Hurmatli do'stlar, @itspecuz kanaliga hush kelibsiz! 👨🏻💻👩🏻💻
Ushbu kanalimizda biz har birimiz har kuni duch keladigan operatsion tizim - Microsoft Windows, uning tarkibiga kiruvchi Microsoft Office paketi dasturlari va o'rnatilishi mumkin bo'lgan boshqa qo'shimcha ilovalar to'g'risida kerakli takliflar va ko'rsatmalarni berib boramiz.
Kimdir kanalimizda yoritib boriladigan materiallar bilan allaqachon tanish bo'lishi mumkin, kimgadir bu bilimlar yangi va foydali bo'lishi mumkin, xulosa chiqarish o'zingizga havola.
Kanalga joylashtirilgan heshteglar ro'yxatini bu yerdan bilib olishingiz mumkin. Heshteglar yordamida sizni qiziqtirgan rukn bo'yicha kanalga joylashtirilgan postlarga tezkor tarzda o'tishingiz mumkin.
Kanalimizni kuzatib boring, bu sizning IT-savodxonligingizni oshirishda qaysidir ma'noda yordam beradi, degan umid bilan ishimizni boshlaymiz!

IT specialist via @like
Word dasturida matnlar bilan ishlash davomida eng ko‘p duch kelinadigan holatlardan biri – bu qatorlar o‘rtasidagi intervallarni berish holatidir. Qatorlar orasidagi intervallarni qiymatini tezkor ravishda klaviatura kombinatsiyalari yordamida ham o‘zgartirish mumkin. Buning uchun kerakli matn tanlang (butun matnni belgilamoqchi bo‘lsangiz CTRL va A tugmalarini birgalikda bosing).
Agarda qatorlar orasidagi interval 1 (bir) qiymat bo‘lishini xoxlasangiz, CTRL va 1 klaviatura tugmalarini bosing, ya’ni CTRL+1;
Agarda qatorlar orasidagi interval 1.5 (bir yarim) qiymat bo‘lishini xoxlasangiz, CTRL va 5 klaviatura tugmalarini bosing, ya’ni CTRL+5.
Agarda qatorlar orasidagi interval 2 (ikki) qiymat bo‘lishini xoxlasangiz, CTRL va 2 klaviatura tugmalarini bosing, ya’ni CTRL+2.
P.S.: Shuni yodda saqlash lozimki, raqamlar aks etgan klaviaturalar faqatgina tepa qator uchun o‘rinli, ya’ni bu kombinatsiyalarda klaviaturaning o‘ng qismidagi raqam klaviaturalaridan foydalana olmaysiz!!!
Kanalimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizni ham kanalimizga taklif eting: @itspecuz

WORD dasturidagi matnlar orasidagi birorta so‘zni yoki matn qismini tanlab, CTRL+D klaviatura birikmalarini bosgan holda, ochilgan oynada “скрытый” bo‘limini belgilang va OK tugmasini bosing. Natijada, siz belgilagan so‘z ko‘rinmay (maxfiy bo‘lib) qoladi. Bu holatni bekor qilish uchun matnni hamma qismini tanlagan holda (CTRL+A tugmalar birikmasi yordamida ham qilish mumkin), “скрытый” bo‘limining belgilanish holatini bekor qilamiz
IT specialist via @bold
Xushxabar: Telegram 4.5 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!
Ko‘pchilik sevib foydalanayotgan Telegram messenjerining mobil qurilmalarga mo‘ljallangan ilovasi yangilandi. Undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida messenjerning rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
Yangi talqinda foydalanuvchilar uchun yoqimli o‘zgarishlar va yaxshilanishlar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardir:
1. Fotosuratlarni guruhlash.
Endi bir nechta fotosuratlar yoki videolavhalarni yuborishda ularni bitta albomga birlashtirish – guruhlash mumkin.
Har bir albom o‘ntagacha rasm yoki lavhani o‘z ichiga oladi. Qabul qiluvchiga esa har bir surat yoki rolik alohida bildirishnomalarda emas, balki yaxlit albom bitta bildirishnomada boradi.
Shuningdek, fotosuratlarni qay tartibda jo‘natishni tanlash imkoniyati ham taqdim etilgan. Bu esa rasmlarning ketma-ketligini buzmasdan jo‘natish va qabul qilishga imkon beradi.
2. «Tanlanganlar» («Izbrannoe») yoki «Saqlangan xabarlar» funksiyasi.
Oldingi versiyalarda menyuni ochganda yuqori qismda turadigan «Bulut» endi menyu ro‘yxatiga ko‘chirilgan va «Saqlangan xabarlar» (yoki «Избранное») deb nomlangan.
Avval unga biror matn yoki rasm, video va hokazolarni o‘zingiz alohida yangi xabar tarzida yuborishingiz kerak bo‘lsa, endi Telegram 4.5 talqinida, boshqa chatlardagi biror xabarni shu o‘zingizga – «Saqlangan xabarlar»ga yubora olasiz. U biror xabarni boshqaga yo‘naltirish – «Переслать» menyusining boshida turganligi esa ishni ancha osonlashtiradi.
Shu tariqa, turli kanallardagi, guruhlardagi yoki shaxsiy yozishmalaringizdagi muhim xabarlarni «Избранное» chatiga yuborish mumkin. Har bir «Saqlangan xabar» yonida «Перейти к» tugmachasi mavjud, u orqali ushbu xabarning dastlabki o‘rni – boshlang‘ich chatdagi joyiga bora olasiz.
«Saqlangan xabarlar»ni topish oson – unga chatlar ro‘yxatidan o‘tsangiz bo‘ladi. Shuningdek, «Избранное»ga Android-ilovada yon panel – menyudan, iOS-ilovada esa Settings menyusidan ham o‘tish imkoni mavjud.
3. Yaxshilangan qidiruv.
Turli botlar yoki ommaviy guruhlar va kanallarni izlash ancha osonlashdi. Shunchaki umumiy qidiruv maydonchasida o‘zingizga kerakli nomni tera boshlasangiz bas – shu nomdagi kanal, guruh va botlar ro‘yxati chiqib keladi. Bunda birinchi o‘rinda eng ommabop guruh, botlar va kanallar ko‘rinadi.
4. Biriktirilgan xabarlar.
Endi kanal ma’murlari (administratorlari) undagi biror xabarni biriktirib qo‘yishlari mumkin. Shu tariqa, e’lon, qoidalar va hokazo tarzdagi biror muhim xabarni kanal a’zolariga hamisha ko‘rinib turadigan qilib qo‘ysa bo‘ladi.
5. iOS-gadjetlar uchun yengilliklar va iPhone X qo‘llab-quvvatlanishi.
iOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi devayslar uchun taqdim etilgan Telegram 4.5 yangi sozlamalar bilan boyitilgan va ularning ko‘rinishi ham yaxshilangan. Shuningdek, ilovaning yangi talqini Apple’ning «yubiley ayfoni» displeyiga ham moslashtirilgan. Unda iPhone X modelida ishlash bilan bog‘liq muammolar, xatoliklar bartaraf etilgan.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

"Xushxabar: Telegram 4.5 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!" nomli maqolamizga baho bering: