#maslahat #smartfon #android #iOS
🇬🇧 Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
👉🏻 https://goo.gl/HCHKUb
👨🏻💻@itspecuz

Telegraph
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar
Xorijiy tilni kompyuter va smartfon dasturlari orqali o‘rganish – hozirgi kunda ommalashgan yo‘nalish. Masalan, smartfoningizda shunaqa ilova bo‘lsa, qayerda ekaningizdan qat’i nazar, har kuni bo‘sh vaqtingizda yoki ma’lum soatlarni maxsus ajratib, til o‘rganib…
#smartfon #security
📱Smartfon batareyasiga xakerlar hujum qilishi mumkinmi?🔋
“Astera.ru” yozishicha, “Privacy Enhancing Technologies” simpoziumida o‘qilgan ma’ruzada xakerlar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarni nafaqat smartfondan, shuningdek, uning batareyasidan ham olishlari mumkinligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Gap bu yerda smartfon qancha quvvat sarflagani haqida ketmoqda, kiberjinoyatchilar tok sarfiga qarab mobil qurilma foydalanuvchisi nima ishlar qilganini bilib olishlari mumkin. Masalan, smartfonda qanaqa ilovalar ishlatiladi, qanday matnlar yozilgan va hokazo.
Bu xavf qachonki smartfon begona qo‘lga yoki ta’mirga tushganda tug‘iladi. Albatta, bu tahdid ehtimoliy bo‘lib, hozircha amalda kuzatilgan emas.
📝 Manba: Xabar.uz

#mulohaza_uchun
🤔 Ba’zan insonlar juda ko‘p o‘yga berilishadi, aslida esa shunchaki – yashash kerak. | Иногда люди слишком много думают, а надо просто жить.
💡Suqrot | Сократ

Azim Ahmadxo‘jaev: “O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasida yarim milliondan ortiq mutaxassis kerak”
👉🏻 https://goo.gl/gpJjnj

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jaev bilan mamlakat iqtisodiyotida axborot‑kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va roli hamda biz qanday qilib Markaziy Osiyo AKT sohasidagi yetakchi…
👍1
#maslahat
💰Biznes boshlab, ko‘proq foyda olishni istovchilar uchun bepul onlayn-kurs tashkil etildi
👉🏻 https://goo.gl/HnBXq8
👨🏻💻@itspecuz
💰Biznes boshlab, ko‘proq foyda olishni istovchilar uchun bepul onlayn-kurs tashkil etildi
👉🏻 https://goo.gl/HnBXq8
👨🏻💻@itspecuz
Telegraph
Biznes boshlab, ko‘proq foyda olishni istovchilar uchun bepul onlayn-kurs tashkil etildi
Markaziy bank, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi va “Norma” professional rivojlanish markazi “Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” dasturini amalga oshira boshladi. Bu haqda “Norma” xabar berdi. Dastur ikkita komponentni…
#mulohaza_uchun
МАМЕ…
МАМЕ…
Всё то, что в жизни происходит с нами,👨🏻💻@itspecuz & @psyxolog
Мы как-то странно делим пополам:
Если радость — празднуем с друзьями,
А с бедой приходим к матерям.
Заняты работой и делами
День за днем в потоке суеты
Мы не часто думаем о маме,
Слишком редко дарим ей цветы.
И свои болезни носим к маме,
И обиды к ней идем делить,
И морщинки ей рисуем сами,
Позабыв прощенья попросить.
Мы так редко маму обнимаем,
Разучились маму целовать,
Позвонить порою забываем,
Некогда письмишко написать.
Ну, а мама все равно нас любит,
Чтобы не случилось — не предаст,
Всё простит, обиды все забудет,
Руку, душу, сердце-все отдаст!
И когда от мамы уезжаешь,
Отогревшись у ее любви,
Ты шепни: «Прости за всё, родная,
И, прошу, подольше поживи!»
👍1
#operatsion_tizim #maslahat
CCleaner’ning foydali 6 ta imkoniyati 🧹
CCleaner aslida ko‘p funksiyali kombayn bo‘lib, birato‘la Windows’dagi bir nechta sozlamalar hamda xizmat ko‘rsatuvchi utilitalarning o‘rnini bosa oladi. Bu dastur bepulligi hamda foydalanish osonligi sababli juda keng ommalashgan.
👉🏻 Batafsil...

Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹
Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.
Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija

To‘lqin Teshaboyev: “TATUning xalqaro miqyosda nufuzi oshiriladi”
Shu kunlarda abituriyentlar hujjatlarini oliy o‘quv yurtlariga topshirish uchun yelib-yugurishlarni boshlagan. Tashvishli, ammo shirin bu yugur-yugur inson hayotida muhim burilish yasashi aniq. O‘z navbatida, oliy o‘quv yurtlarida ham hujjatlarni qabul qilish jarayonlari tobora qizib bormoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev bilan shu haqda suhbatlashdik.

Shu kunlarda abituriyentlar hujjatlarini oliy o‘quv yurtlariga topshirish uchun yelib-yugurishlarni boshlagan. Tashvishli, ammo shirin bu yugur-yugur inson hayotida muhim burilish yasashi aniq. O‘z navbatida, oliy o‘quv yurtlarida ham hujjatlarni qabul qilish…
#mulohaza_uchun
📝 O‘g‘ilning otaga bergan tarbiyasi
Uylanganimdan uch yil o‘tib farzand ko‘rdim. Darhol bola tarbiyasiga oid kitob-risolalar sotib oldim, rafiqam bilan o‘tirib ota-onamiz bizga bergan o‘git va pandlarini eslaydigan bo‘ldik.
Bola ulg‘ayarkan, unga kundalik odoblar, axloq qoidalarini o‘rgata boshladik. “Taomni o‘ng qo‘lingda ye...”, “Yotib ovqat yema...”, “O‘zingdan kattaga salom ber...”, “Hojatdan so‘ng albatta qo‘l yuvilishi kerak...”
Kunlarning birida bozordan non sotib olib, uyga piyodalab keta boshladik. O‘sha kuni tushlik qilmagandim, qornim tatalab ketyapti. Uyga borishgacha sabrim chidamay yelimxaltada turgan nonga qo‘l cho‘zdim: bir burdasi bilan qorinni aldab ketay... Qo‘lim nonga tegar-tegmas orqadan ogohlantirish keldi:
“Bolalaringizni tarbiya qilmang. Ular baribir sizga o‘xshashadi. Siz o‘zingizni tarbiya qiling”.
👨🏻💻@itspecuz & @farzand_uz

- Dadajon, non yemoqchimisiz? Qo‘llaringizni yuvmagansiz-ku!Darrov hushyor tortdim. Hozir nonni ushatib olishim bolamga ovqat yeyishdan oldin qo‘l yuvish kerakligi haqida bergan tarbiyamni yuvib ketishini o‘yladim.
- Ha-ya, rost aytasan, o‘g‘lim. Qo‘llarim yuvilmagani yodimdan ko‘tarilibdi. Eslatganing uchun rahmat. Nonni uyda, qo‘llarni yuvib yeymiz...Ayolim bilan shu haqda eslashib kulishdik. Shunda onasi bir gapni aytib qoldi:
"Sizning har bir xatti-harakatingiz o‘g‘lingiz kuzatuvi ostida. U sizga taqlid qiladi. Iltimos, ehtiyot bo‘ling...”Bunaqa payt inglizlarning mashhur maqoli yodga tushaveradi:
“Bolalaringizni tarbiya qilmang. Ular baribir sizga o‘xshashadi. Siz o‘zingizni tarbiya qiling”.
👨🏻💻@itspecuz & @farzand_uz
#maslahat
Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabasi bo‘lish istagida kirish hujjatlarini topshirayotgan abituriyentlarga psixologik eslatma!
Hurmatli abituriyent! Siz talaba bo‘lmoqchimisiz? Imtihongacha va imtihon vaqtida o‘z osoyishtaligingizni saqlab qolmoqchimisiz? Buning uchun albatta psixologning quyidagi tavsiyalariga amal qiling!
1️⃣.
👨🏻💻@itspecuz & @tatuffdi

Takrorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni soat tonggi 6:00 dan 8:00 gacha va kechki 19:00 dan 22:00 gacha ko‘zdan kechiring;
2️⃣. Sherigingiz bilan xotira mashqlarini olib boring, masalan: 13, 21, 56, 82, 79 kabi 10 dona ikki xonali raqamlar, so‘zlarni yozib bir-biringizni sinab ko‘ring;
3️⃣. Imtihongacha kiyimlaringiz, yurgan yo‘llaringizni o‘zgartiring, yangi do‘st va dugonalar orttiring, raqsga tushing, qo‘shiq ayting;
4️⃣. Bu kunlari qattiq yoki qora non, makaron, selderey, tolqon, shirin choy, yog‘siz taomlar, har kuni 1 donadan pista, bodom, yong‘oq iste’mol eting, tuxum sarig‘ini yeng, semechka chaqing, gazsiz suv iching, limonli, o‘rikli va gilosli sharbatlar iching;
5️⃣. Tonggi soat 4:00 da 10 daqiqa nafas olish mashqlarini bajaring, nafas olish mashqi hovli, ko‘chada bajariladi: o‘ng burun teshigini berkitgan holda chap burun teshigidan, so‘ngra chap burun teshigini berkitgan holda o‘ng burun teshigidan nafas olib chiqaring. Ushbu mashq miya faoliyatini kislorod bilan normal ravishda ta’minlaydi;
6️⃣. Shar, katta baklashkalarni 5-10 daqiqa davomida ishiring! Ushbu mashq o‘pka va nafas olish faoliyatini ijobiylashtiradi, imtihongacha va imtihon vaqtidagi hayajonlanishni bartaraf etadi;
7️⃣. Jahon tibbiyot psixologiyasida dengiz va qushlar ovozi davolovchi vosita sifatida ma’qullangan. Agar sizda hayajonlanish kuzatilsa, qushlar ovozi va barglar shitirlashini eshiting, agar sizda tushkunlik kuzatilsa, dengiz yoki anhor suvining shirillashiga e’tibor qarating;
8️⃣. Imtihonga toza, paxtali kiyimlar kiying, lekin kiyimlaringizning ishlatilgani yoki sal eskirog‘i ma’qul bo‘ladi. Chunki yangi kiyimga imtihon vaqtida moslashuv qiyin kechadi. Oyoq poyabzalingiz o‘rta poshnali, ixcham bo‘lsin;
9️⃣. Imtihongacha siz o‘zingizga “O‘zimga ishonaman, irodaliman, xotiram kuchli!” tarzidagi so‘zlarni takrorlang;
🔟. Bilgan test savollaringizni belgilashdan boshlang.
📝 TATUning Farg‘ona shahridagi filiali psixologi Dilshodbek tomonidan tayyorlanibdi. Sizlarga ham foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.👨🏻💻@itspecuz & @tatuffdi
#operatsion_tizim #maslahat #bilasizmi
Microsoft Windows operatsion tizimini kompyuterimizga o‘rnatish uchun UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻
Juda ko‘p foydalanuvchular Windows yoki boshqa distributivdagi operatsion tizim bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishda UltraISO dasturi xizmatiga tayanishadi – bu esa o‘z navbatida oddiy va tezkor usul bo‘lib, odatda yaratilgan yuklanuvchi fleshka ko‘plab kompyuter va noutbuklarda ishlaydi. Ushbu ko‘rsatmamizda biz turli variantlarda qadamma‑qadam UltraISO’da yuklanuvchi fleshkani yaratish jarayonini ko‘rib chiqamiz.
ℹ️ UltraISO yordamida siz har qanday operatsion tizimning (Windows 7, 8-8.1, 10, Linux) obrazidan, shuningdek turli LiveCD’lari bilan yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

🇺🇿 “O‘zbektelekom” yangi formatga o‘tdi 🆕↗️
“O‘zbektelekom” kompaniyasi B2O (operator–hamkorlar) segmenti strategiyasini muhokama qilish uchun o‘zining top-menejerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini yig‘di. “Hamkorlikning yangi formati” mavzusidagi norasmiy uchrashuv 5 iyul kuni “GroundZero” kovorking markazida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan asosiy masalalar – ushbu hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish bo‘ldi.

“O‘zbektelekom” yangi formatga o‘tdi
“O‘zbektelekom” kompaniyasi B2O (operator–hamkorlar) segmenti strategiyasini muhokama qilish uchun o‘zining top-menejerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari vakillarini yig‘di. “Hamkorlikning yangi formati” mavzusidagi norasmiy…
#mulohaza_uchun
😎 Faqatgina o‘zingizga ishonish – insonlarga nisbatan hafsalaning pir bo‘lishini to‘xtatish va yuqori kayfiyatda yashashning ajoyib usulidir. 🙃 | Надеяться только на себя — отличный способ перестать разочаровываться в людях и жить с отличным настроением.
💡Pifagor | Пифагор

Texnologiyalar dunyosi 50 yilda qanday o‘zgardi? (infografika)
Qariyb 50 yil avval birinchi kompyuter tarmog‘i — “Arpanet” ishlab chiqilgandi. 1990 yili Butunjahon o‘rgimchak to‘riga asos solindi. Birin-ketin “Amazon”, “Google”, “Twitter”, “SnapChat” va boshqa axborot texnologiyalari gigantlari paydo bo‘ldi. 2008 yilda esa bitkoin (Bitcoin) bozorga kirib kelib, kriptovalyuta vasvasasini boshladi.
Taniqli kompaniyalar va loyihalar dunyoni qay tartibda zabt etganini quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.👇🏻

#internet #android #mulohaza_uchun
🌐 Google so‘nggi 10 yildagi eng katta yangiligini tatbiq qildi
Google korporatsiyasi o‘zining Play Market ilovalar do‘koniga so‘nggi 10 yildagi asosiy yangilik - shaxsiy tavsiyalar uchun sun’iy intellektni integratsiyalashtirdi.
Ekspertlarning xabar berishicha, yangilanish natijasida Google Play foydalanuvchilari o‘z qiziqishlari, yoshi, jinsi, yashayotgan mamlakati va boshqa omillarga asoslangan holda dasturlar va o‘yinlar ilovalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, korporatsiyada ta’kidlanishicha, kelgusida ushbu tizimni do‘konning boshqa yo‘nalishlariga ham tatbiq qilish rejalashtirilmoqda.
Endi qandaydir bir ilovaning o‘rnatilishi yoki o‘rnatilmasligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy intellekt faoliyati samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu ishlab chiqaruvchilar hamda Google korporatsiyasi daromadlariga ta’sir qiladi. Shu bois "qidiruv giganti" samarali tavsiyalar tizimi ustida maksimal uzoq ish olib bordi.
📝 Manba: Kun.uz

🛒 Amazon asoschisi Djeff Bezos tarixning eng boy odamiga aylandi. Uning boyligi taxminan 105 milliard dollarga baholanmoqda, bu esa Bill Geytsdan har qachongidan-da ko‘proq.
🖼 Suratda – Bezos 1999 yil Amazon ofisida

ICHISH yoki ICHMASLIK?
SUV ichamiz!
Abu Ali Ibn Sino uzoq umr ko‘rish sirini o‘z bitiklarida keltirib o‘tgan. U “organizmning qurishi”ni qarishning eng muhim omillaridan biri deb hisoblagan. Zamonaviy ilm-fan ham buni tasdiqlaydi – yosh o‘tgani sayin tanadagi suv miqdori tobora qisqarib boradi.
Bu qon va limfaning quyuqlashuvi, teri va mushaklar egiluvchanligining kamayishi va hokazolarga olib keladi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Javobi oddiy – organizmni namlash, namlik bilan to‘yintirish, ya’ni suv ichish kerak. Lekin qachon, qanday va qanaqasini?
Yoglar (yoga bilan shug‘ullanuvchilar) ertalab, biroq sovuq emas, balki iliq, 40 gradusli suvni ichishni tavsiya etishadi. Qancha icha olsangiz, shuncha iching, 1 stakan, 2, 3... Lekin agar avvalari ertalabdan suv ichishga odatlanmagan bo‘lsangiz yoki umuman kam suv ichsangiz – unda asta-sekin, ikki qultumdan boshlang va kundan-kunga ushbu miqdorni ko‘paytirib boring.
Nega aynan shu haroratdagi suv foydali?
U “tez suv” deb ham ataladi. Aytgancha, organizmning qaysi yerida suv singdirilishini bilasizmi? Ko‘pchilik oshqozonda, deb javob beradi. Oshqozonda hazm qilish jarayoni sodir bo‘ladi, suv esa ingichka ichakda singdiriladi.
Tez suv deganda – uning aynan shu ingichka ichakka tez yetib borishiga aytiladi. Agar siz oshqozonimiz tuzilishiga hech e’tibor bergan bo‘lsangiz, uning chetida to‘xtalib o‘tirmasdan, oshqozon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish uchun tarnovcha borligini ko‘rgansiz. Nima to‘g‘ridan-to‘g‘ri, to‘xtalmay o‘tishi mumkin? Aynan suv! Na choy, na kofe, hech qanday turdagi damlama, kompotlar ham emas, chunki ularning parchalanishi uchun hazm qilish fermentlari kerak bo‘ladi.
Nega aynan iliq?
Chunki sovuq suvni oshqozon to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib yubormaydi, balki isitishga harakat qiladi. Xitoyliklar esa suv va har qanday taomning isitilishi pochkalar energiyasi hisobiga sodir bo‘ladi, deb hisoblashadi, shuning uchun sovuq taomni yeyish yoki ichishga qat’iy qarshilik bildirishadi.
Va yana bir muhim jihat. Suvni qabul qilish paytida oshqozonda hazm qilish jarayoni sodir bo‘lmayotgan bo‘lishi kerak. Aks holda dono organizm uni ichakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yubormasdan, butun suvni hazm qilish fermentlarini eritishga yo‘naltiradi.
Shunday qilib, faqat suv, faqat iliq va och qoringa. Bu tez suvni qabul qilishning uch sharti. Ushbu payt unga minnatdorchilik bildirishni va mehrli so‘zlarni aytishni unutmang. Natijada siz nimaga erishasiz? Suv hujayra ichiga emas, balki hujayralararo bo‘shliqqa yetib boradi (aynan hujayra ichidagi suv – shishlarga olib keladi).
Hujayralararo suv esa – bu qon va limfaning suyulishi, shakar va xolestirin miqdorining pasayishiga olib keladi.
Sog‘lom hayot yo‘lida bunga amal qiling va yaqinlaringizni ogohlantirishni ham unutmang.
👨🏻💻@itspecuz & @norbekovclub

#android #smartfon #maslahat
TWILIGHT
Kechqurun telefoningizdan uzoq vaqt foydalanasizmi? Keyin ko‘zlaringiz qizarib achishadimi?
Muammoni yechimi Twilight! Uyqudan oldin telefondan foydalanish uyqusizlikka olib kelishi mumkin.
Twilight ilovasi telefon ekranini kun vaqtiga moslashtirib beradi. Quyosh botgandan keyin u telefondan chiqadigan zararli ko‘k nurni kamaytirib, ko‘zga yoqimli holatga keltiradi. Bu filtr avtomatik tarzda siz yashaydigan yerda quyosh botishi bilan ishga tushadi.
Men bu ilovadan 1 yildan beri har kuni foydalanib kelaman. Ayniqsa kechqurun Telegramdan kelgan habarlarni o‘qiganda, birov bilan suhbatlashayotganda, va kitob o‘qiyotganda juda qo‘l keladi!
Twilightdan foydalanib ko‘zlaringizni zararli nurdan asrang!
Yuklab olish
👨🏻💻@itspecuz & @ingliztilia1

Telegram
INGLIZ TILI A1