ravishda o‘sib bormoqda va hozirda respublikada abonentlar 22 millionni tashkil etadi. Bunday sharoitda mavjud…
👍1
#mulohaza_uchun
Beloruslik talaba dunyoning eng zo‘r dasturchisi bo‘ldi
Beloruslik talaba Gennadiy Korotkevich nufuzli xalqaro chempionat hisoblangan “Google Code Jam” g‘olibi bo‘ldi. Ushbu musobaqada 50 000 nafardan ziyod dasturchi ishtirok etgan.
“Google Code Jam” chempionati 2003 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. U dasturlash bo‘yicha eng mashhur va ommaviy chempionat hisoblanadi. Chunki uning g‘oliblari kelgusida Google kompaniyasi xodimiga aylanishi mumkin. Ushbu musobaqada istagan kishi qatnasha oladi, ammo saralash shartlari juda qattiq. Ikkinchi davraga atigi 500 kishi o‘ta oladi, finalga esa eng zo‘r 25 nafar dasturchi chiqadi.
Gennadiy Korotkevich tomonidan qatorasiga besh marta birinchilik zabt etildi. Bunday natijaga bundan oldin “Google Code Jam” ishtirokchilaridan hech kim erisha olmagan. Korotkevich — haqiqiy talant, “ACM ICPC” dasturlash bo‘yicha ikki marta jahon chempioni, “Yandeks. Algoritm” musobaqasining besh karra g‘olibi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, u polshalik Kamil Debovskni 8 ballga ortda qoldirib, jami 104 ball to‘pladi.
G‘olibning aytishicha, uning uchun musobaqaning eng murakkab joyi, konkurs qoidalarining o‘zgarganida bo‘ldi. Endi test natijalari bo‘yicha qarorni ishtirokchilarning shaxsiy mashinalari emas, balki kompyuter hay’ati qabul qiladi. Shuningdek, musobaqa o‘tkazish tizimi ham qayta yozib chiqilgan.
Google o‘tkazgan konkursda g‘olib bo‘lganiga qaramay, Gennadiy hozircha xorijga ketishni niyat qilmayapti. Iqtidorli dasturchi ITMO universiteti aspiranturasida o‘qishni davom ettirmoqchi.
📝 Manba: Terabayt.uz